Научная статья на тему 'Отношение правительства России к национальной системе образования по вопросу ликвидации женской неграмотности в Туркестанском крае'

Отношение правительства России к национальной системе образования по вопросу ликвидации женской неграмотности в Туркестанском крае Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
45
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
национальная культура / школы нового метода / женская неграмотность / курсы неграмотности / атиной / пропаганда равенства / политика репрессий / джадидизм. / national culture / new method schools / female illiteracy / literacy courses / atinay / promotion of equality / policy of repression / jadidism.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Муҳайё Эргашева

В данной статье особое внимание уделяется вопросу ликвидации женской неграмотности. Приводятся данные о деятельности школ нового метода и русско-туземных школ. Были высказаны мнения и соображения о различных ситуациях в процессе ликвидации женской неграмотности.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The attitude of the russian government to the national education system on the issue of ending women illiteracy in the Turkestan region

In this article, special attention is paid to the issue of eliminating female illiteracy. The data on the activities of the new method schools and Russian-native schools are presented. Opinions and considerations were expressed on various situations in the process of eliminating female illiteracy.

Текст научной работы на тему «Отношение правительства России к национальной системе образования по вопросу ликвидации женской неграмотности в Туркестанском крае»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The attitude of the russian government to the national education system on the issue of ending women illiteracy in the Turkestan region

Muhayyo ERGASHEVA1

Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2021 Received in revised form 20 June 2021 Accepted 15 July 2021 Available online 15 August 2021

Keywords: national culture, new method schools, female illiteracy, literacy courses, atinay,

promotion of equality, policy of repression, jadidism.

In this article, special attention is paid to the issue of eliminating female illiteracy. The data on the activities of the new method schools and Russian-native schools are presented. Opinions and considerations were expressed on various situations in the process of eliminating female illiteracy.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Turkiston o'lkasida ayollar savodsizligini tugatish masalasida milliy ta'lim tizimiga Rossiya hukumatining munosabati

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

milliy madaniyat, yangi usul maktablari, ayollar savodsizligi, savodsizlik kurslari, otinoyilar,

teng huquqlilik targ'iboti, qatag'on siyosati, jadidchilik.

Ushbu maqolada ayollar savodsizligini tugatish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Yangi usul maktablari va rus-tuzem maktablari faoliyati to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Ayollar savodsizligini tugatish jarayonidagi turli xil holatlar haqida fikr va mulohazalar yuritilgan.

1 Andijan State University, Andijan, Uzbekistan.

Отношение правительства России к национальной системе образования по вопросу ликвидации женской неграмотности в Туркестанском крае

Zamonaviy qarashlarning milliy va ilmiy asoslari doim ham bir xil jarayonda birlashtirilmaydi. Zero, har bir jamiyatning asosi urf-odati bilan yangidan kirib kelgan madaniyati o'rtasidagi tafovutni yengish masalasi mavjud bo'ladi.Tarximizning har bir zarvarag'i bizga ishonchli saboq va g'urur, iftihor beraoladi. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek "Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasiniasrab - avaylab, qalbimizda yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoiylik vajasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishigabag'ishlagan ustoz va murabbiylarimiz zamondoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanamiz" [1].

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Yurtimizning Rossiya mustamlakachilik davr muhitini keng yoritgan olim R. Shamsutdinovasarlarida Rossiyaning ta'lim jarayoniga qilgan ta'sirini turli qarashlarda isbotlanishini ko'ramiz. Ilk qatag'on davrlarida ziyolilar sinfining faol qurboni bo'lganini va ular doimiy tazyiq ostida ekanligini ko'rishimiz mumkin [2]. Dastlab kirib kelgan mustamlakachi ruslar O'zbekiston hududidagi milliy mentalitetning shakllanishiga bir necha asr vaqt sarf etgan bo'lsa, uni mustamlakachi bo'lib kirib kelgan Rossiya hukumati tomonidan yemirish jarayoni uchun bir necha o'n yil yetarli bo'ldi xolos. Bu jarayon avj olib butun jamiyatni qamrab olishi uchun barcha qatlamiga birdek munosabatni talab etgan va qonun qoidalarida "teng huquqlilik" ni targ'ib etgan. "Bir millatni yo'q qilmoqchi bo'lsang uni qirib tashlash shart emas uning madaniyatini tugat uni o'zi yo'q bo'lib ketadi" degan firkni aytgan rus daholaridan biri uchun O'zbekiston hududi ham bir tajriba maydoniga aylandi. Ayollarning ijtimoiy hayotdagi o'rnini oshirish masalasi aslida ulardan ishchi kuchi sifatida foydalanish masalasini ko'ndalang qo'yardi. Shu sababli ayollarni dastlab jamiyatga qo'shish uchun ularni ta'lim olish jarayoni tashkil etildi. Barcha mavjud madrasalar eskilik sarqiti, eski maktablar deb nomlandi, madaniyatni singitishning bir usuli sifatida rus tilini o'rgatish targ'iboti avj oldi. 1914-yilda Eshonquli va Beglarbegi madrasalarida rus tilida ta'lim berish boshlangani e'lon qilingan. Bu haqida "Turkiston viloyatining gazetasi" batafsil ma'lumot bergan [3]. Bu 1917-yil oktabr to'ntarilishidan keyingi holatda tubdan o'zgargan islohotlarni olib keldi. Xotin-qizlar madaniyatini oshirish masalasi ko'tarilganda 1919-yildan butun o'lkada savodsizlikni tugatish masalasi avj oldi. Ayni ta'lim sohasining yangilanishi yuzasidan ham bir tomonlama qarashlarning yuzaga

