Научная статья на тему 'JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI'

JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2781
256
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jadid / islohot / islohotchilik / taraqqiyot / ziyoli / maydon / demokratiya / taqdir / tarix / muhit / davr / jaholat / ma’rifat / mustamlaka / ilmsizlik / bosqinchilik / erk / erksizlik / hurriyat. / Jadid / reform / reform / development / enlightenment / field / democracy / destiny / history / environment / period / ignorance / enlightenment / colonialism / ignorance / aggression / freedom / liberty / liberty.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xaliqova, Nodira Jahangirovna, Tojiboyeva, Gulshodaхоn Abdumannob Qizi

Ushbu maqolada jadid adabiyoti davrlari, bosqichlari va tuzum nuqtayi nazaridan kelib chiqqan mafkuraviy g‘oyalar va ularda ayollarning o‘rni ilmiy-falsafiy, didaktik tahlil etiladi. Jadid adabiyotining ayollar obrazini alohida bir timsol, alohida bir mavzu sifatida ko‘tarish sabablari yoritib, misollar tariqasida ochib berishga harakat qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMAGE OF WOMEN IN JADID LITERATURE

This article is a scientific-philosophical, didactic analysis of ideological ideas from the point of view of the periods, stages and systems of modern literature and the role of women in them. Attempts are made to illustrate the reasons for raising the image of women in Jadid literature as a separate symbol, a separate topic, as examples

Текст научной работы на тему «JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI

Xaliqova Nodira Jahangirovna Toshkent viloyati, Chirchiq shahar Chirchiq pedagogika instituti, Tillar va tarix

fakulteti. Filologiya fanlari nomzodi Tojiboyeva Gulshodaхоn Abdumannob qizi, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar Chirchiq pedagogika instituti, Tillar va tarix fakulteti I bosqich magistranti

Annotatsiya — Ushbu maqolada jadid adabiyoti davrlari, bosqichlari va tuzum nuqtayi nazaridan kelib chiqqan mafkuraviy g'oyalar va ularda ayollarning o'rni ilmiy-falsafiy, didaktik tahlil etiladi. Jadid adabiyotining ayollar obrazini alohida bir timsol, alohida bir mavzu sifatida ko 'tarish sabablari yoritib, misollar tariqasida ochib berishga harakat qilinadi.

Kalit so'zlar — Jadid, islohot, islohotchilik, taraqqiyot, ziyoli, maydon, demokratiya, taqdir, tarix, muhit, davr, jaholat, ma'rifat, mustamlaka, ilmsizlik, bosqinchilik, erk, erksizlik, hurriyat.

ОБРАЗ ЖЕНЩИН В ДЖАДИДСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

Халикова Нодира Джахангировна, Ташкентская область, Чирчикский педагогический институт, факультет языков и истории. Кандидат филологических наук Тажибоева Гульшодахон Абдуманнаб кызы, Чирчикский педагогический институт, факультет языков и истории

магистрант I ступени

Аннотация - Данная статья представляет собой научно-философский, дидактический анализ идеологических идей с точки зрения периодов, этапов и систем современной литературы и роли в них женщин. Делаются попытки проиллюстрировать причины, по которым образ женщины в джадидской литературе поднимался как отдельный символ, отдельный предмет, и проиллюстрировать их в качестве примеров.

Ключевые слова: джадид, реформа, реформа, развитие, просвещение, поле, демократия, судьба, история, окружающая среда, период, невежество, просвещение, колониализм, невежество, агрессия, свобода, свобода, свобода.

Scientific Journal Impact Factor

THE IMAGE OF WOMEN IN JADID LITERATURE

Khaliqova Nodira Jahangirovna,

Tashkent region, Chirchik city Chirchik Pedagogical Institute, Faculty of languages and history. Candidate of philological Sciences Tojiboyeva Gulshodakhan Abdumannab kizi, Master's degree I of the Chirchik Pedagogical Institute, Faculty of

languages and history

Abstract: This article is a scientific-philosophical, didactic analysis of ideological ideas from the point of view of the periods, stages and systems of modern literature and the role of women in them. Attempts are made to illustrate the reasons for raising the image of women in Jadid literature as a separate symbol, a separate topic, as examples.

