Научная статья на тему 'NUTQ BIRLIKLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI'

NUTQ BIRLIKLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3568
203
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tovush / leksema / fonema / morfema / nutq munosabatlari / gap / predikativlik va intonatsiya / til birligi / modallik / sound / lexeme / phoneme / morpheme / speech relations / sentence / predicativeness and intonation / language unit / modality

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ubaydullayeva, Baxtigul O’Ktamjon Qizi

Maqolada nutq birliklari va ularning til birliklariga bo‘lgan munosabati kabi masalalar o’rganilgan.Xususan,nutq birliklaridan bo’lgan tovush,so’z birikmasi,so’z va gaplarning o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPEECH UNITS AND THEIR CHARACTERISTICS

The article examines issues of speech units and their relationship to language units. Author analyzed specific features of speech units such as sound, word, word combinations and sentences.

Текст научной работы на тему «NUTQ BIRLIKLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

NUTQ BIRLIKLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI

Ubaydullayeva Baxtigul O'ktamjon qizi

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi,o'qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili o'qitishning integrallashgan kursi kafedrasi o'qituvchisi

Maqolada nutq birliklari va ularning til birliklariga bo 'lgan munosabati kabi masalalar o 'rganilgan.Xususan,nutq birliklaridan bo 'lgan tovush,so 'z birikmasi,so 'z va gaplarning o 'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: tovush, leksema, fonema, morfema, nutq munosabatlari, gap, predikativlik va intonatsiya, til birligi, modallik

В статье рассматриваются такие вопросы, как речевые единицы и их отношение к языковым единицам, в частности анализируются звуки, словосочетания и особенности слов и предложений из речевых единиц.

Ключевые слова: звук, лексема, фонема, морфема, речевые отношения, предложение, предикативность и интонация, языковая единица, модальность.

The article examines issues of speech units and their relationship to language units. Author analyzed specific features of speech units such as sound, word, word combinations and sentences.

Key words: sound, lexeme, phoneme, morpheme, speech relations, sentence, predicativeness and intonation, language unit, modality

1.Tovush. Tilning eng kichik (minimal) birligi fonema, nutqning eng kichik (minimal) birligi tovush hisoblanadi. Negaki, tovush fonemaning nutqdagi aniq namoyon bo'lishi, muayyan ko'rinishi, harakatidir. Fonema fonologik birlik sifatida fonetik birlik bo'lgan tovush bilan uzviy aloqada - munosabatda bo'ladi. Bu mutlaqo tabiiy va mantiqiydir.

Nutq birligi bo'lgan tovushlar xususiylik sifatida tilning ashyosi, moddiy materiali bo'lib, fizik, akustik, fiziologik hamda lingvistik (lisoniy) kabi qator belgilarga egaligi bilan o'ziga xosdir. Anig'i, tovushning talaffuzi, ta'sir qilishi, sezgi uyg'otishi, balandligi, kuchi, tembri, cho'ziqligi, aniqligi kabi qator xususiyatlari borki, bular fonetikaning fizik - akustik, anatomik - fiziologik, pertseptiv va lingvistik - funktsional aspektlari deb qaraladi.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Tovushning til sistemasidagi eng muhim xususiyati uning til (nutq) birliklarining: morfema, leksema, so'z (so'z formasi) kabilarning moddiy qiyofasini, ifoda tomonini, shaklini qurishdir, shakllantirishdir. Demak, tovush til sistemasining eng asosiy, eng dastlabki qurilish materiali, moddiy asosidir. Boshqacha aytganda, masalan, so'zning moddiy tomoni uning tovush qobig'ini tashkil qiladi. Tovush qobig'i esa muayyan narsa, predmet, xususiyat bilan bog'lanib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ladi.

Tovush o'zi yaratgan, "qurgan" so'zni tovush jihatdan farqlash, demak, ma'no jihatdan farqlash, fonetik-semantik differensiasiya qilish uchun xizmat qilsa, u fonema - til birligining ko'rinishi, voqelanishi sifatida baholanadi. Fonemaning tovushga, tovushning fonemaga o'tishi mantiqiy - zaruriy jarayon bo'lib, til va nutq dialektikasining fonema va tovush orqali voqelanishidir. Fonema va tovush nisbiy butunlik, nisbiy yaxlitlik sifatida til va nutqda, aytilganidek, ijtimoiy vazifa bajaradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, tarixiy - etimologik jihatdan tovush birlamchi. Chunki u talaffuz qilinish va eshitilish jarayoni bilan bog'liq, ya'nidastlab nutq - nutq tovushlari paydo bo'lgan, nutq yuzaga kelgan. Tovushning fonema sifatida baholanishi esa ikkilamchi bo'lib, jamiyat taraqqiyotining - til (nutq) taraqqiyotining muayyan davrida, keyingi bosqichlarida yuzaga kelgan, "yaratilgan"

Xullas, tovush nutq birligi sifatida nutqiy faoliyatni, nutqiy jarayonni ta'minlovchi moddiy birlikdir,shunday qilib:

1. Tovush - nutq birligi, fonemaning nutqdagi voqelanishi, harakati, uning moddiy asosi.

2. Tovush - xususiylik sifatida fizik, akustik, fiziologik va lisoniy (lingvistik) belgilarga ega.

3. Tovush - til (nutq) birliklarining (morfema, leksema, so'zlarning) moddiy qobig'i, ifoda tomoni sifatida muayyan predmet bilan bog'lanadi.

