R
SINXRON TARJIMADA XITOY TILIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TARJIMASI MASALALARI (Si Jinping nutqi misolida)
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7461154
Madina KARIMOVA,
TDSHU 1-kurs magistranti.
Toshkent, O'zbekiston.
Tel: +99897 1787606;
E-mail: karimovamadinal 313 @gmail .com
Annotatsiya: Mazkur maqolada sinxron tarjima jarayonida xitoycha frazeologik birliklarni berish usul va strategiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingning nutqidagi frazeologik birliklar olingan bo'lib, xususan, uning 2022-yil 16-sentabrda Samarqand shahrida o 'tkazilgan ShHT sammitidagi nutqida uchragan frazeologik birliklar tarjimasi tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: frazeologik birliklar, sinxron tarjima strategiyalari, dekompressiya strategiyasi, nutqning ta 'sirchanligi va bo 'yoqdorligi, tarjimon mahorati.
Abstract: This article analyzes the methods and strategies of providing Chinese phraseological units during simultaneous translation. The phraseological units in the speech of the President of the People's Republic of China, Si Jinping, were taken as the object of the research, and in particular, the translation of the phraseological units found in his speech at the SCO summit held in Samarkand on September 16, 2022, was analyzed.
Key words: phraseological units, simultaneous translation strategies, decompression strategy, expressiveness and colorfulness of speech, translator's skills.
Аннотация: В данной статье анализируются приемы и стратегии предоставления китайских фразеологизмов при синхронном переводе. В качестве объекта исследования были взяты фразеологизмы в речи Председателя Китайской Народной Республики Си Цзинъпина и, в частности, перевод фразеологизмов, обнаруженных в его выступлении на саммите ШОС, состоявшемся в Самарканде 16 сентября 2022 года был проанализирован.
Ключевые слова: фразеологизмы, стратегии синхронного перевода, стратегии декомпрессии, выразительность и красочность речи, навыки переводчика.
Yurtimizda tarjimaning asosan yozma turi taraqqiy etgan bo'lib, bunga turli tarixiy davrlardan tortib oxirgi yuz yillikdan yozma tarjimaning ajoyib namunalarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Lekin so'nggi 30 yilni olsak, endilikda e'tibor og'zaki tarjima, shu jumladan, sinxron tarjimaga ko'proq qaratilayotganini ko'rishimiz mumkin. Ya'ni, hozirgi davrda istalgan tildan, shu jumladan, o'zbek tilidan boshqa tilga, boshqa tildan o'zbek tiliga tezkor, bexato, adekvat tarjima qila olish mahoratini shakllantirish dolzarblashib ulgurdi. O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi bilan bo'liq barcha qonun va dasturlarida zamon talablariga muvofiq bo'lgan barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar va asoslar belgilab qo'yilgan. Ushbu qaror asosida so'nggi yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va boshqa bir qator oliy ta'lim muassasalarida sinxron tarjima nazariyasini o'qitish yo'lga qo'yildi.
Sinxron tarjima og'zaki tarjimaning eng qiyin hamda muhim turlaridan biri hisoblanib, unda tarjimon ketma-ket tarjimadan farqli o'laroq asliyat tilidagi notiq nutqini bir vaqtning o'zida tarjima tiliga tarjima qila borishi tushuniladi. [1,108]
Sinxron tarjimaning o'ziga xos xususiyati "tezkorlik" bo'lib, tarjimon qabul qilingan ma'lumotni tezkor qayta ishlash, o'zgartirish va qisqa vaqt birligida maqsadli tilga tarjima qilishi kerak. Ammo sinxron tarjima jarayonida tarjimonlar odatda murakkab til tuzilmalari va boy semantikaga ega bo'lgan til shakllariga duch keladilar, bu esa tarjimada tarjimonlarga katta qiyinchiliklar tug'diradi. Mazkur o'rinda murakkab til tuzilmalari deganda frazeologik birliklar - maqol, ibora, matal va boshqa xitoy tiliga xos barqaror birikmalarni nazarda tutyapmiz. Bu yerda juda boy semantik konnotatsiyalar va mantiqiy munosabatlar mavjud. Semantik munosabat aniq tahlil qilinmasa, ko'plab tarjima xatolari yuzaga keladi. Tarjima jarayonida tarjima qilib bo'lmaydigan tushunarsiz so'zlar, lakunalar, barqaror birikmalar va hatto so'zlovchining hazillariga duch kelish muqarrar. Bunday vaziyatda ko'p holatlarda tarjimon konkret tarjima qila olmasligi, darrov bir xulosaga kela olmasligi mumkin. Shu o'rinda tarjimani kechiktirib ham bo'lmaydi. Bu tezda auditoriyaning e'tiborini tortadi va ularni chalg'itib qo'yadi. Sinxron talqinda tarjimon mana shunday holatlardan qanday chiqib keta oladi, degan savol tug'ilishi tabiiy holat. Bu esa tarjimonning mahorati va bilimiga bog'liq.
