Научная статья на тему 'BUXORO VILOYATI MUSIQALI DRAMA TEATRI TARIXIDA ALISHER NAVOIY ASARLARNING О‘RNI'

BUXORO VILOYATI MUSIQALI DRAMA TEATRI TARIXIDA ALISHER NAVOIY ASARLARNING О‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
374
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Buxoro teatri / Alisher Navoiy / spektakl / talqin / mumtoz adabiyot / viloyat teatrlari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — G‘aybulloyev Baxtishod

Mumtoz asarlarning sahnada talqin etilishi teatr ijodkorlarining kasbiy qirralarining ochilishi, о‘sishida nihoyatda muhim о‘rin tutadi. Shu jumladan, mutafakkir Alisher Navoiyning umumbashariy ruhdagi asarlaridagi badiiy-g‘oyaviy negiz teatr aktyorlari, rejissyorlarning ijodi uchun zarur. Qolaversa, Navoiy ijodi har qaysi zamon uchun zarur о‘lmas g‘oyalar va falsafaga ega bо‘lgani bois, hamma davr tomoshabin uchun yangi gap, yangi fikr taklif eta oladi. Buxoro viloyati teatri rivojlanishida ham Navoiy ijodining ahamiyati katta. Mazkur maqolada Buxoro teatrida sahnalashtirilgan Navoiy asarlarining badiiy xususiyatlari haqida sо‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUXORO VILOYATI MUSIQALI DRAMA TEATRI TARIXIDA ALISHER NAVOIY ASARLARNING О‘RNI»

BUXORO VILOYATI MUSIQALI DRAMA TEATRI TARIXIDA ALISHER

NAVOIY ASARLARNING O'RNI

G'aybulloyev Baxtishod [email protected] O'zRFA San'atshunoslik instituti

Annontatsiya: Mumtoz asarlarning sahnada talqin etilishi teatr ijodkorlarining kasbiy qirralarining ochilishi, o'sishida nihoyatda muhim o'rin tutadi. Shu jumladan, mutafakkir Alisher Navoiyning umumbashariy ruhdagi asarlaridagi badiiy-g'oyaviy negiz teatr aktyorlari, rejissyorlarning ijodi uchun zarur. Qolaversa, Navoiy ijodi har qaysi zamon uchun zarur o'lmas g'oyalar va falsafaga ega bo'lgani bois, hamma davr tomoshabin uchun yangi gap, yangi fikr taklif eta oladi. Buxoro viloyati teatri rivojlanishida ham Navoiy ijodining ahamiyati katta. Mazkur maqolada Buxoro teatrida sahnalashtirilgan Navoiy asarlarining badiiy xususiyatlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Buxoro teatri, Alisher Navoiy, spektakl, talqin, mumtoz adabiyot, viloyat teatrlari.

THE PLACE OF ALISHER NAVOI'S WORKS IN THE HISTORY OF MUSICAL DRAMA THEATER OF BUKHARA REGION

Gaybulloyev Bakhtishod [email protected]

Institute of Fine arts of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan

Abstract: The interpretation of classics on stage plays an important role in the discovery and growth of the professional side of theater artists. In particular, the artistic and ideological basis of the works of the thinker Alisher Navoi in the universal spirit is necessary for the work of theater actors and directors. In addition, Navoi's work has immortal ideas and philosophies that are necessary for any age, so all epochs can offer a new word, a new idea for the audience. Navoi's work also plays an important role in the development of the Bukhara regional theater. This article discusses the artistic features of Navoi's works staged at the Bukhara Theater.

Keywords: Bukhara Theater, Alisher Navoi, performance, interpretation, classical literature, regional theaters.

Alisher Navoiy ijodiy merosi sal kam olti asrdirki, Sharqu G'arb madaniyatining yuksak namunasi bo'lib kelmoqda. Shoirning ijodiy merosi adabiy dunyoda yuksak

I ¡bOH^^Sl http://oac.dsmi-qf.uz

mezon bo'libgina qolmay, undagi teranlik, umrboqiy g'oyalar ko'plab ma'daniy-ma'rifiy sohalar, xususan, tomosha san'ati rivojiga ham jiddiy ta'sir etib kelmoqda.

