Научная статья на тему 'MASHRAB SHE’RIYATIDA O‘ZLIKNI ANGLASH YO‘LI'

MASHRAB SHE’RIYATIDA O‘ZLIKNI ANGLASH YO‘LI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1870
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
g‘azal / shoir / ma’no / badiiy san’at / tasvir vositalari / poetik til / tasavvufiy ma’no / nazariy manba / tasavufiy mazmun va badiiyat uyg‘unligi / sharh va tahlil. / ghazal / poet / meaning / fine arts / means of imagery / poetic language / mystical meaning / theoretical source / mystical content and artistic harmony / interpretation and analysis.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tursunov, Abdurashid

Ushbu maqolada Mashrab she’riyatidagi o‘zlik, nafsni yengish, Haq yo‘lidagi oshiqning holi hanuz radifli g‘azali tahlili orqali o‘rganilgan. Muallif ushbu g‘azalni sharhlar ekan, g‘azalda qo‘llanilgan so‘zlarning katta qismini maxsus tadqiq etadi. G‘azal matni mazmun-mohiyatini ochishda ular anglatayotgan ma’nolar ko‘lamini mukammal idrok etishga harakat qiladi. Sharq adabiyotida muayyan timsolga aylanib ulgurgan shaxslar nomining ildiziga nazar tashlash, joy nomlarining badiiy vazifasini aniqlash, ularni muhim manbalarga tayanib tushuntirish va asoslash g‘azalning botiniy ma’nosini to‘g‘ri tushuntirish uchun yo‘l ochgan. Ushbu g‘azal tahlilida Mashrabning hayot yo‘li, shaxsiyati va ruhiy olami bilan tutashgan nozik nuqtalarni ilg‘ash lirik qahramon zohiriy va botiniy olamini to‘g‘ri tasavvur etishda, uning “hol”ini anglashda qo‘l kelgan. Ijodkor niyati – g‘azal mazmun-mohiyatini undagi obrazlar, badiiy san’at va tasviriy vositalar tanosubida tushuntirish natijasida Mashrab she’riyatidagi g‘oya va badiiyat uyg‘unligi aniqlangan. Eng muhimi, Mashrab ijodida tasavvuf g‘oyalarining badiiy talqini g‘azal matnidagi timsollar va ushbu ta’limotning nazariy masalalariga bag‘ishlangan manbalarga asosida o‘rganilgan. Tasavvufiy istilohlar mazmun-mohiyatiga, ularning eng nozik ma’nolariga e’tibor qaratilgan. Mashrab ushbu g‘azalining poetik tili, dardli misralar ifodasidagi ohangdor ritm – uslub tadqiq etilgan. Umuman olganda, adabiyotimiz tarixida Mashrabning buyuk shoir sifatidagi o‘rni, shoir she’riyatining ahamiyati shu g‘azal tahlili orqali ko‘rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE WAY TO SELF-DETERMINATION IN THE POETRY OF MASHRAB

In this article, the identity in Mashrab's poetry, the overcoming of lust, and the state of the lover in the Way of Truth are still studied through a radial ghazal analysis. While commenting on this ghazal, the author makes a special study of most of the words used in the ghazal. In revealing the content of the ghazal text, it seeks to perfectly comprehend the scope of the meanings they convey. Looking at the roots of the names of individuals who have become a particular symbol in Eastern literature, defining the artistic function of place names, explaining and substantiating them based on important sources, paved the way for a correct explanation of the inner meaning of the ghazal. In this ghazal analysis, the lyrical protagonist's understanding of the subtleties of Mashrab's way of life, personality and spiritual world helped him to correctly imagine the external and internal world, to understand his "state". The intention of the creator is to explain the essence of the ghazal in the balance of images, art and visual aids, and the harmony of ideas and art in Mashrab's poetry is determined. Most importantly, the artistic interpretation of mystical ideas in Mashrab’s work has been studied on the basis of the symbols in the text of the ghazal and the sources devoted to the theoretical issues of this doctrine. The focus is on the essence of mystical terms, their most subtle meanings. Mashrab studied the poetic language of this ghazal, the melodious rhythm-style in the expression of painful verses. In general, the role of Mashrab as a great poet in the history of our literature, the importance of the poet's poetry is shown through this ghazal analysis.

