Научная статья на тему 'O'ZBEK VA TURK ERTAKLARIDA "YAXSHILIK" KONSEPTINING IFODALANISHI'

O'ZBEK VA TURK ERTAKLARIDA "YAXSHILIK" KONSEPTINING IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1382
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ertak / janr / xalq og’zaki ijodi / umumbashariy qadriyatlar / “yaxshilik” / folklore va h.k. / fairy tale / genre / folklore / universal values / "goodness" / folklore / etc.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abduqayumova, Shaxnoza Abdufattoyevna

“Sharqqa donishmandlik xos”, degan edi Abdulla Oripov. Darhaqiqat, biz sharq xalqalari rostdan ham yozgan narsalarimiz, aytgan she’r-dostonlarimiz orqali kimgadir nasihat qilishga urinamiz. O’zbek xalq ijodiga xos bo’lgan ertaklar ham ayni vaqtda bir xil vazifani bajaradi. Jahonning bir qator millat-elatlarida ham ertak janri mavjud. Ammo barcha ertaklarda ma’noviy butunlik boshqa-boshqa narsalarg qaratilishi mumkin. O’zbek ertaklarida asosiy xulosa “yaxshilik”ka qaratiladi. O’zbeklarga qardosh bo’lgan turk ertaklari ham shu jumladan, o’quvchilari uchun yaxshilik ulashishga intiladi. Ushbu maqolada muallif o’zbek va turk ertaklari va ulardagi umumbashariy “yaxshilik” tushunchasi haqida batafsil bayon qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF THE CONCEPT OF "GOODNESS" IN UZBEK AND TURKISH FAIRY TALES

Abdulla Aripov said that "Wisdom belongs to the East” . Really, We exhort someone with what we write, what we tell whom We are the peoples of the east.. Fairy tales of Uzbek folklore have the same function. There are also fairy tale genres in a number of nations around the world. But in all fairy tales, spiritual integrity can be focused on different things. In Uzbek fairy tales, the main conclusion is ";goodness". Turkish fairy tales, which are brothers to Uzbeks, also try to do good for their students. In this article, the author describes in detail the Uzbek and Turkish fairy tales and the universal concept of ";goodness" in them.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK VA TURK ERTAKLARIDA "YAXSHILIK" KONSEPTINING IFODALANISHI»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEK VA TURK ERTAKLARIDA "YAXSHILIK" KONSEPTINING

IFODALANISHI

"Sharqqa donishmandlik xos", degan edi Abdulla Oripov. Darhaqiqat, biz sharq xalqalari rostdan ham yozgan narsalarimiz, aytgan she'r-dostonlarimiz orqali kimgadir nasihat qilishga urinamiz. O 'zbek xalq ijodiga xos bo 'lgan ertaklar ham ayni vaqtda bir xil vazifani bajaradi. Jahonning bir qator millat-elatlarida ham ertak janri mavjud. Ammo barcha ertaklarda ma 'noviy butunlik boshqa-boshqa narsalarg qaratilishi mumkin. O'zbek ertaklarida asosiy xulosa "yaxshilik"ka qaratiladi. O 'zbeklarga qardosh bo 'lgan turk ertaklari ham shu jumladan, o 'quvchilari uchun yaxshilik ulashishga intiladi. Ushbu maqolada muallif o 'zbek va turk ertaklari va ulardagi umumbashariy "yaxshilik" tushunchasi haqida batafsil bayon qiladi.

Kalit so'zlar: ertak, janr, xalq og'zaki ijodi, umumbashariy qadriyatlar, "yaxshilik", folklore va h.k.

Abdulla Aripov said that "Wisdom belongs to the East" . Really, We exhort someone with what we write, what we tell whom We are the peoples of the east.. Fairy tales of Uzbek folklore have the same function. There are also fairy tale genres in a number of nations around the world. But in all fairy tales, spiritual integrity can be focused on different things. In Uzbek fairy tales, the main conclusion is "goodness". Turkish fairy tales, which are brothers to Uzbeks, also try to do good for their students. In this article, the author describes in detail the Uzbek and Turkish fairy tales and the universal concept of "goodness" in them.

Keywords: fairy tale, genre, folklore, universal values, "goodness", folklore, etc.

