Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
MORFOLOGIYA. FLEKSIYON
Oygul Do'stmurod kizi O'roqova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti XTA-22/2(nemis tili)-guruh talabasi Ilmiy rahbar: Zera Ismetovna Shabidinova ChDPU o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada morfologiya tilning morfologik qurilishi; 2) so'z shakllari haqidagi ta'limot. Birinchi ma'nosida obyektni anglatsa, ikkinchi ma'nosida tilshunoslikning shu obyektni o'rganuvchi bo'limini bildiradi. U shuningdek 3ta katta guruhga bo'linadi: 1) mustaqil so'z turkumlari; 2) yordamchi so'zlar; 3) oraliqdagi sozlar (alohida olingan so'zlar) shu kabi bo'limlarga bo'lib o'rganilishi bo'yicha adabiyotlar tahlili o'rin olgan.
Kalit so'zlar: Morfologiya, oraliqdagi, turkumlari, yordamchi, tilshunoslik, fleksiyon, onologik, orfografik.
АННОТАЦИЯ
В этой статье морфология - это морфологическая конструкция языка; 2) учение о словоформах. В первом смысле оно означает объект, а во втором — раздел языкознания, изучающий этот объект. Его также разделяют на 3 большие группы: 1) самостоятельные группы слов; 2) вспомогательные слова; 3) анализ литературы по изучению промежуточных слов (отдельно взятых слов) по аналогичным разделам.
Ключевые слова: Морфология, промежуточные, категории, вспомогательные, лингвистика, флексия, онологическая, орфографическая.
ABSTRACT
In this article, morphology is the morphological construction of language; 2) the doctrine of word forms. In the first sense, it means an object, and in the second sense, it means the branch of linguistics that studies this object. It is also divided into 3 large groups: 1) independent word groups; 2) auxiliary words; 3) an analysis of the literature on the study of intermediate words (separately taken words) into similar sections.
334
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdavMpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
Я
Keywords: Morphology, intermediate, categories, auxiliary, linguistics, inflection, onological, orthographic.
Kirish. Morfologiya. so'z turkumlari, ularga xos grammatik ma'nolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik ma'nolar va shahrikni o'rganadi. Til tizimdan iborat bo'lganidek, uning M.si ham o'ziga xos tizimni tashkil etadi. O'z navbatida, morfologik tizim ham o'ziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning M.si yaxlit holda, tizim sifatida o'rganiladi.
Har bir so'z turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar so'z turkumiga xos ma'lum bir hodisaga oid umumiy va xususiy ma'nolar va bu ma'nolarni ifodalovchi so'z shakllari birligidan iborat bo'ladi. Ana shu so'z shakllari va ularga xos umumiy va xususiy ma'nolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mohiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Mas, fe'lning zamon kategoriyasi fe'l M.sida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun fe'lning zamonlariga nisbatan „fe'l zamonlari tizimi" degan ibora ham qo'llanadi. Fe'lning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu - zamon shakllarining barchasi uchun umumiy bo'lgan xususiyat. Shu bilan birga har bir zamonga oid fe'l shakli (shakllari) o'ziga xos xususiyatga ega. Mas, o'tgan zamon shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildiradi. Fe'l zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon kategoriyasining, fe'l zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, fe'l turkumiga oid har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan fe'lning morfologik tizimi yoritiladi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Bugungi kunda fonologiya va morfonologiyaga doir ilmiy asarlar o'quvchilar ommasiga etarli emas. Lekin bu muammolar bo'yicha rus tili va boshqa ba'zi hindevropa tillarining fonologiyasi va morfonologiyasiga doir ayrim tadqiqotlar yaratilgnligi bizga ma'lum. Hozirgi turkiy tillarning hamda o 'ziga xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan farqlanib turuvchi o 'zbek tili fonologiya va morfonologiyasiga doir asarlar nashr qilinishi tilshunoslikda muammolarning bosqichma-bosqich yechilishiga olib kelmoqda. A.M.Shcherbakning turkiy tillar diaxronik (tarixiy) fonologiyasini o'rganishga doir qimmatli asari («Сравнителная фонетика тюркских языков», Л., 1970.) ushbu kitobning yozilishida katta yordam berdi. Mashhur turkolog olim I.A.Baskakovning turkiy tillarining tarixiy-tipologik fonologiyasi, morfonologiyasi va morfologiyasiga
335
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
q^avlat^^lagogj
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
■
doir chuqur ilmiy asosga ega bo 'lgan bir necha asarlaridagi g'oyalar o'zbek tiliga tatbiq etilishi foydalidir. Olimning fikricha, «...so'z fonologiyasi o'zining tuzilishiga ko'ra, so'z morfologiyasi bilan umumiylikka ega. Bu umumiylik so'z morfologiyasi (so'z yasalishi) ozak morfemalar fonologiyasiga to'g'ri kelishi, so'z birikmalari va gaplarning morfologiyasi, o'zak morfemalarning affikslar bilan birikuviga to'g'ri kelishi bilan izohlanadi». Ko'rinadiki, fonologiya va morfonologiya o'rtasidagi bog'lanishni so'zlarniig turli qismlarga bo'linishi doirasida qarash lozim bo'ladi.
