Научная статья на тему 'SO’Z BIRIKMASI. MOSLASHUVLI SO’Z BIRIKMASI HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR'

SO’Z BIRIKMASI. MOSLASHUVLI SO’Z BIRIKMASI HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
8894
254
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sintaksis / so’z birikmasi / moslashuv / qaratqich kelishigi / egalik qo’shimchasi. / syntax / phraseology / adaptation / demonstrative agreement / possessive suffix.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sobirjonova, Munisxon

Ushbu maqolada so’z birikmalari, xususan, moslashuvli so’z birikmasi haqida fikr yuritilib, ba’zi mulohazalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHRASE. SOME CONSIDERATIONS ABOUT COMPATIBLE PHRASE

In this article, some opinions are analyzed about word combinations, in particular, adaptive word combinations.

Текст научной работы на тему «SO’Z BIRIKMASI. MOSLASHUVLI SO’Z BIRIKMASI HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SO'Z BIRIKMASI. MOSLASHUVLI SO'Z BIRIKMASI HAQIDA BA'ZI

MULOHAZALAR

Ushbu maqolada so 'z birikmalari, xususan, moslashuvli so 'z birikmasi haqida fikryuritilib, ba'zi mulohazalar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: sintaksis, so'z birikmasi, moslashuv, qaratqich kelishigi, egalik qo 'shimchasi.

In this article, some opinions are analyzed about word combinations, in particular, adaptive word combinations.

Key words: syntax, phraseology, adaptation, demonstrative agreement, possessive suffix.

Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan bin - tilshunoslik necha o'n asrlardirki, til deyiladigan tilsimning tabiatini, tub mohiyatini tushunish va tushuntirish yo'lida tinimsiz izlanadi. Ayni izlanishlarning hosilasi o'laroq bu fanda xilma-xil yo'nalishlar, ilmiy qarashlar nuqtayi nazarlarning yuzaga kelganligidan bugun bexabar bo'lgan tilshunos yo'q. Shu bois keyingi yillarda lisoniy qurilishning umumiy qonuniyatlarini o'zbek tili materiallari asosida yangicha tadqiq etish va tahlil qilishga qaratilgan izlanishlar silsilasi yuzaga keldi. Bu izlanishlarning salmog'i kundan kunga oshib bormoqda.

Sintaksis grammatikaning bir qismidir. Grammatika so'z tuzilishini va gap tuzilishini, demak, tilning Grammatik qurilishini o'rgatadigan fandir. Grammatik qurilish tilning asoslaridan biridir: har bir tilning negizi uning grammatik qurilishi bilan leksikasidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Grammatika morfologiya va sintaksisni o'z ichiga oladi. Morfologiya so'zning strukturasini: so'z formalarini, ularning hosil bo'lish yo'llarini, so'zning nutqda o'zgarish qoidalarini belgilaydi - so'zlarning morfema sostavini va leksik-grammatik katergoliyalarini, so'z turkumlarini o'rgatadi. Morfologiya odatda so'z yasalish

Sobirjonova Munisxon

Namanga viloyati Chust tumani 1-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

masalalarini ham tekshiradi; sintaksis esa so'z birikmasida va gapda so'zlarning birikish yo'llarini, gapning strukturasini, tiplarini, gap bo'laklarini tekshiradi.

So'zning o'z formasini o'zgartirishi odatda uning boshqa so'z bilan bog'lanishini ko'rsatadi. Masalan, uning daftari, maktabga bor. Yana bir misol: kelishik affikslari morfologiyada so'zning turli formalari sifatida o'rganiladi, sintaksisda esa bu kabi formalarning qo'llanishi - so'z birikmasi va gapdagi vazifasi tekshiriladi, ular sintaktik munosabatning vositasi sifatida qaraladi. So'zning har bir konkret formasi butun sistemaning bir ko'rinishidir. Har bir gapda ma'lum funksiyani bajaruvchi so'z har gal shu ayrim formaga ega bo'ladi. So'zlar turli formalarda o'zaro bog'lanib, o'z morfologik xususiyatlaridan tashqari, ma'lum sintaktik xususiyatlarga ega bo'ladi: tilning fikr bayon qilish sistemasida biror grammatik funksiyani bajaradi (ega, kesim va boshqalar). Demak, morfologiyadagi so'z turkumlari nutqda gap bo'laklari vazifasini bajaradi. Bu narsa so'z turkumlari bilan gap bo'laklarining bog'lanishini ko'rsatib turadi.

