KOREYS VA O'ZBEK TILLARIDA ANIQLOVCHI SO'Z BIRIKMALARINING YASALISHI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.6653738
Elmuratova Umida
Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti Uzoq sharq tillari kafedrasi o'qituvchisi(O'zbekiston) +998991182321 Xalilova N.
Koreys tili yo'nalishi 3- kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Koreys va o'zbek tillarida aniqlovchi so'z birikmalarining turli usullar orqali yasalishi haqida fikr yuritiladi. Har bir tilning tuzilish strukturasi bo 'lib, ularning asosini leksika va grammatika tashkil etadi. Koreys tili grammatikasi ham o'ziga xos murakkab hisoblanadi. Xususan so'z birikmalarining koreys va o'zbek tillarida qo'llanillishi, aniqlovchili birikmalarning hosil bo'lishi, ularning yasalishi, ularga qo'shiladigan qo'shimchalar va ularni nazariy va amaliy, grammatik jihatdan tadbiq qilish muhim masala hisoblanadi. Koreys va o'zbek tillaridagi aniqlovchili birikmalarning qiyosiy tahlili o 'rganilganligi haqidadir.
Kalit so'zlar: Boshqaruv, moslashuv, bitishuv, teng aloqa, tobe aloqa, moslashuv aloqa, metod.
АННОТАЦИЯ
В этой статье обсуждаются различные способы формирования описательных фраз в корейском и узбекском языках. Каждый язык имеет свою структуру, основанную на лексике и грамматике. Корейская грамматика также сложна. В частности, важными вопросами являются употребление словосочетаний в корейском и узбекском языках, образование прилагательных, их построение, дополнения к ним и их теоретическое и практическое, грамматическое применение. Проведен сравнительный анализ описательных составов в корейском и узбекском языках.
Ключевые слова: Управление, адаптация, адгезия, равноправное общение, подчиненное общение, адаптивное общение, метод.
ABSTRACT
This article discusses the different ways in which Korean and Uzbek descriptive phrases are formed. Each language has its own structure, based on vocabulary and grammar. Korean grammar is also complex. In particular, the use of phrases in Korean and Uzbek, the formation of adjectives, their construction, additions to them and their theoretical and practical, grammatical application are important issues. A comparative analysis of descriptive compounds in Korean and Uzbek has been studied.
Keywords: Management, adaptation, adhesion, equal communication, subordinate communication, adaptive communication, method.
KIRISH
Koreya o'zining "yopiq eshiklar" siyosatini yurgizgani tarixdan ma'lum. Ammo XIX-asrga kelib, Koreya o'z "eshiklarini" dunyoga ochgandan so'ng, bu sirli, ajoyib mamlakatni o'rganish, boshqa mamlakatlarning qiziqishiga sabab bo'ldi. Biror bir mamlakatni o'rganish, avvalo uning tilini o'rganishdan boshlanadi. Koreys tilini o'rganish esa, uni tashkil etuvchi alifbo, so'zlar hamda grammatikadan boshlanadi. Bu, o'ziga yarasha murakkab jarayon hisoblanib, uni turli olimlar turlicha nuqtai nazardan o'rganishdi va o'rganib kelishmoqda. Xususan, rus olimlaridan Xolodovich A.A., Mazur Yu.N., Kim F., koreys olimlaridan kabi
olimlar tomonidan o'rganilib tadqiq etildi. Janubiy Koreyalik olimlar , ,
