Научная статья на тему 'SHIMOLIY AFG`ONISTON O’ZBEK MILLIY SHE’RIYATINING SHAKLLANISH TARIXI'

SHIMOLIY AFG`ONISTON O’ZBEK MILLIY SHE’RIYATINING SHAKLLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
324
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
she’riyat / shimoliy Afg`oniston / adabiyot / XIVasr / ijodkorlar / farhang / kultur / madaniayt / rivoyatlari. / poetry / northern Afghanistan / literature / XIV century / artists / culture / culture / legends.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Niazi, Sebghatullah

XIX-XX asr shimoliy Afg`onistoni o`zbek yozuvchi va shoirlari shimoliy Afg`oniston o‘zbek adabiyotining taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligi barchamizga malum. Bu iste’dodli ijodkorlar va ularning mumtoz ana’anaviy va zamonaviy tarzda yozilgan turli xil janrdagi asarlari bilan bir qatorda qissa janrdagi va dediktiv xarakterdagi asarlari ham Turkiston o‘zbek adabiyotining kreativ rivojiga sezilarli ulush bo‘lib qo‘shilgan desak mubolag’a bolmaydi. Darhaqiqat, Shimoliy Afg`oniston o`zbek ijodkorlarning haqqoniy so‘zi, chuqur ma’noli asarlariga ishonch, hurmat-e’tibor va ehtirom azaldan yuksak darajaga ko‘tarilgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Hech shubhasiz, ziyolilarning ilg‘or qismi bo‘lmish badiiy adabiyot vakillari xalqning qalbida , ularning oliy maqsadlari, bugungi dardvash va iztirobli hayoti, taqdiri va kelajagini yaqindan biladigan insonlar sifatida jamiyatimizdagi o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Hayot va jamiyatdagi barcha o‘zgarishlarning asosida inson tafakkuri va uning muammolari yotadi. Tafakkurda o‘zgarish bo‘lmas ekan, ijtimoiy hayotda ham o‘zgarish bo‘lishi juda qiyin. Afg`onistoning istiqlol davrini yuzaga kelishi ham bu jarayonning mahsulidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF FORMATION OF THE UZBEK NATIONAL SHARIA OF NORTHERN AFGHANISTAN

We all know that Uzbek writers and poets of northern Afghanistan in the XIX-XX centuries made a great contribution to the development of Uzbek literature in northern Afghanistan. It is no exaggeration to say that these talented artists and their works of various genres, written in the classical traditional and modern style, as well as works of short story and detective character, have made a significant contribution to the creative development of Turkestan Uzbek literature. Indeed, it is clear that trust, respect and esteem for the true words and profound works of Uzbek artists in northern Afghanistan have always been high. Undoubtedly, the role and influence of fiction, which is an advanced part of the intelligentsia, in the hearts of the people, as people who know their lofty goals, today's troubled and miserable life, destiny and future, is incomparable. At the heart of all change in life and society is human thinking and its problems. Unless there is a change in thinking, there is no change in social life. The emergence of Afghanistan's independence is also a product of this process.

Текст научной работы на тему «SHIMOLIY AFG`ONISTON O’ZBEK MILLIY SHE’RIYATINING SHAKLLANISH TARIXI»

Scientific Journal Impact Factor

SHIMOLIY AFGONISTON O'ZBEK MILLIY SHE'RIYATINING

SHAKLLANISH TARIXI

Sebghatullah Niazi

TerDU 2-kurs magistranti E-mail: sebghatullahniazi 1 @gmail.com

ANNOTATSIYA

XIX-XX asr shimoliy Afg^onistoni o^zbek yozuvchi va shoirlari shimoliy Afg^oniston o'zbek adabiyotining taraqqiyotiga katta hissa qo'shganligi barchamizga malum. Bu iste'dodli ijodkorlar va ularning mumtoz ana 'anaviy va zamonaviy tarzda yozilgan turli xil janrdagi asarlari bilan bir qatorda qissa janrdagi va dediktiv xarakterdagi asarlari ham Turkiston o 'zbek adabiyotining kreativ rivojiga sezilarli ulush bo'lib qo'shilgan desak mubolag'a bolmaydi. Darhaqiqat, Shimoliy Afg^oniston o^zbek ijodkorlarning haqqoniy so 'zi, chuqur ma 'noli asarlariga ishonch, hurmat-e'tibor va ehtirom azaldan yuksak darajaga ko'tarilgani yaqqol ko'rinib turibdi. Hech shubhasiz, ziyolilarning ilg'or qismi bo'lmish badiiy adabiyot vakillari xalqning qalbida , ularning oliy maqsadlari, bugungi dardvash va iztirobli hayoti, taqdiri va kelajagini yaqindan biladigan insonlar sifatida jamiyatimizdagi o 'rni va ta'siri beqiyosdir. Hayot va jamiyatdagi barcha o'zgarishlarning asosida inson tafakkuri va uning muammolari yotadi. Tafakkurda o 'zgarish bo 'lmas ekan, ijtimoiy hayotda ham o'zgarish bo'lishi juda qiyin. Afg^onistoning istiqlol davrini yuzaga kelishi ham bu jarayonning mahsulidir.

