Научная статья на тему 'MAQOMLARDA ALISHER NAVOIY G‘AZALLARINING QO‘LLANILISHI'

MAQOMLARDA ALISHER NAVOIY G‘AZALLARINING QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1402
114
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / Navoiy / g‘azal / musiqiy usul / aruz tizimi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Djurayeva Laylo Shuxratovna

O‘zbek mumtoz musiqasining zabardast janri hisoblangan maqom san’atini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. O‘zbek maqomlari ashula yo‘llarining katta qismi Hazrati Mir Alisher Navoiy g‘azallari bilan ijro etiladi. Mazkur maqolada shoir she’riyati bilan bog‘liq bo‘lgan maqomlar va ularning ohangdorlik xususiyatlariga oid qarashlar o‘rin olgan. Aynan mutafakkir g‘azaliyotidagi nazm va navoning mushtarakligi musiqiy usul (ritm) va she’riy aruz tizimi bog‘liqligi kesimida ifoda etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQOMLARDA ALISHER NAVOIY G‘AZALLARINING QO‘LLANILISHI»

MAQOMLARDA ALISHER NAVOIY G'AZALLARINING QO'LLANILISHI

Djurayeva Laylo Shuxratovna O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: O'zbek mumtoz musiqasining zabardast janri hisoblangan maqom san'atini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. O'zbek maqomlari ashula yo'llarining katta qismi Hazrati Mir Alisher Navoiy g'azallari bilan ijro etiladi. Mazkur maqolada shoir she'riyati bilan bog'liq bo'lgan maqomlar va ularning ohangdorlik xususiyatlariga oid qarashlar o'rin olgan. Aynan mutafakkir g'azaliyotidagi nazm va navoning mushtarakligi musiqiy usul (ritm) va she'riy aruz tizimi bog'liqligi kesimida ifoda etilgan.

Kalit so'zlar: maqom, Navoiy, g'azal, musiqiy usul, aruz tizimi.

USE OF ALISHER NAVOI'S GAZELLES

Djurayeva Laylo Shuxratovna Uzbekistan State Conservatory

Abstract: A great attention is paid to the development of maqom art, which is considered a powerful genre of Uzbek classical music. Most of the Uzbek maqom songs are performed by the participation of Hazrati Mir Alisher Navoi's gazelles. The article provides an overview of maqoms associated with Navoi's poetry and their harmony peculiarities. The combination of poetry and melody on the whole is expressed in terms of the connection between the musical usul (rhythm) and the poetic Aruz system.

Keywords: maqom, Navoi, gazzelle, musical rhythm, Aruz system

O'zbek mumtoz musiqasining eng mukammal janri bo'lgan maqomlarning ashula yo'llari ko'p asrlar mobaynida o'tmish klassik shoirlarning g'azallari bilan aytilib, amaliyotchilar ta'birida - o'qilib1 kelingan. Umuman ashula yo'llarining o'ziga xos murakkabligi ham shundaki, ularda so'z bor, matn bor va ular oddiy so'zlar emas. Maqomlar tarixan shakllangandan buyon turli she'rlar bilan ijro etib kelingan va hozirgi kunda ham bir ashulaning bir necha g'azallar bilan kuylanadigan variantlari mavjud. Maqom tizimida hofizlar dasturida aytilib yuriladigan, amaldagi she'rlarning miqdori kuylarnikiga qaraganda ko'proq bo'lishi kuzatilgan. Tajribali va albatta bilimli, musiqiy tafakkuri yuqori bo'lishi bilan birga she'riyatning aruz tizimini puxta o'zlashtirgan hofizning yonida bir necha she'rlar bitilgan bayozlar

