Научная статья на тему 'SINTAKSISVALENTLIK'

SINTAKSISVALENTLIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

28
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Valentlik / so‘z valentligi / semantik munosabat / sintaktik munosabat / fe‘l valentligi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dinora Oqbo‘tayeva, Zera Shabidinova

So‘zning nutqda o‘rganilishi, uning boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati, semantik sintagmani tuzuvi, o„z semantikasini to„la ochish uchun muayyan so‘z va so‘z formalarini talab etishi valentlik nazariyasining asosidir. So„z valentligi substansial-semantik fakt sifatida so‘z ma‘nosi bilan, so‘z ma‘nosining gap konstruksiyasida voqelanishi bilan bog‘liqdir. Valentlik nazariyasining obyektivligi, aktualligi, ilmiy-amaliy mohiyati so‘zning leksiksemantik kuchi, mavqei bilan belgilanadi. Valentlik nazariyasi tilshunoslikning semasiologiya, semantik sintaksis kabi muhim va murakkab sohalari bilan bevosita aloqador.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SINTAKSISVALENTLIK»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

SINTAKSISVALENTLIK

Dinora Oqbo'tayeva

ChDPU talabasi

ilmiy rahbari: Zera Shabidinova ChDPU o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

So'zning nutqda o'rganilishi, uning boshqa so'zlar bilan birika olish imkoniyati, semantik sintagmani tuzuvi, o„z semantikasini to„la ochish uchun muayyan so'z va so'z formalarini talab etishi valentlik nazariyasining asosidir. So„z valentligi substansial-semantik fakt sifatida so'z ma'nosi bilan, so'z ma'nosining gap konstruksiyasida voqelanishi bilan bog'liqdir. Valentlik nazariyasining obyektivligi, aktualligi, ilmiy-amaliy mohiyati so'zning leksiksemantik kuchi, mavqei bilan belgilanadi. Valentlik nazariyasi tilshunoslikning semasiologiya, semantik sintaksis kabi muhim va murakkab sohalari bilan bevosita aloqador.

Kalit so'zlar: Valentlik, so'z valentligi, semantik munosabat, sintaktik munosabat, fe'l valentligi.

АННОТАЦИЯ

Изучение слова в речи, его способность сочетаться с другими словами, структура семантической синтагмы, а также то, что для полного раскрытия ее семантики необходимы определенные слова и словоформы, составляют основу теории валентности. Валентность слова как содержательно-смысловой факт связана со значением слова, реализацией значения слова в построении предложения. Объективность, актуальность, научно-практическая сущность теории валентности определяется лексико-семантической силой и положением слова. Теория валентности напрямую связана с такими важными и сложными областями лингвистики, как семасиология, семантический синтаксис.

Ключевые слова: валентность, валентность слова, семантическая связь, синтаксическая связь, валентность глагола.

ABSTRACT

Learning a word in speech, its ability to be combined with other words, the structure of a semantic syntagm, and the fact that it requires certain words and word

338

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

forms to fully reveal its semantics are the basis of valence theory. Word valence as a substantial-semantic fact is related to the meaning of the word, the realization of the meaning of the word in the construction of the sentence. The objectivity, actuality, scientific-practical essence of the valence theory is determined by the lexical-semantic power and position of the word. Valence theory is directly related to important and complex fields of linguistics such as semasiology, semantic syntax.

Keywords: Valence, word valence, semantic relation, syntactic relation, verb valence.

Kirish. Sintaksis (qadimgi yunoncha: syntaxis — tuzilma, tartib, birikma):

1) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos bo'lgan vositalari majmui;2) grammatikaning so'zlarni so'z birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qo'shma gaplarga birikish usullarini o'rganuvchi, so'z birikmalari va gaplarning tuzilishi, ma'nosi, o'zaro ta'sirlashuvi hamda vazifalarini tadqiq etuvchi bo'limi. "Sintaksis" termini so'z birikmalari va gaplarni hamda ularning tilda qo'llanishini qamrab oluvchi grammatik qurilish ma'nosini ifodalash uchun ham ishlatiladi. Tilning grammatik qurilishida Sintaksis juda katta ahamiyatga ega, chunki uning tarkibiga bevosita kishilarning muomala muloqot jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi sodda gap va qo'shma gap kabi til birliklari kiradi. Sodda gap muayyan voqeahodisani, qo'shma ran voqeahodisalar orasidagi aloqamunosabatni, ran bo'lagi esa voqeahodisa unsurlaring vazifalarini ifodalaydi.

