Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARIDA TALABALARNING INSHOLARINI TAHLIL QILISH USULLARI'

ONA TILI DARSLARIDA TALABALARNING INSHOLARINI TAHLIL QILISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2149
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
WRITTEN SPEECH / ESSAY / LITERACY / ORTHOGRAPHY / LEXICAL ERROR / METHODICALLY ERROR / MORPHOLOGICAL ERROR

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tilavova M.D., Sapayeva B.Q.

This article explores a set of ideas for writting essays and analyzing pupils's essays, one of the types of written work.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO ANALYZE STUDENT ESSAYS IN NATIVE LANGUAGE CLASSES

This article explores a set of ideas for writting essays and analyzing pupils's essays, one of the types of written work.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARIDA TALABALARNING INSHOLARINI TAHLIL QILISH USULLARI»

WAYS TO ANALYZE STUDENT ESSAYS IN NATIVE LANGUAGE CLASSES

M.D. Tilavova1, B.Q. Sapayeva2

Abstract

This article explores a set of ideas for writting essays and analyzing pupils's essays, one of the types of written work.

Keys words: written speech, essay, literacy, orthography, lexical error, methodically error, morphological error.

Insho - o'quvchilar mustaqil ravishda yaratadigan ijodiy ishning oliy ko'rin-ishidir. Insho o'quvchining o'zligi demakdir. Uning tafakkuri, dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga munosabati, tarbiyalanganlik darajasi, mustaqil turmushga tayyorligini belgilovchi bosh me'yor ham inshodir. Boshqacha aytganda, insho bolaning qiyofasini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. O'quvchi ijodiy asar yaratish maydoniga ona tili fani orqali kiradi va bu asarning ilk sabog'ini ham u ona tili fanidan oladi. Ona tili fani o'quvchiga ijod qilish uchun zarur ozuqa beradi.Insho o'quvchining ona tilidan egal-lagan bilimlarini o'zida mujassamlashtiradi. Til hodisalari insho orqali o'quvchining ijodiy - amaliy faoliyatiga ko'chadi.Insho yozma nutqni rivojlantirishning eng asosiy vositalaridan hisoblanadi.

"O'zbek tilining izohli lug'atida" "insho" atamasi shunday izohlanadi: "Insho -(tashkil etish; yaratish, qurish, barpo qilish; ijod, bayon, tahrir) o'quv yurtlarida ona tili va adabiyotdan yozma ish". [4. - E. 257]

Insho bayondan farq qiladi. Bayonda o'zgalarning fikri, ya'ni tayyor material o'zlashtirilib, izchil ravishda qayta bayon etilsa, inshoda tanlangan mavzu yuzasidan yig'ilgan material asosida shaxsiy fikr-mulohazalar bildiriladi. Inshoning xususiyatlari-dan biri uning mavzu materialidir. Badiiy asarda obrazlar orqali berilgan muallif g'oyasi mavzu bilan uzviy bog'liq holda yoritiladi. Mavzu va g'oyani aniq belgilab olmasdan va zarur material, faktlar yig'may turib, inshoni muvaffaqiyatli yozish mumkin emas. Fakt-dalillarsiz insho mazmunsiz, quruq gapdan iborat bo'lib qoladi. Insho tuzilishi jihatdan kirish so'zi bilan boshlanib, so'ngra mavzu, g'oya yoritiladi. Keyin esa xulosalanadi. Xullas, mavzu, g'oya, material, faktlar, reja hamda xulosa inshoning asosiy nazariy vositalaridir. Kuzatish va tajribalar shuni ko'rsatyaptiki, uzluksiz ta'lim tizimining bar-cha bosqichlarida o'quvchining og'zaki va yozma nutqini rivojlantirishga ajratilgan dars soatlari miqdori yetarli bo'lsa-da, o'quvchilarning yozma nutqi borasidagi natijalar qoniqarli emas. Buning asosiy sabablaridan biri hozirgacha adabiy ta'limda insholarni tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari belgilab olinmagani, o'qituvchilarning o'quvchilar inshosini tashkil etishda yetarli darajada bilimga ega emasliklari, tarbiya-lanuvchilarning yozma nutqini o'stirish bilan bog'liq ishlarning yetarli emasligidir.

