Научная статья на тему 'DUTOR ANSAMBLI IJROSIDA YANGICHA TALQIN, ESKICHA QARASH, NAVOIYNING “MUBTALO BO’DIM” G’AZALI TAHLILI VA TALQINIDA'

DUTOR ANSAMBLI IJROSIDA YANGICHA TALQIN, ESKICHA QARASH, NAVOIYNING “MUBTALO BO’DIM” G’AZALI TAHLILI VA TALQINIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
193
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shoirlarning sultoni / Ishq / Maqom / Mubtalo / “Nozanin” ansambli / estrada / Milliy bog’

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mo’minova Latofat Nuriddin Qizi

Alisher Navoiy maqom san’atini ham amaliy, ham nazariy jihatdan mukammal bilgani uning nazmiy-ilmiy asarlaridan ayon. Aslida ham maqom olami Navoiy badiiy tafakkuri, teran va go‘zal ruhiy olamining ajralmas tarkibiy qismidir. Zero, so‘z mulki sultonining g‘azaliyoti she’riyati uslubida ifoda etilgan navolar ummoni bo‘lsa, maqomlar kuy sadolari vositasida taralgan hikmatlar ummonidir. Shu bois Navoiy g‘azallarini mutolaa qilib zavq oluvchi muxlisning, odatda, maqomlarni tinglashga ham mayli, ehtiyoji bo‘ladi, ulardan ma’naviy-ruhiy bahra oladi. Go‘zal ma’nolar bilan bezalgan bu har ikkala ummonning bir olamga bog‘lanishi buyuk “Ishq” tufaylidir. “Mubtalo bo’ldum sango” g’azali ana shu ishqni tarannum qilib, uning dutor ansamblidagi ijrosi esa yangicha bir olamni kashf etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DUTOR ANSAMBLI IJROSIDA YANGICHA TALQIN, ESKICHA QARASH, NAVOIYNING “MUBTALO BO’DIM” G’AZALI TAHLILI VA TALQINIDA»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X

DUTOR ANSAMBLI IJROSIDA YANGICHA TALQIN, ESKICHA QARASH, NAVOIYNING "MUBTALO BO'DIM" G'AZALI TAHLILI VA TALQINIDA

Mo'minova Latofat Nuriddin qizi O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Alisher Navoiy maqom san'atini ham amaliy, ham nazariy jihatdan mukammal bilgani uning nazmiy-ilmiy asarlaridan ayon. Aslida ham maqom olami Navoiy badiiy tafakkuri, teran va go'zal ruhiy olamining ajralmas tarkibiy qismidir. Zero, so'z mulki sultonining g'azaliyoti she'riyati uslubida ifoda etilgan navolar ummoni bo'lsa, maqomlar kuy sadolari vositasida taralgan hikmatlar ummonidir. Shu bois Navoiy g'azallarini mutolaa qilib zavq oluvchi muxlisning, odatda, maqomlarni tinglashga ham mayli, ehtiyoji bo'ladi, ulardan ma'naviy-ruhiy bahra oladi. Go'zal ma'nolar bilan bezalgan bu har ikkala ummonning bir olamga bog'lanishi buyuk "Ishq" tufaylidir. "Mubtalo bo'ldum sango" g'azali ana shu ishqni tarannum qilib, uning dutor ansamblidagi ijrosi esa yangicha bir olamni kashf etadi.

Kalit so'zlar: Shoirlarning sultoni, Ishq, Maqom, Mubtalo, "Nozanin" ansambli, estrada, Milliy bog'.

