Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARIDA MILLIY VA UMUMMADANIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA О‘QISH DARSLARINING ROLI'

BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARIDA MILLIY VA UMUMMADANIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA О‘QISH DARSLARINING ROLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
253
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’qish darsi / boshlang’ich ta’lim / kompetensiya / reading lesson / elementary education / competence

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nazarova M.S.

Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflarida o‘qish fani o‘quvchilarni ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF READING LESSONS IN THE FORMATION OF NATIONAL AND UNIVERSAL COMPETENCE IN PRIMARY SCHOOL PUPILS

The science of reading in the primary classes of General secondary education along with teaching students to read consciously, correctly and expressively form a culture of reading and speech, as well as the ability to think independently.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARIDA MILLIY VA UMUMMADANIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA О‘QISH DARSLARINING ROLI»

UDK 37.02

Nazarova M.S. o'qituvchi школа № 35 Баликчи регион Uzbekistan, Andijan

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MILLIY VA UMUMMADANIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA O'QISH DARSLARINING ROLI

Annotatsiya: Umumiy o 'rta ta 'limning boshlang'ich sinflarida o 'qish fani o'quvchilarni ongli, to'g'ri va ifodali o'qishga o'rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi.

Kalit so'zlar: o'qish darsi, boshlang'ich ta 'lim, kompetensiya.

Nazarova M.S. teacher

school № 35 Balikchi district Uzbekistan, Andijan

THE ROLE OF READING LESSONS IN THE FORMATION OF NATIONAL AND UNIVERSAL COMPETENCE IN PRIMARY SCHOOL

PUPILS

Annotation: The science of reading in the primary classes of General secondary education along with teaching students to read consciously, correctly and expressively form a culture of reading and speech, as well as the ability to think independently.

Keywords: reading lesson, elementary education, competence.

O'quvchilar milliy va jahon adabiyotlarini o'qib, tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go'zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi. Ularga ongli munosabat bildirish hamda o'zlaridagi axloqiy-ma'naviy fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. Mutolaa o'quvchilarning og'zaki hamda yozma nutqlari rivojlanadi. Bolaning matn mazmunini to'liq uqib olishi qayta hikoyalashi, shuningdek, o'zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi malakalari hosil qilinadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tayanch va fanga oid adabiy-nutqiy va badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarning shakllantirilishi ham belgilab berilgan. Shulardan biri milliy va um milliy va ummadaniy kompetensiyadir.

Milliy va ummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo'lish, badiiy va

san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog'lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Bugungi kunda o'qish darslarining mazmuni va shakllarining zamon talablari asosida o'zgarib, takomillashib borishini o'qituvchi va o'quvchining hamkorligisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Negaki ularning birgalikdagi amaliy faoliyati tufayligina sog'lom ijodiy muhit uchun zamin yaratilishi mumkin. Shunday sharoitda o'quvchi egallashi ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarni mustaqil holda o'zlashtira boradi. Shu jarayonda o'quvchi o'z bilimlariga tayangan holda o'qigan badiiy asarlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqaradi. Ammo har bir o'quvchida bilimlarni ixtiyoriy, faol, ongli ehtiyoj sifatida qiziqish va intilish bilan egallash tuyg'usini uyg'otmay turib, ko'zlangan natijaga erishib bo'lmaydi. Xilma- xil badiiy asarlarga baho berishda o'quvchi birinchi galda o'z ruhiyati va hissiyotlariga tayanadi.

Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishda mustaqil fikrlash, og'zaki va yozma ijodiy ishlarning ahamiyati, savol-topshiriqlar ustida ishlash, nutq o'stirish kabi talay ilmiy muammolarga doir tadqiqotlar yaratilgan. Ammo boshlang'ich sinf o'quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish usullari muammosi mustaqillik davri boshlang'ich ta'lim metodikasida maxsus ilmiy-tadqiqot ishi sifatida o'rganilgan emas. Holbuki, adabiy tushunchalarni o'rganish orqali o'quvchilar badiiy matnlarni maqsadli o'qish, tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish malakasiga ega bo'la boradilar.

