Научная статья на тему 'FURQATNING ALISHER NAVOIY G`AZALIGA BOG`LAGAN TATABBUSI'

FURQATNING ALISHER NAVOIY G`AZALIGA BOG`LAGAN TATABBUSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
653
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mumtoz adabiyotda an’ana va izdoshlik / g’azal / tatabbu / ilohiy ishq / ijtimoiy mavzu. / tradition and follow-up in classical literature / ghazal / tatabbu / divine love / social theme.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Svetlana Rozumova, Nafisa Rahmanova

Ushbu maqolada Sharq mumtoz adabiyotida tatabbu bog’lash an’anasi, Alisher Navoiyning “Ehtiyoj” radifli g’azaliga Furqatning tatabbusi, g’azallarning kompozitsion qurilishi, badiiy poetikasi, shoirlarning ijodiy mahorati haqida atroflicha fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FURQAT'S APPEAL TO ALISHER NAVOI GHAZAL

This article discusses the tradition of tying tatabbu in classical literature of the East, Furkat's tatabbu to Alisher Navoi's radical ghazal "Ehtiyoj", the compositional structure of ghazals, artistic poetics, and the creative skills of poets.

Текст научной работы на тему «FURQATNING ALISHER NAVOIY G`AZALIGA BOG`LAGAN TATABBUSI»

FURQATNING ALISHER NAVOIY GAZALIGA BOGLAGAN TATABBUSI

Svetlana Rozumova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti

yo'nalishi 3-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Nafisa Rahmanova

Ushbu maqolada Sharq mumtoz adabiyotida tatabbu bog'lash an'anasi, Alisher Navoiyning "Ehtiyoj" radifli g'azaliga Furqatning tatabbusi, g'azallarning kompozitsion qurilishi, badiiy poetikasi, shoirlarning ijodiy mahorati haqida atroflicha fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: mumtoz adabiyotda an'ana va izdoshlik, g'azal, tatabbu, ilohiy ishq, ijtimoiy mavzu.

This article discusses the tradition of tying tatabbu in classical literature of the East, Furkat's tatabbu to Alisher Navoi's radical ghazal "Ehtiyoj", the compositional structure of ghazals, artistic poetics, and the creative skills of poets.

Keywords: tradition and follow-up in classical literature, ghazal, tatabbu, divine love, social theme.

Sharq mumtoz adabiyotida an'ana va izdoshlik muhim ahamiyat kasb etadi.. Ijod olamiga qadam ranjida qilayotgan har bir boshlovchiga o'tgan shoirlardan o'ttiz ming, zamondoshlaridan yigirma ming baytni yod bilish talabi qo'yilgan. "Ho'qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti, o'zi yozg'oni" asarida Furqat ham ijod boshlashdan oldin Sharq allomalarining ijod na'munalarini yod olgani, ularni sevib mutolaa qilganligini bayon qilgan. Furqat, ayniqsa, Navoiy ijodini alohida mehr bilan o'rgangan . Furqat buyuk shoirning nazmiy an'analarini takomilga yetkazdi, rivojlantirdi. Bu takomilni tatabbu she'rlarida, muxammaslarida , poetik mazmunning yangilanishida va obrazlar takomilida ko'rish mumkin.

Furqatshunoslar Navoiyning shoir ijodiga ta'sirini quyidagicha tasniflashni taklif qiladilar:

ANNOTATSIYA

FURQAT'S APPEAL TO ALISHER NAVOI GHAZAL

ABSTRACT

KIRISH

Furqatning Navoiy g' azallariga tatabbulari; Furqatning Navoiy g' azallariga muxammaslari; Furqat ijodida Navoiyona ohanglar. [4, 14]

ASOSIY QISM

Alisher Navoiyning "Navodiru-sh-shabob" devoni 2-g'azalida mana bunday bayt bor:

Ibodatingg^ayangi oy bolub ham o^ldi musalliy, Sipehr atlasidin solibon havo^'a musallo . [3,8]

Yangi oy - hilolning Haq taolo ibodati uchun qaddi egik namozxonga qiyoslangani, tunda yulduzlar bilan ziynatlangan osmonning falak atlasiga hamda havoga solingan joynamozga tashbeh etilishi baytning ham shakl, ham mazmun jihatidan yuksak badiiyatiga dalil bo'la oladi. Ibodat-musalliy-musallo uchligi hamda oy va sipehr ikkiligi hosil etgan tanosub, oyning namoz o'qish tasviri tashxis, baytning yaxlit holda tashbeh sanatiga asoslangani poetik tasvirning navoiyona va mukammal ekani bilan izohlanadi. [ 2 ,208]

Nurboy Jabborovning fikriga ko'ra, Furqat obrazli tafakkur borasida ham Navoiy an'analarini munosib davom ettirdi. Ayrim poetik obrazlarni takomil darajasiga yetkazdi. Ayni mazmun Furqatning munojot gazalida yangi poetik obraz va mazmun orqali tasvirlanadi:

Qullu ashyo junbush aylab zikrig^a mashg^uldur, Vahshiyoni dasht, haylu-l-bahr-u mur^oni havo.