Абдулла Арипов сказал: «Мудрость принадлежит Востоку». Действительно, мы увещаем кого-то тем, что пишем, что говорим, кому Мы -народы Востока .. Сказки узбекского фольклора имеют ту же функцию. Есть и сказки. жанров в ряде народов мира. Но во всех сказках духовная целостность может быть сосредоточена на разных вещах. В узбекских сказках главный вывод - «добро». Турецкие сказки, братья узбеков, тоже пробуют делать добро своим ученикам В этой статье автор подробно описывает узбекские и турецкие сказки и универсальное понятие «добро» в них.

Abduqayumova Shaxnoza Abdufattoyevna

O'zMU magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова: сказка, жанр, фольклор, общечеловеческие ценности, «добро», фольклор и др.

KIRISH

Ertaklarning paydo bo'lishida qadimiy urf-odat, marosimlar va miflar hal qiluvchi rol o'ynagan. Ertaklarning mustaqil janr sifatida qaror topishi olam haqidagi ibtidoiy tushunchalar xayoliy shaklda ifodalangan davrlardan boshlangan. Chunki bu davrlarda aniq voqea va hodisalar, urug' va qabilalar turmushi bilan bog'liq miflar, an'anaviy urf-odatlar o'z kuchi va maishiy vazifasini yo'qotib, kishilar ongida g'aroyib narsa bo'lib anglashila boshlagan edi. Ertak motivlarining dastlabki namunalari ta'limiy-didaktik xarakterda bo'lib, keyinchalik ijtimoiy-maishiy mohiyat kasb etgan. Hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertaklar epik folklorning eng sermahsul janri. Dunyoning hamma qit'alarida, barcha xalqlarda ertaklar va uning xalq orasida tashib yurgan ertakchilari, uning nazariyachilari -ertakshunoslar bor. O'zbek ertakchiligi ham uzoq tarixga ega. «Dede qo'rqut» kitobidan buyon to XX asrning boshlarigacha yuzaga kelgan barcha adabiy, badiiy obidalarida, turli shaklda o'zbek xalqining qadimiy ertakchiligi, dostonchiligi, qissalari, afsonalari o'z izlarini qoldirgan1. Ertak so'zining qachondan beri aytilishini aniq ko'rsatish qiyin bo'lsa-da, uning juda qadimdan borligi, xalq og'zaki ijodining ilk adabiy janrlaridan biri ekanligi ma'lum. So'zning lug'aviy ma'nosi - aytish, aytmoq, hikoya qilmoq ma'nosini bildiradi. M.Qoshg'ariy o'z «Devonu lug'otit turk» asarida turkiy xalqlarda uning «etuk» atamasi bilan yuritilganini qayd etadi. Unga ko'ra, etuk «biror voqeani og'zaki hikoya qilish»ni anglatadi2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xalq ertaklari ifodalayotgan voqeligining saviyasiga, g'oyaviy mazmuniga, obrazlar talqiniga, badiiy tili va uslubiga, voqelikni aks ettirish tarziga, sujet va kompozitsiyasi qurilishiga, bunda xayoliy va hayotiy uydirmaning tutgan o'rni va vazifasiga ko'ra tasnif qilinadi. Ertaklarning xarakterli xususiyati shundaki, ularda fantaziyaga keng o'rin beriladi, mubolag'a, giperbola kabi tasviriy vositalardan foydalaniladi. E'tibor bersangiz, ertaklarda ijobiy qahramon albatta yovuzlik, adolatsizlik, zulm ustidan g'alaba qozonadi, yaxshilik tantana qiladi. Chunki ertak qahramonlari xalq orzuumidlarini, manfaatini ifodalaydilar. Sehrli-fantastik ertaklarning o'ziga xosligi ulardagi personajlarning alohida aniq nom bilan