O'zbekistondagi ayrim sinxron tarjimonlardan og'zaki so'rovnoma o'tkazganimizda, ular tarjima jarayonida qiyinchiliklar keltirib chiqaradigan frazeologik birliklar, iralar, tushunchalarga duch kelganlarida, ularning oldida ikkita yo'l turishini ta'kidladilar:
1. Kontekstga asoslangan holda tahmin qilib, bir xulosaga kelish. Bunda mazkur frazeologik birlikning tarjimasi mukammal darajada yetkazib berilmasa ham, tushunchasi ma'lum darajada auditoriyaga anglatiladi.
2. Frazeologik birlikni tarjima qilmay, o'tkazib yuborish ham mumkin. Bunda tarjimon tarjima jarayonining uzilib qolishini oldini olgan va bir maromda davom etishini ta'minlagan bo'ladi.
Sinxron tarjimada to'g'ridan to'g'ri tarjima qilish, vaqt omili cheklovi va anglashilmagan mantnni notiqdan so'rash imkoni yo'q ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, nazarimizda yuqoridagi yo'l maqbul variant. Ammo bu jarayonda tarjimon haddan tashqari deduktiv fikrlashi, nutqqa ishlov berishiga imkon bo'lmaydi. Mazkur maqolada strategik jihatdan frazeologik birliklarni qanday usullar yordamida tarjima qilish mumkinligini tahlil qilamiz.
Sinxron tarjimada strategiya - tarjima vazifalarini amalga oshirish uslubi bo'lib, bu ma'ruzachining madaniy va shaxsiy xususiyatlarini, baza darajasini, til ustkategoriyalari va ostkategoriyalarini hisobga olgan holda xabar yuboruvchining kommunikativ maqsadini asliyat tilidan tarjima tiliga adekvat tarzda yetkazib berishdan iborat. [2,24]
Ishimizning tadqiqot obyekti sifatida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingning nutqidagi frazeologik birliklar hisoblanadi. Quyida Si Jinpingning Shanhay Hamkorlik tashkiloti 2022-yil 16-sentabrdagi nutqidan parchani misol tariqasida tahlil qilamiz. Ushbu sanada Samarqand shahrida o'tkazilgan navbatdagi sammitda Si Jinping o'z tarjimoni bilan ishtirok etdi va tarjimon rais nutqini xitoy tilidan rus tiliga tarjima qildi. Tarjima jarayonidan ba'zi jumlalarda uchragan frazeologik birliklar quyidagicha tarjima qilindi.
Ma'ruzachi:
Tarjimon: Китай готов работать со всеми сторонами, чтобы продвигать инициативу, направленную на то, чтобы пустить корни в регионе и помочь странам достичь устойчивого развития.
O'zbekcha tarjimasi: Xitoy mintaqada ildiz otish tashabbusini ilgari surish va mamlakatlarning barqaror rivojlanishga erishishi uchun barcha tomonlar bilan ishlashga tayyor.
Mazkur o'rinda so'zlovchi nutqida uchragan Ш Ш ^ Ш luodl shënggën пустить корни "ildiz otmoq" deb tarjima qilindi. Bu ibora rus tilida ham ekvavalentini topish oson bo'lganligi sababli rus tilidagi asl tarjimasi bilan ifodalandi va auditoriyaga ma'nosi to'la-to'kis yetkazib berildi. Bu o'rinda tarjimon adekvat tarjima usulidan foydalangan.
