Научная статья на тему 'BUXOROLIK MINIATURACHI-RASSOM SADRIDDIN POCHCHAYEV IJODIGA BIR NAZAR'

BUXOROLIK MINIATURACHI-RASSOM SADRIDDIN POCHCHAYEV IJODIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
480
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Buxoro amirligi / miniatura / Buxoro badiiy san’at muzeyi / Sadriddin Pochchayev / musavvir (rassom). / Bukhara Emirate / miniature / Bukhara Museum of Fine Arts / Sadriddin Pochchayev / artist.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bobir Baxtiyorovich Boltayev

Ushbu maqolada buxorolik mashhur miniaturachi-rassom Sadriddin Pochchaevning Buxoro amirligining so’nggi davri va sobiq sho’ro hukumati davri tarixini yorituvchi asarlari manba sifatida o’rganib chiqilgan va ilmiy tahlil qilingan. Xususan, o’rta asrlar, amirlik davri, sobiq sho’ro davridagi tarixiy voqealar, syujetlarni aks ettiruvchi miniatyuralar, portretlar, zargarlik buyumlari o’rganilgan. Bundan tashqari maqolada buxorolik mashhur miniaturachi-rassom Sadriddin Pochchaev tomonidan yaratilgan asarlar ko’rgazmasiga barchani Buxoro badiiy san’at muzeyiga tashrif buyurishni tavsiya etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A LOOK AT THE WORK OF BUKHARA MINIATURIST-ARTIST SADRIDDIN POCHCHAYEV

This article examines and scientifically analyzes the works of the famous Bukhara miniature artist Sadriddin Pochchaev, which illuminates the history of the last period of the Bukhara Emirate and the former Soviet government. In particular, the study of the Middle Ages, the Emirate, historical events of the former Soviet era, miniatures, portraits, jewelry depicting the plots. The article also recommended that everyone visit the Bukhara Museum of Fine Arts for an exhibition of works by the famous Bukhara miniature artist Sadriddin Pochchaev.

Текст научной работы на тему «BUXOROLIK MINIATURACHI-RASSOM SADRIDDIN POCHCHAYEV IJODIGA BIR NAZAR»

BUXOROLIK MINIATURACHI-RASSOM SADRIDDIN POCHCHAYEV

IJODIGA BIR NAZAR

Bobir Baxtiyorovich Boltayev

Buxoro davlat universiteti katta o'qituvchisi boltayev74 @mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada buxorolik mashhur miniaturachi-rassom Sadriddin Pochchaevning Buxoro amirligining so'nggi davri va sobiq sho'ro hukumati davri tarixini yorituvchi asarlari manba sifatida o'rganib chiqilgan va ilmiy tahlil qilingan. Xususan, o'rta asrlar, amirlik davri, sobiq sho'ro davridagi tarixiy voqealar, syujetlarni aks ettiruvchi miniatyuralar, portretlar, zargarlik buyumlari o'rganilgan. Bundan tashqari maqolada buxorolik mashhur miniaturachi-rassom Sadriddin Pochchaev tomonidan yaratilgan asarlar ko'rgazmasiga barchani Buxoro badiiy san'at muzeyiga tashrif buyurishni tavsiya etgan.

Kalit so'zlar: Buxoro amirligi, miniatura, Buxoro badiiy san'at muzeyi, Sadriddin Pochchayev, musavvir (rassom).

A LOOK AT THE WORK OF BUKHARA MINIATURIST-ARTIST

SADRIDDIN POCHCHAYEV

Bobir Bakhtiyorovich Boltaev

Senior Lecturer, Bukhara State University boltayev74 @mail .ru

ABSTRACT

This article examines and scientifically analyzes the works of the famous Bukhara miniature artist Sadriddin Pochchaev, which illuminates the history of the last period of the Bukhara Emirate and the former Soviet government. In particular, the study of the Middle Ages, the Emirate, historical events of the former Soviet era, miniatures, portraits, jewelry depicting the plots. The article also recommended that everyone visit the Bukhara Museum of Fine Arts for an exhibition of works by the famous Bukhara miniature artist Sadriddin Pochchaev.