A NEW INTERPRETATION PERFORMED BY THE DUTAR ENSEMBLE, AN OLD POINT, ANALYSIS AND INTERPRETATION OF THE NAVOI

GAZELLE "MUBTALO BULDIM"

Muminova Latofat Nuriddin qizi Uzbekistan State Conservatory

Abstract: We can know from Alisher Navoi's poetic and scientific works that he knew the art of maqom both practically and theoretically. In fact, the world of maqam is an integral part of Navoi's artistic thinking, deep and beautiful spiritual world. For the ghazal of the sultan of the realm of words is the ocean of melodies expressed in the style of poetry, while the maqoms are the ocean of wisdom spread through the sounds of melody. Therefore, a fan who enjoys reading Navoi's ghazals will usually need to listen to the maqoms and enjoy them spiritually. It is because of the great "Love" that these two oceans, which are adorned with beautiful meanings, are connected to one world. The ghazal "Mubtalo boldum sango" sings of this love, and its performance in the dutar ensemble reveals a new world.

Keywords: Sultan of Poets, Qari Navoi, Ishq, Maqom, Mubtalo, ensemble "Nozanin", variety, National Park.

Xaq yo 'linda kim senga bir harf o 'qitmish ranj ila.

Aylamak bo 'lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

A.Navoiy

O'tmishda ajdodlarimizning bizgacha kelgan ilmiy va adabiy merosi ulkan, ulaming fanlar shakllanishi va rivojidagi o'rni beqiyosdir. O'tmishni anglamay turib munosib kelajak yaratish mushkuldir. Istiqlol sharofati bilan asrlar davomida yuzaga kelgan qadriyatlar, milliy an'analar hamda ma'naviy merosga bo'lgan munosabat ancha jonlandi. O'tmish an'analarini o'rganish va targ'ib etishga katta imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, buyuk mutafakkir olim hazrat Mir Alisher Navoiyning serqirra faoliyati va ijodini o'rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, o'zlashtirish va ommalashtirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu xususida birinchi prezidentimiz I.A.Karimov Alisher Navoiy va uning ijodiga haqli ravishda yuksak baho berganligi ham yorqin misoldir: "Agar bu ulug' zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir"

O'zbek xalqining sevimli ashulalarini, maqom aytish yo'llarini hazrat Navoiyning shifobaxsh dardi bilan sug'orilgan g'azallarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Chunki Navoiy nazmi o'zining chuqur ma'nosi va ohangdorligi bilan tinglovchi qalbidagi go'zal ichki his-tuyg'ularni uyg'otadi, ruhiy olamiga cheksiz quvvat bag'ishlaydi. Navoiyning g'azallari maqomlarda yo'g'rilgan "Ishq" mavzusi eng adog'iga yetib bo'lmas, takror o'rganging kelaveradigan mavzudir. Uning oshiqona g'azallari lirik qahramoni, ishq alangasida toblangan shaxs - chinakam oshiq. U goh o'z ma'shuqasidan mamnun, gohida esa uning harakatlarini bevafolikka yo'yib, undan noliydi. U ma'shuqasini ta'riflab turib, ayni vaqtda o'z ahvolini, ruhiyatini turli bo'yoqlarda yonma-yon holda keltiradi. Navoiy g'azallaridagi oshiq sof muhabbat egasi. U sevadi. Sevgi yo'lida turli tuman musibatlarga mubtalo bo'ladi. Ayriliq azoblariga chidaydi. U o'z ma'shuqasini qattiq e'zozlaydi: o'zini yor yo'lida fido etmoqqa tayyor... Buni esa sharq she'riyatining ajralmas qismi bo'lgan musi qiylik orqali yoritib berish, Alisher Navoiy asarlarining siymoliy-hissiy tizimida alohida o'rin tutadi. Bunda har bir so'z, jumla, misralarni musiqiy tovush, nola yoki kuylar orqali his qilamiz.

Shoir g'azaliyotining ko'lami va yo'nalishi haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish uchun uning maqom ohanglari asosida yaratilgan "Ko'rgali husnungni zor-u mubtalo bo'ldum sango" satri bilan boshlanadigan g'azali alohida ahamiyat kasb etadi. Navoiy bu g'azalni Nizomiy-al-Ganjaviyning "Hamsa"sini mutolaa qilish davrida, Gulijon ishqi bilan yonib, uni ko'rish dardida yurgan pallasida bitadi, Alloh bergan ishqning isxorini o'z iste'dodi orqali namoyon qiladi. Bu haqda Qo'ldosh Mirzo o'zining "Mubtalo bo'ldim senga" deb nomlangan qissasida bayon qiladi.

