Научная статья на тему 'VALENTLIK NAZARIYASI'

VALENTLIK NAZARIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

2367
217
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
valentlik / so„z valentligi / semantik munosabat / sintaktik munosabat / fe‟l valentligi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ravshanxo‘ja Rasulov

So„zning nutqda o„rganilishi, uning boshqa so„zlar bilan birika olish imkoniyati, semantik sintagmani tuzuvi, o„z semantikasini to„la ochish uchun muayyan so„z va so„z formalarini talab etishi valentlik nazariyasining asosidir. So„z valentligi substansial-semantik fakt sifatida so„z ma‟nosi bilan, so„z ma‟nosining gap konstruksiyasida voqelanishi bilan bog„liqdir. Valentlik nazariyasining obyektivligi, aktualligi, ilmiy-amaliy mohiyati so„zning leksiksemantik kuchi, mavqei bilan belgilanadi. Valentlik nazariyasi tilshunoslikning semasiologiya, semantik sintaksis kabi muhim va murakkab sohalari bilan bevosita aloqador.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VALENTLIK NAZARIYASI»

VALENTLIK NAZARIYASI

Ravshanxo'ja Rasulov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori

ANNOTATSIYA

So'zning nutqda o'rganilishi, uning boshqa so'zlar bilan birika olish imkoniyati, semantik sintagmani tuzuvi, o'z semantikasini to'la ochish uchun muayyan so'z va so'z formalarini talab etishi valentlik nazariyasining asosidir.

So'z valentligi substansial-semantik fakt sifatida so'z ma'nosi bilan, so'z ma'nosining gap konstruksiyasida voqelanishi bilan bog'liqdir. Valentlik nazariyasining obyektivligi, aktualligi, ilmiy-amaliy mohiyati so'zning leksik-semantik kuchi, mavqei bilan belgilanadi. Valentlik nazariyasi tilshunoslikning semasiologiya, semantik sintaksis kabi muhim va murakkab sohalari bilan bevosita aloqador.

Kalit so'zlar: valentlik, so'z valentligi, semantik munosabat, sintaktik munosabat, fe'l valentligi.

KIRISH

So'zning "rahi", "joni" bo'lgan semantikasi uning muayyan so'zlar bilan birikishini ta'minlaydiki, birikma, gap kabi nutq birliklari so'zlarning nutqda boshqa so'zlar bilan birika olish ma'no imkoniyatining, valentlik munosabatining natijasi sifatida qaralmog'i lozim. Bundan valentlik nazariyasining tilshunoslik fani uchun ilmiy-amaliy ahamiyati qay darajada katta ekanligi yaqqol aks etib turibdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODIKASI

Tilshunoslikka valentlik nazariyasi o'tgan asrning 40-yillari oxirida kirib kelgan (1). Valentlik nazariyasida biror so'zning boshqa so'zni o'ziga biriktirish xususiyati umumlashtiriladi (2).

Tilning aloqa vositasi sifatidagi ijtimoiy-amaliy, ilmiy qiymati uning birliklarining mazmun planiga egaligidan, biror tushunchaning ifodalanishidan kelib chiqadi (3).

NATIJALAR

Valentlik so'zga substansial yondashuvning natijasi sifatida so'zning ichki imkoniyati, so'zga xos muayyan semantik xususiyat sifatida baholanadi. Murakkab tushuncha ifodalovchi

