Научная статья на тему 'AFG‘ONISTONDA “SHE’RE NAV” VA UNING BORIQ SHAFEIY IJODIDAGI O‘RNI'

AFG‘ONISTONDA “SHE’RE NAV” VA UNING BORIQ SHAFEIY IJODIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
105
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“she’re nav” / Muhammad Osif Gulzod / Boriq Shafeiy / “Ay nâla” / “Rehâ kon!” / she’rlarda erkinlik / vaznsizlik va qofiyasizlik / “She’re naw” / Muhammadasif Gulzod / Barik Shafii / “Ay nâla” / “Rehâ kon!” / freedom / weightlessness and the absence of rhyme

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nazarova, Afzuna Rahimovna

Ushbu maqola Afg‘on adabiyotiga “She’re nav” uslubining kirib kelishi, uning afg‘on shoirlari, xususan, Boriq Shafeiy ijodiga ko‘rsatgan ta’sirini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Maqolada turli afg‘on adabiyotshunoslarining afg‘on adabiyotiga ushbu uslub kirib kelishigacha va undan keyingi o‘zgarishlar, “she’re nav” uslubining o‘ziga xosliklari haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek dariyzabon adabiyotda “she’re nav” uslubining yorqin namoyondalaridan biri sifatida tanilgan Boriq Shafeiy ijodi o‘rganilib, uning ushbu uslubdagi she’rlari tahlilga tortilgan, “she’re nav” uslubidagi she’rlarda erkinlik, vaznsizlik va qofiyaning yo‘qligi qay darajada aks etgani ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SHE'RE NAV AND ITS PLACE IN AFGHANISTAN

This article is devoted to the study of the penetration of “She’re naw” into Afghan literature and its influence on the work of Afghan poets, in particular Barik Shafii. The article examines the views of various Afghan literary scholars before and after the introduction of this style in Afghan literature, as well as the features of the “She’re naw” style. The work of Barik Shafii, one of the brightest representatives of the “She’re naw” style, was also studied, his poems in this style were analyzed. In addition, the degree of freedom, weightlessness and the absence of rhyme in the verses of the “She’re naw” style are revealed.

Текст научной работы на тему «AFG‘ONISTONDA “SHE’RE NAV” VA UNING BORIQ SHAFEIY IJODIDAGI O‘RNI»

AFG'ONISTONDA "SHE'RE NAV" VA UNING BORIQ SHAFEIY

IJODIDAGI O'RNI

Nazarova Afzuna Rahimovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi

afzuna [email protected] ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Afg 'on adabiyotiga "She 're nav" uslubining kirib kelishi, uning afg 'on shoirlari, xususan, Boriq Shafeiy ijodiga ko 'rsatgan ta 'sirini tadqiq qilishga bag'ishlangan. Maqolada turli afg'on adabiyotshunoslarining afg'on adabiyotiga ushbu uslub kirib kelishigacha va undan keyingi o'zgarishlar, "she're nav" uslubining o'ziga xosliklari haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek dariyzabon adabiyotda "she're nav" uslubiningyorqin namoyondalaridan biri sifatida tanilgan Boriq Shafeiy ijodi o'rganilib, uning ushbu uslubdagi she'rlari tahlilga tortilgan, "she're nav" uslubidagi she'rlarda erkinlik, vaznsizlik va qofiyaning yo'qligi qay darajada aks etgani ochib berilgan.

Kalit so'zlar: "she're nav", Muhammad Osif Gulzod, Boriq Shafeiy, "Ay nala ", "Reha kon!", she'rlarda erkinlik, vaznsizlik va qofiyasizlik.

ABSTRACT

This article is devoted to the study of the penetration of "She're naw " into Afghan literature and its influence on the work of Afghan poets, in particular Barik Shafii. The article examines the views of various Afghan literary scholars before and after the introduction of this style in Afghan literature, as well as the features of the "She're naw " style. The work of Barik Shafii, one of the brightest representatives of the "She 're naw " style, was also studied, his poems in this style were analyzed. In addition, the degree of freedom, weightlessness and the absence of rhyme in the verses of the "She're naw " style are revealed.

Key words: "She're naw ", Muhammadasif Gulzod, Barik Shafii, "Ay nala", "Reha kon!", freedom, weightlessness and the absence of rhyme.