^^^ ning tadqiqot natijalari o'ziga xos ahamiyatga ega. Xususan so'z birikmalarining koreys va o'zbek tillarida qo'llanillishi, aniqlovchili birikmalarning hosil bo'lishi, ularning yasalishi , ularga qo'shiladigan qo'shimchalar va ularni nazariy va amaliy, grammatik jihatdan tadbiq qilish muhim masala hisoblanadi. Koreys va o'zbek tillaridagi aniqlovchili birikmalarning qiyosiy tahlili o'rganilganligi haqidadir. Koreys tilida ham boshqa tillar singari, aniqlochining bir necha turlari mavjud. Ammo ularning har biri o'ziga xos bo'lib, ularni bir-biridan ajratish va gapda qo'llay olish ba'zi hollarda qiyinchilik tug'diradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Koreys va o'zbek tili gramatikasini qiyosiy tahlili yuzasidan koplab ilmiy tatqiqod ishlari olib borilgan. Bu, o'ziga yarasha murakkab jarayon hisoblanib, uni turli olimlar turlicha nuqtai nazardan o'rganishdi va o'rganib kelishmoqda. Xususan, rus olimlaridan Xolodovich A.A., Mazur Yu.N., Kim F., koreys olimlaridan ,
kabi olimlar tomonidan o'rganilib tadqiq etildi. Janubiy Koreyalik
olimlar , ^7)^, ^^^ ning tadqiqot natijalari o'ziga xos ahamiyatga ega
bo'lib ishimizning asosiy manbalari xisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ma'lumki o'zbek tilida sintaktik aloqalar 2ga bo'linadi:teng aloqa va tobe aloqa. 1. Teng aloqa, asosan, gap tarkibidagi elementlar orasida uchraydi (so'z birikmasi tarkibidagi elementlar orasida teng aloqa bo'lishi mumkin emas).1 Teng aloqa orqali sintaktik jihatdan teng huquqli, biri ikkinchisiga bo'ysunmaydigan elementlar munosabati ifodalanadi. Demak, teng aloqa orqali uyushiq bo'laklar hosil bo'ladi. Uyushiq bo'laklarda bir-biriga nisbatan hokim-tobelik bo'lmaydi. SHunga ko'ra, ularda tartib unchalik rol o'ynamaydi: ular o'zaro o'rin almashib qo'llanishi mumkin.Teng aloqada so'zlar o'zaro teng bog'lovchilar (bu vazifada ayrim ko'makchi va yuklamalar ham qo'llanishi mumkin) yoki tenglik intonatsiyasi yordamida bog'lanadi: CHaqirilganda ham o'zimizga yaqin va ahil kishilar bo'lur (A.Qodiriy). Tog'lar, adirlar, uzoq-yaqindagi daraxtlar qurum bosganday qop-qora tus oldi (A. Qahhor). ЩЖ^ Ч™ (Maktabda
yaxshi va yomon o'quvchilar bor). 7,
(O'zbekistonda tog', daryo va cho'llar ko'p).
2.Tobe aloqa sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga bo'ysunuvchi, biri ikkinchisini aniqlovchi (keng ma'noda) so'zlar munosabatini ifoda qiladi. Tobe aloqa so'z birikmasi tarkibidagi elementlar orasida ham, gap tarkibidagi elementlar orasida ham uchraydi. Bunda bir element ikkinchisiga nisbatan tobe, ikkinchisi esa unga nisbatan hokim vaziyatda bo'ladi. Masalan: eshikka chiqmoq (eshikka - tobe, chiqmoq-hokim), qishloqdan kelmoq (qishloqdan - tobe, kelmoq - hokim). Biz o'qiymiz (biz -hokim, o'qiymiz - tobe). Demak, tobe aloqa orqali so'z birikmasi va gap bo'laklarining munosabati tayinlanadi. Bularda odatdagi muayyan tartib ham bor: so'z birikmasining elementlari «tobe so'z + hokim so'z» tarzida tartiblansa, gapning elementlari «hokim so'z + tobe so'z» tarzida tartiblanadi. Bu tartibning o'zgarishi odatdagidan chekinish — inversiya deb qaraladi.
Tobe aloqa uch xil bo'ladi: boshqaruv, moslashuv va bitishuv.
Boshqaruv aloqasi. Bu aloqada tobe so'z hokim so'zning talabi bilan ma'lum forma - shaklga kiradi: tobe so'z yo biror kelishik qo'shimchasini oladi, yo biror ko'makchi bilan birga keladi: Iloji bo'lsa, sizni bu saroydan hovliga ko'chiramiz (A. Qodiriy).Chang salomatlik uchun zararlidir. ^^^ Boshqaruv
aloqasi orqali ob'ektli va holli munosabatlar ifodalanadi: bog'ni tomosha qilmoq -
1 Абдурах,монов F.A.Y36eK тили грамматикаси.2 том. Синтаксис. Т.: Фан, 1976. - Б. 14
197
^44 (ob'ektli munosabat), 7>4 (holli munosabat), kitobga
chizmoq- ^^14 (ob'ektli munosabat).
