Научная статья на тему 'CHO‘LPON – HAJV USTASI'

CHO‘LPON – HAJV USTASI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
201
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
XX asr / jadidchilik / san'at / ma'rifatparvar / Mahmudxo‘ja Behbudiy / Abdulla Avloniy / Hamza Hakimzoda Niyoziy / Cho‘lpon / Turkiston / jaholat / nazm / nasr / tarjima / maqola / konsepsiya / taqsir. / XX century / Jadidism / art / education / Mahmudhoja Behbudi / Abdulla Avloni / Khamza Hakimzoda Niyazi / Cholpon / Turkestan / ignorance / poetry / prose / translation / article / concept / taxir

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Dildora Shokir Qizi Yorbulova

Ushbu maqolada tong yulduzi – Cho‘lponning nasriy asarlarda hajv yo‘nalishini qo‘llash mahorati, hajviy asarlaridagi mazmun va g‘oya. Umuman jadid adabiyotida hajv yo‘nalishi kimlarning qaysi asarlari bilan yetib borgan. Cho‘lponning “Oqposhshoning o‘limi” hajviy asari tahlili.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHOLPON MASTER OF COMEDY

In this article, the morning star is Cholpon's skill in using humor in prose, the content and idea of the comic. In the Jadid literature, in general, the comedy direction reached whose works. Analysis of Cholpon's comedy "The Death of Okposh".

Текст научной работы на тему «CHO‘LPON – HAJV USTASI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

CHO'LPON - HAJV USTASI

Dildora Shokir qizi Yorbulova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti 2-kurs

talabasi

Ushbu maqolada tong yulduzi - Cho'lponning nasriy asarlarda hajv yo'nalishini qo'llash mahorati, hajviy asarlaridagi mazmun va g'oya. Umuman jadid adabiyotida hajv yo'nalishi kimlarning qaysi asarlari bilan yetib borgan. Cho'lponning "Oqposhshoning o'limi" hajviy asari tahlili.

Tayanch so'zlar: XX asr, jadidchilik, san'at, ma'rifatparvar, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Cho'lpon, Turkiston, jaholat, nazm, nasr, tarjima, maqola, konsepsiya, taqsir.

In this article, the morning star is Cholpon's skill in using humor in prose, the content and idea of the comic. In the Jadid literature, in general, the comedy direction reached whose works. Analysis of Cholpon's comedy "The Death of Okposh".

Key words: XX century, Jadidism, art, education, Mahmudhoja Behbudi, Abdulla Avloni, Khamza Hakimzoda Niyazi, Cholpon, Turkestan, ignorance, poetry, prose, translation, article, concept, taxir

Jadidchilik - XX asr o'zbek adabiyotida yirik burilish, milliy o'zlikni anglash jarayoni. O'z erkiga erishish mazkur davr adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil etadi. Jadidchilik bu yangilanishdir. Insonni u yashayotgan jamiyatni qaytadan yangilanish, isloh qilish ularning asosiy vazifasi edi. Adabiy, san'atni va ma'daniyatni taraqqiy toptirgan haqiqiy millatparvarlar. Adolat ortida sobit turgan, umidbaxsh tuyg'ularini hech yo'qotmagan chin ma'nodagi ma'rifatparvarlar. Haqiqat orqali jamiyatda adolatni o'rnatmoqchi bo'lgan yurt fidoyilari. Jadidchilik adabiyotda ozodlik harakatlari xalqqa badiiy talqinida yetib bordi. Bu aloqaga esa jadidchilar bevosita sabab bo'ldi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Cho'lpon shular jumlasidandir. Cho'lpon XX asr o'zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biridir. "Cho'lpon ulug' ma'rifatparvarlik harakatining qanotlarida ijod maydoniga kirib keldi. U mustaqil o'qib-o'rganish oqibatida g'oyat yuksak badiiy

ANNOTATSIYA

CHOLPON - MASTER OF COMEDY

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

saviyaga ega edi. Sharq klassikasi, ayniqsa, turk va hind yozuvchilarnig asarlari bilan, shuningdek Ovropa va rus adabiyoti bilan puxta tanish edi. Shuning uchun 15-16 yoshlaridayoq ma'rifatparvar g'oyalarini qabul qilishga har jihatdan tayyor edi. Shuning uchun ham Cho'lpon yoshligiga qaramay, Turkistonning taqdiri to'g'rsida, millatning istiqboli haqida chuqur qayg'urish bilan o'ylay boshladi. U ham jadidlarga ergahib xalqning jaholat va nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqog'idan qutqarib olishning birdan-bir yo'li ma'rifat degan e'tiqodga kelgan" [1, 350].

Ozod sharafiddinov aytib o'tganidek Cho'lpon adabiyotning yuksak badiiyati uchun kurashdi. Nazm va nasr sohalaridagi adabiy va badiiy talqinini ochib berdi. Cho'lpon xalq dardini ilm yo'li bilan yuvishga harakat qildi. Millatning hayotini adabiyot bilan chambarchas bog'ladsi. "Adabiyot yashasa - millat yashaydi" hayqirig'I bilan adabiyotga o'chmas qadam bosdi. Xuddi manashu fikr bizni Cho'lpon hayotini ochib beruvchi vazifasini bajaradi. U jamiyatning og'ir zanjirlarini o'z ijodi orqali uzmoqchi bo'ldi. Shoir hatto o'zining "Tong" she'rida:

Ko'p quzg'oldik, ko'p kelg'ondur biroq,

Og'ir zanjirlarni uzolmadik. deya o'sha davrdagi chirkin tizimni ta'rif etadi.