Orfografiya o'qitishda o'quvchilarning savodxonlik darajasini o'rganish, ularning orfogafik va punktuatsion xatolarini tuzatish, ularni hisobga olish va baholash, xatolarni tugatish usullari alohida o'rin tutadi. Maktabda o'tkaziladigan barcha turdagi yozma ishlar o'quvchilarning savodxonligini aniqlash vositasi hamdir. Binobarin o'quvchilarn-ing savodxonligini aniqlashda yozma ishlarning hamma turlaridan foydalanish mum-kin. O'quvchilarning orfografik malakasi haqida tasavvur ta'sir qilish uchun ko'proq nazorat diktant, hamda insho va bayonlardan foydalanish tavsiya etiladi.O'qituvchi o'quvchilarning yozgan ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormasa, o'quvchi keyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi, bajarsa ham, xatolarga beparvo qaraydi. O'quvchi o'zining har qanday yozma ishi o'qituvchining e'tiborida bo'lishini sezib turishi kerak. Bu o'quvchiga ilmiy oziq beradi.

1 Tilavova Minavar Durdiyevna - senior lecturer, Urgench State University, Uzbekistan.

2Sapayeva Boljon Qadamovna - senior lecturer, Urgench State University, Uzbekistan.

Xatolarni tuzatishga o'quvchilarning o'zini ham jalb qilish mumkin. Lekin bu yozma ishning xarakteriga bog'liq. Sinfda bajariladigan mashqlar ko'pincha sinfning o'zida o'qituvchi rahbarligida tekshiriladi. Bunda o'quvchi o'z yozganlarini tekshiradi, xatolarini tuzatadi, yoki partada o'tirgan ikki o'quvchi daftarlarini almashtirib, bir-birlarining yozganlarini kuchlari yetganicha tekshiradilar. Bunda o'quvchilarning sa-vodxonlik darajasi inobatga olinadi.

Xatolarni qanday tuzatish kerak?

Xato tuzatish ham ijobiy xarakterdagi ishlar jumlasiga kiradi. Maktabda xatolarni tuzatishning xato yozilgan harflar ustidan qizil siyoh bilan chizib, tepasiga to'g'risini yozib qo'yish usuli keng tarqalgan. Lekin bu usulni hamma vaqt ham samarador deb bo'lmaydi. Agar o'quvchi o'zbekcha so'zlarda (tala-dala) yoki faol lug'atda o'tib ketgan ruscha, forscha va arabcha so'zlarda (maktab-maktap), (g'isht-g'ish), (ruchka-ro'chka), (stol-istol) xato qilsa va bu xatolarni tez payqab olish uquviga ega bo'lsa, harfni o'chirib, to'g'risini ustiga yozib qo'yish usulidan foydalanish mumkin. Imlosi qiyin so'zlarda (vzvod-vzvot; muzaffar-muzafar kabi) xatoga yo'l qo'yilgan bo'lsa va psixologik tomon-dan ana shu so'zlarning fotokopiyasini o'quvchi o'z ongida aks ettirish kerakligi e'ti-borga olinsa, xato yozilgan so'zni qizil rang bilan o'chirib, ustiga to'g'ri shakli yozi-ladi.Xato grammatik shaklda bo'lsa, harf emas, shakl o'chiriladi yoki uning ostiga chizi-ladi: qurildi-quruldi, kulib-kulub kabi. Chunki o'quvchi qaysi shaklda xato qilganini o'zi aniqlashi kerak. Ba'zi metodistlar xatolarni o'qituvchi tuzatsa, o'quvchilar mustaqil ish-lardan xoli qilib qo'yiladi deb, bu usulni qoralaydilar. Bu fikr to'g'ri deb bo'lmaydi, chunki tuzatishning bu usuli ham o'quvchilarni mustaqil ishlashga undaydi: o'quvchi maktab degan so'zda b o'rniga p yozgan bo'lsa, o'qituvchi uni tuzatib, o'quvchida shu qoidaga mos keladigan bir qancha so'zlar (kitob, bob, to'lib, o'qib, ayab, boylab) topishni vazifa qilib beradi. Lekin xato tuzatishning bu usulini yagona usul deb ham bo'lmaydi. Ayrim hollarda xato tuzatishning ko'proq mustaqil ishlashini talab qiladigan usullari-dan ham foydalanish mumkin. Xatoni to'g'irlamasdan chizib qo'yish, xato yozilgan harf-ning yoki shu harfni o'z ichiga bo'g'in yoki so'zning tagiga chizib qo'yish, qaysi qatorda xato qilingan bo'lsa, o'sha qator hoshiyasiga belgi qo'yish ham xato tuzatish usullaridir. Lekin xato tuzatishda bu usullar aralash qo'llanmasligi kerak. Bunda o'quvchilarning yosh xususiyati, qoidaning sodda yoki murakkabligi, o'quvchilarga o'zlashish, ularni mustaqil ishlashga yo'llash darajasi hisobga olinishi kerak.

