Научная статья на тему 'ZEBO MIRZAYEVA: SHOIRA, SHE’RIYAT VA ISHQ'

ZEBO MIRZAYEVA: SHOIRA, SHE’RIYAT VA ISHQ Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1254
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyot / san‘at / shoir / badiiy tafakkur / estetik ideal / obraz / so’z sehri / lirik qahramon / literature / art / poet / artistic thinking / aesthetic ideal / image / word magic / lyrical hero.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — N. Isakulova

Adabiyot deb ataluvchi tog’ning bir cho’qqisi bo’lmish she’riyatning sehri, jozibasi shoir va shoiralar hislarida jarang sochadi. So’zning qudrati haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ZEBO MIRZOYEVA: POETESS, POETRY AND LOVE

The magic and charm of poetry, which is the top of the mountain called literature, resounds in the feelings of poets and poetesses. They talk about the power of the word.

Текст научной работы на тему «ZEBO MIRZAYEVA: SHOIRA, SHE’RIYAT VA ISHQ»

ZEBO MIRZAYEVA: SHOIRA, SHE'RIYAT VA ISHQ Isakulova Nafisa Maxmudovna

Termiz davlat universiteti Filologiya va tillarni o'qitish; Adabiyotshunoslik yo'nalishi 1-kurs

Annotatsiya. Adabiyot deb ataluvchi tog'ning bir cho'qqisi bo'lmish she 'riyatning sehri, jozibasi shoir va shoiralar hislarida jarang sochadi. So'zning qudrati haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: adabiyot, san'at, shoir, badiiy tafakkur, estetik ideal, obraz, so'z sehri, lirik qahramon

Аннотация. Магия и очарование поэзии, являющейся вершиной горы, именуемой литературой, звучит в чувствах поэтов и поэтесс. Они говорят о силе слова.

Ключевые слова: литература, искусство, поэт, художественное мышление, эстетический идеал, образ, магия слова, лирический герой.

Abstract. The magic and charm of poetry, which is the top of the mountain called literature, resounds in the feelings ofpoets and poetesses. They talk about the power of the word.

Keywords: literature, art, poet, artistic thinking, aesthetic ideal, image, word magic, lyrical hero.

Bugun yozmoqchi bo'lgan ishim zamonaviy o'zbek she'riyati va shoiralar ijodi bilan bo'g'liq. Ammo menda biroz istihola bor. Zebo Mirzayeva va Halima Ahmedova ijodini o'rganar ekanman, noto'g'ri xulosalar yozib qo'yishdan cho'chiy boshladim. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Inson paydo bo'libdiki, adabiyot unga hamroh. Inson esa so'zga, uning sehriga oshiq. Aynan so'z orqali ko'ngil kuylarini juda go'zal, nafis tarzda ifodalaydilar, chizadilar. Adabiyot olamida shunday bir san'at, shaffoq buloq borki, ko'ngil undan suv ichadi, unda insonning shodlik va quvonchi, orzu va armonlari, ichki kechinmalari butun qalbi tasvirlanadi. Bu -she'riyat. She'rni tuyg'u surati deydi,- Ulug'bek Hamdam. Faqat bu surat ongimizda go'yoki tirik inson kabi gavdalanadi. She'rda shoir hissiyotini, uslubini, ichki ,,men''ini , ovozini ramziy tarzda, badiiy obrazlar orqali namoyon qiladi (Badiiy obraz borliqning san'atkor ko'zi bilan ko'rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlanib, hissiy idrok etish mumkin bo'lgan shaklda ifodalangan shaklidir). Agar shunday bo'lsa, shoirlar kim? Demak, ularni qalb rassomlar, tuyg'ular musavviri deb atasak to'g'ri bo'ladi. Aslida to'rtta so'zni kelishtirib, qofiyalashtirib aytishning o'zi mushkul. Buni faqat yuksak istedod egalarigina eplay oladilar, so'z yukini ko'tara oladilar. Shoir so'zi orqali seni o'ylantirsa, o'zgartirsa, qalbingni uyg'otsa va nimadir bera olasa, demak bu uning kuchi. Darhaqiqat she'riyatga, adabiyotga inson doim talpinadi, unda o'zini, o'zligini topadi. Qalbingizga yoqqan she'rni o'qiganingizda ohang bo'lib qalbingizga oqib kiradi, u yerda o'z surati, jilvagar ranglari bilan sizni maftun qiladi go'yo. Shoir kechinmalarini lirik qahramon tilidan tinglaganda o'quvchi qalbidagi hech kim ko'rmagan ,,men'' uyg'onadi. Inson kechinmalarini ko'z bilan ko'rolmaysiz, qo'l bilan ushlolmaysiz. Faqat qalb bilan his qilasiz. Aynan shoir shu ko'rinmas tuyg'ularni oq qog'ozga so'z bo'yog'i orqali tasvirlaydilar. Shu sabab ularni yuqorida tuyg'ular musavviri deb atadim. Bu tarzdagi suratlarda

