Научная статья на тему 'QO’G’IRCHOQ TEATRINING O’ZIGA XOSLIGI VA BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSIDA TUTGAN O’RNI'

QO’G’IRCHOQ TEATRINING O’ZIGA XOSLIGI VA BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSIDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
890
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Teatr / qo’g’iirchoq / rejissor / spektakl / sahna.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — R O’taganov

Ushbu maqolada qo’g’irchoq teatrining o’ziga xosligi va bolalar ma’naviy dunyosida tutgan o’rni to’g’risida ko’rsatilgan. Teatr sahnasida qo’yilayotgan har bitta spektakl yosh bolalarning dunyoqarashini va ularning ma’naviy ongini shakllanishi uchun beminnat xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO’G’IRCHOQ TEATRINING O’ZIGA XOSLIGI VA BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSIDA TUTGAN O’RNI»

QO'G'IRCHOQ TEATRINING O'ZIGA XOSLIGI VA BOLALAR MA'NAVIY DUNYOSIDA TUTGAN O'RNI

R.O'taganov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotasiya: Ushbu maqolada qo'g'irchoq teatrining o'ziga xosligi va bolalar ma'naviy dunyosida tutgan o'rni to'g'risida ko'rsatilgan. Teatr sahnasida qo'yilayotgan har bitta spektakl yosh bolalarning dunyoqarashini va ularning ma'naviy ongini shakllanishi uchun beminnat xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Teatr, qo'g'iirchoq, rejissor, spektakl, sahna.

PUPPET THEATER'S SPECIFICITY AND THE ROLE OF CHILDREN IN

THE SPIRITUAL WORLD

R.Utaganov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The puppet theater art has a very important role for the director and painter. It is crucial for the creation of directors and artists as a potentially competent, highly-educated and qualified expert.

Keywords: Theater, puppet, director, spectacle, stage.

Mustaqillik yillarida yurtimizda san'atga hususan teatr san'atiga e'tibor kuchaydi. Bizga ma'lumki, teatr yurtning, xalqning ma'naviy ko'zgusi hisoblanadi. U har doim va har davrda tomoshabinlar talabiga javob berishga harakat qilgan va ularni og'irini engil qilishga intilgan. Teatr doim o'z tomoshabinlarini orzu-umidlari, quvonch tashvishlarini engillatish, ularni orzu qilishga undash, yomonlik va yovuzliklarni bartaraf qilish uchun kurashish, yaxshiliklar uchun intilib yashash kerakligini o'rgatgan va shuning uchun tinimsiz harakat qilgan. SHuni aytish lozimki, teatr faqatgina turli xil tomosha ko'rsatadigan yoki bo'lmasa, shunchaki, madaniy hordiq chiqaradigan joy emas. Teatr tomoshabinni fikrlashga, go'zallik olamiga olib kirib bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishga imkoniyat yaratib beruvchi dargohdir. Hayotda echimini topa olmayotgan muammolarni bartaraf qilish uchun yoki bo'lmasa, savolariga javob topolmayotgan inson ibratxona sanalmish teatrga kelib, hayotiy spektakllarni tomosha qilish mobaynida juda ko'p junboqlarni anglab etishi, muammolariga echim topa olishi mumkin.

Ma'lumki, har bir alohida spektaklning o'zi murakkab badiiy shakl bo'lib ham makon ichra, ham ma'lum bir vaqt davomida yuzaga keladi. Bu badiiy shaklning

I icOE^^^^HI 185 http://oac.dsmi-qf.uz/

ifoda qiluvchi makon bilan voqealar kechadigan vaqtning o'zaro sintezida spektaklning dinamik holati tempo-ritmi tug'iladi.