O'zbek professional sahna san'ati tarixida Navoiy va uning dostonlariga deyarli har bir teatr jamoasi tomonidan murojaat qilingan. Jadidchilik harakatining yirik tarmog'i bo'lgan teatr truppalari shakllanishida boshqa qo'shni va qardosh xalqlarning sahna jamoalari ta'sir etgan bo'lsa-da, tomoshalar mazmuni va repertuar masalasida milliy dramaturgiya va mumtoz asarlarga tayanildi. "Turon" teatr studiyasi ham, o'lkada yuzaga kelgan boshqa hududiy teatr truppalarida ham Navoiy asarlari asosida "milliy tomosha"lar sahnalashtirish tajribasi boshlandi.

Buxoro viloyati musiqali drama teatrining sal kam yuz yillik ijodiy yo'li mobaynida Alisher Navoiy asarlari bir necha bor sahna yuzini ko'rdi. Navoiy asarlarini sahnalashtirish har bir rejissyordan kuchli ma'suliyat talab qiladi.

Buxoro teatrida 1930 yildan Yetim Bobojonov boshchiligida professional aktyor va aktrisalar Vaxtangov teatri qoshidagi ikkinchi o'zbek drama studiyasini tamomlab kelishgan. Bahodir Jamolov, Mirobid Musayev, Anvara Olimova, Muhabbat Musayeva, Xolida Xo'jayeva, San'atxon Yo'ldosheva va o'ttizga yaqin san'atsevar yoshlar ham bor edi. Ular dramatik, tragik, komedik va musiqali drama asarlarida mahorat bilan rollar ijro etishgan. O'sha yillarda "Arshin mol olon" (musiqali vodivil), "Farxod va Shirin" (operasi) tomoshobinlar o'rtasida katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan. Alisher Navoiyning "Farxod va Shirin" dostoni asosida Xurshid va V.A.Uspenskiy hamkorlikda ushbu asarni yaratishgan. "Farxod va Shirin" dostonining mazmuni hammaga ma'lum. Layli va Majnun kabi unda ham pok muhabbat, ijobiy mehnat, samimiyat, do'stlik tuyg'ulari olqishlanib, yovuzlik, urush, sotqinlik qoralangan. Insonning axloqiy, ma'naviy, barkamolligi masalalarini umuminsoniy darajalarga ko'targan.

1935 yilda Shamsiddin Xurshidning Alisher Navoiy dostoni asosida tayyorlangan "Farhod va Shirin" musiqiy asari rejissyor Mirobid Musayev tomonidan sahnalashtirilgan. Rejissyor spektakl voqealarini tomoshabinga osonroq yetkazish maqsadida "bayonchi" timsolini kiritgan. Bayonchi har bir ko'rinish oldidan spektakl voqealarini qisqacha hikoya qilib, sharhlab borgan. Ushbu asarda bosh rollarni Shirin - Muhabbat Musayeva, Mohinbonu - Xolida Xo'jayeva, Yosuman - Anvara Olimova, Farhod - Bahodir Jamolov, Xisrav - Aspiya Qodirov, Shoh - Bo'ri Alimov va teatrning boshqa aktyor va aktrisalari ijro qilishgan. Dastlab "Turon"da sahna yuzini ko'rgan ushbu doston buxorolik aktyorlar talqinida ham muvaffaqiyat qozonib, tomoshabinlar o'rtasida katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan.

1940 yilda ushbu asar M.Musayev tomonidan yangi talqinda sahnalashtiriladi. Spektaklning birinchi talqinida sahna bezagini rassom V.Toll ishlagan bo'lsa, ikkinchisida K.Eskodi ssenografik yechimga boshqacharoq yondashadi. Birinchi talqinida sahna bezaklari oddiy bo'lsa-da asarni mohiyatini ochib berishga xizmat

