Научная статья на тему 'JUFT SO’ZLARNING NEMIS VA O’ZBEK TILLARIDA TUZILISH VA MA’NO JIHATDAN MOSLASHUVI'

JUFT SO’ZLARNING NEMIS VA O’ZBEK TILLARIDA TUZILISH VA MA’NO JIHATDAN MOSLASHUVI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
435
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
juft so‟z / morfologik moslashuv / semantik moslashuv / tavtalogik juft so‟z / tadqiq / frazeologizm / sinonim / antonim / tilshunoslik / double word / morphological adaptation / semantic adaptation / tautological pairing / research / phraseology / synonym / antonym / linguistics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilobar Abduxalilova

Mazkur maqola nemis va o‟zbek tillarida juft so‟zlar mavzusiga bag‟ishlangan bo‟lib unda, har ikkala tilda mavjud bo‟lgan juft so‟zlar va ularning morfologik va ma‟no jihatdan mos kelishi, olimlarning bilidirgan fikrlari tahlil qilinadi. Kirish qismi ushbu maqolaning umumiy mazmunini ochib beradi. Bunda juft so‟zlarning yasalishi, ma‟no jihatdan sinonimik va antonimik juft so‟zlardan tashkil topishi, tilshunoslikning frazeologizm sohasida tutgan o‟rni, tavtalogik tarzda juftlashgan so‟zlar haqida fikr yuritiladi. Adabiyotlar tahlili qismida qaysi o‟zbek va nemis tilshunos olimlari ushbu sohada tadqiqotlar olib borganligi, ilmiy ishning bazasini yaratilishida asos bo‟lib xizmat qilgan manba adabiyotlar to‟g‟risida fikr yuriladi.Metodlar va nazariy asoslar qismida juft so‟zlar haqida olimlarning fikrari, ularning o‟rganilish metodlari, bir biriga mos va qarama qarshi bo‟lgan fikrlar tahlil qilinib, ushbu fikrlarga umumiy xulosalar beriladi. Maqolaning asosiy yutuqlaridan birini ko‟rsatib beruvchi qism bu natijalar qismi bo‟lib, ushbu qismda nemis tilidagi juft so‟zlarning o‟zbek tilida ifoda usullari ko‟rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot mavzusi o‟zbek tilida juda ham kam tadqiq qilingan hisoblanadi. Adabiyotlar qismida esa mazkur maqola uchun foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati alifbo tartibida beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRUCTURE AND MEANING COMPATIBILITY OF PARENT WORDS IN GERMAN AND UZBEK LANGUAGES

This article is devoted to the topic of pairs of words in German and Uzbek languages, it analyzes the pairs of words in both languages and their morphological and semantic compatibility, the views of scholars. The introductory part describes the general content of this article. It deals with the formation of pairs of words, the semantic synonymous and antonymous pairs of words, the role of linguistics in the field of phraseology, tautologically paired words. In the analysis of the literature, the Uzbek and German linguists have conducted research in this field, the source literature that served as the basis for the creation of the basis of scientific work. their methods of study, their similarities and contradictions are analyzed, and general conclusions are drawn. One of the main achievements of the article is the results section, which discusses the methods of expression of pairs of words in German in Uzbek. This research topic is rarely studied in Uzbek. In the literature section, the list of references used for this article is given in alphabetical order.

Текст научной работы на тему «JUFT SO’ZLARNING NEMIS VA O’ZBEK TILLARIDA TUZILISH VA MA’NO JIHATDAN MOSLASHUVI»

JUFT SO'ZLARNING NEMIS VA O'ZBEK TILLARIDA TUZILISH VA

MA'NO JIHATDAN MOSLASHUVI

Dilobar Abduxalilova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola nemis va o'zbek tillarida juft so'zlar mavzusiga bag'ishlangan bo'lib unda, har ikkala tilda mavjud bo'lgan juft so'zlar va ularning morfologik va ma'no jihatdan mos kelishi, olimlarning bilidirgan fikrlari tahlil qilinadi. Kirish qismi ushbu maqolaning umumiy mazmunini ochib beradi. Bunda juft so'zlarning yasalishi, ma'no jihatdan sinonimik va antonimik juft so'zlardan tashkil topishi, tilshunoslikning frazeologizm sohasida tutgan o'rni, tavtalogik tarzda juftlashgan so'zlar haqida fikr yuritiladi. Adabiyotlar tahlili qismida qaysi o'zbek va nemis tilshunos olimlari ushbu sohada tadqiqotlar olib borganligi, ilmiy ishning bazasini yaratilishida asos bo'lib xizmat qilgan manba adabiyotlar to'g'risida fikr yuriladi.Metodlar va nazariy asoslar qismida juft so'zlar haqida olimlarning fikrari, ularning o'rganilish metodlari, bir biriga mos va qarama qarshi bo'lgan fikrlar tahlil qilinib, ushbu fikrlarga umumiy xulosalar beriladi. Maqolaning asosiy yutuqlaridan birini ko'rsatib beruvchi qism bu natijalar qismi bo'lib, ushbu qismda nemis tilidagi juft so'zlarning o'zbek tilida ifoda usullari ko'rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot mavzusi o'zbek tilida juda ham kam tadqiq qilingan hisoblanadi. Adabiyotlar qismida esa mazkur maqola uchun foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati alifbo tartibida beriladi.