Текст научной работы на тему «MASHRAB SHE’RIYATIDA O‘ZLIKNI ANGLASH YO‘LI»

Scientific Journal Impact Factor

MASHRAB SHE'RIYATIDA O'ZLIKNI ANGLASH YO'LI

Abdurashid Tursunov

TerDU O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Mashrab she 'riyatidagi o'zlik, nafsni yengish, Haq yo'lidagi oshiqning holi hanuz radifli g'azali tahlili orqali o'rganilgan. Muallif ushbu g'azalni sharhlar ekan, g'azalda qo'llanilgan so'zlarning katta qismini maxsus tadqiq etadi. G'azal matni mazmun-mohiyatini ochishda ular anglatayotgan ma 'nolar ko'lamini mukammal idrok etishga harakat qiladi. Sharq adabiyotida muayyan timsolga aylanib ulgurgan shaxslar nomining ildiziga nazar tashlash, joy nomlarining badiiy vazifasini aniqlash, ularni muhim manbalarga tayanib tushuntirish va asoslash g'azalning botiniy ma 'nosini to'g'ri tushuntirish uchun yo'l ochgan.

Ushbu g'azal tahlilida Mashrabning hayotyo'li, shaxsiyati va ruhiy olami bilan tutashgan nozik nuqtalarni ilg'ash lirik qahramon zohiriy va botiniy olamini to'g'ri tasavvur etishda, uning "hol"ini anglashda qo'l kelgan. Ijodkor niyati - g'azal mazmun-mohiyatini undagi obrazlar, badiiy san 'at va tasviriy vositalar tanosubida tushuntirish natijasida Mashrab she'riyatidagi g'oya va badiiyat uyg'unligi aniqlangan. Eng muhimi, Mashrab ijodida tasavvuf g'oyalarining badiiy talqini g'azal matnidagi timsollar va ushbu ta'limotning nazariy masalalariga bag'ishlangan manbalarga asosida o'rganilgan. Tasavvufiy istilohlar mazmun-mohiyatiga, ularning eng nozik ma'nolariga e'tibor qaratilgan. Mashrab ushbu g'azalining poetik tili, dardli misralar ifodasidagi ohangdor ritm - uslub tadqiq etilgan. Umuman olganda, adabiyotimiz tarixida Mashrabning buyuk shoir sifatidagi o'rni, shoir she 'riyatining ahamiyati shu g'azal tahlili orqali ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: g'azal, shoir, ma 'no, badiiy san 'at, tasvir vositalari, poetik til, tasavvufiy ma'no, nazariy manba, tasavufiy mazmun va badiiyat uyg'unligi, sharh va tahlil.

In this article, the identity in Mashrab'spoetry, the overcoming of lust, and the state of the lover in the Way of Truth are still studied through a radial ghazal analysis. While commenting on this ghazal, the author makes a special study of most of the words used in the ghazal. In revealing the content of the ghazal text, it seeks to perfectly comprehend the scope of the meanings they convey. Looking at the roots of the names of individuals who have become a particular symbol in Eastern literature, defining the artistic function of place names, explaining and substantiating them based on important sources, paved the way for a correct explanation of the inner meaning of the ghazal.

In this ghazal analysis, the lyrical protagonist's understanding of the subtleties of Mashrab's way of life, personality and spiritual world helped him to correctly imagine the external and internal world, to understand his "state". The intention of

ABSTRACT

the creator is to explain the essence of the ghazal in the balance of images, art and visual aids, and the harmony of ideas and art in Mashrab's poetry is determined. Most importantly, the artistic interpretation of mystical ideas in Mashrab 's work has been studied on the basis of the symbols in the text of the ghazal and the sources devoted to the theoretical issues of this doctrine. The focus is on the essence of mystical terms, their most subtle meanings. Mashrab studied the poetic language of this ghazal, the melodious rhythm-style in the expression of painful verses. In general, the role of Mashrab as a great poet in the history of our literature, the importance of the poet's poetry is shown through this ghazal analysis.

Keywords: ghazal, poet, meaning, fine arts, means of imagery, poetic language, mystical meaning, theoretical source, mystical content and artistic harmony, interpretation and analysis.