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

национальная культура, школы нового метода, женская неграмотность, курсы неграмотности, атиной,

пропаганда равенства, политика репрессий, джадидизм.

В данной статье особое внимание уделяется вопросу ликвидации женской неграмотности. Приводятся данные о деятельности школ нового метода и русско-туземных школ. Были высказаны мнения и соображения о различных ситуациях в процессе ликвидации женской неграмотности.

KIRISH

kelishi Turkiston o'lkasida asrlar davomida shakllanib kelgan milliy ta'lim va tarbiyani inkor etish masalasi o'sha davr tili bilan aytilganda "madaniy inqolob", ya'ni aholining savodsizligini tugatish masalasi yuzaga keldi. Bu masala xotin-qizlar savodsizligini tugatish jarayoni bilan turli qiyinchiliklarga duch keldi. Shariat qoidalari bilan ayollar masalasini savodliligi bu otinbibilardan uyda olingan arab tili va hadis savodxonligi hisoblangan edi. Islom arkonlari bilan tarbiyalangan musulmon olamida hali ayollarni tashqi muhitdagi faoliyati to'liq o'qlanmagan bir paytda yana hali o'zi duch kelmagan rus tilidagi savodni chiqarish birmuncha tafovutlarni ham paydo qilib, O'zbekiston xalqi uchun ba'zan bu reaktiv harakatlarni ham yuzaga keltira boshladi. Eski maktab, madrasalar o'rnida yangi rus-tuzem maktablarini ochish masalasi aholi o'rtasida yaxshi munosabatda kutib olinmadi. Zero, 1919-yildan hududda keng avj olgan masala bu "rus-tuzem", "yangi usul" maktablarini ochish va ulardagi o'quvchilarni xotin-qizlar faoliyati bilan boyitish hisoblanardi. Erkaklar bilan bir qatorda ayollarni maktab yoshidagilarini majburiy ta'limga jalb etilgan bo'lsa, qolgan qismini to'garaklar faoliyatini tashkil etish bilan savod o'rgatishga kirishildi. Sovet hokimiyati xotin-qizlar o'rtasida olib borgan siyosatni mustamlakachilik asosini va mohiyatini niqoblashga, sayqallab faqat ijobiy tarafdan ilg'orlikka chaqirish deb ko'rsatdi. Bu negiz bilan ular bir qancha maqsadlarni ko'zlab, ularni asta-sekin namoyon etdilar:

y O'zbek ayollarining milliy mentalitetiga xos xususiyatni yemirib ulardagi "zamonaviylik" prinsipini targ'ib etdi;

y Ayollar ruhiyatida erkaklar bilan teng huquqlilik jarayonini tarbiyalab, isyonkorlik qarashlarini yaratdi;

Ular ongida siyosiy qarashlarni rivojlantirish asnosida milliy o'zlikni anglash masalasidagi tug'ma ehtiyojlarni yemirib ularni mustamlakachilikning kollektivlashish jarayoniga oid qarashlarini yaratish masalasini keng targ'ib qildi [4]. Bu madaniy va ong qarashlarini singdirish uchun dastlabki faoliyat ta'limga urg'u berish bilab boshlandi. Mavjud qarashlar va madaniyat omillaridan mutloqo farq qiluvchi jamiyatni yaratish uchun ilk qadamlar qo'yildi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

