Научная статья на тему 'AZIZ NESIN ASARLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLAR VA ULARNING TARJIMASI'

AZIZ NESIN ASARLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLAR VA ULARNING TARJIMASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
339
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologizmlar / semantik-struktur xususiyatlari / leksik maʼno / somatik frazeologizm / Aziz Nesin. / phraseologisms / semantic-structural features / lexical meaning / somatic phraseology / Aziz Nesin.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — U. Pardayev

Frazeologiya (idiomatika) esa koʻproq insonning ruhiyati, kishilar oʻrtasidagi munosabatlar, ijtimoiyetnik baholarni ifoda etadi. Dunyoda frazeologizmlar mavjud boʻlmagan tilning oʻzi yoʻq. Frazeologiyani oʻrganish oʻziga xos uslubni talab etadi, shuningdek, boshqa bir qator tilshunoslik fanlari leksikologiya, grammatika, stilistika, fonetika, tarix, mantiq va mamlakatshunoslik fanlari ma’lumotlariga tayangan holda oʻrganishni taqozo etadi. Unig murakkabligi ham shundadir. Frazeologiya fanini oʻrganishning oʻziga xos ba’zi muammolari mavjud boʻlib, bu borada mutaxassislarning fikrlari turlichadir. Darhaqiqat, frazeologiya sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchilarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri frazeologiya sohasidagi nazariy va amaliy fikrlarni umumlashtirib, toʻgʻri ilmiytadqiqotni amalga oshirishdan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHRASEOLOGISMS IN THE WORKS OF AZIZ NESIN AND THEIR TRANSLATION

Phraseology (idiomatics) mostly expresses the human psyche, relations between people, socio-ethnic values. There is no language in the world without phraseologisms. The study of phraseology requires a specific method, as well as the study of a number of other linguistic disciplines based on the knowledge of lexicology, grammar, stylistics, phonetics, history, logic, and country studies. That is its complexity. The study of phraseology has some unique problems, and experts have different opinions about it. In fact, one of the urgent tasks facing the researchers conducting scientific research in the field of phraseology is to generalize the theoretical and practical ideas in the field of phraseology and to carry out the correct scientific research.

Текст научной работы на тему «AZIZ NESIN ASARLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLAR VA ULARNING TARJIMASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

AZIZ NESIN ASARLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLAR VA ULARNING

TARJIMASI Pardayev Ulug'berdi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan Hilol.edu tillarni o'qitish markazi

Turk tili o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7231901

Annotatsiya. Frazeologiya (idiomatika) esa ko'proq insonning ruhiyati, kishilar o'rtasidagi munosabatlar, ijtimoiy- etnik baholarni ifoda etadi. Dunyoda frazeologizmlar mavjud bo'lmagan tilning o'zi yo'q. Frazeologiyani o'rganish o'ziga xos uslubni talab etadi, shuningdek, boshqa bir qator tilshunoslik fanlari leksikologiya, grammatika, stilistika, fonetika, tarix, mantiq va mamlakatshunoslikfanlari ma'lumotlariga tayangan holda o'rganishni taqozo etadi. Unig murakkabligi ham shundadir. Frazeologiya fanini o'rganishning o'ziga xos ba'zi muammolari mavjud bo'lib, bu borada mutaxassislarning fikrlari turlichadir. Darhaqiqat, frazeologiya sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchilarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri frazeologiya sohasidagi nazariy va amaliy fikrlarni umumlashtirib, to'g'ri ilmiy- tadqiqotni amalga oshirishdan iboratdir.

Key words: frazeologizmlar, semantik-struktur xususiyatlari, leksik ma'no, somatik frazeologizm, Aziz Nesin.

ФРАЗЕОЛОГИЗМЫ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ АЗИЗА НЕСИНА И ИХ ПЕРЕВОД

Аннотация. Фразеология (идиоматика) в большей степени выражает человеческую психику, отношения между людьми, социально-этнические ценности. Нет в мире языка без фразеологизмов. Изучение фразеологии требует специфического метода, как и изучение ряда других лингвистических дисциплин, основанных на знании лексикологии, грамматики, стилистики, фонетики, истории, логики, страноведения. В этом его сложность. Изучение фразеологии имеет ряд уникальных проблем, и мнения специалистов по этому поводу расходятся. По сути, одной из актуальных задач, стоящих перед исследователями, проводящими научные исследования в области фразеологии, является обобщение теоретических и практических представлений в области фразеологии и проведение правильного научного исследования.

