Научная статья на тему 'AN’ANA VA IZDOSHLIK: NAVOIY VA UVAYSIY IJODIDA CHISTON JANRI'

AN’ANA VA IZDOSHLIK: NAVOIY VA UVAYSIY IJODIDA CHISTON JANRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
14066
347
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chiston / miqroz / poki / axgar / mijmar / manqal / tashbeh / chiston / miqroz / poki / axgar / mijmar / manqal / tashbeh

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shahnoza Bahriyeva, Goʻzal Namozova

Ushbu maqola chiston janri taraqqiyotiga bag’ishlangan bo’lib, uning A.Navoiy ijodida namoyon bo’lishi, so’ng shoira Uvaysiy tomonidan sayqallanib, eng yuksak pog’onaga ko’tarilishi, an’ana va izdoshlik asosida shakllangan ushbu janr mumtoz adabiyotimizda muhim ahamiyatga ega bo’lganligi haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRADITION AND FOLLOW-UP: THE “CHISTON” GENRE IN THE WORKS OF NAVOI AND UVAYSI

This article is devoted to the development of the “chiston” genre, its manifestation in Navoi’s work, which was later polished by Uvaysi and raised to the highest level and the importanse of this genre in our classical literature.

Текст научной работы на тему «AN’ANA VA IZDOSHLIK: NAVOIY VA UVAYSIY IJODIDA CHISTON JANRI»

AN'ANA VA IZDOSHLIK: NAVOIY VA UVAYSIY IJODIDA CHISTON JANRI

Shahnoza Bahriyeva Go'zal Namozova

Qarshi davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola chiston janri taraqqiyotiga bag'ishlangan bo'lib, uning A.Navoiy ijodida namoyon bo'lishi, so'ng shoira Uvaysiy tomonidan sayqallanib, eng yuksak pog'onaga ko'tarilishi, an'ana va izdoshlik asosida shakllangan ushbu janr mumtoz adabiyotimizda muhim ahamiyatga ega bo'lganligi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: chiston, miqroz, poki, axgar, mijmar, manqal, tashbeh

TRADITION AND FOLLOW-UP: THE "CHISTON" GENRE IN THE WORKS

OF NAVOI AND UVAYSI

Shahnoza Bahrieva Guzal Namozova

Karshi State University

ABSTRACT

This article is devoted to the development of the "chiston" genre, its manifestation in Navoi's work, which was later polished by Uvaysi and raised to the highest level and the importanse of this genre in our classical literature.

Keywords: chiston, miqroz, poki, axgar, mijmar, manqal, tashbeh

KIRISH

O'zining o'lmas asarlari bilan o'zbek adabiyoti tarixida o'chmas iz qoldirgan Alisher Navoiy ijodida beqiyos lirik asarlar: g'azal, ruboiy, tuyuq, fard, masnaviylar bilan bir qatorda chistonlarning ham go'zal namunalarini uchratamiz.

Turkiy adabiyotdagi ilk chistonlar Navoiy tomonidan yaratilgan. Navoiydan so'ng shoira uvaysiy ijodida chiston janrining yanada sayqallanib, eng mukammal namunalari yaratilganiga guvoh bo'lamiz. Chiston dastlab fors-tojik adabiyotida turkiy adabiyotdan bir necha asr ilgari ham mavjud bo'lgan. Chiston mumtoz adabiyotdagi she'riy topishmoq bo'lib, "chist" (nima), "on" (u) so'zlaridan olingan. Chistonning hajmi cheklanmagan, lekin ko'pincha bir yoki ikki bayt bo'ladi. Navoiy ijodida o'nta chiston mavjud. "Qalam" , "Tanga" , "Miqroz" , "O'q" , "Anor" , "Yumurtqa" , ""Poki"(ustara), "Parvona" Manbalarga ko'ra Uvaysiy qalamiga mansub chistonlar ellikdan ortiqdir. "Anor", "Tun-kun", "Yong'oq", "Qaychi" , "Uyqu" chistonlari shular jumlasidandir. Navoiy va Uvaysiy yaratgan chistonlarda o'zaro bog'liqlik sifatida "Anor" va "Qaychi" chistonlarini keltirish mumkin. Har ikkala ijodkor ham "Anor" va