Kalit so zlar: she'riyat, shimoliy Afg^oniston, adabiyot, XlVasr, ijodkorlar, farhang, kultur, madaniayt ,rivoyatlari.

We all know that Uzbek writers and poets of northern Afghanistan in the XIX-XX centuries made a great contribution to the development of Uzbek literature in northern Afghanistan. It is no exaggeration to say that these talented artists and their works of various genres, written in the classical traditional and modern style, as well as works of short story and detective character, have made a significant contribution to the creative development of Turkestan Uzbek literature. Indeed, it is clear that trust, respect and esteem for the true words and profound works of Uzbek artists in northern Afghanistan have always been high. Undoubtedly, the role and influence of fiction, which is an advanced part of the intelligentsia, in the hearts of the people, as people who know their lofty goals, today's troubled and miserable life, destiny and future, is incomparable. At the heart of all change in life and society is human

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

thinking and its problems. Unless there is a change in thinking, there is no change in social life. The emergence of Afghanistan's independence is also a product of this process.

Keywords: poetry, northern Afghanistan, literature, XIV century, artists, culture, culture, legends.

Все мы знаем, что узбекские писатели и поэты северного Афганистана XIX-XX веков внесли большой вклад в развитие узбекской литературы северного Афганистана. Без преувеличения можно сказать, что эти талантливые художники и их произведения различных жанров, написанные в классическом традиционном и современном стиле, а также произведения новеллистического и детективного характера, внесли значительный вклад в творческое развитие туркестанской узбекской литературы. . Действительно, очевидно, что доверие, уважение и уважение к правдивым словам и глубоким произведениям узбекских художников в северном Афганистане всегда были высоки. Несомненно, несравненна роль и влияние художественной литературы, которая является продвинутой частью интеллигенции, в сердцах людей, как людей, знающих свои высокие цели, сегодняшнюю тревожную и несчастную жизнь, судьбу и будущее. В основе всех изменений в жизни и обществе лежит человеческое мышление и его проблемы. Без изменения мышления не будет изменений и в общественной жизни. Обретение независимости Афганистаном также является продуктом этого процесса.

Ключевые слова: поэзия, северный Афганистан, литература, XIV век, художники, культура, культура, легенды.

Ma'lumki, she'r va adabiyot uzoq tarixiy o'tmishlariga ega. She'r va she'riyatning paydo bo'lish tarixi insoniyatning hayot kechirishi tarixi bilan bog'liq. Tarixiy manbalarga qaraganda birinchi inson tilga ega bo'lgan; so'ng she'r aytishga ega bo'la boshlagan. Ana shu payt (Rasmul Xat) va yozuv hozirgacha o'rtaga kelmaganligi tufayili, insonlar she'r shakliga bo'lgan birinchi ijodlari faqatgina og'zaki suratda bo'lib, ijtimoiy turmushning turli sohalarida holatlari va ayrim marosimlarida ular tamonidan birlik yoki ko'plik shaklida o'qib ijro etilar edi1. O4mishdagi insonlar ijtomiy turmush jahatdan boshlang'ich tarzda hayot kechirganliklari bois boshlanishdan she'riyat ijodi ham ibtidoiy shaklga ega bo'lgan.

1She'rning shakel va mazmuni jahat turlari, (1389) Balx, Nitzorot shamol( 1-2).

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Sharq xalqlari, jumladan, Turk-o'zbek xalqlari adabiyotida tarixida birinchi she'r namunalari xalq og'zaki ijodi tarkibida, turli munosabatlar va marosimlar qo'shiqlari shaklida uchraydi. Shu she'r namunalari Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'ati turk" asari tarkibida bizgacha qadar saqlanib qolgan. Muhmud Koshg'ariy o'zining shu qimmatli asari tufayli yuqori Chin mamlakatidan boshlab Mavorounnahr, Farg'ona , va Xorazmga qadar cho'zilgan katta hududni kezib chiqib, Turki o'rug'i -qabila va xalqlarining turmushi, kasaba korini va uruf-odadlarini, ainiqsa, og'zaki she'ri ijodlarini ko'rsatmoqda. Islomiy davrda adabiyot va she'riyatga qiziqishlar katta ana'naga aylanib qolgan edi. Buyuk so'z ustozlari ijodiyotida ko'ringan qoida -qonuniyatlarni nazarda tutib she'r va adabiyot bo'yicha balog'at fanlari, adabiy sana'tlar(adabiy fanlar) yuzaga keldi. Ushbu ilm-fanining yuzaga kelishi she'riyatning takomillashiy yo'lida katta ta'sirot qoldirdi. Iron taniqli adabiyotshunos olimi (Rizo Barahni o'zining " Tillo dar mes" asarida she'r haqida shunday yozgan: "She'rning ta'rifi juda qiyin narsa istilohda shu istiqomatda qiyin va og'ir ishlardan biri ham ana shu. Shuning uchun ham she'rning ta'rif tushunchasi bo'lmadi degan, bir paytda bir predmetni ijod etish yo etmaslik so'zlash haqida she'r yozishdan iborat.2 Shams Qes Zoriy taniqli islomiy olimlaridan biri, o'zining "Alma'jm fi ma'oer asha'oril ajam" asrida she'riyat haqida shunday yozgan: "She'r nazmli, vaznli o'tkir ma'niga ega, undagi harflar bir-biri bilan o'xshash so'zdan iborat bo'lishi lozim"3. Albatta quydagi ta'rifda to'rt asosiy unsur: fikr, vazn, qofiya va tilga baho berilgan. She'riyat haqida Shunday fikrlardan kelib chiqqan holda Bunday qarorga kelsak yanglashmagan bo'lamiz shr'riyatning.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir davr she'riyatning o'ziga xos badiiy. estetik shakllanishi bo'ladi, she'riyatning ham kelib -chiqish tarixi va shakllanish davri jahon adabiyoti bilan bog'liq holda rivojlangan. She'riyatning shakllanishilari Arab adabiyoti bilan birga boshlanib shiriyatning asil qismini tashkl etgan deb bilamiz, lekin shuni bilishimiz kerakki Forsiy, turkey va hind she'riyati ham aynan Arab adabiyoti bilan bir jarayonda. Bu shiriyat Arab adabiyotida III asrdan boshlangan bo'lsada Fros adabiyotida hijriy VII asrda Hindistonda Turk hukmdorlari Nasriddin Qabocha (hijriy 662/1282 va Shamsidin Eltumish saroiyda yashab ijod etgan Muhammad Aafiyning " ulbobul Albob" asari bilan boshlangan)4. Faqatgina bular emas, balki Fors she'riyatida ( Rudakiy (860-941) Fors-tojik she'riyat adabiyotining otasi, uning