Orfografiya o'qitish tizimi butunicha imlo xatolarining oldini olishga qaratil-gan.Yozilishi qoida bilan izohlanadigan orfogrammalarda bo'ladigan xatolarning oldini olish uchun bunday so'zlarni doskaga yozib, ularning yozilishiga o'quvchilarning diqqatini jalb qilinadi: Masalan, b tovushining yozilishida xato bo'lmasligi uchun, o'qitu-vchi b va p tovushli bir qancha so'zlarni doskaga yozib, ularning imlosini esda saqlab qolish kerakligini ogohlantiradi. Xatolarning oldini olishda turli ko'rgazma va jadvallar-dan ham foydalaniladi. Ko'rgazmalar mavzuga doir yoki umumiy bo'lishi mumkin. Mavzuga doir ko'rgazmani ma'lum qoida, masalan b undoshi, jarangli-jarangsiz tovushlar, x va h undoshlari bo'yicha tayyorlab, sinf devorida osib qo'yiladi. Ko'rgazma umumiy bo'lganda, unga o'quvchilar ko'p xato qiladigan va har xil qoidaga xos so'zlar kiritiladi. Ko'rgazma o'z vazifasini o'tab bo'lguncha, ya'ni undosh tovushlarning yozilishida o'quvchilar xato qilmaydigan bo'lgunga qadar sinf devorida osig'liq turishi mumkin.

Xatolarni oldini olishda «Lug'at doskasi» dan ham keng foydalanish mumkin. Or-fografik xatolarni oldini olish talaffuzni kamsitish hisobiga bo'lmasligi kerak: imlosi qiyin so'zlarni bo'g'inma-bo'g'in, harfma-harf aytib berishga aslo yo'l qo'ymaslik lozim. Maktabda ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi deyarli orfografiya o'qitishni yaxshilashga bo'ysundiriladi. Xatolar ustida o'quvchining o'zi ham ishlaydi. Bunda o'quvchilarni o'zlariga xatolarining sabablarini yozma va og'zaki izohlatish, qaysi qoidada xato qilingan bo'lsa, unga mos so'zlar toptirish qoidani takrorlatish usulidan keng foydalanish mumkin. Ba'zi o'quvchilar xato yozilgan so'zlarni bir necha bor yozdirish usulidan ham foydalanadilar. Lekin bu hamma vaqt ham samarali natijani beravermaydi. Bu usuldan yozilishi ma'lum qoida bilan izohlanmaydigan so'zlarni to'g'ri yozishga o'rgatishda foydalanish mumkin. O'quvchilardan vaqti-vaqti bilan qaysi qoidalarda xatoga yo'l qo'yganini, buni tuzatish sohasida nimalar qilinganligini so'rab turish mumkin. Ba'zan bir o'quvchining daftarini ikkinchi o'quvchiga tekshirtirish usulidan ham foydalaniladi.Bu "Do'stim menga pand bermaydi" metodi deb yuritiladi. Bu

metodni qo'llaganimizda o'quvchilarning qiziqishini orttiradi. Shunday hollar ham bo'ladiki, o'quvchi o'zi ma'lum so'zni xato yozadi-yu, lekin o'rtog'ining daftarida shunday yozilgan so'zning xato ekanligini topadi. Shunga ehtiyot bo'lishi kerakki, o'quvchilar o'rtoqlarining xatolarini tuzutaman deb, boshqa xatoga yo'l qo'ymasinlar, daftarlarni bekorga bo'yamasinlar. O'quvchi u yoki bu so'zning xato yozilganligiga to'la ishonsagina, uni to'g'irlash kerakligini anglasin.

