Научная статья на тему 'INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNI MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI VA ULARNI O’RGATISH MUAMMOLARI'

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNI MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI VA ULARNI O’RGATISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
167
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologik birliklar / iboralar / milliy-madaniy xususiyatlar / tarjima qiyinchiliklari / ekstralingvistik faktorlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Azizova F.S.

maqolada frazeologizmlarni o’rgatishda milliy-madaniy hususiyatlarni ta’siri haqida so’z boradi. Frazeologik birliklarni ingliz tilidan uzbek tiliga tarjima qilishda ularga ekstralingvistik faktorlarni ta’siri. Iboralarni tarjima qilish usullari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNI MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI VA ULARNI O’RGATISH MUAMMOLARI»

Azizova F.S.

Pedagogka fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Ingliz tilini o'qitish metodikasi kafedrasi mudiri O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNI MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI VA ULARNI O'RGATISH

MUAMMOLARI

Annotasiya: maqolada frazeologizmlarni o 'rgatishda milliy-madaniy hususiyatlarni ta 'siri haqida so 'z boradi. Frazeologik birliklarni ingliz tilidan uzbek tiliga tarjima qilishda ularga ekstralingvistik faktorlarni ta 'siri. Iboralarni tarjima qilish usullari haqida so 'z boradi.

Kalit so 'zlar: frazeologik birliklar, iboralar, milliy-madaniy xususiyatlar, tarjima qiyinchiliklari, ekstralingvistik faktorlar.

Azizova F.S., doctor of philosophy in pedagogical sciences (PhD) Head of the Department of English Language Teaching Methodology

Uzbekistan State University of World Languages

NATIONAL-CULTURAL CHARACTERISTICS OF PHRASEOLOGISMS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES AND PROBLEMS OF TEACHING THEM

Annotation. The article is about the problems of rendering phraseological units. The influence of national-cultural factors in translation phraseological units from English into Uzbek. The ways of translation phraseological units.

Key words: phraseological units, idioms, national-cultural factors, problems in translation, extralinguistic factors.

Kirish. Zamonaviy dunyo globalizatsiya davriga shiddat bilan kirib boryapti, bu, nafaqat iqtisodiy muhitga ta'sir qilyapti, balki har bir inson hayot tarzida shiddat bilan namoyon bo'lyapti. Bu esa kundalik turmushda va professional hayotda boshqa madaniyat va boshqa tilda so'zlashuvchilar bilan faol aloqalarni keltirib chiqaradi. Xullas, hozir hatto tilni juda yaxshi bilishlik ham o'sha tilda so'zlashuvchilarning madaniyatini tushunmasdan turib hamfikrlikka, bir birini tushunishga olib kelmasligi hech kimda shubha uyg'otmaydi.

Biz ijtimoiy muhitni o'rganishimiz uchun til va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarga katta e'tibor berishimiz kerak. Hozirgi kundagi ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, shuni ta'kidlashimiz mumkin, ijtimoiy muhit rivojlanib bormoqda. Muhitning ijtimoiy - ilmiy faoliyati o'sib borgani sari, bizning tilimiz ham o'sib, rivojlanib boradi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng tilga va turli millatlar tilini o'rganishga bo'lgan qiziqish ortib boryapti. Tilga bo'lgan e'tibor bizda

"tilga e'tibor - elga e'tibor" degan maqolni esga soladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi, biz bir millatning tilini o'rganmoqchi bo'lsak, avvalo uning madaniyatini o'rganmog'imiz darkordir. Chunki til bilan madaniyat bir birlari bilan uzviy aloqadadirlar. Muloqot shakllarini milliy madaniyat bilan bog'liq tomonlari haqida gapiradigan bo'lsak, biz avval aytganimizdek, til orqali madaniyatni va madanit orqali tilni o'rganamiz.