2She'rning shakel va mazmuni jahat turlari, (1389) Balx, Nitzorot shamol( 3-4).

3Sulton Husayn Mirzo Bayqaroning turkiy she'riyat devoni Kobul- 1346,tarjima qilingan

4Muhammad kozim amini "1 qisim, Antolojisi" (2020 mazori sharif).tarjima qilingan

Scientific Journal Impact Factor

g'azal, ruboyi , qata', guzal she'ri bilan o'z davrida bimisol shoir bo'lgan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) buyuk shoir g'azal saro bo'lishi bilan birga ta'bib ham edi. Abulqosim Firdavsiy (941-1025) fors she'riyatida o'zining nafis g'azal va ruboiylari bilan dunyoda mashhur bo'lgan. Umar Xayyom (1040-1123) 5 , Nizomiy Ganjaviy( 1141-1209), Sadiy Sheroziy(1204-1294), Xusraviy Dehlaviy(1253-1325), Hofiz Sheroziy (1320-1389)6 kabi shoirlar Iron va Hinduston she'riyatida katta bir voqelik bo'ldi. Shular qatorida joylashgan ko'plab shoirlar she'riyatda katta hissa qo'shgan Xurosonda bo'lgan shoirlar ham she'riyatda nomoyon oqim edilar. Bularda Davlatshoh samarqandiy, Muhammad Jalodin Balxi, Robiya Balxi, Rashidin Votvot, Salton Muhammad G'aznaviy , Aburayhon Albiruniy. kabi shoirlar ham bugungi Afg'onistonda she'riyat nom qazongan.Turkiy va O'zbek she'riyati tarixida adabiy oqimni Movoronnhar va Xuroson katta qismida ko'rinib turgan jarayon XIasrdan boshlab shakllanib kelmoqda. Bu davrlarda yashab ijod etgan shoirlar she'riyatning tashkl topishiga katta o'rin ko'rsatgan, ular juda boy adabiy merosga ega, o'zbek mumtoz adabiyotining iste'dodli vakillaridan biri (Sayfi Saroiy) Xorazm yaqinidagi O'rda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotininjg so'nggi yillarini Mirosida o'tkazilagan va u yerda vafot etgan. XVasr o'zbek she'riyati takomilida o'zga xos o'ringa ega " Lutfiy" katta iste'dod sohibi, "Malikul-kalom", (Navoiy) tuyuq janrining ustozi. Temuriylar davri adabiyot va she'riyatining yirik namoyandasi iste'dodli shoir Xorazmiy-adebning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari ma'lum emas, birgina asari "Muhabbatnoma" (1353) yil Sirdaryo bo'ylarida yozilgan va Oltin o'rda hukmdory Muhammad Xo'jabek (Oltin o'rda xoni jonibekning o'g'li)ga baxshilangan. Yana bir taniqli shoir va davlat arbobi Hirot hududining yaqinlarida tug'ilgan Hussyn Boyqaro 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi va uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayotni yaxshilangan, Navoiyning maktabdosh do'sti va homiysi. Shulardan Mavlono Jomiylar Navoiyning ustozi o'rta asr o'zbek adabiyot she'riyatida eng nodir durdonalardur7. Keyinchalik Ulug' o'zbek shoir, mutafakkiri davlat arbobi G'arbda chig'atoy adabiyot buyuk vakili deb qaralad,Mer Ali She'r Navoiy she'riy sana'tida guzallik yaratgan, g'azal, ruboiylaribilan aruz vaznida yozgan she'rlari o'zbek mumtoz badiiy she'riyatda ulug'uordur. XlVasrning tugalishida yana mumtoz she'ryatda katta hissa qushgan Zahariddin Muhammad Bobur (1483-1530) o'rta asr sharq madaniyat, adabiyoti, va she'riyatida o'z nomdan urin qoldirgan, uning nafis

