Научная статья на тему 'СHO‘LPON ADABIY-ESTETIK QARASHLARIDA JAMIYAT VA AYOL TAQDIRI'

СHO‘LPON ADABIY-ESTETIK QARASHLARIDA JAMIYAT VA AYOL TAQDIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

2307
217
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / erksiz ayol / mustamlaka xalq / maorif tizimi / istiqbol / madrasalar / maktablar ahvoli. / общество / свободные женщины / колониальный народ / система образования / перспективы / медресе / школы.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nodira Djoxongirovna Xolikova, Sohiba Abdujabbor Qizi Arzikulova

Ushbu maqolada Cho„lponning publisistik mahorati yoritilgan. Cho„lpon maqolalaridagi jamiyat va o„zbek ayoli taqdiri masalasiga alohida e‟tibor qaratilgan. Ayollarning ham ilm o„rganishga, jamiyatda teng huquqli bo„lishga ega ekanligi ta‟kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОБЩЕСТВО И СУДЬБА ЖЕНЩИН В ЛИТЕРАТУРНОЭСТЕТИЧЕСКИХ ВЗГЛЯДАХ ЧУЛПАНА

В статье описано публицистическое мастерство Чулпана. Статьи Чулпан посвящены обществу и судьбе узбекских женщин. Утверждается, что женщины также имеют право на образование и равные права в обществе.

Текст научной работы на тему «СHO‘LPON ADABIY-ESTETIK QARASHLARIDA JAMIYAT VA AYOL TAQDIRI»

CHO'LPON ADABIY-ESTETIK QARASHLARIDA JAMIYAT VA AYOL TAQDIRI

Nodira Djoxongirovna Xolikova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti, f.f.n.

Sohiba Abdujabbor qizi Arzikulova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Cho'lponning publisistik mahorati yoritilgan. Cho'lpon maqolalaridagi jamiyat va o'zbek ayoli taqdiri masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Ayollarning ham ilm o'rganishga, jamiyatda teng huquqli bo'lishga ega ekanligi ta'kidlangan.

Tayanch so'zlar: jamiyat, erksiz ayol, mustamlaka xalq, maorif tizimi, istiqbol, madrasalar, maktablar ahvoli.

ОБЩЕСТВО И СУДЬБА ЖЕНЩИН В ЛИТЕРАТУРНО-ЭСТЕТИЧЕСКИХ ВЗГЛЯДАХ ЧУЛПАНА

Аннотация: В статье описано публицистическое мастерство Чулпана. Статьи Чулпан посвящены обществу и судьбе узбекских женщин. Утверждается, что женщины также имеют право на образование и равные права в обществе.

Ключевые слова: общество, свободные женщины, колониальный народ, система образования, перспективы, медресе, школы.

SOCIETY AND FATE OF WOMEN IN LITERARY-AESTHETIC VIEWS

OF CHULPAN

Abstract: The article describes Chulpan's journalistic skills. Chulpan's articles are dedicated to the society and fate of Uzbek women. It is argued that women also have the right to education and equal rights in society.

Keywords: society, free women, colonial people, education system, prospects, madrasah, schools.

XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan va taraqqiy etgan falsafiy-estetik tafakkur yo'nalishini asosan jadidchilik harakati belgilagan edi. Jadidlarning

falsafiy-estetik va pedagogik qarashlarining O'rta Osiyoda keng tarqalishi va katta ijtimoiy hodisaga aylanishida Behbudiy, Fitrat, Munavvar qori, Cho'lpon, Abdulla Avloniy singari buyuk shaxslarning xizmati katta bo'ldi. Jumladan, jadid-ma'rifatchilari o'z dasturida millat va mamlakatning dunyoviy taraqqiyoti yo'lida to'siq bo'lib kelayotgan diniy fanatizm va qoloq rasm-rusumlarga qarshi chiqish, eski maktablarni yangi o'quv usullari bilan isloh qilish, xalq ommasining savodini chiqarish maqsadida matbuot masalalariga jiddiy e'tibor qaratib, yangi o'zbek adabiy tilining shakllanishi va rivoji ustida qayg'urish; Yevropa madaniyatidan orqada qolib ketmaslik uchun zamonaviy milliy teatr tomoshalarini tashkil etish; xotin-qizlarning jamiyatdagi va oiladagi ahvolini o'zgartirish maqsadida turli ijtimoiy islohotlar yo'lini qidirish singari muammolarni o'rtaga tashladilar.

