Научная статья на тему 'O’ZBEK SHE’RIYATIDA BARMOQ SHE’R TIZIMINING TARAQQIYOTI'

O’ZBEK SHE’RIYATIDA BARMOQ SHE’R TIZIMINING TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7234
253
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Barmoq vazni / vazn / qofya / ritm / ohang / pauza / turoq / xalq og’zaki ijodi / Finger weight / weight / rhyme / rhythm / melody / pause / standing / folklore

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abduraxmonov Asad

Barmoq aruzgacha ham badiiy adabiyotimizda faoliyatda bo’lgan. Faqat u xalq og’zaki ijodidadagina ishlatilib kelingan. Shu sabab bilan barmoq bizning asl she’riy vaznimizdir deyish mumkin. A.Fitrat barmoq vaznini milliy vazn dеb atarkan, shunday yozadi: "Milliy vaznimizda asos so`z bo`g`inlarining sanog`idir. Bir baytning birinchi misrasi nеcha bo`g`in bo’lsa, ikkinchi misrasi ham shuncha bo`g`in bo`ladir. Bo`g`inlarning cho`ziq, cho’ziq emasligiga ahamiyat bеrilmaydir". Bunday deylishiga sabab barmoq turkiy tillarning so’z va gap qurilish jihatlariga to’laqonli mos tushadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEVELOPMENT OF THE FINGER POETRY SYSTEM IN UZBEK POETRY

The finger has been active in our literature since ancient times. It has only been used in folklore. That is why the finger is our true poetic weight. Calling the weight of a finger the national weight, A. Fitrat writes: "In our national weight, the basis is the number of syllables. It doesn't matter if the joints are elongated or not. " The reason for this is that the finger is fully compatible with the word and sentence structure of the Turkic languages.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK SHE’RIYATIDA BARMOQ SHE’R TIZIMINING TARAQQIYOTI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O'ZBEK SHE'RIYATIDA BARMOQ SHE'R TIZIMINING TARAQQIYOTI

Abduraxmonov Asad

Termiz davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6653839

Annotatsiya. Barmoq aruzgacha ham badiiy adabiyotimizda faoliyatda bo 'lgan. Faqat u xalq og'zaki ijodidadagina ishlatilib kelingan. Shu sabab bilan barmoq bizning asl she'riy vaznimizdir deyish mumkin. A.Fitrat barmoq vaznini milliy vazn deb atarkan, shunday yozadi: "Milliy vaznimizda asos sosz boginlarining sanogidir. Bir baytning birinchi misrasi necha bo g in bo'lsa, ikkinchi misrasi ham shuncha bo g in boladir. Boginlarning choziq, cho'ziq emasligiga ahamiyat berilmaydir". Bunday deylishiga sabab barmoq turkiy tillarning so'z va gap qurilish jihatlariga to'laqonli mos tushadi..

Kalit so'zlar: Barmoq vazni,vazn,qofya,ritm,ohang,pauza,turoq,xalq og'zaki ijodi.

THE DEVELOPMENT OF THE FINGER POETRY SYSTEM IN UZBEK

POETRY

Abstract. The finger has been active in our literature since ancient times. It has only been used in folklore. That is why the finger is our true poetic weight. Calling the weight of a finger the national weight, A. Fitrat writes: "In our national weight, the basis is the number of syllables. It doesn't matter if the joints are elongated or not. " The reason for this is that the finger is fully compatible with the word and sentence structure of the Turkic languages.

Keywords: Finger weight, weight, rhyme, rhythm, melody, pause, standing, folklore РАЗВИТИЕ ПАЛЬЧИКОВОЙ СИСТЕМЫ В УЗБЕКСКОЙ ПОЭЗИИ

Аннотация. С тех пор палец активно присутствует в нашей художественной литературе. Он использовался только в фольклоре. Вот почему палец — наша истинная поэтическая гиря. Называя вес пальца народным весом, А. Фитрат пишет: «В нашем национальном весе основой является число слогов. Неважно, удлинены суставы или нет». Причина этого в том, что палец полностью совместим со структурой слов и предложений тюркских языков.

Ключевые слова: Вес пальцев, вес, рифма, ритм, тон, пауза, стояние, фольклор.