Keywords: Bukhara Emirate, miniature, Bukhara Museum of Fine Arts, Sadriddin Pochchayev, artist.

www.scientificprogress.uz

KIRISH

Buxoro davlat muzey-qo'riqxonasi O'zbekiston tarixining turli bosqichlarini mujassam etgan moddiy va ma'naviy madaniyat ashyolarini saqlash, o'rganish va namoyish etish bilan shug'ullanadigan yirik markazlardan biri bo'lib, bir asr davomida faoliyat olib bormoqda. Buxoro vohasi hududida olib borilgan arxeologik va etnografik ekspeditsiyalar natijasida to'plangan ko'plab uy-ro'zg'or buyumlari, an'anaviy kiyim-kechak namunalari, tangalar, qo'lyozma va rasmiy hujjatlar muzey jamlanmasining asosini tashkil etgan holda, mutaxassislar tomonidan o'rganilmoqda. Shu bilan bir qatorda, hajmi jihatidan katta bo'lmagan tasviriy san'at jamlanmasida XIX asrning oxiri - XX asrda faoliyat olib borgan rassomlarning asarlari to'plangan bo'lib, ular orasida Buxorolik miniaturachi-rassom Sadriddin Pochchayevning ijodiy ishlari Buxoro san'ati va madaniyatining Mang'itlar davridagi tarixi bo'yicha muhim manba sifatida ahamiyatga ega.

ASOSIY QISM

Sadriddin Pochchayev minaturasi XX asr boshlaridagi siyosiy-iqtisodiy bo'htonlarga qaramay Buxoroda asrlar mobaynida shakllanib, sayqal topgan xalq amaliy san'ati yashashni davom ettiradi. Uning boy va xilma-xil turlari hamda shakllari orasida Buxoro naqqoshligi va minyaturasini alohida ta'kidlash mumkin. Bu hunarni yangi yuz yillikga opichlab olib o'tgan serqirra xalq ustalari Nabijon Hafizov va zargar Sadriddin Pochchayevlardir[1].

Sadriddin binni Pochcha (Pochchayev) (1870-1948 yillar) Rometan tumanining payshanba qishlog'idan bo'lib yoshligidan otasidan yetim qoladi. Mashaqqatli yetimlik yillaridan keyin 10 yoshida onasi uni buxorolik zargar usta Mirazimga shogirdlikka beradi. 20-yillik shogirdlikdan keyin, noyob iste'dod egasi Saddriddin Pochchayev Buxoro Amiri Abdulaxadxon (1885-1910 yillarda) hamda amir Sayid Olimxon (19111920 yillar) hukmronlik davrida saroy zargari sifatida Arkoni davlatidagi maxsus saroy hunarmandlari shug'ullanadigan joyda faoliyat ko'rsatadi. Bu yerda ko'plab ustalar qatori mohir zargar Sadriddin Pochchayev ham zargarlik zebi-ziynatlari va saroy buyumlarini yasaydi. Maxsus yerto'lada kumush va oltindan Buxoro tangalarini zapt qilishda ishtirok etadi. 1920-1924 yillarda yangi tashkil qilingan hunarmandlar shirkatida faoliyat ko'rsatadi. Yangi shakldagi buyumlarni: sigaret qutichasi, tamakidon, sandiqcha yasaydi. Oltin va kumush toshlar musodora qilinib davlat ixtiyoriga o'tgach, zargarlar ta'qib ostiga olingan Sadriddin Pochchayev o'zi uchun yangi bo'lgan hunar minaturalar chizishga kirishadi. Tasodifiy baxtsizlik san'at sohasiga yangi bir sohada muvofaqiyatlar Sadriddin Pochchayev ijodiga xos holatdir. Musavvir ancha yoshga kirib qolganiga qaramay, bu sohada ham sezilarli yutuqlarga erishadi. Sadriddin Pochchayevning miniaturachi usta sifatidagi ilk ishi Buxoro so'ngi amirining

