Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF “ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA BOG’LANISHLI OG’ZAKI NUTQNI O’STIRISH (2-SINF SINF “ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI” DARSLIKLARIDA BERILGAN HIKOYALAR ASOSIDA)'

BOSHLANG’ICH SINF “ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA BOG’LANISHLI OG’ZAKI NUTQNI O’STIRISH (2-SINF SINF “ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI” DARSLIKLARIDA BERILGAN HIKOYALAR ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
261
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’qish darslari / nutq / bog’lanishli nutq / nutq o’stirish / hikoyani qayta o’qish / didaktik o’yin.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Payziyeva Z. X

Ushbu maqolada “Boshlang’ich sinf Ona tili va O’qish savodxonligi” darslarida bog’lanishli og’zaki nutqini o’stirish” haqida so’z boradi. Chunki, o’quvchilar o’qishni qunt bilan o’rganish orqali fan asoslarini ongli o’zlashtirib, fikr doirasini kengaytirib umumtaraqqiyot darajasini uzluksiz oshira boradilar. Ular qayerda ishlamasin, qayerda o’qimasin, baribir o’qishga murojaat qiladilar. O’qish barcha bilimlarni o’rganishda eng muhim vositadir, u insonning ijtimoiy hayotida uchraydigan barcha ishlar uchun zarurdir. O’qish boshqa fanlarni o’qitish vositasi hamdir. Jamiyat tarixi, tarbiyaviy va boshqa gumanitar fanlar ham o’qish yordamida o’rganiladi. O’qish darslari esa ta’lim berish bilan bir qatorda o’quvchilar nutqini o’stirishga ham xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF “ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA BOG’LANISHLI OG’ZAKI NUTQNI O’STIRISH (2-SINF SINF “ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI” DARSLIKLARIDA BERILGAN HIKOYALAR ASOSIDA)»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

BOSHLANG'ICH SINF "ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI" DARSLARIDA BOG'LANISHLI OG'ZAKI NUTQNI O'STIRISH (2-SINF SINF "ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI" DARSLIKLARIDA BERILGAN HIKOYALAR ASOSIDA)

Payziyeva Z. X.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisi, O'zbekiston Respublikasi, Yangi Namangan tumani, 62-maktab.

([email protected] +998936782817) https://doi.org/10.5281/zenodo.10158534

Annotasiya. Ushbu maqolada "Boshlang'ich sinf Ona tili va O'qish savodxonligi" darslarida bog'lanishli og'zaki nutqini o'stirish" haqida so'z boradi. Chunki, o'quvchilar o'qishni qunt bilan o'rganish orqali fan asoslarini ongli o'zlashtirib, fikr doirasini kengaytirib umumtaraqqiyot darajasini uzluksiz oshira boradilar. Ular qayerda ishlamasin, qayerda o'qimasin, baribir o'qishga murojaat qiladilar. O'qish barcha bilimlarni o'rganishda eng muhim vositadir, u insonning ijtimoiy hayotida uchraydigan barcha ishlar uchun zarurdir. O'qish boshqa fanlarni o'qitish vositasi hamdir. Jamiyat tarixi, tarbiyaviy va boshqa gumanitar fanlar ham o'qish yordamida o'rganiladi. O'qish darslari esa ta'lim berish bilan bir qatorda o'quvchilar nutqini o'stirishga ham xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: O'qish darslari, nutq, bog'lanishli nutq, nutq o'stirish, hikoyani qayta o'qish, didaktik o'yin.

Аннотация. Данная статья посвящена теме «Развитие коммуникативной устной речи на уроках родного языка и читательской грамотности начальной школы». Потому что, прилежно обучаясь, студенты сознательно осваивают основы науки, расширяют диапазон своего мышления, непрерывно повышают уровень общего развития. Независимо от того, где они работают или где учатся, они все равно обращаются к учебе. Чтение -важнейший инструмент усвоения всех знаний, оно необходимо для всех видов деятельности в общественной жизни человека. Чтение также является средством преподавания других предметов. С помощью чтения также изучаются история общества, педагогика и другие гуманитарные науки. Уроки чтения служат не только обучению, но и развитию речи учащихся.

Ключевые слова: уроки чтения, речь, связная речь, развитие речи, чтение рассказов, дидактическая игра.

