Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IMLOVIY SAVODXONLIK MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IMLOVIY SAVODXONLIK MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1421
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
imlo / savodxonlik / yozish / nutq / o‘qish / malaka / usul / didaktik o‘yin. / spelling / literacy / writing / speech / reading / skill / technique / didactic game.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — X. Sattorova

Boshlang‘ich ta’limning muhim vazifalaridan biri kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va imloviy savodxonlik malakalarini shakllantirishdan iboratdir. O‘quvchilarda o‘qish,yozish, imlo savodxonligiga ega bo‘lishi ijodiy fikrlash ,o‘z fikrini og‘zaki va yozma nutq vositasida erkin va to‘g‘ri ifodalay olishi ,og‘zaki nutqning to‘g‘ri shakllanishiga ham katta ta‘sir ko‘rsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF SPELLING LITERACY SKILLS OF PRIMARY SCHOOL PUPILS

One of the important tasks of primary education is the development of oral and written speech and spelling skills of younger students. Students should be literate in reading, writing, spelling, imaginative thinking, the ability to freely and correctly express their thoughts through oral and written speech, the correct formation of oral speech has a great influence.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IMLOVIY SAVODXONLIK MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING IMLOVIY SAVODXONLIK MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH Sattorova X.J

Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo. 7443704 Annotatsiya. Boshlang'ich ta'limning muhim vazifalaridan biri kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish va imloviy savodxonlik malakalarini shakllantirishdan iboratdir. O'quvchilarda o'qish,yozish, imlo savodxonligiga ega bo'lishi ijodiy fikrlash ,o'z fikrini og'zaki va yozma nutq vositasida erkin va to'g'ri ifodalay olishi ,og'zaki nutqning to'g'ri shakllanishiga ham katta ta'sir ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: imlo, savodxonlik, yozish, nutq, o'qish, malaka, usul, didaktik o'yin.

ФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ ОРФОГРАФИЧЕСКОЙ ГРАМОТНОСТИ

УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. Одной из важных задач начального образования является развитие устной и письменной речи и орфографических навыков младших школьников. У учащихся должны быть грамотность чтения, письма, правописания, образное мышление, умение свободно и правильно выражать свои мысли посредством устной и письменной речи, большое влияние оказывает правильное формирование устной речи.

Ключевые слова: правописание, грамотность, письмо, речь, чтение, умение, прием, дидактическая игра.

FORMATION OF SPELLING LITERACY SKILLS OF PRIMARY SCHOOL PUPILS Abstract. One of the important tasks of primary education is the development of oral and written speech and spelling skills of younger students. Students should be literate in reading, writing, spelling, imaginative thinking, the ability to freely and correctly express their thoughts through oral and written speech, the correct formation of oral speech has a great influence. Keywords: spelling, literacy, writing, speech, reading, skill, technique, didactic game.

Yosh avlodning yuksak intellektual salohiyatli, zukko va ma'rifatli, barkamol shaxslar bo'lib hayotda munosib o'rnini topishi imlo savodxonligiga ham bevosita bog'liqdir. Imlo qoidalarini yaxshi bilish ya'ni imloviy savodxonlik jamiyatning teng huquqli a'zosi bo'lish uchun ham zarurdir. Imlo savodi jamiyat ravnaqi bilan, uning madaniyatining yuqori saviyaga ko'tarilishi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, u orqali millat taraqqiyotiga baho berish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016-yil 14-dekabrdagi O'zbekiston respublikasi prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan oliy majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqlarida "Bugungi kunda "Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lishlari shart!" degan hayotiy da'vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o'rin egallagan.

Shuning uchun yosh avlodni ilk o'qish va yozishga, savodxonlikka o'rgatish masalasiga boshlang'ich sinfdanoq jiddiy e'tibor beriladi. Boshlang'ich sinflarda ona tili fanining asosiy vazifalaridan biri ham savodxonlik masalasi sanaladi.

Ona tilini o'qitishda o'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta'lim tizimining takomillashuvi bilan bog'liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.

2025

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ona tili darslarini har tomonlama to'g'ri, ijodiy tashkil etishda mashq va topshiriqlarni o'quvchilar uchun tushunarli tarzda bayon etish, bunda o'quvchilar ona tili darslarida o'rgangan tushunchalarni ifodalovchi terminlardan foydalanish onglilikni ta'minlaydi, vazifaning kutilganidek bajarilishiga erishish imkonini beradi. Boshlang'ich maktabning muhim vazifalaridan biri kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishdir. Shubhasiz, hamma fanlar o'quvchilarning lug'at boyligini o'stirishga, imlodan savodxonligini oshirish va nutq malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ma'lumki, grammatik bilim tilni ongli egallashni va savodli yozish malakasini shakllantirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham o'quvchilarning grammatikadan olgan bilimlari to'g'ri yozuv malakalarini shakllantirish bilan birga olib boriladi.