Moslashuv aloqasi. Bu aloqada tobe so'z o'z formasini hokim so'zning formasiga tenglashtiradi, baravarlashtiradi. Bunda hokim so'zning formasi o'zgarishi bilan tobe so'zning formasi ham o'zgaradi: tobe so'z o'z formasini hokim so'zning formasiga muvofiqlashtiradi, moslashtiradi. Demak, moslashuv aloqasida hokim so'z formasining o'zgarishi tobe so'zga ta'sir qiladi. SHu jihatdan, u boshqaruv aloqasidan farq qiladi (boshqaruv aloqasida hokim so'z formasining o'zgarishi tobe so'zga ta'sir qilmas edi).
Moslashuv aloqasi orqali, asosan, predikativ munosabat ifodalanadi:2 Biz hayotni sevamiz - ^^^ tinchlik istaymiz - €^4. Bu
gapda kesim vazifasida kelgan sevamiz, istaymiz so'zlari ega vazifasida kelgan biz so'zi bilan moslashgan.
Moslashuv aloqasi so'z birikmasi tarkibidagi elementlar orasida ham uchrashi mumkin. Qaratuvchi va qaralmish munosabatini ifodalovchi birikmalarning elementlari orasida moslashuv aloqasini ko'rish mumkin: mening o'g'lim, sening o'g'ling, uning o'g'li, bizning o'g'limiz, sizning o'g'lingiz, ularning o'g'li. Biroq bunday birikmalarning tashkil topishida boshqaruv aloqasining xususiyati ham bordek seziladi.
Bitishuv aloqasi. Bu aloqada ikki so'z hech qanday formal ko'rsatkichlarsiz bog'lanadi. Bunda tobe so'zning hokim so'zga munosabati tartib va intonatsiyadan bilinadi: oppoq paxta, oltin boshoq, tez chopmoq kabi.
Bitishuv aloqasida hokim so'z o'z formasini o'zgartirsa ham, tobe so'z o'z formasini o'zgartirmaydi. Bu tobe so'zning leksik-grammatik xususiyati bilan belgilanadi. O'zbek tilida tobe element odatda kategorial xususiyatiga ko'ra morfologik jihatdan o'zgarmaydigan so'z turkumidan bo'ladi. Tobe so'z vazifasida asosan sifat va ravish keladi. 3Biroq sifat va ravish vazifasidagi, xarakteridagi boshqa so'zlar ham tobe so'z funksiyasida kela oladi: yaxshi hayot ^^ (sifat+ot),
sekin ishlamoq- s44 (ravish + fe'l), oltin soat- ^ (sifat vazifasidagi
ot+ot), shunday o'yin- (sifat xarakteridagi olmosh + ot), ashula aytgan qiz
- (sifatdosh + ot), xayrlashib ketmoq - 4^ 44
(ravishdosh + fe'l) va boshqalar.
2 Шоабдурахмонов Ш., Аскаров М., Хожиев А. ва бошкалар. Дозирги узбек адабий тили. -Т.: Укитувчи, 1980. -Б. 68.
3 Турсунов У. Дозирги узбек адабий тили. -Т., Фан, 2004. - Б. 73.
198
Bitishuvli birikmalar
Bosh so'zga birikib kelgan ergash komponentlarning qaysi so'z turkumiga taalluqli ekanligiga qarab yoki ifoda materialiga ko'ra, so'z birikmasini quyidagi gruppalarga ajratib o'rganish mumkin.
1. Ot + ot. Otli birikmalar sistemasida keng tarqalgan turlardan biri ikki otning qo'shimchasiz birikuvidir. Ergash mucha sistema sifatida birinchi o'rinda, bosh so'z esa ikkinchi o'rinda keladi; qoida bo'yicha grammatik jihatdan o'zgaruvchi element ikkinchisidir, ya'ni kelishik, egalik va ko'plik qo'shimchalaridan birortasini (yoki uchalasi ham) olishi mumkin. Birinchi komponent shaklan ot turkumiga taalluqli bo'ladi, lekin ma'nosi tomonidan ko'p vaqt belgini anglatuvchi sifat turkumiga juda yaqin turadi: kumush qoshiq- ^ , o'rik domla- ^^^ , qo'ng'iroq
ovoz, shamol tegirmon, shoir tabiat kabi.