Abstract. This article is about "Development of communicative oral speech in the classes of Mother tongue and Reading Literacy of primary school". Because, by diligently studying, students consciously master the basics of science, expand their range of thought, and continuously increase the level of general development. No matter where they work or where they study, they still turn to study. Reading is the most important tool for learning all knowledge, it is necessary for all activities in the social life of a person. Reading is also a means of teaching other subjects. History of society, educational and other humanities are also studied with the help of reading. Reading lessons serve not only to teach, but also to develop students' speech.

Keywords: Reading lessons, speech, connected speech, speech development, story reading, didactic game.

Kirish (Introduction). "Bizning havas qilsa arziydigan tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Men ishonamanki, Xudo xohlasa, havsa qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham, albatta, bo'ladi",

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

degan edi Muhtaram Prezidentimiz Toshkent shaxri vakillari bilan saylovoldi uchrashuvidagi nutqida [1] Darhaqiqat, yosh avlodni tarbiyalash juda murakkab jarayon hisoblanib, bunda boshang'ich sinf o'qituvchilarining ro'li muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bolaning tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang'ich sinflarda o'qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalami ta'lim jarayonida mohirona tadbiq eta olishi, ta'limning yangi - yangi yo'l va usullarni izlashi, ilg'or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. O'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatuvchi, og'zaki va yozma nutqini shakllantiruvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullarni qo'llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun esa, boshlang'ich sinf darslarida o'quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil qilishda ta'lim texnologiyalari, turli xil metod, usullar va tarqatma materiallardan foydalanish boshlang'ich sinf o'quvchisining rivojlanishi va kamol topishi, mustaqil fikrlash ko'nikmalarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqa fanlar qatori O'qish fani ham bolaning har tamonlama rivojlanishida muhim omil sanaladi. O'quvchilar o'qishni qunt bilan o'rganish orqali fan asoslarini ongli o'zlashtirib, fikr doirasini kengaytirib umumtaraqqiyot darajasini uzluksiz oshira boradilar. Ular qayerda ishlamasin, qayerda o'qimasin, baribir o'qishga murojaat qiladilar. O'qish barcha bilimlarni o'rganishda eng muhim vositadir, u insonning ijtimoiy hayotida uchraydigan barcha ishlar uchun zarurdir. O'qish boshqa fanlarni o'qitish vositasi hamdir. Jamiyat tarixi, tarbiyaviy va boshqa gumanitar fanlar ham o'qish yordamida o'rganiladi. O'qish fani bolaning umumiy taraqqiyotida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham ahamiyatlidir. Ayniqsa, uning yozma shakli butun madaniyatimiz boyliklarini, fan-texnika yutuqlarini avaylab saqlovchi va avloddan avlodga yetkazuvchi yagona xazinadir, ya'ni u orqali biz milliy qadriyatlarimiz haqida ma'lumot olishimiz, bugungi fan taraqqiyoti natijasida vujudga kelayotgan yangiliklar bilan tanishishimiz mumkin. Demak, adabiyot ham, tarix ham, madaniyat ham hamma meros o'qish orqali o'rganiladi.

Yoshlikda olingan ilm toshga o'yilgan naqsh kabidir, deydi dono xalqimiz. Bola yoshligida 2-3 yil ichida shuncha narsani o'rganib, ko'p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan va metodik jihatdan juda to'g'ri o'qitganda ham uning yarmicha o'rgana olmaydi. Demak, o'qishni bolaga yoshligidan o'rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun quyi sinflarda o'qish savodini oshirish o'qitish uchun ajratilgan soatlar ko'proqdir. Bu fan o'quvchilarni aqliy, axloqiy va estetik tarbiyada juda katta o'rin tutishi bilan maktab ta'limida yetakchi hisoblanadi va bundan buyon ham o'qitish muhim ahamiyatga ega bo'lib qoladi. Ayniqsa, har bir bolaning shakllanishida o'qish ulkan ahamiyatga ega. Yuksak ma'naviyatli va madaniyatli kishini, avvalo, uning og'zaki va yozma nutqi boshqalardan ajratib turadi. O'quvchilarning ijodiy kuchi va bilish qobiliyatini, mustaqil ishlash malakasini oshirishda ham alohida ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, o'qitish o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashda ham alohida o'rin tutadi.