1 Yusupov J. Xorazm ertagi va hayot haqiqati. -T.: Fan, 1997.-127 b.

2 Imomov K. va b. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. -T.: 1990 yil. 89 b.

372

Scientific Journal Impact Factor

atalmasligida ham ko'rinadi. Zero, bu personajlarning aksariyati biror belgisiga ko'ra laqab bilan ataladi, laqab ularga ko'chma nom vazifasini o'taydi: qilich botir, Kenja botir, No'xat polvon kabi. Bunda ibtidoiy jamiyatda asl nomni yovuz kuchlardan sir tutib himoya qilish e'tiqodi izlari saqlab qolingan. Ulardagi har bir personaj ertakning ham badiiy-estetik, ham kompozitsion qurilmasida muhim o'rin tutadi. Chunonchi, Xizr obrazi ertak yakunida asosiy ziddiyatni bartaraf etishda xizmat qilsa, yalmog'iz kampir, ajdar, dev, pari kabi personajlar asarda ziddiyatlarning kelib chiqishida, voqealarning shiddatkor rivojida, ertak g'oyasi ochilishida - yaxshilikning yomonlik, to'g'rilikning egrilik, yorug'hkning zulmat, donolikning jaholat ustidan g'alabasining ta'minlanishida muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, humo, simurg' kabi timsollar ham voqealar rivoji sababchisi sifatida namoyon bo'ladi. Hamma o'z navbatida ertaklarni ma'noviy jihatdan turlarga ajratamiz. Bular quyidagilar:

«Ertaklar — yaxshilikka yetaklar» degan naql bor xalqimizda. Ular shunchaki ko'ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag'ishlovchi ma'naviy manbadir. Ertaklar ayni kunlarda kattayu kichik barobar qiziqish bilan tomosha qiladigan multifilmlarga zamin bo'lib xizmat qilmoqda: «Senimi, shoshmay tur, quyon!», «Tom va Jerri», «Oloviddinning sehrli chirog'i», «Qirol Sher», «Zumrad va Qimmat» va hokazolar ertaklar asosida yaratilganligini takidlash lozim. Demak, ertaklar yangi-yangi shakllarda yashashni davom ettiradi. Ertaklar azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgo'ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan. Deyarli barcha ertaklarning g'oyaviy yo'nalishi yagona maqsadga-mehnat ahlining buyuk va yorqin kelajak uchun olib borgan kurashlarini, intilish va orzularini aks ettirishga qaratilgan. Shuning uchun ertaklar hamisha yaxshilik va murodga yetishdan iborat umidbaxsh g'oya bilan yakun topadi. Ertaklar janr sifatida uzoq muddatli shakllanish jarayonini kechirgan. Ular ibtidoiy odamlarning turmushdagi biror voqeani oddiygina hikoya qilishlari asosida yuzaga kelgan. Davrlar o'tishi bilan hikoya qilish ham takomillashib borgan. So'zga sig'inish, ilohiy kuchlarga sig'inish, animistik, totemistik, fetishistik e'tiqodlar, gallisunatsiya va tush ta'sirida fantastik (taxayyuliy) vositalarga to'lisha borsa, hayvonlarni ovlash, xonakilashtirish, ular inonchlariga ishonish, hayvon mahsulotlaridangina emas, balki

3 Jo'rayev M. O'zbek xalq ertaklarida sehrli raqamlar. -Toshkent, Fan, 1991.152 b.

1. Sehrli -fantastik ertaklar.

2. Hayvonlar haqidagi ertaklar.

3. Maishiy-hayotiy ertaklar3.

kuchidan ham foydalanish jarayonlarida hayvonlar haqidagi ertaklar paydo bo'la boshladi. Asta-sekin shu xildagi ertaklarda turmush tajribasini omuxtalashtira borish, u yoxud bu xildagi qusur va kamchiliklardan kulish ertakdagi obrazlarga majoziylik (allegorik) xususiyatni baxsh etdi. Natijada hayvonlarga oid ertaklar tarkibida majoziy namunalar yuzaga kela boshladi.