5Muhammad kozim amini "1 qisim, Antolojisi" 2020 mazori sharif(2 sf).tarjima qilingan

7 M.K.Amini. "She'rning shakel va mazmuni jahat turlari," 1389 Balx, Nitzorot shamol.23-24B.

Scientific Journal Impact Factor

gazal, ruboylari o'zbek she'riyatida bibaho dur)8. Mumtoz she'riyatida, g'azal, janrining taraqqiyotiga hissa qo'shgan shoir "Atoyi" Balx shahrida yashagan, yassavilik tariqatida shayxlaridan Ismoil otaning o'g'li Mirzo Ulug'bek saroyda bir qancha shoir va olimlarni taklif etkanda ular orasida Atoiy ham bor edi. Bulardan yana bir iste'dodli shoir 'Sakkokiy' o'z davrida she'riyatning mumtoz vakillaridan biri bo'lgan adabiyoyt taraqqiyotiga xizmat etkan g'azalnavoz va qasidanavis adib sifatida mashhur, Movaraunnahrda tug'ilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohrux Mirzo va Ulug'bek saroiyda o'tkazgan. O'zbek mumtoz she'riyatining taniqli namoyandasi Gadoiy 1403 yillarda tug'ilgan deb taxmin qillinadi va Temurilar xonadonining vakillaridan biri bo'lgan, uning ijodlari bugungi she'riyatmizda namoyon der.' Hozirgi Afg'onistonning shimoliy hududlarda yashab ijoda etgan ' Ibn Yaman Javzjoniy' 1595 yillarda shebirg'onda tug'ilgan, uning yuzlar shogirdlari bo'lgan, o'zining (tahfatil zarorin va bahrullo saror) asarlari bilan tanigan9. Bu davr ijodkorlarini she'riyat tarixi 15 asrda shu shoir va olimlar bilan yakunlanadi. XV- asrning boshlanishida O''zbek va Turk tilida adabiyot va she'riyatida katta o'zgarishlar namoyon bo'ldi, bu davrda ham shoir va adiblar toxtamasdan o'zlarining ijodalrini cheqara boshladi. Ulardan ozbek taniqli shoir, davlat arbobi, O'zbekxonlar sulolasinig asoschisi, "hazrati imomuz-zamon, xalifatur-rahmon" (zamona imomi va xalifasi)unvoniga ershgan. Muhammad Solih epik she'riyati va taraqqiyotida o'zidan iz qoldirgan iste'dodli shoir, Shayboniy saroyida " amirul-umaro" "malikush-shuaro" unvonlaridan olingan. Shu davrlarda yashab ijod etgan Ubaydiy, Abulg'ozi bahodirxon, So'fî 'Ollohyor, Boborahim Mashrab Ulug' O'zbek shoiri tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Boborahim mashrib, Mullo vali oilasida (1653)yilda dunyoga kelgan keiyn. Umrinig oxirlarida Balx hokimi Mahmud Qat'g'on tamonidan (1711)10 yilda dorga osiladi. Bulardan uzoq ketmay 17-asrning boshlarida ijod etgan, Muhammad Niyoz Nishiotiy taniqli o'zbek shoiri, liro-epik she'riyatida taraqqiyotida alohida o'ringa ega, uning 'g'azaliyat va muxammasoti bilan she'riyata nom olgan.' Hozirgi shimoli Afg'oniston g'arb hududlarida faoliyat ko'rsatgan shoirlar Noder Niyoz Qoderiy, va Mirzi Janidulloh hoziqilar bo'lgan'11. Bu davrning yakunilashiga yaqin, Hermuhammad Munis, yirik o'zbek shoiri,tarixnavis davlat arbobi o'zining go'zal shirlari bilan davrda nom olgan. Boshqa sirjilu o'zbek tilda yozgan olimlar, Amir Umarxon, Turkmanistonlik shoir

8 Z.M. Bobur. " Bobur noma" 1393. -Afgoniston: fanlar akadimasi nashriyoti,-22b.

9 Muhammad Kozim amini " antolo'jisi -22b" 2020.

10Sulton Husayn Mirzo Bayqaroning turkiy she'riyat devoni Kobul- 1346. -33b. tarjima qilingan.

