Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATLARIDA IBORALARNING GRAMMATIK TAVSIFI'

O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATLARIDA IBORALARNING GRAMMATIK TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
25384
500
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ibora / iboralar tarkibi / iboralarning tuzilishi / birikma ibora / gap ibora.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Islom Bo‘Riyev Eshmirzayevich

Maqolada o‗zbek tilining izohli lug‗atlaridagi iboralarning grammatik tavsifi haqida hamda ularning izohli lug‗atlarda grammatik jihatidan qay tarzda berilishiga doir ba‘zi fikrlar va mulohazalar berilgan. Shuningdek, iboralarning grammatik tarkibiga ham qisqacha to‗xtalib o‗tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATLARIDA IBORALARNING GRAMMATIK TAVSIFI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-248-252

O'ZBEK TILINING IZOHLI LUG'ATLARIDA IBORALARNING

GRAMMATIK TAVSIFI

Islom Bo'riyev Eshmirzayevich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, I kurs

tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Maqolada o'zbek tilining izohli lug'atlaridagi iboralarning grammatik tavsifi haqida hamda ularning izohli lug'atlarda grammatik jihatidan qay tarzda berilishiga doir ba'zi fikrlar va mulohazalar berilgan. Shuningdek, iboralarning grammatik tarkibiga ham qisqacha to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ibora, iboralar tarkibi, iboralarning tuzilishi, birikma ibora, gap

ibora.

ABSTRACT

The article provides some ideas and comments on the grammatical description of phrases in the dictionaries of the Uzbek language, as well as how they are grammatically presented in the glossaries. The grammatical structure of the phrases is also briefly discussed.

Keywords: phrase, phrase structure, phrase structure, compound phrase, sentence phrase.

KIRISH

Tilshunoslikning iboralar tizimini o'rganuvchi frazeologiya bo'limi boshqa bo'limlarga nisbatan yangi bo'limdir. U XX asrning 50-yillaridan mustaqil bo'lim sifatida ajralib chiqdi. Frazeologiyaning tilshunoslikning alohida yo'nalish sifatida shakllanishi rus tilshunosi V.V.Vinogradov nomi bilan bog'liq.

O'zbek frazeologiyasining shakllanishi Sh.Rahmatullayev, M.Husainov, Y.D.Pinxasovlarning nomlari bilan bog'liq.

O'zbek tilshunosligida frazeologiya bo'limining ilmiy asosda chuqur o'rganilishi va takomillashuvida Sh.Rahmatullayevning xizmatlari beqiyos. Olim, shubxasiz, o'zbek frazeologiyasi maktabiga asos soldi. U yaratgan "Nutqimiz ko'rki", "O'zbek tilida fe'l frazemalarning bog'lashuvi", "O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati" va shunga o'xshash juda ko'plab asarlar yozdi. Bu asarlar o'zbek

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-248-252

tilshunosligi uchun juda qimmatli manbaalar hisoblanadi.

O'zbek frazeologiyasining yangi muvaffaqiyatlarga erishuvida B.Yo'ldoshev, Abdumurod Mamatov, Abdug'ofur Mamatovlarning xizmatlari katta bo'ldi. B.Yo'ldoshev iboralarning konnotativ ma'nolari, badiiy tasvir vositasi sifatidagi imkoniyatlarini yoritib berdi. Abdumurod Mamatov esa frazeologik norma muammosini ko'tarib chiqdi va frazeologik norma hamda frazeologik variant o'rtasidagi munosabatni ko'rsatib berdi.

Hozirgi kunda o'zbek frazeologiyasi masalalari M.E.Umarxo'jayev, X.Dadaboyev, I.X.Sadikova, S.X.Nurmatova, O.Tursunova, P.P.Nishonov, O.S.Ahmedov, H.V.Mirzaxmedova, S.T.Mustafayevalarning tadqiqotlarida ham o'z aksini topgan.