Ключевые слова: фразеологизмы, семантико-структурные признаки, лексическое значение, соматическая фразеология, Азиз Несин.

PHRASEOLOGISMS IN THE WORKS OF AZIZ NESIN AND THEIR

TRANSLATION

Abstract. Phraseology (idiomatics) mostly expresses the human psyche, relations between people, socio-ethnic values. There is no language in the world without phraseologisms. The study of phraseology requires a specific method, as well as the study of a number of other linguistic disciplines based on the knowledge of lexicology, grammar, stylistics, phonetics, history, logic, and country studies. That is its complexity. The study of phraseology has some unique problems, and experts have different opinions about it. In fact, one of the urgent tasks facing the researchers conducting scientific research in the field of phraseology is to generalize the theoretical and practical ideas in the field of phraseology and to carry out the correct scientific research.

Key words: phraseologisms, semantic-structural features, lexical meaning, somatic phraseology, Aziz Nesin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KIRISH

Tilshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar V. Flaysher, V. V. Vinogradov, E. D. Polivanov, B. A. Larin, A. V. Kunin, N. M. Shanskiy, L. P. Smit va Sh. Ballilar ham frazeologiya va uning masalalari borasida alohida tahsinga loyiq ishlarni amalga oshirishgan va mazkur sohaning taraqqiyotida ularning hizmatlari nihoyatda beqiyos bo'lgan. "Frazeologizmlar - bu hozirgi zamon frazeologik sistemasining asosiy birligi bo'lib, tildagi mavjud so'z birikmalarining umumiy hisobidan juda qiyinchilik bilan farqlanadigan ko'p aspektli til hodisasi xisoblanadi. Shuning uchun ham tilshunoslikka oid adabiyotlarda frazeologizmlarning lingvistik mohiyati masalasi hanuzgacha munozaraligicha qolmoqda". "Sh. Balli frazeologiyaning asosiy belgisi uning o'rnini o'sha iboraning ma'nosiga to'g'ri keladigan so'z bilan almashtirish mumkin yoki mumkin emasligi, deb hisoblasa", "B. A. Larin esa uning asosiy belgisi frazeologik birliklarni tashkil qiluvchi alohida so'zlarning ma'nosidan o'sha birliklar umumiy ma'nosining kelib chiqmasligidadir, deb hisoblaydi".

"Frazeologizm so'zdan ko'ra kengroq tushuncha. Uning tuzilishiga singish uchun frazeologizmni tashkil etuvchi komponentlar, birlikning tuzilishi va ma'nosini tahlil qilish kerak", - deb yozadi afg'on tilidagi fe'l frazeologizmlarning semantik-struktur xususiyatlarini tadqiq etgan olim - A.G.G'aniyev .

Turk tilshunosligida olimlar orasida iboralar haqida yagona fikr mavjud bo'lsa-da, ibora lug'atlari tuzilishida bu yagona fikrga asoslanilmaydi. Ya'ni deyarli barcha olimlar: "Bir tushuncha, bir holatni jozibador ifoda bilan yoki o'ziga xos birikma ichida ta'kidlagan va asosiy ma'nolaridan alohida ma'nosi bo'lgan qoliplashgan birikmalarga frazeologizmlar (deyimler) deyiladi", - desalar-da, tuzilgan barcha frazeologik lug'atlarda iboralar bilan birga maqollar, balandparvoz ifodalar, aforizm va qo'shma so'zlarga keng o'rin beriladi.

Hozirgi vaqtda frazeologiya fani fonetika, fonologiya va morfologiya kabi so'zlar kabi o'z tadqiqot ob'ekti va uslubi bilan tilshunoslikning mustaqil bir tarmog'iga aylandiki, bu uning oldiga o'z yechimini topmagan yangi nazariy vazifalarni qo'ymoqda. Mazkur sohada ko'p ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilganligiga qaramay, frazeologik ma'no, tilning frazeologik darajasi, frazeologiyadagi sistemalilik, frazeologizmlarning turlari va ularning yuzaga kelishi masalalari hali oxirigacha tadqiq etib bo'linmagan.