Keywords: Jadid, reform, reform, development, enlightenment, field, democracy, destiny, history, environment, period, ignorance, enlightenment, colonialism, ignorance, aggression, freedom, liberty, liberty.

"Jadid" arabcha so'z bo'lib, "yangi" degan ma'noni anglatadi. Shuning uchun ham yangilik va islohotchilikka intiluvchi, yangilik yaratuvchi faoliyat bilan mashg'ul bo'lgan taraqqiyparvar, ilg'or ruhdagi milliy ziyolilar tarixda "jadid" degan nomga musharraf bo'ldilar. Ularning harakati esa jadidchilik deb nomlandi. Bu harakatning paydo bo'lishi bevosita o'sha davrdagi ichki muhit hamda tashqi xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy va demokratik yangilanishlar bilan bog'liq bo'ldi.

XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib, Turkistonda millat taqdiriga tahdid soluvchi o'ta qaltis va og'ir ichki tarixiy muhit paydo bo'ldi. Bir tomondan, Rossiya imperiyasi musatamlakachiligi siyosiy jihatdan mustahkamlandi. Mustamalka va zo'ravonlikka mukkasidan ketgan rus bosqinchilari esa, endi o'z mafkurasini singdirish orqali ma'naviy ustunlikka ham ega bo'lishi uchun mahalliy xalqni ruslashtirish, uning g'ururini sindirish, o'zligini yo'qotishdek, o'ta razil shovinistik siyosatni kuchaytirdilar. Ikkinchi tomondan esa, millat va xalqimiz o'z siyosiy, ma'naviy huquqlari, erki va hohish-irodasini yo'qotdi. Uchinchidan, umuman musulmon mutaassibligi (konservatizm va bid'at) kuchaydi. Millatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli hamda ma'naviyati tubanlashdi. Buning ustiga ustak, din peshvolari orasidagi mutaassiblarda yangilikka, dunyoviy ma'rifat va taraqqiyotga

KIRISH

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

qarshilik ham avj oldi. Bu esa, Islom dini hamda shariatiga mutlaqo zid ravishda avj

Mutaassiblar bid'at botqog'iga botgan holatda, ijtimoiy majhul (noaniq)likdagi g'aflat uyqusiga mast bo'lib, aql va fahm-farosatlari ojizligi evaziga, o'zlari sezmagan holda mustamlakachilar manfaati (mafkurasi)ga xizmat qila boshlaydilar.

Millat va xalqimiz mana shunday ikki tomonlama o'ta ayanchli va havfli ijtimoiy-siyosiy muhit hamda vaziyatga duch kelgan bir paytda musulmon ziyolilar din homiylari orasidan yangi bir taraqqiyparvar guruhning harakati paydo bo'ldi. Ular «jadid» (yangi) degan ulug' nomga muyassar bo'lgan holda, Millat va Vatan, musulmon xalqlari uchun ma'naviy qalqon bo'lib, kurash maydoniga otildilar. Jadidlar millatni bo'yin egishi va tanama-taqdir qilish havfidan qutqarishning birdan-bir to'g'ri yo'li avval tarbiya va ma'rifat, so'ng islohot ekanligini juda to'g'ri anglab yetdilar.

1. Agar mumtoz adabiyotda dunyoviylikka nisbatan diniy jihat ustunroq bo'lgan bo'lsa, jadid adabiyotida bularning o'rtasida o'zaro tenglik ya'ni diniy-dunyoviylik qaror topdi.

2. Jadid adabiyoti mumtoz adabiyotdan farqli ravishda g'arb adabiyotidagi roman, drama, esse, hikoya va barmoq vazniga asoslangan she'riyat (poetika) kabi badiiy janrlar ko'rinishiga ega bo'ldi. Proza va publitsistika paydo bo'ldi.

