Научная статья на тему 'TIL TA'LIMIDA GRAFIK ORGANAYZERLARDAN FOYDALANISH'

TIL TA'LIMIDA GRAFIK ORGANAYZERLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

4411
404
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
morfemа / yetakchi morfemа / аffiksаl morfemа / ta’lim texnologiyasi / metod / grafik organayzer. / morpheme / leading morpheme / affiksal morpheme / educational technology / method / graphic organizer.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdishukur Musayevich Shofqorov

Maqolada zamonaviy o‘qitish usullaridan, xususan grafik organayzerlardan foydalanish va uning samarasi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING GRAPHIC ORGANIZERS IN LANGUAGE TEACHING

The article discusses the use and effectiveness of modern teaching methods, especially graphic organizers.

Текст научной работы на тему «TIL TA'LIMIDA GRAFIK ORGANAYZERLARDAN FOYDALANISH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 TIL TA'LIMIDA GRAFIK ORGANAYZERLARDAN FOYDALANISH

Abdishukur Musayevich Shofqorov

Filologiya fanlari nomzodi, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti,

Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada zamonaviy o'qitish usullaridan, xususan grafik organayzerlardan foydalanish va uning samarasi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: morfema, yetakchi morfema, affiksal morfema, ta'lim texnologiyasi, metod, grafik organayzer.

USING GRAPHIC ORGANIZERS IN LANGUAGE TEACHING

Abdishukur Musaevich Shofkorov

Candidat of Pilological Sciences, Associate Professor of the Department of Uzbek Language and Literature, Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article discusses the use and effectiveness of modern teaching methods, especially graphic organizers.

Keywords: morpheme, leading morpheme, affiksal morpheme, educational technology, method, graphic organizer.

KIRISH

Ta'limda zamonaviy o'qitish usullaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, o'qituvchi muayyan mavzuni o'qitishda uning oson, to'liq o'zlashtirilishiga imkon beruvchi didaktik vositalar, texnologiyalar, me tod turlaridan samarali foydalangan taqdirdagina dars samaradorligiga erishadi. Shuningdek, o'quv materiallari, mavzulari o'zi aloqador bo'lgan fanning eng so'nggi yutuqlarini o'zida mujassam qilishi nihoyatda zarur. Buning uchun o'qituvchidan ta'limga yangicha yondashish, rejalashtirish ishlarini olib borish, innovatsiyalarni tatbiq etish talab qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ushbu maqolada til ta'limida, xususan, morfemika bo'limini o'rganishda grafik organayzerlardan foydalanish masalasini yoritish maqsad qilib qo'yilgan.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804

Morfemika - tilshunoslikning bir bo'limi bo'lib, u so'zning ma'noli qismlari haqida ta'limot beradi. So'zning ma'noli qismlari morfema deb yuritiladi. Masalan, talabalarning so'zi talaba-lar-ning kabi morfemalardan, o'qishdan so'zi esa o'qi-sh-dan morfemalaridan tuzilgan.

Bu so'zlardagi har bir morfema shu so'zlar to'qimasida o'ziga xos ma'no va vazifa bilan qatnashmoqda. Misollardagi morfemalar tarkiban yana bo'linadigan bo'lsa, ularning ma'nosi yo'qoladi. Demak, morfema so'zning bo'linmas, eng kichik ma'noli qismidir. So'z tarkibidagi eng kichik ma'noli qism - morfema tilshunoslikda turli qirralariga ko'ra tasniflanadi.

Morfemika - tilning morfema va morflari tarkibi haqida ta'lim berishdan tashqari, morfemaning ma'no ifodalash zanjiridagi xususiyati: yetakchi yoki affiksal morfemaligi (lug'aviy ma'no yoki grammatik ma'no tashishi), affiksal morfemalarning vazifasiga ko'ra turlari: so'z yasovchi yoki forma yasovchi affiksal morfemalarga bo'linishi, shuningdek so'zning morfem strukturasida bo'ladigan ayrim o'zgarishlar haqida ta'limot beruvchi soha hamdir.

Shuni ham aytish o'rinliki, so'zda ana shunday minimal ma'noli qismlar bo'lishi va ular morfema deb atalishi haqidagi ilk ta'limotni tilshunoslik faniga Qozon tilshunoslik maktabining asoschisi Boduen de Kurtene olib kirdi.