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6896258

ЗЕБО МИРЗОЕВА: ПОЭТЕССА, ПОЭЗИЯ И ЛЮБОВЬ

ZEBO MIRZOYEVA: POETESS, POETRY AND LOVE

KIRISH

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

shoir estetik ideali, badiiy tafakkuri aks etadi. Ana shu aks sizni o'z olamiga g'arq qiladi, shu lahzada botinda parvozga shaylanasiz, lirik qahramon bilan ruhiyat osmonida sayr qilasiz. Endi bu ko'rinmas suratga jon kiradi. Lirik qahramon kayfiyati o'quvchiga ko'chib o'tadi va bu tuyg'ular endi o'quvchiga tegishli bo'lib qoladi. Ya'ni shoir dilidagi vatanga bo'lgan muhabbati, oshiqligi, armoni, quvonchi, dardi, o'ylari o'quvchi qalbiga ko'chadi, uni zabt etadi(hammasi ham emas). Qayta-qayta unga murojat etadi.

Shoirlar so'zga zeb beradi, jilvalantiradi. Shu jilva ko'ngillarni ravshanlashtiradi. Shoirni she'rlari orqali zohiran emas, botinan taniysiz. Aynan shu tanishlik hayolga ko'chadi. Shoir bilan hayoliy suhbatlar quriladi, savollar beriladi.

Shoir qachon shoirga aylanadi, qachon ko'ngillardan joy oladi? ,,Begona'' emas ,,tug'ishgan'' hislarni obrazli tarzda, badiiy ifoda etishi orqali u shoir sifatida qalblardan joy egallaydi. Shu joyda shoira Zebo Mirzayevaning ,,Onamga'' she'riga to'xtalsak. She'rni o'qir ekansiz, ko'z oldimizda dunyodagi eng go'zal ayol, onamiz gavdalanadi. Uning so'zlarini aniq eshitasiz, mehrini his qilasiz. Tabiiy hislar qurshovida qolamiz. Mana sizga ,,tug'ishgan'' hislar. Shu ondan boshlab shoirning faoliyati boshlanadi. Shu bilan bir qatorda shoir bilan uning she'rlari orqali xayolan bog'lanamiz, so'zlashamiz. Chunki, biz bunda shoir yuragini ko'ramiz va o'zligimizga qaytamiz. Undan taskin olamiz.

TADQIQOT NATIJALARI

Oddiy insonlar olamni bir xil nigoh ko'radilar. Aslida har bir inson qalban shoir. Ammo ularda buni go'zal tarzda ifoda etish uchun tangri yuqtirgan qobilyat yo'q. Shoirlar qalbida hamma yashaydi, shuning uchun ham uning misralari sizga g'oyat tanish ko'rinadi. Karel Chapekning ,, Shoir'' hikoyasini o'qidim. Hikoya o'ta nozik qalb sohiblari haqida. Do'stining aytishi bo'yicha shoir juda ta'sirchan, atrofdagi voqea-hodisalar uni qo'rqitadigan, ko'p narsalarga befarq xayolparast shaxs. Aslida-chi, hech kim sezmagan voqea -hodisalarni shoirona nigoh, qalb ko'zi bilan ko'ruvchi va uni shunday tasvirlovchi ,,rassom''dir shoir. ShE'R esa oniy lahzalarda sodir bo'lgan ruhiyat parvozidagi tug'yonlarning yerga tushgan ko'rinishidir.

Aslida she'r- hayrat mevasi, muhabbat shevasi, shoir bo'g'zini kuydirgan olov, xayoliy ohang hosilasidir. She'rni shunday tasavvur qilaman. Shunday olovnafas shoiralardan biri Zebo Mirzayevadir. Ijodini kuzatar ekanman, go'yo uning nafasini his qilaman. Shoira ruhiy kuchni, ilhomni- vatan, millat, ota-ona va muhabbatdan oladi. Uning ijodini kuzatar ekansiz, salmoqli qismini ishq, muhabbat mavzusi tashkil etganiga guvoh bo'lasiz. Och-yalang'och sevgini emas, ayol qalbining yashirin kuchi bo'lgan muhabbatni tarannum etadi. Va bu muhabbat yaratgan tomonidan o'ziga berilgan ilohiy tuyg'u ekanligiga ishonadi, ishontiradi. Bir she'rida ,,U menga tangrining uzalgan qo'li'' va uni ilohiy in'om sifatida qabul qiladi. Shoira ishqni juda go'zal liboslar bilan liboslantiradi, uning kayfiyatini turli xil vaqtlardagi ko'rinishlarini ,,chizadi''.

Muhabbat hech qachon eskirmaydigan mavzu. Har bir oshiq qalbida o'zgacha bo'y taratgan gul misoli yashaydi u. Hech kimga ayta olmaydigan dard, kuydirsa ham omon saqlaguvchi olov. Oshiq qalbidagi bir parcha cho'g' - muhabbat. ,,Olovdaraxt'' qanday go'zal o'xshatish, muhabbatning qahramon ko'nglidagi aksi u. Shoira ijodida bunday go'zal o'xshatishlar talaygina. Ammo, bu uning badiiy quvvatini oshirmaydi.

Yuqorida shoira uchun ishq ilohiy ne'mat ekanligi aytib o'tildi. ,,Bilaman: men uning tengi emasdim'' she'riga nazar solaylik. Muhabbat- oshiq qalbida ungan nozik gul, qalb gultoji. Unga parvarish kerak. Bu ilohiy gulni ifori hammaga ham nasib bo'lavermaydi. Uning nazdida

Lirik qahramon mashuqning tengi emas. Ammo bu muhabbatidan kechishga sabab bo'lolmaydi. Qanchalik xorlik, ezg'inlik, azob ko'rsada , shu gul iforiga maftun u,shu azobnida sevadi, voz kechmaydi. Muhabbat gulini toptashsada, sevishdan to'xtamaydi u. Uni ulg'aytiradi. Shoira qalbi haqiqatda muhabbatga limmo-lim. She'rlari meni o'ziga maftun qiladi, qiziqish uyg'otadi. Aslida she'r insonga ruhiy quvvat, taskin beradi, hatto o'ylantiradi. Uning g'oyaviy ta'siri esa juda kuchsiz

Shu otashin dard bilan o'lishni xohlaysan-u, o'lolmaysan chunki, shu tuyg'u bilan tiriksan go'yo. Har tun shu cho'g' ustida kuyasan, kuyasan-u har tong qaytadan tug'ilasan. Xuddi Qaqnus misoli. Oshiq qalb shunday yashaydi va ming yillik dardni qalb qo'llarida avaylab asraydi.

Faqat chin yurakdan sevgan insongina barchasiga rozi. Muhabbatga inson ehtiyoj sezadi. Hech qachon eskirmaydigan bu dard har safar yangidan namoyon bo'ladi. Har qanday to'siqdan olib o'tadi, omon saqlaydi.

MUHOKAMA

Shoira ijodida takror va takror ishq mavzusiga murojat qiladi. Shu yo'nalishni kamol toptiradi. Ba'zan she'rlarida o'tmish va hozirgi kun o'rtasidagi xayoliy ko'prikka duch kelasiz. ,,Tungi Samarqand'' she'rida u o'tmishga sayohat qiladi va Bibixonim bilan ko'rishadi. Shu bilan birga sizni ham tarix sahnalarida sayohat qildiradi. Yana bir she'rida Alisher Navoiy bilan uchrashadi. Uning ahvolini ko'rib, Hazrat undan hol so'raydi. Shoira ijodida metafora kuchli. Shu she'rning o'zida ,,Yuragimning bir chekkasiga tegib ketsa, qulardi osmon'' kabi misralari g'ayotda go'zal tarzda ifodalangan metaforalarga misol bo'la oladi. Uning ijodiga nazar solar ekanmiz, Zebo Mirzayevaning kulib turgan chehrasi emas, qalbidagi otashin ishqni, ko'ksida lovullab yonayotgan yurakni ko'rasiz.