O'quvchilar maktabga kelgunlariga qadar ham o'qish savodidan foydalana olish ko'nikmasiga ma'lum darajada ega bo'ladilar. Maktabda o'qish bolalardagi ko'nikmalarni rivojlantiradi, takomillashtiradi va adabiy til normalari tomon yo'naltiradi. O'qish orqali har bir o'quvchining nutq qobiliyati o'sib, so'z boyligi oshib boradi. O'quvchilar ilmiy, siyosiy, badiiy kitoblarni o'qish bilan o'z bilim saviyalarini oshirib boradilar. Bu, albatta, til orqali amalga oshadi. Grammatika o'qitish va nutq o'stirish bo'yicha olib borilgan ishlar o'quvchilarning fikrini tartibga soladi, ya'ni mantiqiy fikrlashga, bilimlarini yozma va og'zaki tarzda maqsadga muvofiq ravishda bayon etishga o'rgatadi, kishi yuksak saviyali, madaniyatli bo'ladi, o'quvchining aqliy mehnat

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil, 22- noyabr

malakalarini o'stiradi. Bolalarni o'qitish kabi masuliyatli kabi vazifa pedagoglarning zimmasiga yuklatilgan ekan, bu mas'uliyatni his qilgan holda sidqidildan, jonkuyarlik bilan xizmat qilish zarur.[2] Har bir o'qituvchi o'z faniga nisbatan barqaror, bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga erishishlari lozim. "O'qish" faniga qiziqtirish dars mashg'ulotlarini qiziqarli tashkil etish, topshiriqlarning rang-barangligiga erishish, ko'rgazmali, aydiovizual va texnik vositalardan unumli foydalanish, dars mashg'ulotlarining amaliy yo'nalishini kuchaytirish, o'quvchini ta'lim jarayonining sub'ektiga aylantirish singari omillar bilan chambarchas bog'langan.

Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar funksiyasini, o'zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli talim olish qurolidir.

Nutq o'stirish nima? Agar o'quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda, tilni har tomonlama (talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishini, bog'lanishli nutqni) aktiv amaliy o'zlashtirish tushuniladi. Agar o'qituvchi ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda, o'quvchilar tilning talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishi va bog'lanishli nutqni aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va priyomlarni qo'llash tushuniladi. Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o'quvchilar nutqini o'stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:

1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo'lishi kerak. O'quvchilar nutqini o'stirishning metodik talabi o'quvchi o'z fikrini, nimanidir og'zaki yoki yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.

2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo'lishi lozim. Bu material qanchalik to'liq, boy, qimmatli bo'lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo'ladi.

3. Fikr tinglovchi tushunadigan so'z, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli bo'ladi. Shuning uchun nutq o'stirishning uchinchi sharti -nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Boshlangich sinflarda shu o'rinda badiiy asar turlaridan hikoya, she'r, ertak, masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o'rganiladi. Ulardan tashqari, ilmiyommabop maqollarni o'rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'quvchilarga ta'siri ham har xil buladi. Shunga ko'ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o'qishda o'qituvchi unga mos metodlarni tanlashi talab etiladi.[3]

Metodlar (Methods). Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo'lib, unda kishi hayotidagi ma'lum bir voqea hayotning muhim tomonlari uumlashtirib tasvirlanadi. "Hikoya ko'pincha kishi hayotida bo'lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir". Hikoya mazmunan boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o'quvchilarni asar qahramonning xatti-harakati, tashqi ko'rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko'prok qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo'lgan hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog'lab olib boriladi.

Boshlangich sinflarda hikoyani o'qishga bag'ishlangan ixohli lug'at darslarida o'qilgan hikoya mazmunini ochish, lug'at ustida ishlash, o'qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy ish turlaridan hisoblanadi.

Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tashlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-harakati va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan bo'ladi. Hikoya mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, mulohazalar, xulosalarni takkoslash, voqea-hodisalar, xatti-xarakat o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil, 22- noyabr

Hikoyani o'qish darsida o'quvchilar ma'nosini tushunmaydigan so'z va iboralar ma'nosini tushuntirish ham muhim, shu bois ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. So'z ma'nosiii tushuntirishga ko'p vaqt sarflamay, asar mazmunini tushunishda eng zarur bo'lgan so'zni qisqa izoh berish bilan tushuntiriladi. Hikoyani o'qishda hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda o'quvchilar nutqini o'stirish asosiy o'rin egallaydi.