Bu borada O'zbek milliy qo'g'irchoq teatri yosh tomoshabin bilan bir qatorda ularni etaklab kelgan ota-onalariga ham katarsiz ta'sir ko'rsatadi. Boshqa teatrlardan farqli, qo'g'irchoq teatri sahnasida ikki ijodkor, ya'ni aktyor va qo'g'irchoq mehnati aks etadi, muhit yaratadi va yashaydi. Aytish joizki, ushbu teatr sahnasida yaratiladigan har bit spektaklda albatta jozibali va go'zal qo'g'irchoqlar yordamga keladi. Ularning yordamisiz ham ushbu teatrda aktyorlarning o'zlari turli hil multfilm yoki bo'lmasa ertak qahramonlarining qiyofasiga kirib spektakl yaratish mumkin. Aynan shunday sahna asarlari ham qo'g'irchoq teatri sahnasida yo'q emas.

O'zbek milliy qo'g'irchoq teatr sahnasida namoyish etilayotgan har bitta spektakl yosh tomoshabinning dunyoqarashi, ularning ma'naviy ongini shakllanishi uchun beminnat xizmat qiladi. Garchi, asosiy tomoshabinlarini yosh tomoshabinlar tashkil qilsada, teatr sahnasida qo'yilayotgan spektakllarni ijodkorlar saralab qo'yishadi. Tomoshabinlar ham o'z tanlovidan o'tgan spektakllarni ko'rishadi. Ularni "Aldagani bola yaxshi" qabilida ma'nan sayoz spektallar bilan aldab bo'lmaydi. Tomoshabinlari asosan yosh bolalar bo'lsa-da, O'zbek milliy qo'g'irchoq teatrining har bitta spektakliga teatr jamoasi katta e'tibor qaratadi. Spektaklning tomoshabinlar ongiga ijobiy ta'sir qilishi uchun xizmat qilishadi. Shunchaki, sahnalashtirilgan yoki bo'lmasa aktyorlari ham "xo'ja ko'rsinga" rol ijro etadigan spektakllarni (yoshidan qat'iy nazar) hech bir tomoshabin ko'rmaydi. Har taraflama mukammal, sahnaning qonun-qoidalariga, talabiga javob beradigan, tomoshabinni ortidan emas, aksincha o'z ortidan tomoshabinni ergashtira oladigan spektakllar bo'lsa, albatta hech bir tomoshabin shunday sahna asari tomoshasidan voz kecholmaydi.

O'zbek milliy qo'g'irchoq teatrining aktyorlari ijrosida qo'g'irchoqlar harakatga keladi aynan shu holatga tomoshabin ko'proq ishonadi. Ular qo'g'irchoqlaraning har bitta harakatini o'zgacha qiziqish va diqqat bilan kuzatadi. Joriy yilning statistik ma'lumotlariga qaraganda teatrga keladigan muxlislarning asosiy qismini O'zbek milliymiz fuqarolari rus, koreys, tatar va boshqa millatga mansub bo'lgan insonlar, qolganlarini esa ziyoli o'zbeklar tashkil qilar ekan. Bundan ko'rinadiki, teatrga kelgan ota-onalar farzandini dunyoqarashini takomillashtirishga katta e'tibor berishayapti. Ular farzandlarining estetik kamoloti, tafakkuri dunyoqarashiga loqayd emas.

Qo'g'irchoq teatri o'zining tabiatiga ko'ra jozibali bo'lish bilan bir qatorda chaqqonligi, safarbarligi, joy, vaqt va makon tanlamasligi, doimiy tomoshabinga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Qo'g'irchoq teatrining eng birinchi mas'uliyatli jihati shundaki, bu erda namoyish etiladigan spektakllar qiziqarli va mazmunan boy bo'lishligi lozim. Aynan shu jihatni anglab etgan qo'g'irchoq teatrining jonkuyar ijodkorlari yangi-yangi spektakllarni sahnalashtirishmoqda. Keyingi paytlarda

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz/

qo'g'irchoq teatrining repertuariga nazar tashlasangiz, undan joy olgan o'zbek va xorij dramaturglarining ertaklari asosida yaratilgan spektakllarga ko'zingiz tushadi. Ushbu spektakllarda bolalar mard, jasur, vatanparvar bo'lib ifodalangan. Aynan sahna asarlarining g'oyasi, mavzusi borasida soha mutaxasislari juda ko'p fikrlarni aytishgan.

Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ehtirom tuyg'usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur tahlil etib, quyidagi fikrlarni bayon qiladi: "Dushmanlardan qo'rqma - nari borsa ular seni o'ldirishi mumkin. Do'stlardan qo'rqma - nari borsa ular senga xiyonat qilishi mumkin. befarq odamlardan qo'rq - ular seni o'ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli erda xiyonat va qotilliklar sodir bo'laveradi." Har bir inson hayotda g'oyat muhim ahamiyatga ega bo'lgan ana shu fikrlarni unib-o'sib kelayotgan yoshlarning ongiga singdirishi, ularni hayot sinovlariga bardoshli etib tayyorlash bizning ota-ona, ustoz-murabbiy, rahbar-rahnamo sifatidagi, shu muqaddas yurt fuqarosi sifatidagi muqaddas burchimizdir.

Foydalangan adabiyotlar

1. Qodirov M.X., Qodirova S.M. "Qo'g'irchoq teatritarixi" Talqin Toshkent-2006 .

2. Ashurova M.H. Qo'g'irchoq teatri san'ati aktyorlik maktabi. Darslik-T., 2007.

3. T.Smolyakova «Texnologiya izgotovleniya teatralnoy kukli» Uchebnik T.2007.

4. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.

5. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.

6. Eoma6oeBa, Y. (2021). Byna^aK aKTepnapHH TapSnanamga negarorHK eHgarnyBnap. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.

7. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.

8. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.

9. X,araMOBa, E., & Boma6oeBa, Y. (2019). HyTK TexHHKacHHH TaKOMHnnamTHpnmga xanK OF3aKH H^ogngaH ^onganaHHrn ycynnapn. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.

I icclT^^^^H 187 http://oac.dsmi-qf.uz/

10. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

11. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУХЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

12. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

13. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОХИДА. Oriental Art and Culture, (6).

14. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).

15. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

16. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.

17. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.

18. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

19. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

20. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.

21. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

22. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

23. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

24. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

25. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

I fcOT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz/

26. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

27. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. HffrepHayKa, (19-4), 55-56.

28. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

29. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

30. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

31. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

32. BonTa6oeBa, Y., & ^ex^OHOB, p. (2021). X,aeTHHnHK Ba xaKKOHHHHHK gpaMaTHK acap, pe^ccypa, aKTepnHK Maxppara acocn. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

33. ^exKOHOB, P. (2020). COF.HOM AB^OA^APHH fflAKn.HAHTHPHffl^A XA.HK YHHTOAPH BA AHLAHA^APHHHHr TYTrAH YPHH. Oriental Art and Culture, (V).

34. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.

35. MaganneB, A. (2021). HO^AB^AT K^HPTOK TEATP-HAPH^A AKTEP.HHK CAHLATH MACA^A^APH. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.

36. MaganneB, A. (2021). KyFHpnoK Tearpn aKTepHHHHr nnacTHK HMKOHH^TnapH. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.

37. MaganneB, A. (2021). KyFHpnoK Tearpn Tapnxnra Ha3ap. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.

38. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).

39. YMapoBa, X., & KypSoHOB, M. (2021). KC CTAHHCnABCKHH TAL^HMOTH^A AKTEPHHHr CAXHABHH TAPBH^CH. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.

40. HyngarneB, K. (2021). PE^HCCYPA BA AKTEP^HK MA^OPATH OAHftAPHHH HHABA^OH YKHTHm. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.

41. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.

189

http://oac.dsmi-qf.uz/

42. Fo^ypoBa, E. (2020). AKTEPHHHr HYT^HHH TAKOMH^^AmTHPHmAA HННОВАЦHОН TEXHO^OrH^^APHHHr AXAMH^TH. Oriental Art and Culture, (V).

43. nynaTOB, P. (2020). «MHP30 Y.HYFEEK» TPArE^H^CHHHHr ^PATHHHmH TAPHXH. Oriental Art and Culture, (V).

44. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).

190

http://oac.dsmi-qf.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.