Научная статья на тему 'BADIIY ASARLARDA AYOLLIK IBRATI'

BADIIY ASARLARDA AYOLLIK IBRATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
818
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Jodugarlik / Rumor sudi / badiiy adabiyot / 5ta muhim tashabbus. / Witchcraft / Court of Rumor / Fiction / 5 Important Initiatives.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shoxsanam Sherzodbek Qizi Karimova

Mazkur maqolada o’tmishda ayollarga bo’lgan munosabatlar, badiiy asarlarda ayol obrazining talqin etilishi bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE LESSONS OF WOMEN IN ARTISTIC WORKS

This article provides information on the treatment of women in the past and the interpretation of the image of women in art.

Текст научной работы на тему «BADIIY ASARLARDA AYOLLIK IBRATI»

BADIIY ASARLARDA AYOLLIK IBRATI

Shoxsanam Sherzodbek qizi Karimova

Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti talabasi shoxsanamkarimova77@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'tmishda ayollarga bo'lgan munosabatlar, badiiy asarlarda ayol obrazining talqin etilishi bilan bog'liq ma'lumotlar aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: Jodugarlik, Rumor sudi, badiiy adabiyot, 5ta muhim tashabbus.

THE LESSONS OF WOMEN IN ARTISTIC WORKS

Shokhsanam Sherzodbek kizi Karimova

Student of the Faculty of History of Andijan State University shoxsanamkarimova77@gmail .com

ABSTRACT

This article provides information on the treatment of women in the past and the interpretation of the image of women in art.

Keywords: Witchcraft, Court of Rumor, Fiction, 5 Important Initiatives.