11 Muhammad kozim amini "1 qisim, Antolojisi" 2020 mazori sharif(2-3b).tarjima qilingan.

Scientific Journal Impact Factor

Maxdumqul(1733-1791) shumoliy Xurason davrinig turkiston hududlarida yashab ijod etgan. yana bir Turk tilida yozgan shoir Abulloh To'qay (1886-1913) yillar o'z hudularda ijod etgan mashurb der. Bular orasida Nodera (Komila) taniqli shoira, davlat ardobi (1810) yilda marg'ulon hokimi Amir umarxonga turmushga chiqgan, uning qilgan obodonchilik, va yaratgan guz'al g'azallari she'riyatda katta etiborga olingan. Kurkistoni Maimana hududlarida ijod qilagan adib va shoirlar, Mulono Nemat Mahviy" (1807) Tengriy Berdi A'brat, Xalifa Shoh Vaes "Mulo Niyzi Balxi, Mulo Rahim Nyoz niyoziy, She'riyat tarixining uzilmasdan O'zbek adabiyotida satirik maktabida yaratuvchilaridan biri Namangon viloyatida dunuoga kelgan, bu taniqli shoir Turk va Fors tilarida ijod qilgan .( Bu turiskiton huduraida yashab ijod etgan O'zbek mmtoz she'riyatchisi roman navis mashur shoiri Abdullah Qodiriy (1894-1938), hamda Erkin vohidav (1936-1960), Abdullah orifav12) kabi shoirlar O'zbek she'riyatida bimisol dur. Janubi Turkiston shimoli Afg'oniston hududlarida bir necha zamonlar adabiyot shakllanashi va ijodkorlarni ijodi etishi kamiya boshladi, buning sababi Afg'onistonga bo'lgan o'rushlar edi va adabiyot tarixida salbiy o'zgarishlar ruy birdi. Adabiyot va She'riyatga etbor qisman pasaydi urshlar av ijoda qatag'on davri boshlandi insonlarining adabiyotga bo'lgan aloqalari va mehrlari kamaydi, bu jarayon ncha ijodkorlarni vatandan uzoq qildi, natejada adabiyot va madaniyat o'rtada katta no'qsonlandi ancga ijodkorlarni vafotiga sabab bo'ldi13. Bu holat nafaqat shimoli Afg'oniston hududlarida ruy biridi,balki butun Afg'on muhitiga katta tase'r ko'rsadi. ancha maktab va madrasalar vairon bo'ldi o'quv mussissalar toxtatildi, insonlar o'qishdan mahrum bo'ldi bu holat jamiyat ruhiyatini pasayterdi. Bu davrda o'rush jarayonida vafot etgan shoir, olim, va adiblarni bizgacha faqatgina ularning ijodlari namunalari saqlanib qolgan, Mulo Muhammad Qulning (Rangin Kamon she'r) asri, Qozi Bobo Murodning (Sirojul Tavorix) asr, Seid Fozil G'amginning (Qazo) asri, Ustoz Mirzo Muhammad Yahyoning (Kalilot)asri shular kabi o'nlar shoirlarning merosi bizgacha yetib kelgan.

XIX asrning yrimida qatag'on o'rushlari kamigandan keiyn adabiyot yanada qulga olindi, ijodkorlar o'z faoliyatini oshra boshladi lekin haniz ham o'tkan o'rushlarni ta'siri jamiyat insonlarining ongida his bo'lar edi, keyinchalik sikin-sikin bu vaziyatlar bartaraf etildi va turli munosibatlar bilan yakunlandi. Ushbu vatandan faror qilgan shoir, yozuvchilar ham qyta o'z ijodlariga qul oldi xalqning ongi va ruhiyati yanada rivojlaish va obodonchilikga qiziqti ijod va sna't rivojlandi o'quv mussisalari ochla boshladi. Mazkur adabiy muhit vaziyati uzgardi unda yashab ijod

