CHO'LPON LIRIKASIDA IJTIMOIYLIK
Sohiba Abdujabbor qizi Arzikulova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada Cho'lpon she'riyatida tasvirlangan Sharq xalqi taqdiri va uning ramziy ifodalari xususida fikr yuritilgan. Millat erki, ozodligi deb nafas olgan shoir lirikasida reallik va badiiylik uyg'unligi yuksak mahorat va iste'dod bilan aks etga ni tahlil qilingan. Cho'lponning badiiy san'atlardan foydalanishdagi mahorati ochib berilgan.
Kalit so'zlar: yo'qsul Sharq, mazlum xalq, ko'lanka, zulm, tutqunlik, zaharli yosh, erksizlik, hurriyat.
ABSTRACT
The article discusse the fate of the people of the East and its symbolic expressions described in Cholpon's poetry. It has been analyzed that the combination of reality and artistry is reflected with high skill and talent in the lyrics of the poet, who breathed the freedom of the nation. Cholpon's skill in using artistic arts is revealed.
Keywords: poor East, oppressed people, shadow, tyranny, captivity, poisonous age, lack of freedom, freedom.
Jamiyat rivoji uning adabiyoti takomiliga qarab belgilanadi. Adabiyotimiz vakillari orasida Cho'lponning publisistik asarlari, shoir va nosir sifatidagi izlanishlari o'ziga xos dunyoqarashning mevasi ekanligi bilan ajralib turardi. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham Cho'lpon ijodiga yuksak baho berib, "XX asr boshlaridagi millatimiz taqdirini, uning boshiga tushgan fojialarni, ozodlik va erkinlik qadrini hech kim bu mumtoz shoirimiz kabi yuksak pardalarda kuylagan emas" [1.50]- degan edi. Mazkur fikr Cho'lpon ma'naviy-ma'rifiy merosini ilmiy o'rganishni dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo'yadi. Cho'lpon ijodini, xususan, uning lirikasiga singdirilgan ma'no-mazmunni, badiiy san'atlar zimmasiga yuklangan vazifalarni to'g'ri anglash va shu orqali to'g'ri tahlilni yaratish, yaxlit va tadrijiy tarzda o'rganish, ilmiy-amaliy jihatdan foydalanish bugungi kun uchun dolzarb ahamiyat ega.
474
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference
"Adabiy turlar ichida lirika o'zining subyektivlik xususiyati bilan ajralib turadi. Shoir o'z o'ylari, hissiyotlari bilan birikib ketadi. Bu hol ishqiy lirikada ham, peyzajda ham, ijtimoiy lirikada ham yaqqol aks etadi. Shoir sevgisining majnunlik darajasiga yetishi uchun faqat bir suluv qiz bo'lishi shart emasligini, ya'ni Vatanni, millatni ham junun bo'lib sevish mumkinligini Cho'lpon isbot qilib berdi".[4.87] Axir, hukumatga qarshi bir og'iz so'z aytish peshonaga qarata o'q uzilishini aniq qilib qo'ygan pallada hokimiyatdagi adolatsizliklarni she'rga solib baralla: "Qayg'uringiz kishanlarni yasovchi ustalar, Boshqalarni tubanlar deb atovchi xojalar Sizning uchun yoz boshining qoridek eruv kunlar keladir, Sizning uchun alvastining zoridek
yig'lar kunlar keladir... " [2.122] deyish - bu elga bo'lgan oshiqlikning jununlik darajasiga yetganini ko'rsatardi. Zotan, shoir mana bu haroratli misralarni bejiz yozmagandi:
"Endi har nafasda yana kuyaman, Faqat Majnun bo „lib elni sevaman. Unga hurmat bilan bo'yin egaman, Boshimni u uchun dorga qo'yaman" [2. 156]
Cho'lpon yaratgan ikki yuzdan ortiq she'riy asarlarni el-yurt baxti, kelajagi, mustaqilligi, ozodligi uchun kurashning solnomasi deyishimiz mumkin. "Tilak yo'li" she'rida:
"Ketgan yo'lim to'g „ri yo'ldir, ketamen, Qanday to'siq mone bo'lsa, o'tamen, Men ketamen, tilak, deya ketamen, Hech tilaksiz quruq jonni netamen?" [2.176]
Bu misralar Cho'lpon aqidasining mustahkamligi hamda Cho'lpon tanlagan yo'lning eng to'g'ri yo'l ekanligini oshkora kuylamoqda.
Cho'lpon she'riyati jahon lirik she'riyatining mumtoz vakillari darajasiga ko'tarilgan. "Go'zal", "Sezgi", "Sirlardan", "Men shoirmi?" singari she'rlari bilan 20-yillarning boshlaridayoq barmoq vazniga asoslangan yangi o'zbek she'riyatini yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi.