Biz quyida morfemika bo'limini o'rganishda grafik organayzerlardan foydalanish yuzasidan fikr yuritamiz. Ma'lumki, grafik tashkil etuvchilarga "Insert" usuli, "Toifali jadval", "Tushunchalar jadvali" "Konseptual jadval", "BBB" usuli, "Klaster" sxemasi, "T-jadvali", "Venn diagrammasi", "SWOT-tahlil jadvali", sxema va diagrammalar: "Nima uchun?", "Qanday?", "Baliq skeleti" kabilar kiradi.

MUHOKAMA VA NATIJA

Ushbu grafik tashkil etuvchilardan morfemika bo'limini o'rganishda quyidagilardan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

BBB texnologiyasi

Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim

Asos va qo'shimchaning farqini, so'z yasovchilarni, lug'aviy va sintaktik shakl yasovchilarni, old qo'shimchalarni, so'z tarkibining ikki qismga bo' linishini So'z, morfema, morf, allamorflar va ularning o'zaro munosabati (chegarasi) muammolarini FYAMlarning umumkategorial va kategorial belgi-xusu- siyatlariga ko'ra 2 turga bo'linishi, affiksal morfemalarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra sistemalanishi muammolari, soddalashuv, qayta bo' linish hodisalarini

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 "TUSHUNCHALAR TAHLILI"

Tushunchalar Sizningcha bu tushuncha qanday ma'noni anglatadi? Qo'shim- cha ma'lumot

Yetakchi morfemа so'z tarkibining doimiy elementi bo'lib, lug'aviy ma'no tashiydigan hamda so'z yasash uchun ham, forma yasash uchun ham asos bo'la oladigan morfema.

Аffiksаl morfema mustaqil olinganda lug'aviy ma'no anglatmaydigan, so'zning leksik yoki grammatik ma'nosini hosil qilishga xizmat qiladigan morfema.

So'z yasovchi affiksal morfema yangi so'z hosil qiladigan, so'zning leksik ma'nosini hosil qilishda ishtirok etadigan morfema.

Forma yasovchi affiksal morfema so'zning grammatik ma'no ifodalovchi yoki biror grammatik vazifaga xoslangan shaklini yasashda ishtirok etadigan morfema.

Kategorial forma yasovchi affiksal morfema ma'lum so'z turkumining biror grammatik kategoriyasiga xos forma yasaydi.

Nokategorial forma yasovchi affiksal morfemalar biror grammatik kategoriyaga qarashli bo'lmagan ma'noni ifodalovchi, ma'lum sintaktik vazifa bajarishga xoslangan so'z formasini hosil qiluvchi affiksal morfemalar.

Affiksoidlar yetakchi morfemaning affiksal morfemaga aylanishi. Masalan, ishxona, choyxona, bosmaxona, yotoqxona so'zlaridagi "xona" elementi lug'aviy ma'nosida emas, o'rin-joy yasovchi affiksal morfema vazifasida kelmoqda.

Sodda affikslar birgina ma'noli qismdan iborat bo'lgan morfema (-chi, -zor, -dosh, -cha, -roq, -dan kabi).

Murakkab affikslar birdan ortiq affiksal morfemalarning birikuvidan hosil bo'lgan morfema (-lik,-garchilik, -moqda, -ganda kabi).

Soddalashish (oprosheniye) bir paytlar qismlarga ajraladigan so'zlarning davrlar o'tishi bilan ajr atilmaydigan holga kelib qolishidir M: ichak (ich-ak, kichraytish), yurak (yur-ak, ot yasovchi), bo'yin (bo'y-in, kichraytish), bugun, sakson, to'qson va h.k.

Qayta bo'linish ilgari bir xil bo'linishga ega bo'lgan so'z keyinchalik yoki hozir boshqacharoq bo'linish shakliga ega bo'ladi: ular - ul-ar - u-lar, bitik - biti-k - bit-ik kabi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 TOIFALASH JADVALI

Yetakchi morfema Ko'makchi morfema

Asosning affikslar bilan muntazam qo'llanishi Asosning qaysi tomonidan qo'shilish tartibiga

yoki affiksal morfemalarsiz, o'zi mustaqil ko'ra:

ishlatila olishiga ko'ra

(bu hodisaning asosan o'zlashma so'zlarga

xosligi e'tiborga olinadi):

Erkin asos Bog'li asos Old qo'shimchalar Asosdan keyin qo'shiluvchi qo'shimchalar