METODOLOGIYA

Yuqorida ta'kidlab o'tgan olimlarimiz o'zbek tili frazeologiyasining deyarli hamma tomonlarini ochib berishgan. Mazkur ishlar qatorida iboralarning grammatik tavsifiga doir ham ko'plab ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin. Shular qatorida o'zbek tilining izohli lug'atlaridagi iboralarining grammatik tavsifiga to'xtalib o'tsak.

Sh.Rahmatullayev o'zining "Nutqimiz ko'rki" asarida iboralarga munosabatini quyidagicha aniq bayon qiladi. "Bittadan ortiq leksik negizdan tarkib topgan, tuzilish jihatidan birikmaga, gapga teng, mazmunan so'zga ekvivalent, yaxlitligicha ustama ko'chma ma'no anglatuvchi lug'aviy birlikka ibora (frazeologik birlik) deyiladi. Bu o'rinda "lug'aviy birlik" deyish bilan iborani erkin bog'lanmadan, "bittadan ortiq" deb ta'kidlash bilan soda so'zlardan "leksik negizlar" deb ta'kidlash bilan analitik formadan, "birikma, gapga teng" deb ta'kidlash bilan qo'shma so'zdan, "yaxlitligicha ustama ko'chma ma'no" deb ta'kidlash bilan to'g'ri ma'noli turg'un birikmadan farqlaymiz" [1].

Iboralarning grammatik tarkibi kamida ikki yoki undan ortiq leksemalardan iboratdir.

Iboralarning o'ziga xos belgilardan biri turg'un(barqaror)lik hisoblanadi. Turg'unlik deyilganda ikki hodisa ko'zda tutiladi:

1) iboraning grammatik shakllarga kira olishi;

2) ibora leksik tarkibi o'zgara olishi [2].

Turg'unlikni hech qanday o'zgarishga yo'l qo'ymaslik deb tushunish noto'g'ri. Grammatik o'zgarishlar barcha so'z turkumlariga xos bo'lmagani kabi, iboralarning ham barchasiga grammatik o'zgarish xos emas. Masalan, ko'z ochib yumguncha,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-248-252

boshi ochiq, do'ppisi yarimta, tomdan tarasha tushganday kabi iboralarda hech qanday grammatik o'zgarish ro'y bermaydi, oyog'ini qo'liga olib, jahli burni uchida, kavushim ko'chada qolgani yo'q kabi iboralarda esa nutqda qo'llanayotganda grammatik o'zgarishlar ro'y berishi mumkin: oyog'imni qo'limga olib, jahling burningning uchida, kavushi ko'chada qolgani yo'q kabi.

Ta'kidlab o'tganimizdek, iboralar tarkibida kamida ikkita mustaqil so'z ishtirok etadi. O'zaro sintaktik-semantik jihatidan bog'langan bu so'zlar so'z birikmasi yoki gapga teng bo'ladi. Bunday so'z birikmasi yoki gapdan yaxlitligicha anglashiladigan frazeologik ma'no uni sintaktik birlik (nutq birligi) deb emas, balki semantik birlik (til birligi) deb qarashga olib keladi. Shunday ekan so'z birikmasi yoki gapga tenglik haqida gap ketganda iboraning ichki sintaktik qurilishi ko'zda tutiladi [3].

Iboralar tarkibida qatnashgan so'zlar orasidagi sintaktik bog'lanish o'z kuchini saqlaydi, faqat ichki bo'ladi. Masalan, ko'zi tushdi — ega kesim; qovog'ini soldi — to'ldiruvchi kesim kabi.

Iboralarda hozirgi o'zbek tilidagi sintaktik bog'lanishlarning deyarli barcha turlari uchraydi: katta gap, dil yarasi, gapning ochig'i, shamolga sovurmoq, ochiq ko'ngil, ko'zini pishitmoq.