"Qaychi" nomli chistonlar yaratishgan. Uvaysiy chistonlarini bir, ikki, ba'zan uch bayt shaklida, Navoiy esa, asosan, qit'a shaklida yaratgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jumladan, Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy" devoniga kiritilgan o'nta chistondan sakkiztasi qit'a shaklida, ikkitasi to'rtlik shaklida, Uvaysiyning chistonlari g'azal, to'rtlik va ikkilik shaklida yaratilgan. Navoiyning chiston yaratishdagi mahoratini uning birgina "Anor" chistoni orqali kuzatishimiz mumkin.

Ne mijmardir to'la axgar, vale ul mijmar andomi Erur sun'ilgidan gohe muqaddas, goh musamman ham Chiqar ravzandin axgar dudiyu bu turfakim oning O'tig'a dud yo'qtur mijmarig'a balki ravzan ham O'tu mujmar dema bor ul sadafkim, durlarin oning Evurdi qong'a davroni musha'bid charxi purfan ham Dastlab, asar anorning ichki va tashqi tuzilish tasviridan boshlanadi. Asar boshlanishida Navoiy anorni ichida cho'g' yonib turgan idishga qiyoslaydi va aynan

Ne mijmardir to'la axgar vale ul mijmar andomi misrasida tashbeh san'atini qo'llaydi. Ya'ni anorning tashqi ko'rinishini xushbo'y narsalar solib tutatiladigan idish(manqal)ga , ichidagi donalarni yonib turgan cho'g'ga o'xshatadi. Bunda ham tashbeh badiiy vositasidan mahorat bilan foydalanilgan. Lekin keyingi baytlarda esa ushbu o'xshatishdan voz kechishga majbur bo'ladi. Ya'ni shoir Chiqar ravzandin axgar dudiyu bu turfakim oning O'tig'a dud yo'qtur mijmarg'a balki ravzan ham Shoir bu baytda ruju' san'atini qo'llaydi. Chunki anorni manqal desak, manqalning tutun chiqadigan joyi bo'lishi kerak. Anorda esa tuynuk ham, tutun ham yo'qdir. Shundan keyin shoir anorni sadafga mengzaydi. Uning donalarini esa dur-u gavhar deb ataydi. Bu o'xshatish ham tashbeh san'atining beqiyos ko'rinishlaridan biridir. Olingan tashbehlar majoziy bo'lib, sadaf o'z zamonidagi tuzumga, sadaf ichidagi gavharlar esa qonga qiyoslanadi. Shu manzara orqali zamon tuzumidan azob chekayotgan davr ahli , begunoh to'kilgan qonlar gavdalantiriladi. So'nggi baytlarda esa anor iste'moliga doir, uning tibbiy foydasi haqidagi mulohazalarini keltiradi. Uvaysiyning chistonlarida shaklbozlikka berilish holatlari kuzatilmaydi, balki ularning ta'limiy jihatlariga e'tibor qaratiladi. Shoira anor chistonida xuddi Navoiydek anorning tarifini san'atkorona chizib beradi.

Ul na gumbazdir eshigi , tuynugidan yo'q nishon Necha gulgun, pok qizlar manzil aylabdur makon Sindurub gumbani qizlar holidin olsam xabar Yuzlarig'a parda tortig'liq, tururlar bag'ri qon

Shoira anorni gumbazga qiyoslaydi. Bu shunday gumbazki, eshigi ham, tuynugi ham yo'q. Anor donalari pok qizlarga, donalar ustidagi yupqa po'st gulgun qizlar yuzidagi pardaga, donalarning qirmizi rangi esa qonga o'xshatiladi.