Kalit so'zlar: juft so'z, morfologik moslashuv, semantik moslashuv, tavtalogik juft so'z, tadqiq, frazeologizm, sinonim, antonim, tilshunoslik

STRUCTURE AND MEANING COMPATIBILITY OF PARENT WORDS IN

GERMAN AND UZBEK LANGUAGES

ABSTRACT

This article is devoted to the topic of pairs of words in German and Uzbek languages, it analyzes the pairs of words in both languages and their morphological and semantic compatibility, the views of scholars. The introductory part describes the general content of this article. It deals with the formation of pairs of words, the semantic synonymous and antonymous pairs of words, the role of linguistics in the field of phraseology, tautologically paired words. In the analysis of the literature, the

Uzbek and German linguists have conducted research in this field, the source literature that served as the basis for the creation of the basis of scientific work. their methods of study, their similarities and contradictions are analyzed, and general conclusions are drawn. One of the main achievements of the article is the results section, which discusses the methods of expression of pairs of words in German in Uzbek. This research topic is rarely studied in Uzbek. In the literature section, the list of references used for this article is given in alphabetical order.

Keywords: double word, morphological adaptation, semantic adaptation, tautological pairing, research, phraseology, synonym, antonym, linguistics.

KIRISH QISMI

Ushbu maqola juft so'zlarning nemis va o'zbek tillarida semantic va morfologik jihatdan moslashishi va ularning tilshunoslikda tutgan o'rniga ba'gishlangan. Juft so'zlar faqatgina kundalik hayotimizdagi kundalik nutqimizdagina qo'llanilib qolmasdan, balki badiiy adabiyotda ham o'z ifodasini topishi, juft so'zlarning tilda o'ziga xos dolzarbliklar kasb etishini yaqqol namoyon etadi. Tilshunos olim Myuller ta'kidlaganidek "Juft so'zlar qayerda va nimaga bog'liq holda ifodalansa ham o'quvchining e'tiborini tortadi" .

Til tarixida va umuman bizning hozirgi davrimizda dunyomizning turli tillarining madaniyati va madaniyatiga xos birliklarini o'rganish muhim rol o'ynaydi. Bu esa tilning frazeologiyasi kabi til qatlamlariga chuqur kirib borish uchun asosiy va muhim sababdir.

Frazeologik birliklar shakllantirilgan jumlalar, matnlar tilni bezatishga va boyitishga xizmat qiladi, ular tilni yanada jozibador qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Juft so'zlar bo'yicha quyidagi manbalar sifatida Agricolaning „Wörter und Wendungen", Brandschning „Phraseologische Wendungen in der deutschen Sprache", Donaliesning „Basiswissen Deutsche Phraseologie" Wolfgang Fleischerning „Phraseologie der deutschen Gegenwartssprache", Iskos A.,Lenkova A.ning „Lesestoffe zur deutschen Lexikologie", Хржиев А. "Узбек тилида кушма, жуфт ва такрорий сузлар" kabi tilshunoslarning ushbu sohada olib borgan ilmiy izlanishlarini keltirishimiz mumkin. Ushbu ilmiy tadqiqotda asosan 500 dan ortiq juft so'zlardan foydalanilgan bo'lib, ular Graz universitetida ishlovchi professor Wernfried Hofmaysterning bugungi nemis tilida qo'llaniladigan juft so'zlarning jamlanmasi, shuningdek Georg Myullerning "Deutsche Zwillingsformeln und ihr

Gebrauch" va Sh. Imyaminova va G.Tilavova tomonidan yozilgan „Nemis va o'zbek tillarida juft so'zlar" lug'atlaridan tanlab olindi.