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

qilgan. Shuningdek, sahnada rol ijro qilayotgan aktyorlarga noqulayliklar tug'dirmagan. Ikkinchi talqinida ssenografiyaga professional yondashilgan va bu spektaklni muvaffaqiyatli chiqishiga xizmat qilgan. V.Toll ishlagan buyuk shoir Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida ilohiy muhabbat mavzusi insoniy vafodorlik, sadoqat g'oyalari bilan uyg'unlikda yuksak mahorat bilan tasvirlanadi. Musiqali dramaning asosi ikki qarama-qarshi kuchlar kurashidan iborat. Biri -Farhod, Shirin, Shopur va Mohinbonu obrazlarida yuksak insoniy tuyg'ular gavdalangan bo'lsa, Eron shohi Xisrav, uning atrofidagi kishilar hamda makkor Yosuman kampir obrazlari salbiy kuchlar ifodasi bo'lib xizmat qilgan. Aktyor Bahodir Jamolov ijrosidagi Farhod obrazi spektaklda lirik ariyalar, ta'sirchan musiqalar orqali talqin etilgan. Bahodir Jamolov barcha chiqishlarida sahnadagi partnyorlarini his qilgan holda Farhod obrazini boyitib borardi. Farhod obrazini ijro qilgan aktyor sahnada erkinligi va tabiiy ijrosi bilan ajralib turgan. Spektaklda makkor Yosuman kampirning musiqiy timsoli ham yaqqol va o'rinli ifodalangan. Aktrisa Anvara Olimova ijro etgan makkor va jodugar kampir Yosuman obrazi o'zining badiiy haqqoniyati, yovuzlik g'oyalari singdirilgan ariyalari va musiqiy ifodasi bilan alohida ajralib turadi. Aktrisa qahramonning kurashuvchan xarakteri, salbiy illatlarini dramatik va musiqiy ijro orqali namoyish etadi, butun spektakl davomida ijro tempo-ritmni bir maromda saqlaydi. Spektaklda Shirin obrazini Muhabbat Musayeva gavdalantirgan. M.Musayeva Shirin obrazi orqali Farhodga bo'lgan chin sevgisini namoyon qila oldi. Ayniqsa, Farhodning o'limini eshitgandan so'ng o'zi uchun zahar buyurib va o'zini olovga tashlab o'ldirmoqchi bo'lgan sahnalarida aktrisa sevgilisi uchun jon berishga tayyor ekanligini spektaklning har bir ko'rinishida, kuchli dinamik ariyalarida yaqqol namoyon etadi. Spektaklda sevgini o'ynab bo'lmaydi, aksincha, sevgi bilan sahnada yashash kerak degan g'oya ilgari surilgan. Farhod va Shirin obrazini yaratgan aktyor va aktrisalar butun spektakl davomida asar qahramonlarining ruhiyati bilan birga yashab ijro qilgani uchun asar o'z davrida muvafaqqiyatli chiqqan.

Buxoro viloyati musiqali drama teatrining rivojlanishida Alisher Navoiy dostonlari asosida yaratilgan sahna asarlari muhim o'rin egallaydi. Bu sahna asarlari Buxoro teatri aktyorlari uchun katta mahorat maktabini o'tagan.

San'atshunoslik fanlari doktori, professor T.Tursunovning ma'lumot berishicha: "1940-1945 yillar orasida Mirobid Musayev sahnalashtirgan spektakllar orasida "Nurxon", "Farhod va Shirin" (1942 yil), "Tohir va Zuhra" (1944 yil) ko'p jihatdan yetukligi va tomoshabopligi bilan e'tiborli edi. Shu davrdan e'tiboran teatrning ijrochi aktyor va aktrisalarining safi Nazokat Ne'matova, Aminjon Akobirov boshchiligida qator yosh iste'dodlar hisobiga to'ldiriladi" [1.474]. Ushbu spektakl 1944-1948 yillarda qayta tiklanib, repertuarga kiritilgan. 1951 yilda esa shoir va dramaturg Komil Yashin variantida yangidan sahnalashtirilgan.