"Qullu ashyo"ning Ollohni zikr etishini ta'kidlagan shoir o'quvchiga ta'sirliroq bolmog'i uchun ularni detallashtirib ko'rsatadi. Bular dashtdagi vahshiy hayvonlar (vahshiyoni dasht), dengizlardagi jonivorlar (haylu-l-bahr), havodagi qushlar (murg'oni havo)dir. Bayt tagmatnida ifodalangan ma'no yanada e'tiborga loyiqdir,ya'ni mazkur jonivorlarki Yaratganning zikrini bir nafas bo'lsin unutmas ekan, yaralmishlar afzali-Insonning bundan g'ofil bolishga haqqi yo'q [2,209] .

Professor Nurboy Jabborov "Navoiy va Furqat" asarida Furqat Navoiyning bir g'azalida mavjud bolgan xol poetik detalini badiiy jihatdan mahorat bilan navoiyona ohangda Munisdan ham kuchliroq mazmunda ifoda eta olgan deb ta'kidlaydi: Navoiyda:

Nuqtayi xoling nedin shirin labing ustidadur, Nuqta chun ostin bo 'lur har qaydakim yozilsa "lab ". Munisda:

Nuqtayi xoli g'alat tushmush labining ustida, Bersa ruxsat olg 'amen ul nuqtani ondin yalab. Furqatda:

"Nuqta lab ustida bejodur ? " - dedim, aydi kulub, "Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahrirda! "

Yuqoridagi misollardan anglash mumkinki, Furqat obrazli tafakkur borasida ham Navoiy an'analarini munosib davom ettirdi. Ayrim poetik obrazlarni takomil darajasiga yetkazdi. [ 2, 213-214]

Furqat Navoiyning "aylab", "aylagach", "aylay desam", "bor", "isi", "kelmadi", "kishi" radifli qator g'azallariga, "Chor devon"ning uchinchi kitobidan o'rin olgan "Badoe ul-vasat" asariga kiritilgan "OTtirg'usi" radifli g'azaliga tatabbular qilgan. Furqatning "Ehtiyoj" radifli g'azali ham Navoiyning "Favoyid ul-kibar" asarining to'qson to'rtinchi "ehtiyoj" radifli g'azaliga tatabbu hisoblanadi. O'zbek adabiyotida Navoiy va Furqatdan boshqa yana Nodira va Sidqiy Xondayliqiy ijodida ham "ehtiyoj" radifli g'azallar mavjud. Navoiyning g'azali to'qqiz baytdan, Fuqatning g'azali esa an'anaviy yetti baytdan iborat. Har ikkala g'azal ham hazaji musammani maqsur vaznida yozilgan mutlaq qofiyali g'azaldir. Navoiy o'z g'azalida arabiy " davo, sabo, jafo" forsiy "jonfizo, to'tiyo, oshno, gado, xudo, bebaho, navo" so'zlari orqali ohangdorlikni yuzaga chiqargan. Furqatning tatabbu g'azalida esa arabiy " ag'niyo, avliyo, saxo, riyo, davo", forsiy " podsho, oshno, noraso" kalimalaridan foydalangan.

Alisher Navoiyning "ehtiyoj" radifli g'azali ilohiy ishq haqida bo'lib, shoirning keksalik lirikasiga mansub. G'azal quyidagi matla' bilan boshlanadi: Ishq bemorig'a eldin yo^q davog^a ehtiyoj, Yoq olukkajuz visolijonfizog^a ehtiyoj. [4,71]

Ilohiy ishq dardiga mubtalo boTgan bemor eldan da'vo izlamaydi. U faqat bodi sabog'a ehtiyoj sezadi. Vasl bog'ining atri uning jonidir. Bu ishq oshiqni jamiyatga begona qilib qo'yadi. Oshiqning o'zi ham begonaga oshno bo'lishga ehtiyoj sezmaydi. Solik Ollohga shunday yolvoradi:

Har ne qilsang ko 'ngluma xushtur, erur sandin manga, Ham vafog^a ehtiyoj-u ham jafog^a ehtiyoj.

