Научная статья на тему 'ONA TILI TA’LIMI JARAYONIDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH'

ONA TILI TA’LIMI JARAYONIDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / ko'rgazmali vosita / ona tili ta'limi / kommunikativ savodxonlik / zamonaviy didaktik vositalar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maxbuba Yusupdjanovna Sobirova

Maqolada ko'rgazmali vositalar muhim didaktik vosita bo'lganligi uchun ularga alohida ahamiyat qaratish zarurligi, o'quvchining zamonaviy texnologik vositalar yordamida o'z ijodkorligini mustaqil ravishda namoyon etishga o'rgatish, og'zaki va yozma nutq malakalarini hamda tayanch, fanga doir kompetensiyalarini shakllantirish masalalari yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI TA’LIMI JARAYONIDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

ONA TILI TA'LIMI JARAYONIDA DIDAKTIK VOSITALARDAN

FOYDALANISH

Maxbuba Yusupdjanovna Sobirova

Namangan davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc)

ANNOTATSIYA

Maqolada ko'rgazmali vositalar muhim didaktik vosita bo'lganligi uchun ularga alohida ahamiyat qaratish zarurligi, o'quvchining zamonaviy texnologik vositalar yordamida o'z ijodkorligini mustaqil ravishda namoyon etishga o'rgatish, og'zaki va yozma nutq malakalarini hamda tayanch, fanga doir kompetensiyalarini shakllantirish masalalari yoritiladi.

Kalit so'zlar: ona tili, ko'rgazmali vosita, ona tili ta'limi, kommunikativ savodxonlik, zamonaviy didaktik vositalar.

Ta'lim jarayonining samarasi va muvaffaqiyati unda qo'llanilayotgan metodlar bilan birga ta'lim didaktik vositalarga ham bog'liqdir.

Didaktik vositalar, ya'ni sodda qilib aytganda, ko'rgazmali vositalar boshqa fanlar kabi ona tili ta'limda ham keng qo'llaniladi. Didaktik vositalar, bir tomondan, o'qituvchi bayonining isboti, tasdig'i bo'lib xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, berilayotgan ma'lumotlarni o'quvchilar tomonidan tez va sifatli o'zlashtirilishiga sabab bo'ladi. O'qituvchining bayoni har qancha to'liq bo'lganda ham o'quvchilarning voqealar to'g'risidagi tasavvurlari to'la bo'lmaydi.

O'quvchilarning ko'rsatilgan rasmlarni to'g'ri tahlil qilishlari, ularga qarab gaplar tuza olishlari, bog'lanishli matn yaratishlari, rasmga qarab hikoya qila olishlari ona tili mashg'uloti uchun muhim sanaladi. Ular e'tiboriga havola qilingan rasmlar o'quvchilar nutqining, e'tiborining, kuzatuvchanligining, ijodiy tasavvur etish qobiliyatining o'sishida; mantiqiy fikrlash qobiliyati rivojida, aqliy va estetik tarbiyasida, ularda muhim amaliy malaka va iqtidor hosil bo'lishida yordam beradi.

Texnika, ilm-fanning rivojlanishi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ta'lim sohasida ham murakkab qurilmalardan foydalanish imkoniyatini berdi. Maktab tajribasida magnitafon, radiopriyomnik, televizor, epidiaskop, kompyuter, proyektor, elektron doska kabi uskunalar qo'llanila boshlandi.

Odatda quyi sinfdan yuqori sinfga o'tgan sari o'quvchilarning bilim va malakalari ortib boradi. Quyi sinflarda o'quvchilarni voqea va hodisalarning yaxlit manzarasi qiziqtirsa, yuqori sinflarda yodgorliklar, shartli ko'rgazmalar va boshqalar

April 23-24, 2024

123

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

qiziqtiradi. O'quvchilarning didaktik vositalarga munosabati, e'tibori va qiziqishi ham ortib boradi. Shuning uchun o'qituvchilar dars oldidan ko'rgazmali vositalarni tahlil qilishlari, saralashlari, mavzularga moslarini tanlashlari kerak. Ko'rgazmali vositalar muhim didaktik vosita bo'lganligi uchun ularga alohida ahamiyat berilishi kerak.

Ta'limga antropotsentrik yondashuvda ko'rgazmali vosita hisoblanuvchi tarqatmalar bilan ishlash ham samarali vosita hisoblanadi.