Unlilar imlosini o'zlashtirishda qator unlilar sanalgan oa, ao, ia, ai, io, aa harflari kelgan so'zlar ustida ishlash katta ahamiyatga ega. Chunki bu unlilar qatnashgan so'zlarning talaffuzi bilan yozilishida ma'lum tafovutlar uchraydi. Qator kelgan unlilar qatnashgan so'zlarning deyarli hammasi o'zlashma so'zlardir. Shuning uchun ularning imlosiga oid quyidagi qoidalarni o'quvchilar ongiga chuqur singdirish talab etiladi:

a) qator kelgan ikki unli bir unli sifatida cho'ziq talaffuz etiladi, ammo yozuvda ikki unli saqlanadi: muallim - ma:lim, muallif - ma:lif,maosh - mo:sh kabi;

b) qator kelgan unlilar orasiga ayrim undosh tovushlar qo'shib talaffuz qilinadi, ammo yozuvda o'zi saqlanadi: soat - sohat yoki sog'at, biologiya -biyologiya, tabiat - tabiyat kabi. Unli harflar talaffuzi va imlosini o'rganishda quyidagi amaliy-ijodiy ishlarni bajarish maqsadga muvofiqdir:

- so'zlarni o'qish va tarkibidagi unlilarning talaffuzi va imlosini sharhlash;

- tarkibida "i" unlisi bo'lgan bir bo'g'inli so'zlar ro'yxatini tuzish, ularni qatnashtirib gaplar tuzish;

- tarkibida "o" unlisi bo'lgan o'zlashma so'zlar lug'atini tuzish. Bu so'zlarning talaffuzi va imlosini sharhlash;

- qator kelgan unlilar mavjud bo'lgan so'zlar ro'yxatini tuzish, ularning talaffuzi va imlosini izohlash kabilar

To'g'ri yozuv malakasini rivojlantirishda imloviy mashq turlari: grammatik imloviy tahlil, matnni ko'chirib yozish, ta'limiy diktant va bayondan mashq sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Imloviy mashqlarni amalga oshirishda ona tili darsligi sahifalarida berilgan mashqlardan foydalanish bilan birga boshqa materiallardan, metod va didaktik o'yinlardan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki o'quvchilar yangi material va didaktik o'yinlarga qiziqish bilan qaraydilar, o'ylashga, fikrlashga harakat qiladilar Bu esa dars samaradorligini oshiradi.

Misol:

"O'zim tekshiraman" o'yini.

Bunday o'yinlar o'tkazishda o'qituvchi kichik hajmdagi diktantlami tanlaydi. Bunday o'yinlarni har bir boshlang'ich sinfda darsning avvalida o'tkazish mumkin. O'qituvchi o'quvchilarga kichik hajmdagi diktant yozdiradi. Barcha o'quvchilar yozib bo'lishgach o'qituvchi kompyuter ekranida diktantni yozilganini ko'rsatadi. O'quvchilar esa o'zlarining diktantlarini tekshiradilar.

2026

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

1- variant: Oo. Ii. Uu. Aa. 0'o'

2- variant: - no. - mo. - to. -li. - in.

3- variant: Bobo, lola, ona, zar, par.

4- variant: Bugun havo issiq.

«Hikoya yoz» ta'limiy o'yini.

O'qituvchi xattaxtaga bir nechta so'z yozib qo'yadi. O'quvchilar mustaqil ravishda shu so'zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. O'quvchilar hikoya tuzar ekanlar, ularning lug'at boyligi ortishi bilan birgalikda, gaplarni to'g'ri tuzish, tovushlami to'g'ri talaffuz qilish va mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi. O'quvchilarni vaqti-vaqti bilan rag'batlantirish o'quvchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini orttiradi. Bu o'yindan ona tili darslarida yoki darsdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.

1- variant: Malika, ruchka, yomg'ir, kitob.

2- variant: Anor, kasal, o'rtoq, Anvar.

3-variant: Mushuk, bobo, bog', non, sichqon

Demak, leksik, grammatik va imloviy mashqlar, turli metod va usullar, didaktik o'yinlar o'quvchilarning so'z boyligini, tilga oid bilimini oshirishga va imlo savodxonligini oshirishga samarali ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. SH.M. Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent -"O'zbekiston" -2016.56 B.

2. K. Qosimova, S. Matchonov, X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, Sh. Sariyev "Ona tili o'qitish metodikasi". T. "Noshir". 2009.

3. Yusupov M. Boshlang'ich sinflarda o'qish va yozish malakalarini shakllantirish. -Toshkent: O'qituvchi. 1989-yil.

4. Jabborovna, S. X. (2022). The Significance of Phonetics Department in Mother Language Acquisition of Primary Students. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(10), 55-58.

5. Sattorova, X. J. (2022). Boshlang'ich sinfda ot so 'z turkumini o 'rganishda interfaol metodlardan foydalanish. Science and innovation, /(Special Issue 2), 820-823.

6. Masharipova, U. A. (2017). Nontraditional Methods of Formation Speech Culture of Primary School Pupils. Eastern European Scientific Journal, (1).

2027

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.