Nutqda, gapda so'zlar ma'lum grammatik qoidalar asosida bir-biri bilan bog'langan bo'ladi. Masalan, uning qizi (gapirdi), yosh bola (yugurdi), sekin gapirdi. Misollardagi har bir juft grammatik butunlikni hosil qilgan bo'lib, yaxlit, biroq o'z ichida qismlarga bo'linadigan tushunchani, bir butun tushunchani bildiradi. Bu kompleksdagi - qo'shilmadagi so'zlarning aloqasi grammatik jihatdan shakllangadir. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so'z dan tuzilib, bir grammatik butunlik, semantik yaxlitlik tashkil qilgan har bir kompleks so'z birikmasi sanaladi. Nutqdagi har qanday butunlik bir so'z birikmasi bo'lavermaydi, bu bog'lanishning boshqacha ko'rinishlari ham bor.

Moslashuv. Bunda bog'langan har ikki so'z bir-biriga muvofiqlashib, tobe so'z shu aloqaga mos hokim so'z formada keladi; ulardan birining o'zgarishi bilan boshqasi ham o'zgarib, shunga mos formaga o'tadi - o'z shakllanishini unga barobarlashtiradi. Masalan, terimchining hikoyasi.

Qaratqich bilan qaralmish moslashuv yo'li bilan bog'lanadi; shaxs va sonda moslashadi. Bunday tobelanishning asosiy xususiyati tobelanish bir qismning boshqasini aniqlashga xizmat qildirishidir. Tobe so'z bilan hokim so'z bir-biriga moslashadi, harakat, belgi va predmetning qaysi predmetga tegishliligi ko'rsatiladi. Masalan, mening vatanim, gullarning guli, talabalarning o'qishi. Gullarning guli -Nargis . Bunda guli (hokim) so'z talaba bilan gullarning (tobe so'z ) qaratqich kelishik qo'shimchalarini olib kelgan. Dutorimning torlari qo'sh bulbuldek sayraydi kabi. Moslashuv hodisasi so'z birikmasining doirasi bilangina cheklanmaydi. Ega va kesim moslashuv yo'li bilan bog'lanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bunday birikma "qaratuvchi va qaralmish" qolipida tuziladi; birinchi a'zo ot, ot tur yoki otlashib kelgan leksema bilan ifodalanadi, qaratqich kelishigida bo'ladi. Shunday leksema shakl sintaktik jihatdan ikkinchi a'zoga bog'lanadi. Ikkinchi a'zoga birinchi a'zo bilan sintaktik bog'lanish tufayli nisbatlovchi qo'shiladi; nisbatlovchidan oldin sonlovchi qatnashadi, birlik yoki ko'plik sonlovchisi obyektiv voqelikka ko'ra tanlab qo'shiladi; turlovchi esa birikmaning boshqa bir leksema yoki birikma bilan sintaktik bog'lanishi natijasida qo'shiladi, shunga ko'ra ikkinchi a'zo (birikma yaxlitligicha) asli leksema (birikma) holatida bo'ladi, leksema shaklga (birikma shaklga) keyingi sintaktik bog'lanish natijasida aylanadi: hovlining o 'rtasi, cholning nabirasi- kabi. a'zo munosabati jihatidan qaralmishdan anglashiladigan predmet yoki belgi qaratuvchidan anglashiladigan predmetga (predmet tasavvuridagi belgiga) tegishli ekani (nisbat berilayotgani) ifodalanadi: o'rta hovliga, nabira cholga tegishli. Qaratuvchili birikma ifodalaydigan ma'nolar deb xoslik, butunning bo'lagi, to'dadan ajratilgan qism, o'ringa, vaqtga munosabat ma'nolari ta'kidlanadi. Asli bu ma'nolar - birikmaning ma'nolari emas, balki qaratuvchi, qaralmish bo'lib keladigan leksemalardan anglashiladigan ma'nolar. Qaratuvchili birikmada turlovchilar paradigmasining bir vakili-qaratqich kelishigi bilan nisbatlovchilar paradigmasi morfemalari orasidagi bog'liqlik namoyon bo'ladi. Bunda kelishik sintaktik aloqani ta'minlashda qatnashadi va sintaktik vazifa ko'rsatkichi bo'ladi; nisbatlovchi esa sintaktik aloqani ta'minlashda qatnashadi, lekin shakl o'zgartiruvchi ekanidan qat'i nazar, sintaktik vazifaga nisbatan betaraf bo'ladi. Qaralmishga nisbatlovchi qaratuvchidan anglashiladigan shaxs, son, modal ma'nolarga muqobil holda tanlab qo'shiladi. Qaralmishga qaysi nisbatlovchi qo'shilishini qaratuvchining kelishik shakli emas, balki kelishik qo'shiladigan asos, shu asosdan anglashiladigan shaxs, son, modal ma'no belgilaydi: mutanosiblik asosdan anglashiladigan grammatik ma'nolar bilan morfema (nisbatlovchi) ifodalaydigan ma'nolar orasida voqe bo'ladi. Qaratuvchi tarkibidagi kelishik shakli va qaralmish tarkibidagi sonlovchi mutanosiblik aloqasida qatnashmaydi. Mutanosiblik qaratuvchi bilan qaralmishning grammatik shakllarida voqe bo'lmaganligi sababli bunday birikma a'zolari orasidagi sintaktik aloqa moslashuv emas, balki muvofiqlashuv deyiladi (Rus tilshunosligida ega bilan kesim orasidagi bunday aloqa koordinatsiya deb nomlanadi: lot. co(n) - birgalikda, ordinatio -"tartibli joylashuv" Bunday sintaktik aloqaga sootvetstviye ham deyiladi). Qaralmishga qaysi nisbatlovchining qo'shilishi qaratuvchining qanday turkum leksemasi bilan ifodalanishiga, qisman uning grammatik shakliga bog'liq: 1. Qaratuvchi kishilik olmoshi bilan ifodalanganida qaralmishga shu