KIRISH

Ayol- tabiatning oliy xilqati. Ayol- oilalar tirgagi, hayotimiz ustuni. Ayol-ona, ayol-uy bekasi, ayol-rahbar, ayol-ustoz. Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko'rsatish har bir millatga xos bo'lgan eng asosiy jihatlardan biridir. Lekin taassufki, ayrim davrlarda ayol sha'ni va qadrining oyoqosti qilinishi holatlarini ham ko'rishimiz mumkin. Misol uchun, O'rta asrlar ayollar uchun juda ham og'ir bo'lgan. Yevropada qiz bolani har qanday o'tkinchi yo'lovchi joduda ayblashi mumkin edi. XIV asrdan XVIII asrgacha bo'lgan davrda Evropada "jodugar"likda ayblanib taxminan 40-50 mingta inson olovda yoqib yuborilgan. Ularning ko'pchiligini esa xotin-qizlar tashkil qilgan. 1613 yili Niderlandiyada mashxur Rumor sudi bo'lib o'tdi va unda butun Evropada misli ko'rilmagan darajada ko'proq "jodugar"lar yoqib yuborildi. Birinchi bo'lib gulxanga yangi tug'ilgan chaqaloqlarni la'natlashda ayiblangan doya ayol Entyen Djillis tashlangan va shunga o'xshash bir qancha yolg'on ayblovlar bilan jami 63 nafar ayol olovda yondirildi. Bundan tashqari johiliya davrida ham ayollarga nisbatan g'oyatda yomon munosabatda bo'lingan. Yangi tug'ilgan qiz farzandlar tiriklayin ko'milgan. Ayollarning hech qanday huquq va erkinliklari bo'lmagan, ularga past nazar bilan qaralgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Biz o'z navbatida insonshunoslik bo'lmish badiiy adabiyotda ham turli xil tahqirlangan, orzulari poymol etilgan ayollar obrazini ko'rishimiz mumkin. Misol uchun, atoqli adib Abdulhamid Cho'lpon qalamiga mansub "Kecha va kunduz" romanidagi Zebi obrazini olamiz, u o'zining soddaligi, husni, odobi, noyob iste'dodi bilan har qanday kitobxonning mehrini qozonadi. Zebi dunyodagi eng yaqin kishisi bo'lmish otasidan g'oyatda qo'rqadi. Ammo uni yomon ko'rmaydi. Otasining hoxishi bilan o'zining barcha orzularidan voz kechib majburan otasi tenggi, ammo undanda johilroq bo'lagan kimsa - Akbarali mingboshiga turmushga chiqadi. U mingboshining boshaqa hotinlari singari na me'rosga ega bo'lishni, na boylik orttirishni o'ylaydi. U taqdirga, qissmatga ko'nadi holos, asar yakunida esa, aybsiz aybdorga aylanadi. Taniqli yozuvchi Mushfiq Kozimiyning XX asr 1-choragidagi Tehrondagi haqiqatdan ham qo'rqinchili voqealar tasvirlangan "Qo'rqinchli Tehron" romanida Maliktojhonim, Mahin, Iffat singari ayollarning ayanchli qismatlari aks ettiriladi. Kitobda o'sha davrda ayollarga manfaat yo'lidagi bir vosita, mansab pillapoyalaridagi narvon deb qaralganligi yaqqol aks ettirib berilgan. Bunga misol qilib, Mahinning otasini unga aytgan quyidagi gaplarini keltirishim mumkin: "Qizim, inson daraxtni mevasidan bahramand bo'lish uchun ekadi, farzand ham shunga o'xshagan narsa, ya'ni undan biror manfaat ko'rishni istaydi... Endi men ham seni Siyovushga berib,eng oxiri sening shu to'yingdan foydalanib deputat bo'lmoqchiman"1 "Qo'rqinchli Tehronda yigitlar faqatgina moddiy manfaat uchun uylanishadi. Ayol bechora esa qarshilik ko'rsata olmaydi chunki, unda huquq yo'q! Uning fikrini inobatga olmaydilar, u savodsiz. U inson emas bir matoh kabidir. "Qo'rqinchli Tehron" romanida ayollar huquq va erkinliklarining toptalishi, savodsizlik, erta turmush singari dolzarb masalalalar aks ettiriladi. Asardagi Iffat obrazini olamiz, u Tehrondagi ulug' xonadonlardan birining yakkayu-yagona qizi. U ilmdan o'yin-kulguni ustun qo'yib katta bo'ladi, 14 yoshida Ali Ashrafxonga turmushga chiqadi. Butun hayoti barbod bo'ladi. Mahin esa, Eronning savodsiz qizlaridan emas, u o'zini orzu-havaslari yo'lida qurbon qilmoqchi bo'lgan otasiga qurbon bo'lmasligi kerakligini tushunar edi. Lekin Mahin zodagonlar aynigan, ayollar xo'rlangan, badahloqlik, faxsh, johillik tomir otgan Tehronda yashaydi. Bu jirkanch muhit ohiri baribir uni qurbon qiladi. Agar davom ettiradigan bo'lsak ayollarning ayanchli qismatlari tasvirlangan asarlar bisyor. Lekin shu bilan bir qatorda ayol siymosi g'oyatda ulug'vor tushuncha ekanligini tarannum etguvchi, hayotdagi har qanday qiyinchilik va sinovlarga aslo taslim bo'lmay uni kuchli iroda, sabr-bardosh bilan yengib pirovardida ulkan baxt-saodatga erishgan, o'zlarining yuksak fazilatlari bilan barchaga o'rnak bo'la oladigan qahramon ayollar obrazi aks ettirilgan go'zal badiiy asarlar ham kam emas. Misol uchun, «Ming bir kecha» ertaklari orqali ayol obrazi eng yuqori mo'jizaviy estetik hilqat sifatida tasvirlanadi. O'zbek xalqining jahon