Frazeologik birliklarning lingvistik va madaniy tahlili tashqi omillarga bog'liq: tarix mamlakat, uning madaniyati, kundalik hayoti va boshqalar. tilshunoslikda frazeologik birliklarni o'rganish va madaniy jihat aniqlashtirishga yordam beradi va ba'zi hollarda qo'shimcha semantik soyalarni o'rnatishga yordam beradi milliy va madaniy semantika bilan7.

Madaniyatlararo aloqada muvaffaqqiyatga erishish uchun, sherigingni fikrlarini yaxshi tushunib olish uchun, sen o'zingni madaniyatingdan kelib chiqib emas, balki uning madaniyatidan kelib chiqqan holda aloqani, yoki suhbatni olib borishing kerak bo'ladi. Boshqa xalq vakillari bilan muloqotda eng asosiy xato shundan iboratki, o'zining madaniyatidan kelib chiqqan holda, boshqa madaniyat vakillarining harakterlarini noto'g'i tushunish yoki tushunmaslikdan iborat. Shuning uchun, boshqa xalq madaniyatini va turmush tarzini o'rganishdan asosiy maqsad - bu boshqa xalq vakillarning dunyoqarashini va madaniyatini tushunish va tan olishdan iborat hamda, bu kommunikativ aloqani yaratishga yordam beradi. Xalqda milliy dunyoqarash tarixiy va madaniy faktorlar asosida shakllanadi, oxirgi paytda esa iqtisodiy faktorlar ham o'z ta'sirini o'tkazyapti. Milliy-madaniy dunyoqarash deganda, biz frazeologizmlarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin, chunki frazeologizmlar ham milliy-madaniy xususiyatlarni bildiradi va madaniyatlararo muloqotni o'rnatishga hizmat qiladi. Hozirgi kunda frazeologizmlarga bo'lgan qiziqish ortib bormoda. A.V. Kunin ingliz tilidagi frazeologizmlarni har tomondan o'rganib chiqqan va frazeologizmlarga shunday ta'rif bergan. «Ma'nosi ayni ibora tarkibidagi so'zlarning mazmunidan kelib chiqmaydigan iboraga idiomatik ibora deyiladi»8. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi, bir ibora tarkibidagi so'zlarning ma'nosini alohida olsak boshqa bir ma'no chiqadi. Frazeologik iboraga shu kabi ta'rifni Sh. Rahmatullaev ham quyidagcha keltirgan. «Frazeologik birlik ifoda plani bilan mazmun planining o'ziga xos qarama-qarshiligi va birligi asosida yuzaga keladi»9. Z.M.Ma'rufovning o'zbek tilining izohli lug'atida frazeologik iboraga quyidagicha ta'rif berilgan. «Frazeologik ibora ma'no jihatdan yaxlit bir butunlikkni tashkil etuvchi bir necha so'zlardan iborat bo'lgan birikma»10.

Shu berilgan ta'riflardan kelib chiqib, misol keltirib tahlil qilib chiqamiz. Masalan: ingliz tilidagi quyidagi It is the last straw that breaks the camels back

7 Saidbakhramovna A. F. Linguoculturological aspect of phraseological units as an object of translation //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2020. - T. 8. - №. 1.p104