3. Jadid adabiyoti bevosita ijtimoiy-siyosiy va ma'rifatchilik mafkurasi, milliy -ozodlik xususiyatiga ega bo'ldi. Unda mazlum xalq hayoti bevosita o'z ifodasini topdi. Badiiy asarlar jonli xalq tilida yozildi. Ijtimoiy faollik va milliy ruh bu yangi adabiyotning eng muhim xususiyatiga aylandi.

4. Jadid adabiyotidagi badiiy-lirik qahramon qiyofasi mumtoz adabiyotdagi qahramon qiyofasidan tubdan o'zgardi. U endi an'anaviy oshiq yohud ma'rifatparvargina emas, balki mavjud mustamlaka jamiyati tartib-qoidalari hamda milliy tengsizlik bilan kelisha olmaydigan, shu bilan birga yangicha o'z ijtimoiy -siyosiy va ahloqiy qarashiga ega bo'lgan shaxsdir.

Jadidchilik harakati jadid adabiyotining asoschilari bo'lgan yirik iste'dod egalari-jadid adibi, shoiri, dramaturgi va san'ati arboblarini ham tarbiyaladi.[1] Jadidshunos, taniqli olim, professor Begali Qosimovning ta'kidlashicha, ularning 1905-1917-yillarda adabiy-madaniy harakatchilikda qizg'in faoliyat ko'rsatganlari saksondan ortiq bo'lgan. Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1919), Sayidahmad Siddiqiy Ajziy (1864-1927), Vasliy Samarqandiy (1869-1925), Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), To'lagan

oldi.

Scientific Journal Impact Factor

Xo'jamyorov-Tavallo (1882-1939), Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934), Avaz O'tar o'g'li (1884-1919), Muhammadsharif So'fizoda (1869-1937), Abdurauf Fitrat (18861938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Abdulvohid Burxonov (1875-1934), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929), Abdulla Qodiriy (1894-1938), Abdulhamid Cho'lpon (1897-1938) va boshqalar shular jumlasidandir.

Jadid adabiyotida dramaturgiya ya'ni jadid dramasi eng sermahsul va ommabop janr sifatida alohida ko'zga tashlanadi. Jadid g'oyalarining xalqqa yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr san'atining ta'sir ko'rsatishi kuchli bo'ldi. Shuning uchun ham jadid adiblarining aksariyat yirik nomayondalari o'z ijodiy-amaliy faoliyatini drama yozish va teatr bilan bog'liq holda olib bordilar.

Mutaxassislarning aniqlashicha, 1917-yil oktabr to'ntarilishigacha dramaturgiya sohasida o'ttizdan ortiq drama, tragediya, komediya asarlari yozilgan va ularning ko'pchiligi teatrlarda sahnalashtirilgan. O'zbek jadid dramaturgiyasi va teatriga ilk bor asos solgan Mahmudxo'ja Behbudiy bo'ldi. Uning "Padarkush" dramasi birinchi bor 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi "Kolizey" teatrida qo'yilishi juda katta madaniy-ma'rifiy voqea bo'ldi.[2] Bu kun o'zbek teatriga asos solingan sana sifatida tarixga kirdi. Shunday qilib, milliy jadid adabiyoti dramaturgiyasi va teatri paydo bo'ldi. Adabiy tanqidchilik va badiiy tarjimonchilik ham shakllandi.Shuning uchun ham jadidlar millat va xalqni g'alayon va qo'zg'olonga, inqilobiy buzg'unchilik kabi yovvoyilikka da'vat etmadi. Aksincha, ularni diniy-dunyoviy ma'rifat, ilm-fan, madaniyat va yangiliklar bilan qurollantirib tarbiyalash, o'zligini anglatish, ijtimoiy-ma'anviy g'aflat uyqusidan uyg'otib, turmush tarzi, tafakkuri, ma'naviyati, madaniyati, adabiyoti va maorifini o'zgartirishga bel bog'ladilar.