METOD VA NAZARIY ASOSLAR

Juft so'zlar ikki so'zning teng bog'lanishidan hosil bo'lgan so'zlar hisoblanadi. Juft so'zlar har qanday tilda mavjud bo'lib, qaysidir ma'noda o'sha tilning boyishi uchun ham o'zining salmoqli hissasini qo'shadi. Nemis tilida juft so'zlar yasalishi muammosiga to'xtaladigan bo'lsak, juft so'z yasalishida xuddi frazeologizmlar kabi yangi so ' z yasalishiga guvoh bo ' lamiz. Shuningdek ular so'z birikmasi ham bo'la olishadi. Juft so ' zlar frazeologizmlarning bir qismi sifatida talqin qilinadi. Ko'pgina olimlar juft so'zlarning yasalish hodisasini turlicha izohlaydilar. Masalan Agrikola shunday deb yozadi : " Juft so'zlar har doim ikkita (ayrim hollarda esa uchta) o'xshash so'zlardan iborat bo'ladi. Ular o'zaro yaqin munosabatdagi so'zlardir"1.

Yuqoridagi fikrlarga qarama-qarshi fikrlar ham mavjud bo'lib, juft so'zlar har doim ham o'zaro yaqin ma'noga ega bo'lgan so'zlardan emas, ba' zida umuman qarama-qarshi ma' noga ega bo ' lgan so ' zlardan ham tashkil tolishi mumkin. Lekin shu narsani alohida ta ' kidlash joizki, juft so ' zlarning ikki komponenti ham xuddi sinonim va antonim so'zlar kabi bir xil so'z turkumida kelib bir xil so 'roqqa javob bo ' ladi. Ya' ni juft so ' zlar komponentlaridan biri ot, keyingisi esa sifat bo ' la olmaydi.

" Juft so'zlar nemis tilida Wortpaare deb nomlanadi. Ular ma ' no jihatdan bir-biriga yaqin va qarama-qarshi bo ' lgan so' zlarning o ' zaro juftlashuvidan

л

hosil bo'ladi" . Masalan: bei Wasser und Brot - non-suv, in Wehr und Waffen - qurol -yarog', Tür und Tor - eshik-darvoza, mit Strumpf und Stiel- tag tomiri bilan, kurz und gut - qisqasini aytganda, bir so 'z bilan aytganda, nach Jahr und Tag- yil-u kun, Sunde und Schande - uyat va sharmandalik.

Bu kabi juft so'zlar bir-biriga yaqin bo'lgan juft so'zlarning juftlashishidan sodir bo'ladi. Ammo juft so'zlar yuqorida ta 'kidlaganimizdek nafaqat bir-biriga yaqin, balki qarama-qarshi manoga ega bo'lgan so'zlar orqali ham yasalishi mumkin. Masalan: mit Recht und Unrecht - haq-nohaq, auf Leben und Tod - tevarak-atrof, in Lust und Leid - yolg 'on yashiq, gross und klein - katta-yu kichik, Rede und Antwort stehen - nuqtama-nuqta, mit

1 Agricola E .Wörter und Wendungen. Leipzig, VEB Bibliographisches Institut, 1968, S. 791.

2 Едличко М. И., Рубинштейн , Deutsche Redensarten. Фразеологических выражений в немецком языке.Москва. Учпедгиз, 1953, с. 3.

Weib und Kind - butun oila, Pflicht und Schuldigkeit - burch va majburiyat,

antonimik tarzda juftlashuv deb ham ataladi.

Tilshunos olim Agrikolaning juft so'zlarning uchta so'zdan ham iborat bo'lishi haqidagi fikrni yuqorida keltirib o'tdik. Lekin bu kamdan-kam uchraydigan holat. Fikrimizning tasdig' i sifatida L.E.Binovichning „Deutsch -Russisch Phraseologisches Worterbuch" lug' atida xuddi shunday frazeologizmlar mavjud. Masalan: Blitz, Donner und Nagel - yuzma-yuz, yakkama-yakka, Himmel, Arsch und Wolkenbruch - yer-u samo.

Ushbu juft so'zlarning stilistik ottenkasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ular juda ham pastki qatlamda yani, qo'pol so'zlashuv tilida foydalaniladi. Juft so'zlarga turlicha ta'riflar berilgan bo'lsada, bularning barchasi bir-birini to'ldiradi. "Juft so'z bu - tilshunoslik atamasi bo'lib, ko'pincha bir so'z turkumidagi o'xshash so'zlardan tashkil topgan juftlik, ya'ni nutqda ishlatiladigan ifodadir" . Duden o'zining "Deutsches

Universalwörterbuch lug'atida ham xuddi shunday ta'rif beradi. „Juft so'z bu so' z turkumidagi ikki so 'zning o' zgarmas birligidir. Zwillingsformeln, masalan frank und frei."4. Tilshunos olim F. Zeller juft so'zlarni qoida bo'yicha und (va) bog' lovchisi orqali, ayrim hollarda esa oder (yoki) bog'lovchisi orqali bog'lanishini tushuntiradi. Misol tariqasida Recht oder Unrecht, Zieg oder Tod, uber kurz oder lang kabi juft so'zlarini keltirishimiz mumkin.