December, 2022

442

nutq birliklaridan tortib, fikr ifodalovchi nutq birliklarining yuzaga kelishi bevosita so'z valentligi bilan bog'liqdir. Ayni vaqtda so'zlarning nutqda birikib kelishi mutlaq hodisa emas, balki nisbiydir. Chunki so'zlar grammatik model taqazo etgan har qanday so'zlarga emas, balki ulardan ba'zilariga birikadi (4). Demak, so'zlarning o'zaro birikish imkoniyati chegaralangan bo'lib, bu har bir so'zning ma'no imkoniyati bilan o'lchanadi. Aniqrog'i, birikuvchi so'z sememalarining semalar tarkibida shu sememalarni biriktirish qobiliyatiga ega, har ikkala sememaga umumiy xos semantik komponentlar (klassemalar) bo'lib, semantik sintagma sememalari shu semalar orqali o'zaro birikadi, mantiqiy munosabatga kirishadi (5). Ko'rinadiki, so'zlar ba'zi so'zlar bilan semantik birikib, sintaktik konstruksiyani hosil qilsa, boshqa so'zlar bilan faqat lisoniy fakt, nominativ birlik xarakteriga egaligi bilangina umumiylikni hosil qiladi, ya'ni ular o'zaro mantiqiy aloqaga kirishmaydi. Bunday munosabatga kirishganda ham, bu faqat sun'iy, shaklan bo'lib, obyektiv turlicha faktlar bilan tasdiqlanmaydi. Qiyoslang: semiz xolodilnik, to'rtburchak velosiped, odamni o'qimoq kabilar.

So'zlarning birikishi, ular orasidagi mantiqiy aloqa dastavval til birliklarining semantik imkoniyatiga (substansial xususiyatiga) ko'ra amalga oshadi. Demak, so'zlarning (leksemalarning) semantik bog'lanishi bevosita ular sememalarining semantik munosabatini yuzaga chiqaradi. Leksema sememalarining o'zaro munosabati masalasi esa hozirgi tilshunoslikning (semasiologiyaning) eng muhim nuqtasidir. Demak, muayyan so'zning muayyan so'z bilan birikishi uning semantik imkoniyatiga ko'ra sodir bo'lsa, bu holda talab qiluvchi va talab qilinuvchi so'zlarning o'zaro munosabati masalasi yuzaga keladi. So'zlar orasidagi semantik munosabat esa bevosita sintaktik munosabatni yuzaga keltiradi, ya'ni semantik sintagmalarni, sintaktik konstruksiyalarni tuzadi. Chunki sintaktik munosabat asosida semantik munosabat yotadi. Bundan esa o'z navbatida semantika va sintaksisning o'zaro dialektik bog'liqligi masalasi kelib chiqadi. Aniqrog'i, V.G.Gak ta'kidlaganidek, "sintaksis qanchalik semantik tabiatga ega bo'lsa, semantika ham shunchalik sintaktik tabiatga egadir"(6).

Sintaktik birliklarning semantikasi, ular komponentlarining o'zaro munosabati, jumladan, nutqda fe'l leksemaning boshqa nutq birliklari bilan birika olish imkoniyati kabi masalalar-semantik sintaksis tilshunoslik fanining eng kam o'rganilgan aspektidir(7). Semantik sintaksisning birikma semantikasi va gap semantikasi kabi turlari uning asosiy, muhim tomonlaridan biridir. Ayni vaqtda so'z (fe'l) valentligi bevosita semantik sintaksis bilan bog'liq masaladir. Demak, valentlik semantik-sintaktik jarayon sifatida alohida diqqatga sazovordir. Aytilganlarga ko'ra so'z valentligi masalasini

December, 2022

443

o'rganish semantik sintaksis bilan uzviy bog'liq bo'lib, keng ma'noda so'z , so'z birikmasi va gap semantikasini o'rganish demakdir.

MUHOKAMA

So'z valentligi substansial hodisa sifatida bevosita so'zning xususiyati, uning semantik qobiliyati ekan, bundan mantiqiy ravishda so'zning semantik valentligi tushunchasi kelib chiqadi. Binobarin, so'zning semantik valentligi so'zga tegishli potensial semantik imkoniyat bo'lib, uning leksik ma'nosidan kelib chiqib, so'zning boshqa til birliklaridan farqlanishini, alohidaligini, konkretligini ko'rsatuvchi asosiy me'zon sanaladi. U saylash imkoniga egaligi bilan mustaqil bo'ladi (8), so'zlar orasidagi sintaktik aloqani ta'minlaydi. Shunday qilib, til va nutq birligi bo'lgan so'zlarning o'zaro semantik-sintaktik aloqalari aslida ularning o'zida, substansiyasida (mohiyatida) valentlik imkoni "shaklida" qayd etilgan, jamlangan.