Iboralarning tuzilishi jihatidan quyidagi shakllari uchraydi:

1) so'z birikmasi shaklidagi iboralar: almisoqdan qolgan, qo'lini sovuq suvga urmaydi, boshini aylantirmoq, shamolga sovurmoq;

2) sodda gap shaklidagi iboralar: qo'li ochiq, ko'zi tushdi, boshi aylandi, fe'li keng, tili qisiq, tarvuzi qo'ltig'idan tushdi;

3) qo'shma gap shaklidagi iboralar: ko'zi ko'r, qulog'i kar. Bog'dan kelsa, tog'dan kelmoq [4].

O'zbek tilida iboralarning ko'p qismi so'z birikmaga teng qurilishli. Iboralar erkin birikmalar singari sintaktik qurilishli ya'ni ular ham tobe va hokim a'zolar bilan ifodalanadi. Masalan, yurakni yormoq, dumini tugmoq, shamolga sovurmoq, po'stagini qoqmoq. Bu kabi birikmaga teng iboralar lisoniy birlik sifatida biror sintaktik bo'lak vazifasida kela oladigan darajada grammatik shakllanganidan keyin butunga aylanadi. Masalan, Mana shu tirranchalarni deb boya rosa po'stagimni qoqishgandi. (M. Niyozov).

Iboralarning bir qismi sintaktik qurilishi jihatidan gapga teng bo'lib, bunday iboralar tarkibida ega mavjud bo'ladi : boshi shishdi, dili og'ridi, joni bor, ko'ngliga qil ham sig'maydi, tili bormaydi, boshi qizidi, qo'li tegmaydi, qo'li bormaydi, yuragi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-248-252

tor, chakagi tinmaydi, puli chaqadi, barakasi ketdi, ko'ngli barqaror bo'ldi va shu kabilar. Bu kabi iboralarning gapga teng ekanligi tarkibida ega vazifasidagi bo'lak qatnashayotganligi va shu bo'lakdan anglashiladigan bajaruvchining shaxs-soniga muvofiq ravishda iboraning oxirgi a'zosiga tuslovchi qo'shilayotganligi bilan belgilanadi. Tuslovchidan avval bunday tuzilishga ega bo'lgan iboraga bo'lishli-bo'lishsizlik, mayl, zamon shakli yasovchisi qo'shiladi hamda bu grammatik ko'rsatkichlar iboraga nutq jarayonida tanlab qo'shiladi. Bu esa gapga teng iborada tuslovchining mavqeyi bo'lishli-bo'lishsizlik, mayl, zamon shakli yasovchilarning mavqeyidan keskin farq qilishini ko'rsatadi [5].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

So'z birikmasi yoki gapga teng iboralar nutqda turli xil grammatik shakllar qo'shilishi tufayli ular gapga tenglikdan birikmaga tenglikka yoki aksincha bo'lishi mumkin. Masalan, dili og'ridi ifoda jihatidan gapga teng ibora ya'ni ega va kesimdan tashkil topgan, lekin uning variatni hisoblangan dilini og'ritmoq iborasi ifoda jihatidan birikmaga teng ya'ni to'ldiruvchi va to'ldirilmish munosabati aks etgan. Bunday sintaktik qayta qurilishi fe'l iborada nisbat yasalishi munosabati bilan yuz bergan. Bunda birinchi iborada o'timsiz fe'l bosh kelishikdagi ot bilan munosabatga kirishgan bo'lsa, ikkinchi ibora tarkibida fe'l orttirma nisbat yasovchisini olib o'timli fe'lga o'zgardi, ot komponent esa bosh kelishik shaklidan tushum kelishigi shakliga o'zgardi. Buday xususiyatga ega iboralar tilimizda anchagina uchraydi: ko'ngli og'ridi — ko'nglini og'ritdi, dili vayron bo'ldi — dilini vayron qildi, qovog'i osildi — qovog'ini osmoq, ko'zi moshdek ochildi — ko'zini moshdek ochmoq, dami kesildi — damini kesmoq, ko'zi ko'r, qulog'i kar bo'ldi — ko'zini kar, qulog'ini kar qilmoq.

