Научная статья на тему 'O‘ZBEK TEATRI RIVOJIDA MA’SUMA QORIYEVA FENOMENI'

O‘ZBEK TEATRI RIVOJIDA MA’SUMA QORIYEVA FENOMENI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
245
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijod / fenomen / benefis / repertuar / drama / tragediya / uslub / san’at / tanqid.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sarvinoz Saksonova

Ushbu maqolada teatr san’ati rivojida aktrisalarning tutgan o‘rni. O‘zbek ayoli qiyofasini yaratish va uning prototipi haqida ideal tasavvur yaratishda Ma’suma Qoriyeva ijodining beqiyos hissasi haqida fikr boradi. Unda yillar davomida ayol va erkak o‘rtasidagi gender tengsizlik, bugungi kunda hamon san’at nafasida yashayotgan nozik muammo aks etgan. Maqolada aks etgan muammolar bugungi kun teatr va kino san’ati uchun birdek dolzarbdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TEATRI RIVOJIDA MA’SUMA QORIYEVA FENOMENI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X

O'ZBEK TEATRI RIVOJIDA MA'SUMA QORIYEVA FENOMENI

Sarvinoz Saksonova [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining

Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada teatr san'ati rivojida aktrisalarning tutgan o'rni. O'zbek ayoli qiyofasini yaratish va uning prototipi haqida ideal tasavvur yaratishda Ma'suma Qoriyeva ijodining beqiyos hissasi haqida fikr boradi. Unda yillar davomida ayol va erkak o'rtasidagi gender tengsizlik, bugungi kunda hamon san'at nafasida yashayotgan nozik muammo aks etgan. Maqolada aks etgan muammolar bugungi kun teatr va kino san'ati uchun birdek dolzarbdir.

Kalit so'zlar: Ijod, fenomen, benefis, repertuar, drama, tragediya, uslub, san'at, tanqid.

THE PHENOMENON OF MASUMA QORIYEVA IN THE DEVELOPMENT

OF UZBEK THEATER

Sarvinoz Saksonova [email protected] Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The role of actresses in the development of theatrical art in this article. Masuma Kariyeva's work is an invaluable contribution to the creation of the image of an Uzbek woman and the creation of an ideal image of her prototype. It reflects the gender inequality between men and women over the years, a delicate issue that still lives on in the breath of art today. The issues raised in the article are equally relevant to theater and cinema today.

Keywords: Creation, phenomenon, benefit, repertoire, drama, tragedy, style, art, criticism.

San'at azaldan dunyoning qurilishi haqidagi diniy, afsonaviy tasavvurlar bilan bog'liq holda rivojlangan. Ibtidoiy davrdan to bugungi kunga qadar san'atdagi tasvirlar ko'p xollarda o'ziga xos tumor vazifasini o'tab, yovuzlik va ezgulik belgisi sifatida nafaqat insonlar tomoshasiga, balki afsonaviy xudolarda xush kayfiyat va yoqimli fikrlar uyg'otishga mo'ljallangan holda rivojlangan. O'rta asrlardagi san'at taraqqiyotida va turli yo'nalishlarda ham bu an'anani kuzatish mumkin. Ularda asosiy

e'tibor syujetga berilgan, chunki bunday asarlar savodsiz insonlar ongida avvalo dinni targ'ib etish va uni mustahkamlashga qaratilgan.

Har qanday san'at turi har bir tarixiy bosqichda, geografik makonda yoki an'analar ta'sirida o'ziga xos ko'rinish, rivojlanish kasb etadi. Teatr san'ati ham qadimgi davrlardan to shu kunga qadar insonlar va jamoa e'tiborini qozongan. Tomoshabinni boshqarish, tarbiyalash, uning qalbida kotarsis sodir eta olish - poklash, undash kabi turfa xillik va hodisalarning to'liq bayoni mavjud, u taassurotlar, turli effektlarni o'zida mujassamlashtiradi, barcha hissiyotlarni, hayajon, xarakter, o'zaro munosabatlarni ifodalay oladi. Biroq, bu boylik, rang-baranglik qimmatli salohiyatni qurbon qilish, tinimsiz mehnat va yo'qotishlar evazigadir.