Sintaksis morfologiya bilan chambarchas bog'liqdir. Sintaksisda, xuddi morfologiyada bo'lgani singari, so'z asosiy birlik hisoblanadi, lekin u shakl yasalishi jihatidan emas, balki so'z shakllarining so'z birikmasi va gaplarni tuzishdagi ishtiroki jihatidan o'rganiladi. So'z birikmalari va gaplar tilning asosiy sintaktik birliklari va ularning har biri o'z ichki xususiyatlariga egadir.

Gap, gap bo'lagi, so'z birikmasi Sintaksisning asosiy birliklaridir. Bularga keyingi paytlarda abzats, period, matn kabi birliklar ham kiritilmoqda. So'z birikmasi tobe aloqa (bog'lanish) vositalari — moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv yordamida ikki yoki undan ortiq mustaqil so'zdan qosil bo'ladi va faqat ran tarkibidagina amal qiladi. Gap Sintaksisning markaziy birligidir. U struktursemantik qolip va nutq birligi bo'lmish fikr sifatida o'rganiladi. Gap fikrni — tashqi olam bilan aloqa tufayli yuzaga keladigan histuyg'ularni ifodalash vositasidir. Gap bir mustaqil so'zdan ("qorong'ilashmoqda", "jimjitlik"), aksariyat hollarda esa bir necha so'zdan hosil bo'ladi. Asosan, sintetik tillar, shuningdek, analitik tillarning xususiyatlariga ega bo'lgan o'zbek tilida gapdagi so'zlarning bog'lanish vositalari sifatida yordamchi so'zlar — ko'makchilar va bog'lovchilarni, suz tartibini, ohangni va boshqalarni

339

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

q^avjat^edagogi

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

ko'rsatish mumkin. Sof analitik tillarda gapdagi suzlarning bog'lanish vositalari, asosan, yordamchi so'zlar bo'lsa, agglyutinativ va amorf tillarda mazkur vazifani so'z tartibi bajaradi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Til o'z ijtimoiy vazifasini sintaktik qurilma-gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha - fonetik, leksik, morfologik hodisalar ana Shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki bevosita muhimdir. Zero, har qanday sintaktik hodisada so'z va morfologik ko'rsatgichlarni ko'ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatlarni belgilashda leksik va morfologik omillarga tayaniladi. Grammatika morfologiya va sintaksisni o'z ichiga oladi. Morfologiya, asosan, sintaktik qurilish vositalari bo'lmish grammatik ko'rsatgichlar tizimi - morfologik kategoriyalarni o'rganadi, ularning umumiy va xususiy grammatik ma'no (UGM va XGM)larini o'rganadi. Shuningdek, u so'z turkumlarining umumiy grammatik xossalarini ham tekshirib keladi. Aslida, morfologiyaning tekshirish manbayi yo leksik, yo sintaktik tabiatga ega bo'ladi. Masalan, so'z turkumlari lug'aviy ma'nosi yaqin so'zlarning yuksak darajadagi umumlashmasi, so'zlarni bosqichma-bosqich birlashtirib borish natijasida hosil qilingan katta guruhlardir. Demak, so'z ma'nolari umumlashuvi pog'onasining yuqori zinasi morfologik mohiyat sifatida qaraluvchi so'z turkumlaridir. Sintaksis tuzish, qurishning asosi gap haqidagi ta'limotdir. Gaplar, aslida, so'zlarning erkin birikuvlariga ham asoslanganligi tufayli so'zlarning bog'lanish qonuniyatlari, so'z birikmalari ham sintaksisda o'rganiladi. Atom xususiyatlari va ularning birikish qonuniyatlarini ochish molekula tabiatini o'rganishga bo'ysundirilganligi kabi so'z birikmalarini o'rganish ham gap ta'limotining tarkibiy qismi bo'lib, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so'zlarning har qanday birikuvlarini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini tekshiradi. Qaysidir yo'sindagi so'zlarning birikuvlari sanalmish qo'shma so'zlar (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog'ini yalagan, yog' tushsa yalaguday, ko'ngli bo'sh) sintaksisning tadqiq doirasidan Chetda qoladi. Chunki ular erkin bog'lanishga ega emas.

Natijalar va muhokama. Sintaksisning o'rganish tarixi qadimgi asrlarga borib taqaladi. Sintaksis ostida gap va uning qismlari haqida ta'limot tushuniladi. Bu nazariya antik davrning lisoniy an'analarini ifodalashdan kelib chiqqan. Sintaksis (grek tilidan sintaksis — birlashtirish, tuzilish) til tizimining bir sathi hisoblanib, so'z shakllaridan iborat bo'ladi. Sintaksis masalasi antik davrdan o'rganilib kelinmoqda va hanuzgacha sintaksis masalalari dolzarb hisoblanadi. Sintaksis grammatika fanining bir bo'lagi sifatida ko'riladi. Ma'lumki, grammatika fani ikki qismdan, ya'ni

