Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA YOZMA ISHLARNING O’RNI'

O’QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA YOZMA ISHLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7414
458
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’quvchi / dars faoliyati. Yozma ish / yozma savodxonlik / imlo savodxonligi / diktant / bayon / insho / student / class activity. Written work / written literacy / spelling literacy / dictation / essay / essay

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nursulton Shayxislamov

Ushbu maqolada maktab o’quvchilarining yozma savodxonligini oshirishda darslar davomida tashkil etiluvchi yozma ishlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF WRITING WORK IN IMPROVING STUDENT LITERACY

This article discusses the importance of classroom writing in improving students' written literacy.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA YOZMA ISHLARNING O’RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

O'QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA YOZMA

ISHLARNING O'RNI

Nursulton Shayxislamov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti n.shayxislamov@cspi.uz

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktab o'quvchilarining yozma savodxonligini oshirishda darslar davomida tashkil etiluvchi yozma ishlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'quvchi, dars faoliyati. Yozma ish, yozma savodxonlik, imlo savodxonligi, diktant, bayon, insho

THE ROLE OF WRITING WORK IN IMPROVING STUDENT LITERACY

Nursulton Shaykhislamov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region n.shayxislamov@cspi.uz

ABSTRACT

This article discusses the importance of classroom writing in improving students' written literacy.

Keywords: student, class activity. Written work, written literacy, spelling literacy, dictation, essay, essay

KIRISH

Ma'lumki, o'rta ta'lim maktablari uchun qo'yilgan davlat ta'lim standartlarida yozma savodxonlikni o'stirish eng asosiy muammolardan hisoblanadi. Yozma savodxonlik o'quvchi kelajakda qaysi sohani tanlashidan, qaysi ijtimoiy mavqeda bo'lishidan qat'i nazar doimiy amalda qo'llanadigan va nuqsonlari tez ko'rinadigan kompetentsiyalardan biridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yozma savodxonlikni quyidagi turlarga bo'lishimiz mumkin:

1) imlo savodxonligi;

2) tinish belgilari savodxonligi;

3) mustaqilijodiy matn tuza olish savodxonligi;

4) rasmiy hujjatlar yuritish savodxonligi.

Shulardan kelib chiqib, o'rta maktablarda yozma ishlar - diktant, bayon hamda insholarni yuqoridagi turlardan kelib chiqib tasniflash, tekshirish usullarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.

Diktant - orfografik va punktuatsion xatolarni nazorat qilishning asosiy shakllaridan biridir. Diktantlar uchun bog'lovchi matnlarni qo'llash maqsadga muvofiqdir, ular zamonaviy adabiy til me'yorlariga javob berishi kerak, mazmuniga ko'ra butun sinf o'quvchilariga oson bo'lishi kerak. Diktantning hajmi quyidagicha belgilanadi: 5-sinflar uchun -90-100 so'z, 6-sinflar uchun -100-110, 7-sinflar uchun -110-120, 8-sinflar uchun -120-150, 9-sinflar uchun -150-170 so'z. (Hisoblashda ham mustaqil, ham yordamchi so'zlar inobatga olinadi). Nazorat lug'aviy diktant tekshirilmaydigan va qiyin tekshiriladigan orfogrammali so'zlarning o'zlashmasini nazoratga mo'ljaddangan yozma ish turi hisoblanadi. U quyidagi miqdorda so'zlardan iborat bo'ladi: 5-sinflar uchun -15-20, 6-sinflar uchun -20-25 so'z, 7-sinf uchun -25-30, 8-sinf uchun -30-35, 9-sinf uchun -35-40 so'z. Ma'lum mavzu bo'yicha o'quvchilarning tayyorgarligini nazorat uchun diktant asosiy orfogrammalarni va punktogrammalarni o'z ichiga olishi kerak, shuningdek oldin o'zlashtirilgan ko'nikmalarning mustahkamligini topishga yordam beradi. CHorak va yil yakunida o'tkaziladigan yakuniy diktantlar barcha o'tilgan mavzular bo'yicha o'quvchilarning tayyorligini tekshiradi. Nazorat diktantlari uchun orfogrammalar va punktogrammalar 2 -3 holatda qo'llanilgan matnlar tanlanishi kerak. Avval o'tilgan orfogrammalar va punktogrammalardan asosiylari olinadi: ular 1-3holatlar bilan ko'rsatilishi kerak. Tekshiriladigan orfogrammalar 5 sinfda 12 ta turli orfogrammalardan va 2-3 ta punktogrammadan oshmasligi kerak, 6 sinfda 16 ta turli orfogrammalardan va 3-4 ta punktogrammalardan oshmasligi kerak, 7 sinfda 20 turli orfogrammalardan va 4 -5 ta punktogrammalardan, 8 sinfda 24 ta orfogrammalardan va 10 ta punktogrammalardan, 9 sinfda 24 ta turli orfogrammalardan va 15 ta punktogrammalardan oshmasligi kerak. Nazorat diktantlari matniga yetarli darajada mustahkamlangan orfogrammalar kiritilishi mumkin.

MUHOKAMA

Ma'lumki, esse erkin fikrning - mustaqil tafakkurlarning mahsuli. U ijod. Ona tili va adabiyot darslarida insho yozish ham ijod.Insholarning bu ikki turi o'rtasidagi tafovut unchalik katta emas. Bugun ona tili va adabiyoti darslari oldiga o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda to'g'ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o'zgalar fikrini anglaydigan -muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdek yuksak vazifa qo'yilgan. Bu vazifani bajarishda insholarning o'rni beqiyos. Albatta, insholar ta'lim tizimida o'rganib qolingan an'anaviy tartibda emas, aynan ijodning natijasi tarzida yozilishi kerak. Adabiyot darslarida tanlangan insho mavzulari o'qituvchi uchun eski

bo'lishi mumkin, ammo o'quvchilar uchun yangi ekanligini e'tibordan qochirmaslik lozim.

Oquvchida ijodga ehtiyoj hissini unda atrofini o'rab turgan tabiat, uni bezovta qilayotgan voqea-hodisalar, insonlarni anglash konikmalarini shakllantirmay turib tarbiyalab bo'lmaydi. Ta'lim tizimida faqat adabiyotgina o'quvchini insoniyatga oshno etadi, o'zini shu olamga mansubligini, o'zligini anglashga yordam beradi. SHuning uchun ham har bir adabiyot darsidan so'ng o'quvchida kitob o'qishga, ijod qilishga ehtiyoj tug ilishi zarur.

Oquvchilar insho mavzularini o'ylantiradigan, qiynaydigan, sevintiradidan tuyg'ularga hamohang bo'lishini xohlashadi. SHuning uchun «Mening sevimli do'stim», «Do'stimning qaysi fazilatlarini yoqtiraman?», «Menga yoqqan qahramon» kabi mavzularga ham alohida e'tibor berishlari zarur. Bunday insholar orqali o'qituvchi o'quvchilardagi fikr mustaqilligining o'sishini nazorat qilib boradi. Uy insholari ham bu sohada o'qituvchiga qo'l keladi.

Ularga quyidagi talablar qo'yiladi:

- oz fikrini reja asosida, mavzudan chiqmay, izchil bayon etish;

- aytilgan fikrlar, chiqarilgan xulosalarni asoslash va dalillar bilan isbotlash;

- badiiy asar yoki darslik mualliflarinikidan farqli ravishda oz xulosasini chiqarish va badiiy umumlashmalar qilish;

- o'z qarashlarini to'g'ri va savodli bayon qila olish.

NATIJA

Oquvchilar inshosini baholashda adolatli bo'lish ham samaradorlikning oshishiga yordam beradi. Insholarni baholashda quyidagilarga e'tibor berish zarur:

1. Insho mavzusining yoritilishi (mazmun mavzuga mosmi, yetarli yoritilganmi?) Mazmun haqiqatga mos keladimi?

2.Reja, kompozitsiya, izchillik (Reja to'g'ri tuzilganmi? Materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi? Mazmunda takror yo'qmi? Zarur o'rinlar tushib qolmaganmi?Izchillik buzilmaganmi?). Asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?

3.Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi? Uslubda xatoga yo'l qo'yilmaganmi? Insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi? Badiiylik elementlari bormi?)

4.Insho hajmi ( lakonizm yoki ko'pso'zlilik).

5.So'zlardan to'g'ri foydalanish, sinonim, antonim, frazeologizmlardan foydalanish qay darajada?

6.Sintaksis (Gaplarning hajmi, sintaktik konstruksiyalarning bir xil yoki har xilligi, murakkab konstrukstiyalar bormi?)

7.Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri (qo'pol va juz'iy

xatolar)

8.Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish (hoshiyaga, xat boshidan yozishga, sarlavhani to'g'ri joylashtirishga rioya qilish).