Juft so'zlar o'z prinsipi asosida qurilishi kerakligi bilan boshqa frazeologik birikmalardan ajralib turadi. Chunki bu frazeologik birkmalar o'zgarmas va boshqa frazeologik birikmalar bilan qo'shilib ketishi mumkin emas. Shuningdek juft so'zlarda biror bir so'zni qo'shish ham, olib tashlash ham yoki uning joyini o'zgartirish ham mumkin emas. Shu o'rinda juft so'zlar ham frazeologiyaning bir tarmog' i ekanligi namoyon bo' ladi.

O'zbek tilida esa juft so 'zlar tilning qonun-qoidalariga muvofiq holda ikki so'zning teng bog'lanishidan hosil bo'lgan birliklar kelib chiqadi. Yuqorida aytib o 'tganimizdek nemis tilida juft so' zlar und, oder, bog'lovchilari orqali hosil bo'lsa, o'zbek tilida juft so'z boglovchi orqali juftligini hosil qilmaydi. Aksincha "chiziqcha" (-) belgisi bilan ifodalanadi. Masalan: qovun-tarvuz, eson-omon, yaxshi-yomon, ota-ona, o'g'il-qiz."Juft so' zlarning yasalishi yangi so 'z yasash hodisasini keltirib chiqaradi"5. O' zbek

3 Klappenbach r. steinitz W . Wterbuchder deutschen Gegenwartssprache.Bd 6. Berlin,Akademie, 1982,S. 4395.

4 Duden. Deutsches Universalwörterbuch.Mannheim /Wien/ Zürich, 1989, S. 1755.

5 Х,ожиев А. Узбек тилида кушма, .жуфт ва такрорий сузлар монографияси..Тошкент.Фанлар Академияси, 1963,44 б.

tilida jumladan barcha tillarda juft so 'zlarning mavjudligi shu tillarning taraqqiyot darajasini ko'rsatuvchi belgilardan biri deb hisoblanadi. Hozirgi o'zbek tilida so'z yasashning eng mahsuldor usuli affiksatsiya usulidir. Affiksatsiya usulida o 'zak negizlarga so ' z yasovchi affikslar qo ' shish orqali yangi so'z hosil qilinadi. Masalan: yopiq, tishla, o'yla, tingla.

NATIJALAR

Qiyosiy frazeologiyaning asosiy maqsadi shundan iboratki, u ikki yoki undan ortiq tillardagi frazeologizmlar o 'rtasidagi o'xshashlik va farqlarni o'rganadi. Qiyosiy frazeologiyadan olinadigan natijalar til darslarida yoki tarjimalarda kerak bo ' ladi.

Biz ham ushbu ilmiy ish orqali har ikkala tildagi frazeologizmlar bir-biriga qay holda mos tushish yoki mos tushmaslik hollarini tahlil qilishga harakat qildik. Buning uchun bizga Graz universitetida ishlovchi professor Wernfried Hofmeisterning bugungi nemis tilida qo ' llaniladigan juft so'zlarning jamlanmasi, shuningdek Georg Mullerning "Deutsche Zwillingsformeln und ihr Gebrauch "va Sh. Imyaminova va G. Tilavova tomonidan yozilgan „Немис ва узбек тилларида жуфт сузлар" kitoblari manba bo' lib xizmat qiladi.

Wernfried Hofmeisterning ta'kidlashicha, bugungi kunda nemis tilida 1300 dan ortiq juft so 'zlar mavjud. Lekin Hans Georg Muller o 'z kitobida yanada ko 'proq juft so'zlarni keltirib o ' tgan. Ulardan ba ' zilari faqat shevalarda mavjud bo'lsa, ba'zilari eskirib allaqachon iste'moldan chiqib ketgan hisoblanadi. Sh. Imyaminova va G.Tilavova 400 ga yaqin juft so ' zlarni va ularning o 'zbek tilidagi ekvivalentlarini o 'rgangan.

