Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
OYDIN HOJIYEVA SHE'RIYATIDA AYOL RUHIYATI TASVIRI
Gulchiroy Esan qizi Egamberdiyeva
NDPI tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA
Maqolada Oydin Hojiyevaning qiz, opa, singil, ayol, ona sifatidagi hissiy kechinmalari, sevgan, sevilgan ayol sifatidagi qalb tug'yonlarini ifodalovchi she'rlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: ayol ruhiyati, ona, yor, opa, tuyg'u, kechinma, sevgi, sadoqat.
ABSTRACT
The article analyzes Aydin Hajiyeva's emotional experiences as a daughter, sister, woman, mother, and her poems expressing the emotions of a loved and loved woman.
Keywords: female spirit, mother, friend, sister, feeling, experience, love, loyalty.
Shoirga ilhom beradigan jarayon bu uning hayotida, ko z oldida kechuvchi voqea-hodisalar, qalbidan otkazgan tuygulari-yu uning hislarini junbushga keltirgan kechinmalar galayoni aslida. Ozini xalq farzandi, xalq shoiri deb hisoblagan shoira Oydin Hojiyeva ham butun umri davomida xalq dardini, uning orzu armonlari-yu o'ziga xosligini xalqona kuylab o'tgan bo'lsa-da, avvalo, uning she'rlarida shoira qalbining aksi mavjlanadi. Biz uning kopgina she'rlarida shoiraning qiz, opa, singil, ayol, ona sifatidagi hissiy kechinmalariga guvoh bolamiz. Bir soz bilan aytganda, hayotni uning umr fasllaridagi ayollik qalbi bilan koramiz. Quyida misolga olingan ayrim parchalar buni tasdiqlaydi.
Oydin Hojiyeva qaynoq va qizgin yoshlik pallasida yozilgan satrlarini eslar ekan, ularning shunchaki pala-partish, betartib bayon gaplar deb bilganidan uni hatto onasidan, opasidan ham yashirgani, onasi bilib qolgach, bir yangi daftar keltirib, mana shu daftarga kochirishini aytgani haqida yozadi:
- Ola keldim men senga
Daftar, qalam, - dedilar,
Yozganlaringni bunga
Ko' chir bolam, - dedilar. [1,211]
Onaning farzandi taqdiriga ishonib qilgan bashorati yanglig' jaranglaydi bu misralar. Chunki ona she'r deyishga arzigulikmi yoqmi deya ikkilanmasdan,
576
qdaVatpdagog
m
farzandini qo'llab quvvatlaydi, ehtimol, yana va bundan yaxshiroq yozishga turtki va ilhom berdi farzandiga. Shoira shuning uchun ham hayotida onasining o'rni nihoyatda beqiyos ekanini, qalbidaryolik, hayotsevarlik va jo'shqinlik onasidan otganini kop bora ta'kidlaydi.
Shoiraning "Mushfiq onajon" kitobidan o'rin olgan "Keliningni ko'rganda" she'rini o qir ekanmiz, uning bir akasi urushdan qaytmagani bois onasining oh tortishi, mahzun kelinini ko'rganda esa bu dardi qayta yangilanishi, onaning ichini yemirayotgan bu dardlar birgina "oh" sozida mujassamlashgani-yu, onaning bundan bo'lak taqdirga isyon qila olmagani, shunday o'g'li bilan faxr etib bir og'iz ham so'z ayta olmagani shoiraning onasiga dardkash qalb hayqirig'i bo'lib yangraydi: Kelining ko'rgan zamon Oh tortmagil, onajon. O'zi dardkash qalbingga Yuk ortmagil, onajon. O' g' limga belbog' tikkan Qo' llaringga sadqaman. O' g' limsiz tanho kechgan Yillaringga sadqaman.. .[1,4]
Bu dard shoiraning o'zini ham azoblaydi va bu ona chekkan iztirob bilan qo'shilib qog'ozga tushadi. Har bir qiz ona bo'lgach onasining qadrini anglab yetadi. Onasining farzand deya chekkan zahmatlari, ko'rsatgan fidoyiliklarini o'z boshidan kechirgachgina onaning naqadar buyuk zot ekaniga, uning oldidagi farzandlik burchini hech narsa bilan ado etib bo'lmasligiga iqror bo'ladi. Kimlardir onasi oldidagi qarzni uzmoqqa ko'p harakat qilsa, kimdir ulg'aygach ham buni vaqtida anglay olmaydi, kimdir anglasa-da, imkon topa olmaydi. Shoira ham hayotining har daqiqasi suyangan onasiga suyanch kerak bo'lganda unga tirgak bo'lolmaganidan o'kinadi:
Daryo kabi to' lib oqdi, beharakat turmadi, Umrida u salqin istab, issiq tusab yurmadi. Beshiklarga sochqi sochdi, kelinlarga sochdi gul, Alla aytdi, ertak aytdi, paxta terdi mo'l-u ko'l, Yashirmoq ne - muztar bo' ldi, goh bir qoshiq issiqqa, Bizlar uchib borolmadik boshi yetsa yostiqqa. Har kishida bo'lgani kabi shoiraning ham umr bahorida uning qalbiga o't solgan muhabbat tuygusi uning she'rlarida aks etgan. Ko'zi-yu so'zida, qalbi-yu qadamidan mehr undan shoira dilbar yoshlik davrida unga oshiq bo'lgan insonga atab shunday yozadi:
577
qdaVatpdagog
■
Chindan sevsang, sehrim-la Boshing chulg' ab olaman. Hayotingga muhabbat Zilzilasin solaman.[1,6]
Haqiqatan ham qiz bolaning sevgisida o'zgacha harorat va sadoqat bo'ladi. Shoira aytadiki, agar chindan sevsang, men senga iqbol ham, hayotingga yog' du ham, ishq misol qudratli orzular ham baxsh eta olaman. Faqat bunda sadoqat va mustahkam vafo ahdi kerak. Sevgan ayolga bundan ortiq biror narsa, hatto boyligu qasrlar ham, zeb-u tillolar ham kerak emas. Jindak mehr va e'tibor bolsa, kifoya. Xususan, shoiraning oziga ham. Buni bir she'rida ta'kidlab ham otadi: Sen ayolga
Shohi ko'ylak olib berma, Gulimsan degil. Afsonaviy qasr qurma, Dilimsan degil.[2,100]
Darhaqiqat, ayol qulog'i bilan sevadi, deyishgani rost. Bir og'iz shirin so'zga dunyolardan kechib, sizni deydi:
Sizni deyin, so'zim gul bo'lsin, Saylab-saylab joylay yurakka. Yo'llar tizim-tizim gul bo'lsin, Undan yetay fasli chinakka.[2,65]
Ijodkor qalbining bir parchasi bo'lgan she'rlarda albatta yorga bo'lgan sevgi va sadoqatning aks etishi tabiiy. Odatda, o'zbek ayollari bu tuyg'uni oshkor aytishga andisha qilishadi. Lekin ishq otashi kuchli bo'lgach, uni kimgadir aytmaslik, hech bo'lmasa, satrlarda ifodalamaslik mushkul. Shoira ham ana shunday tuyg'u bilan siylangani uchun o'zini baxtli sanamoqqa haqli deb biladi va buni goh maktublarda, goho she'riy satrlarda ochiq aytmoqdan tonmaydi: Senga xat biturman har safar, Barg misol titraydi qo' llarim. Yuragim go'yoki kabutar, Yo'l bo'lib to'shalar o'ylarim.[1,13]
Bitajak maktub egasi shoira qalbining eng to'ridan joy olgani, uning yuragidagi ulkan hayajonni uning qo'llari titrashishidan bilishimiz mumkin. Maktub qatiga gul atri sepib, buni onasiga ham aytmagan shoira yoridan shunday sadoqat so'rab, o'zga bir kishining ko'zi tushmasligini o'tinadi. Boshqa bir she'rida esa bu pok va muqaddas tuyg'u haqida hech uyalmasdan so'zlaydi: Men sizni jon ichra jon deb suyibman,
578
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^MrcMq^aviat^edagogika^niViBiiiBH
Sizga - yolg'izimga bino qo'yibman. Men sizni ayabman yomg' irdan qordan, Bemahal shamoldan, ranju ozordan.[2,78]
Sevgisi, sevgani uchun jonini ham ayamaslik, o'zi ojiza bo'lsa-da, har qanday balo-yu ofatdan, ranj-u ozordan uni himoya qilish, oilasi, farzandlari uchun o'zini baxshida etish, dunyoda topganlarining eng a'losini ularga ilinish hissi shoiraning ahd-u vafoga ne chog'lik sadoqatli ekanini ko'rsatadi. Bu sadoqat va fidoyilikni quyidagi she'riy satrlar ham tasdiqlaydi:
Hech kim sizga intilmagan menday qattiq rashk ila, Sevmagan ham, sovumagan hech kim sizdan menchalik. Xayolingiz qor-bo'ronli, ko'z ochirmas dashtida, Kezmagan ham, to'zmagan ham hech kim siz deb menchalik.[1,57] Ammo hayot bir tekis kechmaganidek, tuyg'u va kechinmalar ham o'zgaradi. Sevgan ayol doim ham baxtli bo'lavermaydi. Hayot kutilmagan sinovlarga ro'baro' qilishi mumkin. Shunday damlarda shoira do'stlar orasida samimiy bo'lmagan insonlar ham, uning qo' lidan qalami tushishini kutib turganlar ham borligini bilib dili og'riydi:
O'yladilar: qo'llaridan Qalam tushar bedarmon. Mening biyron tillarimdan Qo'shiq uchdi bearmon.[1,36]
Sevgi va sadoqatning kuchi ham g'urur oldida ojiz bo'lib qolganidan o'kinadi:
Uchrashurmiz endi yolg' iz
Anjumanda ikkimiz,
Aqlu ruhda o't va suvday
Olishganda ikki his,
Tek turarmiz, qo' lsiz, tilsiz,
Jur'ati yo'q, shashti yo'q,
Ikkimizni etdi dilsiz,
Bitta nokas otgan o'q.[1,37]
Bir vaqtlar eng yaqin inson bo'lgan kishi bilan begonaday turmoqlik mushkul. Orada bir tushunmovchilik, anglashilmay qolgan vaziyat bu holatni yana-da chigallashtiradi. Ammo shoira ozita'kidlaganidek, g'urur devoridan oshib bir so'z aytmoqlik mahol, albatta. Kimningdir sariq chaqaga arzimagan g'arazi ikki inson orasida tubsiz jarlik hosil qilishi hech gap emas. Shoira shunday insonlarning johilona qilmishlari oldida ojiz bo'lsa-da, tangri oldida vijdoni, yuzi yorug' ekanidan
579
qdaVatpdagog
m
boshi hech egmaydi. Sinovlar uni yana-da kuchli bo'lib, yana-da baxtliroq bo'lib yashashga undaydi. Jumladan, bir she'rida shunday yozadi: Tanholikka otding, beshafqat, Dunyo bo' lib tirildim qayta. Chashma kabi tingan muhabbat Sharqiradi men yozgan baytda! [2,62]
Oydin Hojiyeva xuddi shu she'rida o zi ta'kidlaganidek, qalbiga qaygular ekilganda, uni shodlik qilib ko'kartirgan, ko'zlarida cho'kkan tundan so'zlarida nurafshon kunlarni yoya olgan, tushkunlik uning hayotini barbod etmoqchi bo' lganda hayotga, xalqiga jo'shqin muhabbati uni yangidan bir tog'dek yelkasini ko'tara olgan buyuk bir bardosh sohibi edi.
Birga orzular qilgani - yori bilan bu niyatlarga yeta olmagani haqida yana bir she'rida oqiymiz:
Kuy yaralar g' amdan yo baxtdan, Xush navolar tuzolmadik biz. Bog' imizda bitgan daraxtdan Oltin meva uzolmadik biz.[2,57]
Hayotimizda kimnidir yo'qotganimiz bilan hali biz nafas olyapmiz, biz toki Olloh rizq bergan kungacha bu hayotni mazmunli, xayrli o'tkazmoqqa burchlimiz. Shu boisdan ham shoira bir she'rida botgan quvonch oftobini yana bir bora ko'rish baxtiga muyassar bo'lgani haqida yozadi: Yolg' izlikning dardi, azobi, Tog' boshiga tushsa degay dod. Quvonchimning botgan oftobin Topib berdi ko'zingdan hayot. Shodligim sen - tutay desam sir, Eplolmayman - ayon ko'zimdan. Sen - qalbimsan, dardimsan, axir, Qanday pinhon tutay o'zimdan! [2,32]
Yo'qotgan quvonchini qayta topganiga hali o'zi ham ishonib-ishonmay qilgan yurak iqrori - bu! Haqiqatan, baxtga yetmoqlik, uni his qilmoqlik uchun inson juda ko'p sinovlardan, past-u baland yo'llardan, baxtsizlik chorrahalaridan o'tishi lozim. Shundagina baxtning asli nimada ekanligi, uning qadrini to'laroq anglaydi inson. Shoira "Baxti kulgan choq" she'rida baxtga yetguncha tovoniga botga tikanlar, bedorlikda orttirgan tonglar, bulut-u yomg'ir bo'lib yog'ilgan chog'lari haqida eslaydi:
Men bu qadar baxtli bo'lguncha,
580
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogikiiniVlililili
Bu dargohga yetib kelguncha, Past-u baland yo'llarni ko'rdim, Qor aralash do'llarni ko'rdim.[1,111]
Yuqoridagi she'riy parchalarda kuzatganimizdek, shoiraning bu dunyoda ayol sifatida topgan va yo'qotganlari, aniqrog'i, hayoti davomida qalbidan kechirgan his-tuyg'ulari, kechinmalari va ruhiy holati uning ijodida ham o'z aksini topgan.
REFERENCES:
1. OHAHH Xp^neBa. Mym^HK OHa^OH. - T.: F.FynoM HOMHgarH AgaÖHeT Ba caHtaT HampHeTH,1983.
2. OH^HH Xo^HeBa. fflüM mytnanapn. - T .: fflap^, 2010.
3. PacynoB A. OHAHH metpH^T. - TomKeHT, 2010.
581