I ícclT^^^^H 123 http://oac.dsmi-qf.uz

"Farhod va Shirin" spektakli muvaffaqiyatidan so'ng ushbu teatr jamoasi Navoiy "Xamsa"sidagi yana bir go'zal doston - "Layli va Majnun"ni sahnalashtirish ustida ish olib boradi. 1945 yilda Xurshid inssenirovkasi asosida Bahodir Jamolov rejissyorligida "Layli va Majnun" musiqiy spektakli tomoshabinlarga taqdim etiladi. Asar musiqalari kompozitor Yunus Rajabiy tomonidan qayta ishlangan. "Buxoro teatri 1 may sanasida o'zbek klassik shoiri Alisher Navoiyning o'lmas "Xamsa" dostoni asosida dramaturg Xurshid tomonidan yozilgan "Layli va Majnun" musiqali dramasini tayyorladi" [2.85]. 1946 yilda Navoiyning bu asari sahna yuzini ko'rib, birmuncha yutuqlarga erishgan. Lekin, 1947 yilga kelib, yangicha talqinda, ya'ni, Xurshid talqinidagi dostonga Komil Yashin tomonidan o'zgartirishlar kiritilib sahnalashtirilgan. Shu yilda sahnalashtirilgan musiqali dramada aktyor va aktrisalar tarkibi ham o'zgargan. Ayrim manbalarda "Layli va Majnun" musiqali dramasida asar qahramonlarini sahnaga olib chiqqan aktyor va aktrisalar ijrosi haqida salbiy fikrlar bildirilgan. "Pesaning bosh qahramonlaridan Layli (aktrisa Muqaddasxon), Majnun (aktyor Sattorov) obrazlari ayniqsa, yetarlicha ishlanmagan. Qays (Majnun) obrazi o'qimishli, fozil, o'z fikriga sodiq, samimiy muhabbat tarafdori va o'z davrining ilg'or kishisi sifatida tasvirlanishi kerak. Lekin bu rolni bajargan artist Sattorov asarning bosh qahramoni Qays (Majnun)dagi ana shu ajoyib hislatlarni to'la-to'kis bera olmadi, uning harakatlarida ba'zan sun'iylik, haddan tashqari anqayib qolishlar ko'riladi. (5-6 ko'rinishlar)" [3.237]. Har qanday sepektaklda rol ijro etadigan aktyor va aktrisalar ijrosi har doim har xil bo'lgan. Jonli so'z san'atida ijro bir xil bo'lmaydi, sababi parda ochilishi bilan yangi kun, yangi tomoshabin va yangi muhitda aktyorlar oldingi ijroni eslab emas, yangidan yashab ijro qilishadi. Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonidagi asosiy g'oyalar va musiqali dramaning badiiy-estetik xususiyatlarini ochib berishda Gliyer va Tolibjon Sodiqovlar tomonidan yozilgan musiqalar muhim o'rin tutgan.

B.Jamolovning mazkur spektakli to 1960-yillarga qadar bir necha bor qayta tiklanib, repertuardan tushmaydi. Bu davrda teatr repertuari ancha mustahkam, ijodiy jamoa esa o'zbek va xorij dramaturgiyasini munosib sahnalashtiradigan darajada kuchga erishgan edi. 1960 yilga kelib, Buxoro teatri rejissyorlarining keyingi avlod vakillaridan bo'lgan Aminjon Akobirov dostonni qayta sahnalashtiradi. Bu spektakl va 1978 yildagi qayta tiklangan varianti o'n yildan ortiq vaqt mobaynida ijro etilib, aktyorlarning ijodiy mahoratini belgilovchi mezon-spektakllardan biri bo'lib keldi.

Navoiy asarlari va jahon dramaturgiyasining mumtoz namunalari ustida tajribalar mamlakatdagi barcha teatrlarning ijodiy yuksalishiga ijobiy ta'sir etgan omillardan bo'lgan. 1960-1980 yillar nafaqat poytaxt teatrlari, balki boshqa hududiy teatrlar safida Buxoro viloyati musiqali teatri ham o'z qiyofasiga ega bo'lgan, ijodiy imkoniyatlari kengaygan davr bo'ldi. Buxoro teatri repertuari avval Navoiy ijodiy merosi bilan boyigan bo'lsa, keyinchalik Alisher Navoiy siymosini yaratishdek jiddiy

I [ccñ^^BI 124 http://oac.dsmi-qf.uz

izlanishlarga qo'l ura boshlagan. Uyg'un va Izzat Sulton qalamiga mansub "Alisher Navoiy" tarixiy dramasi o'zbek dramaturgiyasida Navoiy siymosi gavdalantirilgan ilk sahna asari sifatida bugungi kunga qadar respublikaning aksariyat teatrlarida bir necha bor sahnalashtirilgani ma'lum. Buxoro teatrida ushbu asarga 1952 yilda O'zbekiston xalq artisti Javod Obidov qo'l uradi. Spektakl bir necha yillar davomida repertuardan tushmay, ulug' Navoiy siymosi xalq mehriga sazovor bo'ldi. Yosh aktyor Aminjon Akobirov asar markazida Alisher Navoiy siymosi turishini va Navoiyning barcha insoniy fazilatlarini, davlat arbobi va shoirligini o'z ijrosida yaqqol namoyon qila oldi. Navoiy siymosini yaratib unga tamal toshini qo'ygan O'zbekiston xalq artisti Olim Xo'jayev ijrosini kuzatgan A.Akobirov o'zidagi kamchiliklarni ko'rib, O.Xo'jayevdan ijro sirlarini o'rganib o'z obrazi ustida izlanishlar olib borgan.