2.Olmosh + ot. Olmoshlarning barcha turlari ham bosh so'z bilan (ot, olmosh va otlashgan so'zlar bilan) birikavermaydi. Olmoshlardan faqat so'roq, ko'rsatish, belgilash olmoshlari (juda kam bo'lsa ham bo'lishsizlik olmoshi yasashda ishtirok qiluvchi hech elementi va hokazo) otga birikib kelishi mumkin: hamma odamlar-, butun dunyo (xalqlari) , barcha studentlar- , o'sha
bodomzor, hech narsa- , har kishi- , qancha odam - ^^
kabi.
3. Son + ot. Bu tipdagi bitishuvli birikmaga son turkumiga aloqador bo'lgan ayrim turlar kiradi: sanoq son+ot, tartib son + ot, chama son+ot, taqsim son + ot: 15 ta talaba 15 beshinchi maktab (5 ^ ^H)kabi.4
4. Sifat + ot. So'z birikmalari sistemasida eng keng tarqalgan tur sifat va otning bitishuv yo'li bilan bog'lanishidir: yaxshi odam- 4^ , uzoq yo'l- ^ moviy dengiz - 44, go'zal tabiat- 4^. kabi. YAxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi (Maqol).
Sifat + ot. Bitishuv yo'li bilan birikadigan qo'shilmalarning ikkinchi gruppasini sifat + ot tipidagi bog'lanishlar tashkil qiladi. Bu tipdagi bog'lanish hozirgi tilimizda aniqlovchili konstruksiyaning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi: a) birikmaning birinchi komponenti (ergash muchasi) asliy sifatlardan, ikkinchi bo'lagi esa ot yoki otlashgan so'zlardan bo'ladi: yangi kitob, azim daryo, xom ashyo, moviy bayroq, baland bino, qora bulut kabi; b) nisbiy sifat + ot: uquvli yigit, g'ayratli bola, chiroyli surat, kechagi studentlar, kechki payt, nuroniy keksa, oilaviy kecha, farosatsiz kishi kabi.
4 Цой С.С., Ким Яна А., Ким Хи И., Пе Янг Сон. Практическая грамматика корейского языка. -Т., 2000. - Б 45
199
Har ikkala sifat turlari o'z aniqlovchilariga ega bo'lmoqlari mumkin: juda g'ayratli (yigit), tir yalang'och (bola), o'ta o'jar (kishi), g'oyat shiddatli (jang) kabi. Tabiiyki, keltirilgan misollardagi kuchaytiruvchi elementlar (juda, eng, g'oyat, o'ta) so'z birikmasining teng huquqli muchasi bo'lolmaydi: Eski odatlar o'lkasini ayladim poymol (H. Olimjon). Yaxshi niyat — yarim davlat (Maqol).Havoda salqin shabada... (Oybek). Gulnorning gavdasi .nozik navda kabi qaltirar edi (O y b e k).
5. Sifatdosh + ot. Fe'lning funksional formalaridan sifatdoshning ayrim formalari ham ot bilan bitishuvli birikma hosil qiladi. Bulardan eng ko'p ishga solinadigan turi -gan (-yotgan, -digan) affiksi yordamida yasaladigan formadir. Sifatdoshlarning boshqa turlari nisbatan kamroq ishlatiladi (-ar/-ur, -jaq).
Sifatdosh + ot tipidagi bog'lanishlar so'z birikmasi sistemasida juda katta o'rinni ishg'ol qiladi. Sifatdosh formalaridan -gan (-yotgan, -digan) affiksini olgan fe'l formalari shu vazifada (aniqlovchilik vazifasida) juda keng qo'llanadi. Bu forma ham o'zi aniqlab kelgan otga bitishuv yo'li bilan birikadi: o'qigan bola, o'tirgan kishi, kelayotgan bayram, so'zlaydigan notiq va sh. k. Sifatdoshlarning boshqa formalari, yuqorida aytilganidek, kam ishga solinadi (-r/-ar, -ur, -jak). Bu erda otga birikib keladigan sifatdosh formalarining negizi qaysi so'a turkumiga aloqador ekanligining ahamiyati yo'q: 5 ishlagan yigit- s^ qoraygan narsa-4^^1 ^ 7À,
sharillagan suv kabi; o'qigan kishi o'zar, o'qimagan kishi to'zar (Maqol); Echingan kishi suvdan qaytmaydi (Maqol). Botar kunning otar tongi bor (Maqol).