Shuni ta'kidlash lozimki, so'z valentligi substansial fakt sifatida so'zning doimiy ichki xususiyati bo'lib, bu xususiyat nutq faoliyatida, so'zlarning o'zaro bog'lanishida yuzaga kelmaydi. U, aytilganidek, nutqqacha, ya'ni tilda - til "birligi" sifatida so'z semantik tuzilishida mavjud bo'ladi, "yashaydi", potensial imkoniyat tarzida saqlanadi. Nutqda esa ushbu imkoniyat, substansial fakt "harakatga keladi", namoyon bo'ladi, turli nutq birliklarida o'zining aniq ifodasini topadi. Demak, valentlik, bir tomondan, jonli nutqni - so'zlar orasidagi sintaktik aloqani, so'zlarning o'zaro birikuvini ta'minlaydi, ikkinchi tomondan, valentlik so'zlar orasidagi sintaktik aloqada, so'zlarning birikuvida "ko'rinadi", ta'sir qiluvchi "kuchga" aylanadi. Binobarin, sintaktik aloqadan valentlik kelib chiqmaydi, balki valentlikdan sintaktik aloqa kelib chiqadi.

Valentlik - ichki imkoniyat, potensial bo'lsa, sintaktik aloqa uning namoyon bo'lishidir. Valentlik - til "birligi" bo'lsa, sintaktik aloqa nutq "birligi"dir. Valentlik - mohiyat bo'lsa, sintaktik aloqa hodisadir. Valentlik - umumiylik bo'lsa, sintaktik aloqa xususiylikdir. Valentlik - sabab bo'lsa, sintaktik aloqa natijadir. Shunday qilib, so'z semantik valentligi, aytilganidek, nutqda so'zlarning o'zaro birikishida - kommunikativ va nominativ birliklarning hosil bo'lishida "tug'ilmaydi", balki u "azaldan" so'zda, uning substansiyasida mavjud yashirin imkoniyat - yuzaga chiqishga tayyor turgan semantik qobiliyat bo'lib, bu substansial xususiyat nutq jarayonida voqe bo'ladi. S.N. Ivanov ta'kidlaganidek "grammatik forma ... muayyan xususiyatlarga (grammatik formaning ma'nolari) ega narsa, predmet bo'lib (falsafiy ma'noda), bu xususiyatlar shu narsa, predmetning turlicha munosabatlarida yuzaga chiqadi (grammatik formaning sintaktik funksiyalari) (9) yoki "grammatik forma. o'zining konkret

December, 2022

444

reallashishidan tashqarida ham o'z xususiyatlariga, ma'nolariga ega bo'ladi" (10). Shunisi xarakterliki, so'z valentligi har qancha yetakchi, birlamchi, asosiy bo'lmasin, u nutqda - so'zlar orasidagi o'zaro munosabatda, nutq birliklarining sintaktik aloqasidagina "qudratli kuchga" - kommunikatsiyaning asosiga aylanadi. Shu tufayli so'zlar orasidagi sintaktik aloqa so'z valentligini yuzaga chiqarishi, reallashtirishi, "ko'rinadigan" holatga o'tkazishi bilan alohida muhim ahamiyatga egadir. Demak, so'z valentligida valentlik munosabatiga kirishgan so'zlarda ikki tomonlama aloqa, bog'liqlik bo'lishi tabiiy va ayni vaqtda zaruriy holdir. Binobarin, valentlik bir tomonlama hodisa emas, balki ikki tomonlama - ham semantic, ham sintaktik hodisadir. Kommunikatsiya jarayoni lisoniy planda semantik-sintaktik jarayon, so'zlar orasidagi semantik-sintaktik aloqa sifatida baholanadi. Shunday qilib, so'zlar orasidagi sintaktik aloqa asosida so'zning valentlik imkoni yotadi. Sintaktik aloqa so'zning valentlik qobiliyatiga egaligini, valentlik umumiy xususiyatining nutqda, so'zlar orasidagi turlicha bog'lanishlarda - xususiylikda namoyon bo'lishini ko'rsatadiki, bu aslida "umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa dialektikasining voqe bo'lishidir" (11).

