Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMIY O‘YINLARNI TASHKILLASHTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH MOHIYATI'

ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMIY O‘YINLARNI TASHKILLASHTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
13989
912
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
til me’yorlarini o`rgatish / nutqni o‘stirish / ijodiy fikrlash / mustaqil fikrlash / topshiriqlar tizimi / so`z boyligini oshirish / o`yin-topshiriqlar. / language skills / speech development / creative thinking / independent thinking / task system / vocabulary development / games.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qurbonova Nodira

Mazkur maqola, ona tili darsida o’quvchilarda fikrni og‘zaki va yozma bog‘lanishli bayon qilish, malaka hamda ko‘nikmalarini hosil qilish, ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to`g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishda qo’llaniladigan ta’limiy o’yinlar va ularning mohiyati to’g’risida misollar orqali fikr yuritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF ORGANIZING AND USING EDUCATIONAL GAMES IN MOTHER TONGUE CLASSES

This article is intended for oral and written expression by students of their ideas in the lesson of their native language, the development of skills and abilities, creativity, independent thinking, creative thinking in oral and written forms in accordance with the conditions of speech. Students come up with educational games and examples of their importance in developing and developing fluency skills.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMIY O‘YINLARNI TASHKILLASHTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH MOHIYATI»

ONA TILI DARSLARIDA TA'LIMIY O'YINLARNI TASHKILLASHTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH MOHIYATI

Qurbonova Nodira Qashqadaryo viloyati, G'uzor tuman, №36 maktab

Annotatsiya: Mazkur maqola, ona tili darsida o'quvchilarda fikrni og'zaki va yozma bog'lanishli bayon qilish, malaka hamda ko'nikmalarini hosil qilish, ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishda qo'llaniladigan ta'limiy o'yinlar va ularning mohiyati to'g'risida misollar orqali fikr yuritadi.

Kalit so'zlar: til me'yorlarini o'rgatish, nutqni o'stirish, ijodiy fikrlash, mustaqil fikrlash, topshiriqlar tizimi, so'z boyligini oshirish, o'yin-topshiriqlar.

THE IMPORTANCE OF ORGANIZING AND USING EDUCATIONAL GAMES IN MOTHER TONGUE CLASSES

Qurbonova Nodira Kashkadarya region, Guzar district, School №36

Abstract: This article is intended for oral and written expression by students of their ideas in the lesson of their native language, the development of skills and abilities, creativity, independent thinking, creative thinking in oral and written forms in accordance with the conditions of speech. Students come up with educational games and examples of their importance in developing and developing fluency skills.

Keywords: language skills, speech development, creative thinking, independent thinking, task system, vocabulary development, games.

Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to'g'risidagi Farmonning uchinchi yo'nalishida o'quv standartlari,o'quv dastur va darsliklarini takomillashtirish bo'yicha DTS, dastur, darsliklarning takomillashtirilgan variantlari tayyorlandi hamda shular asosida ish olib borilmoqda. Chunonchi, ona tili ta'limining takomillashtirilgan standarti tayyorlandi. Unga ko'ra:

a) grammatikaga oid o'zlashtiriladigan bilimlar; - fonetika, morfologiya, sintaksis, leksikologiya, so^z tarkibi, so'z yasalishi, yozuv va imlo, nutq uslublari, uslubiyatga oid tushunchalar.

b) nutqni o'stirish: - birinchi yo^nalish - o'quvchilarning so'z boyligini rivojlantirish; - ikkinchi yo^nalish - o'zbek adabiy tili me'yorlarini o'rgatish, adabiy

I ("O^^^^^BI http://oac.dsmi-qf.uz

talaffuz me'yorlari, shuningdek, lug'aviy sinonimika, qo'shimchalar sinonimikasi, umuman, grammatik sinonimika bilan tanishtirish; - uchinchi yo^nalish -oquvchilarda fikrni og'zaki va yozma bog'lanishli bayon qilish malaka hamda ko'nikmalarini hosil qilish shart qilib belgilangan. Ana shundan kelib chiqib, ona tili ta'limining asosiy maqsadi: ona tili mashg'ulotlari o'quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga qaratilmog'i darkor. Ayni fursatda, mazkur murakkab, mas'uliyatli vazifani bajarishda ona tili darsliklarining ahamiyati muhim.

Oquvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladigan o'quv topshiriqlari o'rta maktabning o'zbek tili darsliklarida berilgan. Mazkur topshiriqlar turli usullar bilan o'qituvchi hamkorligida o'quvchilar tomonidan mustaqil bajarishi lozim. Ijobiy natija beradigan topshiriqlarning asosiy turlaridan biri grammatik o^yin-topshiriqlardir. Bu turdagi topshiriqlar oquvchilardan zukkolikni, bilimdonlikni, izlanishni, topqirlikni va tezkorlikni talab qiladi. Ona tili darslarining qiziqarli o'tishida o'yin-topshiriqlarning ahamiyati juda katta.Biroq "O^zbek tili o^qitish metodikasi"da grammatik o'yin-topshiriqlar va ulardan foydalanish metodikasi yetarli darajada ishlanmagan. O'yin-topshiriqlarga hos bo'lgan jihat shundan iboratki, u kopincha musobaqa tarzida tashkil etiladi. Natija yakunida, o'quvchi va guruhlarga rag'bat yoki ballar berilishi, shubhasiz, o'quvchilarda topshiriqni bajarishga ishtiyoqni oshirishga sabab bo'ladi. Natijada, o'quvchilarning grammatik savodxonligi,ijodiy fikrlash qobiliyati, topqirligi, nutqi va shu fanga muhabbati ancha oshadi. Shu bilan birga, qo'shimcha adabiyotlardan foydalanish, boshqa fanlar bilan ham jiddiy shug'ullanish ehtiyojini tug'diradi. Shunini inobatga olgan holda, o'qituvchi darslarining samarali bo'lishi uchun turli o'yin-topshiriqlardan va boshqotirmalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi davr talabi ham , fan o'qituvchisidan mahorat, ijodkorlik, eng asosiysi, tinimsiz mehnat talab qiladi. Shularni hisobga olgan, holda ona tili darslarini o'tishda ishlatish mumkin bo'lgan ayrim grammatik o'yinlar, boshqotirmalar va ulardan foydalanish metodlarini ko'rib chiqamiz. Bunday grammatik o yinlarni yanada ko plab o ylab topish va ulardan dars jarayonida foydalanish mumkin. Bu esa, yuqorida ta'kidlanganidek, o'qituvchining ijodkorligiga, izlanuvchanligiga, mahorati va tinimsiz qiladigan mehnatiga bog'liq. Ma'lumki, o'yin-topshiriqlar o'quvchilar malaka va ko'nikmalariga ko'ra, murakkablik darajasiga ko'ra guruhlanib, soddadan murakkablik dinamikasiga qarab boradi.

1. Qayta xotirlash tipidagi o^yin topshiriqlar. Otilgan mavzularni mustahkamlash hamda bilim va malakalarni tekshirish darslarida bunday o yin-topshiriqlardan ko'proq foydalaniladi. Masalan, "Atoqli va turdosh otlar" mavzusiga oid darslarni mustahkamlash maqsadida "Kim g'olib?" o'yin-topshirig'idan

I ("O^^^^^BI http://oac.dsml-qf.uz

foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun sinf ikki guruhga ajratiladi: biri atoqli otlarga, ikkinchisi turdosh otlarga misol topishadi. Ma'lum bir belgilangan vaqt ichida ko'p misol topgan g'olib sanaladi.