Nemis tilidagi juft so'zlarning o'zbek tilidagi ifoda imkoniyatini ko'rsatadigan jadvaldan ko'rishimiz mumkinki:

Ushbu tadqiqot uchun 520 ta juft so'z tanlab olindi. Shundan:

• Chiziqcha bilan ifoda imkoniyati - 300

• ,,va" bog'lovchisi bilan ifoda imkoniyati - 106

• ,,-ma" yoki "ba" qo'shimchasi bilan ifoda imkoniyati - 32

• ,,yoki" bog'lovchisi bilan ifoda imkoniyati - 28

• Tovush o'zgarishi bilan ifoda imkoniyati - 20

• ,,-dan" kelishik qo'shimchasi bilan - 20

• boshqa imkoniyatlar bilan ifoda imkoniyati - 14

XULOSA

Juft so'zlar komponentlarining semantik yaqinlashivi natijasida yuzaga kelgan yaxlit so'z biron bir tushuncha yoki predmetni ifodalaydi. Bu tushuncha o'xshashlik, umumiylik va qarama-qarshilik xususiyatlariga ega. Nemis tilida juft so'zlar sinonim so'zlardan iborat bo'lib, bu kabi juft so'zlar asosan ot, sifat, fe'l va ravish soz turkumlarida uchraydi.Shuningdek juft so'zlar antonim so'zlardan ham tashkil topadi. Lekin juft so'zlar shunisi bilan ajralib turadiki, hanuzgacha hech bir tilda juft so'zlarning paronim yoki omonim so'zlardan tashkil topgan shakllari kuzatilmagan. Har bir til o'ziga xos xususiyatlarga ega, kuchli va, albatta, kuchsiz tomonlari mavjud. Biz buni nemis tilidagi juft so'zlarni o'zbek tilida ifodalash bo'yicha ilmiy ishda payqadik.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, nemis tilidagi juft so'zlarni o'zbek tiliga tarjima qilishda ko'plab qiyinchiliklar mavjud. Chunki u tuzilish, grammatika va leksik jihatdan bir-biriga o'xshash emas, farq qiladi. Ushbu maqolada biz ham ushbu usullardan foydalandik va quyidagi xulosalarni chiqardik:

• Nemis tilida ko'proq nominal juft so'zlar mavjud

• Nemis tilidagi juft so'zlarning aksariyati "va" birikmasi bilan bog'lanadi.

• O'zbek tilida juft so'zlarning aksariyati X-X modeli orqali bog'lanadi.

• Nemis juft so'zlarda tovush o'zgarishi yuz bermaydi, lekin u o'zbek tilida mavjud.

• Nemis tilidagi juft so'zlarning chiroyli o'ziga xos xususiyati ularni bog'lashdir. Bu so'z musiqiy va eslab qolish uchun oson.

Shunisi e'tiborga loyiqki, ko'pgina nemis tilidagi juft so'zlar Bibliyadan kelgan yoki ular o'rta asrlarga tegishli. Ushbu juft so'zlarning juda ko'plab va biz ularni oddiy so'z kabi har kuni ishlatamiz.

REFERENCES

1. Зариф, Кувонов (2020). Немис тилига франсуз тилидан узлашган сузларнинг структурал-семантик таджики, XXI аср тилшунослиги ва таржимашунослигининг долзарб муаммолари: назария, амалиёт, инновация

2. Кувонов, Зарифжон (2020). Немис тилига узлашган сузларнинг келиб чикиш тарихи. Проблемы и перспективы развития современной науки в странах Европы и Азии - XXIV Международной научно-практической интернет-конференции.

3. Shahnoza Razakova (2020).Tarjimada paydo bo'ladigan muammolar Uz.Academia.№1

4. Rakhmatov, F. (2020). Tillarda zamon kategoriyasini umumiy-qiyosiy o'rganish. Academic research in educational sciences, (3).

5. Abdukhalilova, D. S. (2019). The formation of double words and their place in linguistics. Proceedings of the scientific-practical conference "Young philology of Uzbekistan - 2019". Tashkent, National University of Uzbekistan.

6. Usmonhodjae, M. A. (2021). Psychological Basis Of Teaching German Language. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 446-450.

7. Rakhmanova, D., Zaripova, G., Rakhmatov, F., & Abdukhalilova, D. (2020). Nemis va ozbek tilshunosligida frazeologizmlar tasnifi. Science and education, 1(8).

8. Rakhmanova, D., Zaripova, G., Rakhmatov, F., & Abdukhalilova, D. (2020). Nemis va ozbek tilshunosligida frazeologizmlar tasnifi. Science and education, 1(8).

9. Рахматов, Ф., & Тилолова, Г. (2013). Чет тилини укитишда хориж тажрибаси ва грантларнинг ахдмияти. Чет тилини уцитишда методика, малака ва тажриба, 259-261.

10. D Abduxalilova, F Raxmatov - Academic research in educational sciences, 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.