Научная статья на тему 'IJODKORLAR'

IJODKORLAR Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
73
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijodkorlar / musiqali teatr / rejissorlar / aktyor

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Karim Yuldashev, Mamlakatxon Jo‘rayeva

Ushbu maqolada Namangan viloyati musiqali teatrida ijod qilgan ijodkorlar va ularning faoliyatlari haqida so’z boradi. Rejissorlar, aktyor va aktrisalar ularning ijodi yoritiladi. Tarixga bir nazar bilan boqib, Namangan teatrining yetuk san’atkorlarining ijodlari bilan tanishamiz. Teatr rassomi M. Abbasovning ijodi haqida ham so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKORLAR»

IJODKORLAR

Karim Yuldashev Mamlakatxon Jo'rayeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotasiya: Ushbu maqolada Namangan viloyati musiqali teatrida ijod qilgan ijodkorlar va ularning faoliyatlari haqida so'z boradi. Rejissorlar, aktyor va aktrisalar ularning ijodi yoritiladi. Tarixga bir nazar bilan boqib, Namangan teatrining yetuk san'atkorlarining ijodlari bilan tanishamiz. Teatr rassomi M. Abbasovning ijodi haqida ham so'z boradi.

Kalit so'zlar: ijodkorlar, musiqali teatr, rejissorlar, aktyor

CREATORS

Karim Yuldashev Mamlakatkhon Jorayeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article is about the artists and their activities at the Namangan Regional Musical Theater. Directors, actors and actresses will cover their work. Let's take a look at the history and get acquainted with the works of the leading artists of the Namangan Theater. There is also talk about the work of theater artist M. Abbasov.

Keywords: artists, musical theater, directors, actors

Namangan viloyati musiqali teatrida 80 yil ichida qanchadan qancha rejissorlar, artistlar ijodiy faoliyat olib bordi. O'zbek milliy va jahon dramaturglarining sara asarlari sahna yuzini ko'rdi.

Birinchi bo'lib 1919 yilda Namanganga X.X.Niyoziy kelganda "Sharq truppasi" mehmoni bo'ladi va o'zining bir pardali asarini sahnalashtiradi. Demak, Namanganda birinchi rejissor X.X.Niyoziy.

1931 yillarda viloyatimiz teatrida rejissorlik-murabbiylik ishlarini O'zbekiston xalq artisti R.Xamroyev, A.Sultonov, N.Roziqiylar olib bordilar. Har bir obrazning ichki dunyosini ochishni, holatda, berilgan shart sharoitda yashay bilish sir-asrorlarini o'rgatdilar.

1936 yilga kelib O'zbekiston xalq artisti Amin Turdiyev rejissorlarga yordamlashish uchun keladi va bir nech yil teatrda qolib ketadi. Teatrda katta-katta asarlarni sahnalashtirib, muvoffaqiyatga erishadi. Amin Turdiyev 1929 yilda

Moskvada ochilgan o'zbek studiyasini tamomlagan va rejissorlik sirlarini yaxshi o'rgangan edi. Gogolning "Uylanish", Hamzaning "Tuhmatchilar jazosi", Xurshidning "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin", G'.Zafariyning "Xalima" kabi asarlarini sahnalashtirdi va aktyorlarning mahoratini oshirishga ko'maklashdi. O'sha davrlarda teatrning yosh aktyorlari T.Ja'farova, M.Azizova, S.Raxmonov, M.Dadaboyevlarga ustozlik qildi.

1936 yilda Amin Turdiyev rahbarligi ostida viloyat teatri Toshkentga gastrolga boradi. Poytaxt tomoshabinlariga asarlarini namoyish etishadi. Tomoshalarda qatnashgan respublika rahbarlaridan biri A.Ikromov teatr jamoasiga shunday telegramma yuboradi: "Sizlarning qisqa muddatda yutuqlarga erishuvingiz, chindan san'atni egallagan, ayniqsa, yosh kadrlar yetishtirishda ko'rgan muvoffaqiyatlaringiz taqdir etarli bir narsadir. Bundan keyin ham xormasdan, charchamasdan o'zbek san'ati rivoji uchun ishlamog'ingizni istab qolaman". Bundan ko'rinib turibdiki, qisqa vaqt ichida rejissorlar va aktyorlar katta muvoffaqiyatlarga erishganlar.