KIRISH

Vaqt o'tishi bilan adabiy jarayonda ham o'zgarishlar yuz beradi. Har bir davr shu vaqtda yaratilgan ijodiy merosiga qaysidir darajada bo'lsa-da yangilanish kiritgan holda o'z izini qoldiradi. Bu yangilanishlar birdaniga bo'lib qolmay, sekin-astalik bilan, bosqichma-bosqich va o'zaro aloqadorlikda amalga oshadi. Bu esa adabiy asarda novatorlikka olib keladi. Xurshid Do'stmuhammadning ta'kidlashicha,

"Hayotda hech qanday yangilik to'satdan yuz bermaydi". 1 Shunday ekan, g'azallarning an'anaviylikdan novatorlikka ko'chishida ham o'ziga xos sabablar bor, albatta.

Afg'on millatining Eron shoirlarining ijod namunalari bilan yaqindan tanishishi, unga bo'lgan qiziqish ham mazmun va shakl o'zgarishlarini o'zida mujassamlashtirgan so'nggi davr uslubi - "she're nav"ning paydo bo'lishiga olib kelgan sabablardan biri bo'ldi. Xususan, Afg'onistonda bu uslubga eronlik zabardast shoir Nimo Yushij she'riyatining ta'siri katta bo'ldi. Uslub mamlakatdagi she'riyatga oshufta qalblarga tezda kirib borib, unda iliq kayfiyat uyg'otdi. Afg'on shoirlari ham unga monand she'rlar yoza boshlashdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani tahlil qilishda tarixiylik, mantiqiylik metodlariga murojaat qilindi, shu bilan birga empirik va nazariy tadqiqot metodlaridan keng foydalanildi. Tadqiqot jarayonida Boriq Shafeiyning j^ ." - "Shahre hamosa" nomli

she'riy to'plami, Muhammad Usmon Sidqiyning "ù^l^l ^ j^" - "Sayr-e adab dar Afg'oneston", Muhammad Osif Gulzodning "^j^ j^l*^ ^ ^jW' - "Sapida dam adabiyote maosere dari" nomli kitoblari metodologik manba bo'lib belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Adabiyotdagi bunday "yangilanish" nafaqat nazmda, balki nasrda ham o'z bo'y-bastini ko'rsatdi. Chunonchi, Yusuf Oyinaning "ajljW' - "Mayxâra" ("Mayxo'r") nomli parchasi tahsinga sazovor bo'ldi2.

"She're nav"ning an'anaviy uslubdan afzal ko'rilishining sababi uning fikrni bayon qilishda, hissiyotlarni yuzaga chiqarishda erkinligi bo'ldi3. Shoir bu uslubda vazn va qofiyani ishlatmasligi ham mumkin. Bandlardagi strafalar miqdori ham turlicha bo'ladi.

Garchand bu shoirlarning she'rlarida an'anaviy shakl saqlanib qolgan bo'lsa-da, ularning ijodi afg'on she'riyat ixlosmandlarini yangi - shakl o'zgarishlari bilan bog'liq bosqichga - "she're nav" uslubiga kirib kelishiga asos bo'lib xizmat qildi.

"Fransuz tabiatshunosi Byuffon Jorj - Lui Leklerkning ta'biri bilan aytganda, "uslub bu odamdir" Demak, u ijodga oid hamma narsani o'ziga qamrab oladi. Uslubni belgilovchi xususiyatlar adabiy asarning shaklidan tortib mazmunigacha bo'lgan barcha narsani o'zida mujassamlashtiradi. Uslub bu ijodkorning o'zligini namoyon etadigan adabiy hodisa bo'lib, u:

1 Capgop KapaöaeB. Xanöap agaönn MaKraön Ba aMup X,aM3a OHHBOPHH H^OAH. - T., 2014. - E. 141.

2 39 ^^ .1340 .J^ — .ù^^l*^ j^ JJ^ .^J^ ùl*-^ J*^^

3 38 ^^ .1340 .J^ — j^ JJ^ .^J^ ùl*^^

1) muallif dunyoqarashini;

2) tanlagan ijodiy metodini;

3) g'oyaviy niyatini;

4) ijodiy fantaziyani;

5) iste'dod salohiyatini;

6) tipiklashtirish mahoratini;

7) hayotiy materialni qalb prizmasidan o'tkaza olish qobiliyatini;

8) estetik ideal va uni asarning badiiy to'qimasiga singdira olishini;

9) adabiy janrni aniqlash va uning imkoniyatlaridan foydalana olishini;

10) bayonga xos nutq tipini tanlay bilish va so'zdan foydalanish san'atini egallaganligini;

11) ifoda usulini tanlay bilishini;

12) mazmunga mutanosib shakl topa bilish kabi ko'plab fazilatlarni o'z ichiga oladi"4.