4. Tovush fonemaning voqelanishi sifatida muayyan birliklarni fonetik-semantik jihatdan farqlaydi, ijtimoiy vazifa bajaradi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ladi.

5. Har bir tovush fonema bo'lish qobiliyatiga ega. Tovush fonemaga, fonema tovushga o'tib turadi.

6. Tovush tarixiy - etimologik - kelib chiqishi, paydo bo'lishi jihatidan birlamchi, fonema-ikkilamchi.

Nutq birligi bo'lgan so'z (so'z formasi) nutq faoliyati bilan bevosita bog'lanadi, nutq jarayonida voqelanadi. Shunga ko'ra u nutq birligi, nutq "boyligi" hisoblanadi. Aslida so'z (so'z formasi) nutq birligi bo'lgan tovushdan - tovush kompleksidan

2. So'z

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

iborat ijtimoiy belgidir. So'z (so'z formasi) real birlik, xususiylik, aniqlik sifatida mavjud bo'ladi. Boshqacha aytganda, Leksema - til birligi tayyor va turlicha imkoniyatlar majmuasi bo'lsa, so'z uning voqelanishi, ro'yobga chiqishi, aniq shakl, mazmun va vazifa kashf etgan moddiy ko'rinishidir. Har bir leksema nutqda muayyan so'z sifatida namoyon bo'ladi. Demak, leksema va so'z umumiylik va xususiylik dialektikasi bilan bog'langan bo'lib, so'z xususiylik sifatida umumiylikning - leksemaning amaldagi ko'rinishi, harakati, muayyan vazifa bajarishidir.

Shunday qilib, til birliklari bo'lgan leksemalarning nutqda voqelashgan aniq shakl, mazmun va vazifaga ega ko'rinishiga so'z deyiladi, leksema va so'z munosabati aslida til va nutq bog'liqligining, o'zaro aloqadorligining muayyan birliklardagi aniq ko'rinishi, tasdig'idir.

Nutq birligi bo'lgan so'z, aytilganidek, tovushdan tashkil topgan ijtimoiy -individual belgi bo'lib, shunga ko'ra u moddiyligi bilan - dastavval tovush tomoni (pertseptiv vazifasi) bilan ajralib turadi.

So'zning nutq faoliyatidagi asosiy vazifasi atama-nominativ vazifa bo'lib, u ob'ektiv borliqdagi turlicha muayyan narsa-predmetlar, voqea-hodisalar, harakat-holatlar, belgi-xususiyatlar bilan bog'lanadi, ularni ifoda etadi, anglatadi, ular haqida muayyan ma'no, tushuncha beradi. Ayni vaqtda so'z jamiyat a'zolari xotirasida muhrlanib, ular tomonidan bir xilda qabul qilinadi, bir xilda tushuniladi. Shunga ko'ra u gapda, matnda qayd etilib, kuzatishda beriladi.

Shunday qilib, so'z tovush tomoniga (perseptiv vazifasi), atamalik xususiyatiga (nominativ vazifasi) hamda ma'no, tushuncha ifodalashiga (signifikativ vazifasi) ko'ra nutq birligi sifatida mukammalligi, fonema (tovush) va morfema kabi til birliklarini o'z tarkibiga olishi, kommunikativ jarayonda yetakchilik qilishi bilan ajralib turadi, muhim sanaladi.

So'z har qanday so'z birikmasi, gap va matn kabi sintaktik butunliklarning asosi, birlamchi materiali sanaladi. Fikr almashish jarayoni aslida so'zlardan, ularning semantik-sintaktik bog'lanishidan - valentlik munosabatiga kirishuvidan sodir bo'ladi. Shunga ko'ra so'z o'zining asosiy nominativ vazifasini nutq jarayonida bajaradi. Shu jarayonda u ma'no aniqligiga, pozision mustaqillikka ega bo'ladi, muayyan sintaktik vazifada namoyon boladi.

Demak, so'z semantik-morfologik jihatdan shakllanganligi bilan, sintaktik birlik bo'lish imkoniga egaligi bilan o'ziga xosdir.