10 Muhammad kozim amini "1 qisim, Antolojisi" 2020 mazori sharif(3-3b).tarjima qilingan.

13 Muhammad kozim amini "1 qisim, Antolojisi" 2020 mazori sharif.2-3b.tarjima qilingan.

Scientific Journal Impact Factor

etgan tadqiqotchilar, she'riyat yuzasidan shimoliy Afg'oniston eski zamonlardan buyon , she'r ,adab, va san't makoni barpo etdi. Mmlakatning hunar semolari, she'r va madaniyat shakllanishiga xizmat qilagan, G'ulom Muhammad maimanagi, Mauloni Qurbat, Zahir Forobiy, Ergash uchqun, Abulxir Xairi, Nodim Qaysori, Domuloh bidel, Maulono Javhariy, Fauziya yaldo, Shohqul Sufiy, Nafir Forobiy, shular jumlasidan ko'plab shoirlar bu davrda xznat qilgan14. Bu simolarning ayrimlari nafaqat shimoliy hududlarda balki butun Afg'on muhitida o'zbek va Fors tillarida ijod qilgan. Shimoliy Afg'oniston she'riyati tarixida islangan yosh shoir, adib,sana'tchi va tadqiqotchilar sonining izchil ortirib bormoqda, demak o'zbek muhit adabiy, sana't simolari etishib cheqishi hamda ijod uchun hozirgi zamonda ham mustahkam quliy muhitga ega ekanligini ma'lum. Ushbu Afg'oniston o'zbek shoirlarining mukammal she'riyatining o'rataga kilishi Afg'oniston chog'dosh o'zbek adabiyotining mavjud asarlaridan izlanib topilgan, ularningb ijodkor tulliq shakilda ilmiy tadqiqot orqali kashf etgan15. Sungi 15-20- yillarda o'zbek adabeyoti tarixiga oyed she'riyat asarlaridan biri bo'lgan undan oldin yozilgan asarlarga umuman mukkammalroq. Hozirgi siyosiy va ijtimoiy turmushga baxshilanib yozilgan o'rnaklarda zamonamiz mua'molari va voqiyalar aks ettirilgan bo'sa ham, biroq uning qalbi, bayon uslubi, tili hamon eskicha der. Badiy tasauvr sozlik, xayol, yangi uxshatmalar, guzal so'zlar,va yangi qalblar, ayniqsa O'zbek xalq falkulur she'ri qalblar va vazinlar kamdan-kam ko'zga tashlanadi. O'rnak uchun ta'biyat guzaliklari tavsifi, hozirgi qeyn va og'er tinchsizliklar va vaziyat bayoni, xalq bichoralikgi, siyosiy va madaniy mahrumiyatlar kabi hozirgi zamon sujalarining barchasi eski qablar, tasuvrlarva sana't buyumlari orqaliy she'riytada bayon etilgan. Har bir ijodkor o'z zamonasi kuichisi va tili bo'lib, ushbu muhim burchakni bajarishda, quroli ham yashab turgan zamonaga va tabiyatga o'ig'un bo'lishi kerak. Bu kamchilikdan xilosa cheqradigan bo'lsak bizning ijodkorlarimiz o'z tili, xayol, bayon uslubiy, va badiy qurolarini zamon tabiyatiga mos engilai olganicha yo'q16! Bizningcha bu narsa, bivosita yangi asarlar bialn tanishuv ozligi, o'qish mdaniyati qulayligi hamda yangilikka intilmasalik bo'lsa kerak. Bu narsa yolg'uz shimoliy Afg'oniston o'zbek she'riyatidagi emas,baliki umum olganda sonoqli o'rnaklarda tashqariy Afg'oniston o'zbek she'riyati fazosining asosiy qismida hokimligini afsus bilan ishlash kerak.

Shimoliy Afg'oniston adabiyoti tarixiga nazar tashlasak xalq og'zaki ijodi she'riy lirik qo'shiqlar bilan boshlangan. Afg'on hududlarida tadqiqot qilsak

14 Muhammad kozim amini "1 qisim, Antolojisi" 2020 mazori sharif. 17-18b.

15 Muhammad kozim amini "1 qisim, Antolojisi" 2020 mazori sharif.19-19b.

16 She'rning shakel va mazmuni jahat turlari, (1389) Balx, Nitzorot shamol.8-9b.

Scientific Journal Impact Factor

qadimiy zamon kitoblarini o'qib ko'rsak, bu manbalarda qadimiy zamon haqida yozilgan haqiqatan ham yoqimli va qiziqarli voqealar mavjud. Ushbu she'riy ijodlarAfg'onistoning har bir hududida uzoq tunlarda bo'lib o'tgan voqealarni tasvirlangan. Bularda she'riyat, adabiyot, folklor, Urf-odat, madaniyat va an'analar Afg'on mamlakatida saqlangan, shunda ertaklar, maqollar va qo'shiqlar o'z o'rnini tutgan.

Har mamlakatning o'ziga xos farhang, kultur, madaniayt ,rivoyatlari bo'ladi. Shunda Afg'on xalqini farhangini bir bo'limi bu qo'shiqlar. Qo'shiqlar insoning his -tuyg'usi bilan aytilgan bo'lib va ba'zan ichki dard, alam va vatanparvarlik g'oyasini har bir insonga eshittiradi17. Va ba'zan insonning ruhiyatini ko'tarshga va uning va xursand bo'lishiga sabab bo'ladi, hamda qo'shiqlar to'ylarda, bayramlarda ijro etiladi. Afg'onistonda hududidlarida Navro'zdan boshlab, Mustaqilik, Qizil gul, haft meva, samanak kabi shunday turli xil bayramlar bo'lib o'tadi 18. Eng katta bayramlardan biri bu Navro'z bayramida shunday qo'shiqlar kuylanadi, tantana, o'yinlar bo'lib o'tadi. Bulardan mashhur qushiqchilar "Toj Muhammad Sar-epuli", "Parastu" Mangak, Maftun, Mahvash, shular kabiy yuzlar qo'shiqchilar bo'lgan. bayramlarda afsonalar ertaklar maqollar ham o'z o'rniga ega.Maqollar aynan bir jumla qisqacha ibora, ba'zan esa katta ijtimoiy tushuncha bo'lib va she'riy iboradir19. maqolli ma'ruzachilar qaysa bir holatda saqlanib qolgan dono fikr bildirganligi aniq emas.