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

buyurtmasi, hind traktati "Lazzatil-niso" qo'lyozmasiga ishlangan illyustгastiya miniatyuralari hisoblanadi [2]. 50 dan ortiq miniatyuгadan iboгat bu qo'lyozma Buxoro davlat muzey qo'riqxonasi fondida saqlanmoqda. Mashhur zaгgaгning miniatyura sohasida ijod qilishida yangi tuzumning hunarmandlarga ayniqsa zargarlarga nisbatan tutgan siyosati bilan bog'liq S.Pochchayevning mashhur miniatyurachi bo'lib yetishishida ko'p qin-ali ijodkorning O'гta Osiyo miniatyuгasiga bo'lgan katta qiziqishi ham muhim ral o'ynaydi. Usta uchun yangi sohadagi yutuqlarga uning zargarlikdagi istedodi va tajribasi bilan birga, zargarlikda ishlangan haqqoqi uslubi- emal bilan kandakori qilingan naqshlar satxiga ishlov berish, to'ldiгishi ham yoгdam beгadi. Bundan tashqaгi zaгgaгlik buyuгtmachilaгi undan buyumlarga go'zal гango-rang naqshlar solishni tez-tez so'rab tuгishlaгi ham uning bu sohaga befarq qoldiгmadi. Shiгkat tuzilgan zaгgaгlaгga buyuгtmachi asosan davlat bo'lib qoladi. Bu paytda targ'ibot - tashviqot ishlarida har xil plakatlar, shiorlar chaqiriqlarni milliy naqshlarni bilan bezash va arab yozuvida chiroyli husnixat yozadiganlar kerak edi. Ana shu ishlar ham nabijon Hafizov va Sadriddin Pochchayevlar zimmasiga yuklatiladi. Qatag'onlikga uchramaslik uchun ham ushbu ijodkorlar o'zlaгining sevimli hunaгidan uzoqroq bo'lgan ish bilan shug'ullanishga to'g'ri keldi.

Ammo keyinchalik miniatyuгa chizishni ustadan hech kim so'гamasada u o'z qiziqishi bilan bu sohada ijod qilishni davom ettiradi[3]. XIX-XX asr boshlaridagi o'zbek miniatyurasining so'ngi vakili hisoblangan Sadгiddin Pochchayevning 28 dona alohida qog'ozga chizilgan miniatyura asarlari Buxorodagi Kamoliddin Bekzod nomidagi "San'at muzeyi"da saqlanmoqda. Ular 1945 yilda muzey tomonidan Sadrddin Pochchayevdan sotib olingan. Ushbu miniatyuralami 4 gumhga bo'lish mumkin:

1. Me'moriy yodgorliklar tasviri

2. Alisheг Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan miniatyura

3. Qo'lyozma kitoblarga ishlangan miniatyuralar

4. Zamonaviy mavzuda chizilgan miniatyuralar

Sadriddin Pochchayev 1920-1930 yillarda chizgan ushbu miniatyuralarning birinchilaгi Eгon va Hindiston miniatyuralaridan nusxa ko'chiгib yaratilganlaridir. "Tusdagi maqbara" 1925 yil, "Eran arxitektura yodgorliklari" 1925 yil, "Varshava me'moгiy obidalari" 1926 yil, "Turkiyadagi masjit" 1927 yilda va "Ka'ba masjiti" 1927 yilda shular jumlasidandir. Ushbu mashqlardan keyin esa, Sadriddin Pochchayev Buxora yodgorliklarini natuгadan chizishga jazm qiladi va nihoyat uning taniqli "Ismoil Samoniy maqbarasi" 1929yil, "Choг minor"1929 yil minoгalaг qatorida, "Minorai kalon" va "Miгi arab madrasasi" 68x50sm 1929 yil, "Ka'ba" 67x45 sm 1929 yil miniatyuralari yaratildi, ushbu miniatyuralar o'lchamiga ko'ra ancha yiгik. Bu yeгdagi asarlar miniatyurachi rassom naqqoshlikga yaqin ijodkor ekanidan darak beradi. Ayniqsa, yodgorliklarning qoshinkori va naqshinkor zargarona ishlanishi ustaning qo'li

