Научная статья на тему 'YOSHLAR TARBIYASIDA TEATR SAN’ATINING O‘RNI VA AHAMIYATI'

YOSHLAR TARBIYASIDA TEATR SAN’ATINING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2429
198
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat / teatr / sahna asarlari / Ogahiy / aktyor / ta’lim tizimi / tomoshagoh. / culture / theater / plays / Ogahi / actor / education system / spectacle.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Amanbayev, Baxtiyor, Qalandarov, Usmon Egamberdiyevich

Mazkur maqolada yurtimizda madaniyat va teatr san’atiga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, teatr san’atining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF THEATER ART IN EDUCATION OF YOUTH

This article provides information about the wide range of opportunities for culture and theater in our country. There are also comments on the importance of theatrical art in educating young people.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR TARBIYASIDA TEATR SAN’ATINING O‘RNI VA AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

YOSHLAR TARBIYASIDA TEATR SAN'ATINING O'RNI VA

AHAMIYATI

Baxtiyor Amanbayev

O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist UrDU "Ijrochilik va madaniyat" kafedrasi o'qituvchisi

Qalandarov Usmon Egamberdiyevich UrDU "Ijrochilik va madaniyat" kafedrasi o'qituvchisi

Mazkur maqolada yurtimizda madaniyat va teatr san 'atiga berilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma 'lumotlar berilgan. Shuningdek, teatr san 'atining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: madaniyat, teatr, sahna asarlari, Ogahiy, aktyor, ta'lim tizimi, tomoshagoh.

This article provides information about the wide range of opportunities for culture and theater in our country. There are also comments on the importance of theatrical art in educating young people.

Keywords: culture, theater, plays, Ogahi, actor, education system, spectacle.

В данной статье представлена информация о широких возможностях культуры и театра в нашей стране. Также высказываются замечания о значении театрального искусства в воспитании молодежи.

Ключевые слова: культура, театр, пьесы, Огахи, актер, система образования, зрелище.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26.05.2020 yildagi PF-6000-sonli "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari"1 to'g'risidagi Farmoni Madaniyat va san'at sohasi vakillari tomonidan qizg'in kutib olindi.

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O'zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ'ib etish, xalq og'zaki ijodiyoti va

1 Toshkent sh., 2020-yil 26-may, PF-6000-son

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

havaskorlik san'atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta'minlash, madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Teatr "yunoncha - tomoshagoh" cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ifoda etadigan tomosha orqali fikr beruvchi san'at janridir. Ba'zan teatr tomoshalari o'tkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi (aslida ularni teatr binosi deb atash o'rinli).

Teatr - san'at turi; uning o'ziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi o'yini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. Teatr san'atida ham boshqa san'atlarda bo'lganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, ma'naviyati, madaniyati bilan bog'liq holda o'zgarib, takomillashib boradi. Teatr sintetik san'at bo'lib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning ma'naviy va estetik tarbiyasida muhim o'rin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy san'at, raqs, me'morlik ajralmas birlikni tashkil etadi. Teatrning muhim vositalaridan biri sahna nutqidir. Aktyor qahramonning pesadagi so'zlarini o'zlashtirib olar ekan, qahramon qiyofasida, holatlarda turib uning nutqiy tavsifini yaratadi, boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi. Sahna nutqi xarakterlarning ochilishida, asar mazmuni, konfliktining yoritilishida muhym o'rin tutadi Sahna asarlarining yaratilishida teatr rassomligi (ssenografíya)ning hissasi katta. Rassom asar mazmuni va rejasi yechimidan kelib chiqib, dekoratsiya yaratadi. Ta'limda musiqaning ham o'rni katta, tomosha turi va janriga bog'liq holda u turli vazifani bajaradi: dramatik spektakllarda yordamchi vosita bo'lsa, operetta, musiqali dramada so'z bilan barobar huquqga ega, opera va baletda esa hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi deb ta'kidlab o'tilgan. Demak teatrga bugun tamoshabinlarni, ayniqsa yoshlarni jalb qilish, ushbu san'at turidan bahramand qilish zarur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Teatrlar faoliyatida marketing va reklama tizimini rivojlantirish, teatrlarga aholini jalb qilish, qiziqtirish, teatr san'ati targ'ibotini yanada kuchaytirish. Barcha turdagi ta'lim muassasalari o'quvchi va talablarini madaniyat muassasalariga muntazam tashriflarini tashkil etish, Respublikamizda yangilik sifatida musiqali, drama va qo'g'irchoq teatrlari yo'nalishi bo'yicha xalqaro teatr festivalini har ikki yilda bir marta o'tkazish bo'yicha takliflar tayyorlash, festival to'g'risida nizom loyihasini ishlab chiqish, unda davlat teatrlari va xorijiy teatrlar bilan ijodiy hamkorliklarni mustahkamlash, aholini jahonning eng namunali sara asarlaridan bahramand etish,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

teatrlardagi ijodiy xodimlarni sohaning yetuk xorijiy mutaxassislari bilan tajriba almashishini tashkil etishni nazarda tutish farmonda ko'rsatib o'tilgan.