1 Bu haqda, marhum O.Alimaxsumov ko'p ta'kidlar edilar.

I icclT^^^^H 549 http://oac.dsmi-qf.uz

bo'ladi. O'tmishdan ma'lumki, tinglovchilarning kayfiyati va hofizning ilhomiga qarab, maqom yo'llari turli she'rlar bilan aytilavergan. Shuning uchun ham bir maqomning bir necha she'riy matn variatlari bo'lgan. Avvalgi fors-tojik tilida ijro etilgan maqomlarning ko'pchiligi bugungi kunda butun Shashmaqom turkumini notaga tushirgan akademik Yunus Rajabiy tomonidan tanlangan Alisher Navoiy g'azallari bilan ijro etiladi. Darhaqiqat, nazm o'zining navosi bilan, ohangi bilan yaratilmasa, uni kuyga solish mushkul. Navoiyning baytlari esa o'zining ohangi, o'ziga xos kuylar doirasi bilan ijod etilgan. Sababi shoirning musiqa ilmi, uning tarixiy va nazariy asoslari, xususan, bastakorlikka oid jihatlaridan boxabar bo'lganligi shubhasizdir. "O'zbek xalqining sevimli ashulalarini, maqom aytim yo'llarini hazrati Navoiyning shifobaxsh dard bilan sug'orilgan g'azallarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Chunki Navoiy nazmi o'zining chuqur ma'nosi va ohangdorligi bilan tinglovchi qalbida go'zal ichki his-tuyg'ularni uyg'otadi, ruhiy olamiga cheksiz ma'naviy quvvat bag'ishlaydi" [Saipova, 2011: 32].

Navoiy so'z yordamida butun bir kuylar tizimini yaratgan. Shoir o'z asarlarida badiiy so'zga, qamroviga ta'rif berar ekan, uning - "sado", "navo", "qo'shiq" kabi borliqlarga ma'nodosh ekanligini ta'kidlaydi. Anglash mumkinki, biror-bir so'zning ohangi - musiqiy sado bilan uyg'unligini mutafakkir shubhasiz bilgan va bundan o'rinli foydalangan. Shu o'rinda hozirgi o'zbek maqom san'atimiz amaliyotida mutaffakkir qalamiga mansub g'azallar bilan ijro etib kelinayotgan aytim yo'llarini quyidagi diagramma misolida yaqqol ko'rish mumkin:

Maqomlar she'riyatida mualliflar qo'llanilishi ko'rsatkichlari

(marta)

29

Alisher Navoiy aruz nazariyotchisi sifatida o'zbek she'riyatida qo'llanilishi mumkin bo'lgan yoqimli, musiqiy bahr hamda vaznlar doirasini belgilab bergan va ularning ritm-ohang imkoniyatlarini ko'plab misollar bilan isbotlab ko'rsatgan. Aruz bahrlarining o'zbek xalq og'zaki she'riyatidagi o'lchovlar bilan munosabatini

I Î^T^^^HI 550 http://oac.dsmi-qf.uz

o'rganib, xalq qo'shiqlari vaznlarining yozma ijodda foydalanilishi mumkin bo'lganlarini belgilab chiqqan. Shu bilan birga shoir mumtoz she'riyatimizda keng qo'llanilgan bahrlarga, ularning eng xalqchil, serjilo, ohangdor, musiqiy vaznlariga alohida e'tibor bilan qarab, aksariyat lirik she'rlarini ular asosida yaratgan.

O'zi umuman, o'tmishda shoirlik bilan shug'ullanmagan insonlar juda kam bo'lgan. Haqiqiy ziyoli kishilar bir vaqtda bir necha ilmlar sohibi bo'lishgan va shu bilan birga she'r ham yozishgan, she'r yozganlar albatta ilmi advor - musiqa nazariyasi to'g'risida ham ma'lumotga ega bo'lgan. She'r mashq qilish faqat ixtisosli shoirlarning ishi emas, balki davlat arboblari, ulamolar, ziyolilar, hunarmandlar, savdogarlar va boshqa ijtimoiy tabaqalarning ham zavqli mashg'ulotlaridan hisoblangan. She'riyat qonunlari, uning siru asroridan xabardor bo'lish, turli shoirlarning asarlarini mutolaa qila bilish ziyolilik, ma'naviy barkamollik belgisi hisoblangan. Navoiy tarbiyalagan shoirlarning ko'pi musiqachi, musiqachilar esa shoir ham bo'lganlar. Navoiy musiqa ilmidan xabari bo'lmagan shoirlarni iste'dodsiz deb hisoblagani xususida "Majolis un-nafois" asarida yozgan. Musiqa va she'riyatning umumiy birikuviga, ularning o'zaro mutanosib san'at turlari ekanligini ta'kidlab aytish mumkinki, umuman, musiqa va she'riyat egiz tushunchalardir. Ritm she'riyatga musiqadan kirib borgan. She'rlar ilgari kuylash uchun yoki musiqa jo'rligida aytish uchun yaratilgan (deklamatsiya antik davrlarda ham musiqa jo'rligida aytilgan) [Sarimsoqov, 1973]. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o'zbek xalqi ichidan yetishib chiqqan baxshilar, oqinlar hozirgacha ham an'anaviy dostonlar va termalarni musiqiy cholg'u jo'rligida aytadilar. Musiqada ham, she'riyatda ham ritm bor. Ammo musiqadagi ritm musiqiy tovushga, she'riyatdagi ritm esa nutq tovushiga asoslanadi.