O'quvchilar daftar tekshirayotganda, o'qituvchi sinfda aylanib yurib ayrim o'quvchilarga maslahat beradi. Tekshirish uchun berilgan muddat tugagach, o'quvchi-lar topgan xatolarini aytadilar. O'quvchi xato yozilgan deb hisoblagan so'zini, alohida qog'ozga yozadi, oxirida o'qituvchi ishtirokida buni aniqlab, keyin uni tuzatadi.

Xatolarni tuzatishda o'quvchining uyida mustaqil ishlashi juda katta ahamiyatga molikdir. Yo'l qo'yilgan xato bilan bog'liq qoidani o'qib kelish, unga mos mashqni ba-jarish, lug'at ustida ishlashning natijasi beqiyos kattadir. O'quvchi ko'p xato qilib, past baho olaversa, ruhiy tushkunlikka tushib savodlilikka bo'lgan ishonchini yo'qotib qo'yishi mumkin. Bunday hol yuz bermasligi uchun o'qituvchi o'quvchining ruhini ko'tarishi, savodli bo'lib ketishga ishonch hosil qilishi, uning irodasini tarbiyalashi, unda orfografik mashg'ulotlarga qiziqish uyg'otishi kerak. Ko'p xato qiladigan o'quvchilar bilan ishlash tizimi bunday o'quvchilarning orfografik malakasiga bog'liq bo'lib, yakka yondashuvni talab qiladi. Ko'p xato qiladigan o'quvchilar bilan ishlashni ayrim qoidalarni so'rashdan boshlagan ma'qul. Ma'lum bir qoidaning mustahkam o'zlashgan-ligi haqida ishonch hosil qilgach, navbatdagisiga o'tiladi. Shu asosda mashg'ulot asta-sekin murakkablashib boradi.

Mana shu yo'l bilan ko'p xato qiladigan o'quvchilar orfografiyani puxta o'zlashtirib boruvchi o'quvchilar bilan tenglashtiriladi. Ish jarayonida o'quvchining bu sohada erishgan yutuqlarini uni o'ziga sezdirish, buning sabablarini birga muhokama qilish ham muhimdir.

Odatda, yosh bola oilada ota-ona tili (dialekti) da so'zlashni o'rganadi.Maktabda esa adabiy tilni egallay boshlaydi. Adabiy til unga odatdagi tilidan boshqacharoq tuyu-ladi. Shu bilan birga o'quvchilar maktabda mahalliy shevada ham gaplashadilar. Hatto shunday hollar ham bo'ladiki, o'quvchilar maktabda, o'qituvchi oldida adabiy tilda gaplashishga harakat qilsa ham, boshqa sharoitda o'z mahalliy shevasida gaplashishini davom ettiradi, bu hol oqibatda o'quvchilarni yozma ishlarga ta'sir etadi. Ayrim dialektal xatolarni tugatish uchun maxsus mashqlar o'tkazish ham tavsiya qilinadi. Masalan, ko'pchilik qaysi qoidada dialektal xato qilgan bo'lsa, uni orfografik jihatdan to'g'rilab doskaga yoziladi. Buning talaffuzi bilan yozilishi qiyos qilinadi. Keyin bu to'g'irlangan so'z ishtirokida matnlar, jumlalar tuzdiriladi. Umuman, dialektal xatolarni tugatish o'qituvchidan turli usullardan foydalanishni talab qiladi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi har darsda o'tilayotgan mavzuni o'quchilarni dialektal xatolarini yo'qotish, ularni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish bilan bog'laydilar. Talaffuzi qiyin bo'lgan so'zlarning dialektal shakli bilan adabiy talaffuzdagi shakli qiyoslangan jadvallar tuzish muhim ahamiyatga egadir.

