Научная статья на тему 'GENDER TUSHUNCHASI VA OLIMLARNING GENDER BO’YICHA QARASHLARI'

GENDER TUSHUNCHASI VA OLIMLARNING GENDER BO’YICHA QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2797
225
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gender / lingvistika / ibora / turg’un birikma / stereotip / ayo / erkak

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Moxiraxon Usmonxodjayeva

Mazkur maqola nemis va o‟zbek tillarida gender mavzusidagi frazeologizmlarga bag‟ishlangan bo‟lib unda, har ikkala tilda mavjud bo‟lgan frazeologizmlar va ularning structural va semantic tadqiqi, olimlarning bilidirgan fikrlari tahlil qilinadi. Kirish qismi ushbu maqolaning umumiy mazmunini ochib beradi. Bunda gender muammosiga to‟xtalib o‟tilgan Adabiyotlar tahlili qismida qaysi o‟zbek va nemis tilshunos olimlari ushbu sohada tadqiqotlar olib borganligi, ilmiy ishning bazasini yaratilishida asos bo‟lib xizmat qilgan manba adabiyotlar to‟g‟risida fikr yuriladi.Metodlar va nazariy asoslar qismida gender muammosiga umumiy ta‟rif beriladi. Genderlingvistika tilshunoslikdagi zamonaviy yo„nalishlardan biri sifatida rivojlanib kelmoqda. Hozirgi davr tilshunosligida gumanitar fanlar qatorida insonning, ya'ni erkak va ayolning jamiyatda tutgan o„rni, ularning ruhiy olami va tili ijtimoiy, madaniy xususiyatlari bilan bog„liq jarayonlarni tadqiq qiluvchi genderlingvistika fani muhim bo„lib bormoqda. Genderlingvistikaning shakllanishi XX asrning so„nggi yillariga to„g„ri keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GENDER TUSHUNCHASI VA OLIMLARNING GENDER BO’YICHA QARASHLARI»

GENDER TUSHUNCHASI VA OLIMLARNING GENDER BO'YICHA

QARASHLARI

Moxiraxon Usmonxodjayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola nemis va o'zbek tillarida gender mavzusidagi frazeologizmlarga bag'ishlangan bo'lib unda, har ikkala tilda mavjud bo'lgan frazeologizmlar va ularning structural va semantic tadqiqi, olimlarning bilidirgan fikrlari tahlil qilinadi. Kirish qismi ushbu maqolaning umumiy mazmunini ochib beradi. Bunda gender muammosiga to'xtalib o'tilgan Adabiyotlar tahlili qismida qaysi o'zbek va nemis tilshunos olimlari ushbu sohada tadqiqotlar olib borganligi, ilmiy ishning bazasini yaratilishida asos bo'lib xizmat qilgan manba adabiyotlar to'g'risida fikr yuriladi.Metodlar va nazariy asoslar qismida gender muammosiga umumiy ta'rif beriladi.

Genderlingvistika tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlardan biri sifatida rivojlanib kelmoqda. Hozirgi davr tilshunosligida gumanitar fanlar qatorida insonning, ya'ni erkak va ayolning jamiyatda tutgan o'rni, ularning ruhiy olami va tili ijtimoiy, madaniy xususiyatlari bilan bog'liq jarayonlarni tadqiq qiluvchi genderlingvistika fani muhim bo'lib bormoqda.

Genderlingvistikaning shakllanishi XX asrning so'nggi yillariga to'g'ri keladi.

Kalitso'zlar: gender, lingvistika, ibora, turg'un birikma, stereotip, ayo, erkak

ABSTRACT

This article is devoted to the topic of phraseology in German and Uzbek with the participation of the words Female and Male, which analyzes the existing phraseology in both languages and their structural and semantic study, the views of scholars. The introductory part describes the general content of this article. In the section on the analysis of the literature on gender issues, it is considered which Uzbek and German linguists have conducted research in this field, the source literature that served as the basis for the creation of the basis of scientific work. Methods and theoretical foundations gives a general description of the gender problem.

The world is constantly evolving. Therefore, the analysis of the world is inherent in human beings. Classifying people by gender is a common process.