Navoiyning musiqa va aruz rivoji munosabatlari haqidagi fikrlari ham alohida ahamiyatga egadir. Navoiy, xususan, ramali musammani mahzuf va ramali musammani maqsur vaznlarining musiqiylik xususiyatini alohida ta'kidlagan edi. Jumladan, "qo'shuq" deb atalgan surud haqida fikr yuritar ekan: "ammo bu latif zamonda va sharif davronda bu surudni ramali musammani mahzuf vaznig'a elitib musiqiy va advor ilmida muloyim tab'lig' benazir yigitlar g'arib nag'omat va alhon bila ajab tasarruflar qilib, sultoni sohibqiron majlisida ayturlarki, aning muloyimlig' va xush oyandalig'i vasfg'a sig'mas va ta'sir va raboyandalig'i sifatqa rost kelmas, balki ul hazratning ixtiroidur...", [Navoiy, 2000: 180] deb yozadi. Ko'rinadiki, mazkur surud bilan ko'rsatilgan vaznda qo'shiq kuylash an'anasiga Husayn Bayqaro asos solgan, uning majlislarida ijro etiladigan qo'shiqlarning aksariyati ramali musammani mahzuf vaznidagi she'rlar bilan aytilgan.

Bugungi kunda maqom she'riyati ichki xususiyatlari, o'ziga xos musiqiyligi nuqtai nazaridan hali yetarli darajada o'rganilmagan. Maqom nazmi bugungi kun musiqashunosi oldiga yana bir muhim vazifa - maqomlarda qo'llanilgan g'azallarni

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

musiqiy jihatdan tahlil etishni qo'yadi. Ma'lumki, maqomlar o'tmishda fors-tojik tilida, keyinchalik esa turkiy tilda ijro etib kelingan. Hozirda ham ayrim ustoz xonandalar ijro dasturidan fors-tojik g'azallarda aytiladigan maqomlar o'rin olgan. Maqom she'riyatining o'ziga xosligining bir ko'rinishi uning ikki tilli (o'zbek-tojik) ekanligidir. Mavzuiylik jihatlariga e'tibor qaratsak, tematik diapazon keng bo'lib, muayyan mavzu bilan chegaralanmagan. Ammo har qanday she'r ham mos kelavermaydi. Bu hodisa musiqa va she'r vaznining mutanosibligi bilan aloqadordir. Navoiy o'z davrida ramal, munsarih, madid, hazaj kabi bahrlarda yozilgan she'rlar xalq tomonidan kuyga solib aytishda mashhur bo'lganligini aytganda, mana shu narsani nazarda tutgan bo'lsa kerak [Navoiy, 2000: 91-94].

Maqomlarning birinchi guruh sho'balari tarkibidan o'rin olgan Talqinlar va ularning usullari o'ziga xos murakkabligi bilan ajralib turadi. Mazkur sho'baning doyra usuliga mos tushadigan aruz vazni amaliyotda keng tarqalgan - ramali musammani mahzufdir. Shashmaqomning dastlabki Buzruk maqomi ashula bo'limining birinchi guruh sho'balari tarkibiga kiruvchi, hozirda Navoiy g'azali bilan ijro etilib kelinayotgan Talqini Uzzol maqomini tahlil etish misolida aruz va usulning mutanosib va nomutanosib jihatlarini baholi qudrat o'rganishga harakat qildik.

Maqomlar ashula bo'limi doyra usulidan tashqari she'r o'lchovlari ham maqom qismlarining xarakterini belgilab beruvchi omillardandir. Chunki olti maqomning bir xil nom bilan ataluvchi sho'ba yoki qismlarida doyra usuli va she'r o'lchovlari o'xshashdir. Zero, kuyning ritmik mezoni matnning ruknlari bilan mutanosib kelishi ahamiyatli bo'lib, bu xususida R.Sultanova tadqiqotlarida qayd etib o'tgan: "Musiqiy-ritmik izchillik va uning musiqa (maqom) matnida joylanishi muayyan aytim yo'lida ishlatilgan she'riy matnning aruz vazni tomonidan belgilangan. Maqomlarning doyra usullari ham aruz metrikasiga bilvosita asoslangan" [Sultanova, 1988: 54-60]. Chunonchi, shoir o'zining yozgan bahrini musiqiy ritmini ham yaxshi anglagan va o'sha g'azal qaysi doyra usuliga mos tushishini oldindan bilgan. Shuning uchun ham o'tmishda hofizlar tan-tanan-tan kabi o'lchovlarni kuylab ko'rib, qaysi vazndagi she'rlar qaysi usullarga mos kelishini tanlashgan. Buni quyidagi tahlil natijalari yaqqol namoyon etadi.