340

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

morfologiya va sintaksis yo'nalishlaridan iborat. Sintaksis ta'rifiga ingliz, rus va o'zbek olimlari har tomonlama yondoshgan. Jumladan, rus olimi V. V. Vinogradov sintaksis so'zning so'z birikmasi va gap tarkibidagi birikish qoidalarni va usullarni hamda so'z birikmalarini, ularning tuzilishini, funktsiyasi, rivojlanish qonuniyatlarini o'rganuvchi fan deb hisoblaydi. "Olimning ta'kidlashicha, sintaksisning xarakterli xususiyati shundaki, uning har bir o'rganish ob'yekti o'zidan yuqoriroq bo'lgan grammatik birlikning struktur elementi sifatida funktsiyalashadi: so'z va uning shakllari so'z va gapning, so'z birikmasi turli yoyiq gaplarning, gap doirasida esa, o'z navbatida, sodda gap qo'shma gapning struktur elementi sifatida xizmat qiladi". Shunday qilib, sintaksisning o'rganish ob'yekti gapligini tasdiqlaydi. Hozirgi kunda, V.Vinorgadovning nazariyasi va ta'limoti o'rta maktablarning darsligida o'z o'rnini topgan, ya'ni, maktab o'quvchilarini o'qitishda aynan ushbu olimning fikrlariga tayaniladi. O'zbek tili sintaksisi tilshunoslikning alohida bo'limi sifatida dastlab Fitrat tomonidan "nahv" atamasi ostida o'rganildi. Shundan so'ng H.Qayumiy va S.Dolimov ham ikki qismli "Grammatika" asarini yozib, ikkinchi qismini "nahv" deb www.pedagoglar.uz 83 Volume-22, Issue-1, November - 2022 "PEDAGOGS" international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 nomlaganlar. Gap nazariyasi ham turli tadqiqotchilar tomonidan keng o'rganilgan. Til o'z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma — gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha — fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o'ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so'z va morfologik ko'rsatkichni ko'ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga tayaniladi. Gap, aslida, so'zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so'zning bog'lanish qonuniyati, so'z birikmasi ham sintaksisda o'rganiladi. So'z birikmalarini o'rganish gap ta'limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so'zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvning lisoniy mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo'sindagi so'zning birikuvi bo'lgan qo'shma so'z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yog'ini yalagan, po'konidan yel o'tmagan, ko'ngli bo'sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog'lanishga ega emas. Sintaksis atamasi grammatika atamasining o'zi kabi ikki ma'noli: 1) tilning sintaktik qurilishi; 2) grammatikaning tarkibiy qismi. Atamani ana shu ikkinchi ma'nosida qo'llab, birinchi ma'no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz.

Xulosa. Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, so'z turkumlari yuksak lug'aviy umumlashtirish, so'zlarni umumiy belgilari asosida birlashtirish natijasi bo'lsa,

341

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

grammatik ko'rsatgichlarning bir qismi leksik va bir qismi sintaktik ahamiyatga egadir. Demak, tilshunos I.I.MeshChaninov ta'biri bilan aytganda, morfologiya aslida leksik va sintaktik jihatlar birligidir.

REFERENCES

1. Абдурахмонов F. Кушма гаплар классификациям // Узбек тили ва адабиёти масалалари. — 1980.

2. Абдурахмонов F. Кушма гаплар классификациям // Узбек тили ва адабиёти масалалари. — 1980.

3. Виноградов В. В. Основные вопросы синтаксиса предложения (на материале русского языка)//Исследования по русской грамматике. — М. 1975- С.154.

4. Х,ошимов. Г. М. Типология сложных предложений разносистемных языков.-Т. "Фан"

5. Т., 1975; Mahmudov N., Nurmonov A., O'zbek tilining nazariy fammatikasi. Sintaksis, T., 1995.Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.

Шабидинова, З. И. (2021). Особенности дистанционного обучения иностранным языкам. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 2), 460-465.

6. Shabidinova, Z. (2022). DIE JUGENDSPRACHE IST EIN LINGUISTISCHES PHÄNOMEN. Academic research in educational sciences, 3(11), 454-460.

7. Shabidinova, Z. I. (2023). GENETIC ANALYSIS OF NEOSEMANTISM OF GERMAN YOUTH. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 4(03), 264-270.

8. Шабидинова, З. И. (2022). МОЛОДЕЖНЫЙ ЯЗЫК И УПАДОК ЯЗЫКА. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 10, 446-448.

9. Зера Шабидинова (2023). ОСОБЕННОСТИ СОВРЕМЕННОГО НЕМЕЦКОГО МОЛОДЁЖНОГО СЛЕНГА. "Til va adabiyot - Преподавание языка и литературе - Language and literature teaching", 6, 141-142

342

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.