METOD VA METODOLOGIYAS

"Tilda frazeologizmlarning shakllanishi, ma'no xususiyatlari va tashkil etuvchi komponentlar orasidagi ma'no munosabatlari, tashqi munosabatlar, frazeologik butunlik va unga xos alomatlarning tahlil etilishi, birikmani tashkil etuvchi va frazeologik ma'no kasb etuvchi elementlarning bog'lanish turlarini o'rganish, frazeologik birikmalarni boshqa turli birikmalar bilan taqqoslagan holda ta'riflash masalalari fanning eng dolzarb vazifalari sifatida qolmoqda.

Turk tilidagi frazeologizmlarning asosiy grammatik xususiyati, barcha tillarda bo'lgani kabi, ushbu birliklarning eng kamida ikki so'zdan tarkib topganligi, grammatik qoidalarga ko'ra birikishi, erkin birikmalardan farqli o'laroq, qoliplashgan, turg'un birikma ekanligidadir".

Frazeologizmni belgilash uchun, birinchi navbatda, ularning ob'ektiv xususiyatlari aniqlanib, shundan keyin u tilning mustaqil birligi sifatida ajratiladi va navbatdagi bosqichga o'tiladi. Ikkinchidan, frazeologizmga o'tish bosqichida turgan, lekin hali frazeologik ma'no kasb etmagan birikmalardan sof frazeologizmlarni ajrata bilish kerak. Uning belgilari qanchalik aniq va ob'ektiv bo'lsa, alohida ajratib olish shunchalik oson kechadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Frazeologizmni boshqa til birliklaridan ajratib turuvchi o'ziga xos kategorial belgilar bor. Bu: a) leksik ma'no; b) komponentlar tarkibi; c) grammatik kategoriyalar. Buni tasdiqlash va iboraning tabiatini to'g'ri tushunish uchun ularni, birinchidan, frazeologizmlar bilan umumiy belgilarga ega bo'lgan so'zlar bilan, ikkinchidan, erkin so'z birikmasi (yoki gap) bilan qiyoslash kerak.

Frazeologik birliklar bir tildan ikkinchi tilga asosan to'rt xil yo'l bilan asliyat tilidagi birlikka komponentlar tarkibi, garmmatik qurilishi hamda ma'no va uslubiy vazifasi mos ekvivalentlar, boshqa hossalari farq qilgani holda, ma'no va uslubiy vazifasi o'xshash muqobil variantlar, qal'qa usulida va tasviriy yo'sinda tarjima qilinadilar.

Ekvivalentlar vositasida tarjima qilish.

Frazeologik birliklar tilning leksik birliklariga nisbatan murakkab tarkibli lisoniy vositalardir. Shu sababli tarjimada ularni adekvat talqin etish tarjima amaliyotining murakkab va ma'suliyatli masalalaridan hisoblanadi.Frazeologik birliklarni tarjima qilishda tarjima tilida asl nusxadagi lisoniy birliklarga mazmun va uslub jihatlaridan mos til vositalarini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ikki til frazeologik birliklarining bir xil qurilishga egaligi, leksik tarkiblarining to'la o'xshashligi, asliyat asosiy qismlarining tarjimada batamom saqlanishi nazarda tutiladi.

TADQIQOT NATIJASI

Muqоbil variantlar yordamida tarjima qilish.

Bunda tarjima tilida asliyatda qo'llanilgan frazeologik birlikni ekvivalenti

bo'lmagan holda, faqat ma'no va uslubiy vazifasi jihatlaridan mos bo'lgan frazeologik birliklarni topish va ular bilan almashtirish tushuniladi.

Kalka usulida tarjima qilish.

Tarjima amaliyotining kalka, ya'ni so'zma-so'z tarjima usuliga bir tildagi frazeologik birlikni o'zga tilda o'z ekvivalentiga yoki muqobil variantiga ega bo'lmagan holda murojaat qilinadi.

Tasviriy usulda tarjima qilish

Bir tildagi frazeologik birlikni o'zga tilda ekvivalenti yoki muqobil variant bo'lmaganda, kalka yordamida tarjima qilishning imkoni topilmaganda, mazkur usul yordamida birliklar ma'nolari erkin ma'nodagi so'z yoki so'z birikmalari vositasida tushuntirib o'tiladi.