Muhammad Osif Gulzodning zamonaviy dariy she'riyati haqidagi fikrlariga ko'ra, zamonaviy dariy she'riyati XX asrning boshlarida yangicha ruh, yangicha ranglarda va yangi qolipda aks eta boshladi5. Shuni e'tirof etib o'tishimiz lozimki, shaklning o'zgarishi mazmundan o'zgarishlaridan keyinroq yuz beradi. Muhammad Osif Gulzod she'riyatning bunday o'zgarishiga sabab qilib shoirlarning ming yillik qolib va mazmun, so'zlarning takroran ishlatishlaridan zerikkanliklari deb ko'rsatadi. Albatta, bu ham bir sabab. Ammo yana bir sabab shu ediki, xuddi Eron she'riyati kabi dariy she'riyatida "davr ruhiyati, iqtisodiy-ijtimoiy hayot tarzi, shu bilan birga, xalq hayotining ham aks etishi bilan xarakterlidir. She'riyat tizimida hayotiy muammolarning zaruriy ijtimoiy masalalar bilan uzviylik asosida talqin qilinishi she'riy ongning tubdan o'zgarishiga olib keldi. She'riyat tizimidagi o'z yo'li va o'z ovozini topishga intilish, o'z fikr o'ylarini yangicha talqin qilishga urinish, yangi ritm va musiqiylikni qidirish an'anaviy she'r uslubidan voz kechib, yangi she'r uslubini topishga qaratilgan sayi-harakatlar kuchaydi. Buning natijasida she'riyat tizimi butunlay yangi mazmundagi qayta qurish jarayonlarini, islohotlar jarayonini boshidan o'tkazdi"6.

Yuqorida e'tirof etganimizdek, birinchi navbatda she'riyatning mavzusi va mazmuni sezilarli darajada yangilanib bordi. She'riy shaklning, she'r vazni, uning ritmi, tovush tizimi, musiqiyligi, qofiyalanish tartibi va an'anaviy tasviriy

4XTrn.//aKC.y3/HHgex.nxn?0nTH0H=c0M_c0HTeHT&BHew=apTHcne&Hg=3693:aHa3a17&caTHg=1:2aga6&HTeMHg

5 .19 — .3 — .2014 'J^ — .ù^'j^- \\ ^j^ j^l*^ ^Ij^I ^ * " .^IjK ■ ^a^^j^

6 ro^gameBa C.T., Cora6o^gHeBa C.P., Эрон aga6nëTH (XVI-XX acpHHHr 50-HH^apn). - T., 2009. - E. 112.

326

uslublarning yangilanishi klassik she'riyat asoslari tarafdorlari bilan bo'lgan qizg'in kurashlar asnosida vujudga keldi.

Mazmuniy o'zgarishlar rivojlanib borib, shakliy o'zgarishlarga olib keldi. Muhammad Osif Gulzod ham yangi davr she'riyati haqida so'z yuritganda bu davr she'riyati ikki guruhga bo'linganini aytgan: biri g'azal, qasida, musammat, tarkibot, qit'a, mustazod kabi an'anaviy qolipdagi she'rlar guruhi bo'lsa, ikkinchisi yangi yohud zamonaviy shakldagi she'rlarni tashkil etardiki, ular an'anaviy qolipning sinishi bilan hosil bo'lgan edi7.