АННОТАЦИЯ

В этой статье идентичность в поэзии Машраба, преодоление похоти и состояние любовника на Пути Истины все еще изучаются посредством радиального газельного анализа. Комментируя эту газель, автор специально исследует большинство слов, употребляемых в газели. Раскрывая содержание текста газели, он стремится полностью понять объем смысла, который они передают. Взгляд на корни имен людей, которые стали особым символом в восточной литературе, определение художественной функции географических названий, объяснение и обоснование их на основе важных источников, проложили путь к правильному объяснению внутреннего значения газели. .

В этом газельном анализе понимание лирическим главным героем тонкостей образа жизни, личности и духовного мира Машраба помогло ему правильно представить себе внешний и внутренний мир, понять его «состояние». Намерение создателя - объяснить сущность газели в балансе образов, искусства и наглядных пособий, и определена гармония идей и искусства в поэзии Машраба. Самое главное, что художественная интерпретация мистических идей в творчестве Машраба изучалась на основе символов в тексте газели и источников, посвященных теоретическим вопросам этого учения. Основное внимание уделяется сути мистических терминов, их наиболее тонкому значению. Машраб изучал поэтический язык этой газели, мелодичный ритм-стиль в выражении болезненных стихов. Вообще, роль Машраба как великого поэта в истории нашей литературы, важность поэзии поэта показана через этот газельный анализ.

Ключевые слова: газель, поэт, смысл, изобразительное искусство, образные средства, поэтический язык, мистический смысл, теоретический источник, мистическое содержание и художественная гармония, интерпретация и анализ.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Sharq she'riyat xazinasida Mashrab ijodiyotining maqomi o'zgacha. Badiiy jihatdan mukammal bo'lgan shoir she'rlarining irfoniy g'oyalar bilan tutashishi ushbu she'riyatning o'lmasligini ta'minlaydigan muhim jihatlardan. Uning "Hanuz" radifli g'azali ham shunday she'rlardan.

Barchalar yondi gunohdin, menki yonmasman hanuz, Xobi g'aflatdin uyondi, man uyonmasman hanuz.

Tavbai tavfiq bilan yig'lab tururlar zor-zor, Oxirat a 'molin aytib, man qutulmasman hanuz.

Bandalarkim, lutfinga har dam suyonib o'lturur, Bedavo nafsimni izlab man suyonmasman hanuz.

Orifu sodiq - hama pandu nasihat oldilar, Barcha panding oldilar, pandingni olmasman hanuz.

Bandalik qilsang takabbur qilma, shayton fe 'lidur, Man takabburdin zamone xoliy ermasman hanuz.

Bandalik qilmay Azozil bo'ldi sarkash amriga, Rondai dargoh bo'ldi, mankiyonmasman hanuz.

Dunyoni ko'p yig'di Qorun, ketti ul yer qa 'riga, Dunyodin bir dam zamon ko'ngul uzolmasman hanuz.

Banda bo'lsang, Mashrabo, kechgil havoyi hirsdin, Kechdi barcha hirsidin, hargiz kecholmasman hanuz1.

Sakkiz baytdan iborat mazkur g'azal bir qarashda Mashrabning tavba-tazarrusidek. Shoir bu yo'lni tanlar ekan, tiriklik, insonning dunyodagi o'rni, hamisha davom etadigan nafs va ruh o'rtasidagi kurash, bu kurashda ruh g'alabasiga erishish g'oyat mushkulligi, insonning dunyobandiligi kabi masalalar lirik qahramonning iztiroblariga aylanib qog'ozga ko'chadi.

G'azal shunday boshlanadi:

Barchalar yondi gunohdin, menki yonmasman hanuz, Xobi g'aflatdin uyondi, man uyonmasman hanuz.

1 Mashrab, Boborahim. Mehribonim qaydasan. - Toshkent: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashr., 1990. - B. 43; Kenjabek, Mirzo. Oshiq Mashrab va tasavvuf olami. - Toshkent: Navro'z, 2019. - B. 104.

191

Matla'da shoir tazod san'atidan foydalanib, fe'lning bo'lishli va bo'lishsizlik shakllari orqali o'zining tabiatidan, holatidan Tangri taologa shikoyat qiladi. "Barcha gunoh ishlardan "yondi" - qaytdi, tavba qildi, ammo men hanuz tavba qilmadim, hamma g'aflat uyqusidan uyg'ondi-yu, men hanuz uyg'onmadim", - degan mazmun anglashiladi baytdan. Buni tushunish uchun boshqa manbalarga murojaat qilsak. Masalan: "Barcha yaxshi, biz yomon, / Barcha bug'doy, biz somon "2, - degan edi Sulaymon Boqirg'oniy. So'fi Allohyor hazratlari esa: "Qayu ermish fano bo'lg'on nishoni, Takabbur bo'lmasa miqdori doni. O'zini nafsini ul bilmasa pok,

Bo'lib qullug'da, aytsa: "Mo abadnok". Agarchi bo'lmasaforig' ishidin, O'zin kam tutsa har mo'min kishidin. Eshitmasa kishi hech "man " deganin, O'zi ham bilmasa foniy erkanin.

Fano ahlining nishonasi - qalbida bir don miqdoricha ham kibrning

yo'qligidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Chin orif o'z nafsini gunohdan pok bilmaydi va doimo Haq taologa qullik qilib, "senga loyiq ibodat qilolmadik", deydi. Chin orif garchi ertayu kech ibodatdan bir on ham forig' bo'lmasa-da, o'zini barcha mo'minlardan kamtarin tutsin, manmanlik qilmasin. Valiy zot shunday bo'lsaki, el-ulus hech qachon uning manmansirab maqtanganini eshitmasa va hatto uning o'zi ham fano maqomiga kirib, avliyolik darajasiga yetganini sezmay qolsa"3. Darhaqiqat, barchani o'zidan balandda ko'rish fano ahlining belgisidir. Demak, bu so'zlar valoyat martabasidan turib aytilgani yaqqol ko'rinib turibdi.

Hazrat mavlono Jaloliddin Rumiy "Masnaviyi ma'naviy"da shunday yozadi: Toati omma gunohi xosdurur bas, Vuslati omma hijroni xosdurur bas.

Bu hikmatning sharhi borasida Hazrat Mavlononing "Fiyhi ma fiyhi"sidan ham go'zal so'zlar topilur... Ammo insonning Haq taolo huzuridagi daraja-martabasi yuksalgani sayin avvalgi holdagi ishlari keyingisiga nisbatan gunoh hisoblanadi. Xuddiki, go'daklikdagi yaxshi ish katta odamlar uchun ayb hisoblangani kabi.

Dastlabki holda Alloh yo'lidan yurmaslik gunoh hisoblansa, keyinchalik uning xizmatida bo'lmaslik, hatto yuksak hol maqomida unga jon fido qilmaslik ayb hisoblanadi. Demak, ulug'lar aytganidek, bandalik ham darajama-darajadir.

2 Yembergenov, Umrboy; Shomurodov, Jabborbergan. Sulaymon Boqirg'oniy (Hakim ota). - Toshkent: O'zbekiston NMIU, 2015. - B. 53.

3 Ismoilov,Mas'udxon; Akbarov Abrorxon. So'fi Allohyor. "Sabotul ojizin" sharhi. -Samarqand, 2018. - B. 149.

Keyingi bayt:

Tavbai tavfiq bilan yig'lab tururlar zor-zor,

Oxirat a 'molin aytib, man qutulmasman hanuz.

Insonlami tavbayi tavfiqda (sifatlash) vasflab aytganlarki: "Ular hollariga muvofiq (uyg'un) tavba bilan rahmatu mag'firatingga zor bo'lib yig'laydilar, men esa oxirat amallarini so'zlasam-da, hali-hamon bu yomon ahvolimdan qutulolmadim". Ahli tariqatda "O'zgalarni jamda, o'zini esa farqda ko'rmoq" rutbasi borki, mazkur misralar bunga yaqqol dalil o'laroq xizmat qiladi.

Uchinchi bayt:

Bandalarkim, lutfinga har dam suyonib o'lturur,

Bedavo nafsimni izlab, man suyonmasman hanuz.