KIRISH

Ancha yillardan beri ijodkorlar barmoq vaznida ijod qilib kelishdi.Bugungi kunga kelib esa shoirlarning katta qismi barmoqda ijod qilmoqda.Barmoq haqida qilingan tadqiqotlarning eng oxirgilariga ham salkam qirq yil bo'ldi.Shundan buyon she'riyatimiz bir joyda turmadi,chunonchi,zamon tezlashdi,avval bir yilda bo'ladigan yangiliklar hozir bir oyda,bir haftada bo'lib ketmoqda.Shunday ekan bugun barmoqni yangilanish tamoyillarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Qolaversa barmoq vaznining rivojlaish tadriji hali ishlab chiqilganicha yo'q.Barmoq vazni bo'yicha qilingan ishlar uning ayrim xususiyatini yoritadi,xolos. XX asr boshlaridan shu kunga qadar izohlangan batafsil ishlar yo'q.Shunday ekan barmoq vazni haqida,unig xususiyatlari,umumiy jihatlari to'g'risida olib boriladigan ishlar,qilinadigan vazifalar talaygina.Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, barmoq vazni haqida qilinadigaan ishlar ijodkorlarning oldida turgan muhim masala bo'lib qolmoqda. Kitob paydo bo'lgan vaqtda undagi ma'lumotlar dastlab lirik shaklda yozilgan bo'lib, kitob inson ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qilgan. Shu o'rinda yurtboshimizning quyidagi so'zlarini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

keltirish joiz deb bildim." Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo'q " Lirik asarlar bor ekan har bir narsada bo'lganidek, she'riyatda ham o'lchovlar mavjud. Jumladan poeziyadagi o'lchovni vazn deya atashadi. O'zbek she'riyatida amalda qo'llangan ikkita vazn bo'lib, ular - aruz hamda barmoqdir. Aruz arablar bosqinidan to XX asrning 20 - yillarigacha turkiy she'riyatda yetakchilik qilgan. Hozirda esa bu o'rinda barmoq vazni turibdi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning kitobga va ma'naviyat -madaniy qadriyatlarga oid qarashlari hamda adabiyotni rivojlantirishga bo'lgan fikrlari ilmiy izlanishimizning uslubiy asosi bo'lib xizmat qildi. Shuningdek D.Quronov, N.Karimov, N.Ofoqova, H.Umurov, U.To'ychiyev, I. Sulton kabi adabiyotshunoslarning ilmiy - nazariy qarashlariga tayanib ish tutdik.

TADQIQOT NATIJALARI

Magistrlik dissertatsiya ishimizning asosi bo'lmish barmoq vazni va u bilan bog'liq bo'lgan ilmiy qarashlarni atroflicha o'rganib chiqdik. Avvalo, bu vazn badiiy adabiyotimizga yangi kirib kelgan vazn emas, balki qadimdan og'zaki adabiyotda asrlar davomida yashab kelayotgan o'zbek she'riyatining milliy vazni hisoblanadi. Bu vaznning yangiligi faqat yozma adabiyotdagina ko'rinadi. Barmoq yozma adabiyotimizga roppa - rosa bir asr ilgari kirib kelgandi. Ungacha esa aruz vazni yetakchilik qilar edi. Ushbu vaznning yozma adabiyotda joriylashuvi jadid adabiyotchilari nomi bilan bog'liq. Xususan, Cho'lpon, Fitrat, A, Avloniyning qarashlari va yaratgan asarlaridan buni bilish mumkin. Barmoq folklor namunalarida faqat lirik shaklda bitilgan turlaridagina uchraydi. Lirik folklor namunalariga xalq dostonlari, termalar, xalq qo'shiqlari va h.k. O'zbek she'riyatidagi hammaga birdek manzur bo'lgan, barchaning ko'nglidan joy olgan va eng ko'p yozilgan she'rlar aynan mana shu vaznga to'g'ri keladi. Barmoqning ikki sodda va qo'shma turlarida bitilgan she'rlar o'qilishi bilan ham, ijrosi, tinglovchiga yetib borishi hamda unga ta'sir qilish darajalari ham turlicha. Ikki turda ham bir xususiyat bor, ya'ni bo'g'inlarning soni she'rning ohangdorligi va musiqiyligiga ta'sir etadi. Qo'shma vaznda yaratilgan she'rlarda ko'proq jo'shqinlik bilinib turadi. Chunonchi, xalq qo'shiqlari va xalq dostonlarida ko'proq qo'shma vazndan foydalanilgan. Hozirda o'zbek she'riyatida barmoq bilan birga qo'llanilayotgan erkin va sarbast she'r turlari barmoq vaznidan o'sib chiqqan, asosi barmoqqa borib taqaladi. Ushbu vazn asrlar davomida o'lmay yashab kelganligi va zamonaviy o'zbek she'riyatida tezda joriylashuvi hamda unda yaratilgan ijod namunalarining keng ommaga tez yoyilishiga vaznning xalqchilligidadir.