zargarniki ekanini eslatib turadi. Hind miniatyuralarini ijodiy o'rganib, ulaгdan nusxa ko'chirish jaгayonida uning "afsonaviy hayvon mingan avliyo" 16x18 sm 1930 yil asari dunyoga kelgan. Unda ho'kizsimon hayvon ustiga mingan Ыг qo'lida hukmronlik gurzisini ushlagan Hind milliy libosidagi ayol tasvirlargan. Uning qiyofasi keskin va magern- ko'kгak tomoni yarim kofta va pastki tomoni yarim beli yupkasimon kiyim bilan o'ralgan. Boshida muгakkab o'гamli sallasimon bosh kiyimi o'ziga yarashib turibdi. Hayvonning dumi ilonga, boshi ilon boshiga o'xshab ketadi. Tasvir yengil va erkin chizma oгqali harakatda ko'гsatilgan. Bu miniatyuгa hind nusxasidan olinganmi yoki musavvirning mustaqil ishini aniqlash qiyin. Ammo, Pochchayev miniatyuralariga xos tasvir vositasida chizilgani ko'rinib turibdi. Ushbu miniatyuralar maxsus tanlangan papiгos qog'oziga ishlangan. Mustaqil sujetli miniatyuralarga Sadгiddin Pochchayev bu san'atning akademik qobig'idan chiqqan holda moy bo'yoq uslubiga yaqin vositalarda mo'yqalam tebratgan. Asosiy bo'yoq akvarel, guash, ayrim hollarda moy bo'yoq ham ishlatilgan Hindiston seriyasidagi ishlari faneraga boshqalari qog'ozga, "sharf o'ragan ayol" (24x15,5sm) va "Bog'da" (24x15,5sm) asarlari esa boshqa uslubda ishlangan. Uning ushbu guruhga kiruvchi "Xofiz va kanizak Shaxnabot" (9,5x9,5sm) 1932 yil asarida old planda portretga xos holatda bir-biriga she'r aytayotgan oshiq shoir va mashuqa kanizak tasvirlangan[4].

"Shaxzoda burgut ovida" 1930 yil (18x16sm) asarida old tasvirda maxsus qo'lqopli o'ng qo'lida burgutni qo'ndirib, qarab turgan ovchi, cho'kkalagan holda qarchig'ayga nimalarnidir uqtirib turibdi. Uzun, ammo, gavdasiga yopishib turgan kiyim ustidan fata o'ralgan, boshida qishki telpaksimon bosh kiyimi o'ziga yarashib tushgan. Orqa planda daraxtzor va gullarga burkangan bog' cheksiz holda tasvirlangan. Miniatyuraga xos yil fasllarini bir vaqtda ramziy tasvirlash ushbu asarda ko'zga tashlanadi. "Arg'imchoq uchayotgan boy xotinlar" (18x26sm) 1930 yil hayotiy sujetli ish bo'lib miniatyura vositasida mavjud mavzuni ochib berishga dadil urinishini musavvir tomonidan qay darajada bajarilganini kuzatamiz. Oysimon o'sgan ulkan daraxt tagida yetti nafar bashang kiyingan ayollar navbat bilan arg'imchoq uchmoqda oldindan oqayotgan suvda o'rdaklar va turli tuman qushlarsuzyapti. Daraxt shoh-shabbasining bir qismigina qog'ozga sig'dirilgan bo'lib, boqiylik deraza oynasidan kuzatilgandek ko'rsatilgan.

Sadriddin Pochchayev ijodida kitob miniatyurasi ham muhim o'rin tutadi. Yuqorida eslaganimizdek, "Lazzatil niso" miniatyurasidan tashqari u Abduraxmon Jomiyning "Yusuf va Zulayho" dostoniga Alisher Navoiyning "Farxod va Shirin" dostoniga, "To'tinoma" qo'lyozmasiga miniatyuralar ishlab, an'anaviy o'rta osiyo kitob miniatyurasini XX asrga munosib olib o'tgan xassos musavvir sifatida san'at tarixiga kirdi. Uning ushbu qo'lyozmalarga ishlangan miniatyuralarida bir tomondan an'anaviy

o'rta osiyo miniatyurasini chuqur o'rganib unga amal qilgan holda XIX asr bo shlarida xos yangilanishni ham kuzatamiz[5].

U yaratgan tasvirlar ortiqcha unsurlardan xoli, sal sayoz, xalq og'zaki ijodiga xos samimiylik ortiqcha dabdabasiz va xalqchil, bir oz primitiv xarakterga ega ushbu o'ziga xos uslub, uning yangi zamonaviy mavzularda yaratgan miniatyuralari "saylovlar" va "paxta terimi"da yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. Saylovlar mavzusi musavvir uchun yangilik bo'lib, u bolalarcha soddalik bilan naturadan sujetli kompazistiya hosil qilgan. Kattagina xona bayramona shiorlar bilan bezatilgan, old tasvirda quttiga saylov byulitenini tashlayotgan saylovchi qarshisida kuzatuvchi ayol stulda o'tiribdi. Ikkinchi tomonda xontaxta ustiga tuvakda gullar qo'yilgan,sal orqaroqdan milliy kiyimdagi ayol saylov kamerasidan chiqib kelyapti, chap tomonda saylov varaqasi tarqatayotgan 3 kishi va saylovchilar guruhi o'ng tomonda orqa planda ikki kuzatuvchi saylov kameralarini tikka turib qo'riqlamoqda. Bir tomondan asarda odamlar tarqoq joylashgandek tuyulsada ammo lekin ushbu usul bilan rassom parakatni va ko'pchilik tasvirini bir yerga jamlab murakkab vazifani mohirona yecha oladi.