Ma'ruzachi: ^ШФ^ЯВД^Ш^Ш^ШШШ^ЯЙа, Äl
шшшш^х, т^ш^тшшт
Tarjimon: Необходимо расширять обмены между организацией и Организацией Объединенных Наций и другими международными и региональными организациями, совместно отстаивать подлинную многосторонность, прилагать согласованные усилия для достижения общей цели по совершенствованию глобального управления, а также объединять усилия для содействия развитию международный порядок в более справедливом и разумном направлении.
O'zbekcha tarjimasi: ShHT bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar o'rtasidagi almashinuvni kengaytirish, chinakam ko'p qirralilikni birgalikda qo'llab-quvvatlash, global boshqaruvni takomillashtirishdek umumiy maqsadga erishish uchun qo'lni-qo'lga berib sa 'y-harakatlarni amalga oshirish va xalqaro tartibni rivojlantirishga ko 'maklashish uchun kuchlarni yanada adolatli va oqilona ko 'rinishda birlashtirish zarur.
Ushbu jumlada ikkita frazeologik birlik mavjud bo'lib, ikki holatda ham mazkur barqaror birikmalar tarjimon tomonidan o'rinli va to'g'ri tarjima qilingan, deb hisoblaymiz. ^hffA qixin xiell - достижения общей цели "umumiy maqsadlarga erishmoq" , Щ # xieshöu -
объединять усилия "qo'lni qo'lga be^oq". Birinchi iborada taгjimon frazeologik birlikning ekvavalentini bermay, uni so'zma-so'z tushuntirish yo'lini tanlagan. Bu tasviriy tarjima usuli hisoblanadi.
Ma'ruzachi:
ШтМШПШШо
Tarjimon: В последнее время все больше стран подают заявки на вступление в «семью ШОС», что в полной мере свидетельствует о том, что концепция Шанхайской организации сотрудничества глубоко укоренилась в сердцах людей, а перспективы ее развития весьма оптимистичны.
O'zbekcha tarjimasi: So 'nggipaytlarda "ShHT oilasi"ga a 'zo bo 'lish uchun ko 'proq davlatlar ariza topshirmoqda, bu esa Shanxay hamkorlik tashkiloti konsepsiyasi insonlar qalbidan chuqur joy olganini, uning rivojlanish istiqbollari keng ko'lamda optimistik ruhda ekanligini to'liq ko 'rsatmoqda.
Mazkur nutq parchasida keltirilgan ibora dekompressiya usulida tarjima qilingan bo'lib, ekvavalentini keltirish o'rniga ibora so'zma-so'z izohlab ketilgan. Nazarimizda, mazkur o'rinda tarjimondek yo'l tutish juda o'rinli bo'lgan. Chunki tarjima jarayonida iboraning asl varianti tarjima qilinayotgan tilda topilmasa, tashlab ketish mumkin edi. Bu yerda ibora muhim ma'no berayotgani uchun, albatta tarjima qilinishi kerak bo'lib, matn ichida voz kechib ketib bo'lmaydi. ShHTga a'zo bo'layotgan davlatlar soni ko'payib borayotganiga urg'u berish maqsadida notiq
chongfen biáomíng shanghai hézuó züzhi de
linian "tashkilot g'oyalari", ШЛЛ^ shénru rénxin "insonlar qalbidan chuqur joy olayapti", degan iborani qo'llagan.
Ma'ruzachi: тЖЯШХШ;
^ттт,±шшжш0 "
Tarjimon: В Узбекистане есть пословица: «С миром страна может процветать, с дождем и _росой земля может процветать».
O'zbekcha tarjimasi: O'zbek xalqida "Tinchlik bilan davlat obod bo 'ladi, yomg'ir bilan yer obod bo 'ladf\ degan maqol bor. O'zbek tilida mazkur maqol quyidagicha talqin qilinadi:
Tinchlik bilan el ko 'karar, Yomg'ir bilan - yer.