Gender is one of the most important characteristics of a person's age and character. Gender is also determined in the passport, and people have a certain place in society. Even before a baby is born, expectant parents want to know if their baby is a boy or a girl.

Gender linguistics is developing as one of the modern trends in linguistics. Gender linguistics, which studies the role of man and woman in society, their spiritual world and language, social and cultural features, is becoming more and more important in modern linguistics.

The formation of gender linguistics dates back to the last years of the twentieth century.

Keywords: gender, linguistics, phrase, stable combination, stereotype, ayo,

male.

KIRISH

Bugungi kunda frazeologizmlarni har tomonlama tadqiq etish dolzarblik kasb etadi. Jumladan, frazeologik birliklarning gender tahlili o'z tadqig'ini kutayotgan masalalardan biridir. Iboralarda gender stereotiplari bevosita yoki bilvosita aks etishi mumkin.

Keyingi paytlarda televideniyada, matbuotda, internet tarmoqlarida Gender bilan bog'liq turli mavzular muhokama qilinmoqda. Tadqiqot ishimiz uchun muhim bo'lgan Gender bilan bog'liq frazeologizmlar nemis tilida mavjudmi, mavjud bo'lsa, lug'atlarda keltirilgan iboralardan "erkaklarga nisbatan" qo'llanilgan va "ayollar haqida" aytilganlarini qanday ajratamiz va undagi muammolar haqida ushbu maqolada batafsil yoritdik.

Genderlingvistika tilshunoslikning yangi sohasi bo'lishiga qaramasdan ko'plab tilshunos olimlar mazkur soha bilan shug'ullanishmoqda. Lekin Gender bilan bog'liq frazeologizmlar ustida juda kam tilshunos olimlar ilmiy tadqiqotlar qilishgan. Nazariy jihatdan Genderfrazeologizmlarni tadqiq qilgan olimlar sifatida Elisabeth Piirainen, Yohan Shternkopflarni sanab o'tish mumkin.

Nemis olimi Yohan Shternkopf 1995- yilda nemis tilidagi mavjud bo'lgan jinslarni ifodalovchi frazeologizmlarni atoqli otlar, qarindoshlik darajasiga ko'ra "Mann", "Frau" so'zlari qatnashganlarini tadqiq qildi[1;48]. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, nemis tili frazeologiyasida jinslarni ifodalovchi frazeologizmlar ko'p emas.

Tadqiqot ishimizda frazeologizmlarni izlab topish va ma'nosini tushunishda Duden 11, 1992 va 2008 (Redewendungen) va Friedrih Volfning "Moderne deutsche Idiomatik"(1995) (Zamonaviy nemis tili idiomalari) kabi kitoblarda n foydalandik.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Tadqiqotda "Gender munosabatlari nazariyasi va amaliyotiga kirish" nomli ilmiy maqolalar to'plami (2007), Gisela Klann-Delius "Sprache und Geschlecht" (2005), Redewendungen Duden 11 (2008, 2012), Friyes Glar. Brock Haus. Enzyklopädiye in 30 Bänden: 10.Band, 2009, Wolfgang Fleischer "Phraseologie der deutschen Gegenwartssprache" (1982), Dimitrij Dobrolovskij, Elisabeth Piirainen "Zur Theorie der Phraseologie. Kognitive und kulturelle Aspekte" (2009), M.D.Stepanova, LLCernyqevaning "Lexikologiye der deutschen Gegenwartssprache" kabi ilmiy adabiyotlar asosiy materiallar bo'lib xizmat qildi.

METOD VA NAZARIY ASOSLAR

Har bir fanning tadqiqot ob'ekti bo'lgani kabi genderlingvistikaning tadqiqot ob'ekti gender hisoblanadi. "Gender" tushunchasi fanga biologik jinsning, ya'ni ular asosida erkak va ayolga ajratuvchi "jins" tushunchasidan ajratish uchun kiritilgan. "Gender" erkak va ayolning jamiyatdagi o'rni va rolini belgilovchi tushunchadir. Bu ikki terminni bir biridan farqlash kerak.

"Gender" tushunchasi ingliz tiliga lotin tilidagi "genus" so'zidan o'tgan bo'lib "jins" degan ma'noni bildiradi[2; 96]. Bu tushuncha ikki xil talqin qilinadi:

1) Jins ya'ni biologik tushuncha

2) Ijtimoiy tushuncha.