Ma'lumki, sahna asari uch jihati bilan muayyan ahamiyat kasb etadi: unda hamisha badiiylik, tarbiyaviylik, ma'rifiylikxususiyatlari mujassam bo'ladi. Har bir haqiqiy sahna asari tomoshabinga estetik zavq bag'ishlashi barobarida, uning ma'naviy dunyosini boyitadi, fikrlash qobiliyatini kuchaytiradi, tasavvur doirasini kengaytiradi. Bularning barini Arastu hakim „forig'lanish" (katarsis) iborasi bilan bog'lagan edi. Garchi olim bu iborani faqat fojia (tragediya)ga nisbatan bergan bo'lsa-da, uni barcha san'at asarlariga, xususan, sahna asarlariga nisbatan ham qo'llash mumkin. Estetikada besh yuz xildan ko'proq talqinga ega bo'lgan forig'lanish tushunchasini, umumiy tarzda, qo 'rquv, achinish, hadik va hamdardlik singari tuyg'ular orqali ro'yobga chiqadigan holat, ya'ni inson qalbining tozarishi deb izohlash qabul qilingan. Bunday forig'lanish faqat fojeiy spektakllar orqali ro'y bermaydi. Qadimgi xitoyliklar, xususan, buyuk mutafakkir Li Yuy kulgi ham forig'lantirish xususiyatiga ega ekanligini aytib, inson kula turib o'zidagi o'tmish bilan xo 'shlashadi, yangilanadi, tozaradi va qalban yasharadi, deb ta'kidlaydi. Demak, ikki buyuk alloma bir-birini to'ldirgan holda, teatrning forig'lantirish jihatiga katta ahamiyat beradi. Darhaqiqat, teatr insonga xilma-xillik baxsh etadi, uniyumshatadi, g'azab bilan bexosdan ko'targan toshni yerga ohista qo'ydirib, o'ylashga, mushohada qilishga chorlaydi. Shuning uchun ham teatrni san'atning barcha turlari ichidagi eng ta'sirchan san'at turi deyilsa, xato bo'lmaydi. Buning ustiga bir sahna asari har gal qo'yilganida u aktyor iste'dodining tug'yoni natijasida yangi spektakl tarzida namoyon bo'ladi.

Ma'lumki, teatr hayotning ko'rgazmali shaklining badiiy aksi bo'lib, obrazlar orqali dunyoni qabul qilishga asoslanadi. Teatrda ma'no va mazmunnni ifodalashning o'ziga xos vosita, aktyorlar o'yinida paydo bo'ladigan sahna asaridir. Biroq bo lalarni asosiy estetik ta'limi sohasida musiqiy-teatr faoliyati eng kam rivojlangan yo'nalish bo'lib qolmoqda. Tabiatga ko'ra, teatr san'ati bolalarning rolli o'yinlariga yaqin,yani bolalar jamoasi faoliyatiga. Bolalar o'yinlari va teatrning eng muhim komponenti rol bo'lib, atrof-muhitni o'rganish va anglashning badiiy aksi. Ushbu jarayonlarni tashkil qilishning shakllaridan biri - o'yin - ya'ni rol ijrosi va aktyorlik.

Tarixdan bizga ma'lumki Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo'ja Behbudiyning Teatr-ibratxonadir degan iborasi nechog'li o'rinli ekanligini bugun ham his qilishimiz mumkin. Negaki teatr-tarbiya maskani, bu muqaddas dargohda spektakllar tomosha qilib inson o'ziga ma'naviy ozuqa oladi, yaxshi bilan yomonning farqiga boradi, madaniy hordiq chiqaradi. Biz kelajak avlod

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarbiyasini Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ertak tomoshalrini ko'rsatish bilan, o'rta maktablarimizda yosh tamoshabinlarimizga mo'ljallangan spektakllarni ham namoyish qilish bilan olib borishimiz zarur. Chunki muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek bugun tarbiyani Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan boshlamog'imiz kerak. Albatta ta'lim tashkilotlari va o'rta umumiy o'rta ta'lim maktablarda teatr to'garaklari tashkil qilib ularni rivojlantirishimiz, kichik sahna asarlarini sahnalashtirib o'quvchilarga ko'rsatishimiz va bu to'garaklarga yordam berish, o'quvchilarga ta'lim va tarbiyani to'g'ri yo'nalishlar ko'rsatish maqsadida teatr aktyorlarini jalb qilish, ustoz shogird an'analarini davom ettirish zarur.