«Ertak» so'zi «er», aslida «ir» («yir», jir) so'ziga o'xshatishni bildiruvchi «tak» qo'shimchasining qoshilishidan tarkib topgan bo'lib, qo'shiqqa o'xshash degan ma'noni anglatadi. Negaki, ertaklarning sajli boshlanmasi qo'shiqqa o'xshab ketadi. Shuningdek, ba'zi ertaklar tarkibida she'riy qismlar ham uchrab turadi. Bu o'rinda «Musicha», «Yoriltosh» ertaklarini eslash kifoya. Lekin ertakda she'riy parchalar uchrashi odatiy hol emas. Shu sababli ertak xalq nasri namunasi hisoblanadi. «Ir yo yir» Alisher Navoiy zamonida ham og'zaki hikoya yo doston ma'nolarini anglatganki, bu xususda u shunday ma'lumotni yozib qoldirgan4: Ey yirov, sen ham ishingni ko'rguz, Yotug'on birla ulug' irni tuz. Navoiy tilga olayotgan «ulug' ir» aslida doston bo'lib, uni yotug'on (hozir do'mbira) jo'rligida yirov ijro etgan. Yirov yoki jirov hozir ham xalq an'anaviy dostonlari ijrochisini anglatadi. Ertaklarda xayoliy uydirmalar asosiy o'rinni egallaydi. Ular o'ziga xos qurilishi bilan ham ajralib turadi. Ertak kirish qismi, voqealar rivoji, tugallanmadan tashkil topadi. Ba'zi ertaklar «Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir podshoh (yoki cho'pon) bo'lgan ekan», «Sizga bog' bo'lsin, bizga hayot» kabi qisqagina boshlamalar bilan boshlansa, ba'zi boshlamalar ancha uzun bo'ladi. Masalan, mana bu boshlamaga e'tibor bering: «Ertagiyo ertagi, echkilarning bo'rtagi, qirg'ovul qizil ekan, quyrug'i uzun ekan, ko'k muzga mingan ekan, muruti singan ekan, g'oz karnaychi ekan, o'rdak surnaychi ekan, ola qarg'a azonchi, qora qarg'a qozonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to'rg'ay to'qimchi ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, yetti kunlik yeri bor, yetti kunlik yerida dumi kalta bo'ri bor. Bir bor ekan, bir yo'q ekan...»5. Aksariyat ertaklarda an'anaviy tarzda ertak qahramonlari yor izlab o'zga olamga, o'zga makon va yurtlarga safar qiladilar. Epik qahramon muayyan shartni bajarish, ma'lum yetishmovchilikni bartaraf etish, tushida ko'rgan yoki xabarini eshitgan parini izlab topish maqsadida safarga chiqqanida ko'pincha o'z yorini o'zga yurtdan topadi. Bu motivning muayyan tarixiy asoslari mavjud.

O'zbek ertaklarida yaxshilik tushunchasi keng qamrovli bo'lib, bolalardan tortib katta yoshli o'quvchilar uchun mo'ljallangan ushbu ertaklarning ma'noviy manzili bir xil - hammasi yaxshilikka yetaklaydi. Bu qahramonlar birda Zumrad, birda Kenja

4 Afzalov M.O'zbek xalq ertaklari haqida. -T.: Fan, 1964. 78-80 b.

5 Imomov K. O'zbek xalq prozasi. -T.: «Fan», 1981.-104 b.

374

Botir yana birda esa chol obrazida namoyon bo'ladi. Ertaklarga faqat bolalar emas, balki Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy, Gyote, Pushkin, Andersen kabi daho mutafakkirlar, hatto Balzak va Lev Tolstoy kabi buyuk realistlar ham ishonishgan. Chunki ular ertaklar zamiridagi ulkan haqiqatni anglashgan va o'zlari ham go'zal ertaklar to'qishgan. Firdavsiy dahosining mangu obidasi „Shohnoma" dostonidagi g'aroyib ertak va afsonalar, Ahriman va Hurmuzd, zulmat va nur, yovuzlik va yaxshilik kuchlarining olishuvi, Jamshid saltanatida insonlarning devlar ustidan g'alaba qozonishi, Zahhok - Ajdaho saltanatida zulm kuchayib, adolat mahv etilishi, dunyodagi barcha jonli va jonsiz mavjudotning otasi - yarim odam va yarim ho'kiz qiyofali Sfmks - Kayumars ham uning avlodlari, Faridun, Turon va Piron avlodlarining qahramonliklari, Rustam, Suhrob, Siyovushlarning adolat va tinchlikni barqoror etish uchun kurashlari - bularning bari ertakka o'xshasa ham, minglab xalqlarning tili va dili, ijtimoiy ongi, teran shuuri va tafakkurining yuksak she'riy ifodasidir.

Turk xalq og'zaki ijodida ham ertaklar salmoqli o'rin egallaydi. Turk tilida ertak, masal deyilib, "Qomusi Usmoniya"da yozilishicha, odob va nasihatni anglatgan arabcha so'zdir6. Turkiy tillar bilimdoni Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" kitobida ertak so'zi yetuk shaklida berilib, biror voqeani hikoya qilishni bildiradi. XIX asrning 80-yillaridan turk ertaklari yozib olina boshlangan. Mazmunan rang-barang turk ertaklarini 4 guruhga ajratish mumkin:

1. Hayvonlar haqidagi ertaklar.

2. Sehrgarlik ertaklari.

3. Maishiy ertaklar.

4. Kalo'g'lon turkum ertaklari.

Hayvonlar haqidagi turk ertaklari xronologik jihatdan qadimiyroq va o'ziga x os xususiyatlarga ega. "Ayiq bilan tulki", "Tulki bilan ilon", "Kampir bilan tulki" va boshqa ko'pgina hayvonlar to'g'risidagi ertaklarda har bir hayvon ma'lum bir ramziylikka ega bo'lib, spesifik mazmun tashiydi. Ko'pgina jahon xalqlari ertaklarida tulki ayyorlik ramzi bo'lib, deyarli salbiy obraz sifatida talqin qilinadi.