8 Kunin A.V.Angliyskie idiomaticheskie vrajeniya. M.,1934.

9 Rahmatullaev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. "O'qituvchi"nashriyoti, Toshkent, 1978.

10 Ma'rufov Z.M. O'zbek tilining izohli lug'ati. - Moskva "Rus tili" nashriyoti 1981

iborasi o'zbek tiliga so'zma so'z tarjimasi orqali ko'rish mumkin bu oxirgi bug'doy qaysiki Tuyaning orqasini sindiradi bu ibora ichidagi so'zlarning mazmunini alohida olsak boshqa ma'no kelib chiqadi, ingliz tilidagi straw so'zini alohida o'zbek tiliga tarjimasi bug'doy deb tarjima qilinadi va bu so'zning ma'nosini alohida olsak, bu dalada o'sadigan o'simlikning turi, hamda ingliz tilidagi camel so'zini alohida o'zbek tiliga tarjimasi Tuya deb tarjima qilinadi va bu so'zning ma'nosi cho'lda yuradigan hayvon turini bildiradi.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, iborani so'zma-so'z tarjima qilganda umuman boshqa ma'no kelib chiqqan, bu esa iboraning ma'nosini ochib berolmaydi, bu iboraning to'g'ri tarjimasi Sabr kosasi to'ldi deb tarjima qilinadi. Bu ingliz va o'zbek tillaridagi frazeologik ibora struktura, stilistik va leksik tomondan mos kelmaydi lekin semantik tomondan mos keladi. Leksik va struktura tomondan ingliz tilidagi iborada so'zlar soni ko'p, lekin o'zbek tilidagi iborada esa uchtagina so'zdan tashkil topgan. Ingliz va o'zbek tilidagi frazeologizmlarni tarjima qilishda tarjimondan katta mahorat talab qilinadi.

Masalan, ingliz tili misolida oladigan bo'lsak, ingliz tilini o'rganishimiz uchun uning, ya'ni shu tilning milliy xususiyatiga katta e'tibor berishimiz kerak. Har bir ingliz tili darsi bu ikki millat madaniyati uchrashadigan jarayondir, chunki ingliz tilidagi har bir so'z chet el madaniyatini va dunyosini o'zida aks ettiradi. Har bir so'z orqasida o'zga bir dunyoqarash madaniyat yashiringan bo'ladi.

Sotsiolingvistika - bu tilshunoslikning bir bo'limi hisoblanadi, tilni bir tomondan ijtimoiy muloqot sifatida, ikkinchi tomondan xalqlar o'rtasidagi urf -odatlar, milliy madaniy xususiyatlarini o'ragandi. Jamiyat taraqqiy etgani sari tilimiz ham rivojlanib boradi. Biz talabalarga ular o'rganishi zarur bo'lgan tilnigina emas, unga yashiringan ma'nolarni va o'zga xalq madaniyatini ham o'rgatishimiz kerak. Talabalarning til bilish darajasi uning o'qituvchi bilan bo'lgan muloqoti jarayonida olgan bilimlargagina tayanishi kerak emas, balki turli bahs munozaralar davomida olgan ma'lumotlardan foydalanishi kerak. Ingliz tilini yoki bo'lmasa hohlagan boshqa tildan muloqot quroli sifatida foydalanishi uchun talabaga tilni real hayotiy muhit orqali o'rganishi uchun sharoit yaratish kerak. O'qituvchi o'qish jarayonida keltirayotgan misollari ko'proq real hayot bilan bog'liq bo'lishi kerak. Masalan hayotimizda kunda uchrab turadigan hodisalarni misol keltirib dars olib borilsa, dars jarayoni juda qiziq va tushunarli bo'ladi. Bunda talabalar ilmiy bahs-munozaralar olib borishlari mumkin, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishlari mumkin yoki tarjimon bo'lib ishlashlari mumkin. Bu albatta talabalardan muloqot orqali olingan kuchli bilimni va tajribani talab qiladi. Darslardan tashqari paytalarida turli hil ingliz tili klublariga yoki turli universitetlar talabalari orasida ijtimoiy mavzularda bahs-munozaralar olib borilishi tilni chuqurroq o'rganishiga muhit yaratadi.

«Keng ma'noda frazeologizmlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilganda har qanday hollarda ham ularning obrazli tayanch asoslari aynan muvofiq keladigan variantlar bilangina o'girish ma'noning o'zgarishiga ma'noviy siljish

hodisasi sodir bo'lishiga olib kelishi mumkin» 11. Bizning fikrimizcha, tarjima qilayotganimizda bizdan talab qilinadigan narsa bu tarjima jarayonida mumkin qadar frazeologizmning aniqroq, asl nusha ma'nosiga yaqinroq to'g'ri keladigan muqobil variantini qidirib topishdan iborat. Biz ingliz tilidagi frazeologizmlarni o'zbek tiliga tarjima qilishda uchraydigan qiyinchiliklarini ko'rib chiqamiz.