Maqollar bir hadafning bir yoki ikki so'z bilan aniqlidi va uning mohiyatini insonga tushun teradi. Bazan maqollar qasqa javobni kursatadi. Afg'on xalqi budan 250 yil muqaddam Afg'on urug'ining jangchisi bo'lgan "Ahmad shoh Abdoli" zamonida ham maqollar 3 tilda so'zlashar edi. She'riy maqollar madaniyatning hodisasidir, va shunda til esa madaniyatning eng muhim qismidir. Ainan maqollar va qo'shiqlar Afg'on xalqida Fors, Pushtun va Afg'onistoning shimoliy Afg'onistoning hududlarida O'zbek va Turk tilde she'riy maqollar kelgan. Ulardan namuna, "yaxshiga tenim yuq-yomonga ulim" o'lim kampirga ham -yoq mas"20, ug'riy bo'l qaroqchi bo'l -insofliy bo'l", "banda ba umid" oshfaz ikkita bo'lsa, osh yo shur yo kam tuz bo'lar" suvni ko'rmasdan oyoqni ochmoq xato" otaning havosi janatning davosi ", o'zing qilgani uzing tart", yomon hayol-qurqar xayol",, suvingni fuf lab ech" shimol olib kelganni shmol olib ketar" kach yuk manzilga etmidi", shukabi

17Humoyun Hutak "afsonaiy afg'oniston" 2012" Kobul. 25b.

18Matin Andxuyi, "Ruiy Devor" 1391,- Teroz birinchi juld. Mazoriy sharif.6-7b.

19Sulton Husayn Mirzo Bayqaro. turkiy she'riyat devoni ,-Kobul- 1346. 44b.tarjima qilingan.

20Matin Andxuyi. "Ruiy Devor"1391.- Teroz birinchi juld. Mazoriy sharif.4-5b.

Scientific Journal Impact Factor

maqollar xalq o'rtasiga aytiladi.va xudi shu tarixi qo'shiq va maqollar ertaklar afsonalar madaniyatning ajralmas qiysmi dur.

Afsonalar insonning hayoti bilan bog'liq bo'lib va ba'zan ularni eshitishga qiziqamiz, ona-otalar bolalariga afsonalar aytib, ularni ovutadi va ba'zan sevimli ona bolasining ko'kragiga sekin-sekin urib, ertakli qo'shiq aytib allalab uxlatadi, hamda kichiklik davrida bolasining hayotida bo'lib o'tgan hodisalarni ta'rif etadi va bolalar o'zining yoshlik davrini ko'z oldiga ketiradi.Ko'pincha afsonalar qadimgi zamonda bo'lib o'tgan lekin ulari hozir ham ko'rishimiz mumkin, Afg'onistonning poytaxti bo'lmish Kobul shahrida "Shohiy du shamshira" masjidi bor.

Kobulistoning eng qadimgi afsonasidan biri bo'lgan, "Laiys Bin Qays ibn Abbos" afsonasining qahramoni ikki qilichini qo'liga olib Kobulga qarshi jang qilgan arab Qo'mondonlaridan biri bo'lgan. U g'azabi kuchli, qahri qattiq kishi edi. Jang qilishda mohir bo'lgan, hatto ikki qo'lida ikki qilichni olib baravar urusha olgan. Ko'plab dushmanlarni halok etgan va o'zi ham shu yerda vafot etgan. Shudan buyon u yerning nomini "Shohiy du shamshira" deb atala qo'ilgan21.

Afg'onistonning shu kabi bir qator qadimiy afsonalari mavjud. Shulardan "Rigi ravon", "Bibi Mehru", "Zebo va Sherxon" "Oshiqon va orifon" kabi afsonalari mashxur.Yana bir xalq orasida keng tarqalgan afsonalardan biri bu Qirq qizlarning daxshatli afsonasidir.22Golbog' (Kobul dengizining janubiy qismida, Kobul shahridan taxminan 83 km uzoqlikda joylashgan go'zal vodiy) vodiysining yonida qirq qizning ziyorati deb nomlangan ziyoratgoh bor.Rivoyat qilinishicha, bir necha asrlar muqaddam Kobul aholisi qishloq xo'jaligini sug'orish maqsadida suv saqlash uchun Kobul dengizi bo'ylab kanal qurishga qaror qilishgan. Ular bir necha kun davomida u yerda bo'lishadi, ammo suv oqimini to'xtata olmaydilar. Kunlarning birida qirqqa yaqin yosh qiz yordam berish niyati bilan bu yerga kelishadi. Ular hududga etib kelishganida kanal qurishda ko'p mehnat qilgan,ammo suv juda tez bo'lgani sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragan bir qancha odamlarni ko'rishdi. Qizlar bu manzarani ko'rib, ularga baqirishdi "Siz dengiz suvini berkitishga ko'p harakat qildingizlar, ammo bunga erishmadingizlar. Endi buni qo'yinglar bizlar qilaylik" Erkaklar juda charchagan holda qizlarga qarashdi, Ular kulib yuborishdi. Erkaklar: "Juda yaxshi! Agar sizlar erkaklar qila oladigan ishni qila olamiz deb o'ylasangiz, yaxshilab boshlang", deyishdi. Keyin qizlar chodirlarini yechib, bellarini bog'lab, dengizga tushishdi. Sekin-asta ular toshlarni birlashtirishga va dengiz suviga qarshi to'siq qurishga muvaffaq bo'lishdi. Shu payt tog'da o'lja qidirib yurgan ovchi qizlarga

21Humoyun Hutak "afsonaiy afg'oniston" 2012"- Kobul: 25b.