O'qituvchi doskaga kundalik, surat, kinofilm kitob, gazeta, jurnal, so'zlarini alohida-alohida yozib qo'yadi. Sinf olti guruhga boTinib (o'quvchilar soni hisobga olinishi zarur. Agarda guruhlarga teng boTinmaydigan bo'lsa, guruhlar sonini kamaytirishi yoki ko'paytirishi mumkin), ulardan shu otlarga misollar yozish talab qilinadi. Guruhlarning har bir a'zosi o'ziga qarashli so'zga bitta-bitttadan misol yozadi. Tez va to'g'ri yozgan guruh g'olib sanaladi. G'oliblar, albatta, rag'batlantirilishi kerak. Istalgan mavzuni mustahkamlashda bunday o'yin-topshiriqlardan foydalanish mumkin. Yoki o'quvchilarning o'zaro bog'lanishli yozma nutqini smash maqsadida "So^zlar bizdan, matn tuzish sizdan" o'yinini o'tkazish mumkin. Bunda o'quvchilarga tayanch so'z va so'z birikmalarni berib (ular doskaga yozib qo'yilishi ham mumkin), ular yordamida bog'lanishli matn tuzish topshiriladi, tez va mazmunli matn tuzgan o'quvchi g'olib sanaladi.

O'quvchilar so'z boyligini oshirish DTS talablaridan biri hisoblanadi, izlanuvchanlik xarakteridagi o'yin-topshiriqlarni qoTlash yaxshi bu ko'nikma rivojlanishiga yahshi natija beradi. Bunday topshiriqlar o'quvchilardan ijodiy faoliyat ko'rsatishni talab qiladi. "Ijodkor" o'yin-topshiriqdan "Ravish" mavzusini o'tishda samarali foydalanish mumkin. Bu grammatik o'yinda sinf ikki guruhga ajratilib, birinchi guruhga sifat so'z turkumi ishtirok etgan gaplarga misol aytish, ikkinchi guruhga esa shu gaplardagi ot(lar)ni ravish bilan almashtirib gap tuzish topshiriladi. Masalan: Birinchi guruh vakili yozadi: Men olimpiadada yahshi insho (qanday insho?)yozdim. Ikkinchi guruh davom ettirib: Unda bizning guruh yahshi ishtrok etadi(qanday ishtirok etdi?). Shu yo'sinda davom ettiriladi. Bu o'yinni o'quvchilar o'rtasida yoki parallel sinflar o'rtasida "soz mushoirasi " tarzda davom ettirsa ham bo'ladi.

Ona tili ta'limi jarayonida topshiriqlar tizimi vositasida til hodisalari kuzatiladi1, solishtirib qiyoslanadi, o'xshash va farqli tomonlari aniqlanadi, umumiy va xususiy tomonlariga qarab guruhlanadi, umumlashma qoidalar hosil qilinadi. Natijada qayta xotirlash topshiriqlaridan ijodiy topshiriqlarga qarab dinamik o'sish

yuzaga kela boradi. O'quvchi tafakkuri taraqiyotida bunday topshiriqlar alohida ahamiyat kasb etadi. O'quv topshiriqlarining soddadan murakkabga tomon o'sish dinamikasini aniqlash, belgilash murakkab jarayondir. Topshiriqlar shunday yo'sinda joylashtirilishi lozimki, o'quvchi tafakkuri taraqqiyotiga ijobiy ta'sir qilsin. Ijodiy topshiriqlar, ya'ni o'quvchi tafakkurini o'stiruvchi topshiriqlar o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi zarur: - o^quvchini izlashga, fikr qilishga, noma'lumni topishga undasin; - o'quvchini mustaqil xulosa chiqarishga yo'naltirishi zarur; -

1TAT jurnalining 1996-2002 yildagi ayrim sonlarida e'lon qilingan ayrim o'yin-topshiriqlardan ijodiy foydalanildi

I ("O^^^^^BI http://oac.dsmi-qf.uz

masalaning murakkablasha borishi o'quvchi aqli, farosatini o'stira borishi kerak; - bu jarayonning kechishi o'quvchilarda jamoa bo'lib ishlash ko'nikmalarini hosil qila borishi lozim; - topshiriqlarni bajarish jarayoni o'quvchida o'ziga ishonch, o'zini (bilimini) anglash,imkoniyatlarini aniqlay olish, yangi bilim olishga undashi shart. Yangilangan ta'lim mazmuni asosida yaratilgan darsliklarda tilshunoslikning hamma bo'limlariga mo'ljallangan mashg'ulotlarda darslar ta'rif, qoida bilan boshlanmasdan, ya'ni o quvchilarga bilimlar tayyor holida berilmasdan har bir mavzu uchun mo'ljallangan topshiriqlar tahlili bilan boshlanadi. Mana shu o'rinda o'qituvchi mahorati, qobiliyati, uquvi namoyon bo'ladi. Ana shu jarayonda bir faoliyat usulidan bosqichma-bosqich ikkinchi faoliyat usuliga o'tishi, ya'ni kuzatishdan umumiy xususiyatlari asosida guruhlashga, takrorlashdan o'xshash va farqli tomonlarini aniqlash asosida umumlashmalar shakllanadi. Shundagina berilgan topshiriqlar til hodisalarining mohiyatini ochishga xizmat qiladi.