"Banda" so'zi "qul" so'zidan biroz farqli, ya'ni xizmatkor ma'nosida keladi. "Insonlar sening xizmatingdadurlarki, doimiy ahvollari shundan iborat, ya'ni mutlaqo sening lutfingga (lutf - (ulug'lar tomonidan qilinadigan) katta yaxshilik) bu o'rinda: rahmatu mag'firatingga, ne'matlaringga, o'zingning huzuringdagi daraja-martabalariga muvofiq) suyangan holdalar. Bu ham bir ulug' ne'matingdur, ammo mendek nafs quliga nasib bo'lmadi" Bu yerda ham shoir lutf va nafs so'zini qarama-qarshi qo'yish orqali o'zining maqsadini yuzaga chiqarishga kirishadi. "Agar senga u olamning bir qatra lutfi va bir zarra zavqi ko'rsatiladigan bo'lsa, sen tubanlik va yuksaklik, hatto bularning barchasidan yanada yaqin bo'lgan o'zingdan ham zerikib siqilasan"4. "Agar senda o'zingga bo'lgan muhabbat (kibr)dan zarracha qolgan esa-da, hargiz u olamning lutfi senga yuz ko'rsatmaydi", - deganlar hazrati Mavlono. Asosiysi, bu yerda tilga olingan lutf - kibrdan xoli bo'lish va undan keyingi martabalar haqida.

To'rtinchi bayt:

Orifu sodiq - hama pandu nasihat oldilar,

Barcha panding oldilar, pandingni olmasman hanuz.

Shoir orifu sodiqlarga nazar tashlash orqali ularni ibrat tarzida eslab o'tadi. Oriflar - ilohiy ma'rifatdan xabardor zotlar. Tariqat shayxlarining e'tirof etishlaricha, ilohiy ma'rifatdan xabardorlik to'rt marta fanofilloh va baqobilloh martabasidan keyin keladigan maqom hisoblanadi. Ammo ma'rifati oliy, ya'ni komil ma'rifatga yetmoq uchun bu ham kamlik qiladi. "Tavhid siriga yetsa bo'lur, ammo ma'rifat siriga yetmoq dushvordur", - deganlar Shohi Naqshband hazratlari.

Orif so'zi tariqat shayxi, valiy so'zlari bilan sinonimdir. "Din - nasihatdur", -deganlar payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.). Muborak hadislarda Qur'oni karim (gapiruvchi) va o'lim (gapirmovchi)ga nisbatan ham nasihatgo'y sifatida ta'rif berilgan.

4 Rumiy J. Ichindagi ichindadur. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2013. - B. 118.

193

Baytda orifu sodiqlar haqida so'z ketar ekan, ularning barí, yoki ular bilan birga boshqalar ham pand-nasihatga quloq tutdilar, der ekan, shoir o'zini ular qatoriga qo'sholmaydi, ya'ni o'zini hammadan pastda ko'radi. Lirik qahramonning nafsiga qarshi isyoni o'zini taftish qilish bilan boshlanganligi oydinlashib boraveradi.

Shayx Abu Bakr Vositiy shunday deydi:

- Murid avval qadamda muxtordur, vaqteki, bog'liq bo'ldi ixtiyori o'zida qolmas. O'zining donoliqini nodonliqida ko'ror va o'zining borliqini yo'qliqida mushohada qilur, bul so'z ishoratdin ziyodadur. Iborat bul hadisg'a mahram emas. Bu so'z na ishoratdur, na iborat, na qol birla bo'lur, na hol birla anglanur. Na bud birla bilsa bo'lur va na nobud birla anglasa bo'lur. Agar xohlasangkim, mujohada va riyozart birla bilgaysan. ... Mujohadaki, aningda mushohada bo'lmasa, ani mujohada demaslar..."5. Bu fikr ko'p sharhtalabdir. Kitoblarda kelganlarini ham bu yerda keltirish imkonsiz. Biroq bu so'zlarsiz yuqoridagi baytning ham, g'azalning ham ma'nosi yetarlicha ochilmaydi. Shuning uchun "Qobusnoma"dan dalil olamiz:

"Ey farzand, sen har nechaki dono bo'lsang, o'zingni xalqdin donoroq bilmag'il, nedinkim, o'zingni nodon bilding - dono bo'lding. Rost, dono ul kishidurkim, qachon o'zini nodon va ojiz hisoblar. Chunki Suqrot hakim ayturki: "Agar bir kishi desakim, Suqrot hakim donishmanddur va jahon donishining da'vosin qilur. Darhol aytur erdimki, men ojizman va hech narsani bilmasman. Lekin bu so'zni ham ata olmag'umdur, nedinkim, bu so'z men tomondin aytilg'on ulug' da'vodur"

Demak, ey farzand, donishlig'ingga g'arra bo'lmag'il. Kishi donishlig'iga g'arra bo'lsa, albatta, ul hamisha pushaymon bo'lur"6.