«Hayotiy tajribalarda umumiylikni aniqlasak ham, xalqning obrazlik fikrlashi o'ziga xos mustaqil va takrorlanmaydigan bo'lib chiqadi va ular frazeologizmlarga aylanib, gohida boshqa xalq vakillari hayron qoladigan darajadagi qiyoslashni ko'rish mumkin va frazeologizmlarni hammasi har bir xalqning o'z miliy harakterini aks ettiruvchi narsa deb hisoblashimiz mumkin»5. Bizning fikrimizga ko'ra, frazeologizmlar har bir xalq hayoti davomida to'plagan tajribalaridan kelib chiqqan fikrlarni obrazli va hikmatli, go'zal qilib ifodalangan iboralar yig'indisi hisoblanadi. Ma'lum bo'lishicha, frazeologiya - ajoyib hodisa, negaki frazeologimzlar dunyoning hamma tillari uchun xos bo'lgan narsadir. Shunga qaramasdan, har bir tilda u o'ziga xos ifoda etish formalari, shakllari mavjud. Frazeologizmlarni tuzilishiga ekstralingvistik faktorlar ta'sir o'tkazishi bilan bu xodisani izohlashimiz mumkin.

Ekstralingvistik faktorlar deganda, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, va boshqa ekstralingvistik shart-sharoitlar, funktsional va tilning ichki strukturaviy rivojlanishi sharoitlari, frazeologik iboralarni rivojlanishi va hosil bo'lishida katta ahamiyatga ega bo'ladigan, ularning milliy harakterini ko'rsatib berishga sabab bo'ladigan faktorlar yig'indisi tushuniladi. Ingliz tilida ham o'zbek tilida ham ko'pgina frazeologizmlar xalqning turmush tarzini, an'anlarini, urf-odatlarini bevosita yoki bilvosita milliy xususiyatlarini ifodalaydi. Ekstralingvistik faktorlar ingliz tilidagi frazeologimzlarni o'zbek tiliga tarjima qilishda katta ta'sir qiladi. Ekstarlingvistik faktorlardan kelib chiqqan holda, biz ingliz va o'zbek tillaridagi milliy-madaniy xususiyatga ega bo'lgan frazeologizmlarni tanlab va tahlil qilib chiqamiz. Turli xalqlarning madaniyati va urf odatlari, an'analari turlicha bo'lganligi sababli, ular frazeologizmlari ham o'ziga xos milliy harakterga ega. Har xil tillarda obrazlar mos kelmasligi mumkin buni shu bilan izohlash mumkin, har bir xalqning maqol va matallari, o'sha xalqning turmush tarzini, madaniyatini, tabiatini, urf-odatlarini geografik muhitini bildiradi. Buning hammasi frazeologik iboralarni tarjima qilishda qiyinchiliklar yuzaga keltiradi.

Ingliz tilidagi Rome was not built in a day iborasini o'zbek tiliga, so'zma-so'z tarjima qilsak Rim bir kunda qurilmagan deb tarjima qilamiz, bu iboraning o'zbek tilidagi to'g'ri tarjimasi Musulmonchilik - astachilik deb tarjima qilinadi. Bunday tarjima ekvivalentsiz tarjima deb ataladi. O'zbek tilidagi Xursandlikdan do'ppisini osmonga otmoq iborasini ingliz tiliga tarjima qiladigan bo'lsak, o'zbek tilidagi do'ppi iborasini ingliz tiliga cap iborasi bilan almashtirib tarjima qilinadi, to'g'ri tarjimasi To throw up ones cap. Ingliz tilidagi To fit like a glove iborasini o'zbek tiliga tarjima qilishda ham qiyinchilik paydo bo'ladi, agar tarjimon bu

11 Salomov G'. Tarjima nazaryasi. - Toshkent: Fan, 1983.

iborani to'g'ri keladi xuddi qo'lqop singan deb so'zma-so'z tarjima qiladi lekin tarjimon iborani go'zal obrazli qilib tarjima qilsa uzukka ko'z qo'ygandek deb tarjima qilishi mumkin.