Cho'lpon - serqirra ijodkor. Tarjima, maqola, nasr namunalaridan tashqari havj yo'nalishida ham o'z mahoratini ko'rsatgan. To'g'ri Cho'lpon davrida haqiqatni ochiq aytish, adolat talab qilish o'z oyog'iga bolta urish bilan barobar edi. Ammo xuddi shunday haqiqatlarni hazil(satira) bilan olib chiqish davr nuqati nazaridan to'g'ri hisoblangan. Abdulla qodiriyning "Toshpo'lat tajang nima deydi?", "Kalvak mahzun xotirot daftari", So'fizodaning "Dakang", "Bedanang", "Mag'zav" taxallusidagi Tavalloning hajviy she'rlari, Abdula Avloniyning "Advokatlik osonmi", "Pinak", Cho'lponning "Rasvo" taxallusi ostidagi she'rlari shuningdek "Oqposhshoning in'omi" kabi nasriy asarlari milliy uyg'onish davr hajviyotlariga misol bo'loladi.

Cho'lponning "Oqposhshoning in'omi" kulgili hikoyasi bevosita hajviy asar turkumiga kiradi. Hikoya Cho'lpon yashagan davr haqida so'z yurutadi. Hikoyaning boshlanish qismi bozor bilan boshlab beriladi. Bozor - shovqin-suron, tartibsiz joy. Bekordan bekorga hikoyaga boshlanma bu yerda emas. Cho'lpon jamiyatda kirib borishni chigal va tartibsiz deb yasvirlayapti. Shu chigallik orasida umr kechirayotgan xalq bir parcha qog'oz(gazeta)ning "Maskavdagi vistavkaga Sant-Peterburg shahridan Oqposhshoning o'zlari kelar emish, vistavkaga har bir fuqaroga shohona in'omlar berar emish" [2, 54-bet]. Xabarga "chuv" tushishdi. Oddiy bir usta To'xtash in'om tayyorlashga kirishdi. Uning Oqposhshoni lol qoldirishiga ishongan in'om yog'och kavush edi. Kavush tegishli joyga yetib borganda o'zgacha maroq bilan kutib olindi. To'xtashga Oqposhshoning in'omi quloqma-quloq yetkazildi. Bu in'om Jalol mirshab

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

orqali To'xtashning bor birini shilgandan so'ng oshkor etildi. Oqposhshoning in'omi sababli ustaning ko'ziga dunyo tor ko'rinib ketdi. Vaqt o'tgandan so'ng usta To'xtash in'omni "qo'ltiqlab" viloyat gubernatorini oldiga bordi.

"Taqsir Oqposhshoning bu katta in'omlari mendek faqir odamga pirlik qilib qoladi" [2, 156]. Shundan so'ng ustaga "200 so'm berilsin" degan mazmunda qog'ozcha berildi. Pulni qo'liga olgan usta daranglagan uy va sovchi masalasini o'ylab uyiga ravona bo'ldi. Qizini shundaki Oqposhshoning in'omi "ispasiba" edi. Hikoyada ezuvchi va eziluvchi sinfning borlig'i. Jamiyatdagi kamsitishlar, ko'rinmas tabaqalanish bir "in'om" misolida ochib berilgan. Inson qadr-qimmatiga bo'lgan bu kabi chirkinliklardan biri adib qalamiga olingan. Cho'lpon davlat "siyosatchilarini" o'z niqobini yechishni yumoristik ul orqali talab qiladi. Bu esa barchaga birdek og'riqli ta'sir qiladi.

Jadid adabiyotidagi vakillarini ijodini o'rganishdan maqsad xotirasini abadiylashtirish va har bir jadid namoyondasini ibrat maktabi qilib ko'rsatish. Ular millat uchun fidoyilik ko'rsatgan haqiqiy millatparvardir. Jadidlarni o'rgangan har qanday o'zbekni qalbida o'zining tuprog'iga bo'lgan mehr-muruvvat tuyg'usi boshqacha tus oladi. Hayotga boshqa nazar bilan qaraydi. Mahmudxo'ja Behbudiy millatning haqini talab qiladigan, Abdulla Avloniydek kuchli nosir, Cho'lpondek adabiyotning yorqin yulduzi bo'lish har bir yosh qalb burchidir. Haqiqat, to'g'rilik, adolat jadidlarning chin ma'nodagi hayot konsepsiyasi. Tarixiy o'tmishimizda jadidlarga tegishli bo'lgan ibratga munosib o'rinlar ko'plab uchraydi.

"Shoir adabiyotdagi ilk qadamidan boshlab mudroq Vatandoshlarini tong yulduzi yanglig' uyg'otishga kirishdi va o'zbek adabiyoti tarixiga "xalqni uyg'otgan shoir" sifatida kirdi" [3, 329].

1. Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug'bek Dolimov, Shuhrat Rizayev, Sunnat Axmedov. Milliy Uyg'onish davri adabiyot - Toshkent:Ma'naviyat, 2004.

2. Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon. Qor qo'ynidagi lola - T:. Sharq, 2019.

3. Dilmurod Quronov. Cho'lpon nasri poetikasi - T:.Sharq, 2019.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.