"Frazeologizmlar o'z tuzilishidan qat'i nazar, bo'linmas yaxlit birlik sifatida gap tarkibiga kiradi. Gap sintaktik tahlil etilayotganda iborani tashkil etuvchi komponentlarning emas, iboraning gapdagi sintaktik vazifasi haqida so'z yuritish to'g'ri bo'ladi. Gap ichida ibora bir leksik birlik vazifasida bo'lsa-da, uni tashkil etuvchi komponentlarga ham e'tibor qaratish kerak bo'ladi.

Turk frazeologizmlarining shakllanishi va semantik guruhlari masalasi bo'yicha turk tilidagi frazeologizmlar guruhlarga ajratib, ko'rib chiqilgan. Bular: somatizmlar asosida yuzaga kelgan frazeologizmlar, zoonimlar bilan bog'liq frazeologizmlar, muomala - munosabatlar, insonning hayot tarzi, shuningdek, kasb-hunar bilan bog'liq frazeologizmlardir".

"Dunyo tilshunosligida somatik frazeologizmlar V.Gumbolt , R.M.Vayntraub, M.X.Abilgaliyev va boshqa bir qator olimlarning ishlarida o'rganilgan bo'lsa, turkcha somatik frazeologizmlar Sh.R.Usmanovaning nomzodlik dissertatsiyasida ko'rib chiqilgan . Turkiyada Nadir Ilhanning ilmiy maqolalarida inson tanasi a'zolari bilan bog'liq maqol va iboralar tadqiq etilgan".

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Insonning tashqi organlari nomlari turkiy tillarda turg'un birikmalarning yuzaga kelishi uchun keng imkoniyat yaratgan eng samarador manba hisoblanadi. Masalan: agzi kulaginda (og'zi qulog'ida) quvonch, xursandchilikni ifodalasa, burnu büyümek (burni ko'tarilmoq) o'ziga bino qo'yish, atrofdagi odamlarni mensimaslik, gogüs germek (ko'krak kermoq) bir kishi yoki bir narsa, bir fikrni himoya qilish, tinimsiz mehnat qilish, yengilmaslik, mardlik, jasorat ma'nolarini ifodalaydi (o'zbek tilida ko'krak kermoq iborasi bunday ma'no kasb etmaydi).

Aziz Nesin satira va yumor janrlarida birdek ijod qilagan. Hikoyalarining ayrimlari yarim asr o'tib bevosita turk tilidan qayta tarjima ham qilindi. Bu Aziz Nesin hajviga yangidan qiziqish uyg'onganidan dalolat beradi. Masalan yozuvchining hajviy hikoyalaridan o'zbek xalqi orasida eng mashhur " Bay Düdük" " Hushtak afandim" hikoyasi 60- yillarda taniqli tarjimon M.Hakimmov tomonidan o'girilgan bo'sa, 2014- yilda ushbu asarga qayta qo'l urildi. O'sha yillar hikoya "Hushtak afandim" - deb o'zbekchalashtirilgan va uni o'zbek kitobxonalari juda yaxshi kutib olishgan.

MUHOKAMA

A. Nesinning asarlari so'nggi yarim asr mobaynida Miad Hakimov, Shodmon Otabekov, Nosir Muhammad, Xayrulla Hamidov va boshqa tarjimonlar tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan. Ayrim hikoyalari o'tgan asrning 60-70 yillarida tarjima qilingan bo'lsa, oradan salkam yarim asr o'tgach, ularni yangidan tarjima qilishga ham ehtiyoj sezilganini ko'ramiz.

Biz quyida qayta tarjima qilingan hikoyalarga ham e'tibor qaratdik.

Aziz Nesinning "Bay Düdük"hikoyasini Miad Hakimov va Xayrulla Xamidov singari tarjimonlar tarjima qilishgan. Keling bu hikoyani bu ikki tarjimonning tarjimalari orqali tahlil qilaylik.

Birinchi hikoya nomi yani sarlavhasiga etabor qarataylik. Aziz Nesin bu hikoyaga "Bay Düdük"nomini bergan. M. Hakimov bu hikoya sarlavhasini "HushtakAfandim"deb o'zbekchaga o'giradi. X. Xamidov esa "Janob Hushtak"deya. Ikkala sarlavha ham o'zbekchaga ajoyib tarzda o'girilgan,biroq "Hushtak Afandim" sarlavhasi kitobxonga ancha tushunarli, qiziqarli va e'tiborni tortadigan darajada tarjima qilingan.