Ikkinchi jahon urushi davrida S.Abdulla va Chustiy qalamiga mansub "Qurbon Umarov", G.Mdivanning "Front bo'ylab yangrar buyruq", I.Sultonning "Burgutning parvozi" kabi asarlarni sahnalashtirildi. Bundan tashqari Dneprodrejinskiy shahrining aktyorlari bilan hamkorlikda G.Artyomovskiyning "Dunay ortidagi zaporojyelik" asarini M. Dadaboyev sahnalashtirdi.

Urushdan keyin teatrga bosh rejissor qilib O'zbekiston xalq artisti Qudrat Xo'jayev tayinlandi. Qudrat Xo'jayev murabbiylik qilgan davrda jamoa ancha kuchga to'ldi. Shuning uchun bo'lsa kerak "Yurak sirlari", "Shohi so'zana", "Arshin mol olon", "Alisher Navoiy", "Unitilmas kunlar", "Xamza" asarlari sahnalashtirildi va bu yutuqlarda Qudrat Xo'jayevning xizmatlari katta bo'ldi.

1954 yilda Qudrat Xo'jayev Toshkentga Xamza teatriga xozirgi Milliy akademik teatriga chaqirtirib olindi.

1954 yili Namangan teatriga oliy o'quv yurtini endi bitirgan A.Xachaturov bosh rejissorlik lavozimiga tayinlanadi va u 1960 yilgacha mazkur teatrda ishladi. Ana shu davr teatr sahnasida va qisqa umr ko'rgan iste'dodli rejissor hayotining baxtiyor yillar bo'ldi.

A.Xachaturov jamoadagi tajribali ijrochilar imkoniyati va hali yosh aktyor va aktrisalarning ochilmay turgan layoqatlarini tez payqadi. Jamoa va rejissor bir-birlarini tez tushunib, katta safarbarlik bilan rejali ish boshlaydilar. Asosiy maqsad teatrdagi mavjud yaxshi an'analarni mustahkamlash, Namangan sahnasiga milliy va jahon mumtoz asarlarini dadil olib kirish, tajribali ijrochilar imkonini katta sinovdan o'tkazish, yoshlarga sahnada keng yo'l ochish edi. Ana shu maqsad yuzasidan A.Xachaturov, M.Dadaboyev bilan birga «Tohir va Zuhra», «Yurak sirlari» pyesalarini katta mas'uliyat hissi bilan sahnalashtiradi. Shu spektakllardan keyin teatr V.Shekspirning "Otello"sini qo'lga oladi.

"Tohir va Zuhra"da Zuhra rolini ijro etgan O.Tojiboyeva, Tohir rolini ijro etgan M.Isomiddinovlar shu spektaklning avvalgi nusxalarida M.Azizova, T.Ja'farova erishgan yutuq va an'analarni izchillik bilan davom ettirdilar. Bu narsa teatrda odat tusiga kirganligini jamoaning saksoninchi yillar faoliyatida ham ko'zga yaqqol tashlanadi.

"Yurak sirlari"da spektakldagi timsollarning katta-kichigidan qat'iy nazar ijrochi mahoratini to'laroq ochishga e'tibor kuchaytirilib ish tutiladi. Chunonchi Ilxomni mashina haydovchisi Po'latning uvoq roli sahna ustasi S.Rahmoniyga topshiriladi. Artist bu rolni muallifning voqea va timsollar qilmishlariga unsiz munosabatini anglatuvchi kimsadek qabul qilib ish tutadi.

Komediyaning yetakchi qahramonlaridan Sattorning ta'rifida artist M.Dadaboev qahramonning pesada mavjud qaysar va o'jarlik sahnalariga ehtiyot bo'lib, ijroda kechinmali holatga ko'chib ish tutish rol badiiy qiymatini oshirar edi. Shu yo'sindagi ijro M.Azizovning o'ychan sanobarini xayolotda band timsoliga mos tushadi. Chunki teng huquqli yangi zamonda Sattordek ziyolini ham jufti-haloliga nisatan shubha-gumonga to'la xayoli qahramonning boshqa zamondoshlariga ham hos davr hosilasidek tipik holat edi.