O'zbekistonda xotin-qizlar savodsizligini tugatish masalasi bilan ularni madaniy jihatdan rivojlantirish, shu asos bilan ularni "ozodlikka"chiqarish masalasida o'lkaning barcha yuqori tashkilot raxbarlari o'z nutqida alohida takidlar edi.Shu o'rinda Y. Oxunboboyev, A. Ikromov, F. Xojayevlarning siyosiy nutqlari asosiga aylangan masala edi [5]. 1921-yil 15-aprelda Toshkentda bo'lib o'tgan kommunistik yoshlar ittifoqi Markaziy Qo'mitasi majlisida yoshlar qo'mitalari qoshida qizlar bilan ishlash maxsus bo'limini tashkil etish haqida qaror qabul qilinadi.Bu qaror 1920-yilning oxirigacha tashkil etilgan O'zbekistonning 45 ta viloyat, shahar, volostlaridagi xotin-qizlar bo'limlarida to'liq amaliyotga joriy etildi [6]. Ushbu bo'limlarning asosiy maqsad va yo'nalishlari Turkiston o'lkasi xotin - qizlarini milliy ruhiyatdan voz kechtirish, ulardagi ongini madaniy sohalar asosida mutlaqo sovet tuzumi siyosatiga moslash, ichki oilaviy itoatkorlik hayotigan chiqarib jamiyatning faollikdagi ishchilar sinfiga qo'shish hisoblandi. Bu jarayon Sovet hokimiyatini ayollar ozodligi masalasi deb ko'tarilgan masalasini butkul o'zini oqlashi uchun,doimiy uy yumushlari, bola tarbiyasi, bilan mashg'ul bo'ladigan ayollarni kunu-tun jamiyat, davlat bilan uzviy bog'lash bilan oqlash jarayonini yuzaga keltirdi. Milliy tarbiya

usullaridan voz kechish va atrofdagilar,oila a'zolari orasidagi demakratik tarbiya omili davrlar hukumatiga nisbatan itoatkorlikni talab etardi.

1921-yildan isloh etilib 1924-yildan davlat dasturi asosida o'qitilgan rus-tuzem maktablarida asosiy e'tibor aynan xotin-qizlarni ta'limga jalb etish bilan ham alohida xususiyatli hisoblandi.Turkiston Respublikasi Bosh vaqf boshqarmasining maktab shohobchalari 1924-yil 1-sentabrdan boshlab barcha hududda o'z faoliyatini boshladi [7]. Barcha diniy, madaniy va maorif masalalarni hal etish jarayoni Vaqf boshqarmasidan endilikda Turkiston Respublikasi Maorif xalq komissaryati qoshida tashkil etildi.

TAHLIL VA MUHOKAMALAR

Xalq Maorif komissaryatiga asosiy vazifa etib mavjud eski tartibdagi maktab-xonalarni islohot jarayoni bilan zamonaviy ko'rinishga moslash va ulardagi o'quv faoliyatini rus-tuzem maktablariga almashtirish masalasini hal etish hisoblangan. Aynan ushbu masala yuzasidan xalq "Maorif komissiyasining Akademik bo'limi faolilayati yo'lga qo'yilib, ushbu akademik bo'lim 1923-1924-o'quv yili uchun madrasalarni yangi usuldagi rus-tuzem maktablariga moslashtirish uchun maxsus o'quv dastur ishlab chiqib butun o'lka hududida amaliyotga joriy etdi. O'quv dasturni Bosh vaqf boshqarmasi kollegiyasi raisi o'rinbosari Aliyev, Akademik bo'lim boshlig'i M. Abdurashidxonovlar imzosi bilan tasdiqlangan [8]. Ushbu dastur asosida tashkilot Turkiston o'lkasidagi barcha tashkil etilgan uyezdlarning madrasa,maktablarini hisobga olib ularni yangi usul maktablariga moslash jarayonini taftish etish, shuningdek hududdagi komunistik g'oyalarga sodiq kishilarni tanlab pedagog kadr sifatida maxsus kurslarda o'qishlarini ta'minlash bilan shug'ullandi.Yuklatilgan vazifaga binoan "Bosh vaqf boshqarmasi 1923-yil yanvar oyidan 1-sentabriga qadar Fargona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida 198 ta madrasa, 224 ta eski maktabni hisobga oldi.Ularning 21 ta madrasa va 29 ta eski maktabi shu o'quv yilida rus-tuzem maktablariga qayta isloh qilindi [9]. Dastlab ushbu ish qilingan maktablarda 40 % ta'lim jarayoni dunyoviy fanlar o'qitilishiga o'tkazilgan bo'lsa keyingi o'quv yili uchun har kungi darslar savodsizlikni tugatish bilan bog'liq hisoblanib, alfavitni o'qish, yozish, bo'g'inlab o'qish, oddiy arifmetik matematik hisoblarni o'rgatish bilan jami 3 soatdan dars tashkil etilgan.Maktablar o'quvchi soni, savodsizlikni tugatishdagi jarayon yuzasidan turli bosqichlarni amalga oshirish bilan 1 va 2 darajali maktablar sirasiga bo'lindi [10].