Endi bevosita hikoya tarjimasiga diqqat qilaylik.Tarjimonlar hikoyani o'zbek tiliga o'girar ekan turkchadagi ibora, maqollarning o'zbekcha muqobillarini tanlaganlarini ko'rishimiz mumkin.

Asl nusxada: "Stadyumun onüne geldim,bir ana baba günü ".

M.Hakimov tarjimasida: "Bir payt qarasam,stadionning oldidan chiqib qolibman.Xuddi qiyomat qoyim bo'lganga o'xshaydi".

X. Xamidov tarjimasida: "Stadion yoniga keldim,tumonat odam,it egasini tanimaydi". Tarjimonlar "Ana baba günü"iborasi uchun "Xuddi qiyomat qoyim bo'lganga o'xshaydi", "It egasini tanimaydi "iboralarida foydalanadilar. Bu iboralar asl nusxadagi iboralarga ham mazmunan, ham badiiy estetik nuqtayi nazardan muqobil variant hisoblanadi.

A. Nesin olomonning ko'pligini tasvirlashda "Insan anaforunun iginde bir o yana,bir bu yana firfir donüyordum'jumlasidan foydalanadi.Bu o'rinda M.Hakimov: "Girdobga tushib qolgan odamday turgan joyimga gir-gir aylanaman". X.Hamidov esa: "Odam shunchalik ko'pki, girdobga tushgandek,goh u yoqqa,goh bu yoqqa chayqalaman"- deb o'giradi. Bu ikkala jumla ham turkchdagi ma'no bilan aynan bir xil, kitobxonga tushunarli tarzda mohirlik bilan tarjima qilingan. Badiiy estetik jihatdan ham yuqori darajada.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Asl nusxa bilan solishtirilganda esa ayrim muhim jumlalar tushirib qoldiriganligini kuzatish mumkin. Buni M.Hakimov tarjimasida ko'rish mumkin. Masalan asl nusxada "Bir dalga geliyor,elli metre açagi iniyoruz, onden itiyorlar, yirmi adim geri bas;arkadan dayaniyorlar, otuz adim one yürü" jumlasini M.Hakimov:"Ba'zan yuqoridan bosib qolishsa,ellik qadam orqaga tashlaymiz,orqadan surib kelishadigan bo'lsa, yana shunch oldinga siljiymiz "shaklida tarjima qiladi. Asl nusxadagi "Yana bir to'lqin yigirma odim yuqoriga suradi. Orqada turgan inson dengizi bir deganda o'ttiz metr oldinga itarib tashlaydi"gaplari tushirilib qoldirilgan. Bu gaplarning o'rniga "Yana shuncha oldinga siljiymiz "jumlalaridan foydalanadi tarjimon. Afsuski bu gaplar asl nusxadagi ma'noni bera olmagan.

Shu bilan birga,tarjimonlarimiz gaplarning ma'nosiga mos keladigan ajoyib iboralardan ham foydalanishgan. Quyidagi asl nusxa va tarjimalarni solishtirib ko'raylik:

"Sarhoçlar birbirlerine girdiler.Onlar bicaklar fora ederek bizim Musa da düdüge asildi.O aslan kesilmiç kavgacilar,düdügün bir fiirt etmesiyle uyuz it gibi kuyruklarim kisip oturdular".

M.Hakimov tarjimasi: "Ish pichoqqa borib taqalay deganda,Musa chalib yubordi.Hozirgina bir-biri bilan sherday olishib turgan azamatlar churillagan ovozni eshitiboq dumlarini qisib qolishdi ".

X. Xamidov tarjimasi: "Bir-ikkitasi pichoq chiqarib havoda o'ynata boshlaganda,bizning Musa hushtagini qo'liga oldi. "Sheryurak"paxlavonlar hushtak ovozini eshitishlari bilan qo'tir it kabi dumlarini qisishib,bir lahzada "in-inlariga "kirib ketishdi ".

Turkchdagi "uyuz it gibi kuyruklarim kisip oturdular"jumlasini Hakimov "Azamatlar dumlarini qisib qolishdi", Xamidov esa "qo'tir it kabi dumlarini qisishib, bir lahzada "in-inlariga" kirib ketishdi "shaklida izohlashgan. Yani bu o'rinda tarjimonlar foydalangan jumlalar orqali yozuvchi ifodalagan manoni to'la-to'kis ifoda etolganlar.

