Научная статья на тему '8-SINF O`QUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA ADABIYOT DARSLARINING O`RNI'

8-SINF O`QUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA ADABIYOT DARSLARINING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tafakkur / nutq / suhbat / fikrlash / shakl va mazmun / ijobiy va salbiy qahramonlar / tahlil.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M. A. Meyliqulova

Ushbu maqolada 8-sinf o'quvchilarining og'zaki nutqini rivojlantirish borasida adabiyot darslarida olib boriladigan suhbat darslarining ahamiyati va o'quvchilarning kelajakda shaxs sifatida rivojlanishidagi o'rni haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «8-SINF O`QUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA ADABIYOT DARSLARINING O`RNI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

8-SINF OQUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA ADABIYOT DARSLARINING ORNI

M. A. Meyliqulova

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada 8-sinf o'quvchilarining og'zaki nutqini rivojlantirish borasida adabiyot darslarida olib boriladigan suhbat darslarining ahamiyati va o'quvchilarning kelajakda shaxs sifatida rivojlanishidagi o'rni haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: tafakkur, nutq, suhbat, fikrlash, shakl va mazmun, ijobiy va salbiy qahramonlar, tahlil.

SPEECH DEVELOPMENT OF 8TH CLASS STUDENTS THE PLACE OF LITERATURE LESSONS

M. A. Meilikulova

Independent researcher of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ABSTRACT

This article discusses the importance of dialogue lessons in literature classes for the development of oral speech of 8th grade students and their role in the future development of students as individuals.

Keywords: thinking, speech, conversation, thinking, form and content, positive and negative characters, analysis.

Barchaga malumki, inson tafakkuri, dunyoqarashi, olamni bilish darajasi uning so'zlayotgan nutqidan ma'lum bo'ladi. Og'zaki nutq shakllangan bashariyat ahli keng tafakkurga keng dunyoqarashga, yetuk salohiyatga ega bo'ladi. Bu o'rinda inson nutqi avval maktabgacha ta'lim muassasasida, undan so'ng umumiy o'rta ta'lim muassasalarida rivojlantiriladi. Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyachilarning bolalar bilan o'zaro muloqoti, bolalarning atrofdagi o'rtoqlari bilan muloqoti ularda nutqiy artikulyatsiyaning, shu bilan ongning rivojlanishiga dastak bo'ladi. "Fikrlash jarayoni, - deb yozadi L. Vigotskiy, - bolaning ota-onasi bilan muloqotidan boshlanadi. Mustaqil fikrlash esa bu suhbatlarni bola "yutib", o'zicha "hazm qila" boshlaganidan so'ng shakllanadi". Bu qarashga tayanib, shunday xulosa chiqarish mumkinki, fikrlash bevosita o'z yo'naltiruvchi kuchi, maqsadi, usullariga

April 23-24, 2024

761

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH

ega bo'lgandagina mustaqil faoliyatga aylanadi. Fikrlashning mustaqilligi uning yuqorida sanalgan shakllaridan biri sifatida kishi shaxsiyati va siyrati, ichki "men"i bilan bog'liq. Maktab yoshidagi o'quvchilarning nutqini rivojlantirish, atrofdagilar bilan aloqa aralashuv munosabatga kirishishi uchun fan o'qituvchilarining xizmatlari juda katta o'rin egallaydi. Nutq-ma'lum bir vaziyatdan, sharoitdan kelib chiqib paydo bo'ladi. Ana o'sha vaziyatdagi nutqni o'rinli va samarali paydo qilishda suhbatning, suhbat jarayonining o'rni muhim sanaladi.

Suhbat (dialog) - kishilar o'rtasidagi muloqot shakli bo'lib qolmay, u o'quvchi nutqining rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Fikrlash masalasida, eng avvalo, uning shakli va mazmunini ajratar ekan, L. Vigotskiy odamdagi fikrlash mexanizmi, uning shakl va darajalari, kishining intellektual rivojlanishiga qarab o'sib borishini ta'kidlaydi. Fikrlashning mantiqqa tayanishi esa bola 12-14 yoshga yetganda, u o'z tafakkuriga egalik qilib, uni boshqara bilganda yuzaga keladi. Vigotskiyning ta'biricha, mantiqiy fikrlash - ongli ravishda, o'z-o'zini nazorat qilgan holda ilmiy-nazariy asoslarga tayanib fikrlash demakdir. Uningcha, fikrlashda mantiqning yo'qligi fikrlash jarayonida mustaqillikning, erkinlikning, onglilikning yo'qligi demakdir.

8-sinf o'quvchilarida yoshga doir xarakter va xususiyat rivojlanishi bilan birga ularda kommunikativlik ham rivojlanib boradi. O'quvchilarda atrofdagilar: ota-onasi, do'stlari, ustozlari bilan munosabatga kirishish ehtiyoji ortib boradi. Shu bilan birga, ularda nutqiy ko'nikma rivojlanadi. 8-sinf o'quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish borasida adabiyot darsliklaridagi mavjud mavzu doirasida suhbat olib borish, mavzuga doir berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Masalan: 1. Asarning bosh qahramonlari kim?