Aytilganlardan ma'lum bo'ldiki, so'z valentligi ikki tomonlama aloqani talab qiladi. Valentlik faqat hokim, boshqaruvchi so'z (masalan fe'l) bilangina emas, balki tobe boshqariluvchi so'z (masalan ot) bilan ham - so'zlarning hokim va tobe aloqasi bilan belgilanadi. Chunki hokim so'z (fe'l) semantik qurilishida tobe so'z (ot) yashirin mavjud bo'ladi. Nutqda esa ushbu so'z (ot) harakatga kelib, muayyan grammatik shaklda qatnashadi, sintaktik konstruksiyalarni tuzishda faol ishtirok etadi. Qiyoslang: qolmoq fe'lining semantik valentliklari - bu fe'l bevosita sintaktik aloqaga kirishgan, uning semantik valentliklarini namoyon qiluvchi so'z va so'z formalaridir: Men o'z yurtimda Vatanimni sevganim uchun, xalqimga astoydil mehnat qilish uchun qoldim.

agens (men)

qolmoq

o'rin (o'z yurtimda) sabab (vatan. sevg. uchun)

maqsad (xalq. astoy. xiz. qil. uchun)

Ko'rinadiki, qolmoq valentlik substansial xususiyatiga ko'ra agens, o'rin, sabab va maqsad kabi valentliklarga ega bo'lib, ularning ifodalovchilari (realizatorlari) bilan semantik-sintaktik aloqaga kirishgan. Ushbu gapda agens, o'rin, sabab va maqsad kabi fe'l semantikasining

December, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

445

mantiqiy bo'laklari - semantik qatnashuvchilar (aktantlar) fe'ldagi qolish xabarining - fe'l denotativ ma'nosining namoyon bo'lishi uchun xizmat qilmoqda. Qolmoq fe'li bilan sintaktik aloqaga kirishib, predikativ va nominativ birlikni hosil qilgan konstruksiyalarda - nominativ birliklarda tobe komponentning hokim komponentga moslashishi, muayyan grammatik shaklga kirishi yuz berganki, bu bevosita fe'l hokim komponentning talabiga, shunday "tortish kuchi" ga egaligiga, tobe komponentlarning esa "tortilishi" xususiyatiga ega bo'lish qobiliyatiga ko'ra sodir bo'lgan.

Yana qiyoslang: Men kitobni o'qish uchun kutubxonadan bugun oldim.

agens (men)

olmoq

obyekt (kitobni) maqsad (o'qish uchun) o'rin (kutubxonadan) vaqt (bugun)

Aytilgan fikr va misollardan kelib chiqib, shuni ta'kidlash lozimki, so'zlarning sintaktik aloqasida reallashuvchi so'z semantik valentligining mohiyati shundaki, bunda so'zlar (valentlik tashuvchi sifatida) muayyan semantik belgilarga ega muayyan nutqiy ishtirokchilarni, qatnashuvchilarni talab qiladi va boshqa semantik belgili nutqiy ishtirokchilarni "tan olmaydi". Ular ma'nosiga, muayyan semantik belgilariga ko'ra tanlab olingan qatnashuvchilar guruhi tomonidan ochiq o'rinlarining (pozitsiyalarining) to'ldirilishini boshqaradi. O'ziga muvofiq nutqiy ishtirokchilarning tanlanishi va nomuvofiq nutqiy qatnashuvchilarning inkor qilinishi har ikkala nutqiy qatnashuvchilar semantik belgilarining qo'shila olishi yoki qo'shila olmasligi asosida amalga oshadi, bu o'z navbatida obyektiv borliq hodisalari bilan tasdiqlanadi (12). Shuni aytish

