Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNING YOZMA NUTQINI O’STIRISHDA YOZMA ISHLARNING AHAMIYATI'

O’QUVCHILARNING YOZMA NUTQINI O’STIRISHDA YOZMA ISHLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

4013
297
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o„quvchi / dars faoliyati. Yozma ish / yozma savodxonlik / imlo savodxonligi / diktant / insho / student / class activity. Written work / written literacy / spelling literacy / dictation / essay

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shaxnoza Mashrabovna Muxtarova

Ushbu maqolada maktab o„quvchilarining yozma savodxonligini oshirishda darslar davomida tashkil etiluvchi yozma ishlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the importance of classroom writing in improving students' written literacy.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNING YOZMA NUTQINI O’STIRISHDA YOZMA ISHLARNING AHAMIYATI»

O'QUVCHILARNING YOZMA NUTQINI O'STIRISHDA YOZMA

ISHLARNING AHAMIYATI

Shaxnoza Mashrabovna Muxtarova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti [email protected]

Ushbu maqolada maktab o'quvchilarining yozma savodxonligini oshirishda darslar davomida tashkil etiluvchi yozma ishlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'quvchi, dars faoliyati. Yozma ish, yozma savodxonlik, imlo savodxonligi, diktant, insho.

This article discusses the importance of classroom writing in improving students' written literacy.

Keywords: student, class activity. Written work, written literacy, spelling literacy, dictation, essay.

Har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi yoshlardir. Yoshlarning esa sog'lom, yetuk avlod bo'lib voyaga yetishida ta'lim sohasi asosiy poydevor vazifasini bajaradi, savodxonlik darajasini oshirishda "Ona tili" fani, shu jumladan, yozma ishlar asosiy o'rin egallaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ona tili ta'limi oldiga qo'yilgan maqsad o'quvchi shaxsini fikrlashga, o'zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og'zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga, savodxonlikka o'rgatishdan iborat.

DTS talabiga ko'ra ona tili ta'limining mazmuni:

- O'quvchining fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o'stirish;

- Moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda fikr-o'ylari va his-tuyg'ularini ona tili imkoniyatlari doirasida bayon eta olishga o'rgatishni o'z ichiga oladi.

Yosh avlodda ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlash

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

ko'nikmalarini shakllantirish muhimdir. O'quvchining o'quv

May, 2022

materialini o'zlashtirishi murakkab jarayon bo'lib, til hodisalarini kuzata olish, izlanish, qiyoslash, umumiylik va alohidalikni aniqlash, farqlarni topish, tasnif etish, hukm chiqarish, qo'llash bilan bog'liq:

Kuzatish - berilgan topshiriq asosida til hodisalarini tahlil qilish;

Izlanish - o'ylash, xotirada tiklash, so'rash, lug'at, qomus, internet manbalaridan foydalanish asosida bilimlarni boyitish;

Narsa-hodisa mohiyatini qismlar sharhi orqali yoritish - har bir hodisani alohida-alohida sharhlay olish;

Qiyoslash - tizimdagi hodisalarni o'zaro taqqoslay bilish;

Umumiylikni aniqlash - hodisalarning o'xshash va umumiy tomonlarini aniqlash;

Farqlarni topish - hodisalarning o'xshash va umumiy tomonlarini aniqlash;

Tasnif etish - tizimdagi hodisalarni o'xshashlik va farqlari asosida guruhlarga ajratish;

Hukm chiqarish - hodisalar tizimi haqida umumlashma hukm, xulosa, qoida chiqara olish;

Alohidalikni aniqlash - o'rganilgan hodisalarning yondosh voqelik bilan munosabatlarini aniqlash;

Qo'llash - hodisalarni mustaqil ravishda yozma va og'zaki ko'rinishda sharhlab, ijodiy matn tuza olish;

Ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlashning oliy ko'rinishi matn yaratishdir.

Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo'lib, ona tili ta'limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O'quvchining ona tili ta'limi jarayonida egallagan ko'nikma va malakalari u yaratgan matnda aks etadi. Bu parametr bo'yicha ta'lim sifatining natijasini baholashda o'qituvchi tomonidan o'quvchi egallagan quyidagi ko'nikmalarning darajasi aniqlanadi:

- Fikrning mantiqiy izchillikda ifoalanganligi;

- Fikrlash, mavzuning murakkablik darajasi;

- Tavsifning mavzuga muvofiqligi va mazmuniy qiymati;

- Tavsifda tilning ifoda vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish darajasi;

- Imloviy (yozma) savodxonlik sifati.