Jins va gender tushunchalarini farqlash borasidagi birinchi urinish 1968 -yil Kaliforniya universiteti professori psixolog Robert Stoller va endokrinolog Jon Money tomonidan amalga oshirilgan. Evig Goffman ham "gender" terminini birinchilardan bo 'lib qo' llagan sotsiolog Sofiya Babayan fikriga ko' ra, " Gender" ijtimoiy tushuncha. Olim "Ayol yoki erkakning benuqson timsoli, xronologik va geografik muhitning rang-barangligi, milliy an'analari, dini, tarixi, milliy mentaliteti va boshqalarda ifodalanadi" deb yozadi. Gender ayollar va erkaklarga ta'sir ko'rsatuvchi barcha ijtimoiy jarayonlarda mavjud.

O.A.Voronina XX asrning 80-yillarini "Ayollar tadqiqoti rivojlanishining yangi fazasi" deb hisoblaydi. Olim patriarxat (erkakning jamiyatda ustun bo' lishi) va matriarxat (ayolning jamiyatda ustunlik qilishi) tajribasini tahlil qilib, gender sistemasi tahliliga o' tishni shunday ta'riflaydi: "Ayollar omili va erkaklar ustunligini tahlil qilishda, gender mavjud ekan, barcha ijtimoiy holatlarda erkak va ayol uchun birdek tegishli bo'lgan ta'kidlanayotgan va aytilayotgan tahlilga o'tishda sekin asta aksentlarning aralashuvi kuzatilmoqda." Jan Jak Russoning fikriga ko'ra, erkak va ayol

o'rtasidagi o'xshashlik bu avvalo, ularning bir biologik tur vakillari ekanligidir: ular ko'p jihatdan tengdirlar - organlar, ehtiyojlar, qobiliyatlar. Biroq jamiyat a'zolari sifatida teng emas. Bunga sabab, ularning tug'ma xususiyatlaridir. Erkaklar uchun bu xususiyatlar - mustaqillik, rostgo'ylik, dadillik, qo'rqmaslik va h.k.lar; ayollar uchun esa uyatchanlik, ayyorlik va o'zgalar fikri bilan hisoblashish va h.k.lar. Russo fikriga ko'ra ayollar ancha teran fikr va aqlga egadirlar.

Nemis yozuvchisi va faylasufi Yozef Gorres ta'kidlashicha, hamma insonlarning tabiiy jinsi va tabiiy jinslararo tengsizlik XIX asrdan qolgan va to hozir XX asrning o'rtalarigacha saqlanib qolgan. Bu "Jinslar o'rtasidagi tabiiy tengsizlik" jinslarning turli xilligi bilan asoslanadi[3;29].

Faylasuf Immanuel Kant uchun erkak va ayol boshqaruvchi va boshqarilmadir. Ya'ni erkaklarning jamiyat siyosiy hayotidagi faoliyati aktiv, ayollarniki passiv. Kant tomonidan bayon etilgan gender stereotiplari qatorida turuvchi ushbu fikr, ya'ni ayollarning siyosiy yoki boshqa muhim qarorlar qabul qilishga qodir emasligi bugungi kunda ham ko'pchilik tomonidan e'tirof etiladi.

Ko'rinib turganidek o 'tmish arboblari jinslar o' rtasidagi farqlarni qayd etishgan va bu ularning fikricha, tabiiy holdir. Bunday gender stereotiplar hech qanday isbot talab etmaydi. Zamonaviy fan esa bunday fikrlarga ma'lum isbot va asoslar talab qiladi.

NATIJALAR

Gender frazeologizmlarni tarkibidagi komponentlariga qarab 2 turga ajratdik.