Gado shohga ehtiyojmand bo'lmaganidek, ishq ko'yida shoh ham gadoga ehtiyoj sezmaydi. Faqirlik maqomiga yetgan, ulusdan hech narsa tama qilmaydigan haqiqiy oshiq xudoga ham ehtiyojmand boTmaydi. "Olam ahlidan vafo kutma,-deydi Navoiy, -chunki ularning o'zi bu matoyi bebahoga ehtiyoj sezadi". G'azalning maqta'si shohbayt hisoblanadi:

Dedim: Ey gulruh, Navoiyg^a navoyetkur, - dedi: Kim ko^rubtur ko 'rganin bulbul navog^a ehtiyoj. Ollohning haqiqiy oshig'i ishqqa ehtiyoj sezmaydi. Unda bu ishq tug'ma bo'ladi. Bulbul navo qilish uchun yaralganiday, Navoiy ham navo qilish - ilohiy ishqni tarannum qilish uchun tug' ilgan.

Ushbu g'azaldan ta'sirlangan Furqat g'azalning vazni va qofiyasini saqlagan holda, mavzuga yangicha mazmun beradi, o'quvchining diqqatini ijtimoiy mavzuga

qaratadi. Furqat g'azal matla'si orqali ehtiyoji bor kishi dardini boylarga bildirmasin, qanoat qilib podshodan ham hech narsa kutmasin, deydi: Aylama ma 'lum hargiz ag^niyoga ehtiyoj, Balki qoni ' bolsang, etma podshoga ehtiyoj. [1,26] Nafaqat boylarga, balki, do'stlarga ham ehtiyojini oshkor etish kerak emas. Sababi do'stlardan vafo o'rniga g'ayrilik va jafo yetishi mumkin. Furqat bu achchiq haqiqatni tazod san'ati orqali juda chiroyli ifodalagan:

Oshnolardin sangayetmas vafo, g'ayr az jafo, Qilma ravshan ey birodar, oshnog 'a ehtiyoj.

Agar senda Allohga tavakkul qilish sifati mavjud bo'lsa shohlardan hech narsa kutma, chunki sen ehtiyojmand bolgan o'sha shohlar ham aslida avliyolarga ehtiyoj sezadi:

Senda gar bo 'lsa tavakkul, shohlardin uz tama '. Chunki shohlar qilg'uchidir avliyoga ehtiyoj. Birovlarning ehsoniga ko'ngil boglama, ey aqlsiz! Saxovatli kishilarning ehsoniga ehtiyoj sezdingmi, demak, xor bo'lasan, chunki saxovatli kishilar bu zamonda kamayib ketgan:

Shaxs ehsoniga ko 'ngil bog 'lama, ey behirad, Xor o 'lursan, aylasang ahli saxoga ehtiyoj. Barcha ishi hiyla-yu riyo bo'lgan zohidlardan duo umid qilish aqlli odamlarning ishi emas :

Xiyladir zohid ishi, andin duo qilmang umid, Xomlig 'dir aylamoq ahli riyog 'a ehtiyoj. "Himmatim shuki, agar dard jonimni halok aylasa, dardim uchun davoga ehtiyoj sezmayman", - deb ta'kidlaydi shoir. Davoga ehtiyoj sezmaydigan dard esa, shubhasiz, ilohiy ishqdir:

Himmatim shulkim, agar dard aylasa jonim halok, Bo 'lmagay dardim uchun menda davoga ehtiyoj Bu dunyo fe'l-atvorining teskariligini tomosha qiling: rasolarni norasolarga ehtiyojmand qilib qo'ydi:

Aylagil, Furqat, tamosho dahr atvorinikim, Etdilar oxir rasolar norasoga ehtiyoj.

Furqat bu g'azali orqali faqat Allohga tavakkul qilishni va do'stga ham , dushmanga ham ehtiyojsiz yashashni targ'ib qilish bilan bir qatorda, riyokor zohidlarning ustidan istehzoli kuladi. Dunyoning teskariligidan ko'ngli og'rib, rasolarning norasolar oldida xor ekanligini g'azal maqta'sida achinish bilan ifodalaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Zokirjon Xolmuhammad o'gli Furqat hazrat Alisher Navoiy an'analarini munosib davom ettirdi. "Ehtiyoj" radifli g'azaliga o'xshash tatabbu she'rlarida obrazlar takomiliga jiddiy e'tibor qaratdi. Mazmun mundarijasini yangilab, o'zi yashagan davrning ijtimoiy - siyosiy ahvolini haqqoniy tasvirladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Furqat. Muhabbat yo 'lida. Toshkent ,Yangi asr avlodi , 2009 .

2. Jabborov Nurboy, Maoniy ahlining sohibqironi, Monografiya,T.: Adabiyot, 2021.

3. Navoiy Alisher.Navodir ush-shabob, MAT, 4-tom,T.: Fan, 1989.

4. Navoiy Alisher. Favoyid ul-kibar, MAT, 6-tom,T.: Fan, 1990.

5. Ochilov Ergash, Furqat ijodida Navoiy an 'analari. "O'zbek tili va adabiyoti" jurnali , 2019. №6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.