Научная статья на тему 'ABDULHAMID CHO‘LPONNING “QOR QO‘YNIDA LOLA” HIKOYASI HAQIDA'

ABDULHAMID CHO‘LPONNING “QOR QO‘YNIDA LOLA” HIKOYASI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1372
275
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sermahsul / shoir / yozuvchi / dramaturg / tanqitchi / jamoat arbobi / adib / iste’dod / nafosat / nazokat / Eshon / Sharofat / Samandar aka / Turg‘unbosh / Ibrohim Haqqul

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ehtiromxon Qudratullayeva, Rafiqjon Ahmedov

Ushu maqolada Abdulhamid Cho‘lponning “Qor qo‘ynidagi lola” hikoyasi tahlili mujassam. Adib davridagi ayollar va qizlarning ayanchli taqdiri haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDULHAMID CHO‘LPONNING “QOR QO‘YNIDA LOLA” HIKOYASI HAQIDA»

ABDULHAMID CHO'LPONNING "QOR QO'YNIDA LOLA" HIKOYASI

HAQIDA

Ehtiromxon Qudratullayeva Ilmiy rahbar: Rafiqjon Ahmedov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushu maqolada Abdulhamid Cho'lponning "Qor qo'ynidagi lola" hikoyasi tahlili mujassam. Adib davridagi ayollar va qizlarning ayanchli taqdiri haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: sermahsul, shoir, yozuvchi, dramaturg, tanqitchi, jamoat arbobi, adib, iste'dod, nafosat, nazokat, Eshon, Sharofat, Samandar aka, Turg'unbosh, Ibrohim Haqqul

THE STORY OF ABDULHAMID CHOLPON "TULIP IN THE BOSOM OF

THE SNOW"

Ehtiromkhan Qudratullayeva Scientific supervisor: Rafiqjon Ahmedov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article contains an analysis of Abdulhamid Cholpan's story "Tulip in the bosom of the snow". It talks about the sad fate of women and girls in the era of Adib.

Keywords: prolific, poet, writer, dramatist, critic, public figure, writer, talent, sophistication, elegance, Eshan, Sharofat, Samandar brother, Turgunbosh, Ibrahim Haqqul

Yangi o'zbek adabiyotining asoschilaridan biri, ulug' shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon, tanqidchi, jamoat arbobu va adib Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon 1897-yilda Andijonda tavallud topgan. U betakror ijodkor sifatida bir xillikdan qochgan va rang-barang ijod qilgan. Abdulhamid Cho'lpon shu qisqagina umri davomida sermahsul hayot kechirgan, ijodiy yutuqlarga, yuksak iste'dodi tufayli yuzlab she'rlar, qator nasriy asarlar, dramalar, maqola va tarjimalari tufayli o'zbek adabiyotimiz xazinasi boyigan. Umuman olib aytganda Cho'lpon "sozi" o'tgan asr 20-yillardanoq Sharq-u G'arbda baralla yangrab, tong yulduzi yanglig' porlab, turkiyzabon xalqlar orasida o'z mavqeyini topgan edi. Uning shuhrati shu qadar boyigan ediki, hayotlik chog'ida hali o'ttizga ham to'lmagan navqiron payitlarida Toshkentning Bodak mahallasidagi maktab va Do'rmon qishlog'i uning nomi bilan

atalgan, shuningdek Turkiya, Olmoniya va Fransiyada nashr etiladigan jurnallarda shoir asarlari qayta-qayta e'lon qilinib turar edi. Adibning boy ijodining qo'lyozma manbalari ayrim sabablarga ko'ra bizgacha yetib kelmadi. 1989-yilga kelib adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul Cho'lponning turli davrlarda yozilgan eng sara sherlaridan kichik to'plab tuzgan va "Bahorni sig'indim" nomi bilan chop ettirgan. Hozirga qadar o'tgan o'ttiz yildan ziyod vaqt mobaynida Cho'lpon sherlarining nashir qilinishi borasida juda ko'p ishlar olib borilgan1.

Cho'lpon iste'dodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham o'ziga xosligini belgilab kelgan. Cho'lpon qaysi mavzuga murojaat etmasin, badiiy voqelikni poetik til va obrazlar orqali mujassamlantirishga erishgan. Shu ma'noda uning 20-yillarda yozgan "Oydin kechalarda", "Qor qo'ynida lola", "Novvoy qiz" singari hikoyalari o'zbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalari bo'lgan. Cho'lpon bu hikoyalarida o'zbek xotinqizlarining ayanchli taqdirini turli badiiy obrizlarda tadqiq etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi shu jamiyatning xotin-qizlarga bo'lgan munosabati bilan belgilanadi, degan g'oyani o'z asarlarida ilgari surgan. Umuman, o'zbek xotin-qizlarining mustamlakachilik sharoitidagi taqdiri tasviri Cho'lpon she'riy ijodining ham, kichik epik asarlarining ham, "Kecha va kunduz" romanining ham asosiy g'oyaviy yo'nalishini belgilab bergan.