Abdulla Avloniyning ushbu hikmati jadidlar uchun asosiy e'tiqod va amaliy faoliyat dasturi bo'lib qoldi: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo najot, yo halokat -yo saodat, yo falokat masalasidir». Darhaqiqat, bu paytda millatni halokat va falokatdan asrab, saodatga olib chiquvchi jadidlar tarbiyasi bilan millatni ma'nan tobe qilib, halokat va falokatga duchor etuvchi mustamlakachilar «tarbiya»si qarama-qarshiligi paydo bo'lgan edi.

Jadidchilik harakati ba'zi-bir tarixga oid adabiyotlarda aytilganidek, "oldin madaniy-ma'rifiy harakat bo'lib, keyin ijtimoiy-siyosiy harakatga o'sib o'tgani" yo'q. U o'z tabiati maqsad va mohiyatiga ko'ra, dastlabki kundanoq, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy va islohotchilik harakat bo'lgan.[3] Ammo Vatanni ozod va obod

Scientific Journal Impact Factor

qilish, millat va xalqni hurriyatga olib chiqish, to'q va farovon, madaniyatli qilish uchun jadidlar asosiy e'tiborni dastlab madaniy-ma'rifiy ishlarga qaratdilar.

Akademik A. N. Samoylovich jadid adabiyotini o'rganib, 1916-yilda "Turkistonda yangi adabiyot maydonga keldi. Bu men uchun kutilgan hol edi" deb yozgan edi. Darhaqiqat, olim uchun kutilgan "Yangi adabiyot"-jadid adabiyoti bo'ldi. Bu adabiyot o'z mazmun va mohiyati hamda janrlariga ko'ra, ming yillar davomida shakllanib rivojlangan mumtoz adabiyotimizdan tubdan farqlanuvchi yangi adabiyot

1. Agar mumtoz adabiyotda dunyoviylikka nisbatan diniy jihat ustunroq bo'lgan bo'lsa, jadid adabiyotida bularning o'rtasida o'zaro tenglik ya'ni diniy-dunyoviylik qaror topdi.

2. Jadid adabiyoti mumtoz adabiyotdan farqli ravishda g'arb adabiyotidagi roman, drama, esse, hikoya va barmoq vazniga asoslangan she'riyat (poetika) kabi badiiy janrlar ko'rinishiga ega bo'ldi. Proza va publitsistika paydo bo'ldi.

3. Jadid adabiyoti bevosita ijtimoiy-siyosiy va ma'rifatchilik mafkurasi, milliy -ozodlik xususiyatiga ega bo'ldi. Unda mazlum xalq hayoti bevosita o'z ifodasini topdi. Badiiy asarlar jonli xalq tilida yozildi. Ijtimoiy faollik va milliy ruh bu yangi adabiyotning eng muhim xususiyatiga aylandi.

4. Jadid adabiyotidagi badiiy-lirik qahramon qiyofasi mumtoz adabiyotdagi qahramon qiyofasidan tubdan o'zgardi. U endi an'anaviy oshiq yohud ma'rifatparvargina emas, balki mavjud mustamlaka jamiyati tartib-qoidalari hamda milliy tengsizlik bilan kelisha olmaydigan, shu bilan birga yangicha o'z ijtimoiy -siyosiy va ahloqiy qarashiga ega bo'lgan shaxsdir.

Jadidchilik harakati jadid adabiyotining asoschilari bo'lgan yirik iste'dod egalari-jadid adibi, shoiri, dramaturgi va san'ati arboblarini ham tarbiyaladi. Jadidshunos, taniqli olim, professor Begali Qosimovning ta'kidlashicha, ularning 1905-1917-yillarda adabiy-madaniy harakatchilikda qizg'in faoliyat ko'rsatganlari saksondan ortiq bo'lgan.[4] Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1919), Sayidahmad Siddiqiy Ajziy (1864-1927), Vasliy Samarqandiy (1869-1925), Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), To'lagan Xo'jamyorov-Tavallo (1882-1939), Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934), Avaz O'tar o'g'li (1884-1919), Muhammadsharif So'fizoda (1869-1937), Abdurauf Fitrat (18861938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Abdulvohid Burxonov (1875-1934), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929), Abdulla Qodiriy (1894-1938), Abdulhamid Cho'lpon (1897-1938) va boshqalar shular jumlasidandir.

bo'ldi.