Anor donalarini qonga o'xshatish tasviri Navoiyning "Anor" chistonida ham keltirilgan. MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har ikki chistonda ham anor donalari qizilligini qonga o'xshatish bilan mazlum xalq obrazi gavdalantirilgan. Uvaysiy anor timsoli orqali mazluma xotin-qizlarni tutqunlikda saqlagan feodal muhit illatlarini fosh etadi. Navoiy ko'proq anorning latofati, shifobaxshligini go'zal tashbehlar orqali ochib bergan bo'lsa, Uvaysiy o'sha davrda ochiq aytib bo'lmaydigan fikrlarini shu birgina anor timsoli orqali ochib bergan. Uvaysiy o'z chistonlarining mazmuni va maqsadini real hayot bilan bog'laydi. Undan ijtimoiy muhit ruhini yurak sirlarini, nozik tuyg'ularini ochib beruvchi badiiy vosita sifatida foydalanadi. Chistonlarda ham badiiy san'atlar namoyon bo'ladi. Tashbeh, tajohili orifona, ruju' kabi badiiy san'atlar chistonning mohiyatini anglashga yordam beradi. Jumladan, Navoiyning "Qaychi" nomli chistonida qaychi qushga qiyoslanib, tashbeh san'ati hosil bo'lgan. "Minqor" tumshuq bo'lib,qaychining uchlari shakliy o'xshashlik asosida qushning qanotlariga, qushning oyoqlari qaychining kishi tomonidan tutiladigan qismini anglatadi.

Ne qush erkin alarkim birardurur qanoti, Qanotining uchida har birisiga minqor Biror ayog'lari ham bor-u turfaroq bukim, Ayog' uchidan biror ko'z ham ettilar izhor Navoiy ushbu chistoni orqali qaychining butun shakl-u shamoyilini, vazifasini tashbehlar orqali ochib beradi.

Uvaysiyning "Qaychi" chistonida ham tashbeh san'ati qo'llanib, qaychining ikki oyog'i ikki do'st timsolida keltirilgan.

Ikki mahbubni ko'rdim, ikkisin kindigi bir, Ikkisin orasiga tushsang, topadursan kasir "Kun-tun" chistonida ham istiyora vositasida o'xshatilayotgan qism ikki mahbubaga qiyoslanadi.

Ikki mahbubeni ko'rdim, bir-birisin ko'rmagan Ikkisining o'rtasiga do'stlar, qil ham sig'magan. Ikki do'stki, bir birisin ko'rmagan. Ammo ularning orasidan qil ham o'tmaydi. Shoira o'z fikrlarini obrazli tarzda mantiqli ifodalaydi. Ikki mahbuba timsoliga istiyora san'ati misolida keng ma'no yuklaydi.

Chiston ko'pincha fard, qit'a, g'azal, ruboiy ko'rinishida yoziladi. Chistonga janr sifatida qarash vazn, qofiya, hajm nuqtai nazaridan kuzatsak, to'g'ri kelmaydi. Lekin

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

Navoiyning chistonlari hajmi katta, ya'ni, asosan qit'a shaklida yaratilgani uchun ma'lum vaznda yaratilgan deyishimiz mumkin. Masalan,

Ne mijmardir to'la axgar vale ul mijmar andomi Erur sun'ilgidin gohe musaddas, goh musamman ham Anor chistonidan olingan ushbu baytning aruzga oid tahlilini kuzatadigan bo'lsak, to'rt rukndan iboratligi, taqte'sidan uning hazaj bahrida ekanini anglaymiz. Demak, Navoiyning "Anor" chistoni Hazaji musammani solim vaznida yaratilgan.

XULOSA

Chiston har bir shoirning oddiy narsalardan badiiy obrazlar yarata olish mahoratini ko'rsatadi. Navoiy va Uvaysiy ijodida chistonning yuksak mohiyatga ega ekanini kuzatdik. Navoiyni chistonning poydevorini barpo etgan buyuk san'atkor, Uvaysiyni esa Navoiydan keyingi mohir chistonnavis, chistonning eng ko'p va beqiyos namunalarini yaratgan ijodkorlar desak, mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENSES

1. A.Hayitmetov. "Navoiy lirikasi".Toshkent,1961.

2. Y. Is'hoqov. "Navoiy poetikasi". Toshkent.1983.

4. A.Navoiy. "Xazoyin ul-maoniy"

5. Uvaysiy. "Devon"

4. R.Orzibekov."Lirikada kichik janrlar". Toshkent,G'.Gulom nashriyoti. 1976.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.