Hikoya o'qilgach, o'quvchilar o'ylashi, uz mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. O'qilgan asar yuzasidan beriladigan daslabki savollardan maqsad o'quvchilarga yoqqan-yoqmagani, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta'sir etgani, bolalar kim yoki nima qaqida hikoya qilib berishni istashini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning yo'nalishini ochishga, hayotiy personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat asarning asosiy g'oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.

Badiiy asarni tahlil qilishda asar syujetni to'liq tushuntirishga berilib ketib, qatnashuvchilarga xarakteristika, asar ko'rilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e'tibordan chetda qolmasligi lozim. Savollarni, odatda, o'qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o'quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va kishini jonlantiradi; asar mazmunini yaxshi tushunish, o'z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog'lanishni to'liq esda saqlab qolishda o'quvchilarga yordam beradi. Hikoyani o'quvchilar yaxshi o'zlashtirishlari, unda ilgari surilgan g'oyani bilib olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o'qish, savollarga javob berish, hikoya qismiga o'zlari savol tuzishi, suz bilan va grafik rasm chizish, reja tuzish, qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali o'qishga tayyorlanish kabi ish turlaridan foydalaniladi. Kichik badiiy hikoyani ixohli o'qish darsni uyushtirishda quyidagi plan varianta sxemasi e'tiborga olinadi:

1) hikoyani o'qishga tayyorlash hikoyada tasvirlangani kabi kishilar hayoti, davrga qisqa xarakteristika...);

2) hikoyani (to'liq yoki mantiqiy tugallangan qismlarini) o'qituvchi yoki oldindan tayyorlangan o'quvchining ifodali o'qishi;

3) idrok etishni tekshirish qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o'rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suxbat;

4) hikoyani qayta o'qish (hikoyani qismlarga bulish, o'quvchilarga o'qitish, ayrim so'zlar ma'nosini tushuntirish);

5) hikoyaning har bir bo'limi yuzasidan suhbat o'tkazish va sarlavha topish; hikoya rejasini

tuzish;

6) hikoyaning ayrim bo'limlarini ifodali o'qish;

7) reja asosida qayta hikoyalash;

8) hikoyani ifodali o'qishga yoki saxnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki uyda);

9) hikoyani ifodali o'qish va ifodali qayta hikoyalash.[4]

Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog'liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O'quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Masalan, 2- sinf "Ona tili va O'qish savodxonligi" darsligining 1-qismida joy olgan hikoyalar:

1. Chumolining jasorati (Sa'dullo Quronov);

2. Nobel olaman

3. Shippak (Muhabbat Hamidova)

" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

4. Sharikning tug'ilgan kuni (Eduard Uspenskiy)

5. Kimni qo'shni deymiz (Kamola Sodiq qizi);

6. Qish ro'moli ("Quvnoq qo'ng'iroqcha" to'plamidan);

7. Ushbu voqelar Odam tanasi degan olamda yuz beradi... ("Bolalar uchun biologiya" kitobidan); kabi qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo'lib, qahramonlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Ushbu hikoyalarning barchasi o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish bilan bir qatorda og'zaki bog'lanishli nutqini o'stirishga xizmat qiladi.[5]