Aslida, bu so'zlar ilmi holning ikkinchi darajasi ta'rifiga xos bo'lib, ushbu g'azal esa kamida uchinchi yoki undan baland darajalar ta'rifiga oid7.

Keyingi bayt:

Bandalik qilsang takabbur qilma, shayton fe 'lidur,

Man takabburdin zamone xoliy ermasman hanuz.

Bu baytda shoir tamsil san'tidan foydalanib, shayton takabburlik fe'li oqibatida ne ko'yga tushganligini tasvirlaydi va o'zining kibrdan xoli emasligidan afsusu nadomat qiladi. Zero, tasavvuf ahli nuqtai nazarida nafsi ammoraning o'zi (unga bo'ysunish) kibrdir. O'zini kibrdan xoli hisoblash kibrdir. Ushbu misralar o'z nafsiga ham, o'zgalarga ham nasihat rutbasidadir.

Oltinchi bayt:

Bandalikqilmay Azozil bo'ldi sarkash amriga,

Rondai dargoh bo'ldi, mankiyonmasman hanuz.

5 Rushdiy, Muhammad Siddiq. Avliyolar sultoni. - Toshkent: Kamalak, 1996. - B. 119.

6 Kaykovus, Unsurulmaoliy. Qobusnoma. - Toshkent: Istiqlol. - B. 34.

7 Komilov N. Tasavvuf. - Toshkent: Movorounnahr, O'zbekiston NMIU, 2009. - B. 35.

194

Ushbu baytdagi ma'no ham oldingi bayt mazmuniga bevosita bog'lanib keladi, Azozilning dargohdan quvilishiga uning mutakabbirligi sabab Alloh taoloning amridan bosh burishi ekanligi, inson kibr bilan bandalikni mukammal ado etolmasligini ta'kidlanib, misol keltirish san'ati orqali fikrini chiroyli dalillaydi.

Tiriklikdan erur maqsad bandalik, Bandaliksiz tiriklik sharmandalik, - degan ekanlar Shoiri Abulmaoniy Bedil. Islom aqidasiga muvofiq, Haq taolo barcha maxluqotni o'ziga ibodat qilishi uchun yaratgan. Ilohiy amrlarni bajarmaslik, unga xilof ish qilish bandalik shartiga to'g'ri kelmaydi, albatta.

Keyingi baytda shoir talmeh san'ati vositasida dunyobandilikning sharmandali oqibatlarini ko'rsatib, o'z ahvolidan shikoyatini davom ettiradi:

Dunyoni ko'p yig'di Qorun8, ketti ul yer qa 'riga,

Dunyodin bir dam zamon ko'ngul uzolmasman hanuz.

Lirik qahramon dunyodan bir dam ham ko'ngil uzolmayotganidan o'zidan-o'zi iztirobda, negaki dunyo yordan uzoqlashishning boisi va halokat o'rnidir. U o'ziga tortuvchi sehrgar nozanin kabi aldoqchi, fitnachi. Bu yo'ldagi kurashlarga dosh berolmagani bois lirik qahramon o'zini ayblaydi.

G'azal ushbu maqta' baytdagi afsus-nadomatga to'la o'ylari va o'zini Haq yo'liga boshlash da'vati bilan yakun topadi:

Banda bo'lsang, Mashrabo, kechgil havoyi hirsdin,

Kechdi barcha hirsidin, hargiz kecholmasman hanuz.

Shoir o'ziga-o'zi nido qilar ekan, ey Mashrab, bandalikning sharti shuki, o'z havoyi hirsingdan kechsang. Aniqki, barcha bandalar havoyi hirsidin kechdi, sen esa hargiz bu ishga qo'l urmading, deydi.