Cho'lpon deganda, ko'z oldimizda tiniq va musaffo osmonda eng yorqin nur sochayotgan yirik yulduz namoyon bo'ladi. Cho'lpon nomini eslaganimizda, xayolimizda adabiyot dunyosining so'nmas va yil sayin qalbimizga iliqlik, tarovat, ko'zimizga nur, ongimizga tiniqlik baxsh etayotgan, huzurimizga tobora yaqinlashib kelayotgan tong yulduzidek shoir siymosi jonlanadi. Cho'lpon 16-17 yoshlaridayoq har tomonlama chuqur bilimli, ilg'or fikrli ziyoli kishi bo'lib yetishdi. Abdulhamid Sulaymon o'g'lining adabiy ijodi 1913-1914-yillarda Andijonning ijtimoiy va madaniy hayoti haqida xabarlar yozish bilan boshlangan. Turkiston aholisining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy qoloqlik sharoitida yashayotganining asosiy sababini anglagan Cho'lpon, boshqa jadidlar qatori, o'z asarlari bilan xalqning madaniy va ma'rifiy saviyasini ko'tarishga kirishgan.

Cho'lponning adabiy merosi she'riyat, nasr, dramaturgiya, publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar hamda tarjimalardan iborat. Cho'lpon nasriy ijodining muhim qismini publitsistika tashkil etadi. U "Yo'l esdaligi", "Vayronalar orasidan" kabi qator ocherk va publitsistik maqolalarida o'tgan asrning 20-yillaridagi mustamlaka o'lka hayotining mudhish manzaralarini tasvirlagan. Cho'lpon bu asarlarida realistik tasvir san'atini mukammal egallagan yozuvchi sifatida gavdalanadi.

Cho'lponning dunyoqarashi insonparvarlik, millatparvarlik va ma'rifatparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgan edi. Uning ko'plab ocherk va publitsistik maqolalari xalq hayoti va taqdiriga bag'ishlangan. "O'sh", "Bahor ovullari", "Vatanimiz Turkistonda temir yo'llar", (1914-1917-yillar) kabi asarlarida ana shu tendensiya ko'zga tashlanadi. Cho'lpon 1920-1924-yillar mobaynida juda ko'p publitsistik maqolalar, yo'l taassurotlari va esselar ("Sharq uyg'ongan", "Yo'lda bir kunduz", "Yo'lda bir kecha", "Yo'l esdaligi",

"Chimkent", "Quturgan mustamlakachilar", "Chopon" va hokazolar) yozdiki, ularning g'oyaviy-badiiy ahamiyati chin ma'noda yuqori edi.

"Vayronalar orasidan" nomli maqolasida jamiyatda farzandlarning ta'lim olishga imkoniyati yo'qligidan, balki vaqti ham yo'qligidan kuyingan Cho'lpon bu jumlalarni keltiradi: "Bitta maktab ham bor dedilar, lekin uning o'zidan ko'ra ko'proq "oti" bor, shekillik...Ko'klamdan tortib to kuzgacha maktab tatil ekan, dehqonlar bolalarini faqat qishdagina o'qita olurlar ekan". Fikrni maktab xususida davom ettirar ekanmiz, mana bu haqiqatga yo'g'rilgan satrlarga e'tibor qaratmay iloj yo'q: "Lekin birgina maktab bor. Binosi juda yaxshi, burun rus yerlik maktabi bo'lgan. U ham biz borganda remont qilinmagan edi. Remont uchun baladiyada pul yo'q, muallimlarning ta'minoti uchun maorif shu'basida pul yo'q, maorif shu'basiga berish uchun Maorif komissarligida pul yo'q. Shunday qilib, birgina maktabning ham taqdiri qaltirab turadir. Xalq ta'minotiga o'tkazganlar, xalqdan pul yig'ish esa qiyin..." [1; 44]