1. So'z nutq jarayonida voqelashishiga ko'ra nutq birligi hisoblanadi.

2. So'z leksemaning-til birligining nutqda muayyan shakl va mazmunda namoyon bo'lishidir, amaldagi harakati, nutqiy ko'rinishidir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

3. So'z va leksema o'zaro umumiylik va xususiylik dialektikasi bilan bog'langan bo'lib, so'z xususiylik sifatida voqelashadi. So'z xususiyligi nutq xususiyligining mantiqiy davomidir.

4. So'z va leksema munosabati asosida til va nutq munosabati, bog'liqligi yotadi.

5. So'z pereseptiv, nominativ va signifikativ vazifalariga ko'ra ajralib turadi.

6. So'z nutqda gapning vazifasi bo'lgan fikr ifodalashni ham bajaradi. So'z gap bo'lib kela oladi.

7. So'z o'zaro bog'liq bo'lgan fonetik, grammatik va semantik jihatlarning jamidir.

3. So'z birikmasi

Nutq birligi deb xisoblangan so'z birikmasi nutqiy hosila sifatida til va nutq birliklarining - leksema va so'zlarning nutq faoliyatida erkin birikuvidan, mantiqiy -ma'noviy munosabatga kirishuvidan yuzaga keladi. Aniqrog'i, so'z birikmasining o'ziga xosligi, yaratilishiga ko'ra eng muhim jihati shundaki, u nutq jarayonida "etishtiriladi", hosil bo'ladi, aktual birlikka aylanadi.

So'z birikmasi mustaqil ma'noli so'zlarning (leksemalarning) o'zaro bog'lanishidan yuzaga kelib, gap bilan so'z orasidagi oraliq nutqiy birlik - nutq mahsuli sifatida baholanadi. U gap uchun qurilish materiali bo'lib xizmat qiladi. Ayni vaqtda so'z birikmasi so'zga nisbatan ham shaklan - miqdoran, ham mazmunan-sifat jihatdan boyligi, kengligi, mukammalligi va aniqligi bilan ustun turadi.

So'z birikmasining yaratilishida so'zlar xizmat qiladi, gaplarning yaratilishida esa so'z birikmalari xizmat qiladi. So'z birikmasi muayyan mazmun jihatiga ega bo'lib, ushbu mazmun jihati birikma tarkibidagi so'zlarning ma'nolariga asoslanadi. Shunga ko'ra so'z birikmasi semantikasi so'z semantikasiga ko'ra aniqroq, chuqurroq, murakkabroq va to'laroq bo'ladi. Negaki, u bir nechta so'z ma'nosining o'zaro "qorishuvidan", ichki munosabatidan, zanjirli bog'lanishidan yuzaga keladi.

So'z birikmasi ham, aslida so'z kabi, atash vazifasini - nominativ vazifani bajaradi. Anig'i, so'z birikmasidagi atash vazifasi bir nechta so'zlarning (leksemalarning) o'zaro erkin sintaktik aloqaga, munosabatga kirishuviga ko'ra amalga oshadi.

So'z birikmasi ham, aytilganidek, ifoda va mazmun, moddiy va ma'noviy jihatlarga egaligiga ko'ra morfema, leksema va so'z kabi til (nutq) birliklari bilan umumiylikni hosil qiladi. So'z birikmasining o'ziga xosligi yana shundaki, u sintaktik birlik sifatida so'zdan farq qilsa, boshqa sintaktik birlik bo'lgan gap bilan umumiylikka ega bo'ladi. Ammo bu umumiylik asosida muayyan xususiyliklar, farqli jihatlar yotadi, ya'ni so'z birikmasi fikr ifodalamaydi. Shunga ko'ra u gapga xos fikriy tugallik intonatsiyasiga ega emas.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

Shunday qilib, so'zlarning birikib, so'z birikmasini hosil qilishi, dastavval, birikma tarkibidagi so'zlarning ma'no imkoniyatiga ko'ra amalga oshadi. So'zlar orasidagi semantik munosabat esa bevosita sintaktik munosabatni yuzaga keltiradi. Shunga ko'ra birikma konstruksiyasi tuziladi.

So'z birikmasi ham fonetik, leksik-grammatik va semantik jihatlarning birligidan tashkil topadi.

1. So'z birikmasi nutq mahsuli, nutq birligidir.

2. So'z birikmasi birdan ortiq mustaqil ma'noli so'zlarning o'zaro birikuvidan tashkil topib, nisbatan aniq ma'no ifodalaydi, nutqda nominativ vazifa bajaradi.

3. So'z birikmasi komponentlari o'zaro tobe-hokim munosabatida bo'ladi.

4. So'z birikmasi hokim komponentining qaysi so'z turkumiga tegishligiga ko'ra turlicha nomlanadi (o'sha turkum nomi bilan ataladi).