"Ko 'rgali husnungni zor-u mubtalo boldum sango, Ne balolig' kun edikim, oshno bo 'ldum sango".

I jbÓÜ^^Bl ^ http://oac.dsmi-qf.uz

Ko'rinadiki, g'azal ishqiy mavzuda. Unda iztirob va tasalli ajib bir uyg'unlikda tasvirlangan. She'r an'anaviy, oshiqning ma'shuqaga dil izhori bilan boshlanadi: oshiq - yor husnini ko'rishga zor. U ishq deb atalgan dardga mubtalo bo'lgan. Shu sababli, u yor bilan oshno bo'lgan kunni "balolig'" (balo keltirgan kun) deb hisoblaydi. Baytdagi so'zlarni tushunish qiyin emas. Ularning ko'pchiligi bugungi kunda ham tez-tez ishlatiladi. Shoir, bir tomondan, yor husnini ko'rishga zor bo'lganini aytadi. Ikkinchi tomondan, unga yo'liqqan kunini "balolig' kun" (balo keltirgan, baxtsiz kun) deydi. Buni qanday tushunish kerak? Bu yerda tazod bor. Bu tazodni birinchi satrdagi "mubtalo" (oshiqlik, bog'lanib qolish) va ikkinchi qatordagi "balo" so'zlari ta'kidlab turibdi. "Mubtalo"likka esa, chindan ham "oshno"lik sabab bo'lgan. Shu bois yorga oshno bo'lgan kun "balolig"dir. Baytning mazmuni asosan "zor-u mubtalo", "balo", "oshno" so'zlari orqali berilgan1.

Musiqashunos professor Botir Matyoqubovning malumot berishicha, bu g'azalga kuyni Komiljon Jabborov bastalagan. Uning ijodiy uslubi tez yodda qoluvchi, jozibali ohanglarga boyligi, an'anaviy peshrav, ashula va qo'shiq shakllarining erkin uyg'unlashishiga asoslangan.

Xorazmlik doirachi Ollanazar Xasanov, Komiljon Jabborovni g'oyibona ustozi deb bilgan ekan. Kuylarni Komiljon ustozning ijrolaridan, cholg'ulardagi mohirona zarblaridan o'rgangan ekan. Uning aytishicha, K.Jabborov aynan "mubtalo bo'ldim senga" ashulasi kuyini bastalayotib, ko'chadan o'tib ketayotgan janonning qadam tashlashini kuzatib turib, shunga moslab yozgan ekan.

Bu asar Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida "Navoiy Astrobodda" musiqali dramasida Shahodat Raximova tomonidan maromiga yetkazib ijro etgan.

Bu g'azalning ijrosini, tahlilini, mazmun-mohiyatini va ohanglar jihatdan chuqur o'rganayotgan "Nozanin" dutorchilar ansambli sozandalari o'z ijrosida tadqiqot sifatida o'rganmoqda. Ansambl rahbari Ro'zibi Xodjayeva ilmiy tomonlama shogirdlar bilimini oshiribgina qolmay, ijroviy yo'l - yo'riqlarini professional tarzda nota orqali ifodalab, ansambl qizlariga o'rgatmoqda va ashulasini ozi kuylagan holda, avj qismlari sololarga bolib ijro etishmoqda.

1-qismida "mubtalo bo'ldim senga" g'azali bilan ijro etiluvchi ashulaning kuyi "bak-bum, bak-bum" zarblarida keluvchi qadimiy "zarbul qadim" usulida yozilgan va ritmga hamohang taktoldi boshlanuvchi kuy esa ashulani ijroga tayyorlayotgandek yana tonikaga olib keladi.

"Ko 'rgali husnungni zor-u mubtalo boldum sango, Ne balolig' kun edikim, oshno bo 'ldum sango".