Bugungi kunda yurtimizda ko'plab ijodiy teatr jamolari ish faoliyatlarini olib borishmoqda. Shuningdek Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri — O'zbekistondagi ko'hna teatrlardan biri. 1922-yil 2-martda "Hukumat uyi" nomi bilan Hamza boshchiligida tashkil bo'lgan. Yetuk san'atkor Masharif Polvonov rahbarligida teatr poydevorini yaratgan 12 kishidan iborat (Safo Mug'anniy, Q.S.Saroymonov, U.Qurboniy, R.Yusupov, O.Bekchurina, M.Yoqubov, M.Xarratov, SH.Saloyev, va boshqalar) truppa o'z faoliyatini kichik asarlar sahnalashtirishdan boshlagan. Hamza o'z asarlari asosida sahnalashtirgan "Boy ila xizmatchi", "Tuhmatchilar jazosi", "Zaharli hayot", "Farg'ona fojialari", "Qarmoq", "Telefon", Mannon Uyg'urning "Turkiston tabibi", G'ulom Zafariyning "Erk bolalari" kabilar teatrda qo'yilgan ilk spektakllar bo'lib, bosh rollarni Masharif Polvonov, Yoqub Devonov, Oysha Bekchurina, Xanskiy, Xanskaya singari aktyorlar ijro etganlar. 1933-yil Xorazm markazi Urganchga ko'chirilishi munosabati bilan teatr ham Urganchga ko'chirilib, Xorazm okrug davlat musiqali drama teatri nomini olgan. Respublikaning turli viloyatlaridan iste'dodli san'atkorlar jalb etildi. M. Sheroziy, R. Omonov, K. Rahimov, Q. Iskandarov, Q. Boyjonov va boshqa shular jumlasidan. Ikkinchi jahon urushi yillari teatr jamoasi harbiy qismlarga xizmat qildilar. Urushdan keyingi yillar san'at atkorlar teatrni yuksak pog'onalarga ko'tardilar. "Makr va muhabbat", "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", "Tohir va Zuhra", "Alpomish", "Oshiq G'arib va Shohsanam", "Hamlet", "Qaroqchilar", "Monserro" va boshqa 50— 60ylar yaratilgan eng yaxshi spektakllardir. 70—80-yillar teatrda yuksalish davri bo'ldi. Mustaqillik yillari teatr Xorazm ijodkorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi uning ijodiy ravnaqiga ijobiy samarasini berdi. N.Solayev, Hayitmat Rasul asarlari teatr repertuarini boyitibgina qolmay, uning ijodiy takomillashuviga katta hissa bo'lib qo'shildi. Komil Avazning "Marvarid taqqan ayol", "Feruz", "Ogahiy" musiqali dramalari, "Jobbi jujakning hiylasi", "Tashkildagi hangoma", "Javohir", "Tili asalim",

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Nilufar", "Javlon jurra" komediyalari; "Avesto — mehr farzandi" spektakli so'nggi yillar sahnalashtirilgan eng yaxshi spektakllardir.

Bugungi kunda yoshlarimiz, o'quvchilar, oliy ta'lim muassasalari talabalarining teatr san'atiga bo'lgan e'tibori, qiziqishlarini oshirmog'imiz lozim. Ertamiz kelajagi bo'lgan yoshlarni teatr tomoshalari orqali ta'limiy-tarbiyaviy tushunchalarini, tasavvur olamini boyitishimiz mumkin bo'ladi. Imkon qadar teatr san'atining ahamiyati haqida yoshlar, ularning ota-onalariga ma'lumot, tushunchalar berib targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish lozim. Chunki, farzandlarimiz teatr, sahna asarlarini jonli tomosho qilish orqali o'zlariga ma'naviy ozuqa olishadi. Teatrlarimizda sahnalashtirilayotgan sahna asarlarining asosiy maqsadi ham kelajak yosh avlodni ma'naviy barkamol, yetuk insonlar qilib, ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat bo'lmog'i kerak.

XULOSA

Yuqoridagi fikr-mulohazalarni amalga oshirish maqsadida o'z navbatida bizning Urganch Davlat Universiteti Xorazm viloyat musiqali drama teatri bilan o'zaro madaniy-ma'rifiy aloqalarini, ijodiy hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Ijodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun bir qancha samarali ijodiy va amaliy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Talabalar ma'lum muddatlarda teatrda sahnalashtiriladigan har bir spektakllarda ishtirok etish uchun tashrif buyuradilar. Ular tomosha qilgan spektakllaridan olgan ta'surotlarini dars jarayonida nazariy tahlil qilib ijobiy natijalarga erishilmoqda. Shuningdek Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo'nalishi talabalari o'quv amaliyotlarini ham teatrda amalga oshiradilar.

Shuni ham alohida takidlab o'tishimiz joizki hozirgi kunda Universitetimizda ham qobilyatli talabalarimizdan tashkil topgan Talabalar teatr studiyasi faoliyat yuritib kelmoqda. San'atshunoslik fakulteti "Sayqal" talabalar teatr studiyasi Respublika Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'tkazib kelinayotgan Talabalar teatr studiyasi festivallarida faol ishtirok etib kelishmoqda.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent, O'zbekiston, 2016.

2. Yusupova P. Maktabgasha tarbiya pedagogikasi. T.: O'qituvchi. 1993.

3. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgasha ta'lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

4. Sodiqova SH.A. Maktabgasha pedagogika. T.: Tafakkur bo'stoni 2013

5. Kayumova N. Maktabgasha pedagogika. T.: TDPU 2013;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6. Ismailov, T. K. (2021). THE IMPORTANCE OF RUSSIAN CLASSICAL COMPOSERS IN CLASSES OF MUSIC CULTURE. Экономика и социум, (1-1), 93-95.

7. Ismailov, T. K. (2021). CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART. Экономика и социум, (3-1), 96-98.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.