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

olmoshga mutanosib nisbatlovchi qo'shiladi: mening uy + im-, mening uylar +im-, sening uy + ing-, sening uylar + ing-, uning uy + i-, uning uylar + i- ,bizning uy + imiz-, bizning uylar + imiz- kabi.

2. Qaratuvchi ot leksema bilan, boshqa turkum leksemalarining ot tabiatlituri, shuningdek otlashib kelgan holati bilan ifodalanganida qaralmishga III shaxs nisbatlovchisi qo'shiladi: a) ot leksema bilan ifodalanishi: uyning devor +i-, uylarning devor +i-, uyning devorlar + i -, uylarning devorlar + i- kabi; b) fe'lning otdosh shakli bilan ifodalanishi: rozi qilishning yo'l + i-, rozi qilishning yo'llar + i-kabi; d) olmoshning ot turlari bilan ifodalanishi: kimning kitob + i- , kimlar-ning kitob + i-, kimning kitoblar + i-, kimlarning kitoblar + i- , allanarsa-ning sharpa + si- , allanarsalarning sharpa + si- , allanarsaning sharpalar + i- , allanarsalarning sharpalar + i- kabi; e) boshqa turkum leksemasining otlashib kelgan holati bilan ifodalanishi: yaxshining fazilat + i- , yaxshilarning fazilat + i-, yaxshining fazilatlar + i- , yaxshilarning fazilatlar + i- ; buning qilig' + i- , bularning qilig' + i- , bu-ning qiliqlar + i- , bularning qiliqlar + i- kabi; f) ikki va undan yuqori miqdorni anglatadigan miqdor son, shuningdek hamma- kabi leksema bilan ifodalanishi: o'nning yarm + i- , hammaning fikr + i kabi.

3. Qaratuvchi bo'lib ko'plik ma'nosi ifodalanadigan jamlovchi son, hammakabi leksema kelganida kelishikdan oldin odatda ko'plik nisbatlovchisi qo'shiladi: ikkala + miz + ning istag + imiz-, ikkala + ngiz + ning istag + ingiz-, ikkala + si + ning istag + i- ; hamma + miz + ning istag + imiz- kabi. Qaratuvchi tarkibidagi nisbatlovchidan ko'rinib turibdiki, bunday qurilma asli uch a'zoli: bizning ikkalamizning istagimiz- kabi. Bunday uch a'zoli qurilma alohida ta'kidlash zarur o'rinda-gina ishlatiladi; boshqa o'rinlarda ikki a'zoli qurilma ishlatiladi, shu yo'l bilan uslubiy g'alizlik, ortiqchalik bartaraf qilinadi. Bunday qaratuvchi bilan qaralmish tarkibiga nisbatlovchilarning ko'plik shakli o'zaro moslashib qo'shiladi. Bu yerdagi moslashuv muvofiqlashuv aloqasi tarkibida ichki hodisa sifatida voqe bo'ladi.