i

ft f?-^ 3 Hy — ra — Hnä ë -p(3i)

«J 6a f. .3 — ES - pp. ■7 w vT u — H.l — BO C03 .li — M — COHT in 1 1 r ff =1

—J- —r—f— SEiH IJIH — AOHT — cyH, ra — ums --?—-—h--i—w-

eî ^ r ' f J J J u

[Hip — XIH — ,Pi,OTT 0 — 103 Oä — Al — COHT(o)

Asar takt oldi (zatakt) bilan boshlangan. Talqin usulining oqsoqligi shuni taqozo etadi nazarimizda.

Shu o'rinda maqomlarning ichki tuzilishiga doir jihatlarni yaxlit ko'rinishi maqomlarning doyra usuli, ohangi, so'zi va aruz tizimi xususida umumiy tasavvur hosil qilishi mumkin bo'ladi.

TALQINI UZZOLNING TUZILISHI

1 Doyra usuli Iii U ' J r

2 Bahri va vazni Ramali musammani mahzuf

3 Rukni Fo i lo tun - fo i lo tun - fo i lo tun - fo i lun - V - - I - V - - I - V - - I - V -

4 Notasi }.)JJ|}JJ. J 1 J J\*}JJ IJMJJ 1

5 So'zi Ey mug'anniy yor bazmida navo soz aylasang...

Amaliyotda she'r hamda kuy vaznlarini dastlabki taktdan to oxirgi notagacha mos kelishi qat'iy qoida emas. Mahoratli hofizlar g'azallardan erkin foydalanishgan. Eng muhim jihat - kuyning asosiy ohangi o'zgarmasligi lozim. U badihaviy xususiyatlar asosida talqin etilishi mumkin. Bu esa oz miqdorda bo'lsada kuyning ritmik jarayoniga ta'sir etishi begumon. Mazkur holat xonandaning ustalik bilan qisqargan so'z bo'g'inlarini hanglar yordamida cho'zishi yoki aksincha, qo'shilgan so'z bo'g'inlarini uzun cho'zimli tovushlarni bo'linishi evaziga amalga oshiriladi.

TALQINI UZZOL VAZNINI NOTA CHO' ZIMLARIGA MOS TUSHISHI

Fo - i - lo - tun Fo - i - lo - tun Fo - i - lo - tun Fo - i - lun

}. > J c }.. } J. J U }}J J J } }JJ

Ey- mu-g'an -niy - yo - r(i) baz-mi - - da na - vo soz ay - la - sang - V -

V - - V - - - V - -

Keltirilgan jadvaldan ko'rinib turibdiki, kuy ritmik holatini saqlash, ya'ni qoidaga bo'ysunish uchun bir bo'g'inli so'z ikki bo'g'in tarzida talqin etilgan (yo-r(i). Bunday ijro talqini uslubi maqomlar yoki mumtoz musiqa namunalari ijrochiligida so'z va kuy ohangini mutanosibligini ta'minlovchi omil sifatida ahamiyatlidir.

Demak, uzun-qisqa notalar va bo'g'inlarning mutanosib yoxud nomutanosibligi ohangni, kuy, intonatsiyani belgilaydi. Bu yerda gap notalar balandligi yoki pardalar xususida emas, aynan davomiyligi to'g'risida olib borilayotganligini qayd etish joiz. Agar bu parda - lad bilan bog'liq bo'lganda edi, barcha Talqinlar (shu jumladan boshqa sho'balar ham) bir xil bo'lib qolgan bo'lar edi. Ularning ladi emas, doyra usuli va she'rining aruz tizimi o'zgarmas (qisman o'zgarishi mumkin) - bir xil

I icclT^^^^H 553 http://oac.dsmi-qf.uz

ekanligi ma'lum. Usul va aruz orasida ularni biriktiruvchi omil - ohang mavjud. Aruz ohangga, ohang esa doyra usuliga ergashadi, tobe bo'ladi. Nutqning tovush elementlari qo'shilib, nutqning dastlabki ma'no va mazmun birligi bo'lgan so'zni yaratadi. Turli so'zlar misraga birlashadi. Misra esa baytga. Misrani jumla, baytni esa davriya tashkil etadi.