Dastlab ochilgan maktablarning barchasida alohida qizlar uchun sinflar tashkil etilishi ko'zda tutilgan bo'lsada,islom shariat qoidalari asosida tarbiyalangan qizlarning dastlab ko'chada yurishi, keyingi o'rinda o'g'il bolalar bilan o'qishi juda ta'sirli tuyuldi. Shuningdek, o'rganilgan tadqiqotlar tahlilida bu davr uchun chop etilgan umumlash-tirilgan asarlarda maktab va madrasalar diniy g'oyalarnitarg'ib qiluvchi hurofot o'choqlari sifatida tavsiflanib, islom dinining jamiyat hayotidagi tutgan o'rnini sovet hokimiyati mafkurasi nuqtai nazaridan turib izohlardi [11]. Shu sababli islom madaniyatiga ko'r -ko'rona hurmat - e'tibor ko'rsatgan Sovet hokimiyati 1924-yildan qizlar uchun alohida binoda maktablar va ayol o'qituvchilar dars berish jarayoni shakllantirildi.Mahalliy aholining alohida qarshilik jarayonlarini yengib turli madaniy tadbirlar, savod o'rgatish to'garaklarining tashkil etilishi, ayollarni ijtimoiy faolligini oshirib, siyosiy hayotga tortish jarayonini avj oldirdi. O'zbekistonda ayollarni ta'lim jarayoni 1926-yil avj olgan holdagi ommaviy paranji tashlash marosimlari va "hujum" harakarlarining natijasida o'zining amaliy natijalarini ko'rsata oldi deyish mubolag'a emas.

Toshkent xalq ta'limi bo'limi 1925-1926-o'quv yili yakuni va 1926-1927-o'quv yili 1 - choragi uchun bergan yillik hisobotida quyidagi ma'lumotni keltiradi." Toshkent viloyati xalq ta'limida maxsus ayollar ta'limi uchun alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, 9 ta ayollar maxsus maktablari mavjud. Ushbu maktabda hududning 925 ta o'quvchi qizlar sinf sistemasi asosida yosh katigoriyasiga bo'lib o'qitilmoqda, bundan tashqari turli yoshdagi ayollar savodsizligini tugatish yuzasidan 20 ta savodsizlikni tugatish maktablari 481 nafar ayollar o'z savodlarini chiqargani haqida ma'lumot beriladi.Shu o'rinda 1926-1927-o'quv yilining 1 - choragi uchun ayollarning savodsizlikni tugatish maktablarini Toshkentning chekka hududlarida 8 tatashkil etib ularga hududning jami 293 nafar xotin - qizlari jalb etilgan bo'lsa, Mirzacho'l rayonida 8 ta shunday maktablarda 297 nafar ayollar savod chiqarishi tashkillandi" [12]. Bu jarayonda maktablar bilan birgalikda barcha hududlarda tashkil etilgan xotin-qizlar savodsizligini tugatish kurslari ham salmog'li faoliyatga ega edi. Zero, 1923-1924-o'quv yilida aynan vodiy hududlarida 23 ta kursda 500 nafar ayollar savod o'rgangan bo'lsa, bu salmoq yildan yilga o'sganini guvohi bo'lamiz. 1924-1925-o'quv yilida 51 kurs va 1023 ta kurs bitiruvchilar, 1925-1926-o'quv yili yakunida esa 82 ta kursda 2700 nafar bitiruvchi ayollar savod o'rganib jamiyatning ishchilar sinfiga qo'shilganini guvohi bo'lamiz [13]. Bu kurslarni muvofaqqiyatli bitirgan ayollarga "savodlilik" sertifikati taqdim etilib ular jamiyatning barcha sohalarida erkin faoliyat yuritishi uchun alohida bir katta maqomga ega hujjat hisoblanardi. Ba'zan bunday savodsizlikni bitirish kurslari zavod, fabrikalar qoshida tashkil etilib, unda ishtirok etgan ayollarga kunlik ish soatidan chegirmalar, yoki, sertifikatga ega ayollar uchun qo'shimcha haq ham to'langanligini guvohi bo'lamiz. Mavjud arab tili grammatikasi asosidagi ta'limni eskilik deb siqib chiqarish borasida 1929-yil lotin alifbosiga o'tish ta'sis etilgan bo'lsa, bu ko'p o'tmay Rossiya ta'limi asosi krill alifbosiga o'tishga yo'l ochib berdi.