Turk sehrgarlik ertaklarida ham ko'pincha ijobiy qahramonlar sifatida shohning kenja o'g'li yoki qizi, kambag'al chol, kampirning yolg'iz o'g'li, aqlfarosati bilan shohlik darajasiga yetgan cho'pon, bog'bon, o'tinchi farzandlari tasvirlanadi. Turkiyada ertaklar maddohlar tomonidan, ko'pincha esa ayol ertakchilar tomonidan aytilgan. Shuning uchun turk ertaklarida ayollar siymosiga, ularning tasviriga alohida

6 Afzalov M.O'zbek xalq ertaklari haqida. -T.: Fan, 1964. 78-80 b.

Scientific Journal Impact Factor

e'tibor beriladi. "Dev bobo", "Quyosh qizi", "Oltin arava", "Pari qiz" ertaklarida asosiy voqealar markazida ayollar turadi. Sehrgarlik ertaklarida voqealar umumiy qoidalar asosida rivojlanadi. Voqea sehrli hodisalar bilan boshlanadi, bosh qahramonlar o'z jasurliklari, aqlifarosati, uddaburonligi bilan gohida parilar, qushlar, hayvonlar, sehrgarlar yordamida turli to'siqlarni yengib o'tib murod maqsadlariga yetadilar. Ertaklar kirish, asosiy qism va ertak (xotima) so'ngidan iborat. Boshlama turk tilida tekerlama deyilib, bunda ertakchi tinglovchini o'zi aytmoqchi bo'layotgan voqealar olamiga olib kirishga harakat qiladi. Tekerlama so'z o'yinidan iborat, bunda bir-biriga mazmunan aloqador bo'lmagan so'zlar ma'lum tarzda qofiyalanib keladi va go'zal bir shakl yasaydi. Masalan: «Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Zamon zamon ichida, igna somon ichida. Tuya dallol ekan, chivin sartarosh ekan, xo'roz imom ekan, onam qoshiqda, otam beshikda ekan. Men otamning beshigini ting'ir-ming'ir tebratar ekanman, otam tushdi beshikdan, chiqib ketdi eshikdan, Onam qisqichni oldi, otam kurakni oldi, menga eshik orqasidagi burchak qoldi... Onam yaxshi. Otam yaxshi, qo'llaridan qutulsang undan yaxshi». Yoki boshqa bir ertak shunday tekerleme bilan boshlanadi. "Bir bormish, bir yo'kmish... Avval zamon ichida, igna somon ichida... Tuyalar dallol emish eski hammom ichida... hammomchining tosi yo'q, go'lahchining boltasi yo'q, qo'ltig'ida bo'g'chasi yo'q... handadir handa bir qo'tos va yetmish ikki tentak banda... Yedik, ichdik, tishimiz et ko'rmadi, barakat bersin otboqarga, bizga bir ot berdi to'riqdir deya, ot bizni bir tepib berdi nari tur deya... Ertakdir buning oti, so'zlasang chiqar toti, kimki tinglamasa, kelsin cho'loq tarbiyachi..."7.

Turk ertaklarining manbalari haqida turlicha nazariyalar bo'lib, bu qarashlarni asosan uch guruhga jamlab, uch ilmiy maktab deb qarash mumkin. 1. Mifologik maktab. Bu nazariyaga ko'ra, ertaklar qadimgi afsonalarning parchalar holda qolgan va bizgacha yetib kelgan bo'laklaridir. 2. Antropologik maktab. Bu maktab vakillari ayni bir ertaklarni rivojlanmagan xalqlar orasida ham borligini aytadi. Biror mifning ertak holiga kelish chegarasini keskin ko'rsatmaydi. 3. Adabiy maktab nazariyasiga ko'ra xalq ertaklarining kelib chiqishini Hindistondan izlaydi. Xalq ertaklarini bugungi kunda unutilgan bir qism qadimiy ohanglarning so'nggi izlari va alomatlari sifatida ko'radi. Ertaklar qaysi vaqtda yaratilganiga qarab, ozmi-ko'pmi zamon ruhini o'zida aks ettirgan. Muhimi bosh mezon adolat bo'lgan. Yaxshilik, ezgulik hamisha yovuzlik ustidan g'alaba qozongan. Ertaklar sinfiylikdan holi. Bir kambag'al nihoyatda boy bo'lib ketishi, yoki aksincha podsho bir bechora bo'lib qolishi mumkin.