"Yangi qolipdagi she'r vazni bir misra yoki bir baytdan emas, balki bir qancha misralarning qo'shilib ketishi yoki bir nechta bandlarning birlashuvidan hosil bo'ladi. Nimo Yushijning e'timodicha, shoirning gapi har yerda yakun topib, jumlalarni tugatishi mumkin"8. "She're nav" uslubida yozilgan she'larda qofiyaning mavjudligi majburiy emas. Qofiya va vaznning yo'qligi shoirga ifodalamoqchi bo'lgan fikrini erkin bayon etishga, mavzuni kengroq yoritishga imkon beradi. Muhammad Osif Gulzodning e'tiroficha9, zamonaviy she'rda qofiyadan foydalanish so'zni bezaydi, she'rda ohangdorlikni yuzaga keltiradi, ammo uning asosiy unsuri bo'lib xizmat qilmaydi. Klassik she'r namoyondalari yangi she'r vakillaridan farqli ravishda she'rda vazn va qofiyaning mavjudligini yoqlashadi va shu jihatdan ular o'rtasida keskin kurash paydo bo'lgan edi.

Har bir ijodkorning o'z shaxsiy (individual) uslubi va ma'lum bir davrda shakllangan umumiy adabiy uslub bo'lishi mumkin. Masalan, Uyg'onish davri dariy adabiyoti uslubi, ma'rifatchilik adabiyoti uslubi, Rahnavard Zaryob uslubi, Akram Usmon, Vosif Boxtariy uslubi kabi. Adabiy uslubning shakllanishida ma'lum davr ijodkorlarining umumiy maqsadida umumiy xususiyatlar muhim o'rin tutadi. Masalan, ma'rifatchilik adabiyoti namoyandalarining bosh maqsadi xalqni ma'rifatli qilish, ilimsizlikni yo'qotish, o'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida kamol toptirish edi. Mana shu maqsad ularning ijodiy uslubi mushtarakligini belgilashda muhim rol o'ynadi. Ular qanday janrda asar yaratishmasin, ularda jaholat va ma'rifat o'rtasidagi kurash ko'rsatib berilgan. "Demak, uslub faqat ijod jarayoni, konkret ijodkor bilangina emas, ma'lum darajada adabiy jarayon bilan ham bog'liq kategoriya ekan"10.

Boriq Shafeiy ijodi ham mana shu davr adabiy jarayoni bilan birga o'z uslubiga ega bo'ldi. Shoir "adabiyotning tuyg'ular, sezimlar, kayfiyatlar o'yini" ekanligini,

7 20-19 — .3 — .2014 'J^ — .ù^'j^ \\ ^j^ j^l*^ ^IJ^I ^ * " .^IJK ■ ^a^^j^

8 20-19 — .3 — .2014 'J^ — .ù^^'j^ \\ ^j^ j^l*^ ^ ■ J*^^ ^a^j. „

9 21 — .3 — .2014 tJjl^ — .ù^^lj^ \\ ^j^ j^l*^ ^ ■ ^

10KypoHOB MaMa^OHOB 3., fflepa^neBa M. AgaÔHëTmyHOC^HK ^yrara. - T., 2010. - E. 68.

327

Scientific Journal Impact Factor

R

"baqirishdan ko'ra shivirlash, ko'rsatishdan ko'ra qoqish, aytishdan ko'ra ishora qilish badiiyat uchun muhim"11 ekanligini anglagan holda o'z she'rlarida buni mahorat bilan qo'llay olgan. "She'riyat - shoir va o'quvchi o'rtasidagi dil suhbati demakdir. Shoir uchun bu suhbat - yurakni borlig'i bilan ochmak, o'quvchi uchun bu yurak zarblarini anglamakdir. She'rni anglamakning o'zi ham iste'dod. Biz bu iste'dodning nomini nazokat deymiz, nozik fahmlik deymiz"12.

Boriq Shafeiy ham "she're nav"ning ixlosmandi va uning taniqli vakillaridan biri sifatida shu uslubda ko'pgina she'rlar yozdi. Shoirning bu uslubda yozgan ijod namunalari orasida <jl" - "Ay nâla" ("Ey nola") nomli she'ri diqqatga sazovordir. Ushbu she'r 1959-yil yozilgan bo'lib, shoir shu she'ri bilan "Rahmon bobo" adabiy mukofoti sohibi bo'lgan13.

Ey nola!

Necha yillarki qalbdan otilib

chiqasan, Jo'shqin va issiq. Lovullagan va otashin.