Moslashuvli birikmalar
Turkiy tillarda, shu jumladan, o'zbek tilida ham, nopredikativ munosabatga kirishgan so'zlarning o'zaro moslashuv yo'li bi-lan birikuvi boshqa tillardagiga (masalan, rus tilidagiga) nisbatan boshqadir. Rus tilida moslashuv grammatik hodisa sifatida so'zning butun morfologik strukturasini qamrab olgan va so'zlarning predikativ munosabatidagina emas, balki, umuman aniqlovchilik sistemasida juda kuchlidir; buning ustiga birikmalardagi tobe muchaning ham hokim bo'lakka bo'ysunib rodda, kelishik, sonda ham moslashib kelishini keltirib qo'shsak, ikki gruppa til (slavyan va turkiy tillar) dagi ayirmaning naqadar katta ekanligiga ishonch hosil qilamiz.
Shu ma'noda ega bilan kesim va qaratqich bilan qaralmish har ikkala turi o'rtasidagi bog'lanishda moslik mavjud deb e'tirof qiladilar. Ega bilan kesim mosligi masalasi bevosita bu ishga aloqador emas, shuning uchun uni yoritish hozircha bizning vazifamizga kirmaydi. Shundan kelib chiqadiki, biz bu erda qaratqich bilan qaralmish o'rtasidagi moslik haqida gap yuritamiz. Ikki otning hech qanday
5 ycMOHOB C. yMyMHH TH^myHOC^HK. -T.: YKHTYBHH, 1972. - B 93
200
qo'shimcha olmay birikuvi hodisasi so'zlar bog'lanishning bitishuv turiga kiradi va moslashuv kategoriyasiga aloqasi yo'q. Demak, qaratqich-qaralmish tipidagi bog'lanishning ikkinchi va uchinchi (izofa II izofa III deb atalgan) turlari qoladi.
Ikkinchi tip bog'lanish ikki otning o'zaro sintaktik aloqaga kirishuvi natijasida hosil bo'ladi, bu tipdagi bog'lanishning bitishuvli bog'lanishdan farqi shundaki, bitishuvda ikki ot ham kelishik qo'shimchasini olmay birikadi: deraza parda, qoya tosh, taxta ko'prik, namangan olma kabi. Ikkinchi tip bog'lanishda esa birikmaning birinchi (tobe) muchasi qo'shimcha olmagan bo'ladi (odatda uni asosiy kelishik formasi deb talqin qiladilar), ikkinchi mucha (hokim so'z) esa III shaxs egalik qo'shimchasini oladi: shahar ko'chasi, yoz quyoshi, kuz oftobi, do'stlik tuyg'usi, paxta terimi. Bu tipdagi bog'lanish I va II shaxs ma'nosiga ega bo'lgan so'zlarni (masalan, kishilik olmoshlaridan men, sen, biz, siz) qaratuvchilik birikmaning III tipida uchragani uchun ularni bu tipga kirgizib bo'lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, kishilik olmoshlari qaratqich formasida albatta -ning affiksini olishi kerak: mening kitobim, sizning suhbatingiz kabi. Endi bu tip-dagi bog'lanishda moslashuvning xususiyati nimadan iborat? Qaratuvchi uchinchi shaxsni ifoda etgani uchun (I va II shaxs olmoshlaridan tashqarida borliqdagi hamma narsa III shaxsga kiradi) ham qaralmish uchinchi shaxs egalik qo'shimchasini oladi: shahar bog'cha-si, yoz quyosh-i kabi. Leksik-grammatik deb atash mumkin bo'lgan bu moslik odatdagi grammatik moslikka o'xshamaydi, chunki birinchi komponentda