Nutqda faqat (har O'zi mustaqil Asosdan oldin Asosdan so'ng

doim) affikslar bilan ishlatilishi mumkin qo'shiluvchi qo'shiluvchi affikslar

ishlatiladigan asoslar bo'lgan asoslar qo'shimchalar

fash-izm vagon-li ba-ma'ni aql-li

fash-ist mashina-soz ser-hosil toza-la

agit-atsiya sport-chi bar-kamol gul-don

agit-ator traktor-chi no-qobil ista-k

FSMU texnologiyasi Jadvalni to'ldiring 1-guruh

Sаvol Hozirgi o'zbek adabiy tilida so'z tarkibi sinxron va diaxron aspektga ko''ra turlicha bo'linishga ega qanday so'zlarni bilasiz va tilshunoslikda bu hodisa nima deyiladi?

(F) Fikringizni bayon eting Qishloq, sakson, to'qson, yuksak, yuksal, o'dag'ayla, ovloq kabilar

(S) Fikringiz bayoniga sabab ko'rsating So'zlarning morfem tahlilida tarixiylik va hozirgi holat masalasi aniq chegaralanishi zarur.

(M) Ko'rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring Chunki qismlarga ajraladigan ba'zi so'zlar davrlar o'tishi bilan ajratilmaydigan holga kelib qoladi.

(U) Fikringizni umumlashtiring Bu hodisa tilshunoslikda soddаlаshish (oproshenie) deyiladi.

2-guruh

Sаvol O'zbek tilida o'zlashmalar tarkibidagi asoslar necha xil?

(F) Fikringizni bayon eting 2 xil: bog'li va erkin.

(S) Fikringiz bayoniga sabab ko'rsating Chunki bog'li asoslar tilimizda o'ziga qo'shilgan affikssiz qo'llanmaydi, erkin asoslar esa o'zi erkin yoki turli boshqa qo'shimchalar bilan qo'llana oladi.

(M) Ko'rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring fashizm, ateist, shar'iy, nokas, badaviy, salbiy, ijobiy, sun'iy, madaniy so'zlari bog'li asosli so'zlar; traktorchi, vagonsoz, ommaviy, qabilaviy, ruhiy, tarbiyaviy so'zlari erkin asosli so'zlardir.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804

So'zning forma yasalishi strukturasida shartli va erkin asos tushunchasi haqida gapirilganda, bu hodisaning asosan o'zlashma so'zlarga xosligi e'tiborga olinadi.

XULOSA

Maqolada nazariy ta'limning amaliy jarayonlarini o'rganishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilish vazifasini oldimizga maqsad qilib qo'ygan edik. Ish davomida bunga erisha oldik, deb hisoblayman. Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli natijalarga erishishdir. Bu talabni yuzaga keltirishda interfaol metodlar to'la ishonchli vosita bo'la oladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda o'quvchilarning o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi, ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo'llashga doir katta tajriba to'plangan bo'lib, u tajriba asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda.

Xulosalarning ta'lim va tarbiya jarayonida pedagoglar tomonidan o'rinli, maqsadli, samarali qo'llanilishi ta'lim oluvchida muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g'oyalarni sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarb iyalash uchun keng imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Abduazizov, А. (1994). O'zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. O'qituvchi.

2. Hojiyev A. Hozirgi o'zbek tilida forma yasalishi. Fan.

3. Khodjamkulov, U. N., Makhmudov, K. S., & Shofkorov, A. M. (2020). The Issue of Spiritual and Patriotic Education of Young Generation in the Scientific, Political and Literary Heritage of Central Asian Thinkers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05).

4. Tojiyev, Yo. (1992). O'zbek tili morfemikasi. O'qituvchi.

5. Шофкоров, А. М. ПОВТОРЯЮЩИЕСЯ СЛОВА И ИХ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ВЫРАЖЕНИИ.

6. Шофкоров, А. М., & Ходжамкулов, У. Н. (2019). Bor" ning inkori va "Yo'q" ning tasdig'i haqida mulohazalar. Til va adabiyot ta'limi, (2), 25-26.

7. Шофкоров, А. М., & Ходжамкулов, У. Н. (2020). O 'zbek tilida inkor shakllarining ma'no tovlanishlari. Texnika oliy o'quv yurtlarida o'zbek va xorijiy tillarni o'qitishning dolzarb masalalari, 38-39.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.