5. So'z birikmalari tuzilishiga ko'ra sodda va murakkab birikmalarga bo'linadi.

6. So'z birikmasi asosida so'z valentligi-so'zning valentlik imkoniyati yotadi.

4. Gap.

Gap ifoda va mazmun jihatlarga ega nominativ (alohida olinganda) va kommunikativ (matn ichida berilganda) birlik sifatida morfema, leksema, so'z va so'z birikmasi kabi til hamda nutq birliklari bilan umumiylikni hosil qiladi. Ammo gap nutq jarayoni sifatida qayd etilgan lisoniy birliklardan farqli jamiyatda kommunikativ vazifa bajaradi, kommunikasiya akti birligi hisoblanadi. Til aloqa quroli bo'lish vazifasini gap orqali amalga oshiradi. Chunki gap fikr ifodalash vositasi sifatida faqat o'ziga xosligi bilan, semantik-grammatik, prosodemik shakllanganligi bilan boshqa lisoniy birliklardan ajralib turadi. Anig'i gap fikr ifodalash - axborot (xabar) berish va axborot (xabar) olish birligidir. Yuqorida qayd etilgan boshqa barcha birliklar gap uchun qurilish materiali bo'lib xizmat qiladi.

Gap mazmun jihatida ob'ektiv borliq aniq holda emas, balki umumlashtirilgan holda ifodalanadi. Shuningdek, gap mazmunida ob'ektiv borliqdan tashqari kishining mazkur borliqqa bo'lgan munosabati - modallik-kommunikativ modallik ham mavjud bo'ladi. Modallik esa predikativlikning muayyan ko'rinishi, tarkibiy qismi sifatida voqelashadi. Boshqacha aytganda, gapning grammatik asosini predikativlik - muayyan narsa-predmetning muayyan belgi-xususiyatini tasdiqlash yoki inkor qilish tashkil qiladi.

Xullas, gap predikativlik ifodasiga ega bo'lib, bu uning grammatik belgisi sifatida zamon, shaxs, modallik, mayl kabi grammatik sistemalarni-kategoriyalarni o'z ichiga oladi. Ayni vaqtda gapning predikativlikka ega bo'lishining o'zi bu birlikning o'ziga xos fonetik shakllanishini ham taqozo qiladi: predikativlik mavjud bo'lgan joyda, albatta, intonasion shakllanish ham bo'ladi. Chunki intonasiya

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

gapning tashqi shaklidir. U gapning boshlanish va tugash chegaralarini ko'rsatadi, jumladan, delimitativ (chegaralash, ajratish) funksiyani bajaradi. Kishilarning o'zaro aloqa qilishlari gap orqali amalga oshirilgani uchun intonasiya ham predikativlik kabi kommunikativ vazifani bajaruvchi vosita bo'lib, u gapning uchinchi muhim belgisidir.

Shunday qilib, gap ob'ektiv borliqni kishining unga munosabati orqali ifodalaydigan leksik-grammatik va intonatsion butunlikdan iborat bo'lgan alohida nutqiy formadir, nutq faoliyatidir - London is the capital of Great Britain.

Ushbu gapda tasdiq, munosabat, intonatsion tugallik mavjud. Demak, gapni gap qiluvchi muhim jihatlar predikativlik va intonatsiyadir.

Gap nutq birligi-sintaktik birlik sifatida ifoda maqsadiga va tuzilishiga ko'ra muayyan turlarga ajraladi. Gap mazmun tomoni orqali darak, so'roq, buyruq kabi xabarlar voqelashadi. Ushbu jarayonlar gap mantiqiy tomonining asosini tashkil qiladi.

1. Gap ifoda va mazmun jihatlariga ega nutq birligidir.

2. Gap kommunikativ jarayon - fikr ifodalash birligi bo'lib, semantik, grammatik va prosodemik shakllangandir.

3. Gapning grammatik asosini predikativlik tashkil qiladi.

4. Gap intonasion shakllanganligi bilan ham o'ziga xosdir.

5. Gap ifoda maqsadiga va tuzilishiga ko'ra muayyan turlarga ajraladi.

6. Til birligi sifatida gap qurilish modellari (qoliplar) nutqda nominativ birliklar va grammatik vositalar bilan to'ldiriladi.

Umumiy xulosa shuki, til va nutq birliklari tilni-kommunikativ jarayonni harakatlantiruvchi, moddiy asos bilan ta'minlovchi, ijtimoiy-amaliy vazifa bajarishi uchun xizmat qiluvchi kuchdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Бегматов Э. Нутк маданияти ва адабий норма Т., "Узбекистан", 1973 й.

2. Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М. Адабий норма ва нутк маданияти Т., "Фан", 1983 й.

3. Рахматуллаев Ш. Тил курилишининг асосий бирликлари. -Т.: "Университет",

2002.

4. Gardiner A. The Theory of Speech and Language. Oxford, 1951.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.