moslikni ko'rsatib beradigan biror belgi yo'q, biz uni ob'ektiv ravishda III shaxsga aloqador dedik, binobarin, ikkinchi o'rindagi so'z (bosh mucha) III shaxs egalik affiksini olgan. Bosh so'zning qo'shimchasi (egalik qo'shimchasi) mavhumlashish qonuniga muvofiq doim tushib qolishga moyil bo'ladi va bunday birikmalarda ad'ektivlik ma'nosi kuchli bo'lganligi uchun ham, uning tushib qolishi birikma ma'nosiga uncha halal bermaydi:6 paxta zavodi — paxta zavod; Marg'ilon atlasi — Marg'ilon atlas kabi. Shunday qilib, bu tipdagi bog'lanishning ikkinchi turida shaxsda moslashuv nisbiy, sonda uchraydigan moslik esa umuman bu tipdagi birikmalarda deyarli hech qanday rol o'ynamaydi:
so'z ma'nosi xo 'jalikyeri
so'z ma 'nolari xo 'jal ik yerlari
so 'zlar ma 'nosi xo 'jalik lar yeri
so 'zlar(ning) ma 'nolari xo 'jalik lar(ning) yerlari
6 Адъективлик-сифатга я^инлик.Абдурахмонов F.Á.Y36eK тили грамматикаси. 2том. Синтаксис. -Т.: Фан. 1976. -Б 59.
Misollardan ko'rinadiki, birikmani tashkil qilgan ikkala mucha ham bir-biri bilan III shaxsda (birlik va ko'plikda) son jihatdan moslashmaydi, biror komponent uchun ko'plik olish zaruriyati tug'ilib qolgudek bo'lsa, biri ikkinchisidan mustasno, -lar qo'shimchasini olaveradi va bu holat komponentlarning shakliy tomoniga ta'sir ko'rsatmaydi. Birinchi va II shaxs olmoshlari ishtirok qilgan birikmalarda bo'laklar o'rtasidagi moslikka rioya qilinadi, faqat I shaxs ko'plik uchun bu talabning kuchi ancha zaif (bizning qishloq, bizning o'g'il kabi).
Epizodik tarzda ko'makchilar bilan qo'llangan (predmetmas!) mening, sening, bizning, sizning o'rnida biz yoqda, siz yoqda, biz tomonda kabi konstruksiyalar mavjud, shuningdek, biz tomonimizda, bizning tomonda, bizning tomonimizda kabi turli variantlarni uchratish mumkin. Shunday qilib, belgisiz qaratqich deb atalgan konstruksiyada birinchi mucha (tobe so'z) o'zgarmaydi, hech qanday qo'shimcha olmaydi, ikkinchi (bosh mucha) si esa egalik qo'shimchasini va ko'plik affiksini olib qo'llanishi mumkin. Qaratqich-qaralmishning bu turi umumiy xoslikni, noaniq xoslikni bildiradi va aniqlanmish (qaralmish) predmetlarning qaysi gruppasiga yoki qaysi kategoriyasiga taalluqli ekanligiga ishora qiladi (N.K.Dmitriev) v)7 ko'cha eshigi, shahar bog'i, qishloq majlisi, raislar yig'ilishi, kabi. Ikkinchi tip birikmaning qo'llanishi birinchi navbatda semantik sharoitga ko'p jihatdan bog'liqdir.
l.Umumiy kategorial tur tushunchasini ifodalaydi: ko'cha eshigi, anhor ko'prigi;
2.Ikkinchi tip birikma predmetlar o'rtasidagi konkret munosabatni bildiradi: Go'r-Amir maqbarasi, SHestakov musiqasi, Toshkent obodonligi, Mustaqillik maydoni, Amir Temur ko'chasi kabi.
3.Ikki mucha o'rtasidagi munosabat ob'ektli munosabat ekanligini ko'rsatadi: paxta terimi, televidenie ko'rsatuvi kabi.