Natijalar (Results). Bundan tashqari o'quvchila nutqini o'stirshning yan bir yo'llaridan biri turli-xil didaktik o'yinlarni dars jarayoniga joriy etishdir. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun didaktik o'yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo'lib o'quvchilarda tafakkur, og'zaki va yozma nutq ko'nikmalarini shakllantiradi. Didaktik o'yinlar o'qish darslarida o'quvchilarning qiziqishini o'stiruvchi vositalardan hisoblanadi. Didaktik o'yinlarning maqsadi o'quvchilarning fanga, ta'lim olishga, kitobga bo'lagn qiziqishlarini uyg'otishdir. Didaktik o'yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg'otadi va ma'lummotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o'yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Didaktik o'yinlar o'quvchilar uchun qiyin bo'lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Ta'limiy o'yinlardan, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma'lum qismida foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi o'yinlar muntazam o'tkazib turilsa, o'quvchilarda ma'lum bir ko'nikmalar hosil bo'lib boradi. Dars jarayonida o'yinlarni to'g'ri tashkil etish va o'tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tashkil qilishni aniq belgilab olish lozim. Masalan o'qish darslarida "So'zdan so'z yasash" o'yinini o'tkazish o'quvchilarning lug'at boyligini oshirishga, so'z boyligini o'stirishga yordam beradi. didaktik o'yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo'ish, jasur, qat'iyatli bo'lish qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarini rivojlantirishga ham yordam beradi. Didaktik o'yinlar maktab o'qituvchilari va murabbiylar tomonidan ijod qilingan maktabgacha ta'lim muassasalaridagi tayyorlov guruhlaridagi bolalarga va maktab o'quvchilariga mo'ljallangan. O'yin orqali bola jamoani tushunadi. O'zi bajarayotgan mashg'ulotga nisbatan ongli munosabatda bo'ladi. Didaktik o'yinlar o'quvchilardagi tortinchoqlik, xato qilishdan qo'rqish kabi noqulayliklarga barham beradi. Didaktik o'yinlardan na'munalar:

"Davom ettir". O'qituvchi hikoya boshlaydi. O'quvchilar uni davom ettiradilar. Bunda o'quvchilarda ijodkorlik qobiliyati rivojlanib, bayon yoki insho kabi ijodiy ishlar yozish ko'nikmasi rivojlanadi va so'z boyligi ortadi, nutqi rivojlanadi. Bundan tashqari ularda mustaqillik, o'z kuchiga ishonch hissi rivojlanadi. "Davom ettir" o'yinidan ona tili, o'qish darslarida yoki darsdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.

1-variant: "Umida barvaqt maktabga kelayotganda yo'lda..."

2-varinat: "Havo ilib, qorlar eriy boshladi..."

3-variant: "Biz sinfimizdagi barcha o'quvchilar, hayvonot bog'iga bordik..."

"Bo'lishi mumkin emas". Bu o'yinni o'tkazishda o'qituvchi hikoyani o'qiydi.

O'quvchilar bo'lishi mumkin bo'lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topishlari lozim. Hazil -mutoyiba bilan o'tadigan bu o'yin ham o'quvchilardan ziyraklik, sinchkovlik va kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birgalikda, ulardan atrofida sodir bo'layotgan voqea va hodisalarga befarq bo'lmaslikni ham talab qiladi. Undan tashqari ularning darsdan tashqari bo'lgan

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

ilmiy - badiiy adabiyotlarga va ilmiy ommabop filmlarga qiziqishini orttiradi va hikoya tinglash ko'nikmasini shakllantirishga yordam beradi. Bu o'yin bir necha marta o'tkazilgach, keyinchalik o'quvchilarga shunday hikoyachalar tuzishni ham topshirish mumkin.

"Xotira" o'yini. O'qituvchi mavzuga oid so'zlarni aniq, ammo tez aytadi. Gul, qalam, gulzor, qalamdon. O'quvchilar ham shu tartibda takrorlab aytishi lozim. Xat-savod o'rgatish davri o'quvchilar faoliyatini hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Bolaning aqli, irodasi, dunyoqarashi shu davrda shakllanadi, rivojlanadi. O'yinlar esa ularning qiziqishini oshiradi, kayfiyatini ko'taradi. Didaktik o'yinlar, amaliy mashg'ulotlar o'quvchining nutqini o'stiradi.

"Hikoya" O'qituvchi xattaxtaga bir nechta so'z yozib qo'yadi. Masalan: Nafisa, soat, yomg'ir, kitob kabi. O'quvchilar mustaqil ravishda shu so'zlar ishtirokida hikoya tuzadilar.

"O'zaro bog'liqlik". O'quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Ular kartochkalar bilan tanishib chiqqach, o'quvchi rasmdagi predmet haqida gapirib beradi. Masalan: "Bu olma. Olma bog'da o'sadi va mevalarga kiradi. Uni o'quvchilar juda yaxshi ko'rishadi". Keyin ikkinchi bola ham o'zidagi predmet haqida gapiradi va o'zidagi predmet bilan birinchi o'quvchidagi predmetni o'zaro bog'liqligini aytishi kerak. Masalan: "Bu quyosh. Quyosh chiqsa havo isiydi. Uni o'quvchilar yaxshi ko'rishadi. Quyosh isitib tursa, olma va boshqa mevalar pishadi". Keyin uchinchi o'quvchi o'zidagi predmet haqida gapiradi va ikkinchi boladagi predmet bilan o'zidagi predmet orasidagi bog'liqlikni topishi kerak. O'yin shu tartibda davom etadi.

