Научная статья на тему 'O‘ZBEK MUMTOZ LIRIKASIDA DINIY G‘OYALAR TALQINI (XVII-XVIII ASR)'

O‘ZBEK MUMTOZ LIRIKASIDA DINIY G‘OYALAR TALQINI (XVII-XVIII ASR) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
469
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’zbek mumtoz lirikasi / g’azal / muxammas / Fuzuliy / So’fi Olloyor / Uvaysiy / Nurmuhammad Andalib / Uzbek classical lyrics / gazelle / muhammas / fuzuli / Sufi alloyar / uvaysi / Nurmukhammad Andalib

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Azimova, Lola

Mazkur tadqiqot jarayonida XVII-XVIII asr ijodkorlari lirik merosida o‘tgan ijodkorlarga ergashish, ular ijodidan ilhomlanish, ularning adabiy-badiiy qarashlariga murojaat etish, hamda g‘azallariga muxammaslar bog‘lash an’anasini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, Alisher Navoiy, Fuzuliy ijodiga e’tibor va qiziqish yuqori bo‘lgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFLECTION OF RELIGIOUS IDEAS IN UZBEK CLASSICAL LYRICS (XVII-XVIII ASR)

The study traces the tradition of artists following the lyrical heritage of the 17th-18th centuries, inspired by their work, appealing to their literary and artistic views, tying muhammas to their poems. The works of Alisher Navoi and Fizuli were especially popular.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MUMTOZ LIRIKASIDA DINIY G‘OYALAR TALQINI (XVII-XVIII ASR)»

O'ZBEK MUMTOZ LIRIKASIDA DINIY G'OYALAR TALQINI

(XVII-XVIII ASR)

Lola Azimova,

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti

Annotatsiya: Mazkur tadqiqot jarayonida XVII-XVIII asr ijodkorlari lirik merosida o 'tgan ijodkorlarga ergashish, ular ijodidan ilhomlanish, ularning adabiy-badiiy qarashlariga murojaat etish, hamda g'azallariga muxammaslar bog'lash an 'anasini ko 'rish mumkin. Ayniqsa, Alisher Navoiy, Fuzuliy ijodiga e'tibor va qiziqish yuqori bo 'lgan.

Kalit so'zlar: o'zbek mumtoz lirikasi, g'azal, muxammas, Fuzuliy, So'fi Olloyor, Uvaysiy, Nurmuhammad Andalib

Abstract: The study traces the tradition of artists following the lyrical heritage of the 17th-18th centuries, inspired by their work, appealing to their literary and artistic views, tying muhammas to their poems. The works of Alisher Navoi and Fizuli were especially popular.

Keywords: Uzbek classical lyrics, gazelle, muhammas, fuzuli, Sufi alloyar, uvaysi, Nurmukhammad Andalib.

Аннотация: В ходе исследования прослеживается традиция следовать художникам лирического наследия XVII-XVIII веков, вдохновляясь их творчеством, апеллируя к их литературным и художественным взглядам, привязывая мухаммы к своим стихам. Особой популярностью пользовались работы Алишера Навои и Физули.

Ключевые слова: узбекская классическая лирика, газель, мухаммы, физули, суфийский аллояр, увайси, Нурмухаммад Андалиб.

KIRISH

Sharq ilmiy-badiiy me'rosida Alisher Navoiy, Fuzuliy ijodining o'rni beqiyos

bo'lib kelmoqda. Ular ijodidan ta'sirlanish natijasida mazmunan boy, g'oyaviy

jihatdan pishiq hamda o'zida diniy tushuncha va qarashlarni so'fiyona g'oyalar

uyg'unligida ifodalagan yuqori badiiy saviyadagi she'riyat yuzaga keldi. Xususan,

So'fi Olloyor (1644-1724), Boborahim Mashrab (1640-1711), Xo'janazar Huvaydo

(1704-1780), Uvaysiy (1779-1845), Nodira (1792-1842), Turdi Farog'iy (XVII asr-

1699), Nishotiy (XVIII asr), Roqim (1742-1814), Pahlavonquli Ravnaq (1725-1805),

Nurmuhammad Andalib (1712-1776/80) va boshqalarning nazmiy merosida diniy va

so'fiyona g'oyalar keng tarannum etiladi. Umuman o'zbek mumtoz adabiyotini

diniy-tasavvufiy g'oyalardan ayro tasavvur qilib bo'lmaydi. Islomiy g'oyalar yo ki

so'fiyona qarashlar shu qadar singib ketganki, bu jarayon, birinchidan, o'sha davrdagi

1118

diniy muhit, tarbiya hamda tariqat odoblari haqida ma'lumot bersa, ikkinchidan, adabiy hayotda diniy-axloqiy, so'fiyona g'oyalar ustun bo'lganligini ko'rsatadi. Diniy-axloqiy qarashlarda, pand-nasihat, shoirning gunohlardan tavba-tazarru qilishi, Yaratganga munojoti ustun bo'lsa, tasavvufiy qarashlarda, pir-muridlik munosabatlari, lirik qahramon (oshiq)ning Haq vasli (ma'shuqa)ga intilishi, Yaratganga muhabbat bog'lash orqali komillik kasb etish kabi jihatlarni o'zida ifodalagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu jihatdan, o'zbek mumtoz ijodkorlar lirik merosini mazmun-mohiyatiga ko'ra shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1. Hamd, na 't va munojotlar

2. Tasavvufiy-irfoniy

Ta'kidlash kerakki, hamdu na't va munojotlar bilan boshlash mumtoz adabiyotning an'anaviy jihati, o'ziga xos xususiyati hisoblangan. Zero, hamd va na'tlar bandaning ojizligi, toabad Yaratgan Parvardigorga muhtojligini izhor qilish, Allohga va Payg'ambar (s.a.v.)ga yaqin bo'lish hamda Rasululloh (s.a.v.) sunnatlariga sadoqat izhor etish orqali ommani tarbiyalashdan iborat bo'lgan1.

Munojotlar mazmunini esa, ibodat, qalb xotirjamligi, kasallik, o'lim, qabr azobi, qiyomatdagi turli holatlar tashkil etib, bu orqali Allohga iltijo qilib, Undan o'z gunohlari uchun istig'for aytib, iymon so'raydi. Munojotlar shoirning o'zi uchungina emas, hatto bu she'rni o'qigan, tinglagan kishi uchun ham qalb muolajasi, ko'ngil oynasini tiniqlashtiruvchi, iymonni poklovchi bir vosita bo'lib xizmat qiladi2. Jumladan, So'fi Olloyor ijodida ham bu jihatlar tasavvufiy-irfoniy g'oyalar uyg'unligida yuqori darajada tarannum etiladi va o'ziga xos falsafiylik kasb etadi. Xususan, "Aylasang" radifli g'azalida shunday yozadi:

Xojatim uldur, xudoyo, po ishim bosh aylasang,

Munda tavfiq, onda imonimni yo'ldosh aylasang.

Ilkim bersang asoyi himmat, og'zima sano,

Ko 'nglima ishq otashin solsang, ko'zimayosh aylasang...

Shoir xojatbaror zot bo'lgan Allohdan hojatini so'rab, tavfiq berishini, iymonini hamrohu yo'ldosh qilishini, qo'liga himmatu saxovatni, tilida esa, zikru sanoni, qalbida Yaratganga bo'lgan ishqu muhabbatni va bu muhabbatdan ko'ziga yoshni jo qilishini so'fiyona bayon etmoqda.

Boborahim Mashrab lirik merosida esa, asosan tavhid g'oyasi uchun ma'naviy kurash olib borgan ilohsevar oshiq obrazi "junun", "jonon", "yor", "may",

1 PaxMaTy^ox.H. Co3 6raaH cyxöaT. - T.: "HaBpy3", 2015. - B. 5,7.

2 Yma acap. - B. 6-7.

"ma'shuq","parvona" kabi majoziy tushuncha va timsollar orqali ifodalanishini ko'rish mumkin. Mashrab "hurfikr Nasimiy va mashhur so'fiy va avliyo Mansur Hallojga kuchli e'tiqod qo'yib, ularning o'zini haroratli shogirdi deb hisoblagan"3. Ayniqsa, u o'z lirik qahramoni bilan qo'shilib, "men ichgan may, bu oddiy may emas, bu vahdat mayi bo'lib, bu maydan ichganlar mashhur mutasavvif Mansur Halloj kab i dorga osilsa ham armonim yo'q, u baxtli, chunki vahdat mayini ichish bilan uning vujudi ilohiyot ila birlashadi"4 deb, Halloj yo'lidan yuradi.

Ma'lumki, tasavvufdagi asosiy talablardan biri ishq tushunchasi bo'lib, "u insonni ma'rifatga olib boradigan qudrat, insonni moddiy asosdan poklovchi, holi etuvchi muqaddas olov"5dir. Mashrab ham ana shu "muqaddas olov"dan "jazba" olgan oshiqdir. Ana shu "jazba" tekkan oshiqlik va uning ruhiy holati lirik misralarda ham o'z ifodasini topgan. Xususan:

Ishq mazhabida zuhdu taqvo chidayolmas,

Tasbihu sano, zuhdu ibodat chidayolmas6.

Dunyoga mehr bermaslik, uning o'tkinchi hoyu havas, nag'malariga aldanmaslik, ruhni pok saqlagan holda Yaratganga munosib banda bo'lish kabi falsafiy-axloqiy g'oyalar ham ilgari suriladi:

Ko 'ngilda dunyoning zarracha mehri bo 'Imayin menda,

Seni deb ikki olamdin kechib, bezora Mashrabman. 7.

Ma'lumki, Yusuf (a.s.) go'zalligi sharq adabiyotida keng kuylangan va turli janrlarda asarlar bitilgan. Ayniqsa, oshiq (muallif)lar ma'shuqa husnu ja molini Yusuf go'zalligiga tashbeh etgan. Xususan, Mashrab ham bu jarayonni o'z lirik merosida keng iste'foda etib, Payg'ambarlarga xos sifatlarni talmeh san'ati orqali ma'shuqa ta'rif-tavsifiga ko'chirgan. Ya'ni:

Yusuf sifat uljilva qilib chiqsa qoshimg'a,

Men o'rgulayin, Ka 'bau butxona tasadduq... 8.

Xo'janazar Huvaydo lirik merosida ham diniy-axloqiy qarashlar uyg'unligida o'ziga xos talqin etiladi. Huvaydo Navoiyning mashhur hikmatidan ta'sirlanib, shunday yozadi:

Bir buzuq vayronadur ul uydakim yor o'lmasa,

3Х,ошимхонов Н. Боборадим Машраб ва XVII-XVIII асрларда ижтимоий-ахлокий фикр ривожи. Автореферат. Самарканд. 2018. - Б 17.

4 Уша асар. - Б 18

5 Комилов Н. Тасаввуф. - Т.: Movarounnah r -O'zbekiston, 2009. - Б 43.

6 Узбек адабиёти. 4 гомлик, 3-том, Уз.Р. Давлат бадиий адабиёт нашриёти. Т.: 1959. - Б.306

7 Уша асар. - Б.314.

8 Уша асар. - Б.328.

Yor ila obod erur ul uyda ag'yor o 'Imasa...9

Bu o'rinda uy deganda ko'ngil, yor deganda Alloh nazarda tutilmoqda. Ijodkor falsafiy mushohadalar orqali ko'nglingni Alloh uyi singari tavofgohga aylantir, pok saqla, unga g'ubor yetkazma, agar qalbing pok bo'lsa, yor ya'ni Alloh bo'ladi, U bor joyda dushman, yomonlik rahna sololmaydi. Ko'ngilning obodligi Allohning muhabbati bilan go'zal va mukammaldir. Ijodkor g'azal oxirida o'ziga nasihat qilib, shunday deydi:

Avval o 'zung qil amal, so 'ngra nasihat elga de,

Ey Huvaydo, so 'zlama sanda amal bor o 'Imasa.

Ko'rinadiki, shoir o'ziga qarata, avval o'zing amal qilgin, agar amaling bo'lmasa, nasihat qilishingdan ne naf deydi.

Huvaydo link merosida ham Mashrab singari oshiqlik, Alloh muhabbatiga shaydolik, ishqdan sarmast junun sifatida Unga dilroz aytish ustunlik qiladi. Xususan, "Seni dardingni ayturman..." deb boshlanuvchi g'azalida:

Qiyomat kun yaqom yirtib qo 'porman dod deb go 'rdin,

Qilurman el arosida sani dardingni aytib dod.

Yuzingni ko'rmasam jannat ichida, ey diloromim,

Qilur ohim o'ti sakkiz behishtni kuydurib barbod.

G 'azab aylab Huvaydoni agar solsang tamug' ichra,

Fig 'onu nolama do 'zax chidolmay aylag 'ay faryod.

Lirik qahramon qiyomatda diloromi (Alloh nazarda tutilgan) jamolini ko'rishni, agar uning jamoli jannatda musharraf bo'lmasa, o'tli ishqining ohi sakkiz behishtni kuydirishi va agar diloromi g'azab qilib, do'zax ichra solsa, uning nolayu fig'onidan do'zax ham chidolmay faryod qilishi tashbehu mubolag'alar orqali badiiy bo'yoqlarda tasvirlangan. Huvaydo she'rlarida ham may, qadah, yor, junun, mayxona, soqiy, parvona kabi tasavvufiy istilohlar hamda Yusuf, Zulayxo, Sulaymon, Xizr, Qorun, Ko'hi qof (tog' nomi), jannat, do'zax, behisht, qiyomat, hur, sajda, farishta kabi diniy tushuncha va ismlar takror va takror qo'llaniladi.

Diniy-irfoniy xarakterdagi g'azallar o'zida yuksak axloqiy sifatlarni mujassam etadiki, insoniylikdan saboq beradi, Allohga munosib banda bo'lib, umrni mazmunli o'tkazishga da'vat etadi.

Shoirlar ijodida dunyoviy muhabbat orqali ilohiy ishqqa intilish, majoz orqali haqiqatga borish konsepsiyasini ko'rish mumkin. Muhammadniyoz Nishotiy, Roqim,

9Yma acap. - E.354.

Scientific Journal Impact Factor

R

Pahlavonquli Ravnaq, Turdi Farog'iy ijodida ilohiy muhabbat ko'proq dunyoviylik, reallik kasb etadi. Ya'ni insonga muhabbat orqali Ilohiy ishqqa qarab boriladi.

Xususan, Roqim ijodida ham diniy tushunchalar so'fiyona tamsillar orqali o'ziga xos talqin etiladi. Ijodkor lirik qahramoni Yaratganga muhabbat bog'lagan, hamisha Unga iltijoli, umr, hayot mazmunidan rizo oshiqdir. Yaratgan karamiga hamisha muhtoj bo'lgan lirik qahramon Uning rahmli rahmon ekanligini har nafasda his qiladi va mudom yomonlikdan panoh so'raydi, iltijo ila duo qiladi. Xususan, "Ohkim, solib uqubatlarga..." deb boshlanuvchi g'azal so'nggida shunday yozadi: Qilg'aysen, yo rab, o 'zing Roqim duosin mustajob, Qilmag 'ay, vayron banogah xonumonimni maraz.

Umuman olganda, o'zbek mumtoz lirik merosning mazmun-mohiyatini diniy tushuncha va qarashlar hamda so'fiyona g'oyalardan ayro tasavvur etib bo'lmaydi. Dunyoviylik diniylik bilan uyg'unlikda olinib, o'ziga xos axloqiy-falsafiy ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, nazmiy merosda ilgari surilgan g'oyalarning mazmun-mohiyatini ochib berish, diniy-axloqiy tomonlarini ko'rsatish va bu orqali tarbiyaviy jihatni amalga oshirish bugungi globallashuv davrida muhim va dolzarb masalalardan biridir.

1. Абдуллаев В. Узбек адабиёти тарихи. 2- китоб. - Т.: Укитувчи, 1967.

2. Комилов Н. Тасаввуф. - Т.: Movarounnahr -O'zbekiston, 2009.

3. Узбек адабиёти. 4 томлик, 3-том, Уз.Р. Давлат бадиий адабиёт нашриёти.

4. Хршимхонов Н. Боборахдм Машраб ва XVII-XVIII асрларда ижтимоий-ахлокий фикр ривожи. Автореферат. Самарканд. 2018.

XULOSA

REFERENCES

Т.: 1959.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.