lozimki, tilshunoslikda so'zning semantik valentligi tushunchasi bilan bir qatorda tashqi valentlik (13), ichki valentlik (14), formal valentlik (15), sintaktik valentlik (16), logik valentlik (17), vositali semantik valentlik, shakl semantikasi valentligi (18), emotive valentlik (19) va boshqa valentliklar ham borki, bularning har biri o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu valentliklarning biri muayyan so'zning semantik tuzilishidan, yana biri so'z va formantlarning o'zaro birika olish ma'no imkoniyatidan, boshqasi fe'l predikatning shakllanishidan - uning so'z formasida kelishidan,

December, 2022

446

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

yana boshqasi so'z (fe'l ) ma'nosida voqelanuvchi aktantning mantiqiy xarakteri kabilardan kelib chiqadi.

So'z semantik valentligining muayyan ko'rinishi fe'l valentligi hisoblanadi. Chunki valentlik nazariyasi dastavval fe'lning gap konstruksiyasida qo'llanishining mahsuli sifatida fe'lning boshqaruv xususiyatlarini o'rganish jarayonida shakllanadi(20). Chunki fe'l akad. V.V.Vinogradov ta'kidlaganidek, "...boshqa barcha so'z turkumi kategoriyalariga nisbatan eng konstruktiv turkumdir. Fe'lli konstruksiyalar otli so'z birikmalari va gaplarga faol ta'sir qilish kuchiga egaligi bilan xarakterlnadi"(21). Demak, fe'lning eng muhim xususiyati shundaki, u gapning semantik strukturasida markaziy o'rinni egallaydi(22). Shunga ko'ra L.Tener tobelik grammatikasida gapni tuzilish jihatidan tahlil qilish jarayonida gapning tuzilish asosi sifatida fe'lga tayanadi.

"Fe'l valentligining spetsifik xususiyati shundaki, fe'l (aniqrog'i predikat, valentlik tashuvchi...), gapning strukturasini belgilaydi"(23). Fe'lning gap konstruksiyasining tuzilishini belgilashi, bizningcha, uning potensial semantik imkoniyati bo'lib, fe'lni boshqa so'z turkumlaridan ajratuvchi eng muhim xususiyati hisoblanadi. Bu o'rinda S.D.Kasnelsonning quyidagi fikrini keltirish maqsadga muvofiqdir; "Mazmun planida fe'l predikat faqat leksik ma'nodangina iborat bo'lmaydi. U muayyan ma'no ifodalagani holda ayni vaqtda o'zida bo'lajak gapning maketini saqlaydi(24). Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, ta'kidlash mumkinki, fe'l faqat harakat, holatnigina emas, balki situatsiyani ham bir butun holda anglatadi, u shu harakat, holat - situatsiyaning barcha aktantlarini (qatnashuvchilarini) ham ifoda etish qobiliyatiga egadir. Fe'lning ana shu qobiliyati uning semantik valentligi sifatida belgilanadi(25). Demak, semantik valentlikka ega fe'l harakat, holat, nutq, ko'rish, eshitish jarayonlarini ham shu jarayonlarning zaruriy aktantlari orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Tilshunos S.N.Ivanov ta'biricha, "amalga oshishi mumkin bo'lgan aloqalarning miqdoriga ko'ra. fe'llar turli valentliklarga ega bo'ladi". Qiyoslang: o'qidim (kim, nimani, qayerda, qachon), suhbatlashdim (kim, kim bilan, nima haqida, qayerda, qachon)(26).

XULOSA

1. So'z valentligi substansial-semantik hodisa sifatida so'z ma'nosi bilan, so'z ma'nosining gapda yuzaga chiqishi bilan bog'liqdir. 2.

Murakkab tushuncha ifodalovchi nutq birliklaridan tortib, fikr ifodalovchi nutq birliklarining hosil bo'lishi bevosita so'z valentligi bilan

bog'liqdir.