Tarjimon ma'ruzachining nutqida bu maqol qanday berilgan bo'lsa, xuddi shunday tarjima qilgan bo'lib, dekompressiya usuliga y ana bir bor murojaat qilgan. Frazeologik iborani izohlab, uning matnini aslidagidek qisqa, ixcham ko'rinishda ifodalamay, yoyiq, izohlash orqali berilgan. Mazkur vaziyatda dekompressiya asliyat tilidagi matn va tarjima tilidagi matnlardagi adekvatlikka erishish uchun qo'llanilgan.
Shu o'rinda masalani yanada ochiqlash maqsadida X.Hamidovning ishlaridagi ba'zi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.
Aslida agarda tarjimonda notiqning nutqini avvaldan bilish imkoniyati bo'lmasa, bundan farqli o'laroq bunda yuboruvchining kommunikativ intensiyasini bilish imkoniyati, xattoki, gap tuzilish rejasini bilish imkoniyati mavjud bo'lmaganda tarjimani amalga oshirish uchun u taxminiy bashorat qilish strategiyasidan foydalanadi. Bir qator holatlarda yaqin ma'nolarni topadi, ba'zi bir holatlarda esa o'z tarjimasini sof taxmindan kelib chiqib amalga oshiradi. Bu esa o'z navbatida ma'no-mazmun birliklarning yo'qolishiga olib keladi. Ularni sinxronchi kompensatsiya, ya'ni to'ldirishi mumkin. [3,104]
Demak, frazeologik birliklarga duch kelinganda, agarda mazmun buzilishiga olib kelmasa uni tushirib qoldirish, ba'zi o'rinlarda esa mavzuni yanada ochiqlash maqsadi tarjimon o'zidan yangi ma'lumot qo'shimcha qilmagan holda to'ldirishi mumkin.
Xulosa o'rnida quyidagilarni keltirish mumkin.
a. Sinxron tarjimon tarjima jarayonida bir tildan ikkinchi tilga o'g'rilishi murakkabliklar keltirib chiqaruvchi birliklarni - maqollar, iboralar va frazeologizmlarni individual tarzda vaziyatdan kelib chiqqan holda tarjima qiladi. Bu jarayonda u vaqt va statik omillar bilan bog'liq strategiyalar hamda boshqa tarjima usullaridan foydalanadi.
b. XXR raisi Si Jinpingning turli auditoriyalardagi (xalq, prezidentlar, hokimiyat organlari xodimlari) murojaatlarida frazeologik birliklardan turlicha foydalanishiga guvoh bo'ldik. U xalqqa qarata maruza qilayotganda nutqning ta'sirchanligi va bo'yoqdorligini oshirish maqsadida, iboralar, maqollar, hikmatli so'zlardan ko'proq foydalansa, rasmiy mavzudagi nutqlarida, xususan, ShHTning 2022-yildagi
sammitidagi nutqida asosan ^ii chéngyü - iboralardan keng foydalangan.
c. Frazeologik birliklaming ba'zilari nutqdagi o'zi ishtirok etgan jumlalarning asosiy mazmun-mohiyatini aks ettirgan bo'lib, ularni tushirib qoldirish mumkin emas. Sinxron tarjimon barqaror birikmaning ekvavalentini qo'llashi yoki dekompressiya strategiyasi vositasida mazmunini izohlab, auditoriyaga yetkazib berishi lozim. Ba'zi frazeologik birliklarni esa tarjima jarayonida tushirib qoldirish ma'ruzachi nutqi mazmuniga u qadar ta'sir qilmasligi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Бреус Е. В., Дементьев А. А., Сладковская Е. Н. Синхронный перевод: пути овладения профессией // Тетради переводчика: Научно-теоретический сборник. — Вып. 22. — М.: Высшая школа, 1987.
2. Ismatullayeva N.R. Sinxron tarjima masalalari. - Toshkent, 2013.
3. Hamidov X. Sixron tarjima nazariyasi va amaliyoti. - Toshkent, 2022.
4. Ismatullayeva, N. R. (2020). Probability Prediction Strategy In Simultaneous Interpretation. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES, 7(01), 1-6.
5. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.
6. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.
7. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.
8. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).
9. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.