Scientific Journal Impact Factor

Jadid adabiyotida dramaturgiya ya'ni jadid dramasi eng sermahsul va ommabop janr sifatida alohida ko'zga tashlanadi. Jadid g'oyalarining xalqqa yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr san'atining ta'sir ko'rsatishi kuchli bo'ldi. Shuning uchun ham jadid adiblarining aksariyat yirik nomayondalari o'z ijodiy-amaliy faoliyatini drama yozish va teatr bilan bog'liq holda olib bordilar.

Mutaxassislarning aniqlashicha, 1917-yil oktabr to'ntarilishigacha dramaturgiya sohasida o'ttizdan ortiq drama, tragediya, komediya asarlari yozilgan va ularning ko'pchiligi teatrlarda sahnalashtirilgan. O'zbek jadid dramaturgiyasi va teatriga ilk bor asos solgan Mahmudxo'ja Behbudiy bo'ldi. Uning "Padarkush" dramasi birinchi bor 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi "Kolizey" teatrida qo'yilishi juda katta madaniy-ma'rifiy voqea bo'ldi. Bu kun o'zbek teatriga asos solingan sana sifatida tarixga kirdi. Shunday qilib, milliy jadid adabiyoti dramaturgiyasi va teatri paydo bo'ldi. Adabiy tanqidchilik va badiiy tarjimonchilik ham shakllandi.

Jadid adabiyotida ayollar timsoli o'ziga xos hisoblanadi. Bunda o'sha davr tuzumi qattiq qoralanib, ayollarni ilm-ma'rifatga, jaholat botqog'idan chiqishga qaratiladi. Xususan, Cho'lponning "Kecha va kunduz" asarida Zebi timsoli orqali oydinlashtiramiz. Zebining ilojsizligi o'sha davr ayollari erksizligi sifatida ochib beriladi. Zebi-hurkak ohu kabi go'zal va ilojsiz. Uning qalbi shu qadar tozaki, yomonlik haqida o'ylash nima ekanligini ham tushunib yetmaydi. U insonlarni sevib yashaydi. Razolat to'lib yotgan dunyoga muhabbat ko'zi bilan boqadi, biroq jaholat tozalik va go'zallik bilan kelishmaydi, go'dakday beg'ubor bo'lgani uchun ham bag'ri ifloslik va kirga to'la hayot uni sig'dirmaydi, shudringday toza va chechakday pokiza bo'lgani uchun hayotning shafqatsiz va badbo'y havosida nafasi bo'g'iladi. Zebi ketma-ket baxtsizliklarga uchrasa ham romanga qanday kirib kelgan bo'lsa, shundayligicha qoladi. Zebuning bu holatiga biz taqdirdosh, qismatdosh, darddosh bo'lib, xavotir bilan kuzatamiz. Zebining baxtsiz bo'lishiga mamlakatdagi zulm-zo'rovonlik ustuvor ekanligidadir. Cho'lponning asosiy maqsadi ham mavjud tuzimni tag-tomiri bilan o'zgartirish edi. Zebi faqat ayollik latofati va olijanob insoniy fazilatlari bilangina emas , ayni paytda xush ovozi bilan barchaning e'tiborini tortadi. Ammo ijtimoiy tengsizlik hukumron bo'lgan va ayollar qadr-qimmati oyoq osti qilingan jamiyatda Zebining orzu-havaslari yanchiladi.[5] Ajdodlarimiz asrlar davomida ana shu tengsizlikka qarshi ma'rifat bilan kurashdilar. 1920-1930-yillarda avj olib ketgan siyosiy taqib, o'zbek xalqining boshiga og'ir kunlarni soldi. Ota-bobolarimiz udumlariga eskilik sarqitlari deb, momolarimiz

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

o'gitlariga bepisandlik, muqaddas qadriyatlarimizga qurol ko'tarishdek nafrat tuyg'ulari har bitta o'zbek xalqini majburan o'ziga tortqilardi.