Bunday grammatik o'zgarishlar iboralarning faqat ifoda planida ro'y berib, ularning mazmun planiga ta'sir qilmaydi. Misol uchun qovog'i osildi iborasi gapga teng ega va kesimdan, qovog'ini osmoq iborasi birikmaga teng to'ldiruvchi va to'ldirilmishdan iborat. Ifoda plani jihatidan ikki xil shaklda lekin ikkalasi ham mazmun jihatidan "xafa bo'lmoq" ma'nosida ishlatiladi.

Iboralarning ifoda planida leksemalardan tashqari, yordamchi so'zlar (ko'makchilar) va turli forma yasovchi morfemalar qatnashishi mumkin. Masalan, ochiq yuz bilan, barmoq bilan sanarli, qaysi yuz bilan kabi iboralarda "bilan" ko'makchisi ishtirok etgan bo'lsa, dam olmoq, chehrasi ochiq, aqlini olmoq, ilonning yog'ini yalagan kabi iboralarda -moq, -si, -i, -ni, -ning, -gan kabi forma yasovchi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-248-252

qo'shimchalar mavjud. O'rni bilan tuslovchi ham iboraning ichki grammatik qurilishiga mansub bo'ladi. Masalan, ko'zi tindi, boshi ko'kka yetdi, ko'zi to'rt bo'ldi. Iborani nutqda ishlatish munosabati bilan qo'shiladigan morfemalargina uning ifoda jihatiga mansub bo'lmaydi.

O'zbek tilining ikki jildli (1981-yilda nashr qilingan) va besh jildli (2006-2008-yillarda nashr qilingan) izohli lug'atlaridagi iboralarning grammatik jihatidan tavsif qilib solishtirilganda ikki jildli hamda besh jildli O'TILdagi ko'pgina iboralar tarkibidagi grammatik qo'shimchalar, ular tarkibidagi so'zlarda ham anchagina tafovutlar uchraydi. Masalan, ajal haydab kelgan ekan (ikki jildli O'TIL) — ajal haydab kelgan (besh jildli O'TIL), abjag'i chiqdi (ikki jildli O'TIL) — abjag'i chiqmoq (besh jildli O'TIL), ichi achimoq (besh jildli O'TIL) — ichi achidi (ikki jildli O'TIL). Ikki jildli O'TILga nisbatan besh jildli O'TILga kiritilgan iboralar grammatik jihatidan ancha qolipga solingan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, iboralarni izohli lug'atlarga kiritayotganda grammatik jihatidan quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

- iboralarning qaysi so'z turkumiga oidligiga;

- ibora tarkibidagi grammatik shakl(tuslovchi, turlovchi)larning iste'molda o'zgarishsiz ko'p qo'llanilishiga;

- fe'l iboralarni kiritishda uning so'z birikmasi yoki gapga teng ekanligiga;

- iboralarning nutqda aniq bir shakladagina ishlatilishiga.

Demak, iboralarni izhohli lug'atlarga tanlab kiritilayotganda ularning nafaqat nutqda ko'p qo'llanilishi yoki adabiy tilga qabul qilinganligiga, balki ularning grammatik jihatidan ham mukammal tarzida kiritilishga e'tibor qaratishimiz lozim.

REFERENCES

1. Rahmatullayev Sh. Nutqimiz ko'rki // "Fan" nashriyoti, Toshkent-1970. B-56.

2. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati // "O'qituvchi" nashriyoti, Toshkent-1978. B-10.

3. Pinxasov Y. Hozirgi o'zbek adabiy tili // "O'qituvchi" nashriyoti, Toshkent-1969. B-67.

4. Телия В.Н. Большой фразеологический словарь русского языка. - М., 2006. -С. 12

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.