O'zgalar aybini unutdim, / O'z aybim shunchalar yaqqol ko'rindi, - yana bir she'rlarida esa: Uyatdan qizarib suv bo'lmaguncha / Namoyon etmadi oyina bizni, -degan edi Bedil hazratlari. Toki bu hikmatlar bandasining qalbida mustahkam o'rnashib, aks-sado bermas ekan, solik xavf maqomini kamoliga yetkazib xatm qilolmaydi va rajo maqomiga yuksala olmas. Mavlono Rumiyga ko'ra esa: Kimki nuqsonini ko'rib anglasa, tasarrufida to'qqiz ot bo'lsa-da, komillik yo'lida yeldirar. Yuqorida zikr etganimizdek, valiylikning sharti barcha mo'minlardan o'zini past ko'rmoqlikdir.

Valiy uldur, chiqorsa mosuvoni,

Havodindur talab qilmoq havoni.

Valiy shunday kishiki, u mosivo - Haq taoloning muhabbatidan boshqa narsani ko'ngildan chiqarib tashlaydi9. Ikkinchi misrada esa So'fi Allohyor hazratlari mosivo

8 Qur'on - mumtoz adabiyotda badavlatlik va ziqnalik timsoli. Bani isroil qavmidan, hazrat Muso alayhissalomning ahlidan, ya'ni amakilarining o'li edi. Ilmu fazlda benazir bo'lgan, lekin boyligiga kibrlanib, tug'yonga ketgani aytiladi. Oqibatda butun qasru saroylari, bor mol-dunyosi bilan yerga yuttirib yuborilgan. Hattoki unga berilgan xazinalarning kalitlarini ko'tarib yurish baquvvat jamoaga ham og'irlik qilishi aytilgan. Qur'oni karimning "Qasas" surasida bu haqda ma'lumot berilgan.

Scientific Journal Impact Factor

- Alloh taoloning rizosiga xilof bo'lgan barcha narsalarni havo, ya'ni bo'shliqqa o'xshatib, uni talab qilmoq nafsi havoning ishi, demoqdalar. Xulosa o'rnida hazrat Navoiyning quyidagi baytlarini keltiramiz:

O'ziga qilmag'on o'zlikni harom,

Harami ishq aro bo'lmas mahram.

Ammo endi bu - Allohga jon fido qilmoq martabasi, ya'ni ilmi holning oxirgi -yettinchi darajasi hisoblanadi10. Adabiyotda ijodkorning daraja-martabasi erishilgan ma'nolarning yuksakligiga ko'radir.

Xulosa qilib aytganda, Mashrab she'rlari mumtoz adabiyotimizdagi ulkan g'oyalarni ifodalovchi - irfon bilan sug'orilgan. Shoir she'rlarini o'rganish uning shaxsiyatini chuqqurroq bilishni talab qiladi. Ayni paytda bu she'rlar Mashrab shaxsini, uning ijodi manshaalarini ham mukammal idrok etishga yo'l ochadi.

REFERENCES

1. Mashrab, Boborahim. Mehribonim qaydasan. - Toshkent: G'.G'ulom, 1990. - 416 b.

2. Kenjabek, Mirzo. Oshiq Mashrab va tasavvuf olami. - Toshkent: Navro'z, 2019. -

3. Yembergenov, Umrboy; Shomurodov, Jabborbergan. Sulaymon Boqirg'oniy (Hakim ota). - Toshkent: O'zbekiston, 2015.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Rumiy J. Ichindagi ichindadur. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2013. - 238.

5. Rumiy J. Masnaviyi ma'naviy.

6. Komilov N. Tasavvuf. - Toshkent: Movorounnahr, O'zbekiston. NMIU, 2009.

7. Ismoilov, Mas'udxon; Akbarov, Abrorxon. So'fi Allohyor. "Sabotul ojizin" sharhi. Samarqand, 2018.

8. Rushdiy, Muhammad Siddiq. Avliyolar sultoni. - Toshkent:Kamalak,1996.-172 b.

9. Kaykovus, Unsurulmaoliy. Qobusnoma. - Toshkent: Istiqlol. - 174 b.

9 Ismoilov, Mas'udxon; Akbarov, Abrorxon. So'fi Allohyor. "Sabotul ojizin" sharhi. Samarqand, 2018. - B. 153.

10 Komilov N. Tasavvuf. - Toshkent: Movorounnahr; O'zbekiston NMIU, 2009. - B. 35.

XULOSA

148.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.