4. Yuqoridagi bandda tasvirlangani kabi hodisa qaratuvchi o 'z- ta'kid birligi bilan ifodalanganida ham voqe bo'ladi; yuqoridagi ifodalanishdan asosiy farqi shuki, bu yerda nisbatlovchilarning birlik shakllari ham ishlatiladi: o'z + im + ning uy + im, o'z + imiz + ning uy + imiz- kabi. Bunday qaratuvchi ta'kidma'nosini ifodalashgagina xizmat qiladi. Ikkinchi farq shuki, bunday vazifada kelgan o'z leksemashakli grammatik ko'rsatkich, shu jumladan nisbatlovchi qo'shilmagan holda ham keladi: o'z + im + ning uy + im- - o'z uy + im-kabi. Bunda o'z leksemashakli tashqi ko'rinishda sifatlovchini eslatadi. O'zimning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uyim- birikmasida oldingi a'zo tarkibidagi nisbatlovchi keying a'zo tarkibidagi nisbatlovchiga o'zaro moslashib qo'shiladi, natijada ortiqchalik voqe bo'ladi. Bunday ortiqchalik tilshunoslikdapleonazm deyiladi (yunoncha pleonasmus "ortiqchalik"). Tilning tejamkorlik qoidasiga binoan oldingi a'zo tarkibidagi nisbatlovchi tushiriladi, ayni vaqtda qaratqich kelishigi affiksi ham tushiriladi, chunki kelishik affiksi o 'z-ta'kid birligiga bevosita qo'shilmaydi.Qaratuvchi qaralmishsiz ishlatilmaydi, chunki qaratqich kelishigi-ning o'zi doirasida tugallik bo'lmaydi, qaralmish tarkibidagi nisbatlovchi bilanbirgalikda-gina grammatik shakl tugal tus oladi. Qaralmish ham asosan qaratuvchi bilan birgalikda ishlatiladi. Faqat qaratuvchi kishilik olmoshi bilan ifodalanganida, qaratuvchi nutqning oldingi qismida aniq ifodasini topganida bunday qaratuvchini tushirish, keltirmaslik mumkin: mening uyim- birikmasining birinchi a'zosi tushirilib, uyim- tarzida ishlatilishi kabi. Bunday tushirishga asos bor: kishilik olmoshi leksik ma'no anglatmaydi, faqat shaxs, son, o'rni bilan modal ma'noni -grammatik ma'nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Xuddi shu grammatik ma'nolarni nisbatlovchi ham ifodalaydi. Natijada o'ziga xos pleonazm hosil bo'ladi. Bu yerdagi pleonazm qaratuvchi vazifasidagi leksemashaklni ishlatmaslik bilan bartaraf qilinadi, natijada birikmaga teng holat yo'qoladi. Ikkinchi a'zoda qaralmishlik holati yo'qolmaydi: nisbatlovchi bunga yo'l qo'ymay Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mantiq urg'usi tushganida, shuningdek boshqa ayrim talablarga ko'ra bunday ifodalanadigan qaratuvchi tushirilmaydi: Mening singlim - a 'lochi kabi. Tushirilgan qaratuvchini zarur o'rinda bemalol tiklash mumkin: Singlim - a'lochi - Mening singlim - a 'lochi kabi.

Xulosa qilib aytaydigan bo'lsak, moslashuvli so'z birikmalarida faqatgina shakliy butunlik emas, ma'noviy butunlik ham ahamiyatga ega. Qaratqich kelishigi tobe so'zni hokim so'zga, egalik qo'shimchasi hokim so'zni tobe so'zga bog'lash uchungina xizmat qiladi, xolos. Unga tegishlidek tuyulgan ma'nolar qolipni to'ldirayotgan leksemalarning ma'noviy mohiyati bilan bog'liq bo'lib, mazkur qo'shimchalar namoyon qiluvchi vositalardir.

REFERENCES

1. Hojiyev A. O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari. - Toshkent:"O'zbek tili va adabiyoti jurnali",2007. 3-4 - betlar

2. Hojiyev A. O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari. - Toshkent:"O'zbek tili va adabiyoti jurnali",2007. 3-4 - betlar

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Nurmonov A., Sarimsoqov B. Til sistemasida so'zlarning o'rni va so'zlarni turkumlarga ajratish, 1999.

4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili. Toshkent, 2006.

5. Sayfullaeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent: 2010.

6. Кононов А.Н. Грамматика срвременного узбекского литературного языка.М.,Л.,1960. 77- стр

7. Alimova D. So'z va uning xususiyatlari:.. ziyonet.uz. - Samarqand, 2011.

8. Fayzullayev M. O'zbek tilida so'z turkumlari tasnifi masalalari: ... ziyonet.uz . -Buxoro, 2014.

9. Shakarova N. O'zbek tili morfologiyasining shakllanish tamoyillari(zamonaviy tilshunoslik materiallari asosida): Filol.fan.nomz.diss . - Samarqand, 2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.