Natijalar va muhokama. Olim morfonologik holatlarning barchasini o'zbek tilining o'z materiallarini tahlil qilish orqali belgiladi (xalq og'zaki ijodi, sheva materiallariga asoslandi). Chunki A.G'ulomov o'zbek tili materiallarini juda ko'p jamlagan, ularning barcha xususiyatlarini to'la o'rganishga harakat qilgan. So'zlarning kelib chiqishini belgilashda uning tarkibidagi tovushlar jihatidan o'xshashlikka, boshqacha aytganda, ayniqsa, ikki tovushning bir xilligiga e'tibor qaratdi: qop-yop; qovoqqopqa-qopurg'a-qovurg'a, qopqoq; bot-bol-bos; to'l-to'q-to'y-to'p; do'ng-do'msa, do'ngak-to'ngak, do'ppi-to'ppi-to'piq; bos-os kabilar A.G'ulomov qarashlari so'zlarni morfemalarga ajratishning aniq qonuniyatlarini belgilab berish uchun nazariy asos bo'ldi. Olimning do'ngsa, cho'qmor, bombardimon... kabi ko'pgina so'zlar tarkibidagi -sa, -mor, -dimon kabi elementlar alohida ma'noli qismlar sifatida ajratilmaydi, ular qolg'indi elementlardir degan fikri o'zbek tilshunosligida qo'shimcha, o'dag'ayla, etakchi, etakla kabi ko'pgina so'zlarni morfemalarga ajratish mumkin emasligini asoslash bo'yicha quyidagi nazariy fikrni chiqarish uchun, prof.Yo.Tojiyevga turtki bo'lgan: "Agar so'z tarkibida yasovchi yoki boshqa qo'shimcha borligi aniq sezilib turgan bo'lsa-yu, affiksdan qolgan qism ma'no anglatmayotgan bo'lsa, uning qanday morfema ekanligi anglashilmasa, bunday so'zlar morfemalarga ajratilmaydi". Masalan, o'dag'ayla so 'zida shunday. -la affiksi sezilib turadi, biroq o'dag'ay qismi alohida morfema bo 'lolmaydi. Shu kabi, "agar o'zak morfemani ajratish mumkin bo'lsa-yu, qolgan qismning qanday morfema ekanligi noma'lum bo'lsa, uni belgilash qiyin bo'lib qolgan bo'lsa, tilda shunday morfema qayd etilmagan bo'lsa, so 'z morfemalarga ajratilmaydi". Masalan: qo'shimcha so 'zida qo'sh qismini ajratish mumkindek, u o'zak morfema holatiga ega, biroq keyingi -im qismini alohida morfema sifatida belgilab bo 'lmaydi. Shuningdek, - imcha qismini ham qo'shma affiks sifatida ajratish kuzatilmaydi. Demak, so'zni qo'sh+im+cha ko'rinishida ham, qo'sh+imcha ko 'rinishida ham, qo'shim+cha ko 'rinishida ham morfemalarga ajratib bo 'lmaydi. Ko'rgum, bilgim, aytgim kabi juda ko 'p misollarda ham holat shunday. O'zbek tilidagi to'qimachilik so 'zini morfemalarga ajratish yanada murakkab: to'qi-machilik; to'qi+ma+chilik; to 'qima+chilik tarzida ajratishlarda qaysi biri to'g'ri? Hozirgi kunda Toshkentda "Qizil
336
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
to'qimachi" degan joy bor. Shunga asoslanib to'qimachi qismini alohida qo'llash mumkinmi? Shunday birlik mavjudmi? Ikkinchidan, aynan shu so'z tarkibidan to'qima qismini ajratish mumkinmi? Albatta, tibbiyotda to'qima, to'qimalari so'zshakllari bor. Yolg'on to 'qima tarzidagi qo'llanishda ham shu shakl mavjud.
Xulosa. Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, Morfologiya so'z va uning grammatik xususiyatlari haqidagi ta'limotdir. Morfologiyada so'zning morfologik tuzilishi, yangi shakl va ma'nolar hosil qilishi bilan bog'liq qonun-qoidalar o'rganiladi. Morfologiyada so'zlar mushtarak yoki farqli belgilari umumlashtirilgan holda turkumlarga ajratib o'rganiladi. So'z leksikologiyada leksik birlik sifatida, morfologiyada esa grammatik birlik sifatida o'rganiladi.
REFERENCES.
1. Wilson-Fowler, E.B., & Apel, K. (2015). "Influence of Morphological Awareness on College Students' Literacy Skills: A path Analytic Approach". Journal of Literacy Research 47 (3): 405-32. doi:10.1177/1086296x15619730.
2. Beard, Robert. Lexeme-Morpheme Base Morphology: A General Theory of Inflection and Word Formation. Albany: NY: State University of New York Press, 1995 — 2, 3 bet. ISBN 0-7914-2471-5.
3. Gulyamov A. (2005) Scientific Heritage. - Tashkent: University Press.
4. Juravlyov V.K. (1989)Fundamental and Applied Phonology. Problems of Phonetics and Phonology // Materials of All-Union's Discussions. - Moscow: Nauka.
5. Levi-Stros K. (1985)Structural Anthropology. - Moscow: Nauka.
6. Шабидинова, З. И. (2021). Особенности дистанционного обучения иностранным языкам. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 2), 460-465.
7. Shabidinova, Z. (2022). DIE JUGENDSPRACHE IST EIN LINGUISTISCHES PHÄNOMEN. Academic research in educational sciences, 3(11), 454-460.
8. Shabidinova, Z. I. (2023). GENETIC ANALYSIS OF NEOSEMANTISM OF GERMAN YOUTH. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 4(03), 264-270.
9. Шабидинова, З. И. (2022). МОЛОДЕЖНЫЙ ЯЗЫК И УПАДОК ЯЗЫКА. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 10, 446-448.
10. Зера Шабидинова (2023). ОСОБЕННОСТИ СОВРЕМЕННОГО НЕМЕЦКОГО МОЛОДЁЖНОГО СЛЕНГА. "Til va adabiyot - Преподавание языка и литературе - Language and literature teaching", 6, 141-142
337