Cho'lpon she'riyatining aksariyatida ozodlik g'oyasi tarannum etilgan edi. Xalq ham moddiy, ham ma'naviy qashshoq bo'lib, uni tubdan ko'tarishning asosiy yo'li ma'rifat edi. Shu bois ham Cho'lpon she'riyatida yana bir dard - xalqni ma'naviyatga, maorifga chorlov tug'ildi. Cho'lpon she'riyati siyosiy she'riyat bo'lib jarangladi. "Cho'lpon "eski jarohatli qalb" sifatida asrlar bo'yi ezilgan, jafozada va
475
^23-2412024_ International Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrcMq^avlat^edagogika^niVii^^
mehnat bilan kun ko'rgan xalq dardini nazarda tutadi, natijada yor ko'zidagi hikoyaning "mazmuni" millat dardi ekani ma'lum bo'ladi. Millat holiga achinish bilan birga xalq qalbi jarohatli ekanini anglaydi. Shoir bu timsol orqali an'anaviy obraz "oshiq"ni tasvirlasa ham u faqatgina yor ishqida kuygan jafokor emas, balki millat va elning a'zosi sifatida u bilan darddosh bo'lgan insondir".
Cho'lpon bir qator she'rlarida Sharq xalqining achchiq qismatini real tasvirlab bergan. Shoir ertangi kunga ishonch bilan yashar edi. Shu bois uning aksar she'rlari ko'tarinki ruh bilan yakunlanadi. Misol uchun, "Ulug' yo'lda" nomli she'ridan keltirilgan parchani olaylik:
Mahkam qilib bog'lanilgan kamarlar,
- Tezrak!
- Qanot!
Qushlar yanglig' uchaylik.
Keng cho'llardan, dengizlardan kechaylik, Sharqning eski chigalini yechaylik!" [2.237] Cho'lpon she'riyatidagi nafosatga yo'g'rilgan badiiy g'oyaning kuchi shundaki, u o'z qalbida tug'ilgan kechinmalar kurtagini atrofdagi barcha jonli va jonsiz narsalarga, insoniy dard va orzularga payvand qiladi va bu ruhiy jarayondan o'zi ham kuch olib, yangi manzil, yangi mavzu, yangi tuyg'ular sari intiladi. Cho'lpon poeziyasi o'quvchini loqayd qoldirmaydi, balki lirik qahramonga aylantiradi. "Men erkinmanmi? Nega? Nima uchun?" - degan savollarga javob izlashga majbur qiladi. Shoir yashagan davrda yoshlarning savodi va istiqboli, o'zbek xotin-qizlarining taqdiri masalasi millat va jamiyat oldida turgan eng dolzarb muammo edi. "Xotin-qizlar taqdiri va nafosatiga bag'ishlangan she'rlarida Cho'lpon tabiat mo'jizasi sanalmish ayollar dunyosi va qalbini nozik did bilan ilg'ab oladi va shoh satrlarga joylaydi. "Sharq qizi", "Men va boshqalar", "Qiz qo'shig'i", "Navro'z kunida", "Qush hadigi", "Kaptar", "Paranji", "Kelinchak", "Zangbuning qizi" kabi she'rlar bunga yorqin misol bo'ladi"[3.37-39]
Cho'lpon she'riyatidagi nafosatga yo'g'rilgan badiiy g'oyaning kuchi shundaki, u o'z qalbida tug'ilgan kechinmalar kurtagini atrofdagi barcha jonli va jonsiz narsalarga, insoniy dard va orzularga payvand qiladi, singdiradi va bu ruhiy jarayondan o'zi ham kuch olib, yangi manzil, yangi mavzu, yangi tuyg'ular sari intiladi. Cho'lpon poeziyasi o'quvchini loqayd qoldirmaydi, balki o'zligini anglashga, "Men erkinmanmi? Nega? Nima uchun?" - degan savollarga javob izlashga majbur qiladi. Unutmaslik kerakki, Cho'lpon poeziyasi xalqchilligi va milliyligini belgilovchi mavzu, motiv va jihatlar xilma-xil.
476
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdaVatpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
m
Shoirning o'zbek adabiyoti she'riyatini yangi shakl va mazmun, ayricha ohang bilan boyitganligi tahlillarda o'z ifodasini topgan. Cho'lponning "Yurt yo'li", "O'zbegim", "Qiz qo'shig'i", "Ulug' yo'lda" kabi she'rlarida aks etgan davr voqeligi, xalqimizning milliy uyg'onishga da'vati, hurriyatga tashnaligi hamda xotin-qizlar erki masalalari tahlil etilgan.
Xulosa qilib aytganda, Cho'lpon lirikasi she'rxonni chuqur mulohaza yuritib, undan so'ng tahlilga kirishishni talab qiladi. Zotan, Cho'lpon asarlarini yengil-yelpi tahlil qilib bo'lmaydi. Uning yurt rivoji, ijtimoiy tenglik borasidagi qarashlari asrlar osha millat ravnaqiga xizmat qilaveradi. Cho'lpon asarlari qancha yillar o'tsa ham, qancha sinovlarga duch kelsa ham abadiy yashayveradi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. -T.: Tasvir, 2020.
2. Cho'lpon - Asarlar. Uch jildlik. -T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot Toshkent I, II jildlar. 1994-95.
3. Arzikulova S. Cho'lpon ijodida o'zbek ayoli obrazi // Tafakkur. -T.: 2020.
4. Arzikulova S. Cho'lpon lirikasida mazlum xalq tasviri // ARES. April, 2021.
5. Tojiboyeva M. "Sharq yulduzi" jurnali, 2016-8.
477
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference