Научная статья на тему 'NEMIS TILI DARSLARIDA RAQAMLI ILOVALARDAN FOYDALANISH'

NEMIS TILI DARSLARIDA RAQAMLI ILOVALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

11
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'minot dasturi / raqamli lug'at / medial / forum / chat / feedback.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Omadjon Burxonovich Azamov

Ushbu maqolada chet tillarni o'rganishning yangi innovatsiyon metodlari haqida so'z yuritilgan bo'lib, unda xorij tajribasiga tayangan xolda chet tili darslarida o'qitishning innovation texnik vositalaridan samarali foydalanish borasida so'z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NEMIS TILI DARSLARIDA RAQAMLI ILOVALARDAN FOYDALANISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

NEMIS TILI DARSLARIDA RAQAMLIILOVALARDAN FOYDALANISH

Omadjon Burxonovich Azamov

fffd(PhD), dotsent Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Andijon davlat chet tillari instituti Email: azamovomadjon@ gmail. com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada chet tillarni o'rganishning yangi innovatsiyon metodlari haqida so'z yuritilgan bo'lib, unda xorij tajribasiga tayangan xolda chet tili darslarida o'qitishning innovation texnik vositalaridan samarali foydalanish borasida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'minot dasturi, raqamli lug'at, medial, forum, chat, feedback.

USING OF DIGITAL APPS IN GERMAN LANGUAGE LESSONS

Omadjon Burxonovich Azamov

dffs (PhD), docent Head of the department for theory and practice of German language Andijon state institute for foreign languages Email: azamovomadjon@ gmail. com

ABSTRACT:

This article talks about new innovative methods of learning foreign languages, and it talks about the effective use of innovative technical means of teaching in foreign language classes based on foreign experience.

Keywords: software, digital dictionary, media, forum, chat, feedback.

Dunyo tilshunoslari orasida metodika va didaktika masalalari hamon turli xil tortishuvlarga sabab bo'lib kelmoqda. Garchi bu soxalar nazarimizda yetarlicha o'rganilgan bo'lsa ham, olimlar o'qitishning eng samarali yo'llarini izlashdan hali to'xtaganlari yo'q.

Endilikda mamlakatimizda o'qitishga, ayniqsa chet tillarini o'rgatishga katta etibor berilmoqda. Bu borada sohada peshqadam xorij davlatlarning tajribalaridan samarali foydalanilmoqda. Quyida xorij tajribasida ilk bora qo'llanilayotgan xorijiy tilga o'rgatishning ilg'or usullaridan birini muloxaza qilishga harakat qilamiz.

Chet tili darsi aynan ona tili darslari kabi bir necha bir birini to'ldiruvchi o'quv

350

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

maqsadlarini o'z oldiga qo'yadi: birinchisi, ushbu tilni yozma hamda og'zaki shakilda retseptiv tushunish va xorijiy tildafikrni og'zaki va yozma bid irish imkonini beruvchi so'z boyligi va grammatik savodxonlikni shakillantirishdir. Ikkinchisi - tili o'rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishish. Ayni paytda dunyo til o'rganish soxasida til va unga xos madaniy ananalarni o'rganishda zamonaviy o'q uv vositalari yordamida turli xil situativ muloqot shakillari orqali amalga oshirilmoqdaki, unda bir vaqtning o'zida ma'lum tushunchalar maydoni va ifoda shakillari o'z yechimini topadi. Yangi so'zlarni va grammatik qoidalarni shunchaki qayta- qayta o'rganish o'rniga ular kundalik muloqotga yaqin situatsiyalarda maqbul shakilda o'rgatiladi. Soat sayin rivojlanib,

yangilanib borayotgan jamiyatimizda chet tili o'rgatuvchilarining oldiga qo'yilgan asosiy vazifa- chet tilini tezroq va samarali o'rganish, hamda bir vaqitning o'zida bir necha tilni o'rgatish. Albatta bu borada birinchi chet tili ikkinchisi bilan bog'liq xolda o'rgatish tavsiya etiladi. Buning imkonini zamonaviy innovatsiyon raqamli texnologiyalar beradi.

Asosiy o'quv taminot dasturlari:

- Yangi so'zlar bilan ishlash: Bunda so'zlar yozilgan o'ziga xos kartalar ekranda aylanadi va bu turli xil funksiyalarda amalga oshiriladi. Bu funksiyalar malumotlar bazasidan kerakli so'z va so'z birikmalarini import qilish va til o'rganuvchi birlashmalardan tilga oid malumotlarni onlayn almashish imkonini beradi.

Shu bilan birga adaptiv so'rov berib, xatoliklarni qayta ko'rib chiqish va to'g'ri variantini bilib olish mumkin. Bu jarayon ham kontekstual, hamda auditiv shakilda amalga oshirilishi mumkin. Bunday o'quv taminot dasturlarining eng afzalligi shundaki, ulardan mobil aloq vositalarida ham yo'l- yo'lakay foydalanish mumkin. EDchgtDE für alle Schulen, PRIMA plus für Vokabelrainer, PRIMA plus Wortschatztrainer Deutsch- Brasilianisch, Studio 21 Wortschatztrainer DeutschTürkisch kabi mobil ilovalar tilning lug'at boyligini samarali o'zlashtirishga mo'ljallangan va litsenziyaga ega bo'lgan o'quv taminot dasturlari qatoriga kiradi.