Tahlil natijalari. Frazeologik birliklar bir tildan ikkinchi tilga asosan to'rt xil yo'l bilan tarjima qilinadi. 1) ekvivalentlar vositasida tarjima qilish; 2) muqobil variantlar yordamida tarjima qilish; 3) kalka usulida tarjima qilish; 4) tasviriy usulda tarjima qilish; Endi to'rt xil tarjima usulini birma bir ko'rib chiqamiz.

1.Ekvivalentlar vositasida tarjima qilish usuli. Turli xalqlar frazeologik birliklarining bir birlariga har jihatdan o'shashiga aksariyat hollarda xalqlar turmush sharoitlari, urf-odatlari va mantiqiy mulohazalaridagi mushtaraklik bilan izohlanadi. Masalan: o'zbek tilida qo'ydek yuvosh, iborasini, ingliz tiliga as gentle as a lamb iborasi bilan tarjima qilsa bo'ladi. Bu ikki ibora ikki tilda ham odam kuchsiz va nimjon, yuvosh, hisoblanmish jonivor nomi bilan beg'araz va beozor toifaga kiruvchi odamlarni ikki tilda izohlab kelmoqda. Masalan, ikki tilda frazeologik ekvivalenlari ma'no va uslubiy vazifa jihatilaridan bir biriga mos bo'ladilar, chunki frazeologik birliklar negizida bir xil hayotiy tajribaga asoslangan tushunchalar yotadi.

Bunday frazeologik birliklar tarjima qilish vaqtida bir birlarini bemalol almashtira oladilar. Masalan, ingliz tilida to suck somebodys bload, o'zbek tilida birovning qonini so'rmoq, the dogs bark, but the caravan goes on it xurar, karvon o'tar.

2. Muqobil variantlar yordamida tarjima qilish tarjima qo'llanilgan frazeologik birlikga ekvivalent frazeologizm topilmagan taqdirda, adekvatlik ko'p hollarda muqobil variantlar yordamida amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, ma'no va uslubiy jihatlaridan mos ikki til frazeologik birliklar, bir birlaridan leksik tarkibda yoki tayanch komponentlaridan boshqa unsurlardan farq qiladilar. Masalan, shunday frazeologik birliklar mavjud ular ma'no jihatidan bir birlariga mos keladi, lekin tayanch komonentlari boshqa boshqaligi bilan ajralib turadi. Ingliz tilida blue blood o'zbek tilida oq suyak. Bu iboralar orqali aslzoda jamiyat vakillari nazarda tutilyapti. Ingliz tilidagi blue blood iboarsini o'zbek tiliga so'zma so'z tirjima qilsak, zangori qon deb tarjima qilinadi, bunday tarjima natijasida matnni tinglayotgan shaxs, matnni noto'g'ri tushunishiga sabab bo'ladi, shuning uchn tarjimon muqobil variantini topib to'g'ri tarjima qilish talab qilinadi. Bu tarjimondan ikki til milliy-madaniyatini bilishi talab qilinadi, agar tarjimon ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilayotgan vaqtida iborani so'zma -so'z tarjima qilsa, butunlay ma'no o'zgarib ketishiga sabab bo'ladi, shuning uchun tarjimon o'zbek tilidagi to'g'ri tarjimasini topish talab qilinadi.

3. Tarjima usuli kalkadir. Ma'lumki, frazeologik birliklar hayotiy kuzatishdan natijasida paydo bo'ladi. Xalqning moddiy dunyoni tasavvur etishida esa o'xshashlik kuzatiladi. Ammo hech bir tilda, muayyan tushunchani obrazli yoki his-hayajonli ifoda etadigan bir til frazeologik birligi o'zga til frazeologiyasi tizimida o'zining muvofiq ekvivalentiga ega bo'lmasligi mumkin. Bunday

hollardi biz kalka, ya'ni mo'zma-so'z tarjima qilish usuliga murojat qilamiz. Masalan, ingliz tilida as slippery as an ell, o'zbek tilida baliqqa o'xshash sirg'onchiq, bu misolda so'zma-so'z tarjima natijasida hosil bo'lgan birikma frazeologiya xususiyatiga ega bo'lib, asosidagi majoz tarjima tili vakillariga yaxshi tushunarli va nazarda tutilgan ma'no va uslubiy vazifani aynan aks ettira olgan.