«Otello»ga murojaat teatr faoliyatida ijobii natijalar bilan yakunlandi. Otello rolida M. Dadaboev, Dezdemoshada O.Tojiboyeva, Yagoda S.Rahmoniy, Rodrigo rolida M.Ubaydullayev katta yutuqqa erishdilar. Yutuq avvalo shu ediki, ishtirokchilar asar mazmuninig'vya- tomoshabinga anglatishnigina emas, balki uning mohiyatiga kirib baholi qudrat o'zlari tasavvur etgan obrazlar suvratini yaratishni maqsad qilib oldilar. Natijada «Otello»da yuksak muhabbat ulug'lanib, qabohat, razillik emotsional bo'yoqlarda qoralandi. Spektaklda muhabbat va insoniylikning qadri uning tug'ilishi, sevgining go'zal va hayotbaxsh qudratining bayoni singari mavzu mantiqlariga katta o'rin berildi. Otelloning Dezdemona bilan uchrashuvi, uni Venesiyaning suv ko'chasi uzra uyidan qayiqqa o'tkazib olib ketish sahnasi o'ziga xos go'zal va faraxbaxsh edi. Ayniqsa, Otelloning buyuk odamiy, hissiy, insoniylik sifatlarini ta'riflashga rejissor va ijrochi M.Dadaboyev katta kuch sarfladi. Spektaklni bezashda rassom M.Abbosov alohida ijodiy ishtiyoq va tashabbus bilan mehnat qildi. Spektaklni tayyorlash jarayoniping boshidan oxirigacha shohidi sifatida shuni aytishim mumkinki, uni chiqarish yuzasidan olib borilgan mehnat ishtirokchilarga ham rol, o'ynamagan aktyorlarga ham ko'ngilli mashq, ijod maktabi edi.

«Otello» misolida jamoa Shekspir ijodi bilan yaqindan tanishdi va unga talqin mehri astoydil oshdi. Shuning oqibati o'laroq, teatr oradan besh yil o'tgach, «Qirol Lir» tragediyasiga murojaat qildi.

A.Xachaturov sahnalashtirgan mumtoz asarlardan yana biri M.Lermontovning «Ispanlar» tragediyasi aktyorlar ijrochiligining tugalligi jihatidan juda ahamiyatli edi. Ayniqsa, Fernando rolida M.Ubaydullayev, Emiliya rolida M.Ubaydullayeva va

Roxib rolida A.Rahimov mustahkam ansambl yaratib, asar mohiyatini chuqur his etib, o'z rollarini ijro etdilar. Bu yillarning pishiq va baquvvat spektakllari qatoriga «Tohir va Zuhra», «Farhod va Shirin», «Ravshan va Zulhumor», «Alpomish», «Oshiq va G'arib» singari asarlar ham kiradiki, ularda M.Azizova, O.Tojiboyeva, T.Nazarova qahramonlariga sodiq yor, ijrochilariga hamnafas sifatida M.Mansurov ijrochilik layoqatining gullagan davri edi. Bu spektakllar avvalo ariya va duetlar bayramiga aylanardi.

Elliginchi yillar Namangan sahna ustalarining safi M.Ubaydullayev va M.Ubaydullayeva singari iste'dodlar bilan to'lish yillari bo'ldi. Shu davrdan e'tiboran, mazkur ijrochilar yetakchilar qatori talqinda mahorat namunalarini ko'rsatadigan bo'lib qoldilar. Oltmishinchi yillardan e'tiboran, Namangan teatri truppasini yangi avlod bilan to'ldirish jarayoni yana ham jadallashib ketadi. Musiqali drama janrida Tursunoy Mamedova, Habiba Oxunova va Mahmudjon Isomiddinov yetakchilar safidan o'rin oladilar. Truppaning dramatik qismi esa Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini bitirib kelgan aktyor va rejissorlar hisobiga to'ldirila boradi. Bularning orasida teatrning rejissorlari G.Kim, K.Yo'ldoshev, M.Asqarov, aktyor va aktrisalardan M.Zokirov, R.Xudoydatova, Sh.Azizova, A.Qoraboyev, R.Xamroqulov singari o'nlab iste'dodli ijrochilar bor edi.