7 Yusupov J. Xorazm ertagi va hayot haqiqati. -T.: Fan, 1997.-127 b.

Scientific Journal Impact Factor

Ertaklarda bosh qahramon uchun bajara olmaydigan ish yo'q. Qahramonlar o'z idroki va majoziy obrazlar yordamida, albatta, maqsadlariga yetadilar. Turk ertaklaridagi asosiy tiplar jahon xalqlarida ko'p uchraydigan qahramonlardir.

Turk xalq ertaklari tugallanmasi ham o'ziga xos. Ertak mazmunidan kelib chiqib yakun to'y-tomosha tasviri, otalar so'zi yoki tinglovchilar ruhiyatini ko'taruvchi adabiy parchalar bo'lishi mumkin. Ko'pincha ertakchilar o'z so'zlarini original shaklda tugatmoq, aytganlarining hayotga yaqinligini ko'rsatmoq uchun chiroyli yakun yasashga harakat qiladilar. Masalan: "To'yga meni ham chaqirdilar. Bordim. Menga bir to'rva shirinliklar berdilar. Eshagimga yukladim. Eshagimning oyoqlari mumdan, ko'zlari shishadan edi. Qancha shoshilsam ham yetolmadim, quyosh chiqdi, mum eridi, shishalar sindi. Shirinliklar tosh qotib qoldi". Yoki "Qirq kun, qirq kecha to'y bo'ldi. Ular yetmish murodga, biz chiqamiz ayvonga... Ko'kdan uch olma tushdi, biri sizga, biri ertak aytganga, biri menga" Ko'rinadiki, ertakchi nihoyatda so'zga chechan, so'z san'atkori bo'lishi kerak. Ziyo Ko'kalp quyidagi so'zlarni yozganda haqli edi. "Ertakchi o'z sohasida bir san'atkordir. Aytgan har so'zi o'z o'rnida qo'llanilgan. Bu kabi ertakchilarning bir kalimasini ham o'zgartirib bo'lmaydi". Og'zaki nutqning go'zal namunasi bo'lgan ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati juda muhim. Yoshlarni vatanparvarlik, ezgulik ruhida voyaga yetkazib, yaxshilikning yomonlik ustidan hamisha g'alaba qilishiga ishonch tug'dirishda folklorning hech bir janri ertak o'rnini bosa olmaydi8.

Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy tajribalarini umumlashtirgan holda uning ijtimoiy ongida, estetik didida, axloqiy qarashlarida, e'tiqodida kechgan o'sish-o'zgarishlarning badiiy tarixi sifatida ayricha ahamiyat kasb etgan. Shu bois hozir ham miriqib tinglanadi, sevilib o'qiladi, eng muhimi, navqiron avlodning ma'naviy-axloqiy kamol topishida beqiyos ta'sir ko'rsatib kelmoqda.

REFERENCES

1. Jo'rayev M. O'zbek xalq ertaklarida sehrli raqamlar. -Toshkent, Fan, 1991.152 b.

2. Imomov K. O'zbek xalq prozasi. -T.: «Fan», 1981.-104 b.

3. Madayev O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. -T.: 1999.-45-48 b

4. Imomov K. va b. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. -T.: 1990 yil. 89 b.

5. Jahongirov G'. Bolalar ertaklari. -T.: Fan, 1972. 2.7. Jalolov G'. O'zbek xalq ertaklari poetikasi. -T.: Fan, 1964 yil. 56 b.

8 Chalpak yoqqan kun. O'zbek xalq ertaklari. -T. : Yulduzcha, 1987.-256 b.

XULOSA

6. Afzalov M.O'zbek xalq ertaklari haqida. -T.: Fan, 1964. 78-80 b.

7. Chalpak yoqqan kun. O'zbek xalq ertaklari. -T.: Yulduzcha, 1987.-256 b.

8. Yusupov J. Xorazm ertagi va hayot haqiqati. -T.: Fan, 1997.-127 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.