Kechalar g'am qorong'iligi chulg'agan onlarda -Dunyo nosozliklaridan, Va alamlar dastidan,

Ohimning tolg'oqli alamlarida Osmondan tamanno olovi kabi

ko'tarilding Dardga to'la va sho'lavor. Shiddatli va uchqunli

Ammo sening harorating yoqib

...¿)x ol£j jjjl ùl ojlj^i ^jj ^JJ

yubormadi Uchqunlaring nigohimda charaqlamadi Na osmonni yoqding

Na uning qudrati saroyini Na posboni diliga raxna solding

Scientific Journal Impact Factor

?uS 13 j ^ 13 :ùjl j jî ^îj jj j j^js j ^a j

.JAU sl

...!! jj^j jL^" U j b

ù^ ôij ûjj ùjî sj^î jjjs jlj 13

jî jj

.. .^j^ jlj" ^ jl

:Jlj" fiS ^aja^ jl^j^^ j j

j sl^ j ^jl a^ji sis

!ùS

ïjlia. lj^. L»jl

Qachongacha va qaergacha? Uning va buning asirligida Vahima va qo'rquv asirimi, mehr va xusumat tutqunligimi?

Ey nola!

Yo tinchlan yo osmonni kuydir!!.. Toki yo'limdagi pardalar ochilsin.

U baland bir joyda: Arshning muqaddas zotlaridan Va haqiqat bazmi mahramlaridan

so'raymiz

Ey mehr va gina g'avg'olaridan ozod bo'lganlar! U yerda nega unday? Bu yerda nega bunday?

Biz "Lirik she'r tahlil etish jarayoni, avvalo, uning to'laqonli mazmun-mohiyatini tasavvur qilishdan boshlashimiz zarur. Zero, uning negizida qahramon, iztirob yotadi"(Timofeyev L.I. 1966. Asosiy adabiyot qoidalari)14. Darhaqiqat, ushbu dard, iztirob, qayg'u hissi yuqorida keltirilgan she'rda nola, qorong'u kecha, zulmat poetik obrazi yordamida ifoda etildi.

Shoirning yana bir "!ùS iaj" - "Rehâ kon!" ("Ozod qil!")15 nomli she'ri ham "she're nav" uslubining yorqin ifodasidir. Ushbu she'rda ham qofiya va vazn mavjud emas, banddagi misralar ham turli miqdorda. Ammo bu she'rning salohiyatiga ta'sir qilmagan, aksincha, fikrni erkin bayon qilishga yo'l ochgan.

!ùS iaj

'lj fJ ^^ ^S^j ¿S iaj

t^jij^l j 'Jljî jlJJ ^aiJ^J^ as

l^jl^^l jlji

Ozod qil!

Meni mushtipar hayotimni ozod

qil,

Oshyonlaring domidan. Qalbim erkin parvoz qilishni xohlamaoqda, Keng osmonlarda.

!ùS IAJ

fJ J JW ^S j:ÛIS ¿S IAJ

Ozod qil!

Jonsiz qanotlardan ozod qil.

14 xTTn.//aKC.y3/HHgex.nxn?0nTH0H=c0M_c0HTeHT&BHew=apTHC^e&Hg=3693 :aHa3a17&caTHg=1:2aga6&HTeMHg

15 107 ^ - 1358 Jl" 'JJIS -.AuUa. J^Û JJIJ.

Scientific Journal Impact Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

^ JJ

c^jiaj jl j Aa.

.jjaj jljj _ ^^ (jx jj as

.^ji^ju .Lji j

!jS iaj

'lj <jl Ajljl^ ju. (S iaj - ^¿jjjî jl AS

.Jjuiil ajj^ jj ^¡J

.Jjx jji <^aij j^jj

!jS Uj

^La. ^JA jS làj

jjj' jW J jW

C^JA ljJ ^jjU j ^^JJ

._luiJJ J^

JU*

!jS IAJ

.^W fjl^ fJj^ 1J (S IAJ

cjj^âl j j ^ijjj j

:jjjjj jJ ja ^ j ^jjjii jlji ^Ijjj ..jjj ^j^i jl

Tanamda kuchim bor. Bu ozodlikdan ne naf, Agar menda parvoz qilish qudrati

bo'lmaganida Bu norasolik yukidan

Ozod qil! Yorsiz qalbni ozod qil Ki orzusizlikdan -Ko'ksidagi yurak sovigan. Yo'lidagi yorug' chirog'i o'chdi.