Biroq tarjimaning bazi joylarida kamchilliklar mavjud.Xakimov tarjimasidaasl nusxadagi "bir kilo bonfile"gapi "Bir kilo yumshoqroq go'sht kerak edi" shaklida tarjima qilingan. Aslida "Bonfile" ma nosi aynan "yumshoq" ma nosini beradi.Biroq "Yumshoqroq go'sht" so'zining o'rniga "laxm go'sht"so'zi foydalanilganda maqsadga muvofiq bo'lardi va tarjima go'zalligi yanada oshardi. XULOSA

Xulosa qilib quyidagilarni ta'kidlash lozim. Albatta, o'zga tildagi asar, hikoya, pyesa, romanlarning ma no mazmunini o'z ona tilingizdagidek asar sifatida o'girish bu tarjimon oldidagi mas'uliyatli vazifalardan hisoblanadi. Chunki tarjimondan nafaqat asarni tushinish, undagi asosiy g'oyalarni anglash, bu g'oyalarni o'z ona tilidagi kabi bera olish muhimdir.Bu vazifalarni tarjimonlarimiz a'lo darajada bajara olganlar.Aziz Nesinning "Hushtak Afandim" hajviy hikoyasi mohirona tarzda o'zbek tiliga o'girilganligini ta'kidlash lozim.

Tadqiqotimiz davomida tarjimon A. Nesinning N. Muhammad tomonidan amalga oshirgan tarjimalari, ularda turkcha frazeologik birliklarning berilishi masalasiga ham alohida e'tibor qaratdik. Adibning " Sizning mamlakatta eshak yo'qmi?" (Sizin memlekette e§ek yok mu) deb nomlangan hajviy hikoyalar to'plamidan bir nechta hikoyalar tanlab o'zbekchaga o'girgan N.Muhammad frazeologik birliklar tarjimasiga alohida yondashgan. "Chegara ustidagi uy" hajviy hikoyasidan bir jumla: "Ne sozünü bilmez adamlar var, dedim". Ushbu jumlaga tarjimon ijodiy yondashib, uni rivojlantirgan va quyidagicha o'girgan: "G'alati odamlar bor-da, bilib bilmay valdirayverishadi, dedim".

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

A.Nesin juda qisqa jumlalar quradi, lekin ular orqali keng ma'no ifodalaydi: "Aklim yatti, ama yine de gece gozümü uyku tutmadi. Hirsizi, randevu vermis gibi, ha geldi, ha gelecek diye bekliyordum." Parchaning tarjimasi quyidagicha: "Biroz hotirjam bo'ldim. Ammo kechasi baribir ko'zimga uyqu kelmadi. Uchrashuv tayinlagan odamday o'g'ri ana keladi mana keladi deb kutib yotdim."

Tarjimon gaplarning o'zini emas, ularda ifodalangan mazmunni juda ishonchli bera olgan: Akli yatmak iborasini xotirjam bo'lmoq, gozü uyku tutmak iborasini ko'ziga uyqu kelmaslik, ha geldi, ha gelecek iborasini ana keladi mana keladi iboralari orqali berganki, xuddi original asar o'qiyotgandek bo'lamiz.

Ba'zan yaqin til orasida tarjima amalga oshirilayotganda ijodkorning bu tillarning ang nozik jihatlariga e'tibor berishlari muvaffaqiyatga olib keladi. Masalan: "tüyleri diken diken olmak" (so'zma so'z: tuklari tikan tikan bo'lmoq) iborasining o'zbekcha muqobili eti jimirlamoqdir: "...diye insanin tüylerini diken diken eden bir kahkaha yükseldi". Tarjimon ushbu jumlani: "...qorong'ilikdan etni jimirlatadigan qahqaha yuksaldi" deya o'girib mazmunni bera olgan.

Tarjimon ba'zida ibora qo'llashda muallifdan ham o'tadi. E'tibor bering:

"- Ulan, biz korkung yerli film mi gekiyoruz, erkeksen kari§ma gik algak! Diye bagirdim". Ushbu jumlaning so'zma-so'z tarjimasi "Bachchag'ar, biz mahalliy qo'rquv filmi suratga olyapmizmi, erkak bo'lsang, chiq qarshimga, olchoq" bo'ladi. Biroq, tarjimon uni quyidagicha o'giradi: "Ablax, sen bilan sichqon-mushuk o'yinini o'ynayapmizmi, marda bo'lsang qarshimga chiq,-deya baqirdim" Tarjimon " Ulan... al9ak" so'zlarining ma'nosini birgina "ablax" so'ziga yuklangan bo'lsa- da "sichqon-mushuk o'ynamoq" ni o'zbek tilini boy ibora zaxirasidan tanlab qo'yganki, jumla qoyilmaqom chiqqan.