Yoshlar taqdiriga kuyingan Cho'lponni o'zbek ayoli qismati befarq qoldirmasligi tabiiy hol edi. Shu bois ham Cho'lpon bunday yozadi: "Bechora o'zbek xotuni! Senga 12 yoshingda kafan kiygizgan janoblar tug'ilgan kuningdayoq seni irimlarning bema'ni quchoqlariga irg'itadurlar! Bilmaysen. Bilmaysen. Bilmaganing uchun sen hali ko'p yillar shu irimlar uchun eng toza umidlaringni so'ldirgaysen! Sening bilmog'ing, o'rganmog'ing uchun keng yo'l ochilgan shu zamonda senga ochilgusi maktablarning ta'minoti uchun mahalliy mablag' ( местное средство) ning ko'payishini tilaylik!" [1; 242]. Cho'lponning bu yonib-kuyishlari bekorga emasdi, chunki u o'zbek ayollari orasida ham zehni o'tkir, zukko va iste'dodli, jasoratli ayollar borligini bilardi.

Cho'lpon "Yorqin turmush" jurnalining 1936-yil 4-5-qo'shma sonida chop ettirgan "Uvaysiy" nomli maqolasida Jahon otin Uvaysiyning jasorati va iste'dodi haqida yozadi. Bundan ko'zlangan maqsad ham aslida ayollar masalasiga e'tibor qaratmoq kerakligini yana bir bor yodga solmoq bo'lgan. Maqolada shoiraning asli Marg'ilondan ekanligi, u yerdan xon saroyidagi shoirlar bazmida qatnashish uchun Qo'qonga kelganligi, uni saroyga kiritishmaganda qari kampir qiyofasida kelgani va shoirlar bazmiga kiritishlari uchun "Zaboningni" deya boshlanuvchi quyidagi ikki misrani yozib kiritgani haqida yozilgan:

" Meni "Latazg'lu" deb mahrum etma, bog'bon hargiz, Azal degani bag'rim qonini to'kkan bu gulzora". Cho'lpon Uvaysiy iste'dodi haqida so'z ketganda uning mashhur "Anor" chistonini keltirish orqali uning badihago'ylikda ham tengsiz ekanligini ta'kidlaydi: "Jahon otinga bir kun dasturxon ustida anorni ko'rsatib, shu to'g'risida

bir narsa demakni iltimos qilganlar. Jahon otin o'sha minutning o'zida anor to'g'risida to'rt yo'llik bir she'r yozgan. Badihago'ylik (ekspromt) yo'li bilan yozilgan bu to'rt yo'llik bayt anorni shunday go'zal va san'atkorona tasvir qiladi: Bul na gumbazdir, eshigi, tuynugidan yo'q nishon, Necha gulgunpo'sh qizlar manzil aylabdir makon. Sindirib gumbazni qizlar holidan olsam xabar: Yuzlariga parda tortigliq, turarlar bag'ri qon" Bu to'rtlikni keltirgandan so'ng Cho'lpon quyidagicha izoh keltiradi: "Yuzlariga parda tortilgan "qizlarning" bag'irlari qon" bo'lganini aytgan, saroy cho'ri qizlarining ohi-zorini tasvirlab bergan".

"Istiqbol uchun kurash" esa o'zbek qizining ham o'qimoqqa, dunyo kezib ilm izlamoqqa haqli ekanligi haqida bunday deydi: "Qizil bayroq"ning so'ng sonlaridan birida Ovrupog'a o'qimoq maqsadida bir o'zbek qizining ketmakka hozirlanganlig'i yozilgandir. O'zbek qizi hanuz yangi usul maktablarga hali yolchib kira olgani yo'q. Hatto, o'zbek qizining o'zida pardasi, xohishi-da kishani bo'lmagan erkak bolalari ham yuqori maktablarning muhtasham sahnalarida ko'plashib yura olgani yo'q. Hali o'zbek qizi ota-onaning tilsiz qo'g'irchog'i bo'lishdan qutula olgani yo'q" [1; 193].