Ko'rinadiki, DTS talablariga ko'ra o'quvchilarda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasini hosil qilish ona tili ta'limining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ona tili va adabiyot o'quv fanlari sifatida nutq imkoniyatlarini birlashtirib, o'quvchining fikr ifodalash

malakalarini rivojlantiradi. Uni tilimizning go'zal olamiga olib

May, 2022

kiradi, nutqni yaxshilash, boyitish, unga badiiy bo'yoq berish, nafosat bag'ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

1. O'quvchilarning yozma nutq malakasini shakllantirish - DTSning asosiy

• O'quvchilarning yozma nutq malakasini shakllantirish:

• Husnixat;

• Yozma nazorat ishlari (diktant, bayon, insho);

• Grammatik qurilmalarni o'z o'rnida qo'llay olish;

• Mavzu hamda rasmlar asosida yozma matn tuzish;

• Ta'limiy o'yinlar;

• Turli mashqlarni bajartirish.

Yozma nutq harf va so'zlarning ma'lum qonuniyat asosida o'zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar: abzaslar, paragraflar va gaplarni grammatik jihatdan aniq va tushunarli bayon qilish orqali voqelanadi.

Yozma nutq ustida ishlash og'zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayondir. Chunki u o'quvchidan grammatik va mazmunan jihatidan to'g'ri jumla qurishni, har bir so'zni o'z o'rnida to'g'ri qo'llashni, fikrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar asosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu nutq turning murakkab tabiati ham shundaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog'liq. So'zni to'g'ri yozish, tinish belgilarini o'rinli qo'llash, fikrni uslub tabiatiga muvofiq bayon qilish o'quvchidan katta mas'uliyatni talab etadi.

Yozma nutq tekshiriladi, tuzatiladi, takomillashtiriladi, bu jihatdan u og'zaki nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O'quvchi yozma nutqdagi xato va kamchiliklarlar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarda bu xato va kamchiliklarga yo'l qo'ymaslikka intiladi. Yozma nutqdagi imlo va tinish belgilari ustida ishlash matn mazmuni ustida ishlash bilan qo 'shilib, bir yaxlitlik hosil qiladi.

Yozma ish atamasi ikki xil ma'noda qo'llanadi: 1. Yozma ish - ilmiy xarakterdagi yozma ishlar, yozma shaklda bajariladigan nazorat turlari, topshiriqlar, ko'chirib yozish. Nazoratning bu turi nafaqat filologiya, balki barcha sohalarga ham tegishlidir. Masalan, fizika, matematikaga oid yozma ishlar.

Bu tipdagi yozma ishlar o'quvchilarni ilmiy bilim asoslari bilan qurollantiradi. Ilmiy xarakterdagi yozma ishlar ucun eng asosiy manba maktab darsliklaridir.

talabi.

May, 2022

2. Yozma ish - yozma shaklda bajariladigan ijodiy matnlar (insho, ijodiy bayon), tinglab tushunish, xotira kuchini belgilash, tafakkur darajasi va fikrni yozma tarzda bayon etish ko'nikmasini aniqlashga qaratilgan (bayon), so'zma-so'z tinglash va ayni tarzda yozma nutqda aks ettirish, imlo me'yorlariga amal qilish darajasini bilishga mo'ljallangan (diktant) matnlar.

MUHOKAMA

O'quvchini kasbga yo'naltirish, muayyan sohalar haqida tasavvur va bilim hosil qilish har bir fan o'qituvchisining burchi hisoblanadi. Yosh avlodni kasbga tayyorlovchi asosiy omil ona tili va adabiyot fanlaridagi matnlar, mashqlar va albatta, "Kim bo'lsam ekan?", "Men tanlagan kasb" kabi mavzulardagi dastlabki insholardir. "Insho" arabcha so'z bo'lib, "tashkil etish", "yaratish", "qurish", "barpo qilish", "ijod", "bayon", "tahrir" ma'nolarini anglatadi. Insho muallifning ma'lum bir mavzudagi bilim va tasavvurlarini, voqelikka munosabatini, mustaqil fikrini bayon qilish natijasida shakllanadigan yozma ish turidir.

Insho muallif tomonidan ijod etiladi, yaratiladi. Insho yozishda muallifdan fikr-mulohazalarini mantiqan izchil va badiiy jihatdan maqsadga muvofiq tarzda, adabiy til me'yorlariga amal qilgan holda bayon etish talab qilinadi.

Insho mustaqil yaratiladigan o'ziga xos ijod mahsuli bo'lib, o'quvchi faoliyatining eng murakkab ko'rinishi hisoblanadi.