Zo'r berib olib borilgan faoliyatning negizini milliy raxbarlarimiz ham to'liq oqlar bu esa jiddiy oqibatlaga sabab bo'lardi. 1926-yil O'zbekiston Xalq maorifi Kommissari etib tayinlangan milliy kadrimiz Davlat Rizo o'g'li "O'zbekiston maorifi va madaniy masalalari" to'plamida e'lon qilingan maqolasida shunday yozadi, "Nasllarimizning tarbiyasi ko'p joylarda o'sha xurofotchilarning markazi bo'lgan eski maktabga bog'liqdir.Eski maktab quchog'ida minglab ishchi va dehqon bolalari qurbon bo'ladilar" [14]. Shu qarashlarni singdirish asosida "qurbon" deb tariflangan bolalar ayni qizlar bo'lib ulardagi jamiyat hayotiga daxldorlik va siyosiy faollik munosabatlarini rivojlantirish yuzaga keltirildi.Sovet hukumati uchun o'sha davrning eng ehtiyojli sohalarida ayollar salmog'ini oshirishga urunishlar avj oldi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yurtimiz tarixining eng og'riqli nuqtasi bo'lgan mustam-lakachilik davri siyosiy jarayoni hech bir sohani chetlab o'tmadi. Ta'limsohasining tubdan isloh qilinishi uchun ham qat'iy tartib qoidalar rus hukumatining qarashlariga moslandi. Xatto shu tuzum ta'limini milliy usulda davom ettirish masalasidagi "Turkiston jadidlari" faoliyatining qat'iy nazorat ostidagi tazyiq bilan oxir oqibat qatag'on siyosatining eng birinchilardan jabrlangan kishilariga aylantirilishini ko'rishimiz mumkin. Demak, mustamlakachi Rossiya uchun Turkiston o'lkasining rivojlanishi emas balki, ishlab chiqarish va ishchi kuchidagi salmog'igina muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Bir so'z bilan aytganda, XX-asrning 20-30-yillaridagi tubdan mustamlakachilik siyosatining ta'sirli negizi ta'lim sohasiga bo'lgan ta'sirda yaqqol namoyon bo'ldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Mirziyoyev Sh, "Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" - Toshkent "O'zbekiston" 2016. - B. 5.

2. R. Shamsutdinov, B. Rasulov "Turkiston maktab va madarasalari tarixi" Andijon. 1995. - B. 12.

3. Sanobar Shodmonova. "Turkiston tarixi-matbuot ko'zgusida" (1980-1917-yillar) T.: 2011. - B. 200. Ijtimoiy ahvoli. Ilmiy xabarnoma (Andijon Davlat Universiteti). 2010. -3-son.

4. D. Sobirova. "Sovetlar davrida O'zbekiston xotin - qizlarining ijtimoiy ahvoli" Ilmiy xabarnoma (Andijon Davlat Universiteti). 2010. - 3-son. - B. 65.

5. R. Shamsutdinov., B. Rasulov "Turkiston maktab va madarasalari tarixi" Andijon 1995. 16-sahifa.

6. A. Xamidova. "Ocherki istori komsomola Sredniy Aziya" Toshkent 1966. - B. 166.

7. Markaziy Davlat arxivi fond - 34, opis - 1, ish - 2727. - B. 57.

8. Markaziy Davlat arxivi fond - 34, opis - 1, ish - 1758. - B. 89.

9. Markaziy Davlat arxivi fond - 34, opis - 1, ish - 1758. - B. 158.

10. A. Xamidova. "Ocherki istori komsomola Sredniy Aziya" Toshkent 1966. - B. 126.

11. M.O. Alihodjayev "Rossiya imperiyasi va sovet davrida qo'qon xonligi ta'lim tizimining o'rganilishi". Ilmiy xabarnoma (Andijon Davlat Universiteti). 2014. - 3-son. - B. 68.

12. Markaziy Davlat arxivi fond - 94, opis - 5, ish - 23. - B. 27.

13. M. Ergasheva "O'zbekiston tarixida ayollarning ijrimoiy hayotini tubdan o'zgarish masalalari" Toshkent. O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar ilmiy konfirensiya. 2020. - 19-son. - B. 40.

14. A. Xamidova. "Ocherki istori komsomola Sredniy Aziya" Toshkent 1966. - B. 166.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.