4. Tarjima usullaridan oxirgisi tasviriy usuldir. Bu usulda muayyan frazeologik birliklarni gohida na ekvivalent, na muqobil variant va na kalka yordamida tarjima qilish mumkin. Bunday hollarda tarjimon noiloj tasviriy usul murojat qiladi. «Tasviriy usul yordamida birliklar ma'nolari erkin ma'nodagi so'z yoki so'z birikmalari vositasida tushuntirib qo'yaqolinadi» (Q.Musaev, 205). Bunday usulda ham milliy-madaniy xususiyatlarini hisobga oladigan bo'lsak, ular to'liq mos kelmaydi. Aksincha, ingliz va o'zbek tillarida ba'zi bir iboralar mavjudki, ularning boshqa tilda to'liq yoki qisman mos keladigan milliy-madaniy xususiyatni ifoda etadigan frazeologik birliklar mavjud emasligi tarjimonni qiyin vaziyatga tushib qolishiga sabab bo'ladi. Masaln, ingliz tilida its Greek to me iborasini, o'zbek tilida adekvat tarjimasi bo'lmaganligi tufayli biz bu iborani bu mening uchun jumboq edi deb tarjima qili olamiz, chunki o'zbek xalqi Grek yozuvi haqida tasavvurga ega emas. Masalan, ingliz tilida crocodile tears iborasini, o'zbek tiliga tarjimasi mavjud emas, agar biz bu iborani krokodil ko'z yoshlari deb tarjima qilsak hech qanday ma'no tushunilmaydi. Bunday iborani tarjima qilish vaqtida ekstraligvistik qiyinchilik ezaga keladi, chunki o'zbekistonda krokodil degan hayvon yo'q va bu hayvon to'g'risida tasavvurga ega emasmiz. Shuning uchun bu iborani tasviriy yo'l bilan yolg'on yig'i yoki shayton yig'i deb tarjima qilamiz.

Hulosa. Biz frazeologizmlarni tarjima qilishni o'rgatishda ekstarlingvistik faktorlarni hisobga olishimiz kerak. Tarjima qilish jarayonida nafaqat til boyligi balki, o'sha xalqning milliy-madaniy tomonlarini ham o'rganib chiqishimiz va to'g'ri tarjima qilishni o'rgatish talab qilinadi. Ingliz tilidagi frazeologizmlarni tarjima qilishni o'rgatishda ekstarlingvistik faktorlarning ta'siri kattadir. Tarjima qilayotgan tarjimon boshida qayd qilingandek, o'sha millatning (ingliz tilida so'zlashuvchilar) milllatning turmush tarzini, an'anlarini, urf-odatlarini milliy-madaniy xususiyatlarini bilmasdan turib to'g'ri tarjima qila olmaydi. Buning uchun o'sha millat to'g'risidagi hamma ma'lumotlarni o'rganib chiqishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Saidbakhramovna A. F. Linguoculturological aspect of phraseological units as an object of translation //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2020. - T. 8. - №. 1.p104

2.Kunin A.V.Angliyskie idiomaticheskie vrajeniya. M.,1934.

3.Rahmatullaev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. "O'qituvchi"nashriyoti, Toshkent, 1978.

4.Ma'rufov Z.M. O'zbek tilining izohli lug'ati. - Moskva "Rus tili" nashriyoti 1981.

5.Salomov G'. Tarjima nazaryasi. - Toshkent: Fan, 1983.

6.Mironyuk L.F. Printsbipbi stilisticheskom adekvatnosti perevoda s ukrainskogo

na russkiy (leksika i frazeologiya) Dnepropetrovsk, 1971.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.