Biz sizlar bilan hozir "Qor qo'ynida lola" kichik hikoyasini birgalikda ko'rib chiqamiz va tahlil qilamiz. Yuqorida aytganimizdek bu asarda ayollarning ayanchli taqdiri tasvirlangan. Hatto asarning nomida ham juda chuqur mano yashiringan. Darhaqiqat qor qo'ynida lola yasholmaydi u bir kun nobud bo'ladi albatda. Hikoya to'rt qisimdan iborat hozir sizlarga hikoyani qisqacha so'zlab beraman.

I qismda yosh va beg'ubor qizlar koptok o'ynayotgan bo'ladi. Koptok birdan suvga tushib ketadi va qizlar hammasi tushkunlikka tushib qolgan bir payitda Toji qassobning kichik qizi Turg'unbush og'ilning tomiga chiqadi-da, bitta uzun shohni olib kelib koptokni o'z tomoniga sura boshlaydi. Qizlar esa koptokni hovuz chetiga kelishini kutib turishadi. To'p sekingina keldi qizlar qiy-chuv bilan to'pni tutib olishadi. Lekin to'pni o'ynab bo'lmaydi, chunki u ho'l edi. Qizlar o'yin haqida muhokama qilib turishgan bir payitda bog'ning kichkina eshikchasidan hovluqqancha Turg'unbushning singlisi yugurib keladi. Fazilat opasiga "Chekaga chiqing opa sizga zaril gapim bor" dey di. Shunda Tilla degan qiz bu sirli gap degani so'vchilarda deydi shunda Turg'unbo'sh qaytib kelib ha so'vchilar lekin menga emas Sharofatxonga sovchi kelibdi deydi, Sharofatga qarab, qizlar bir-birlariga qarab qoladilar. Sharofatxon uyalib, qizarib turgan joyida qotib qoladi. Birinchi qisim shu yerda tugadi. Hikoyaning birinchi qismida adib qizlarning qanchalik yoshbola, beg'ubor va hur ekanligini tasvirlagan. Bir o'ylab ko'ring-a, hozirgi davirda qaysi ota koptok o'ynab yurgan qizini

1 A.Cho'lpon "Yuert qayg'usi haqida bebaho asarlar" Toshkent 2022-yil. B-3

I kóI^^^^HI 6 wpjournal.dsmi-qf.uz

turmushga beradi? Cho'lpon Sharofatxon obrizida o'z taqdirini o'zi tanlay olmagan adolatsizlik va haq-huquqsizlik qurboni sifatida yosh qizlarni umumlashtirgan desak mubolag'a bo'lmaydi.

II qisimda Sharofatxonning otasi o'z davrining eng boy savdogarlaridan bo'ladi. U og'irchilik yillarda kasotga uchraydi va bor yo'g'ini sotib qarzlariga beradi. O'zi esa so'fi bo'lob, eshonlarnikida o'ralashib yuradi. Kunlarning birida eshonlarnikiga boy, zodagonlar eshonga atab sarpo-suruq, biri non ko'targan, biri qo'y yetaklagan, hullas hammalari nazir bilan kelishib eshonning duolarini olib ketishardi. Samandar aka esa men nazirga nima beraman ekan degan hayolda uyiga bordi. Ayoli uylarida mehmonlar borligini aytib tashqari uyga kirgizib, ovqat beradi. Bir pasdan keyin xotini ham oldiga chiqadi. Yahshi ham kelib qoldingiz qizingizga eshonlarnikidan sovchilar kelibdi dedi. Bu gapni eshitgan Samandar aka Eshyon nega o'zimga aytmadi ekan dedi. Xotini esa Endi kotta odamda, qizim hali yosh atiga 17 ga to'ldi diyaveraymi dedi. Shunda Samandar aka bitta qizim bor, hazrat eshonimizga bermasak kimga beramiz deb javob berdi. Buni eshitgan Qumribush ranglari oqarib, devolga suyanib qoldi. Ikkinchi qisim shuyerda tugadi. Adib hikoyaning ikkinchi qismida Sharofatxonning otasi Samandar aka va onasi Qumribo'shlarning ichki kechinmalarini va Sharofatxon taqdiri uchun mudhish voqealarni ko'rsatib beradi. Albatta 17 yoshli qizini bobosi tengi odamga berish otaga ham qiyin bo'lsa kerak.