O'quvchilarning bilimlarini nazorat qilish tizimi muhim didaktik shartlardan biri hisoblanadi.

O'quvchilar bilimini nazorat qilish o'qituvchiga qo'llanilayotgan ta'lim metodlari, vositalari va uslublarining samaradorligini baholashga, metodikaga tuzatishlar kiritishga imkon beradi. O'quvchilar uchun nazorat muhimdir, chunki u shakllanuvchi bilimlarning to'g'ri ekanligini mustahkamlashga xizmat qiladi, sifatli ishlashga boshlaydi, o'z o'zini nazorat qilishni rivojlantiradi. Bilimlarni nazorat qilish va baholash bolaga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi, qiyinchilikni yengishga va kundalik ishlash tizimiga o'rgatadi. O'quvchilarning bilimlari va ko'nikmalarini nazoratda frontal va individual nazoratni qo'llash yaxshi samara beradi. Frontal nazorat, ya'ni o'quvchilarni o'tirgan joyida savol-javob qilish qilish, asosan yangi materialni o'rganishga tayyorlanish bosqichida, bilimlarni nazoratda qo'llaniladi. Frontal nazorat turli masalalar bo'yicha ko'p o'quvchilarning bilimlarini ko'rsatishga, qisqa vaqt ichida butun sinf bilan topshiriqni bajarish dalillarini o'rnatishga imkon beradi. Biroq u bilimlarni o'zlashtirish darajasini, ularning chuqurligi va to'laligini aniqlash imkonini bermaydi. Frontal nazoratni o'tkazishda oldindan savollarni tuzish va nazorat jarayonida savollarga javob berishi kerak bo'lgan o'quvchilarni belgilashi kerak.

Individual tekshiruv -o'quvchilarni individual so'roq qilish o'quv materialining o'zlashtirilishi, uning chuqurligi va to'laligining to'g'riligini ko'rsatadi. Asosiy e'tibor nafaqat o'tilgan materialga, balki u yoki bu grammatik holatlarni isbotlash, tushuntirishga ham qaratiladi. Ikki-uchta o'quvchining bilim va ko'nikmalarini individual nazoratini har dars amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. So'rov ma'lum bir tashkilotchilikni, tayyorgarlikni talab qiladi. Bolalarni to'la, asoslangan, ketma ket javob berishga o'rgatamiz. Mazkur tekshiruv turi adabiy nutqda yaxshi amaliyot hamdir.

Bilimlarni ham frontal, ham individual nazorat og'zaki va yozma bo'lishi mumkin.

O'quvchilar savodxonligini oshirish, ularning lug'at boyligini hamda mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish, ularning voqea-hodisalarga, atrof-muhitga bo'lgan munosobatini shakllantirish va izhor etishga o'rgatish yozma ishlar, ayniqsa, diktant, bayon va inshoning ahamiyati katta.

Nazoratning yozma shakli ma'lum kamchiliklarga ham ega: o'quvchilar bilimlari haqidagi ma'lumot biroz kechikib keladi, chunki barcha yozma ishlar ularni tekshirish uchun ma'lum vaqtni talab qiladi. Perfokarta bilan nazorat qilish shakli ham qo'llaniladi. Perfokarta yordamida bilimlarni nazorat qilish ham og'zaki, ham yozma tekshiruvning ijobiy tomonlarini o'zida jam qilgan.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, bo'lajak mutaxassislarimizning yozma va og'zaki savodxonligi a'lo darajada bo'lishi kunning bosh masalasi darajasiga ko'tarilgan ekan, nafaqat ona tili va adabiyot darslarida, balki butun o'quv faoliyat davomida bunga erishishga oz hissamizni qo'shishimiz kerak.

REFERENCES

1. Ona tili va adabiyot fani namunaviy o'quv dasturi.Toshkent. 2017

2. Nurmonov A. va b. Hozirgi o'zbek adabiy tili.-T. "Ilmi ziyo». 2010.

3. Nurmuhammadov J. Yozma savodxonlikni o'stirishning 7 usuli // Til va adabiyot ta'limi, 2016-yil, 8-son. - 19-20-betlar

4. Яхшибоев F. Она тилини укитишда имло малакаларининг холати / Мазлума Аскарова ва узбек тилшунослиги масалалари. Илмий назарий анжуман материаллари. - Тошкент, 2014. - Б.219-222.