XULOSA
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib shunday xulosaga kelish mumkin: turli tizimli tillar sistemasini qiyosiy o'rganish bir tomonlama sof nazariy lingvistik sohani qamrab olsa ikkinchi tomondan amaliy-uslubiy maqsadni ham o'z ichiga oladi, hamda tadqiqot jarayoni nazariya bilan amaliyot o'rtasida yaqin bog'lanishni vujudga keltiradi. Shu maqsadda , biz oltoy tillar oilasi sirasiga kiruvchi ikki tilda , ya'ni koreys va o'zbek tillarida aniqlovchi birikmalarni ham amaliy , ham nazariy jihatdan tahlil qilib chiqdik va quyidagi o'xshashlik va noo'xshashliklarga duch keldik. Koreys va o'zbek tilida ham aniqlovchi predmetning belgisini, xususiyatini bildiruvchi bo'lak hisoblanadi. Aniqlovchi asosan otni izohlab keladi. Aniqlovchi
7 Fуломов А.Узбек тилида анщловчилар.Узбек тили илмий грамматикаси учун материаллар. Т.: Уз.дав.нашр. 1940. - Б 73.
gapda o'zi bog'langan so'z bilan birga "yashaydi". Aniqlovchi bilan aniqlanmish aniqlovchili birikmani hosil qiladi.Bir oilaga mansub bo'lgan o'zbek va koreys tillari misolida aniqlovchi birikmasi tipologik jihatdan tadqiq etildi. Bunda koreys va o'zbek tillaridagi aniqlovchi birikmasining grammatik xususiyatlarining umumiy va farqli jihatlari aniqlandi. Chunonchi, sifatlovchi aniqlovchining har ikkala tilda ham o'xshashligi, faqat koreys tilida asliy so'zlar yo'q (ular sanoqli yoki xitoy tilidan o'zlashgan atributivlardir) ligi, aniqlovchi vazifasidagi so'z atributiv yasovchi qo'shimchalar orqali yasalishi, koreys tilida atributiv so'zlarning aniqlovchini izohlashi o'zbek tilida esa asosan sifat aniqlovchining izohlashi tahlil qilindi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Абдурахмонов Е.А.Узбек тили грамматикаси.2 том. Синтаксис. Т.: Фан, 1976. - Б. 14
2. Шоабдурахмонов Ш., Аскаров М., Хожиев А. ва бошкалар. Хрзирги узбек адабий тили. -Т.: Укитувчи, 1980. - Б. 68.
3. Турсунов У. Хрзирги узбек адабий тили. -Т., Фан, 2004. - Б. 73.
4. Цой С.С., Ким Яна А., Ким Хи И., Пе Янг Сон. Практическая грамматика корейского языка. -Т., 2000. - Б 45
5. Адъективлик-сифатга якинлик.Абдурахмонов Е.А.Узбек тили грамматикаси. 2том. Синтаксис. -Т.: Фан. 1976. -Б 59.
6. Еуломов А.Узбек тилида аникловчилар.Узбек тили илмий грамматикаси учун материаллар. Т.: Уз.дав.нашр. 1940. - Б 73.
7. Kenjaboevna, S. E., & Ugli, K. M. S. (2021). The phenomenon of personalization in korean (on the example of fairy tales). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 677-681.
8. Эшимова, Ш. 2020. Особенности метафоры тропинимического происхождения. Иностранная филология: язык, литература, образование. 2 (75) (апр. 2020), 81-86.
9. Баенханова, И. (2019). Паремияларнинг турли тизимдаги тилларда умумий хусусиятлари. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (71)), 64-66.
10. Furkatovna, B. I. (2021). DISCURSIVE-PRAGMATIC FEATURES OF KOREAN AND UZBEK ARTICLES ON THE CONCEPT OF"/MAN" International Journal of Management, 12(2).
11. Баёнханова, И. Ф. (2021). KOREYS TILIDA SOMATIK FRAZEOLOGIZMLARNING IFODA MA'NOSIGA KO'RA TURLARI. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 4(2).
203
О
12. Shuhratova, V., & Amanullayeva, K. (2021). KAZUO ISHIGURONING" DAFN ETILGAN GIGANT" ASARIDA FANTASTIK G'OYALAR TALQINI. Интернаука,(28-2), 67-68. 9. Амануллаева, КМ О ХУДОЖЕСТВЕННОМ КОНЦЕПТЕ И В ЦЕЛОМ. ББК 74.48 Р, 76, 271
13. Ачилова, О. . (2020). Средства выражения содержания приказа в японском языке. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (74), 62-65. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1274
14. Ачилова, О. (2016). Использование императивной формы в японском языке. Иностранная филология: язык, литература, образование, 1(1 (58), 88-90. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign philology/article/view/185
15. Тухтасинов, И. М. (2011). Лингвокультурологические и гендерные особенности сложных слов в художественном тексте (на материале английского и узбекского языков). Автореф. дисс.... канд. филол. наук. Ташкент: УзГУМЯ.