Boshlang'ich sinf o'qish darslarining vazifalaridan biri o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishdir. Shuning uchun adabiy tushunchalarni o'rganish o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish bilan bog'liq holda olib boriladi. Adabiy tushunchalarni o'rganish jarayonida o'quvchilar nutqida xalqona iboralar, hissiy bo'yoqqa ega bo'lgan so'zlar, belgi-sifat bildiruvchi so'zlar, o'xshatish va jonlantirish uchun qo'llangan ifodalar, ko'chma ma'noli so'zlar o'zlasha boradi. Masalan, topishmoq aytish va topish jarayonida "Topishmoqni topishda uning matnidagi qaysi so'zlar yordam berdi?" yoki: "Topishmoqni topishda qaysi so'zlarga e'tibor berdingiz?" kabi savollar berilca, o'quvchilar topishmoqda yashiringan narsa-hodisalarning belgilarini ifodalovchi so'zlarga diqqat qaratadilar, ularni nutqida qo'llaydilar. Natijada bu so'zlar o'quvchining o'z so'ziga aylanadi. Adabiy tushunchalarni shakllantirish bevosita badiiy asarni o'rganish, tahlil qilish jarayonida amalga oshishi tufayli bunday ilg'or va samarali usullar biz tadqiq etadigan muammoga ham taalluqli.

Boshlang'ich sinf o'qish darslarida xilma-xil ta'lim metodlaridan ko'pincha aralash holda foydalaniladi. Dars maqsadiga, sharoit taqozosiga ko'ra zarur usullar tanlanadi. Pirovardida esa o'quvchilarga bilim berish, adabiy asarni tushunish, mustaqil fikrlash, go'zallikni his qilish, o'z tushuncha va tasavvurlarini tiniqlashtirish, aniq hayotiy xulosalar chiqarish kabi ko'nikma-malakalarni shakllantirishda adabiy tushunchalar muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich ta'lim tizimida o'quvchilarda bolalikdan badiiy adabiyotga havas uyg'otish, ularning obrazli tafakkurini o'stirish, ko'p jihatdan ta'lim tamoyillari va

metodlarining to'g'ri qo'llanilishiga bog'liq. Ilmiy asosda to'g'r i tanlangan metod bola shaxsini rivojlantirish, aqliy faoliyatini faollashtirish va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda asosiy o'rin egallaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tafakkuri she'riy asarlarning mazmunini adrok etishda oqsaydi.

She'riy asarni tushunib o'qish talab qilinar ekan, avvalo, o'quvchiga boshlang'ich sinfdan boshlab she'riyatga xos xususiyatlar haqida ham muayyan bilimlarni berib borish lozim, deb o'ylaymiz. Agar boladan badiiy asarda tasvirlangan asosiy voqeani aniqlashi va voqealar ichidagi qahramonlar munosabatini belgilashi talab qilinsa, unga 1-4-sinf o'quv materiallari asosida she'riy nutq qurilishi, nasriy asarlarda syujet va kompozitsion unsurlar haqida ham bilim berish joiz. Aytmoqchimizki, 1-4-sinfdan boshlab o'quvchida shakllantirilishi lozim bo'lgan adabiy tushunchalar ma'lum tartib, meyor va izchillikda berib borilishi zarur. O'qituvchi dasturda aytib o'tilgan imkoniyatlardan foydalanib, masalani ijodiy tarzda hal etmog'i lozim. O'quvchi she'riyatdagi badiiy tasvir vositalari to'g'risida ilk nazariy ma'lumotlarni o'zlashtirsag ina darsliklardagi E.Vohidovning «O'lka», «O'zbegim», Uyg'unning «Kuz keldi», CHo'lponning «Ko'klam yomg'iri», Zafar Diyorning «Bahor yaqin», «Serquyosh o'lka», Po'lat Mo'minning «Kim sindirdi bu niholni», Mirtemirning «Qush tili» singari she'rlarining jozibasini his qiladi, shoirlar yaratgan ona yurt tabiatining tengsiz go'zal tasvirini, go'zallik tuyg'usining badiiy ifodasini tushuna oladilar.