Bugun eng faol ta'lim vositalaridan sanalayotgan grafik organayzerlar ko'rish imkoniyatini hosil qilgani uchun so'zlarni, uning mohiyatini, ishlatilish o'rinlari bilan eslab qolishga yordam beradi. Masalan, 5-sinflar uchun mo'ljallangan yangi ona tili darsligidagi leksikologiya bobiga oid bo'lgan mashqlarni, deylik, darslikning 110-betidagi 253-mashqni bajarishda ta'lim vositasi sifatida "Lug'at: ta'riflar" grafik organayzeridan foydalanish mumkin. Mashqni shunchaki qavslarni ochgan holda bajarsa ham bo'ladi, ammo grafik organayzerlar yordamida izohlansa, o'quvchilar e'tibori yanada ko'proq muddat tortiladi, o'zlashtirishda yaxshi samara beradi hamda kreativlikning o'ziga xos ko'rinishini namoyon qiladi. Grafik organayzerlar ko'rish imkoniyatini hosil qilgani uchun so'zlarni, uning mohiyatini, ishlatilish o'rinlari bilan eslab qolishga yordam beradi. Mashg'ulotda qo'llangan grafik organayzerlar o'quvchilarda qiziqish uyg'otadi, bu holat shu fanni chuqurroq o'rganish uchun turtki vazifasini o'taydi. Suratda aks etgan tasvirlarni so'z bilan to'g'ri ayta olish, shu so'zlarga savollar berish, turkumlarga ajratish, ularni tahlil qilish jarayonida nutqiy va lingvistik kompetentsiyalari rivojlanib boradi.

Ta'limga antroposentrik yondashuv jarayonida o'quvchilarning bilimini baholanadi. Bu o'rinda ularni rag'batlantirish maqsadida didaktik vosita sifatida ko'rgazmali rag'bat kartochkalaridan foydalanish ham samara beradi.

Ko'rgazmalilik holati me'yor darajasida bo'lgan, o'quvchining yoshiga mo'ljallab shakllantirilgan rag'bat kartochkalari o'rganuvchining faolligini yana ham oshirishi tabiiy hol.

Darsning boshlang'ich nuqtasi qanday chiroyli boshlangan bo'lsa, uning yakuni ham ta'sirli tugashi lozim. Vaqti-vaqti bilan didaktik vosita sifatida ko'rgazmali shaklda mashg'ulotni yakunlash ham o'ziga xos usul hisoblanadi. Ya'ni bunda o'quvchilar mashg'ulotdan olgan taassurotlarini, maslahatlarini, taklif-mulohazalarini, o'z fikrlarini, o'qituvchiga istaklarini didaktik vosita sanaluvchi "Samimiy tilaklar va takliflar savatchasi"da qoldirishsa, o'qituvchi ularni kelgusi darsda inobatga olishida, e'tibor qilmagan o'rinlarini bilib olishida, o'z ustida ishlashida qo'l keladi.

124

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiinillillliB

Innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida tashkil qilingan til ta'limi mashg'ulotlarida o'quvchilarga insonparvarlik ruhidagi 2-3 daqiqalik videoroliklar namoyish qilish va ko'rsatilgan tasvirlar asosida matn yaratishlarini topshiriq qilish mumkin.

Bugungi kun talabalari nanotexnologiyalar asrida yashamoqda. Shuning uchun biz odatlanib qolgan insho yozdirish usuli endi o'quvchi uchun biroz zerikarli tuyuladi. Chunki ularning ko'pchiligi tezkor va ommabop axborot manbai -internetdan tayyor matnni ko'chirib qo'ya qoladi.

Biz taklif etayotgan videomatnli nazorat turlari o'quvchining ehtiyojiga asosan uning bugun do'sti bo'lmish internet bilan hamkorlikda ishlashini ta'minlaydi. Mazkur nazorat turlarini 2011-yildan beri turli bosqich o'quvchilari orasida sinovdan o'tkazib ko'rildi va, ayniqsa, yoshlar o'rtasida katta qiziqishga sabab bo'ldi.

Bu nazorat turini qo'llashdan asosiy maqsad - o'quvchining zamonaviy texnologik vositalar yordamida o'z ijodkorligini mustaqil ravishda namoyon etishga o'rgatish, og'zaki va yozma nutq malakalarini hamda tayanch, fanga doir kompetensiyalarini shakllantirish.

Videomatnlarni ham ko'rgazmali qurol sifatida, ham yozma ishning bir turi deb hisoblash mumkin. Videomatnning boshqa yozma ish turlaridan farqi shundaki, matn yaratish jarayonida o'quvchining yozma nutqi bilan birgalikda og'zaki nutqi ham shakllanadi. Bunda matn muallifi o'zining keng mulohazaga, teran fikrga, aniq bir dunyoqarashga egaligini anglatish uchun mavzuga har tomonlama mos keladigan lavhalar hamda unga ohangdosh tarzda jaranglovchi musiqadan foydalanadi.

Videomatn o'quvchining shaxsiy nutqiy va lingvistik malakasini shakllantirish hamda rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu ikki yo'nalishdagi ishni: nutqiy faoliyatni takomillashtirish hamda nutqiy ko'nikmalarning har birini shakllantirishni o'zida mujasssamlashtirgan ijodiy ishlarning bir ko'rinishi sanaladi.

Ta'lim berish o'qituvchidan, xususan, ona tili o'qituvchisidan kuchli bilim, savodxonlik, pedagogik mahorat, tashkilotchilik qobiliyatini talab etadi. O'qituvchining o'z oldiga qo'ygan didaktik maqsadiga erisha olishida ta'lim vositalaridan unumli foydalana olishiga ham bog'liqdir.