"Paxta terimi" miniatyurasi undan ham ustalik bilan bajarilgan. Qiyg'oz ochilgan paxtazor markazdan tikka ikkiga bo'lingan. Bir tomondan 7 nafar chevar xotin-qizlar paxta teryapti, chap tomonda 4 nafar erkaklar terim bilan band. Bu bilan musavvir qaynoq terim polatini ko'pchilik kompozistiyani zukkolik bilan yarata olgan. Bir jihatdan miniatyuraning oltin qonuniyati buzilgandek bo'lsada yangi davr ruhida chizilgan miniatyura o'z badiiyligini yo'qotgan. Rassom ushbu ishni dadillik bilan bajarganligi, u aynan shu maqsadda qilqalam tebratganidan dalolat. Miniatyurachi Sadriddin Pochchayev ijodining qaymog'i uning buyuk mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag'ishlangan 6 dona miniatyuralari hisoblanadi. Ushbu turkum buyuk shoirning bolaligidan boshlanib vafoti bilan yakunlanadi. Alisher Navoiyning zamondoshi tarixchi Xondamirning yozishicha Alisher 4 yoshida maktabga borgan,birinchi miniatyurada Alisherning onasi uni maktabga olib borgan holati tasvirlangan. Old ko'rinish ustoz o'qituvchi, Alisher hamda onasi, orqa tasvirda boshqa o'quvchilar hamda maktab xonalarining eshiklari va bog' joylashgan. Alisherning qo'lida kitob. Yelkasida esa sumka osilgan[6].

Qolgan uchta miniatyurada u ulug' shoir hayotining eng muhim davrlarini yoritgan. Ma'lumki, 1472 yilda Alisher Navoiyning bolalikdan birga o'sib ulg'aygan do'sti sulton Xusayn Boyqaro uni Amir unvoniga tavsiya etadi, keyin esa vazir qilib tayinlaydi. Ana shu davrdan boshlab, shoir Alisher Navoiy bunyodkorlik ishlariga yanada qiziqib ketadi. Shoir o'zining ona shahri Hirot va Xuroson o'lkasining obodligi uchun tinmay yelib yuguradi, karvon yo'llari, ko'priklar, bog'lar bunyod qiladi. Injil kanali bo'yida yangi shahar barpo qildiradi. Ushbu shaharda kasalxonalar, maktabxonalar, yolg'izlar, yetimlar uylari va boshqa muxtasham binolar qad ko'taradi

Hirot ravnaqida Alisher Navoiy hal qiluvchi rol o'ynaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur shunday yozadi: "Ilm va san'at ahliga Alisherbek singari homiy qachonlardir o'tganligi kishilarga ma'lum emas. Ustod Qulmuhammad, Shayx Navoiy va Husayn Idiy singari ulug' mug'anniylar Alisherbek madadi va qo'llab quvvatlashi sharofatidan shonu-shuxrat shohsupasiga maqom tutadilar.

Ustod Kamoliddin Bekzod va Shoh Muzaffar Alisherbekning g'amxo'rligi va sa'yi harkatlari tufayli mashhur bo'lishdi. Kamdan kam odamlargina Alisherbek qurdirgan foydali binolarchalik imoratlar bunyod ettirishga muyassar bo'lganlar. (Boburnomadan) Sadriddin Pochchayev miniatyurasida buyuk shoirning bunyodkorlik faoliyatini mohirona tarzda hikoya qiladi. Minglab usta quruvchilar, toshtarosh, naqqosh, suvoqchi, g'isht teruvchi va naqqoshlar xizmatini kichkina hajmli miniatyura qog'ozlariga mohirona tushuradi. Bu asarlar xalq hayotining real tasviri bo'lib, unda kundalik turmush lavhalari o'ziga xos uslubda yaratilgan. Bu turkumga kiruvchi beshinchi asarda musavvir ulkan fojiani tasvirlashga harakat qiladi. Unda Alisher Navoiyning vafoti oldidan ro'y bergan voqea tasvirlangan.