Dialektal xatolarni bartaraf qilishga darslikda berilgan matnlardan talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan so'zlarni toptirish ham ijobiy natija beradi. Lug'at ustida ishlash jarayonida ham o'quvchilarning dialektal xatolarini tuzatib borish talab qilinadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tilidan insho daftarlarini ko'zdan kechir-sak, quyidagi xatolarga duch kelamiz:

— grafik xatolar: harf elementlarini tashlab ketish, harflarni tushirib qoldirish, ularning o'rinlarini almashtirib qo'yish va h.k;

— so'z o'zagidagi xatolar: jarangli va jarangsiz undoshlarni almashtirish, yonma-yon kelgan bir xil undoshlarning birini tashlab ketish, talaffuzda tushib qoladigan un-doshlarni yozuvda ham tashlab ketish; so'z va shakl yasovchi qo'shimchalarni xato yozish; bo'g'in ko'chirishdagi xatolar; bosh harflarni qo'llashdagi xatolar; shevaga oid xatolar.

1. Grafik xatolarni tuzatish mashqlari: — kartochkaga harf elementlari tushirib qoldirilgan 8—10 tadan so'z yozilib, o'quvchilarga tarqatiladi. O'quvchilar esa tushirib qoldirilgan harf elementlarini o'z o'rniga qo'yib, daftarlariga ko'chirib yozadilar; — yana shunday kartochkalarga harf elementlarini noto'g'ri qo'yib,o'quvchilarga ularni

to'g'rilab ko'chirish vazifasi topshiriladi; — doskada harflari tushirib yozilgan mu-rakkab so'zlar «Qaysi qator oldin yozadi?» ta'limiy o'yini o'tkazish orqali mustahkam-lanadi.

2. Orfografik xatolarni tuzatish mashqlari: O'quvchilarga jarangli undosh bilan tugagan so'zlarni jarangsiz undosh tarzida o'qib, lug'at diktanti o'tkazish; tarkibida ketma-ket kelgan bir xil undoshli so'zlarning yarmini aytib, qolganini o'quvchi yozishini ta'minlaydigan lug'at diktanti o'tkazish. Masalan, al-alla, el-ellik, is-issiq, ar-arra kabi.

3. So'z va bosh harflarni tuzatish mashqi: — so'zlardagi xatolarni tuzatish uchun o'quvchilarga shu so'z ishtirokida gap yozdirish; kichik harf bilan yozilgan so'zlarni esa ana shu so'zning kichik va bosh harflar bilan yoziladigan shakllari misolida gaplar tuzish. Masalan, O'lkamizga bahor keldi. — Men Bahor ko'chasida yashayman. Ona — aziz inson. — Biznikiga Aziz keldi. Sayyoh orolda qoldi. —O'qituvchi Orol dengizi haqida gapirib berdi.

4. Shevaga oid so'zlarni tuzatish mashqi: Bu turdagi xatolarni tuzatish uchun «Chalg'itma diktant»dan foydalanish yaxshi samara beradi. O'tkazilgan tajribalarda o'quvchilar diktant paytida shoshilmay, fikrlab, sheva bilan adabiy tilning farqini an-glagan holda matnni yozishga harakat qilishgan. Chalg'itma diktant 3 - va 4-sinflarda olinishi mumkin. Chunki bu sinflarda imloviy jihatlarni qamrab oluvchi dars mavzulari ko'proq. Chalg'itma diktant o'tkazilishidan oldin o'qituvchi diktantni sheva asosida ay-tib berishini, lekin undagi so'zlarni o'quvchilar imlo qoidalariga muvofiq yozishlari lo-zimligini uqtiradi. Bu jarayonda ham o'quvchi xotirasining ahamiyati katta bo'ladi.