Asliyat matnidagi zookomponentsiz turg'un birikmalar ba'zan undagi obrazlilikni, ifoda va tasvirni kuchaytirish maqsadida zookomponentli iboralar vositasida tarjima qilinganini kuzatish mumkin. Misol uchun, turk tilida birbirine girmek frazeologik birligi "bir necha kishining orasida janjal chiqib ur-to'polon bo'lib ketmoq" ma'nosini ifodalash uchun qo'llaniladi. Aziz Nesinning "Kaltak yemasdan tura olmayman!" hikoyasidagi ur-to'polonli vaziyatni tasvirlash uchun mazkur iboradan juda o'rinli foydalanganini ko'rish mumkin:

Kendimi tutamiyorum. Elim, ayagim zangir-zangir titriyor. Yanimda gazozcu varmi§. Gazoz §i§elerini kaptigim gibi hakeme firlatmaya ba§ladim. iyi ki o sirada yanimda gazoz §i§esi var da ba§ka bi§ey yok. Bomba olsa hakeme bomba firlatacagim. Bir kari§iklik oldu. Goldü degildi derken, biz seyirciler bir kapi§tik. Hep birbirimize girdik. Herkes birini yakaladi (Aziz Nesin. Dayak Yemeden Duramiyorum, 16).

Hikoyaning 1969-yilda M.Hakimov tomonidan amalga oshirilgan tarjimasida birbirine girmek iborasi bir-birini sola boshlamoq erkin birikmasi vositasida ifodalangan:

A 'zoyi badanim titrab ketdi. Yonimda gaz suv sotadigan bir odam o'tirgan ekan, uning shishalarini olib, sudyaga otdim. Yaxshiyamki, qo'limga faqat shisha ilindi. O'sha paytda granat bo'lsa ham otib yuborardim. Birdan qiy-chuv boshlanib ketdi. Tomoshabinlar tarafma-taraf bo'lib, bir-birini sola boshladi (M.Hakimov tarjimasi. Kaltaksiz turolmayman, 16).

Hikoyaning 2014-yilda X. Hamidov va K. Rasulovalar tomonidan amalga oshirilgan tarjima variantida mazkur ibora it-egasini tanimaydi zookomponentli frazeologizmi yordamida ifodalanib, hikoyadagi to's-to'polonli vaziyatni to'laqonli ochib berishga erishilgan. Qiyoslang:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zimni hecham ushlab turolmadim. Ovozim boricha baqirdim. Qo'l-oyog'im dir-dir titrardi. Yonimda gaz suv sotuvchi bor edi. Gaz suv shishalarini hakamga qaratib ota boshladim. Yaxshiyam o'sha payt yonimda faqat gazli suv shishalari bor edi. Agar bomba bo'lganida bormi, uni ham hakamga qarab irg'itgan bo'lardim. Bir payt tartibsizlik boshlanib ketdi. Gol bo'ldi deganlar bilan bo'lmadi deganlar bir-biriga tashlandi. Ur-topolon, it-egasini tanimaydi (X.Hamidov va K.Rasulovalar tarjimasi. Kaltak yemasdan tura olmayman! 91).

REFERENCES

1. Aziz Nesin. "Hushtak afandim" (Hajviy hikoyalar). -Toshkent: "O'zbekiston", 2015.

2. Nesin A. Turk adabiyotining sara asarlari. - Toshkent, 2018.

3. Aziz Nesin. Sizin memlekette e§ek yok mu, Aziz Nesin'in Aziz Nesinden se9tikleri, Derleme.-istanbul,S.112-125.

4. Aksoy A. O. Atasözleri ve Deyimler Sözlügü, -istanbul, 1994, S. 52.

5. Nadir ilhan, Atasözleri ve Deyimlerimizde beden, Türk Dili Dergisi, Ankara, Sayi: Kasim, 2007.

6. www.google.com.tr.

7. www.ziyouz.

8. www.aim.uz

9. www.turkedebiyati.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.