Hikoyaning III qismi juda tasirlantirib yubordi meni. Sharofatxon Samandar akaning yakka-yu yolg'iz qizi edi. Bu qiz oilada juda erka, aytgani aytgan, degani degan edi. Uning go'zalligini, odobliligini, orastaligini va chaqqonligini ko'rgan qo'shnilari "Bu qiz qaysi xudo yarlaqag'onniki bo'lur ekan? Kimning uyini obod qilar ekan?2" der edilar. Sharofatxonni Eshonga berilganligini eshitgan mahalla ko'y bir necha kun shu haqida gapirib yurdilar. Mana o'sha kun ham keldi. O'n-o'n beshta aravaga to'lgan ayollar "Yor-yor" aytib kelinni olib ketishardi.

Taxta-taxta ko'puruk taxting bo'lsin, yor-yor,

Payg'ambarning qizidek baxting bo'lsin, yor-yor!

Uzun-uzun arg'amchi halunchakka yor-yor,

Chakan ko'nglak yarashar kelinchakka yor-yor3.

Arava Eshonning uyiga ham yetib keldi, to'polon bilan kuyovni chaqirdilar. Bir payit oppoq soqolli kishi sekingina sudralib aravaga yaqinlashdi. Yana xalq o'rtasida:

- Ko'taring-a, kuyov pochcha, ko'taring-a!

- O'zingizni tetik tuting, taqsir!

- Ha, taqsir, ko'taring!

Eshon titiragan qo'llari bilan qizni ko'tarib aravadan oldi va ikki qadam yurib qizni yerga qo'ydi. Odamlar Eshonni maqtay kettilar. Bu shovqin to'polon yarim

2 A.Cho'lpon "Yuert qayg'usi haqida bebaho asarlar" Toshkent 2022-yil. B-156

3 A.Cho'lpon "Yuert qayg'usi haqida bebaho asarlar" Toshkent 2022-yil. B-159

kechaga borgach tindi va jimjit bir go'ristonga aylandi4. Hikoyaning kulminatsiyon nuqtasi manashu uchinchi qisimda edi. Bu yerdagi voqealarni Sharofatxondaqa qizlar o'z aqliga sig'dirolmaydi. Shu yerda asar bosh qaxramoni Sharofatxonning ayanchli taqdiri tasvirlanadi.

Vanihoyat hikoyaning tugallangan IV qismiga ham yetib keldik. Bu yerda asarning nomi yetarlicha yoritilib berilgan edi. To'y tugagach eshonning eshigidan ikki yosh yigit chiqdi va ular o'zaro suhbatlashib ketdilar. Ulardan biri "Men qizga achinaman, boyaqish kelib-kelib kimniki bo'ldi-ya" dedi. Boshqa biri esa "Soqolini oppoq tutadek hilib, nevarasidek bir qizni aravadan olishini qara, kishi chidamas ekan. Shuni bir narsaga o'xshatg'um keldi-yu, o'xshata olmadim-da" deb ketardi ular hammasi birgalikda qizning otasiga lanatlar aytishdi. Ularning suhbatidan shuni bilish kerakki ular qizga juda achinganlar. Shu payit Mamat qorovul yig'lamsirab "Nimasini aytasiz, yigitlar, dunyo o'zi shunday teskari dunyo ekan... Lolaning ustiga qor yog'di5" dedi va hammalari qorong'ilik tomon kirib yo'qoldilar.

Xulosa qilib aytadigon bo'lsam o'sha davirda qorda qolgan lolalar kame mas edi. Cho'lpon bu hikoyani yozishdan maqsadi, xalq orasida bo'layotgan ishlarni, adolatsizliklarni jamiyatga yetkazish edi. Hikoya hozirda o'zining muhlislarini, kitobxonlarini topib bo'lgan albatta. Cho'lpon yashagan davir ayol va qizlari holatini, ichki kechinmalari, xaq-huquqlarini hikoya timsolida ko'rdik. Bu albatta yozuvchining qaydarajada mahoratli ekanligini isbotidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Cho'lpon.-Toshkent: G'.G'.nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1993-

yil.

2. "O'zbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy onlayn anjumani materiallari; mas'ul muharrirlar Qyp0H0B.,

3. MaMa^OHOB. -Andijon, 2021 Matqurbonova Cho'lponning "Gavharoy" hikoyasida ayol taqdiri tasviri Toshkent 2021-yil.

4. A.Cho'lpon "Yuert qayg'usi haqida bebaho asarlar" Toshkent 2022-yil.

4 A.Cho'lpon "Yuert qayg'usi haqida bebaho asarlar" Toshkent 2022-yil. B- 160

5A.Cho'lpon "Yuert qayg'usi haqida bebaho asarlar" Toshkent 2022-yil. B-161

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.