Amerika Qo'shma Shtatlari tadqiqot universitetining direktori Vin Re Jon "Alisher Navoiy" dramasidan juda ta'sirlanib bunday deb yozdi: "Navoiy" spektaklida aktyorlar ijrosi benihoya go'zal va ta'sirli, postanovka juda yaxshi chiqqan. Aktyorlar shu qadar tabiiy o'ynadilarki, bu hol asarning asosiy ma'nosini tushunib olishimiz uchun qiyinlik tug'dirmadi. Navoiy obrazini yaratgan O'zbekiston xalq artisti Olim Xo'jayevga qoyil qoldim. Men ajoyib san'atlari uchun o'zbek aktyorlariga ta'zim qilaman..." [4.6]. A.Akobirov yaratgan obrazi ham xuddi O.Xo'jayevdek tomoshabinlar qalbidan joy olgan. Asardagi boshqa qahramonlarni Majiddin - A.Fayziyev, Mansur - H.Naimov, Husayn Boyqaro - H.Yo'ldoshev, Abulmalik - A.Qodirov kabi aktyor va aktrisalar ijro qilishgan. Aktrisa M.Muxtorova ijrosida Alisherning sevgilisi o'z yoriga vafodor Guli siymosini o'zining xatti-harakatlari va asarning kulminatsiyasidagi ariyalari bilan mahoratini namoyon qila olgan.

Teatr jamoasi 1966 yilda ham ushbu asarni qayta sahnalashtiradi. Buxoro teatrining tajribali rejissyorlaridan biri Aminjon Akobirov asarni qaytadan tomoshabinga taqdim qilgan va bu spektakl ham oldin qo'yilgan variantlaridan uncha farq qilmagan. Aktyorlar ijrosi professional baholangan va teatrning yetuklik davridagi spektakllardan biri bo'lgan.

Mutaqillik yillarida Navoiy asarlari va Navoiy siymosiga murojaat respublika teatrlarida ham kuchaydi. Yangicha qarashlar, falsafiy yondashuvlar Navoiy siymosi va asarlarini tub mohiyatini ochib berish uchun rejissyorlar ijodiy izlanishlar olib borishgan. Buxoro teatri ham 1991 yilda Uyg'un va Izzat Sultonning "Alisher Navoiy" dramasiga qayta murojaat qilishdi. Aminjon Akobirov sahnalashtirgan bu asar tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan. Teatrning yoshi ulug' aktyorlari hozirgi kunga qadar o'sha spektaklni katta ijodiy maktab ekanligini e'tirof etishadi. Bu o'z-o'zidan ustoz-shogird an'analari davom etayotganidan dalolatdir.

125

http://oac.dsmi-qf.uz

Alisher Navoiy haqida spektakl sahnalashtirish, Navoiy siymosini sahnada jonlantirish har qaysi davrda, har qaysi rejissyor, aktyordan katta mahorat va iste'dod talab qiladi. Buxoro teatrining uzoq yillar davomida yuzaga kelgan ijodiy maktabidan mohir san'atkorlar yetishib chiqqani, ijodiy imkoniyatning mavjudligi shunday asarga qo'l urishga yo'l bergani tabiiy.

Buxoro teatrida hazrat Alisher Navoiy va uning merosi bilan bog'lik erishilgan barcha yutuqlar teatrning bugungi avlodi uchun namuna vazifasini o'taydi. Alisher Navoiy asarlari va Navoiy siymosi hozirgi kunda ham yurtimiz teatrlari repertuarida o'z o'rniga ega. Teatrning bugungi jamoasi o'tmishdagi shu ijodiy tajribalarni davom ettirishi ijodiy an'analarni yangi bosqichga ko'tarilishi uchun muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Tursunov T. "XX asr o'zbek teatri tarixi". Toshkent: - 2010. 474-b.

2. Abdullayev A. "Layli va majnun" Buxoro teatrida. "Buxoro haqiqati" - 1946 y. 85-son.

3. Qozijonov M. "Layli va Majnun" postanovkasi haqida ba'zi bir mulohazalar. "Buxoro haqiqati" - 1947 y. 237-son.

4. Rahmonov M. "O'zbek teatri". Toshkent: - 1975. 6-b.

126

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.