O'zbek xalqi o'zining boy merosi, qadimiy madaniyati, milliy qadriyatlarini hech bir joyda ochiq - oydin gapirolmas, o'z tuyg'ularini yuragida sirligicha saqlab yashaydigan bir davr edi. Bunday paytda yurt taqdiri, farzand kelajagi, vatan ozodligi, inson qadr-qimmati to'g'risida og'iz ochish, boshini dorga tikish bilan barobar edi.

Yana bir misol tariqasida Hamza Hakimzoda Niyoziy (Nihoniy taxallusi bilan ijod qilgan)ning "Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari" asari qahramoni Maryam timsolida ham ko'rishimiz mumkin. Maryam ilmga tashna ayol timsoli. "Yangi saodat" asarida Olimjonning m a'rifat tufayli baxtli hayotga erishuvi va uning o 'z baxtidan boshqa kishiiam ing ham bahramand bo'lishini tasviriagan bo'lsa, "Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari" fojiasida m a'rifatli insonning jaholat va g'aflat zindonidagi fojiali taqdirini ko'rsatishni maiqsad qilib olgan. Ushbu asar janrini Hamza " Turkiston maishatidan olingan qiz va kuyov fojiasi" deb ataydi. Dramaturg pyesaning dastlabki sahnasidayoq qahramonlaR ing o'zlariga munosib bo'lm agan, ular qalbidagi muhabbat gullarini xazon qilishga tayyor bir muhitda yashayotganini ko'rsatadi. Shu tarzda pyesaning avvalidayoq eskicha qarashlar ta'siridagi ota-onalar bilan ulardan ilgarilab ketgan va o 'z zamoniga sig'm ay qolgan yoshlar o'rtasidagi ziddiyat nish uradi. Voqealar rivojlanishi bilan bu konflikt taranglashib, oxirida kamonning tortilgan voyidek uchib boradi-da. har ikkala qahramonni - Mahmudxon bilan Maryamxonni halok qiladi.

XULOSA

Shunday qilib, jadid adabiyotida ayollar timsoli o'ziga xos tarzda namoyon bo'ldi. Ayollarning erk-ozodligi, ilm-ma'rifatga qiziqishi, ota-onasi ra'yidan chiqolmay taqdir hukmiga bo'yin egishi asarlarda bir-biriga qarama-qarshi konflikt tarzda jadid adabiyoti mafkurasini yoritib bera oldi. Xususan, Abdurauf Fitratning "Advokatlik osonmi?" asaridagi ayollar timsoli ham, Cho'lponning kichik-kichik hikoyalaridan tortib, katta janrdagi barcha asarlarida, barcha-barcha ma'rifatparvar ijodkorlar ijodida ayollar timsoli o'ziga xos mavzuga aylana oldi. o'sha davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib, ayollarni qul sifatida baholash, ayollarni nazir sifatida taqdim etish, ularni o'z erkidan, ilm-ma'rifatdan yiroq qilish holatlari ko'plab uchrab turishi jadid adabiyotida chinakam mavzuga aylandi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1.Adabiyot nazariyasi 1-, 2-tomlar. 1979.

Scientific Journal Impact Factor

2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. 1980 yil

3. H.Homidov va bosh. Adabiyotshunoslik terminlari lug'ati.1983.Alimova D. A., Golovanov A.A. O'zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlarL-T., "O'zbekiston", 2000.

4.Jadidchilik islohot yangiilanish, Mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash (Turkiston va Buhoro Jadidchiligi tarihiga yangi chizgilar). Davriy to'plam №1,-T "Sharq", 1999.

5.Ziyoev H.Z. O'zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi-T.2001 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.