O'zbek teatr san'ati ham o'z rivoji dovonida anchayin murakkab va ziddiyatli yo'llarni bosib o'tgan. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida yangi o'zbek teatrining yaratilishi to'g'risida professor Toshpo'lat Tursunov shunday deydi: "... Bu tomoshaxona Turkistonning madaniy hayotiga begona bo'lib, o'lkani Rossiya istilo qilib olganidan keyin "rus teatri" ko'rinishida, bu yerga ko'chirib keltirilgan rus zodagon va ziyolilari, harbiy xizmatchi va boshqa soha egalaridan tashkil topgan fuqarolarga xizmat qilish uchun kirib keldi"1 Bundan ko'rinib turibdiki, o'zbek madaniyati va etnogeneziga aloqasi haminqadar yo'q bo'lgan yangicha nafas kirib kelgan. Bu o'z navbatida mutaxassis va kadr talab etadi. O'sha davr qiyofasi bilan fikrlaydigan bo'lsak, millatning prototipini rus aktyor, dramaturg, aktrisa va rejissorlari sahnaga olib chiqqan. Bu o'z navbatida etnik madaniyat va ma'naviy qiyofaning qo'pol aks etishiga sababchi bo'lgan. Shunday vaziyatda ilk o'zbek rejissor va aktyorlari dadil qadam bilan teatr sahnaga kirib kela boshlagan. Avvalo jadidlar harakati buni ommalashtirgan bo'lsa, keyinchalik Mannon Uyg'ur, Yetim Bobojonovlar kabi ilk rejissorlar qanoti ostida yangi yulduzlar porlagan. Musiqali teatr chamanining ilk va betakror bulbullari Ma'suma Qoriyeva, Tursunoy Saidazimova, Halima Nosirovalardir. Ular orasida tengsiz va turfa yo'llarni bosib o'tgan matonatli ayol sifatida Ma'suma Qoriyevani alohida ta'kidlash joiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 9-may "Xotira va qadrlash" kunida Ma'suma Qoriyeva faoliyatiga to'xtalib quyidagi fikrlarni bildirgani bejiz emas: "Ma'lumki, taniqli sahna ustasi Ma'suma Qoriyeva urushdan oldingi yillarda sobiq Hamza harakatining taniqli namoyandasi Abduvohid qori, qayin ukasi - iste'dodli shoir Oltoy Qoriyev, turmush o'rtog'i - Madaniyat vazirligi san'at boshqarmasining boshlig'i Bosit Qoriyev 30-yillarda nohaq siyosiy qatag'onga uchraydi. Qaynotasi va eri o'lim jazosiga hukm qilinadi.teatrining yetakchi artistlaridan biri bo'lgan.

Yurtga yov bostirib kelgan og'ir kunlarda Ma'suma Qoriyeva o'z boshiga tushgan fojeani unutib, ikki farzandi - Shavkat va Botir Qoriyevlarni fashizmga qarshi jangga

1 Toshpo'lat Tursunov. XX asr o'zbek teatri tarixi 1900-2007. "Art Press" Co.Ltd, 2010. 28-bet.

I ¡bOH^^Sl ^^ http://oac.dsmi-qf.uz

yuboradi. O'zi esa hozirgi O'zbek milliy teatrida kasaba uyushmasiga rahbarlik qilib, g'oyat og'ir davrda xodimlarni moddiy ta'minlash uchun jonbozlik ko'rsatadi.

Urush tugaydi, lekin Ma'suma ayaning farzandlaridan darak bo'lmaydi. Mushtipar ona ularning izlarini izlab Moskvaga boradi. U yerda ikkala o'g'li ham janglarda halok bo'lganini aniqlaydi.

Ma'lum bo'lishicha, urushda ko'rsatgan jasorati uchun Shavkat Qoriyev "Qizil bayroq" ordeni, Botir Qoriyev esa "Qizil yulduz" ordeni bilan taqdirlangan ekan. Ming afsuski, Ma'suma Qoriyeva u paytda bundan bexabar edi. Onaizor farzandlari dog'ini ko'tarolmasdan, 1946 yili Moskvada vafot etadi"2

Ma'suma Qoriyeva 1902-1946-yillarda yashab ijod etgan. Ziyoli oilasida tavallud topgan. O'zbekiston xalq artisti unvonini olgan ushbu betakror aktrisaning haqiqiy ismi Sa'diya Nizomiddinova bo'lgan. O'zbek qizlari orasida ulg'aygan aktrisa asli tatar millatiga mansub bo'lgan. 1916-yili 15 yoshli Ma'suma Qoriyeva Bokudan gastrolga kelgan teatr truppasining "Layli va Majnun" spektaklini tomosha qilib sahna san'atiga muhabbati paydo bo'ladi. Ayni shu sabab o'sha paytdagi teatr truppasi rahbari Sidqi Ruhillodan iltimos qilib ruhsat olgach, ommaviy teatr tomoshalarida ham ishtirok etgan.

Uning sahna san'atiga qiziqishi va aktrisa bo'lish haqidagi orzusi o'sha davr jamiyatida hukmron qarashlar qarshisida katta to'siq edi albatta. Ammo barcha sodir bo'lajak qarshiliklarga labbay deb, cho'chimasdan, dovyuraklik bilan sahnaga chiqib kelgan. Uning yoqimli qo'shiq aytish layoqati va musiqadan bilimli bo'lgani yutuqlarining kaliti bo'ldi. Aktrisa 1916-1918-yillarda havaskorlik to'garaklarida qatnashib yurib ko 'zga tashlangach, 1919-yilda "Turon" truppasiga ishga taklif etilgan. Truppaning shakllanishi va aktrisaning sahna yuziga dadil chiqishi to'g'risida bir qator manbalar saqlangan. Ma'suma Qoriyeva haqidagi ma'lumotlar haminqadar kam ekanligi, ba'zilari esa umuman yo'q bo'lganligini inobatga olsak, biz uchun eng ishonchli manbalar uning shogirdlari xotira daftarlaridagi chizgilardir. Teatrning shakllanishi va Ma'suma Qoriyeva matonatini yodga olar ekan O'zbekiston Qahramoni Zikir Muhammadjonov quyidagicha xotirlaydi:

"O'sha yillari taraqqiyot yo'liga tushgan, o'zlarini "jadid" deb nomlagan yoshlardan bir nechtasi teatr tuzish payida bo'ladilar. Chor Rossiyasining Toshkentdagi general-gubernatoriga sovg'alar taqdim etib, "Layli va Majnun" spektaklini qo'yishga ruxsat so'raydilar. Ayyor general-gubernator sovg'alarni mamnunlik bilan qabul qiladi-yu hal etishni boshidan soqit qilib, Peterburgdan ruxsat olib kelishlariga ruxsat berganday bo'ldi. Bunday uzoq safarga borib, byurokrat amaldorlar eshiklarini qoqib, olti oydan so'ng, spektaklni faqat bir martagina

! Sh.M.Mirziyoyev. 9-may "Xotira va qadrlash" kunidagi nutqidan. 2021-yil.

ko'rsatishga ijozat olib qaytadilar. Garchi bir marta bo'lsa ham ular zavq-shavq bilan ishga kirishadilar. Ammo shariat ayol kishining sahnaga chiqishiga monelik qilardi.

Ma'suma Qoriyeva toshbo'ronga tayyor turgan holda rol ijro etishga kirishadi. Boshqa ayol rollarini erkaklar ijro etishga majbur bo'lgan edi. Spektakl shu qadar muvaffaqiyat qozongan ediki, bir marta ijro etib kifoyalanishga hech kim rozi bo'lolmasdi. Nihoyat, pyesani ruschaga tarjima qilib, yana amaldorlar eshigiga yugurishdi..."3 Bundan ko'rinadiki, nafaqat ayollarning rol ijro etishi, balki spektaklni qo'yishning o'zi ham katta muammo bo'lgan.

Ma'suma Qoriyeva Abror Xidoyatovning eng yaxshi hamnafasi sifatida sahnada gavdalandi. Ham musiqali drama, ham drama spektakllarida bosh qahramon rollarni ijro etgan aktrisa Halima ("Halima"), Layli ("Layli va Majnun"), Shirin ("Farhod va Shirin") xalq e'tirofiga sazovor bo'lgan. Ayniqsa "Halima" spektaklidagi ayol qahramonning o'zbek ayoli tomonidan ijro etilishi jamoatchilik tahsiniga sabab bo'ladi. Aynan shu spektakl haqida fikr yuritilar ekan, tinimsiz namoyish etilayotgan "Halima" spektakllaridan biri "Ma'suma Qoriyeva benefisi" deb xabar berilishi munosabati bilan Cho'lpon matbuotda aktrisa sha'niga she'riy qasida e'lon qiladi.4 Ushbu qasidada dadil va To'marismonand va matonatli ayol qiyofasini ko'rish mumkin.

Ey, yo'qsullar sahnasida eng qimmatli san'atkor,

Ey, zang bosgan ko'ngillarni oqartuvchi malika!

O'zbek qizi o'z og'zida aytolmagan so'zini

Sening o'tkir tiling bilan eshittirdi eliga.

O'zbek qizin sil oqartgan so'lg'in, g'amli yuzini

Sen orqali ko'rsatdida qutiltirish yo'lini.

Shuning uchun mendan senga eng samimiy olqishlar

Ey, yo'qsullar sahnasida eng qimmatli san'atkor.

Bu matonat egasi urushdan keyingi va oldingi yillarda qator yo'qotishlariga qaramay sahnani sevdi, tomoshabinlar oldida qaddini egmadi. Urushda ikki o 'g'li va qatag'on sababli turmush o'rtog'idan ayrilgan bo'lsada, minglab tomoshabinlar va yuzlab shogirdlar xotirasida abadiy qoldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Toshpo'lat Tursunov. XX asr o'zbek teatri tarixi 1900-2007. "Art Press" Co.Ltd, 2010. 28-bet.

2. Sh.M.Mirziyoyev. 9-may "Xotira va qadrlash" kunidagi nutqidan. 2021-yil.

3. "Ijodiy parvoz" gazetasi. 2019-yil yanvar-fevral, № 69-70. 4-bet.

3 "Ijodiy parvoz" gazetasi. 2019-yil yanvar-fevral, № 69-70. 4-bet.

4 Toshpo'lat Tursunov. XX asr o'zbek teatri tarixi 1900-2007. "Art Press" Co.Ltd, 2010. 172-bet.

4. Toshpo'lat Tursunov. XX asr o'zbek teatri tarixi 1900-2007. "Art Press" Co.Ltd, 2010. 172-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.