Научная статья на тему 'UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA BADIIY TA‟LIM BERISHDA TASVIRIY SAN'AT TARIXINING OʻRNI'

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA BADIIY TA‟LIM BERISHDA TASVIRIY SAN'AT TARIXINING OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasviriy san‘at / grafika / haykaltaroshlik / hajm / rang / fazo / kompozitsiya / perspektiva / rang.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Botir Baltabayevich Baymetov, Muqaddam Tojiqoʻzi Qizi Xamroqulova

Maqolada oʻquvchi yoshlarga ta‘lim tarbiya berishda boshqa fanlar qatori tasviriy san‘at va uning tarixini oʻrganish, ularga badiiy ta‘lim berishda naqadar ahamiyatli ekanligi ta‘kidlab oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA BADIIY TA‟LIM BERISHDA TASVIRIY SAN'AT TARIXINING OʻRNI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA BADIIY TA'LIM BERISHDA TASVIRIY

SAN'AT TARIXINING O'RNI

Botir Baltabayevich Baymetov

Chirchiq davlat pedagogigka universiteti professori

Muqaddam Tojiqo'zi qizi Xamroqulova

Chirchiq davlat pedagogigka universiteti doktaranti

ANNOTATSIYA

Maqolada o'quvchi yoshlarga ta'lim tarbiya berishda boshqa fanlar qatori tasviriy san'at va uning tarixini o'rganish, ularga badiiy ta'lim berishda naqadar ahamiyatli ekanligi ta'kidlab o'tilgan.

Tayanch tushunchalar: tasviriy san'at, grafika, haykaltaroshlik, hajm, rang, fazo, kompozitsiya, perspektiva, rang.

ABSTRACT

The article emphasizes the importance of studying fine arts and its history and teaching them art education, including in the education of young people.

Basic concepts: fine arts, graphics, sculpture, size, color, phase, composition, perspective, color.

"Inson qadrini ulug'lash, aholimiz manfaatlarini ta'minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir. Shu maqsadda 2024-yilni mamlakatimizda "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili", deb e'lon qildik", -dedi prezident.[1]

Davlat rahbarining so'zlariga ko'ra, yangi yilda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlar yaratish yanada kuchaytiriladi. Ilm-fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni, "yashil" va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi.

Darhaqiqat yurtimizda olib borayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta'minlashni ustuvor vazifa etib belgilagan. Aslida ham bizning eng bebaho boyligimiz bu — bunyodkor xalqimiz, navqiron avlodimizdir.

Kelajagimiz bo'lmish o'quvchi-yoshlarimizga ta'lim tarbiya berishda umumta'lim maktablarining o'rin beqiyosdir. Tasviriy san'at fani esa o'quvchi-yoshlarimizga badiiy ta'lim berishda, ularning badiiy-estetik shakllanishlari hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashlarida nihoyatda muhim o'rin egallaydi.

April 23-24, 2024

170

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

O'zbekistonda tasviriy san'at - jahon hamjamiyatida sodir bo'layotgan jarayonlar bilan hamnafas bo'lib, har bir ijodkor o'z qarash va kechinmalarini yangicha uslub va shakllarda ifoda etishga intilishi bilan xarakterlanadi.

Tasviriy san'at — rang-tasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis san'at turi; voqelikni uning osongina ilg'ab olinadigan fazoviy shakllarda ko'rgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy san'at turlari o'z xususiyatlariga qarab real borliqni obyektiv mavjud sifatlari — hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nur-havo muhiti, harakat va o'zgarishlari hissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga o'tish mumkin. Tasviriy san'at faqat ko'rish mumkin bo'lgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi, erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni g'oyaviy o'zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Tasviriy san'at insonning ruhiy qiyofasini, uning o'zgalar bilan o'zaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Ba'zan mavjud bo'lmagan, rassom tasavvurining mahsuli bo'lgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki uning g'oyaviy mohiyati, siyosiy, falsafiy, estetik va yetik g'oyalari ham tasviriy san'atning mazmuniga aylanadi. Tasviriy san'at obrazlarining ko'rgazmaliligi rassomga hayotning muayyan hodisasiga o'z munosabatini yuksak darajada ifodalashiga imkon beradi; shu tufayli hayotni bilishning faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, ma'lum tizimning ommaviy ongini qaror topishida muhim rol o'ynaydi. Olamni bilishning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy ongni shakllantiradi hamda xalq orzu-umidlarini ifodalash shakli sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy sharoitda umumg'oyaviy kurashlarning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'ladi.