Musiqashunos R.Yunusov yozadi: "ikki xalqning ham (o'zbek va ozarboyjon -L.J.) maqomot an'analarida ritm ifodaviy va shakliy omillardan biri bo'lib, ma'lum darajada mustaqil estetik ahamiyat kasb etadi. Usul maqom turkumida ikki asosiy vazifa - ma'no-mazmun va shakliy-tizim funksiyalarini bajaradi" [Yunusov, 1998: 68]. Maqom yo'llari qaysi yo'lda ijro etilmasin, uning mazmuni va shakli ashula ruhiga mos kelishi shart. She'riy vaznlarning ham o'z tabiati mavjud bo'lib, ko'pincha maqomlarning usullari vaznlar mazmuniga zid kelishi kuzatiladi. Masalan, ramal yengil vazn, unda o'ynoqilik, sho'x kayfiyat ustun. Lekin, talqincha, qashqarcha, saraxbor kabi og'irroq sho'balarga uning vazni mos keladi. Bundan ayon bo'ladiki, she'riy vaznlar va usullarning bir-biriga moslashuvida ma'no-mazmun, xarakter va kayfiyatdan ko'ra, aniq uzun-qisqa hijo hamda notalar mutanosibligi birlamchi masaladir. She'r o'lchovi bo'g'inlari jihatidan ritm ruknlariga mos keladi. Ma'lum bir vazndagi she'r bilan muayyan sho'baning ritmik tuzulishi mos tushsa, demak shu nomdagi boshqa sho'balarni ham mazkur vazndagi so'z matni bilan ijro etish mumkin.

Yuqoridagi nazariy fikrlar va tahlillardan kelib chiqqan holda Talqini Uzzol misolida quyidagilarni xulosa qilish mumkin:

1. Maqom ashula yo'llarining she'r vazni maqomlarning tabiati va xarakteriga qarab emas, balki doyra usuliga moslab tanlangan. Bunda og'irroq sho'balarga o'ynoqi vaznlar to'g'ri kelishi yoki aksincha bo'lishi mumkin;

2. Ashulalarga mos she'r o'lchovlarining ruknlari yoki ulardagi bo'g'inlarning uzun-qisqaligi, kuylarning ritmik holatiga ham ta'sir etishi mumkin. Bunda uzun bo'g'inlar bir yoki bir necha uzun-qisqa notalarga, qisqalari qisqa notalarga mos kelishi mumkin;

3. Kuy ritmik holatini saqlash, ya'ni qoidaga bo'ysunish uchun bir bo'g'inli so'z ikki bo'g'in tarzida talqin etilishi yoki bir bo'g'inli so'z xohlagancha (usul doirasidan chiqib ketmagan holda albatta) cho'zib turilishi mumkin. Bu maqomlar yoki mumtoz musiqa namunalari ijrochiligiga xos hamda ularda so'z va kuy ohangini mutanosibligini ta'minlovchi omillar sifatida ahamiyatlidir;

4. Uzun - qisqa notalar va bo'g'inlarning mutanosib yoxud nomutanosibligi ohangni, kuy, intonatsiyani belgilaydi. Usul va aruz orasida ularni biriktiruvchi omil -ohang mavjud. Aruz ohangga, ohang esa doyra usuliga ergashadi, tobe bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Saipova D. O'zbek maqomlarida Hazrat Navoiy g'azallari. // Alisher Navoiy va musiqa. - T: MUMTOZ SOZ, 2011. - B.32.

2. Саримсаков Б. Саджъ и его место в узбекском фолклоре. - T: 1973.

3. Alrner Navoiy. Mezon ul-avzon. 20 tomlik. 16-tom. - T: FAN, 2000. - B.180.

4. Султанова Р. Ритмика вокалных частей Шашмакома. Автореферат. Дис. канд. Искусствоведения. - T: 1988. - C.54-60.

5. Юнусов Р. Макамы и мугамы. - Т: 1992. - C.68.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.