Inshoda o'quvchining o'zligi namoyon bo'ladi. Uning tafakkuri, dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga, o'zgalarga, jamiyatga munosabati, axloqiy-ma'naviy saviyasi, mustaqil turmushga tayyorgarlik darajasi aks etadi. Boshqacha aytganda insho o'quvchining qiyofasini o'zida aks ettiruvchi ko'zgudir. Insho o'quvchining ijodiy fikrlash darajasi, dunyoqarashi, adabiy til me'yorlarini nutqiy vaziyatlarda qo'llash imkoniyatlarini belgilovchi asosiy mezondir.

Insho tez fursatda o'rganiladigan yoki o'zlashtiriladigan yozma ish turi emas. Insho yozish ko'nikmalariga qisqa muddatda ega bo'lish qiyin, albatta. Yaxshi, har tomonlama maqsadga muvofiq insho ko'p yillik faoliyat mahsuli sifatida namoyon bo'ladi. Avvalo, ko'p mutolaa qilish, imlo lug'atlari, izohli lug'atlardan boxabar bo'lish, atroflicha bilimga ega bo'lish talab darajasida yoziladigan insholarga zamin yaratadi.

Insho belgilangan maqsadiga ko'ra ikki xil bo'ladi: ta'limiy insholar va sinov insholari.

Ta'limiy insholar - sinfda yoki uyda o'quvchi tomonidan

yozilib, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to'g'ri bayon qilishga

May, 2022

qaratiladi. Bunday insholarda biror yozuvchi yoki shoir ijodi, asarlari mazmuni, mavzu doirasi, badiiy ahamiyatini o'zlashtirish, o'quvchida fikrlash ko'nikmalari, qaror qabul qilish tezligi, voqelikka, shaxslarga, narsa-hodisaga baho berish malakasini shakllantirish maqsadi qo'yiladi. Ta'limiy insholar ham baholanadi, lekin bunday insholar bilimni aniqlashga emas, bilim berishga yo'naltiriladi.

Sinov insholari o'rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko'nikma va malakalarini sinash hamda baholash uchun muayyan mavzular tugagandan so'ng, choraklar yoki o'quv yili oxirida nazorat ishi sifatida, davlat attestatsiyalarida, olimpiadalarda, ijtimoiy-gumanitar sohalarga doir tanlovlarda o'tkaziladi. Sinov insholari olingan bilim, ko'nikma va malakani baholashga xizmat qiladi.

Insholar mazmun-mohiyatiga ko'ra ikki xil bo'ladi;

1.Adabiy mavzudagi insho ta'lim dasturida qayd qilingan, dars jarayonida o'tilgan mavzular asosida yoziladigan, darslar va darsliklardagi ma'lumotlarga o'quvchining munosabati, shaxsiy fikrlari ifodalanadigan, ijodiy yondashuv asosidagi yozma ishdir. Adabiy mavzudagi inshoda muayyan yozuvchi, shoirning hayoti va ijodi, qahramonlar xarakteri, fe'l-atvori, faoliyati, taqdiri tahlil qilinadi, ijodkor faoliyati, asarlariga doir umumiy ma'lumotlar bayon etiladi, badiiy asar mazmuni, g'oyasi hamda undagi qahramonlar xarakterini, taqdirini yoritishda, tahlil qilishda o'quvchining mustaqil yondashuvi aks etadi. Ijodiy yondashuv, mustaqil fikr inshoning zarur shartlaridan biridir. Adabiy mavzudagi insholar matn asosidagi insholar deb ham yuritiladi.

2. Erkin mavzudagi insho adabiyot fani dasturida qayd etilmagan, ijtimoiy hayotning muhim masalalari, milliy qadriyatlar, urf-odat, an'analar, davr mafkurasi, yoshlar faoliyati bilan bog'liq axloqiy, ma'naviy-ma'rifiy mavzularda yoziladi. O'quvchining ma'lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi, ijodkorlik qobiliyatini, his-tuyg'ularini namoyon qilishga qaratilgan insholar erkin mavzudagi insholardir.

Adabiy va erkin mavzudagi insholar bir-biridan, avvalo, asoslaniladigan manbasi bilan farq qiladi. Adabiy insholarning manbayi adabiy asarlar bo'lsa, erkin insholarning manbayi serqirra hayot, o'quvchilarning kuzatishlari va taassurotlari bo'lishi mumkin.

Pedagogik maqsadiga ko'ra insholar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi:

1. Ta'limiy insholar.

2. Nazoratga qaratilgan insholar.

3. Ko'rik-tanlov insholari.

May, 2022

Ta'limiy insholar - insholarning asosiy qismini tashkil etadi. Bunday insholar, asosan, o'qitishga qaratilgan, o'rgatishni maqsad qilgan insholardir.

Nazoratga qaratilgan insholar - katta bo'limlar o'rganilgandan keyin yoki chorak va o'quv yili oxirida o'tkazilishi mumkin. Ular, asosan, o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish maqsadida o'tkaziladi.

Ko'rik-tanlov insholari - sinf yoki maktab doirasidagi ko'rik-tanlov, ma'lum bir nomdagi tanlov g'oliblarini aniqlash maqsadida, fan olimpiadalari bosqichlarida o'tkaziladi.

Har uchala insho turlari bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Ta'limiy insholar ayni vaqtda nazorat uchun xizmat qiladi. Har qanday nazorat qilishga qaratilgan insho ta'limiy maqsadni ko'zlaydi. Ko'rik-tanlov uchun yozilgan insholar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo'ladi.

Mavzu tanlash, asosiy g'oyani belgilash, material yig'ish, reja tuzish, shu asosda to'plangan materialni saralash, fikrni muayyan izchillikda bayon qilish, yozilgan matnni qayta ishlash va takomillashtirish kabi vazifalar barcha turdagi insholar uchun xosdir.

Insho mavzusini shakllantirish va tanlash.

Mavzu arabcha so'z bo'lib, "joylashtirilgan", "to'qib chiqarilgan" kabi ma'nolarni anglatadi. Insho mavzusi o'qituvchi tomonidan yoki muvofiqlashtirilgan kengash, o'quv-uslubiy birlashma tomonidan tanlangan va muhokama qilib tasdiqlangan bo'lishi kerak. Insho mavzusini tanlashda quyidagilarga e'tibor berish lozim:

1. Adabiy mavzudagi insholarda yozuvchi, shoir faoliyatining asosiy jihatlari qamrab olinadi. Erkin mavzular esa davrning muhim masalalariga bag'ishlangan, o'quvchilar qalbida ezgulik tuyg'ularini shakllantirishga qaratilgan bo'lishi talab etiladi.

2. Mavzu har qanday subyektiv yondashuvdan xoli bo'lmog'i lozim.

3. Mavzu o'quvchilarning yoshiga, saviyasiga mos bo'lishi, ularning orzu-umidlari, qiziqishlarini aks ettirishga xizmat qilishi lozim.

Insho mavzusini to'g'ri belgilashdan boshlanadi. To'g'ri tanlangan mavzu inshoning muvaffaqiyatli chiqishi uchun tanlangan ilk qadamdir. Mavzu tanlashga o'rgatish uchun berilgan matnni bir necha mustaqil qismga ajratish va ularga sarlavha topish, bir matnga bir necha sarlavha topish topshipiladi.

Inshoda yoritilgan fikrlar mavzuga mos kelishi va uning mazmunini to'la qamrab olishi lozim. O'quvchi mavzu talabini

to'g'ri anglay olishi kerak.

May, 2022

Inshoda, albatta, mavzuga mos ravishda asos, ziddiyat, taqqoslash, misol, isbot bo'lishi talab etiladi.

Ko'p hollarda sinov uchun biz insho mavzularini turli variantlar asosida tashkil etamiz. Bu hol ko'chirmachilikni oldini oladi, albatta. Lekin o'quvchilar qobiliyati, iqtidorini teng baholashga to'sqinlik qiladi. Bir xil mavzuda insho yozdirish esa yozma ishlarni to'g'ri baholashga yordam beradi.

Insho rejasini tuzish.

Insho mavzusi aniqlab olingach, mazkur mavzu asosida insho rejasi tuziladi. Reja - ish-faoliyatni tartibga solish, amalga oshirish rejimidir. Reja forscha-tojikcha so'zdan olingan bo'lib, "kir yoyiladigan ip", "arqon", "saf"', "qator" kabi ma'nolarni anglatadi, biror ishni tartibi bilan va o'z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq mo'ljal, belgili tartib, qoida, o'lchovni bildiradi.

Tuziladigan reja insho mazmunini o'zida to'la-to'kis namoyon etishi darkor.

Reja inshoning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.

Insho rejasi ikki xil: sodda va murakkab ko'rinishda bo'ladi.

Sodda reja:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

I.Kirish. Dostonlar gultoji.

II.Asosiy qism:

1.Alpomish - tengsiz kuch sohibi.

2.Qat'iyatli o'zbek qizi.

3.Do'stlik - ulug' ne'mat.

III.Xulosa. "Alp o'g'lonlar o'lkasi bu - Ko'hna Turon..." Inshoga epigraf tanlash.

Insho rejasi tuzib olingach, mavzuga har tomonlama mos keladigan muqaddima so'z (epigraf) tanlab olinadi. Inshoning mazmuniga mos keluvchi hikmatli so'z, maqol, ibora, yoki fikrlar epigraf deyiladi. Epigraf yunoncha so'zdan olingan bo'lib, "ustidagi", "yozuv" kabi ma'nolarni ifodalaydi.

Mustaqillik - xalqimizning asriy orzusi Reja:

1 .Ozodlik va erk uchun kurash - ona xalqimiz jasorati. 2.Mustaqillik muborak, ona O'zbekistonim! 3.Istiqlol va istiqbol - mushtarak tushunchalar. Murakkab reja:

Alpomish va Barchinoy timsollariga tavsif Reja:

May, 2022

Epigraf rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o'ng chetiga yoziladi. Epigraf sifatidagi matndan so'ng mazmuniga ko'ra nuqta, so'roq, undov belgilaridan biri qo'yiladi, muallif qavs ichida ko'rsatiladi, qavsdan so'ng tinish belgi qo'yilmaydi.

NATIJA

Yozish bo'yicha tavsiyalar:

Insho yozayotganda, qisqa iboralarni uzoq iboralar bilan almashtirmaslik kerak. Bunda matnni o'qish oson bo'ladi.

Insho matnida murakkab va tushunarsiz so'zni ishlatmaslik lozim, ayniqsa, bu so'zning ma'nosi notanish bo'lsa.

Shaxsiy tajriba, xotiralar va taassurotlarni aks ettirish muallif nuqtayi nazari va o'quvchi ishonchini tasdiqlashning ajoyib usuli hisoblanadi.

Mavzuga va asosiy g'oyaga amal qilish kerak, undan chetga chiqmaslik va keraksiz tafsilotlarni tasvirlamaslik kerak.

Insholarda faktlardan, tadqiqot natijalaridan foydalanish ishonchlilik uchun juda yaxshi imkoniyatdir.

O'quvchilar inshosini baholashda adolatli bo'lish ham samaradorlikning oshishiga yordam beradi. Insholarni baholashda quyidagilarga e'tibor berish zarur: 1. Insho mavzusining yoritilishi.

2. Reja, kompozitsiya, izchillik.

3. Janri, uslubi.

4. Insho hajmi.

5. Sozlardan to'g'ri foydalanish.

6. Sintaksis, gaplarning hajmi, sintaktik konstruksiyalarning bir xil yoki har xilligi. 7. Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri.

8. Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish.

O'quvchilarning bilimlarini nazorat qilish tizimi muhim didaktik shartlardan biri hisoblanadi. O'quvchilar bilimini nazorat qilish o'qituvchiga qo'llanilayotgan ta'lim metodlari, vositalari va uslublarining samaradorligini baholashga, metodikaga tuzatishlar kiritishga imkon beradi. O'quvchilar uchun nazorat muhimdir, chunki u shakllanuvchi bilimlarning to'g'ri ekanligini mustahkamlashga xizmat qiladi, sifatli ishlashga boshlaydi, o'z o'zini nazorat qilishni rivojlantiradi. Bilimlarni nazorat qilish va baholash bolaga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi, qiyinchilikni yengishga va kundalik ishlash tizimiga o'rgatadi.

May, 2022

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, bo'lajak mutaxassislarimizning yozma va og'zaki savodxonligi a'lo darajada bo'lishi kunning bosh masalasi darajasiga ko'tarilgan ekan, nafaqat ona tili va adabiyot darslarida, balki butun o'quv faoliyat davomida bunga erishishga o'z hissamizni qo'shishimiz kerak.

REFERENCES

1. Diktantlar to'plami. Toshkent - 2018.

2. Nurmonov A. Hozirgi o'zbek adabiy tili.-T. "Ilmi ziyo». 2010.

3. O.Madayev, A.Sobirov, Z.Xolmanova, Sh.Toshmirzayeva, G.Ziyodullayeva, M.Shamsiyeva. YOZMA ISH TURLARI: INSHO, BAYON, DIKTANT. Toshkent. "Turon Zamin ziyo" - 2017.

4. Shayxislamov N. O'quvchilarning yozma savodxonligini oshirishda yozma ishlarning o'rni. SCIENTIFIC PROGRESS 2021.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.