Insoniyatning mehnat faoliyati, e'tiqodlari, diniy qarashlari zaminida tasviriy san'at paydo bo'lgan va rivojlangan. Qadimgi tosh asrining ilk bosqichidayoq inson o'z ehtiyoji uchun zarur bo'lgan buyumlarni yaratish, libos, turar joylar tayyorlash jarayonida qulaylik, maqsadga muvofiqlik tushunchalari rivojlanib, ritm, simmetriya hissi ortdi. Marhumlar bilan vidolashuv, dafn marosimlarida marhumlar qabriga turli buyumlar qo'yish odatlarida tasviriy san'atning fazoviy fikr yuritish, fazoviylik, kenglik, olam tushuncha va tasavvurlari shakllanib bordi. Tosh, suyak, keyinchalik sopoldan ishlangan turli shakl va haykallarda, qoyatoshlarga, g'or devorlariga chizilgan, rangda ishlangan rasmlarda ibtidoiy insonning mehnat faoliyati, dunyo, borliq haqidagi o'y-hayollari, o'zga dunyo to'g'risidagi tasavvurlari mujassamlashgan. [2]

171

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagogikiiSiiiiiiii^

Ijtimoiy jamoa tuzumining inqirozi hamda mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralishi tasviriy san'at rivojida muhim o'rinni egallaydi. Tasviriy san'at inson faoliyatining ma'lum sohasiga aylanib davr ruhiyati, uning siyosiy, ma'naviy va nihoyat estetik qarashlarini aks ettiruvchi manbaga aylandi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida, jumladan Qadimgi Misrda tasviriy san'at insonning dunyo, borliq to'g'risidagi tushuncha va tasavvurlarini, xudolar darajasiga ko'tarilgan fir'avnlarni ulug'lash quroliga aylandi. Yunonistonda tasviriy san'at jamiyatning erkin fuqarosiga qaratilgan va antik mifologiyaning g'oyalarini plastik moddiylashtirilgan ko'rinishida kamol topdi, qadimgi Rim realizmida murakkab inson jismi namoyon bo'ldi.

Insoniyat sivilizatsiyasining muhim o'choqlaridan hisoblangan O'rta Osiyo, uning ajralmas qismi O'zbekiston hududida ham tasviriy san'at ijtimoiy hayotda muhim o'rin egallab, davr hamda inson tafakkuridagi nozik o'zgarishlarni o'zida aks ettiradi. Zarautsoy rasmlari, Xorazm, Sug'd, Baqtriya mahobatli haykal va rangtasvirlari shuning dalilidir.[3]

O'rta asrlar tasviriy san'ati uslub jihatidan rang-barang, turlari keng va xilma-xil, bu davrda mahobatli haykaltaroshlikning nodir namunalari yuzaga keldi. Hindiston, Indoneziya, Hindixitoy o'lkalarida betakror haykaltaroshlik asarlari yaratildi. O'rta Sharq mamlakatlarida miniatyuraning o'ziga xos turi yaratilgan bo'lsa, O'rta asr Yevropa madaniyatida haykaltaroshlik va rassomlik diniy e'tiqod va dunyoqarashlar zaminida o'ziga xos yo'nalish va mazmun kashf etdi, ikona san'ati ravnaq topdi. Roman uslubi va gotika barpo etilgan me'moriy obidalarda san'atlar sintezining ajoyib namunalari yaratildi.

XIII-XVI asrlar tasviriy san'atida dunyoviy mavzu va qarashlarning kuchayib borishi tasvirlarda borliqda mavjud shakl va ko'rinishlarning ortishi bilan belgilanadi. Shu harakat va taraqqiyotda tasviriy san'atning qonun-qoidalarini ilmiy asosda o'rganishga qiziqish ortdi. Optika, anatomiya, perspektiva, nur-soya nazariyasiga oid muhim tadqiqotlar qilindi. Moybo'yoq texnikasi mukammallashdi, ijodkorlar antik san'at an'analariga tayangan holda Uyg'onish davri insonparvarlik g'oyalarini moddiylashtirishga harakat qildilar. [4]