MUHOKAMA

Har qanday adabiyot xalq og'zaki ijodidan boshlangani kabi o'zbek adabiyoti ham bundan chetda qolmaydi.O'rta Osiyo hududida yashab kelgan turkiy xalqlar,shuning bilan birgalikda o'zbek xalqining ham og'zaki poetik ijodi uzoq tarixga borib taqaladi.Arab aruzi uzoq arab xalq she'riyati namunalari asosida shakllangani singari,o'zbek she'riyati ham xalqimizning eng qadimgi xalq og'zaki ijodi asosida yuzaga chiqqan.Bunga misol sifatida yirik tilshunos olim Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atut turk" asaridagi " Qoshug' " deb atalgan she'riy parchalar,maqollar,topishmoqlarni ham misol sifatida keltirib o'tsak maqsadga muvofiq bo'ladi.Bundan tashqari Mahmud Qoshg'ariy xalq dostonlarining she'r tuzilishidagi xususiyatlarini ham keltirib o'tgan.Yozma va og'zaki yo'lda yetib kelgan manbalar ham shuni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ko'rsatib turibdiki,barmoq vazni uzoq yillik tarixga ega. Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atut turk" asaridan ham shuni bilib olishimiz mumkinki,qadimgi O'rta Osiyoda yashab kelgan turkiy xalqlarning og'zaki ijodi boy tarixga ega ekanligini.Devonda keltirilishicha,O'rta Osiyoda yashagan,jumladan, Jig'il, Sirdaryo bo'yida yashagan Qarluq va Toshkent atrofida yashagan boshqa turkiy xalqlar tomonidan qoldirilgan turli xil she'riy parchalarni misol sifatida keltirib o'tishimiz mumkin.U davrda yaratilgan she'rlarning leksik xususiyati hozirgi o'zbek tili bilan bevosita aloqador ekanligiga guvoh bo'lishimiz mumkin.Xulosa qilib aytadigan bo'lsak,ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan ushbu she'riy parchalar barmoq vaznining naqadar darajada uzoq o'tmishga ega ekanliga ishonch hosil qilishimiz mumkin.Devonda keltirilgan parchalarda barmoq vaznining besh,olti,yeti,sakkiz,o'n,o'n bir,o'n uch kabi turkumlarini uchratamiz.Devonda o'n bir va o'n uch kabi turkumlarni kam uchratamiz.Bundan shuni xulosa qilsak bo'ladiki,avval,kichik turkumlar va vaznlar,barmoq vaznining taraqqiyoti davomida esa yirik hajmli turkumlar va ular tarkibiga kirgan vaznlar yuzaga kelgan. Fitratning " Mirrix yulduziga " she'ri esa 1922-yilda nashr etilgan ' O'zbek yosh shoirlari " to'plamidan joy olgan bo'lsada, Naim Karimovning izlanishlari natijalariga ko'ra ushbu she'rni 1920-yilda yozilgan deyishadi. Demak, har ikkala she'r ham bir yilda yaratilgan. Naim Karimov fikricha, " Go'zal yulduzga " she'ri Fitratning " Mirrix yulduziga " she'rining ta'sirida yozilgan bo'lishi kerak. Cho'lponning: " O'shanda biz, yosh o'zbek yozuvchilarning hammasi Fitrat ta'sirida edik " degan e'tirofi bu mulohazani qisman dalillaydi.