M.Zokirov sahna realistik talqinlar prinsipini puxta egallagan va bu borada teatr ijodiy udumlarini olg'a suruvchi va chuqurlashtiruvchi yangi avlodlarning peshqadam vakili. Uning «Qirol Lir»dagi Edgar, «Qizbuloq»dagi Gung, «Faqat yigirma to'rt soat» spektaklidagi general Mazanxiashvili qiyofasini yaratish yuzasidan olib borgan samarali izlanishlari aktyorning imkon darajasini ochiq ko'rsatadi. Ijrochilikning qator janrlarida faoliyat ko'rsatayotgan yosh ijodkor, R.Hamroqulov tengdoshlariga ijodda faol bo'lish tashabbusini namoyish eta boshladi.

M.Zokirov yonida oltmishinchi-yetmishinchi yillardan e'tiboran, sahnada faoliyat ko'rsatgan yoshlar musiqali drama janrida T.Saydullayev, K.Rasulov, drama va fojia bosh qahramonlari talqinida Rustam Hamroqulov boshliq iste'dodlar teatrning kelajagi bo'lib qad rosladilar T.Hamroqulovning Gamleti, T.Saydullaevning Mashrabi, K.Rasulevaning Zuhrasi bu san'atkorlar kelajakda o'z muxlislarini katta talqin ixtirolari oilan xushnud etishiga kafolat edilar.

Teatrning yetmishinchi yillar faoliyati xususida shuni aytish kerakki, bu davrda truppada ijrochi kadrlarni professional bilimli mutaxassislar hisobiga ko'paytirish qizg'in tus oldi, repertuarda o'zbek, qardosh xalqlar va jahon klassikasi namunalarini sahnalashtirishda mushtarak natijalarga erishiladigan bo'lib qoldi. Masalan, 1972 yili sahnalashtirilgan V. Kandelakining «Faqat yigirma to'rt soat» (rejissor K.Yuldashev), 1977 yili sahnalashtirilgan M.Drusening «Kase Mare» (rejissor V.T.Apostol) spektakllari Butunittifoq va Respublika mukofoti, shuningdek diplomlariga sazovor bo'ldi. Shu davrda sahna yuzini ko'rgan «Rustam», «Ufq», «Xalima», «Layli va

Majnun», «Mashrab», «Tohir va Zuhra» asarlarini tomoshabinlar katta qiziqish bilan kutib oldi. V.Shekspirning «Gamlet», F.Shillerning «Qaroqchilar» fojialarining postanovkalarida M.Dadaboev, ayniqsa Karl Moor va Gamlet rollarining ijrosi yuzasidan M.Ubaydullayev katta ijodiy natijaga erishdilar. Yosh avlod vakillaridan M.Faxriddinova va R.Hamroqulov o'z imkoniyatlarini Ofeliya va G'arib rollarida sinab ko'rdilar.

Saksoninchi yillardan e'tiboran teatr sahnasida musiqali drama janrida ustozlar an'anasini O'rinboy Nuraliyev, Turdiali Saydullayev, Kamoliddin Rahimov, Habiba Oxunova, Tursunoy Mamedovalar sadaoqat bilan davom ettirdilar.

Mazkur janrda xassos solistkalardan Xabiba Oxunova xonishlarining dardli va fusunkor mundarijasi, Tursunoy Mamedovaning havoli qochirimlari, O'zbekiston xalq artisti Muxriddin Mansurov qo'shiqlarining vulqonli to'lqini o'sha chamanda kamol topdi. Sababi, uning Usta Ro'zimatxon Isaboev, Karimjon Mansurov singari bog'bon va nozikta'b ustozlari bor edi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Mahmudjon Isomiddinov, Turdiali Saydullayev, Kamoliddin Rahimov, O'rinboy Nuraliyevdek solistlar elning ardoqli san'atkorlari bo'lib, musiqali drama janrida faoliyat ko'rsatishi mumkin bo'lgan teatrdagi mavjud imkoniyatlar darajasini yuqori ko'tardi.