XVII-XIX asrda tasviriy san'at uslub jihatidan rang-barang, milliy mahalliy maktablar rivoji bilan san'at olamining kengayishi boshlandi. Bu davrda, ayniqsa, monumental san'at o'zining haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi, rassomlar, me'morlar, haykaltaroshlar, hunarmandlar san'atlar sintezining ajoyib namunalarini yaratdilar. Bu yutuqlarda rassom va haykaltaroshlarning o'rni alohida. Tasviriy san'at tur va janrlari ko'paydi, realistik yo'nalishdagi janrlar (portret, manzara, natyurmort, maishiy janr) yetakchi o'ringa chiqa boshladi.[5] Uyg'onish davri tasviriy san'atiga

April 23-24, 2024

172

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiinillililili

xos bo'lgan vazminlik, chiziq, rang, faktura mutanosibligi o'rnini jo'shqin shakl va ranglar o'yini egallab bezakdorlik xususiyatlarining ortishi kabilar kuzatiladi. XVII asrdan tasviriy san'atda klassitsizm yo'nalishi hukm surgani holda borliqni o'ziga o'xshash shakllarda aks ettiruvchi asarlar yaratilishi ortib bordi. Akademik ta'lim tizimining yo'lga qo'yilishi professional san'at maktablarining taraqqiyotini ta'minladi. Mumtoz (klassik) realistik (akademik) san'at uslublaridan chekinish, noan'anaviy uslublar izlashga intilish boshlandi. Bu hol impressionizm, postimpressionizm va boshqa uslublarning shakllanishi hamda rivojlanishida o 'z ifodasini topdi.[8]

XX asrda tasviriy san'ati murakkab va ziddiyatli. Bir tomonda klassik realistik san'atning talab va uslublari saqlangani holda uni ifodaviyligiga e'tibor qaratilishida, ishlangan har bir obrazni chuqur majoziy mazmunlar bilan to 'ldirishga intilish kuzatilsa, aksincha noan'anaviy tasviriy san'at uslubida yangi ifoda va tasvir vositalarini topishga, butunlay yangicha san'at yaratishga intilish harakati kuchliligi namoyon bo'lgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O'zbekiston xalqiga yangi yil tabrigi. Toshkent 1 yanvar 2024 yil

2. Abdirasilov S.F, Tolipov N.X.,Oripova N.K. Rangtasvir - Т. O'zbekiston, 2006

3. Б.Бойметов, С.Абдирасилов «Чизматасвир».Укув кулланма. Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи,Тошкент-2004.б-20.

4. Бойметов Б. «К,аламтасвир». Дарслик. «Мусика» нашриёти, Тошкент, 2006.-211б.,б-29.

5. Botir Boltabayevich Baymetov. (2023). YOSHLARDA TASVIRIY SAN 'AT ASARLARINI BADIIY IDROK ETISH VA RIVOJLANTIRISH USULLARI. Proceedings of Scientific Conference on Multidisciplinary Studies, 2(12), 196-203. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/scms/article/view/3170

6. Baymetov, B., & Unarova, Y. (2023). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASHDA RANGSHUNOSLIKNING NAZARIYSI. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the Topic: "Priority Areas for Ensuring the Continuity of Fine Art Education: Problems and solutions", 7(01). Retrieved from https ://ojs. qarshidu.uz/index.php/ts/article/view/135

7._ Baymetov B., Muratov X., Kunanbayev N., & Mulla Axunov, D. (2023). TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIM OLISH FAOLIYATINI TASHKIL

April 23-24, 2024

173

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

pdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

ETISH

VA

BOSHQARISH

METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the Topic: "Priority Areas for Ensuring the Continuity of Fine Art Education: Problems and solutions", 7(01). Retrieved from https ://ojs. qarshidu.uz/index.php/ts/article/view/177

8. Talipov Nozim Khamidovich, & Kholmurodova Fotima, Kholmurodova Zukhra . (2022). FEATURES OF ART EDUCATION FOR FUTURE FINE ART TEACHERS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(01), 33-39. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-03-01-06

9. Nozim Hamidovich Talipov. (2023). CREATIVE TECHNOLOGIES OF WORKING PORTRAIT COMPOSITION IN PROFESSIONAL TRAINING OF FUTURE FINE ART TEACHERS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 4(01), 81-88. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crip-04-01-12

174

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.