Научная статья на тему 'ANSAMBL IJROCHILIGI FAOLIYATING TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI'

ANSAMBL IJROCHILIGI FAOLIYATING TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2042
214
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Madaniyat / jo’rnavozlik / ansanbl / risola / hofiz / cholg’uchilar / xalq cholg’ulari / konservatoriya. / Culture / journalism / ensemble / pamphlet / hafiz / musicians / folk instruments / conservatory.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Halim Ravshanovich Hasanov

Ushbu maqolada o’zbek milliy musiqa san’atiga ansambl tushunchasining kirib kelish tarixi hamda turli davrlardagi faoliyati haqida fikr yuritilgan. Sharq mutafakkirlari, musiqashunos olimlari va atoqli sozandalarining cholg’u ijrochiligi va ansambliga oid qarashlari hamda musiqiy merosi keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF ENSEMBLE PERFORMANCE ACTIVITIES AND STAGES OF DEVELOPMENT

This article discusses the history of the concept of ensemble in the Uzbek national music and its activities in different periods. The views and musical heritage of oriental thinkers, musicologists and famous musicians on instrumental performance and ensemble are widely covered.

Текст научной работы на тему «ANSAMBL IJROCHILIGI FAOLIYATING TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI»

ANSAMBL IJROCHILIGI FAOLIYATING TARIXI VA TARAQQIYOT

BOSQICHLARI

Halim Ravshanovich Hasanov

Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi

o'qituvchisi h.r.hasanov@buxdu. uz

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek milliy musiqa san'atiga ansambl tushunchasining kirib kelish tarixi hamda turli davrlardagi faoliyati haqida fikr yuritilgan. Sharq mutafakkirlari, musiqashunos olimlari va atoqli sozandalarining cholg'u ijrochiligi va ansambliga oid qarashlari hamda musiqiy merosi keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: Madaniyat, jo'rnavozlik, ansanbl, risola, hofiz, cholg'uchilar, xalq cholg'ulari, konservatoriya.

HISTORY OF ENSEMBLE PERFORMANCE ACTIVITIES AND STAGES OF

DEVELOPMENT

Halim Ravshanovich Hasanov

Bukhara State University, Faculty of Art History Lecturer at the Department of Music

Education h.r.hasanov@buxdu. uz

ABSTRACT

This article discusses the history of the concept of ensemble in the Uzbek national music and its activities in different periods. The views and musical heritage of oriental thinkers, musicologists and famous musicians on instrumental performance and ensemble are widely covered.

Keywords: Culture, journalism, ensemble, pamphlet, hafiz, musicians, folk instruments, conservatory.

KIRISH

Har bir xalqning buyuk o'tmishidan darak beruvchi boy madaniyati uning aslini belgilaydi. Bu madaniyat, qadimdan ushbu elatlar va millatning moddiy va ma'naviy ravnaqi yo'lida xizmat qildi va xizmat qilib kelmoqda. Shuningdek, uni boshqa xalqlar urf-odati, an'ana va qadriyatlaridan keskin farqlanishini belgilab berdi. O'zbek xalqi ham xuddi ana shunday o'zining boy tarixi, qadimgi madaniyati va o'chmas musiqa

san'ati bilan dunyo musiqa madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy xalqlar sirasiga kiradi. Ushbu san'at otadan-o'g'ilgan, onadan-qizga, avlodlardan avlodlarga, ustoz-shogirdga an'ana bo'lib o'tib, yashab kelmoqda. Buni isboti sifatida bugungi kunda mamlakatmizda qad ko'tarib turgan tarixiy obidalar, arxeologik torilmalar, miniatyura san'atida aks etgan rasmlar, me'morchilik, xalq og'zaki va yozma ijodida tasvirlangan san'at asarlari orqali ko'rishimiz mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tarixiy manbaalardan ma'lumki nafaqat O'rta Osiyoda jumladan, O'zbekiston Respublikasi hududida azal-azaldan madaniyat, musiqa va san'at yuksak darajada rivojlangan. Mamlakatimizning turli hududlari, vodiy-u, vohalarida olib borilgan arxeologik qazilmalari natijasida topilgan tasviriy san'at yodgorliklarida buni yaqqol ifodasini topganligini ko'rishimiz mumkin. Hattoki, ularda ilk jo'rnavozlik na'munalari aks etganligini guvohi bo'lamiz. Bu o'z o'rnida jo'rnavozlikning o'sha davrdanoq mavjud bo'lganligidan dalolat beradi. Musiqada ansanbl masalalariga oid ma'lumotlar Farobiy, Marog'iy, Kavkaviy, Darvesh Ali Changiy, so'ngi yillarda Fitrat kabi o'zbek musiqa san'ati nazariyasi, tarixi va amaliyotida munosib xizmat ko'rsatgan buyuk allomalar, musiqashunos olimlar risolalarida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Tarixiy manbaalarda musiqa san'atining aniq bir yo'nalishlari xususida aniq ma'lumotlar berilgan bo'lsada, xonanda yoki yakka sozandaga jo'rnavoz sifatida milliy cholg'ularda hamohang bo'lganligidan dalolat beradi. Aynan o'sha jarayonda ansanbl termini yoki ansambl turlari xususida aniq fikrlar keltirilmagan bo'lsada, hayotiy tajribalar va ijrochilik an'analari, dasta, guruh yoki jamoa bo'lib ijro etish amaliyotning oddiy amallari ekanligidan dalolat beradi. Jumladan, XVII asrda yaratilgan Darvesh Ali Changiyning risolasida bayon etiladiki: - «Ilk musiqa saboqlarini Darvesh Ali otasi Mirzo Ali Changiydan o'rganadi. Keyinchalik o'zidan avvalroq ijod etgan mashhur musiqa arboblari Xujand Ja'far Qonuniy, Ali Do'st Nayi, Hasan Kavkaviy, Hofiz Mahmud, Hofiz Miraq Ibn Majruhiylardan musiqa ijrochiligiga xos va umumaxloqiy, insoniylik fazilatlari saboqlarini o'rganadi. Changiyning musiqa risolasida qayd etilgan o'sha davr musiqa hayotida juda ko'p hunarmand kishilar ham musiqa ijrochilik amaliyotida qizg'in ishtirok etishgan. Jumladan, tikuvchi Boqiy Dirziy, Royanda Tabib, Abdulkarim Qoziy, Munajjim Boqiy Shohidiy, Hofiz Qosim Bazzoz, Rirmuhammad Kulollar cholg'u asboblarida zo'r mahorat bilan kuy ijro etishgan.» Bu esa sozandalarning ja'm bo'lishi ansamblga bir ishora bo'lishi ehtimoldan xoli emas.

XVI - XVII asrlarga kelib, Buxoro, Samarqand, Xiva va Qo'qon vohalarida madaniyat ravnaqi tobora yuksala boshlaydi. Musiqiy dunyoqarashlari bir tomondan kishilarni o'zaro uzviy bog'lanishi musiqa ravnaqini rivojiga katta ta'sir o'tkazdi. Saroy ayonlari uchun maxsus sozandalar biriktirilgan va ularga alohida rahbar tayinlangan.

Saroy ayonlari uchun hozir bo'lgan sozandalar o'z rahbarlariga itoatda bo'lib, musiqiy qonun qoidalarga qat'iy rioya etishgan.

Odatda, jo'rnavozlikning asosiy negizini musiqiy sozlar majmui tashkil etadi. Har bir cholg'u asbob esa jo'rnavozlikda alohida o'ringa va tovush ko'lamidan kelib chiqqan holda muhim maqomiga egadir. Alisher Navoiy "Mahbub ul qulub" asarida har bir sozga alohida ta'rif berib ularni nechog'liq musiqa olami uchun muhim ekanligini ta'riflab o'tadi.

XX asrning allomalaridan biri Abdurauf Fitrat o'zining "O'zbek xalq klassik musiqasi tarixi" nomli risolasida o'zbek musiqasini juda boy tarixi borligi haqida fikr yuritadi. "U bir musiqaki, yolg'iz o'zining klassik qismida uch yuzdan ortiq kuy saqlagan: Bir musiqaki, bu kun o'n beshga yaqin cholg'uning egasidir, bir musiqaki o'zining tekshirishga loyiq nazariyasi, usuli bor: uni maqtovga sazovor deganlar to'g'ri so'zlaydilar" degan fikrni aytib o'tgan.

Har bir davr va ijtimoiy hayot o'z rivoji asosida ansambllarning tarkib topishini jonli jarayon bilan bog'liqligini namoyon etib kelgan. Masalan: damli va urma cholg'ular ansambli doimo har bir davrda ham, o'z uyg'unligi bilan amaliyotda mashhur bo'lib kelgan. Sozandalar ansambliga muhit va davr doimo o'z ta'sirini o'tkazib kelgan. Eng avvalo unga bo'lgan munosabat muhim ahamiyat kasb etgan. Bunga XIX asr Xorazmda yuzaga kelgan musiqiy muhitni misol qilish mumkin.

O'z davrining donishmandi - Feruzshoh (Xorazm) davrida musiqa ilmiga e'tibor yuqori saviyada bo'lgan. Xiva xonligi muzofotida 32 ta sozandalar (guruhi) faoliyat ko'rsatishib, ularning har biri o'z dasturi va mahoratini namoyish etib shaxsan xon ruxsatidan so'ng o'z faoliyatini davom ettirgan. Maqom san'atini izchil yo'lga qo'yish uchun Feruzshohning nazorati ostida saroy sozandalari guruhi (ansambli) tuziladi. Bu ishga o'ta layoqatli hofiz va cholg'uchilar jalb etiladi. Keyinchalik malakali sozandalar safini doim to'ldirib borish maqsadida eng etuk ustozlarga shogird tayyorlash vazifasi yuklatiladi. Shogirdlarga parda va usul tizimlarini kuy va ashulalarga mos masalalar o'rgata borilgan.

MUHOKAMA

XX asrning boshlariga kelib, O'zbekistonda xalqimizning turmush tarzi o'zgarishi munosabati bilan musiqa san'atiga bo'lgan qarashlar ham tobora ijobiy tomonga o'zgara bordi. Ijtimoiy hayot bilan birgalikda Respublikaning turli vohalarida jamoaviy mehnat tartibi tuzila boshladi. Zamonga moslashib vohalarda ham cholg'u sozlar ansamblini joriy qilish imkoniyat darajasida amalga oshirilib bordi. Davrning eng dolzarb asosiy g'oyalari ham jamoalarda yetakchi sozandalar ansamblini faoliyat ko'rsatishi edi. Bunday dastalarning tarkib topishi o'zbek musiqa me'rosida yangicha

bir bosqich sifatida kirib keldi. Har bir sozandalar dastasi turli musiqiy cholg'ularni o'z tarkibiga olib, ommaviy ijro uchun mo'ljallangan.

XX asrning 30-50-yillarida musiqa sohasi keskin rivojlandi va vohalarni o'zining zabardast, o'ta didli musiqa ilmini o'ziga xos namoyondalari o'z faoliyatlarini boshlaydi. Bu o'rinda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, musiqa ustasi, mohir sozanda, tashkilotchi va murabbiy usta Ro'zimatxon Isaboev (Namangan 18851964 y.) tanbur cholg'usining ijrochisi alohida ta'kidlab o'tish joizdir. Ular tuzgan ansambl tarkibida Inomjon, Bahriddin, Sharif xoji (g'ijjak), Mallavoy (chang), Ergashvoy (tanbur), Toshmirza (surnay) kabi sozandalar o'zbek milliy cholg'ularida ijrochilik faoliyatini olib borishgan.

1919-yilda To'xtasin Jalilov boshchiligida birinchilar qatorida xalq cholg'ulari ansambli tashkil qilindi. 1923 yilda Moskva shahrida o'tkazilgan butun Rossiya qishloq xo'jalik savdo ko'rgazmasida ishtirok etib, muvaffaqiyat bilan qaytishadi. Shundan so'ng, 24 nafardan iborat havaskorlik to'garagi dastasi o'z faoliyatini yuqori saviyada davom etiradi. 1927-yilga kelib, O'zbekiston radiosi qoshida maqomchilar ansambli tashkil etiladi. Darhaqiqat, bu ansambl mumtoz musiqa sohasini mohir sozandalarining majmuasi edi. Ansambl tarkibida nayda Dadaali Soatqulov, Saydali Kalonov, qo'shnayda Hayrulla Ubaydullaev, changda Nig'matjon Do'stmuhamedov, Faxriddin Sodiqov, dutorda Abdusoat Vahobov, Orif Qosimov, tanburda Rixsi Rajabiy, Mahsudxo'ja Yusurov, g'ijjakda Imomjon Ikromov, Nabi Hasanov, doyrada Dadaxo'ja Sottiho'jaevlar faoliyat ko'rsatgan. Ularning asosiy maqsadi mumtoz musiqa me'rosi namunalarini ijro etish hamda musiqa san'ati ravnaqi yo'lida izchil maqsad sari borish edi. Bizning nazarimizda ana shu davrdan boshlab, xalq ijrochilik san'atida xususan, guruh bo'lib ijro etish, ya'ni ansambl ijodida turlanish davri boshlanadi.

NATIJA

XX asarning 30 yillari o'rtalariga kelib, xalqlar do'stligini yanada mustahkamlash maqsadida adabiyot va san'at kunlarini tashkil qilish odat tusiga kirib bordi. Bu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etilishida aholi orasida manzur bo'lgan kuy-qo'shiqlar ijrosini tashkil etish o'ta muhim ahamiyat kasb etgan. Shu bois ham yirik ashula va raqs ansambllari tashkil etila boshlangan. O'z davrida bunday ansamblllar tarkibida 20-30 nafardan iborat, sozanda va xonandalarni takshil qilgan. Ular katta ansambllar sahnalarni to'ldirib o'sha davr mafkurasiga xos bo'lgan dabdaba va ulug'vorlik kayfiyatini yaratishga, shuningdek, yuqori ovoz jarangdorlikka erishilinishga harakat qilingan. Sozlar mumkin qadar ko'paytirilib, katta bir tovush guldastasini hosil etgan. Shu tarzda, davr taqozosi bilan amaliyotda turli xil ashula va raqs hamda dutorchilar ansambllari, turli vokal va orkestrlar jamoasi tuzilib, ijrochilik amalyotida o'z faoliyatlarini davom ettirgan. 1950-yillar oxirida kelib, o'zbek mumtoz

musiqasiga alohida e'tibor berilib, O'zbekiston radiosi qoshida maqomchilar ansambli tuziladi. Bu ansamblga o'z zamonasining eng yetuk maqomdon sozanda va xonandalari taklif etildi. Buni biz ansambl ijrochiligi amaliyotida eng nufuzli hamda mukammal jamoa deb hisoblaymiz. Ushbu badiiy jamoa, faqatgina 10 yillik faoliyati davomida shashmaqomning barcha nasr bo'limi musiqiy namunalarini va bir qator mushkilot qismlaridan asarlarni o'zlashtirib magnit tasmalarga yozdirishga muyassar bo'lishgan.

Radioning oltin xazinasidan joy olgan o'zbek musiqiy me'rosining ushbu namunalari kelajakning har bir yosh avlodiga an'anaviy ijro masalasida dasturi amal bo'lib, xizmat qilib kelmoqda. Haqiqatan ansambl ijrochiligining nafosatli xususiyatlarini va uning turli tarkiblariga tuzilishi imkoniyatlarini, O'zbekiston davlat konservatoriyasida 1972 yildan boshlab, o'z faoliyatlarini boshlagan ilm dargohi, ya'ni an'anaviy ijrochilik kafedrasi uzoq yillar davomida shu kungacha o'z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Aytish joizki, ansambl ijodiyotini asosiy mohiyati ham shundadir. A. Fitratning fikrlari ham, hazrat A. Navoiyning keltirgan she'riy misollarini zaminida ham ana shu ansambl ijrosidagi turfa ovozlarni jozibasi hamda mutanosibligi turadi. Biz doimo ijroda ana shu inson ruhiyatiga bir me'yorda ta'sir etuvchi ovozga erishadigan ansambllarni tuzishimiz maqsadga muvofiqdir. Tuzilgan ansambl tarkibida sozlarning sonidan qat'iy nazar, asosiy e'tibor ularning tarranum (bir me'yor) sifatiga qaratilishi lozim.

XULOSA

Ayni paytda an'anaviy ansambllar mahalliy (lokal) o'ziga xos uslubiy xususiyatlar doirasida shakllanib borayotganligini ko'rish mumkin. Bunga Buxoro, Xorazm, Farg'ona - Toshkent, Samarqand, Andijon viloyatlarida faoliyat olib borayotgan maqom ansambllarini misol qilish mumkin. Aytish joizki, ansambldagi ijodiyot juda sermashaqat va mushkul jarayonni o'z ichiga oladi. Uni yoshlar amaliyotiga singdirish sharafli ishlardan biri hisoblanadi. Zero, kelajagi buyuk davlatning kelgusida hozirgi yosh avlodni benazir ustozlar sifatida shakllana borishida ushbu tarbiya ham asos bo'lib xizmat qilishi shubhasizdir.

REFERENCES

1. SH. M. Mirziyoev, Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent "O'zbekiston" - 2017 y.

2. I. A. Akbarov, Musiqa lug'ati. Toshkent G'. G'ulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti - 1987 y.

3. F. M. Karamatov, "O'zbek xalq musiqa merosi" Toshkent G'. G'ulom nomidagi nashriyot - 1978 y.

4. Madrimov, B. X. (2018). O'zbek musiqa tarixi. O 'quv qo 'llanma, 120.

5. Madrimov, B. X. (2020). Representation of teachers of music culture and pedagogical creativity and pedagogical technology. Bulletin of science and education, (21-2), 99.

6. Мадримов, Б. Х. (2020). Бухарский шашмаком-феномен в культуре Центральной Азии. Наука, техника и образование, (10 (74)).

7. Ярашев, Ж. Т. (2021). МУЗЫКАЛЬНАЯ ТЕРАПИЯ. Scientific progress, 7(5).

8. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ., 114.

9. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

10. Мухамедов, Т. Д. (2020). Способы направления студентов на информационные технологии. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

11. Мухамедов, Т. Д. (2021). СПОСОБЫ И СРЕДСТВА РАЗВИТИЯ МУЗЫКАЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ МУЗЫКИ. Проблемы науки, 43.

12. К, Ш. (2019). Ахлокий поклик рухий камолот асоси. "Жауон маданий цивилизацияси контекстида хожагон,нацшбандия тасаввуфий таълимотлари илмий-маънавий меросининг умумбашарий ауамияти", 1 бет.

13. К, Ш. (2019). Мусика таълими жараёнида мустакил ишларнинг самарадорлигини ошириш. "Бухоро шашмацоми: тарихий-назарий ва амалий масалалари ", 2 бет.

14. Камолов, Ш. (2018). Касб-хунар коллежларида муаммоли таълимдан фойдаланиш. Международный сборник научных статей по теме: "Перспективы развития психологии на современном этапе", 2 бет.

15. Хасанов, Х. Р. (2020). Культура и искусство в эпоху Амира Темура и темуридов. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

16. Ахтамов, И. И. У. (2021). МАКСОМ АНЪАНАВИЙ КАСБИЙ МУСИКА НАМУНАЛАРИНИ УРГАНИШДА ОВОЗ ХУСУСИЯТЛАРИ. Scientific progress, 1(5).

17. Кушаев, И. А., & Ахтамов, И. И. (2020). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ТРАДИЦИОННОЙ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ МУЗЫКИ (НА ПРИМЕРЕ ИСКУССТВА ДАСТАНА). Academy, (11 (62)).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.