16. Тухтасинов, И., & Хакимов, М. (2021). Modern views on the problem of distance and traditional methods of teaching italian language in higher education institutions. Society and Innovation, 2(2), 111-117.
17. Tukhtasinov, I. M., Muminov, O. M., & Khamidov, A. A. (2017). The days gone by. Novel by Abdulla Qodiriy. Toshkent.
18. Tukhtasinov, I. M. (2018). The structure of the phenomenon of equivalence and its importance for translation strategies. In Modern Romano-German linguistics and new pedagogical technologies in language teaching, Materials of the Republican scientific-practical conference, Samarkand.
19. Тухтасинов, И. М. (2018). Развитие профессиональной компетенции на основе эквивалентности при подготовке переводчиков.
20. Tukhtasinov, I. M. (2017). Discursive approach in the training of translators. In Mat. International scientific and creative forum" Youth in science and culture of the XXI century". Chelyabinsk: Chelyabinsk State Institute of Culture (pp. 229-231).
21. Тухтасинов, И. М. (2012). Национально-культурная специфика сложных слов, выражающих внешность и характер человека, в английском и узбекском языках. Вестник Челябинского государственного университета, (2 (256)), 122-
22. Тухтасинов, И., & Хакимов, М. (2021). Современные взгляды на проблему дистанционного и традиционного методов обучения итальянскому языку в высших учебных заведениях. Общество и инновации, 2(2), 111-117.
125.
23. Тухтасинов, И. М. (2017). Дискурсивный подход в обучении переводчиков. In Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в. (pp. 229-231).
24. Тухтасинов, И. (2021). Таржимоннинг касбий компетенцияси ва фаолият функциялари. Иностранная филология: язык, литература, образование, (3 (80)), 5-10.
25. Тухтасинов, И. (2021). Особенности формирования учебного процесса в системе высшего образования Узбекистана в условиях Covid-19. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (78)), 11 -18.
26. Тухтасинов, И. М. (2020). Лингвокультурологический аспект обучения переводческой компетенции. In Язык и культура (pp. 226-231).
27. Тухтасинов, И. М. (2020). Лингвокультурологический аспект обучения переводческой компетенции. In Язык и культура (pp. 226-231).
28. Tuhtasinov, Ilhom and Lutfilloeva, Fahriniso, The Japanese Language Teaching Technologies Based on Computer Simulation Models (September 10, 2019). Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=3458780
29. Тухтасинов, И. М. (2019). ВНЕДРЕНИЕ ИННОВАЦИЙ В ПРОЦЕСС ОБУЧЕНИЯ ТЕОРИИ И ПРАКТИКИ ПЕРЕВОДА. In Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 111-113).
30. Сукиасян, Г. А., Тухтасинов, И. М., Гушул, Ю. В., & Баштанар, И. М. (2019). Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI века: материалы междунар. науч.-творч. форума (научной конференции), 7-8 нояб. 2019 г./сост.: СБ Синецкий (отв. сост.).
31. Тухтасинов, И. М. (2018). Методика выявления эквивалентности слов разносистемных языков в процессе перевода. Бюллетень науки и практики, 4(7), 539-544.
32. Тухтасинов, И. (2017). Таржимада маданий мослашиш хрлатлари. Иностранная филология: язык, литература, образование, 2(2 (63)), 5-9.
33. Тухтасинов, И. (2017). Жамият тарихининг хрзирги боскичида таржимонлар тайёрлашнинг асосий муаммолари. Иностранная филология: язык, литература, образование, 2(4 (65)), 20-24.
34. Тухтасинов, И. (2016). Таржима назариясида тиллараро эквивалентлик тушунчаси ва унинг таджики. Иностранная филология: язык, литература, образование, 1(4), 26-30.