- Raqamli lug'atlar: Bunday turdagi lug'atlar ayni paytda respublikamiz lug'atshunoslik soxasida endigina rivojlanib bormoqda, O'zbekiston tilshunoslari va IT mutaxasislari tomonidan ham ko'plab til o'rganishga muljallangan mobil ilovalar yaratilmoqda. Bunday taminot dasturlari nafaqat so'z qidirishning tezkor usuli, balki qidirilayotgan so'zning ham o'rganilayotgan chet tilidagi, hamda ona tilidagi sinonimlarini aniqlash imkonini beradi. Bunday usulda so'zning turli ma'no variantlarini va ma'no farqliklaridagi kichik elementlarini ham aniqlash mumkin bo'ladi. Bundan tashqari maxsus ma'lumotlar bazasi qidirilayotgan so'zga oid

351

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Cjrchjq^avlat^edagogika^niVie

ko'plab misollar, so'zning alohida va ibora shaklidagi varianti kontekstda qanday qollanilishi, hamda uning sinonimik va antonimik qatorlariga oid ma'lumotlarni bilish imkonini beradi. Dasturning audio imkoniyati esa bizni so'zning talaffuz shaklidan bohabar qiladi. Bunday o'quv ilovalariga quyidagilarni kiritish mumkin: немецкий язык 3.7, Abbyy Lingvo x5, PRIMA plus Wortschatztrainer DeutschEnglisch v.b.

- Raqamli tarjimon: Bunday ilovalar murakkab matinlarni sonyalar ichida tanlangan tilga tarjima qilib beradi. Aynan bunday avtomatik tarjimalarda grammatik xotolarning ko'pligi til o'rganuvchiga grammatik xatolar ustida ishlash borasida tajriba almashish imkonini beradi. Bunday turdagi raqamli texnologiyalarning yanada takomillashuvi kelajakda IT mutaxasislari va tilshunoslardan ko'plab mashaqqatlar talab qiladi.

- Medial til bazasi: Tillarni o'rgatishda darsliklar har doim ham kerakli materialni kerakli paytda bera olmaydi, shunday paytlarda chet tili o'qituvchilari faoliyati davomida internet tarmog'idagi malumotlar bazasidan foydalanishlari mumkin. Xorij bosma matbuoti va teleradiokompaniyalarining websaxifalaridan kerakli malumotlarni yuklab olish va kundalik hayotga yaqin auditiv hamda bosma matinlar ustida ishlash mumkin. Hattoki badiy film va teleseriallar ham chet tili darslarida ma'lum madaniy- lisoniy bilimlarni yetkazishga yordam beradi

- Email, forumlar, audio- videochatlar: Til o'rganishning zamonaviy innovation vositalaridan biri, bu ijtimoiy tarmoqlardir. Bosma va elektron darsliklardan ustunligi shundaki, ijtimoiy tarmoqlar til o'rganuvchiga o'rganilayotgan tilning haqiqiy egasi bilan virtual aloqa qilish imkonini beradi, yani ilgari maktub yozish orqali amalga oshirilgan muloqatlar endi raqamli texnologiyalar orqali tez va samarali amalga oshiriladi. Muloqotning bunday shakillari orqali nafaqat linguistik xususiyatlar, balki tili o'rganilayotga mamlakatga xos madaniy xususiyatlar borasida ham fikrlar almashib, bilimlarni boyitish mumkin. Shu o'rinda ijtimoiy tarmoqlarda ochiladigan ma'lum guruhlarda belgilangan shakilda til o'rganish maqsadida turli mashg'ulotlarni bajarish mumkin. Rivojlangan ovrupa davlatlarida maktab o'quvchilari uchun har tomonlama qulay maxsus ijtimoiy tarmoqlar tashkil etilganki, unda yoshlar ilm- ma'rifat yo'lida tajriba almashadilar. Unda berilgan topshiriqlarni muhokama qilish, maslahatlar olish, og'zaki va yozma xatolar ustida ishlash kabi topshiriqlarni amalga oshrish mumkin. Yozish va o'qish ko'nikmasini rivojlantirishda internet forumlari samarali vosita xisoblanadi. Forumda o'rtaga tashlangan mavzu bo'yicha forum azolari o'zlarining fikrlarini yozma va audio- visual imkoniyatlar orqali ifoda etishlari mumkin, shu bilan birga bajarilgan topshiriq yoki taklif etilgan

352

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^^vlat^edagogjka^niviBiiiBii^^^^^^^Zlällä

g'oya haqida butun forum ishtirokchilari fikrini bilish orqali feedback olish ham mumkin.

REFERENCES

1. Einführung in die Mediendidaktik. Lehren und Lernen mit digitalen Medien. Dominik Petko. BELTZ 1999.

2. Handbuch Mediendidaktik. Fremdsprachen. Jörg Roche. Hueber Verlag. 2000.

3. OB Azamov THE PLACE OF PHRASEOLOGICAL SYSTEM IN EUROPEAN LINGUISTICS AND EARLY PHRASEOLOGICAL STUDIES// Том 3 №1 2022/5/13 Международный журнал "Язык, методика, перевод"

4. AO Burkhanovich COMMON ZOONYMS AND THEIR LEXICAL-SEMANTIC CHARACTERISTICS (EXAMPLE OF UZBEKI AND GERMAN LANGUAGES). International Multidisciplinary Journal for Research and Development, 2023/11/2

353

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.