1. Frazeologizm tarkibida genderga oid so'zlar mavjud. Bunday frazeologizmlar tarkibida ayollar yoki erkaklar ismi, qarindoshlik darajasiga ko'ra so'zlar qatnashgan bo'lishi mumkin, lekin ma'nosida genderlik xususiyati mavjud emas.

a) Atoqli otlar qatnashgan iboralar:

1. in Abrahams Schoß sitzen (wie im Paradies leben) - huddi jannatda yashash

2. Hinz und Kunz (alle möglichen, x-beliebigen Leute) -har xil odamlar

3. dem Peter nehmen und dem Paul geben (ein Loch stopfen und ein anderes aufreißen) - bir teshikni yamab, boshqasini ochish

4. j-n zur Minna machen (ugs: j-n. grob ausschimpfen, zurechtweisen) -kimnidir qattiq haqorat qilish

5. Freund Hein (Tod) - o'lim

6. Frau Holle macht/schüttelt die Betten (es schneit) - qor yog'moq

7. Seinen Friedrich Wiehelm unter etwas setzen (ugs. etwas unterschreiben) -imzo chekmoq

b) Qarindoshlik darajasiga ko'ra so'zlar qo'llangan iboralar:

1. über den großen Onkel gehen (mit einwärts gerichteten Füßen gehen) -ichkarga kirmoq

2. der verlorene Sohn (1. eine große Enttäuschung) - katta umidsizlik (2. j-d. von dem man lange keine Nachricht hatte, den man lange nicht gesehen hat) - dom daraksiz ketgan shaxs

3. ist/war dein Vater Glaser? (ugs. scherzh. meinst du, du wärst durchsichtig?) - sen o'zingni oppoqman deb o'ylaysanmi?

4. das kann meine Tante auch - (das ist ganz leicht, ist nicht die richtige Lösung der gestellten Aufgabe) - bu juda oson, bu berilgan vazifaning yechimi emas

5. als der Großvater der Großmutter nahm (in alter Zeit, als alles noch ganz anders war) - ancha vaqt oldin, hamma narsa butunlay boshqacha bo'lgan paytda

2. Frazeologizm tarkibida genderga oid so'zlar mavjud bo'lishi ham bo'lmasligi ham mumkin, lekin ma'nosida genderlik belgilari mavjud.

Insonning tashqi ko'rinishiga qarab erkak yoki ayolni ifodalovchi iboralar: (Aussehen)

Genderfrazeologizmlar har ikkala jinsning tashqi ko'rinishiga qarab ham bir-biridan ajralib turadi. Bunda ibora qaysi jinsga tegishli ekanligini uning tarkibidagi so'zlarga qarab ajratishimiz mumkin.

„Schön" yoki „bildhübsch" sifatlarini erkak kishining tashqi ko'rinishini tasvirlashda ishlatsak stilistik xatoga yo'l qo'ygan bo'lamiz, chunki bu iboralar faqat ayollarga nisbatan ishlatiladi.

Erkaklarning tashqi ko'rinishi ko'rkamligini tasvirlash uchun wie ein Adonis aussieht yoki wie ein junger Gott ist iboralari, ayollar tengsiz chiroyliligi wie angemalt aussehen, ein Bild von einem Mädchen/einer Frau kabi iboralar yordamida ifodalanadi.

Lange Haare, kurzer Verstand, (sochi uzun aqli kalta) iborasi hozirgi kunda sochi uzun erkaklar ham uchraydi, biroq shunga qaramasdan faqat ayollarga qo'llaniladi.

Iboralar tarkibida vulgar so'zlar qo'llanib, ular xunuk tashqi ko'rinishni ifodalashi mumkin. M: zum Abschießen aussehen/sein (Eine Person, die überaus komisch oder unmöglich aussieht, ist) kulguli ko'rinayotgan kishi, wie ausgekotzt/

(ausgeschissen) aussehen (komisch aussehen), kriminell aussehen (gefährlich aussehen) xavfli ko'rinish.

Insonning fizik va psixik kuchini ifodalovchi bir qancha iboralar ham mavjud. Kuch haqida gap ketganda ayollarning kuchsiz ekanligi das schwache oder das zarte Geschlecht (kuchsiz, nozik jins) iborasi yordamida beriladi. Erkak kishining kuchi turli o'xshatishlar yordamida ifodalanadi. Erkak kishining kuchliligini das starke Geschlecht (kuchli jins) iborasidan tashqari stark wie ein Bär; groß/stark/kräftig/...wie ein Baum, eine Bärennatur haben, ein Kerl wie ein Bär, Bärenkräfte haben, stark wie ein Löwe sein, Kräfte haben wie ein Löwe sein, ein Kraftprotz sein, ein Muskelprotz sein, einen Stiernacken haben, groß und breit - aus Muskelpaketen bestehen iboralari ham ifodalaydi. Ayol va erkakning semizligini ifodalashda har ikkalasiga ham so breit wie hoch yoki Fett schwimmt oben kabi iboralar qo'llaniladi.