December, 2022

3. So'zlarning semantik bog'lanishi bevosita ular sememalarining semantik munosabatini yuzaga chiqaradi. So'zlar orasidagi semantik munosabat esa sintaktik munosabatning namoyon bo'lishidir.

4. So'z semantik valentligining muayyan ko'rinishi fe'l valentligidú".

5.Fe'l valentligining muhim jihati shundaki, fe'l gapning tuzilishini belgilaydi.

6.Fe'l gapda valentlik tashuvchiligi bilan, boshqa so'zlarni o'ziga biriktira olish qobiliyatiga ega eng asosiy konstruktiv birlik ekanligi bilan ajaralib turadi.

REFERENCES

1. Кацнельсон с.д. о грамматической категории // Вестник ЛГУ. 1948 2 132-бет. Каранг: Лосев А.Ф. О понятии языковой валентности // Серия литературы и языка. Т 40 1981 5

2. Кацнельсон С.Д. К понятию типов валентности // Вопросы языкознания. 1987. 3, 21-бет. Кацнельсон С.Д. О грамматическое категории. 132-бет

3. Каранг. Проблемы семантики. М, 1974, 4-бет

4. Кучкортоев И. Суз валентлиги // Узбек тили ва адабиёти.ж. 1973. 3, 35-бет

5. Каранг: Апресян Ю.Д. Лексическая семантика. Синонимические средства языка. М; 1974. 79-94-бет. Величко А.В, Туманова Ю.А, Чагина О.В Простое предложение. Опыт семантического исследования.изд. МГУ. 1986

6. Гак.В.Г.К проблеме семантической синтагматики. Проблемы структурной лингвистики. М; 1972, 367-бет

7. Каранг: Иванова И. П, Бурлакова В.В, Почепцов Г.Г. Теоретическая грамматика современного английского языка. М; 1981, 238-бет; Золотова Г.А. Коммуникативные аспекты русского синтаксиса. М; 1982. 15-16-бет.

8. Каранг: Кучкартаев И.К. Валентный анализ глаголов речи в узбекском языке. Ташкент, 1977, 13-бет. Ломтев Т.П. Общее и русское языкознание. М; 1976. 189-бет.

9. Иванов С.Н. Родословное древо тюрок Абу-л-Газихана. Ташкент. 1969. С 20.

10. Иванов С.Н. Уша асар, уша бет.

11. Иванов С.Н. Уша асар, уша бет.

12. Степанова М.Д. Хельбиг Г. Части речи и проблема валентности в современном немецком языке. М; 1978, с 138.

13. Степанова М.Д. Теория валентности и валентный анализ. М; 1973.

14. Степанова М.Д. Уша асар, 36,-38-бет.

15. Степанова М.Д. Уша асар, 38,-82-бет.

16. Степанова М.Д. Уша асар, 68-бет.

17. Степанова М.Д. Хельбиг Г Уша асар, 154,-163-бет.

December, 2022

448

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

18. Миртожиев М. Узбек тилидаги феьл валентликлари. Т. 2007. 63-бет.

19. Мухамедова С. Узбек тилида харакат феьлларининг семантик ва валентлик хусусиятлари. ADD. Т. 2007. 28-бет.

20. Кучкортоев ИД. Суз маьноси ва унинг валентлиги. 72-бет.

21. Виноградов В.В. Русский язык. М. 1972. 337-бет.

22. Васильев Л. М. Семантика русского глагола. М, 1981. 35-бет.

23. Кибардина С.М. Категории субъекта и объекта и теория валентности // Категории субъекта и объекта в языках различных типов. Л. 1982. 24-бет.

24. Кацнельсон С.Д. Типология языка и речевое мышление. Л. 1972. 88-бет.

25. Долинина И.Б. Маркировка субъектно-объектных отношений у валентностных категории английского глагола // Категория субъекта и объекта в языках различных типов. 68-бет.

26. Иванов С. Н. Категория залога в определительных сочетаниях с формой на -ган в узбекском языке. В. Я. 1957. 2 с 106

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.