O'zbekiston xalq artistlari va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar M.Ubaydullayev, O'.Nuraliyev, O.Tojiboyeva, K.Rasulova, M.Raxmonov, V.Saydaliyev, shuningdek artistlardan S.Sarimsoqova, S.Omonov, M.Niyozov, M.Faxriddinova, X.Madraximova, U Mirzayev, A.Tojiboyev, A.Karimov, M.Abdullayeva singarilar teatr jamoasining Mustaqillik yillaridagi yetakchi ijrochilaridir.

Namangan teatri faxrimiz, bo'lak viloyat jamoalari, hatto respublika musiqali teatri ham unga havas qilsa arzigulik.

Teatr repertuari va ijro estetikasiga rahnamolik qiluvchi kuch dramatik plandagi artistlar bo'lib, teatrning butun tarixi davomida ularning o'zlari salmoqli realistik spektakllar yaratish bilangina kifoyalanmay, musiqali drama janrida mehnat qiluvchi artist va solistkalarga kuchli ta'sir o'tkazib keldilar. Natijada Namangan teatrning musiqali drama spektakllari o'zining hayotiy jozibasi, yetakchi ijrochilarining ijodi esa realistik emotsional kayfiyati bilan boshqalardan aniq farqlanib turdi. Fikrimizni Mukarrama Azizova, Tursunoy Ja'farova, Xabiba Oxunova ijodida mavjud bir-biriga yaqin hayotiy ijro jozibasi to'liq tasdiqlashi mumkin. Ijrodagi bu kayfiyat yarim asr davomida uzluksiz mavjud ekan, u teatr ijodiy qiyofasi, san'atkorlarning talqin uslubiga xos alomat ekanidan dalolat beradi. Shuni ham aytish kerakki, uni topshirishda usta Ro'zmatxon Isaboyev va Karimjon Mansurovlarning riyozatlari, ayniqsa salmoqli va tahsinga sazovor.

Drama, musiqali drama, xususan repertuarda hayotiy omillarni og'ishmay amalga oshirib kelgan dramatik artistlar orasida O'zbekiston xalq artisti Sobir Rahmoniy, respublikada xizmat ko'rsatgan artistlar Mirzajon Dadaboev, Akbar Rahimov va Mamatxon Ubaydullayevlar faoliyati alohida o'rin tutadi. Namangan teatri o'zligini belgilaydigan spektakllar doimo mana shu artistlar faoliyati bilan bog'liq bo'ladi - o'zbek, rus, sovet va jahon klassik dramaturgiyasi talqinlarining hamma, hammasi.

Namangan teatri postanovkalarida doim jamoaning ta'bi talqiniga xos alomatlar hukmron ekan, uning bayonida shu dargohda roppa-rosa qirq yildan beri ijod qilib kelayotgan bosh rassom, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Mutallib Abbosov xizmatlarining o'rni bo'lakcha. Bu kamtarin, shuningdek, injiq darajasida talabchan, zahmatkash rassomning teatrni hamma spektakllarida ishtiroki bor. Binobarin, uning bezak va yechimlari misolida teatr tarixi jarayonining ko'p sahifalarini o'qib olish mumkin: yutuqlarini ham, izlanish uqubatlariyu, toyilishlarini ham. U teatrda qirqinchi yillardan e'tiboran ishlagan hamma rejissorlar bilan postanovka chiqargan.

Teatr hozir ijodiy, ayniqsa, tashkiliy jihatdan uyushqoqlik bilan ish ko'rmokda. Sababi, hayot saboqlaridan to'g'ri xulosa chiqarilib, nihoyat jamoaga teatrni yaxshi tushunadigan, tashkilotchilik va insoniy fazilatlari mushtarak kadrni topib rahbar qilib tayinlandi. Bu teatrga yetti yildan beri direktorlik qilib kelayotgan Erkin Qoraxonovdir. U san'at va jamoaning fidoyisi sifatida o'z sahna faoliyatining evaziga butun layoqatini rahbarlikka qaratdi va bu murakkab, nozik lavozimga ham o'zida iqtidor mavjud ekanini ko'rsatib, viloyat rahbariyati, shuningdek keng tomoshabinlar hurmatiga sazovor darajada ish olib bormoqda.