"Umumiylikni izlash". O'quvchilar aylana qurib o'tiradilar. Olib boruvchi o'quvchilardan biriga to'pni otayotib, bir-biri bilan bog'lanmagan ikkita so'zni aytadi. Masalan: maktab va o'quvchi, kitob va javon, quyosh va gul... To'pni tutib olgan o'quvchi so'z juftligi orasidan umumiy belgini aytib to'pni qaytaradi.

"Safar" . O'quvchilarga maktabdan yoki uylaridan ma'lum bir joygacha bo'lgan yo'lini tasvirlash topshirig'i beriladi. O'quvchilar bir necha kun davomida "obyekt"ni mustaqil kuzatadilar va uni og'zaki tasvirlab beradilar. Sinchkovlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, atrof-muhitga diqqat-e'tibor talab etiladigan bu o'yin vositasida Vatanni sevish, tabiatga muhabbat, chor-atrofga e'tiborli bo'lish hislarini tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, mazkur o'yinlardan foydalanganda o'quvchilarning nutqi rivojlanadi, lug'at boyligi yanada ortadi, mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi.

Muxokama bo'limi (Discussion). Yuqorida keltirilgan ta'limiy o'yinlar o'quvchilarning darsda faolligini oshirish bilan birga bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yengillashtirish va mustahkamlash, nutq o'stirishga yo'naltirilgan har bir mashg'ulotni qiziqarli tashkil etishga xizmat qiladi. Jamiyatimizni erkinlashtirish g'oyasi bevosita ta'lim jarayonida o'z ifodasini topib, uni yangidan tashkil qilish va mazmunini o'zgartirish, yanada insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish va demokratlashtirish asosida ta'minlanadi.

Xulosalar (Conclusions):

1. O'quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo'lib, unga monelik qilayotgan omillar ham faqat ta'lim mazmuni yoki o'qituvchigagina bog'liq emas. Barcha imkoniyatlar to'laligicha ishga solinsagina fikrni og'zaki va yozma ravishda to'g'ri, ravon ifodalashga o'rgatish jarayoni oson kechadi.

2. Didaktik o'yinlar o'qish darslarida o'quvchilarning qiziqishini o'stiruvchi vositalardan hisoblanadi. Didaktik o'yinlarning maqsadi o'quvchilarning fanga, ta'lim olishga, kitobga bo'lagn qiziqishlarini uyg'otishdir. Didaktik o'yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg'otadi va ma'lummotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o'yinlar bolalarning atrof-

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22- noyabr

muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T. "O'zbekiston" HMUY, 2017. 482 bet.

2. F.R.Qodirova Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ruhiy omillari. T.: "Istiqlol",2006y.

3. D.R. Babayeva "Nutq o' stirish metodikasi" T.: Fan va texnalogiyalar 2009yil.

4. D.R. Babayeva "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" o'quv qo'llanma TDPU 2016yil.

5. "Ona tili va o'qish savodxonligi" O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi nashrga tavsiya etgan. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. Toshkent - 2021

6. G'ulomov A., Ne'matov X , O'qish mazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil.

7. Ishmuhamedov R., Abdukadirov A., Pardayev A. "Ta"limda innovatsion texnologiyalar". Toshkent, 2008.

8. Qosimova K. Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldoshova Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. -Toshkent, Noshir nashriyoti, 2009.

9. O'zbek bolalar adabyoti antologiyasi. I-II-jildlar. To'plovchi Safo Matjon. Toshkent, Cho'lpon, 2006.

10. Abdullayeva Q. Nutq o'stirish. - T.:O'qituvchi.

11. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. - T.:Sharq, 2000.

12. Muhiddinov A.G'. O'quv jarayonida nutq faoliyati. - T.: O'qituvchi, 1995.

13. http://www.ziyonet.uz/

14. http://www.pedagog.uz/

15. http://www.edu.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.