Shoira har tong muhabbat tufayli kuchga to'ladi, hayotga ishtiyoq bilan uyg'onadi. Ammo tun cho'kishi bilan yana ajoblar ichida qoladi. ,,His qildim'' she'rida javobsiz sevgiga asira ko'ngil nolasi mujassamdek. Har bir misrada ,,umidsizlik soyasida qolgan umid''ning mahzunligini ko'rasiz:

Bir umr sevgan insoni yonida bo'lishni, sevilishni istagan qahramon ketishga mahkum. Har safar mashuq huzuriga bir olam ilinj bilan tashrif buyurayotgan oshiqa o'zi kutgan ilinjni topolmaydi. Qaytadi (go'yo u istagan inson uni istamaydi). Balki, mubolag'a qilayotgandirman, shoira she'rlarida o'zbek qizini muhabbatini ko'rasiz. Axir o'zbek ayoliningda ,,Nafasi yetmaydi ,,qoling '' demoqqa''.

Zebo Mirzayevani har bir nafasida ishq alangalanadi. Buni uning har bir she'rida uchratamiz, takror va takror. Ishq deb atalgan ummonda yolg'iz qayiqchiga, majnunsiz layliga o'xshaydi. U ishqqa kasal bo'lgan. Agar ,,Kumush bilan suhbat'' she'riga e'tibor bersak, shoira o'zini, oshiq qalbini Kumushga mengzaydi:

Men ham sizdek yor uchun xunxoraman, Dili vayron, vujudi ming poraman. Otabegim qaytaring biz yona deb Qodiriyni topolmay ovvoraman.

Ketish yo'qlik edi, qolmoqlik - o'lim.

Behush kalovlanib chiqdim-u, qotdim Eshikka osilib yig'ladi qo'lim.

Shu misralar orqali ham uning qalbiga nazar solishimiz mumkin.

XULOSA

Ba'zan baxtni xayollarida topadi, uning qo'llaridan tutadi. Xayoliy ishqning yelkasiga xuddi atirgul misol suyanadi. Shoira ko'pincha olov obrazi orqali olov qalbini tasvirlaydi.

Olamga zohirdagi emas, botindagi nigoh bilan qarasak, u naqadar jozibali va rangin. Shoira she'rlari orqali o'z olamini allaqachon yaratib olgan. Uning olami ishq sohillarida joylashgan. Uning uchun muhabbat, sevgi ,,Jannat azobi''dir. Zebo Mirzayeva ijodida shaxsiylik ko'proq kuylanadi. Go'yo u ishq uchun yaralib, butun vujudi ishqqa botirib olingandek. ,,Sevgi -bu jonimda chirqillagan qush'' deb uni ilohiy ekanligini yana bir bor ta'kidlaydi.

Menga juda yoqqan she'ri bu otasi uchun atalgan ,,Uni xafa qildim, bora ololmayman'' she'ridir. Shoira ota va qiz munosabatini qalamga olar ekan, o'z iqrorini qog'ozga tushiradi. Haqiqatda ota farzand uchun qalqon hamisha. Uning qahrida ham mehr bor. U biz uchun yelkalarida tog'ni ham ko'taradi. Shoira o'z dardi orqali boshqalarni ham o'ylantiradi, bir bora o'zini, o'z vijdonini taftish qildiradi, nazdimda.

Shoira she'riyatda o'z she'rlari orqali dardini yengillashtiradi. Dardlarini, og'riq va azoblarini unutib, hamma-hammasini qog'ozda qoldiradi. Ijodini o'rganar ekanman o'zi bilan uchrashish, dildan suhbatlashish istagi paydo bo'ldi. Inson qiziquvchan-da.

REFERENCES

1. Zebo Mirzayeva ,,Ishq'' Toshkent, ,,Akademnashr'' 2011-y.

2. Bahodir Karim ,,Ruhiyat alifbosi'' G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent-2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.