Namangan teatrining hozirgi faoliyatida yana bir ijobiy va ibratli an'ana bor. Bu truppani yosh va maxsus malakali kadrlar bilan to'ldirishda e'tibor va jonbozlikning muntazamligidir. Shuning uchun ham Namangan teatrida tasodifiy kadrlar kam, jalb etilganlari esa qo'lidan ish keladigan va jamoada o'rni bor odamlar.

Teatrdek murakkab ijodiy tashkilotda ishni biz zikr etganimiz darajada ta'minlash, birgina teatr rahbarlarining qo'lidan kelmasligi shubhasiz. Shuning uchun ham to'y bahonasida jarayonning shohidi sif,atida mashaqqat va riyozati ko'p bu ishga katta mehr va mas'uliyat bilan rahnamolik qilayotgan viloyat rahbariyati va uning san'at, madaniyatga biriktirib qo'ygan mas'ul xodimlari mehnatini tilga olishni o'rinli deb o'ylaymiz.

Foydalaniladigan adabiyotlar

1. T. Tursunov O'zbek teatri tarixi -T., 2010

2. Rahmonov M., To'laxo'jayeva M.T., Muxtorov I.A. O'zbek milliy akademik drama teatri tarixi. - T., 2003.

3. Rizayev Sh. Jadid dramasi. - T.: Sharq, 1997.

4. Istiqlol va milliy teatr (to'plam). - T.: Yangi asr avlodi, 2002.

5. Tursunboyev S. Teatr tarixi. - T.: Bilim, 2005.

6. Tursunov T. Sahna va zamon. - T.: Yangi asr avlodi, 2007.

7. Islomov T. Tarix va sahna. - T.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1998.

8. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.

9. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.

10. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.

11. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.

12. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.

13. Хдтамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.

14. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

15. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

16. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

17. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОДИДА. Oriental Art and Culture, (6).

18. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).

19. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

20. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.

21. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.

22. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

23. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

24. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.

25. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

26. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

27. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

28. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

29. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

30. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

31. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.

32. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

33. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

34. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

35. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

36. Bo.Ta6oeBa, Y., & ^exKOHOB, P. (2021). X,aeTHH.HK Ba xaKKOHunnuK gpaMaTHK acap, pe^nccypa, aKTep.HK Maxoparu acocu. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

37. ^exKOHOB, P. (2020). COF.HOM AB^O^^APHH fflAKn.HAHTHPHffl^A XA.HK YHHTOAPH BA AHLAHA^APHHHHr TYTrAH YPHH. Oriental Art and Culture, (V).

38. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.

39. MaganueB, A. (2021). HO^AB^AT K^FHPTOK TEATP-HAPH^A AKTEP.HHK CAHLATH MACA^A^APH. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.

40. MaganueB, A. (2021). KyrupnoK Tearpu aKTepuHHHr n.acTHK HMKOHH^raapu. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.

41. MaganueB, A. (2021). KyrupnoK Tearpu Tapuxura Ha3ap. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.

42. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).

43. YMapoBa, X., & KypSoHOB, M. (2021). KC CTAHHCnABCKHH TAL^HMOTH^A AKTEPHHHT CAXHABHH TAPBH^CH. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.

44. HyngarneB, K. (2021). PE^HCCYPA BA AKTEP^HK MAXOPATH OAHftAPHHH HHABAUHOH YKHTHm. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.

45. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.

46. Fo^ypoBa, B. (2020). AKTEPHHHT HYTKHHH TAKOMH^^AmTHPHmAA HHHOBAЦHOH TEXHO^OTH^^APHHHT A^AMH^TH. Oriental Art and Culture, (V).

47. ny.aTOB, P. (2020). «MHP3O Y.HYFBEK» TPATE^HHCHHHHT ^PATHHHmH TAPHXH. Oriental Art and Culture, (V).

48. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.