1 6. "Sharq yulduzi" jurnali, G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. T., 1981

1-qism

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko'ngul, Vahki, kun-kundin battarroq mubtalo bo'ldum sango.

Tersiyadan boshlanuvchi ikkinchi xati miyonxat asarning mavjiga, kulminatsiyasiga tayyorlayotgandek tuyuladi. Yana tonikaga qaytib avjga olib chiquvchi cholg'u kuyi bilan davom ettiriladi

Men qachon dedim vafo qilg'il. manga zulm aylading, Sen qachon deding, fido bo'lg'il mango, bo'ldum sango.

Avj sifatida kelayotgan bu qismi oktavadan boshlanadi va uchunchi xat sifatida gavdalanadi. Bu qismi ham ma'no jihatdan ham kuy jihatdan ijrochidan kuchli ehtiros va iste'dod talab qiladi. Avjdan to tonikaga tushguncha bo'lgan aylanmalar ijrochidan kuchli mahorat talab etadi.

Qay paripaykarga, dersen, telbabo'ldung bu sifat, Ey, paripaykar, ne qilsang, qil mango, bo'ldum sango.

Ey ko'ngul, tarki nasihat ayladim ovora bo'l, Yuz baloyetmaski, men ham bir balo bo'ldum sango.

Miyonxat sifatida kelgan ikkinchi xatining takrori shu satrlarda qayta ijro etiladi va e'tibor beradigan bo'lsak, asarda hech qanday "hang" vositalaridan foydalanilmagan. Chunki g'azalning kuyga hamohang bo'lgani va bir biriga shu qadar uyg'unligini, "O", "yoray" kabi "hang"lar ishlatilmaganidan ham bilishimiz mumkin.

Jomi Jam birla Xizr suvi nasibimdur mudom, Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sango.

Ashulada bu qismning tushib qolgani spektaklning ko'rinishi bilan bog'liq holat. Kuyda A-B-C-B-C shakli kelayotgan bo'lsa, g'azalning bu satrlari kuyning cho'zilib, spektakldagi tinglovchini bezdiradigan va ijrochini charchatib qo'yadigan holatlarini vujudga keltirishi mumkin.

G'ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro To Navoiydekasir-u benavo bo'ldum sango.

G'azalda "bo'ldum sango" birikmasi qofiyadan so'ng takrorlanib, radif vazifasini bajargan. Matla'dagi qofiya (mubtalo-oshno) g'azalning butun mazmuniga yo'nalish berib turibdi. She'rda tazod, tajnis, talmeh san'atlaridan samarali foydalanilgan.

G'azalning ramal bahrida yozilganligi musiqiy jihatdan bog'lash uchun juda qulay. Ramali musammani mahzuf bahri - "foilotun foilotun foilotun foilun, foilotun foilotun foilotun foilun" ifodasi bilan kelishi ritmik jihatdan musiqiyda ham talaffuz qilish, ham kuyga solish milliy ashulalarni mukammal ko'rinishga olib keladi.

Navoiy g'azali bilan kuylanuvchi "mubtalo bo'ldim senga" g'azali bugungi kungacha ko'plab mahoratli xonanda va sozandalar tomonidan ijro qilingan. Xususan, Zamira Suyunova, Doniyor G'oyipov, Surayyo Qosimovalarning ijro yozuvlari mavjud.

Xorazmlik dovudiy ovoz sohibi Raxmatjon Qurbonov aynan shu g'azalni boshqacha ohangga solib ijro etgan. Bu variant ham o'ziga xos ijroda, Xorazm maqomlari ohanggiga yaqin ladlardan foydalanilgan.

Qolaversa, yosh estrada xonandasi Ulug'bek Ulug'bek Raxmatullayev ham Navoiy g'azallariga murojaat etib, "mubtalo bo'ldim senga" g'azalini zamonaviy yo'sinda kuylab, o'z ijrosi bilan yosh muxlislari ko'nglidan joy oldi.