1 Mushfiq Kozimiy "Qo'rqinchli Tehron" G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. Toshkent 1971 y.

xalqlari madaniy merosiga qo'shgan eng munosib javohirlaridan biri bo'lmish "Alpomish" dostonidagi Barchin obrazi esa o'zida vafo, sadoqat, mardlik, jasorat singari eng yukasak fazilatlarni mujassam etgan. Shu o'rinda eslatish joizki, Dante qalamiga mansub «Ilohiy komediya» asarining «A'rofa» qismi bevosita biz bilgan Turon malikasi To'marisning jasoratiga bag'ishlangan. Shekspir To'maris obrazini Yevropa ayollariga namuna qilib ko'rsatgan. Fransuz adabiyotida esa To'maris fransuz milliy qahramoni Janna D'Ark darajasida ulug'langan. Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" hamda "Mehrobdan chayon" romanlaridagi Kumush va Ra'no, Muhammad Alining "Sarbadorlar" romanidagi Jahonbika, O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romanidagi "Qora amma", Robiya singari, jahon adabiyotida esa Shekspirning "Qirol Lir" tragediyasidagi Kordeliya, Emil Zolyaning "Ayol baxti" romanidagi Deniza, Tagorning "Halokat" romanidagi Kamola, Hemnolini, Rashod Nuri Guntekinning "Farida"si, Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" romanidagi Fotima singari qahramonlar shular jumlasiga kiradi. Ular har qanday sharoitda ham taslim bo'lmaydi, kurashishdan aslo to'xtamaydi, eng qiyin vaziyatlarda ham o'zligini yo'qotmaydi va eng muhimi ular "ayol" ekanliklarini unutmaydilar va aynan mana shu fazilatlari bilan butun dunyo ayollariga yuksak na'muna bo'la oladilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi globallashuv jarayonida ham jamiyatimiz hayotida xalqimizning ma'naviyati, siyosiy hamda diniy savodxonligini oshirish davrning eng katta talabi bo'lib qolmoqda. Bu borada esa ayollar masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. "Bugungi kunimizda inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida ayollar huquqlari, erkak va ayol o'rtasidagi ijtimoiy va huquqiy tenglik masalasi mavzuning dolzarbligini ko'rsatmoqda. Chunki hozirgi kunda dunyoning ko'plab mintaqalari ayollarning jamiyatdagi mavqei, ular huquqlarining poymol etilayotganligi bilan bog'liq jiddiy muammolar yuzaga kelyapti". Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng respublikamiz qonuchiligda ham xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish va ularga qator imtiyozlar belgilash to'g'risida bir qancha farmon, qaror, qonun hamda qator qonunosti hujjatlar qabul qilindi. Bu hujjatlarda ayollarga mehnat, davlat va ijtimoiy qurilish sohasida, pensiya ta'minoti, bolali ayollarga belgilanishi lozim bo'lgan boshqa imtiyozlar kafolatlangan. Bundan tashqari parlament tarkibida ayollarning tarkibiy soni aniq foizlarda belgilab qo'yildi. 2017-2021 yillarga mo'ljallangan harakatlar strategiyasida hamda yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusda ham ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyatdagi rolini kuchaytirish, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka keng jalb etish va oila poydevorini yanada mustahkamlash kabi masalalar

2 Giddens E Sotsiologiya. - M.: Editorial URSS. - 1999. p.14.

belgilangan. Bugungi kunda yurtimizdagi davlat va jamoat tashkilotlari tizimida qariyb 1 ming 500 nafarga yaqin ayol rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda. O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan xotin-qizlar faolligini oshirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 5 ta siyosiy partiya bilan yaqin hamkorlik o'rnatilib, 10 ming nafarga yaqin salohiyatli, faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 24-yanvar kuni Oliy Majlis palatalariga yo'llagan navbatdagi Murojaatnomasida ham ayollar masalalariga alohida to'xtalib o'tdi va "Ushbu masalada o'tgan yillar davomida ko'rilgan qator amaliy choralarga qaramasdan, haligacha yurtimizda og'ir turmush sharoitida yashab, ish bilan ta'minlanmagan 13 mingdan ziyod xotin-qizlar borligi achinarlidir"3. - deya ta'kidladi hamda xotin-qizlarni davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni ilgari surdi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko'lamli ishlarni amalga oshirish bugunning asosiy mavzusizdir.

REFERENCES

1. Mushfiq Kozimiy "Qo'rqinchli Tehron" G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. Toshkent 1971 y.

2. Giddens E Sotsiologiya. - M.: Editorial URSS. - 1999. p. 14.

3. http://xs.uz/uz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-oliy-mailisga-muroi aatnomasi

3 http://xs.uz/uz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziYOYevning-oliY-mailisga-muroiaatnomasi

I Uzbekistan Page 539 |

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.