22 Humoyun Hutak "afsonaiy afgoniston" 2012" Kobul-4-5b.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

g'amxo'rlik qilish uchun iti bilan dengizga keldi va qizlarni kuzatib turdi. Qizlar ovchining teppada turganligini va ularni kuzatayotganlarini ko'rib, Rabbisiga duo qilib qo'llarini ko'tarishdi va "Yaratgan egam! Agar bu odam bu yerga dengizni ko'rish uchun kelgan bo'lsa, hech qanday muammo tug'dirmaydi. Agar uning ko'nglida biron bir yomon niyat bo'lsa, bizni undan saqlagin va uning bizga ziyon etkazishiga yo'l qo'ymagin", deb duo qildilar. Shunda ovchi va uning itini toshga aylanib qoldi. (Hozirgi kunga kelib ham bu toshlar mavjud).Shundan so'ng yosh qizlar o'z ishlarini g'ayrat bilan tugatdilar. Ular dengizdan chiqmoqchi bo'lganlarida, birdan kofirlar dengizga etib kelishdi va qizlarga hujum qilmoqchi bo'lishdi. Yana bir bor qizlar Xudoga ibodat qilib qo'llarini ko'tarishdi va va Tangridan madad so'rashdi: "Xudo! Bizni bu yovuzlardan qutqar va o'zingga olgin23 "Bo'ron tinchlanganda qirqqa yaqin sayohat qilgan har qanday odam dengiz bo'yida toshga aylangan ovchi va uning iting jasadlarini, shuningdek qirq yosh va begunoh qizlarning qabrlarini ko'rishlari mumkin. Bugun bu maqbaralar turli xil hayvon va qushlar tasviri bilan bezatilgan.

Rivoyatlar va hikoyalarni ba'zan fan va texnologiyalar orqali o'rganish mumkin, shunda, bu voqealar yuzlab yillar ilgari yuz bergan bo'lishi mumkin, ammo endi biz ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishi bilan ularing qayta rivojlantirshmiz kerak, odamlar minglab kilometr uzoqlikdagi odamlar bilan telefonlar va Internet tizimlar orqali o'zaro aloqa qila olishlarini ko'rishimiz mumkin. Hatto rasm va videolarni almashish.sunda tixnalugiyalar farhang rivoyatlar hikoyalarva torixi urf_odatlarni rivojlanishga katta hisa qushadi.Shimoliy Afg'oniston Mamlakat adabiyotining xalqona ildizlari ularning ijodiy namunalari qilgan zahmatlarini va ularing kuylagan qo,shiqlari va yozgan ertaklari hikoyalar va rivoyatlar o'zgacha ulug'vor bo'lib, ularni mamnun qilish qiyin.Ularing yozgan afsonalariy Afg'on mulkida bo'lib o'tgan voqiyalarni tasvirlab haqidagi hikoyalar, ularning saxiyligi va saxovatligi har bir o'quvchining qalbini zabt etadi. Bizning zamonamizdagi bu buyuk odamlarda qadirlanib qoladi.

XULOSA

Xulosa qilib olganda, shu jihatdan jamiyat va inson insonlararo, tabiat va shaxs o'rtasidagi qarama-qarshiliklar badiiy adabiyotda teranroq tasvirlanmoqda. Bunda o'ziga xos poetik obrazlarni, inson botiniy olamidagi ziddiyatlarni haqqoniy ko'rsatib berish an'anasi dediktiv xarakterdagi asarlarda yanada teranroq o'z aksini topmoqda. Bu esa bunday xarakterdagi asarlarni o'rganish va tahlil etish muammosini yuzaga

23Humoyun Hutak "afsonaiy afg'oniston" 2012" Kobul.-66b.

53

Scientific Journal Impact Factor

chiqarmoqda. Mazkur ijodkorlar asarlarida shaxs xarakterining shakllanish jarayoni, bunda jamiyat va ijtimoiy muhitning tutgan o'rni, shaxs xarakterida konfliktning yuzaga kelishi va namoyon bo'lishi o'z aksini topgan. Shu sababli bu asarning b adiiy xususiyatlarni o'rganish, tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarini ko'rsatish magistrlik ishimizning dolzarbligini belgilaydi.

REFERENCES

1. Qurbat M.M.A. Termiz davlat universiteti gazetasi, '4 soni' 2019-yil 30-noyabr.

2. Euraslan jurnal of Academic Research. XIX-XX sar shumoliy afg'oniston shoir va yozuvchilar ijodi mavzu ko'lami, Euraslan jurnal of Academic Research.-Toshkent: O'bekiston, 2021. 05.IYUN.

3. Obrmpcareer@mail.com. явлется средстоммассвой информацииюб СМИ №ЭЛ 77-77927 от 19.02.2020 г.

4. Ibn Sino, Najot risolasi. - Tehron. Iron, risolasi, 1973.-33b.

5. Qurbat M.M.A. Gulshan zibo. - Nuyork: Aqsh, 1414. 23-29b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.