5-sinfda fonetika bo'limi o'tilayotganda quyidagi grammatik topshiriqlardan foydalanish mumkin: 1-topshiriq. i-u, a-o, o^-u, i-e, b-p, d-t, z-s, j-ch juftliklari bilan farqlanuvchi sozlar hosil qiling.

2-topshiriq. x-h tovushlari bilan farqlanuvchi so^z juftlari hosil qiling. H fonemasining talaffuziga e'tibor bering.

3-topshiriq. ng harfy birikmasiga soлzlar toping va ularni bo g 'inlarga ajrating. 4-topshiriq. "yaxshi" va "yomon" so^zlarining o^xshash va farqli tomonlarini toping. O'xshash tomonlari: 5ta harf, 2ta unli, 3ta undosh, 2ta bo'g'in, urg'u oxiriga tushadi, 5ta tovush. Farqli tomoni deysizmi? Ma'nosi-chi ? Uning antonimligichi?

5-topshiriq. "x" tovushli sozlar zanjirini tuzing. Baxt - taxt - tuxum - mirrix -xayol - laxtak - kimxob - baxmal - laxta - axta - axir - ruxsat - taxta - axloq - qix -xafa - axir - ruxsat - taxt - taxlit - taxmin - narx - xabar - ruxsatnoma - axtar - ruxsor.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Бегматов Э., Турсункулов М. Узбек нутки маданияти асослари. -Тошкент: Укитувчи, 1991.

2. Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М., Умуркулов Б. Узбек нутки маданияти очерклари. -Тошкент: 1998.

3. Миртожиев М., Махмудов Н. Тил ва маданият. Т., Узбекистон, 1992.

4. Махмудов Н. Тил.-Тошкент: Ёзувчи. 1998.

5. Махмудов Н. Укитувчи нутки маданияти. -Т: Алишер Навоий номидаги миллий кутубхона, 2007.

6. Нусратулло Атоулло угли Жумахужа. Истиклол ва она тилимиз. -Тошкент, 1992.

7. Расулов Р., Хусанов Н., Муйдинов Нутк маданияти ва нотиклик санъати. -Т. Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети, 2006.

I ("О^^^^^И! 150 http://oac.dsmi-qf.uz

8. T.Almamatov, Q.M.Yadgarov, Sh.Almamatov., O'zbek tilini o'qitishda innovatsion , pedagogik texnlogiyalardan foydalanish(Metodik qo'llanma).-2013.

References

1. Бегматов Э., Турсункулов М. Узбек нутки маданияти асослари. -Тошкент: Укитувчи, 1991.

2. Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М., Умуркулов Б. Узбек нутки маданияти очерклари. -Тошкент: 1998.

3. Миртожиев М., Махмудов Н. Тил ва маданият. Т., Узбекистон, 1992.

4. Махмудов Н. Тил.-Тошкент: Ёзувчи. 1998.

5. Махмудов Н. Укитувчи нутки маданияти. -Т: Алишер Навоий номидаги миллий кутубхона, 2007.

6. Нусратулло Атоулло угли Жумахужа. Истиклол ва она тилимиз. -Тошкент, 1992.

7. Расулов Р., Хусанов Н., Муйдинов Нутк маданияти ва нотиклик санъати. -Т. Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети, 2006.

8. T.Almamatov, Q.M.Yadgarov, Sh.Almamatov., O'zbek tilini o'qitishda innovatsion , pedagogik texnlogiyalardan foydalanish(Metodik qo'llanma).-2013.

ГМ

151

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.