O'qituvchi o'quvchining darslik materiallari asosida tahlil malakasini shakllantirish hamda takomillashtirib borishga erishmog'i lozim. Buning uchun boshlang'ich sinf o'qituvchilari oldiga quyidagi talablar qo'yiladi:

1.O'quvchilarda adabiy tahlilga oid elementar malakalarini shakllantirish.

2.O'quvchilarning adabiy qahramonlarni tavsiflash, tasviriy vositalarni tahlil qilish, asar voqealari o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash, tegishli adabiy janr xususiyatlarini farqlash yuzasidan muayyan tushunchalarni o'zlashtirishlariga erishish. Har qanday san'at asarini, u qaysi janrda bo'lishidan qat'iy nazar, badiiylik, hayotiylik, haqqoniylik tamoyillariga tayanib idrok etish, tushunish mustaqil tafakkur orqali amalga oshiriladi.

Har bir o'quvchi badiiy asarni o'z intellektual -hissiy idrokiga tayanib anglaydi, undan ta'sirlanadi, o'zi uchun nimanidir kashf etadi. Badiiy asar tahlili jarayonida so'z san'ati namunalarini anglashdagi o'quvchining ana shunday individual, o'zigagina xos xususiyatlarini rivojlantirish ko'zda tutiladi. Shu maqsadda, qator adabiy tushunchalar o'rgatib boriladi. Shu tariqa o'quvchining ma'lum bilim va muayyan malakasiga, o'zining shaxsiy idrokiga tayanib hayot bilan inson shaxsini bilish borasidagi tajribasi doimiy rivojlanib boradi, badiiy didi yuksalib, san'at asarini baholash malakasi takomillashadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida so'z san'atini bevosita idrok etish qobiliyatining rivojlanishi asar syujetining o'ziga manzur jihatlarini aniqlash,

qahramonlarning xatti-harakatlarini baholash, o'z xulosalarini umumlashtirib bayon qilish tarzidagi adabiy tahlil ko'nikmalarini egallay borishiga bog'liq.

Kompetensiyaviy yondashuv asosidagi dasturda umumiy o'rta ta'limni isloh qilishning asosiy yo'nalishlarida o'quvchilarga adabiy ta'lim berish va estetik jihatdan tarbiyalash ishlarini takomillashtirishga zaruriyat borligi uqtirilgan. Zero, o'quvchilarda adabiy tahlil malakalarini shakllantirish, estetik qobiliyatlarini rivojlantirish, san'at asarini, ona tabiat go'zalligi, boyligini so'z yordamida tushunish va qadrlashga o'rgatish davr talabidir.

San'atning bir turi sifatida adabiyotni o'qitish boshlang'ich sinf o'qish darslarini tashkil etish borasida yangi uslubiy shart-sharoitlarni aniqlashni talab etadi. Chunki ular milliy va jahon adabiyotining yuksak badiiy namunalari bilan tanishadi.

Adabiyotlar:

1. Фарходжонова Н.Ф. МАССОВАЯ КУЛЬТУРА-ДЕСТРУКТОР НАШЕЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ //Теория и практика современной науки. -2017. - №. 4. - С. 11-14.

2. Farhodzhonova N.F. The influence of ideological processes on the national idea in the conditions of globalization //The World of Science and Education. -2016. - №. 2. - С. 6.

3. Farxodjonqizi F. N., Dilshodjonugli N. S. Innovative processes and trends in the educational process in Uzbekistan //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 621-626.

4. Numonjonov S. D. Innovative methods of professional training //ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (81). - 2020. - С. 747-750.

5. Farxodjonova N.F. MODERNIZATION AND INTEGRATION: SOCIAL-PHILOSOPHICAL ANALYSIS //Роль науки в формировании современной виртуальной реальности. - 2019. - С. 10-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.