ХУЛОСА

Barmoq vazni Fitrat va Cho'lpon she'riyati misolida yana ham rang-barang toblanishlarda namoyon bo'ladi. Avvalo aytish kerakki, Cho'lpon barmoqning 11 hijoli vaznidan keng foydalangan. Tadqiqitlar shuni ko'rsatadiki, 11 hijolik barmoq vazni o'zbek she'riyatida eng ko'p tarqalgan vazn. Demak, 11 hijoli barmoq vazni ustuvorlasha boshlagan 20-yillardan o'zbek she'riyatining keyingi taraqqiyoti mobaynida ham ko'p qo'llaniladigan vazn bo'lib kelmoqda. Bizningcha, bu faqat mazkur vaznning o'ynoqiligi, qulayligi, ravonligi bilan emas, balki turkiy folklordagi ildizlari bilan bog'liq. Cho'lpon ijodida erkin va sarbastda yozilgan she'rlar alohida tizimni tashkil etadi. Uning "Kuz guliga", "Sendan yiroqda", "Paranji", "Kuz yomg'iri", "Vahm", "Bezgak qo'ynida", "Ulug' yo'lda", "Bu kunning shoiri" kabi she'rlarida ham barmoq va sarbast aralash holda qo'llanilgan. Shoir aruz va barmoqda ifodalay olmagan tuyg'ularini erkin va sarbastda ifoda etib, o'ziga xos mahorat ko'rsatdi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, shu davrga kelib jadid se'riyatida ,ayniqsa, barmoq vazni birmuncha oldinga siljidi.Bu davrda jadid shoirlari ijodidabarmoq vazni alohida mavqe egalladi. Bunga misol sifatida yuqorida sanab o'tilgan Abdurauf Fitrat,Hamza Hakimzoda Niyoziy,Abdulhamid Cho'lpon,Botu,Abdulla Avloniy kabi tolmas ijodkorlarning ijod mahsullarini yaqqol dalil sifatida keltirsak yanglishmagan bo'lamiz.Shunday qilib, jadid she'riyati barmoq vazni tarixida alohida davr sifatida esda qoldi.Va bu orqali biz kelajak avlodga salmoqli she'riy meros qolishida alohida ahamiyat kasb etdi.

Aynan shu davrga kelib barmoq vaznida yozilgan she'rlar salmog'i anchaginani tashkil etdi.Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlarga tayanib shuni aytishimiz mumkinki,bu davrda jadid ijodkorlarining mashaqqatli mehnati samarasi natijasida ko'pgina ijod namunalari o'zbek kitobxonlari qo'liga borib tushdi.Bu asarlarning ko'pchiligining bosh g'oyasi, albatta,xalqning ma'naviyatini yuksaltirish,odamlarning dunyoqarashini o'stirish,ona vatanga nisbatan

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

muhabbat,xalq farovonligi kabi g'oyalar ilgari surilgan.Jadid istilohining ma'nosi adabiyotshunoslikdan ma'lumki,"Yangi"degan ma'noni bildiradi.Demak jadidchilarimiz xalqning ma'naviyatini yuksaltirishning asosiy manbasi sifatida adabiyotni ko'rishgan.Ularning fikricha odamlar diniy ta'lim bialn bir vaqtda, dunyoviy ta'limni ham yuqori planga chiqardi.Shuning uchun jadidlar o'zbekistonlik yuzlab yoshlarni chet elga,shu jumladan,Germaniya,Turkiya kabi mamlakatlarga o'zlarining hisobidan o'qishga yubordi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh " Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz " Toshkent. O'zbekiston NMIU - 2017.

2. N. Afoqova " Jadid she'riyati poetikasi " Toshkent. " Fan " - 2005.

3. D. Quronov " Adabiyotshunoslikka kirish " Toshkent. 2003.

4. H. Umurov " Adabiyot nazariyasi " Toshkent. " Sharq " - 2002.

5. A. Cho'lpon " Buloqlar quchog'ida " Cho'lpon nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2007

6. A. Cho'lpon " Saylanma. 1-jild." Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti -1922

7. A.Cho'lpon " Buloqlar " O'zbekiston davlat nashriyoti. Toshkent - 1924

8. E.Vohidov " Saylanma. 2-jild. She'r dunyosi. " Sharq. Toshkent - 2001

9. O. Madayev, T. Sobitova " Xalq og'zaki poetik ijodi " Toshkent. " Sharq " - 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.