5. Намозова Н. Она тили ва адабиёт таълимидаги янгиликлар // Til va adabiyot ta'limi, 2017-yil, 7-son. - 10-12-betlar

6. Shayxislamov, N. S. N. (2021). ONA TILI DARSLARIDA FILOLOGIK MASHQLARNING TUTGAN O 'RNI. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(5).

7. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarini o'qitishda interfaol usullardan foydalanish. The 21st Century Skills for Professional Activity,(4), 221-222.

8. Shayxislamov, N. (2021). LINGVOKULTUROLOGIYANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI. Academic research in educational sciences, 2(1).

9. Shayxislamov, N. (2021). Lingvokulturologiya-zamonaviy tilshunoslik yo'nalishi sifatida: tarixi va nazariyasi. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar: muammo va yechimlar, 61-62.

10. Shayxislamov, N. (2021). BADIIY NUTQDA "ISHLAMAYDIGAN" SO 'ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI. Scientific progress, 1(6).

11. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarini o 'qitishda kakografiya usulini qo 'llash. Янги Узбекистонни курит ва ривожлантиришда ёшларнинг фаоллиги, 317320.

12. Шайхисламов, Н. (2020). Понятие заглавия с позиции когнитивной стилистики. Студенческий, 28(144), 32-33.

13. Shayxislamov, N. (2021). Nutqning sotsiolingvistik-paralingvistik va ekstralingvistik vositalari haqaida mulohazalar. The 21st Century Skills for Professional Activity,(1), 20-24.

14. Шайхисламов, Н. З. У. (2021). КОГНИТИВ ТИЛШУНОСЛИК Т^РИСИДА ТУШУНЧА ВА УНИНГ УНИВЕРСАЛ ТАБИАТИ. Scientific progress, 1(5).

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

15. Shayxislamov, N. (2020). Proverb as an object of linguistic analysis. Yoshlarning innovatsion faolligini oshirish, ma'naviyatini yuksaltirish va ilm-fan sohasidagi yutuqlari, 31-33.

16. Shayxislamov, N. Z. (2020). Pxisolingvistikada assotsiativ metod asosida nutqning o 'rganilishi. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqodlar va metodlar, 3742.

17. Шайхисламов, Н. (2020). Тафсири интеграцияи синтакс бо морфология. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 427-429.

18. Shaykhislamov, N. (2020). The Role of Lingvoculturology in Speech Culture. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqodlar va metodlar, 136-140.

19. Shaykhislamov, N. (2020). COMMENTS ON UZBEK LINGUISTICS AND MODERN LINGUISTICS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(3), 128-132.

20. Шайхисламов, Н. (2020). Фразеология. Фразеология как неотемлимая часть языкознание. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 394-396.

21. Шайхисламов, Н. (2020). ТРУДНОСТИ СИНТАКСИЧЕСКОГО АНАЛИЗА: ЗАГАДКИ ИНФИНИТИВА. Academic research in educational sciences, (3).

22. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY METOD-KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 1(3).

23. Носирова, Т. (2020). АЖДОДЛАР МЕРОСИ-КАМОЛОТ БЕШИГИ. Science and Education, 1 (Special Issue 3).

24. Носирова, Т. Х. (2020). Воспитание как метод педагогической деятельности. Innovative Achivements in Science, 436-438.

25. Носирова, Т. (2019). Миллий кддриятлар ва таълим-тарбия жараёни. Барцарор ривожланишдаузлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар, 327-329.

26. Носирова, Т. (2019). Таълими эчодиёти адибони маорифпарвар ва давраи бедории миллй дар мактабхри таълими хдмагонй. Адабий алоцалар ва маданиятларнинг узаро таъсири, 271-273.

27. Xasanova, L. (2021). THE IMPORTANCE OF ART IN DEPICTING THE IMAGE OF A DOG (ON THE EXAMPLE OF NAVOI'S LYRICS). Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(3).

28. Хдсанова, Л. Ф. (2021). "ОКЧАРЛОК ЛИВИНГСТОН" АСАРИДА ТАРЩАТ МАКОМЛАРИ ТАЛКИНИ. Academic research in educational sciences, 2(3).

29. Хасанова, Л. (2021). " ХАЗОЙИН УЛ-МАОНИЙ" КУЛЛИЁТИДА ИТ ОБРАЗЛАРНИНГ ТАСВИРЛАНИШИ ТАМОЙИЛЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 1098-1111.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.