Cho'lpon uchun hamisha ham eng muhim vazifa bo'lgan bir vazifa borki, bu jamiytda erkak va ayollarning teng huquqliligi masalasidir. Zotan, Cho'lpon o'zining bu to'g'rida firk yuritilgan maqolasiga ham bejizga " Eng muhim vazifamiz" deb nom bermagan. Maqola bunday boshlanadi: "Zarafshon" rafiqimizda o'rtoq |Ismoilzoda "Unutilgan bir vazifa" sarlavhasi bilan bir bosh maqola yozib, xotin-qizlarimiz orasida maorif tarqatish masalasidan jiddiy suratda bahs etadir. Bizda maktab, o'qish-o'qitish va bilimlik bo'lish masalasi juda jiddiy harakatlar bilan yo'lga qo'yila boshlagan choqda shu bilimdan xalqning erkak-xotunini bab-barobar foydalantirish, haqiqatan, muhim va muhimligi unutilgan bir masaladir". Keltirilgan bu fikrlardan anglashimiz mumkinki, xotin-qizlar ilm olib, o'qib-o'rganishi uchun ham imkoniyat va sharoitlar yaratib berish eng muhim vazifa bo'lish bilan birga unutilgan vazifa ham edi. Ismoilzoda esa bu unutilgan masalani eslatib qo'ygan bo'lsa, Cho'lpon bu eslatib qo'yilgan vazifani eng muhim vazifa qatorida ko'radi. Maqolada jamiyatda o'qish-o'rganish borasida ko'p va xilma-xil fikrlar bo'layotganini yaxshi deya baholaydi va lekin deydi: "Bu qilingan harakat va faoliyat faqatgina ijtimoiyatimizning bir sinfi bo'lgan erlar sinfi uchungina maxsus bo'lib qoldi. Ijtimoiyatning eng nozik bir yeri va balki asos bo'lgan xotin-qizlarning ahvoli hech bir e'tiborga olinmadi" [1; 199].

Cho'lpon, hattoki, Samarqanddek bir viloyat shahrida ham birgina bo'lsa ham muntazam qizlar maktabi yo'qligidan o'kinadi. Ilgari taniqli bo'lgan "Bibixonim" maktabi hozirda so'ng kunlarini o'tkazadir. Bu maktabda 20 -yilda ellikdan ortiq qiz bolalar o'qigani holda, endi yuksalishdan pastlashga yuz tutib, o'quvchilari 7-8 ta qolgani Cho'lponni o'yga soladi. Bu o'ylar esa maqolaga quyidagicha yakun yasaydi: "Bu hol bir Samarqandda emas, har yerda shundaydir. Bu haqida o'ylamoq, tushunmak va ququr tushunmak bilangina qolmasdan, jiddiy va amaliy chora ko'rmak yana siz va bizning vazifamiz" [1; 200].

Cho'lpon jamiyat uchun ayollarning o'qimishli bilimli bo'lishi naqadar zarur bir vazifa ekanligini to'g'ri anlagan shaxs edi. U millat deb yashadi shu millat ertasi uchun kuydi, yondi. Cho'lpon bilardiki, ayolning oilada tutgan o'rni, farzand tarbiyasida tutgan o'rni beqiyos edi. O'qimishli, zehnli ayol tarbiya berishda ham hamisha o'zi uchun to'g'ri yo'nalish tanlay oladi. Nahot endi bunday ayollar son jihatda juda kam bo'lsa. Axir oilada farzandning ilm fanga qiziqishida ham onaning o'rni bor-ku. 20- yillarda "Bibixonim" madrasasida 50 ta ayol ta'lim olgani bu past ko'rsatgichdir. Chunki faqatgina 40-50 ta ayol butun jamiyatdagi ayollar o'rnini bosa olmaydi. Buni ochiq ko'z bilan ko'ra olgan Cho'lpon bu masalani qayta-qayta, erinmasdan qalamga olaveradi, xoh publisistika, xoh dramaturgiya va xoh lirika bo'lsin. Zero, bu mavzuga tur va janr chegaralari begona.

REFERENCES

1. Cho'lpon. Asarlar. 4 jildlik. -T.: Akademnashr, 2016. -B. 200.

2. Cho'lpon - yana oldim sozimni. -T.:G'afur G'ulom nomidagi nashriyot, 1991.

3. Cho'lpon. Vayronalar orasida. -T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1991.

4. Sultonov U. Cho'lponning adabiy-estetik qarashlari. -T.: NDA, 1995.

5. O'roqova O. Cho'lpon badiiy ijodining konseptual-estetik asoslari. -T.: 2018. -37 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.