O'quvchilar xotirasini shakllantirishga qaratilgan o'yinlar juda ko'p bo'lib ulardan birini tavsiya etamiz:

1) "O'zgarishni top" : Sinf xattaxtasi tepasiga bir qancha predmetlarni teramiz: ayiqcha, archa, quyoncha, ruchka, kitob, gul, stakan, bayroqcha, oq ayiqcha, qo'g'irchoq. O'quvchilarga predmetlarni yaxshilab ko'rib, ularning rangi va o'rnini eslab qolish buyuriladi va o'qituvchi buyrug'ii bilan bilan o'quvchilar boshlarini partaga qo'yishadi va bir daqiqa ko'zlarini yumishadi. Bu vaqtda o'qituvchi predmetlarning o'rnini al-mashtiradi va birortasini olib qo'yadi, yoki biror yangi predmet qo'shib qo'yadi. So'ng ko'zlarini ochish komanda qilinadi. Qaysi o'quvchi predmetlerni o'z o'rniga to'g'ri qo'ysa, bu g'olib sanaladi va rag'batlantiriladi.

2) "O'rniga qo'y". Kichik matn 3 marta o'qib chiqiladi. So'ng o'quvchilarga

gaplarning o'rni almashtirib qo'yilgan varianti ko'rsatiladi. O'quvchilar gaplarn-

ing o'z o'rnini topishi kerak bo'ladi.

3) Ozingga ta'rif ber". Sinf o'quvchilar navbatma -navbat o'z nomlariga sifat

qo'shib aytadilar. Keyingi o'quvchi oldin do'st, so'ngra o'zini ismini sifatga

qo'shib aytadi. Masalan:

1-o'quvchi: Malika - muloyim;

2-o'quvchi: Malika-muloyim,Akram-aqlli;

3-o'quvchi: Malika-muloyim,Akram-aqlli; Qambar-quvnoq;

4-o'quvchi: Malika-muloyim,Akram-aqlli; Qambar-quvnoq; Jamshid-jasur

5-o'quvchi: Malika-muloyim,Akram-aqlli; Qambar-quvnoq; Jamshid-jasur, Gul-zoda go'zal va h.k.

Shu kabi o'yinlar o'quvchilar xotirasini mustahkamlaydi, eslab qolish malakasini shakllanishiga yordam qiladi.

Xatolar ustida ishlash borasida aytilgan yuqoridagi barcha usul va tajribalar bilan tanishish asnosida shunday xulosaga keldikki, ularni muntazam va izchil qo'llash lozim. Onda-sonda yoki mavzu to'g'ri kelganidagina ularga murojaat qilish kutilgan na-tijani bermaydi. Shu bois, o'qituvchilarimiz o'quvchilarining imlo savodxonligini oshirishni istar ekan, umrboqiy haqiqat — ularni badiiy kitob o'qishga undashdan charchamasligi va yuqoridagi kabi rang-barang va zamonaviy pedagogik usullarni tegishli darslarda muntazam izchillik asosida olib borishi kerak. Shundagina o'qituvchilarimiz uning samarasini o'quvchilarining ravon nutqi va xatosiz yozuvlarida ko'rish baxtiga erishishadi.

0оüдаAаниAган adaôuëmAap:

1. Hamrayev A.Boshlang'ich sinflarda ona tili ta'limini ijodiy tashkil etish.-Toshkent: 2007, 116 b

1. Qosimova K, Matchonov S, G'ulomova X, Yo'ldosheva Sh, Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. - Toshkent," Noshir" nashriyoti,2009, 231b.

2. Roziqov O.,Mahmudov M. va b. Ona tili didaktikasi. -Toshkent: „Yangi asr avlodi", 2005.

3. Yunusov Q. Ona tili darslarida ta'limiy o'yinlar.- Andijon: 2005, 45b.

4. "O'zbek tilining izohli lug'ati" - "O'zbekiston milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, T.: 2006.

5. G'ulomov A., Ne'matov H. Ona tili ta'limi mazmuni. -T.: O'qituvchi, 1995,165b.

6. Xudoyberganov A. O'quvchilarda ijodkorlik ko'nikmalarini shakllantirish ijtimoiy ped-agogik muammo sifatida //. "Uzluksiz ta'lim" jurnali. № 3, 2008 yil, 90 bet.

© M.D. Tilavova, B.Q. Sapayeva, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.