Bugun elektron ko'rgazmali qurollarning, raqamli ta'lim vositalarining ta'lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini ham alohida qayd etib zarur. Muayyan mavzularni o'rganish maqsadida tayyorlanayotgan elektron ko'rgazmali qurollar ma'lum talablarga muvofiq yaratilishi shart. Xususan:

1. Elektron ko'rgazmali qurol (yoki darslik)lar o'rganuvchiing yoshiga, qiziqishlariga mos holda yaratilishi kerak.

125

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogikiiSiiiiiiiiH

2. Tavsiya qilinayotgan va o'quvchi talabalar tomonidan qiziqish bildirilayotgan asar voqealarini yorituvchi surat, tasvir yoki shakllarning ilova qilinishi mavzuning puxta o'zlashtirilishiga zamin yaratadi.

3. O'rganilayotgan mavzuga mos keluvchi yordamchi materiallar, ya'ni tasvir, surat, shakl, jadval va boshqalar, badiiy bezaklar o'rganuvchilarni chalg'itmasligi, aksincha, ularning faoliyat yo'nalishini aniq belgilab olishiga yordam berishi zarur.

4. Elektron ko'rgazmali materiallar zarur o'rinlarda kuy, qo'shiq, animatsiyalar bilan to'ldirib, boyitib borilishi lozim.

Demak, ta'limga antropotsentrik yondashuv jarayonida o'quvchilar nutqining, ijodiy tasavvur etish qobiliyatining o'sishida; mantiqiy fikrlash qobiliyati rivojida, ularda muhim amaliy malaka va iqtidor hosil bo'lishida zamonaviy didaktik ta'lim vositalari ahamiyati beqiyos.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-6097-sonli Farmoni. 2020-yil 29- oktyabr.

2. Mirziyoyev Sh.M " Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.: O'zbekiston, 2017. 16-b.

3.Sobirova, M. (2023). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages. https://doi.org/10.5281/zenodo.7827423 4. Sobirova, M. (2023). Obuchenie yazbikovbim yavleniyam na osnove analiza teksta. "Etnokulbturnbiy i sotsiolingvisticheskiy aspektbi v teorii i praktike prepodavaniya yazbikov v negumanitarnbix vuzax" mavzusidagi Ill xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Minsk, 30 mart 2023 y., - B. 299-302. https://rep.bntu.by/handle/data/130394

1. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena on the basis of anthropocentric approach. https://www.int-jecse.net/abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) 0I:10.9756/INTJECSE /V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.

2. Sobirova, M. (2022). Anthropocentric approach to language. ISJ Theoretical&Applied Science,07(111), http://t-science.org/arxivDOI/2022/07-111.html -P.36-39.

3. Sobirova, M. (2022). In imparting humane education use of integrated technology. In Volume 8, Issue 1, of JournalNX-A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, ISSN No: 2581 - 4230. Impact factor 8.155. VOLUME 8, ISSUE 1, January

April 23-24, 2024

126

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

2022, Published by Novateur Publication, M.S. India. - P. 151-158. https://repo.journalnx.com/index. php/nx/article/view/3880/3718

4. Sobirova, M. (2022). Teaching language phenomena through text analysis on the basis of anthropocentric approach. International bulletin of applied science and technology. https://www.int-jecse.net /abstract.php?id=5377 International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756 /INTJECSE/V14I7.91 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 07 2022.Impact factor: 8,2 SJIF = 5.955 ISSN: 2750-3402 Volume 3, Issue 4, April. 481-486-pages.

5. Sobirova, M. & Shermatova, D. (2021). Innovative Technologies of Teaching in the Field of Higher Education Techniques. Design Engineering. International Research Journal of Advanced Engineering and Science (IRJAES) SKOPUS 52885295 http://thedesignengineering. com/index.php/DE/issue/view/31.

6. Sobirova, M. (2021). The use of integrated technology in the teaching of humanism in language education. POLISH SCIENCE JOURNAL (ISSUE 1(34) -Warsaw: Sp. z o. o. "iScience", 2021. Part 3 - 234 p. https://sciencecentrum.pl/wp-content/ uploads/2021/01/PQLISH%20 SCIENCE%20JOURNAL%20 %E2% 84%9634%20-%203%20%28web%29.pdf str. 98-105

7. Sobirova, M. (2020). International Scientific Journal "Theoretical & Applied Science" SOI: 1.1/TAS (http://t-science.org/arxivDOI/ 2020/12-92.html) ( DOI:10.15863/TAS Published: 18.12.2020.

8. Sobirova, M.Y. (2019). About the history of speech culture and art of oratory. ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (80), 275-277. Retrieved from: https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42657439

9. Sobirova, M.Y. (2023). The role of educational tools in anthropocentric relationship education. European Journal of Education and Applied Psychology 2023, No 4. https://doi. org/10.29013/EJEAP-23-4-52-58.

10. Jo'rayev M. O'zbek tilini davlat tili sifatida o'rganish metodikasining shakllanishi. Ped.fan.nom...diss.avtoref. - Toshkent, 2005. - 23 b.

127

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.