2. Asardagi ijobiy qahramonlarning qaysi xislartlari sizga yoqadi?

3. Asardagi salbiy qahramonlar haqida o'z fikringiz?

4. Asar syujeti haqida gapiring? kabi savollar o'quvchilarni o'ylashga va tasavvuridagi o'y-fikrlarni nutqqa chiqarishga undaydi. 8-sinf o'quvchilari nafaqat asar haqida o'z bilganlarini, asar haqida o'z dunyoqarashini namoyon qiladi. O'quvchilarning adabiyot darslarida nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda badiiy asarlarni o'rganish, so'zlab berish, savol-javoblar o'tkazish muhim o'rin egallaydi. Savol-javob o'tkazish asnosida o'qituvchi mavzuni nafaqat o'rgatadi, balki o'quvchi berilgan savolga javob berishga urinadi, bilmay qolgan savolning javobini izlashga, uni topishga, uning nima haqida ekanligiga qiziqadi. Suhbat darsi davomida o'quvchi fandagi mavzuni o'zlashtirish bilan birga, ularda kitob o'qish ko'nikmasi rivojlantiriladi. Suhbat darslari an'anaviy va noan'aviy shakllarda olib borilishi

April 23-24, 2024

762

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

mumkin. Suhbat darslarida interfaol metodlardan samarali foydalanish uncha muhim emas. Oddiy suhbat tarzida olib borilgan darslar, ayniqsa, 8-sinf o'smir yoshdagi o'quvchilarda asar qahramonlarini tahlil qilish, ijobiy va salbiy qahramonlarni xarakteri va hatti-harakatiga qarab ajratish, qahramonlarning ichki kechinmalarini his etish bilan birga, ularning ertangi kelajagiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Asardagi ziddiyatli holatlarni tasvirlaganda o'quvchida ana shu holatga o'zi tushib qolmasligi, ijobiy qahramonga taqlid qilishi, salbiy qahramonning hatti-harakatini kelajakda qaytarmaslikni o'z ongida tafkkur qiladi.

8-sinf va undan yuqori sinf o'quvchilarida maktab yoshida shakllana boshlagan insoniy tuyg'ularni, asar qahramonlarining dunyoqarashini tushunishga bo'lgan qiziqish ortib boradi. 8-sinf o'quvchilarini o'smirlik davri bilan taqqoslab ularda nazariy fikrlarning rivojlanganligini sezish qiyin emas. O'smir yoshdagi o'quvchilarda har xil muammolarni o'zlaricha mustaqil hal qilishga ehtiyoj kuchayadi. O'quvchilarning o'rtoqlari, ya'ni sinfdoshlari bilan o'zaro tortishuvlar, darslardagi munozaralar, har xil muhokamalarda qatnashish bolaning bu yoshdagi tabiiy ichki ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. O'quvchilarning yoshlari yuqorilab borgan sari tanqidiy fikr-mulohaza yurita boshlaydilar, tortishadilar, muammo mazmuni yuzasidan savollar bera boshlaydilar. 8-sinf o'quvchilarida bu yoshda mustaqil fikrlashga moyillik, o'z fikrini o'zi bilganicha ifodalash, atrofdagilarga tanqidiy nazar bilan qarashning kuchayishi kabi jihatlar ko'zga tashlanadi. O'quvchi asar orqali mustaqil fikrlash asnosida o'zi ham ijtimoiy hayotga kirib boradi. Asar qahramonlarini o'rganish, tahlil qilish orqali o'z shaxsiga xos sifatlari ham shakllanib boradi. Shu o'rinda o'quvchilarning asar qahramonlari haqidagi fikrlariga qarab, o'quvchining o'zini shaxsini belgilash mumkin.

Bundan tashqari, o'quvchilarning nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish maqsadida tashkil qilingan suhbat darslarida nazmiy asarlarning ham o'rni muhim ahamiyatga ega. Jumladan, nazmiy asarlarning tilini tushunish murakkablik qilsa, o'qituvchi tomonidan nazmiy asarlar lug'atidan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, 8-sinfda Alisher Navoiy va Lutfiyning hayoti va ijodi, g'azallari o'rganilib, o'quvchilar bu ikki shoirning uslubini bir qadar farqlaydigan bo'lganlaridan so'ng, ularda o'rganilgan g'azallar ichidan ikkitasi olinadi va tahlil qilinadi. O'quvchilardan g'azallarning qaysi biri Navoiyniki, qay biri Lutfiydan ekanligini aniqlash talab etiladi. O'quvchi asarning mazmuni, uslubi va unga singdirilgan shoirlar shaxsiyatiga xos jihatlariga asoslanadi. O'quvchilar ikkala shoirning g'azallarini o'qib, tahlil qiladi, mustaqil fikrlaydi.

Yosh avlodni mustaqil fikrlashga o'rgatish muammosi bugun O'zbekistonda davlat siyosati darajasidagi masalaga aylandi. Buni esa

April 23-24, 2024

763

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

yangilanayotgan ta'lim mazmuni bo'lgan milliy o'quv dasturining ta'limga joriy qilinayotganida ko'rish mumkin. Milliy o'quv dasturimizning ta'limga tatbiq

qilinishdan maqsad ham o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ularning nutqini o'stirishga qaratilgan.

REFERENCES

1. Q.Husanboyeva. o'quvchi ma'naviyati va adabiyot darslarida mustaqil fikrlash. Toshkent-2008

2. S.Olim.,S.Ahmedov, R.Qo'chqorov. Adabiyot darsligi. 8-sinf. Toshkent-2014

3. Q.Yo'ldoshov. Badiiy tahlil asoslari. Toshkent-2016

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.