Xondamirning yozishicha, bu voqea 31 dekabr 1500 yilda Xo'ja Abbosda, tarixchi Xondamir ko'z oldida sodir bo'lgan. Sulton Husaynning amaldori Xo'ja Shaxobiddin Abdulla podshoh izvoshi Alisher Navoiy huzuriga yaqinlashayotgani haqida xushxabarni yetkazadi. Qadrdon do'sti yaqinlashayotganidan xabar topgan Alisher Navoiy, uning istiqboliga chiqish uchun shoshiladi. Lekin ko'p o'tmasdan noxush xodisa sodir bo'ladi. Alisher birdan o'zini yomon his qila boshlaydi. U yonma-yon o'tirgan Xo'ja Abdullaga "Men o'zimni yomon his qilayapman, menga nima bo'layapti?" deb yuzlandi. Shu vaqtda kelib sulton Husaynning izvoshi ularga yaqinlashadi, Alisher esa zo'rg'a otdan tushib, orqada turardi. U bir qo'lini Xo'ja Abdullaning yelkasiga, ikkinchisini Xondamir kiftiga qo'yib, qadrdon do'sti Husayn Boyqaroga talpinadi. Sulton qo'lini olib ko'ziga surtib, kaftidan o'padi. Ammo shu zahoti o'zidan ketib yerga o'tiradi. Ana shu voqeani S.Pochchayev nihoyatda zukkolik bilan tasvirladi. Uning ulug' shoirga bo'lgan hurmati ushbu asarida o'z aksini topgan. Turkumning oxirgi miniatyurasi Alisher Navoiyning marosimiga bag'ishlangan. Ko'k matoga o'ralgan shoir tobutini so'ngi manzilga kuzatayotgan ahli Hirot katta motamda. Shahar go'yoki huvillab qolgandek, odamlar boshi ham, uzoqda yum-um yig'layotgan saroy ayollari bundan katta qayg'uni, musibatni ichlariga yutib turgani tasvirlangan. Bu judolik 1501 yilning 3 yanvar tongida sodir bo'lgan edi.

XULOSA

Musavvir ushbu turkum asarlarini bosiq, vazmin ranglarda chizgan. Unga xos yorqinlik bu yerda ko'rinmaydi. Tasvirlanayotgan voqeaga qarab rang tanlangan. Bu yerdagi eng yorqin rang to'q sariq rang bo'lib, asosan, bosh qahramon gavdasi

boshqalaridan yirikroq qilib tasvirlangan. Sadriddin Pochchayev o'zi yashagan davrning ruhiyatini o'zi chizgan miniatyularida aks ettira olgan ijodkor hisoblanadi. U qadimgi O'rta Osiyo miniatyurasini O'rta asrlardan XIX asrgacha rivojlantirib, olib o'tgan buyuk ijodkorlar ishini yangi XX asrgacha opichlab o'tgan uni yangi zamon ruhi bilan boyitgan rassomdir[7]. Uning ijod namunalari nisbatan kamsonli bo'lsa-da, badiiy jihatdan o'ziga xos salmoqqa ega favqulotda go'zal san'atdir.

REFERENCES

1. Pak V.F. Buxoro sovet rassomlari ijodida. Katalog, 1991.

2. AnbMeeB Р.В. Бухара-город музеев .-T.: 1999 г.

3. AnbMeeB Р.В. Бухара в легендах и фактах истории .- T.: 1999 г.

4. Qayumov.A. Muzey ishining fidoyisi. Buxoro, 2000.

5. Buxoro davlat badiiy-memoriy muzey-qo'riqxona.-T.:2004,-B.45.

6. Nishonova K. Muzey xalq tarixining ko'zgusi.-T.:2011,-B.367.

7. Ochilov Alisher. "The Role of Zamanbaba Culture in The Social and Economic History of Bukhara Oasis During Bronze Age." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY 2.4 (2021): 42-47.

8. OCHILOV, Alisher. "JEWELRYC TRADITION IS A SOURCE OF STUDY OF BUKHARA HISTORY." Bayterek Uluslararasi Akademik Araçtirmalar Dergisi 1.1: 105-116.

9. Ochilov, A. T. "DATING OF THE ZAMANBABA CULTURE: ASED ON ARCHAEOLOGICAL SOURCES." Theoretical & Applied Science 12 (2019): 589591.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.