XULOSA

Iboralarda gender stereotiplari bevosita yoki bilvosita aks etishi mumkin. III bobda gender steriotiplar muhim o'rinni egallaydi. Biz ularni 3 guruhga bo'lgan holda tahlil qildik. 1. Ayollarga xos, 2. Erkaklarga xos, 3. Har ikki jinsga xos gender steriotiplar.

Gender frazeologizmlarni 2 turga bo'lib tahlil qildik.

1. Gender frazeologizmlar - tarkibida genderga oid so'zlar qatnashgan bo'ladi. Masalan: ayol yoki erkak ismi, qarindoshlik darajasini bildiruvchi so'zlar.Lekin bunday frazeologizmlar ma'nosi umuman boshqacha. Ularda erkak va ayol farqini ko'rsatuvchi hech qanaday ma'no mavjud emas.

2. Gender frazeologizmlar - bunday frazeologizmlar tarkibida genderga oid so'zlar bo'lishi ham bo'lmasligi ham mumkin. Lekin ular ayol va erkak farqlarini ko'rsatuvchi ma'noga ega.

Birinchi guruhga kiruvchi gender frazeologizmlarni a) atoqli otlar qatnashgan va b) qarindoshlik darajalarini ko'rsatuvchi so'zlar qatnashgan frazeologizmlar kabi ikkita guruhga bo'lib tahlil qildik.

Ikkinchi guruhga kiruvchi iboralarni a) insonning tashqi ko'rinishini ifodalovchi iboralar, b) ijtimoiy va madaniy faktorlarga ko'ra, s) hayvon komponentli iboralar kabi guruhlarga bo'lib tahlil qildik.

Maqollarni tushunish boshqa frazeologizmlarga ko'ra oson. Maqollarning yaralishidan maqsad, xalqning kundalik hayotdan olgan tajribalarni keyingi avlodlarga yetkazishdir.

REFERENCES

1. Зариф, Кувонов (2020). Немис тилига франсуз тилидан узлашган сузларнинг структурал-семантик таджики, XXI аср тилшунослиги ва таржимашунослигининг долзарб муаммолари: назария, амалиёт, инновация

2. Кувонов, Зарифжон (2020). Немис тилига узлашган сузларнинг келиб чикиш тарихи. Проблемы и перспективы развития современной науки в странах Европы и Азии - XXIV Международной научно-практической интернет-конференции.

3. Shahnoza Razakova (2020).Tarjimada paydo bo'ladigan muammolar Uz.Academia.N°1

4. Rakhmatov, F. (2020). Tillarda zamon kategoriyasini umumiy-qiyosiy o'rganish. Academic research in educational sciences, (3).

5. Abdukhalilova, D. S. (2019). The formation of double words and their place in linguistics. Proceedings of the scientific-practical conference "Young philology of Uzbekistan - 2019". Tashkent, National University of Uzbekistan.

6. Usmonhodjae, M. A. (2021). Psychological Basis Of Teaching German Language. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 446-450.

7. Rakhmanova, D., Zaripova, G., Rakhmatov, F., & Abdukhalilova, D. (2020). Nemis va ozbek tilshunosligida frazeologizmlar tasnifi. Science and education, 1(8).

8. Rakhmanova, D., Zaripova, G., Rakhmatov, F., & Abdukhalilova, D. (2020). Nemis va ozbek tilshunosligida frazeologizmlar tasnifi. Science and education, 1(8).

9. Рахматов, Ф., & Тилолова, Г. (2013). Чет тилини укитишда хориж тажрибаси ва грантларнинг ахдмияти. Чет тилини уцитишда методика, малака ва тажриба, 259-261.

10. D Abduxalilova, F Raxmatov - Academic research in educational sciences, 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.