Shu o'rinda aytib o'tish joiz, "Navoiy Astrobodda" musiqali dramasi 1968 -yilda bastakorlar Y.Rajabiy, S.Jalil, I.Mahsumov tomonidan yaratilgan. Bunda ashulaning 1-qismini sifatida "mubtalo bo'ldim senga" g'azali bilan Shaxodat Raximova kuylagan bo'lsa, undan keyin duet tarzida keluvchi 2-qismi ham mavjud. Bu ashulaning g'azali bizga noma'lum bo'lsada, ohanglarini eslashimiz mumkin:

2-qism

Usmonali va Gulrux obarzlari tomonidan kuylanuvchi bu qismni dramatik bariton ovoz sohibi Sur'at Po'latov va uning ayoli soprano ovoz sohibasi Naima Po'latova maromiga yetkazib ijro etishgan.

Navoiyning g'azallari asrlar davomida shakllangan mumtoz musiqa janri hisoblanmish maqomlarning ashula yo'llarida, hofizlar ijrolarida yangrab, avloddan -avlodga, ustozdan - shogirdga sayqallanib o'tib kelmoqda. Ayniqsa, XIX - XX asrlarda yashab ijod etgan hofiz-u sozandalar, bastakorlar ijodidagi asarlarni tinglaganimizda bunga amin bo'lamiz. Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Mulla To'ychi Hofiz, Yunus Rajabiy, To'xtasin Jalilov, Imomjon Ikromov, Hojixon Boltayev, Doni Zokirov, Saidjon Kalonov, Komiljon Jabborov, G'anijon Toshmatov, Faxriddin Sodiqov,

Jo'raxon Sultonov, Komiljon Otaniyozov, Orifxon Xotamov, Fattoxxon Mamadaliyev, Matnazar Xudoynazarov, Mahmujon Tojiboyev kabi zabardast ustozlar maqom g'azallari ma'no mazmunini yoritib berishda bor iqtidorini ishga solgan holda, shok va bastakoming ichki tug'yonlarini, dardini, quvonchini, muhabbatini, falsaviy qarashlarini ijrolarida ifoda etib bera olganlar. Hozirgi davrimizda ham, Navoiy g'azallariga tez-tez murojaat etishlik odatiy tusga aylangan. Navoiyning nazmiy ijodi va bebaho ma'naviy merosi oldin ham o'rganilgan va bundan keyin ham keng va mukammal o'rganishni taqozo etadi.

Bugungi kunda mutaxassis ustozlar, yosh ijrochilar, qolaversa yosh estrada xonandalari tomonidan Navoiy g'azallariga bog'lab qo'shiq ijro etilayotgani quvonarli hol. Sal oldin bu yo'nalishni bachkanalashtirgan ayrim xonandalarga musiqashunoslar e'tiroz fikri bilan qarashardi. Ammo zamonaviy estrada va she'riy nasr uyg'unligining oltin o'rtalig'ini topgan ijodkorlar ham kam emas. Jumladan, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoidova, Ziyoda, Ulug'bek Rahmatullayev kabilar. Hattoki, jahon estrada xonandasi Joss Stone O'zbekistonga kelib Navoiy g'azali bilan kuylangan "Yo labmudur" tuyug'ini ashula tarzida dotsent Shavkat Matyoqubov bilan birgalikda duet kuylashdi. Shu o'rinda aytib o'tishimiz joiz, Shavkat Matyoqubov Shashmaqomdagi barcha maqomlarni kuylagan professional ustozoda ijrochi hisoblanadi va o'zbek musiqa va ashulalarini, xususan maqomlarini butun dunyoga tanitishda o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Fitrat "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi". Nashrga tayyorlovchi K.Xasan. Fan. T. 1993 (43-b)

3. A. Djami 'Трактат о музыке". Nashrga tayyorlovchi AN O'zSSSR T.1960 (438-b)

4. I.Rajabov "Maqomlar masalasiga doir". UzSSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti T. 1963.

5. X. G'ofurbekova, "Musiqa ijodiyoti masalalari", Т., 1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.