Ozod qil!

Ozod qil, hech gapning o'rni

yo'q

Sening olaming orzular olami

emas.

Seng qorong'u va tor olamingni

hech,

Qidirishga mador yo'q.

Ozod qil!

Ozod qil, toki o'zim bir dunyo

quray.

Afsun va yolg'onlardan, Har ikkisidan xoli Bir-ozod dunyo qurayin Tubanlik fitratidan xoli.

Shoir she'rda yolg'on razolat bilan to'lgan hayotdan bezganini, erkin hayot istagini bayon qiladi. Bu olam yolg'onga to'la, unda hatto dildan gaplashadigan hamsuhbat ham yo'q, ularda orzu yo'q, demakki, kelajak yo'q, bunday olamda yashashdan naf yo'q deb o'ksinadi. Shoir bu yerda erkinlik ramzi bo'lgan "qanot" obrazidan foydalanib mazmunni, ifodalamoqchi bo'lgan fikrni keng va chiroyli tasvirlagan. Unda shoir qanotlarim bor, tanamda kuchim ham bor, ammo qanotlarim jonsiz, uchay desam ucha olmayman, bu cheklanishlardan, befoydaliklardan nima foyda deb og'rinadi.

XULOSA

Boriq Shafeiy o'z she'rlari orqali xalqning dardini, boshidan o'tkazgan qora kunlarini, uning achchiq kechinmalarini tasvirlash bilan birga, afg'on xalqining rivojlanishda oqsayotganini, bilimsizlik oqibatida hayotning shavqatsiz domiga tushib qolayotganini nadomat bilan yozadi, mustaqillik uchun kurashish kerakligini uqtiradi.

Bu kabi og'riqlar faqat Boriq Shafeiy she'riyatida emas u kabi shu davr adabiyotida faoliyat ko'rsatgan shoirlarning ijod namunalarida ham kuzatishimiz mumkin. Dastlab an'anaviy shakldan foydalangan holda mazmunni yangiladi. Chunki xalq hali-hanuz an'anaviy she'rlar ishtiyoqmandi edi. Bunda shoirlar she'rda ko'tarilgan mavzuni, uning badiiy tasvir ifodalarini qaytadan kashf qilishdi. Sekin-sekin eski qolip o'rnini yangi qolip ham egalladi. Endilikda shoirlar o'z fikrlarini vaznsiz, qofiyasiz, cheklanmagan band va misralar orqali yana-da erkinroq va batafsilroq tasvirlay olish imkoniga ega bo'lishdi. Ularning yangi uslubga tomon yuz burishlari shunchaki emas, balki hayot taqozosi, insonlar taqdiri, mamlakat rivoji orqasidan paydo bo'ldi. Va bu holat o'quvchining qalbiga shunday kirib bordiki, u ertangi kelajagini qurish uchun, hayotni chiroyli va mazmunli o'tkazishi uchun soddaroq, erkinroq, o'zgacha bir kayfiyatda, o'zgacha musiqiylik va ifoda bilan tarannum etilgan she'rlar orqali ruyobga chiqdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Karabayev S. Xaybar adabiy maktabi va amir Hamza Shinvoriy ijodi. - T., 2014.

2. Yuldasheva S.T., Sotiboldiyev S.R., Eron adabiyoti (XVI-XX asrning 50-yillari). - T., 2009.

3. KypoHOB AgaÔHëT Ha3apnacH acocnapn. - T., 2018.

4. KypoHOB MaMa^OHOB 3., fflepanneBa M. AgaônëTrnyHOcnHK nyraTH. - T., 2010.

5. HyngorneB K. ëhhk; cy3. - T.: ^Hra acp aBnogn, 2006. - E. 75.

6. YMypoB AgaÔHëTmyHOcnHK Ha3apnacH. - T., 2004. - E. 177.

7. 1358 Jl^ 'J^S -.a^iU^ jjij

8. .1340 .jjis — .(jh^lâ-âl j^ ^ul jj^ jl^Sc

9. .2014 'J^S — .jl^lj^ \\ ^j^ j^i*^ ^Ijpl ^ '" .^IjîS ^^ï n

10.http.//aks.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=3693 : anaza17 &catid=1:2adab&Itemid

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.